Nurmukhamedoff @nurmukhamedoff_dev Channel on Telegram

Nurmukhamedoff

@nurmukhamedoff_dev


Kanal muallifi: Muhammadrasul Nurmukhamedov

Kanalda siz dasturlashning web yo’nalishidan video darslar, blog-postlar ko’rishingiz mumkin.

You-Tube kanal: https://www.youtube.com/c/WebDevelopmentSchool

Nurmukhamedoff Telegram Channel (Uzbek)

Nurmukhamedoff Telegram kanali Muhammadrasul Nurmukhamedov tomonidan boshlangan va dasturlashning web yo’nalishidan video darslar va blog-postlar bilan sizga xizmat qiladi. Kanal Orqali siz dasturlash sohasida o’z bilim va ko’nikmalarinizi oshirishingiz mumkin. Bu kanal orqali siz web dasturlashning eng so’nggi yangiliklarini va eng zamonaviy usullarini o’rganishingiz mumkin. Kanalda sizga o’z dasturlash marafonini boshlashga yordam beruvchi qiziqarli ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Agar siz ham web dasturlash sohasida o’z bilimingizni oshirishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo’ling va yangiliklardan xabardor bo’ling. Sizga yuqori sifatli video darslar va tavsiyalarni taqdim etiladi. Shuningdek, kanal avtorining You-Tube kanali bo’lib, web dasturlash sohasida qiziqarli va foydali darslar mavjud. Kanalga tashrif buyurib, dasturlash sohasidagi yangiliklardan xabardor bo’ling va o’z bilimingizni oshiring.

Nurmukhamedoff

19 Sep, 08:56


ICT week qanday bo’lyapti?

Viloyatdan remote ishlashni bitta minus tomoni shunday tadbirlardan qolib ketish bo’ladi.

Networking uchun bu kabi tadbirlar juda muhim imkoningiz bo’lsa boring.

@nurmukhamedoff_dev

Nurmukhamedoff

06 Sep, 12:49


Men yaqinda narxlarni ko'rsatish bilan bog'liq bir kichik o'zgarish qildim.

Maqsad: agar straight-cash-discount bo'lsa, compare-price degan classni ko'rsatmaslik kerak edi (compare-price straight cashda avval keladi).
Avval buni Js da tezdagina bitirib qo'ygim keldi lekin CSS da buni iloji bo'lishi kerak deb biroz izlandim va topdim.

CSS :has() funksiyasi
Bu funksiya bizga JavaScript-siz dinamik stillarni qo'llash imkonini beradi!
:has() nima?
Bu CSS pseudo-sinfi bo'lib, elementlarni ularning ichidagi yoki keyingi elementlarga qarab tanlash imkonini beradi.

element:has(selector) {}

Shunda menda quyidagi kod ishladi,

.compare_price:has(~ .straight-discount-price:not(:empty)) {
display: none;
}

🤔 Nima uchun JavaScript emas, CSS?

Tezlik: CSS brauzerda tezroq ishlaydi shu sabab shunga o'xshash UI ga aloqador muammolarga yechimni iloji boricha CSS da berishda harakat qilaman.

Xullas, CSS is magic :).

@nurmukhamedoff_dev

Nurmukhamedoff

05 Sep, 12:42


🔥 GDG Tashkent-dan uzoq tanaffusdan keyingi birinchi kuzgi Web Dev Meetup #3 ni kutib oling!

Kelayotgan shanba kuni yurtimiz va dunyoning top kompaniyalarida faoliyat yuritadigan web-dasturchilar bilan Web Dev Meetup o’tkazamiz.

💥 Spikerlar ichida:
- Ravshan Samandarov, Oxagile;
- Diyorbek Sadullaev, Pinterest;
- Doniyor Yusupov, Uzum Market;
- Umar Sadullaev, Unicon Soft;

Tadbir to’liq o’zbek tilida bo’ladi!

👀 Sana: 7-Sentabr, 2024
🕙 Vaqt: 14:00
📍 Joy: IT Park, Muminov 7/1

Ishtirok etish narxi: BEPUL.

🎟 Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-web-dev-meetup-3/

* Joylar soni chegaralanganligi tufayli "First come first serve" qoidalari amal qiladi. Joy sig’imi 180 kishi. Tadbir online translatsiya qilinadi.

@gdgtashkent

Nurmukhamedoff

29 Aug, 12:44


#daily #react
React Hooks: +Custom Hooks

Qiziqarli mavzuda kichik maqola tayyorlashga harakat qildim. Siz uchun foydali bo'lishiga umid qilaman. Marhamat!

https://telegra.ph/React-Hooks-Custom-Hooks-08-29

👉 @kamrondev

Nurmukhamedoff

12 Aug, 15:01


Intervyuni yaqin orada boshlaymiz, kandidatimiz Muhammadamin aka ancha tajribali dasturchi), qiziq bo'ladi.

https://youtube.com/live/zpB0DvOe5DI?feature=share

@nurmukhamedoff_dev

Nurmukhamedoff

09 Aug, 12:37


Ertaga 20:00 da intervyu o’tkazmoqchimiz. Bizga yaxshi kandidat kerak.

Kim qatnashmoqchi bo’lsa, ushbu post tagida + qoldirsin.

Intervyuni 2 ta odam “Uzum” Team Lead va “Epam” Senior dasturchisi o’tkazadi.

👉 @kamrondev

Nurmukhamedoff

09 Jul, 10:47


O’zim tanigan yaxshi dasturlashga oid o’zbekcha blog kanallar.

https://t.me/addlist/cexglSntyiIzNWY6

@nurmukhamedoff_dev

Nurmukhamedoff

25 Jun, 08:54


Bugundan boshlab EPAMer man.

EPAM kompaniyasida Senior Software Engineer sifatida ish boshladim.

Yangilik shu edi bundan roppa rosa 3 yil avval juda niyat qilgan edim ushbu joyda ishlashni bugunga nasib qilgan ekan.
Alhamdulillah.

@nurmukhamedoff_dev

Nurmukhamedoff

20 Jun, 14:50


Coming sooon!

Karyeramda katta burilish arafasidaman)

In Sha Allah tez orada buni sizlarga e'lon qilaman.

Tahmin qilib ko'ringchi?

@nurmukhamedoff_dev

Nurmukhamedoff

16 Jun, 00:35


Hayit bayrami barchamizga muborak bo'lsin 😊

@nurmukhamedoff_dev

Nurmukhamedoff

13 Jun, 16:57


Semantic versioning tushunchasi haqida bilarmidingiz?

Loyihamizda qaysidir packagedan foydalanganimizda uni versiyalari bo’ladi.

Masalan:

React: 17.8.6
Node: 20.0.1

Har bir raqam o’ziga hos ma’no anglatadi, Major.Minor.Patch.

Patch: Dasturda bug fix bo’lganda dasturning versiyasi bittaga oshiriladi. React: 17.8.7 bo’ldi degani dasturni 17.8.7 versiyasidagi qaysidir bug fix qilindi degani.

Minor: Dasturga yangi hususiyat qo’shilganda va bu hususiyat da’sturga aks ta’sir qilmagan bo’lsa. React: 17.9.0 bo’ldi degani esa dasturga yangi hususiyat qo’shildi degani.

Major: Dasturda katta o’zgarish ro’y bersa o’zgaradi.

@nurmukhamedoff_dev

Nurmukhamedoff

11 Jun, 06:58


Bugun Node.js bo'yicha yana bir qancha mavzularni ko'rib chiqdim.
Jumladan fs, os modullari va ularga tegishli bo'lgan bir qancha funksiyalar.

Filesystem modulidagi funksiyalarni sinxron va asinxron turlari mavjud ekan. Node dasturida doim funksiyalarni ansinxron turidan foydalanish shart ekan. Sababi Node.s js bitta thread da ishlaydi. Masalan 100 request kelsa va bu requestlar aynan sinxron funksiyani ishlashini kutadi.

#learning
#nodejs

@nurmukhamedoff_dev

Nurmukhamedoff

10 Jun, 08:21


Front-end interviewlar'dan yaxshiroq o'ta olish uchun yaxshilab o'rganishimiz kerak bo'lgan Javascript tushunchalari

Manba: Greatfrontend.com

@islombekdev

Nurmukhamedoff

07 Jun, 16:14


Learn JavaScript before React
- Learn HTML before JSX
- Learn CSS before Tailwind
- Learn SQL before ORMs / Prisma
- Learn HTTP before REST / GraphQL
- Learn React before Next.js
- Build your own simple HTTP server and framework before using Express / Django / Rails / Laravel.

Frameworklar keladi ketadi, asoslar qoladi.

Linkedindan olindi (c).

@nurmukhamedoff_dev

Nurmukhamedoff

05 Jun, 03:04


Harvard universiteti peshtoqiga shunday ibora yozilgan:
"O'rganish qiyinchiligi bir lahzalikdir. Lekin unga e'tiborsizlik umrbod davom etadi".

Anchadan beri biror yangi texnologiya yoki biror yangi mavzu o'rganmagan edim. Focus qilish qiyinlashib ketibdi, sizlarda ham shunday bo'lganmi? Qanday yechimlar qilgansizlar focusni ushlash uchun?

@nurmukhamedoff_dev