Buxgalter kerak | Бухгалтер керак @buxgalter_kerak Channel on Telegram

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

@buxgalter_kerak


Расмий гуруҳимиз: @buxgalter_kerak2
Проектларимиз: @GOVBUSNET
Вакансия: @buxgalter_kerak1
Реклама: @GOPRO_UZ

Buxgalteriya xizmatlari: 55 500 02 32

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак (Uzbek)

Assalomu alaykum, aziz do'stlar! Sizga sifatli xizmatlar bilan xizmat qilish uchun buxgalteriya qilish kerakmi? Agar bu savol sizning o'zingiz uchun muammoga o'tkazsa, to'g'ri manzilga keling - @buxgalter_kerak guruhiga! Bu guruhda siz faol korxonalarda xizmat qiladigan buxgalterlarni topishingiz mumkin. Har bir savol uchun javob topishingiz, malumotlar olishingiz va qo'riqchi maslahatlar olishingiz mumkin. nnGuruhda har kuni yangi ma'lumotlar, xabarlar va ko'rsatmalar paydo bo'ladi, shuningdek xizmatlardan foydalanish uchun ko'rsatmalar. Buxgalteriya xizmatlariga qiziqish bormi? Sizni boshqalar bilan birgalikda ko'rishni umid qilamiz! @buxgalter_kerak guruhiga xush kelibsiz! nnO'zingizga kerak bo'lgan barcha savollaringizga javob topishingiz uchun ma'lumotlaringizni @buxgalter_kerak2 manziliga yuboring. Buxgalteriya xizmatlari haqida batafsilroq ma'lumotlar uchun esa 55 500 02 32 raqamiga murojaat qiling. Buxgalteriyaga qiziqish tuyg'usi borligini anglaysizmi? Uning bir qadam olda bo'ling va @buxgalter_kerak guruhiga a'zo bo'ling!

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

22 Nov, 05:58


#yashirin_iqtisodiyot

Naqd pulsiz hisob-kitoblar rag‘batlantiriladi

Davlatimiz rahbari Hukumat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy o‘sish surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlash zarur. Bunda inflyatsiya darajasi 5-6 foiz, budjet taqchilligi 3 foiz doirasida bo‘lishiga erishish, yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga olib chiqish asosiy vazifa bo‘ladi.

Shu bilan birga norasmiy iqtisodiyotni “soyadan chiqarish”da raqamli texnologiyalarni tayanch vositaga aylantirish lozim. Xususan, kelgusi yilda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada rag‘batlantirib, onlayn to‘lovlar ulushini 60 foizga yetkazish muhim vazifa bo‘ladi.

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

20 Nov, 16:59


Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida yuksak ishonchga sazovor boʻlib, Senat aʼzosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi.

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixchamlashib, uning aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, ayni vaqtda senatorlarning vakolatlari va masʼuliyati bir necha barobar oshdi.

Yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy kengashlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ilk bor koʻrib chiqib, maʼqulladi.

2025-yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning oʻzida qoldirish rejalashtirilgan. Bu orqali mahalliy kengashlarning ushbu sohadagi roli yanada ortadi.

Natijada 2025-yilda tuman va shaharlar budjetlari daromadi 9,4 trln soʻmga yoki 47 foizga oshganligi qayd etildi.

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

20 Nov, 16:57


#yashirin_iqtisodiyot

Naqd pulsiz hisob-kitoblar rag‘batlantiriladi

Davlatimiz rahbari Hukumat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy o‘sish surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlash zarur. Bunda inflyatsiya darajasi 5-6 foiz, budjet taqchilligi 3 foiz doirasida bo‘lishiga erishish, yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga olib chiqish asosiy vazifa bo‘ladi.

Shu bilan birga norasmiy iqtisodiyotni “soyadan chiqarish”da raqamli texnologiyalarni tayanch vositaga aylantirish lozim. Xususan, kelgusi yilda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada rag‘batlantirib, onlayn to‘lovlar ulushini 60 foizga yetkazish muhim vazifa bo‘ladi.

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

20 Nov, 07:36


🔥 1UZ билан бухгалтерлар учун янада кўпроқ имконият ва қулайликлар🔥

1UZ - Янги авлод бухгалтерия воситаси.

Фоизларда:
45% мижозлар - бир вақтнинг ўзида бир нечта фирмани юритадиган ва ҳаракатларнинг мослашувчанлигини тасдиқловчи бухгалтерлар;
50% мижозлар - кичик ва ўрта бизнес бухгалтерлари;
78% мижозлар - ишнинг соддлашганини ва харажатларнинг 34% га камайганини тасдиқлайдилар

85% мижозлар - вилоятлардан ишлайди ҳамда нарх ва сифатнинг мутаносиблигини, шунингдек, мижозларни қўллаб-қувватлаш хизматининг қулайлигини тасдиқлайдилар. Вақтингизни тежанг, ишингизни автоматлаштиринг ва молиявий масалаларни осонлик билан назорат қилинг!

🎁 Ҳар бир янги мижозга совғалар!

1UZ дастурларини харид қилганингизда, сиз иккита қўшимча хизматга бепул обуна бўласиз:
- Масъул шахс - ишончномалар, юк хатлари ва ҳисоб-фактураларни рақамли имзо ёрдамида тўғридан-тўғри дастурда имзоланг!
- 1UZ Маркировка сканери - сканерланган товар автоматик тарзда дастурингизга юк хати кўринишида юборилади, бу эса ҳисобга олиш ва назоратни осонлаштиради.

⚡️Муваффақият учун зарур бўлган ҳамма нарса - қулайлик, сифат, нарх, кешбеклар!

Қолдиқларни кўчириш - БЕПУЛ

Биз билан боғланиш:
📱@oneuzbot
📞+99871-230-21-12
🚀@oneuzchannel

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

17 Nov, 02:01


#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya

Yaqinlarimiz ko‘magi - halol va professional xizmatda asosiy motivatsiya
_________
#встреча #признание #антикоррупция

Поддержка близких - главная мотивация честной и добропорядочной профессиональной служ
бы

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

16 Nov, 17:31


#qonunchilikdagi_yangiliklar

Barqarorlik reytingi Soliq kodeksiga kiritildi

Yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritildi.
👉 OʻRQ-1000,15.11.2024-yil

👉Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa 3 kunlik muddatda qaytariladi;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi*
*bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

15 Nov, 15:09


👋 Assalomu alaykum, aziz do'stlar!

Men Zamira Jurayevamoliya, buxgalteriya va soliq sohasida 20 yillik tajribaga ega mutaxassis, sizni 20-noyabr kuni, soat 19:00 da bo‘lib o‘tadigan bepul onlayn masterklassga taklif qilaman! 🎉

Masterklass mavzusi:
Foyda solig’i hisobotini to’g’ri to’ldirish va yilni xatosiz yopish” 📈💼

📌 Masterklassda siz bilan quyidagilarni o‘rganamiz:

Foyda solig’i hisobotini to’ldirishdagi e’tibor berish shart bo’lgan momentlar📝
Yil yopishda eng muhim nyuanslar📊
Yillik hisobotlarda qilinadigan eng ko’p xatolar⚠️ xaqida gaplashamiz.

🌟 Shunchaki bu bepul masterklassda qatnashing va mening 20 yillik tajribamdan qimmatli insaytlar oling!

📅 20-noyabr kuni soat 19:00 da kutaman!

Masterklas quyidagi kanalda bo'lib o'tadi👇
https://t.me/+QywMvGBRYjBkMWZi
https://t.me/+QywMvGBRYjBkMWZi
https://t.me/+QywMvGBRYjBkMWZi

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

12 Nov, 18:44


#Onlayn_NKM

Soliq qo'mitasi: nima? qayerda va qanchadan?

Soliq sohasining raqamlashtirilishi natijasida sotuvchi va xaridorlar oʻrtasida koʻrsatilayotgan xizmatlar, bajarilgan ishlar va sotilgan tovarlar haqida ular uchun rasmiylashtirilgan EHF va onlayn chek orqali real vaqt rejimida maʼlumot olinadi.

Hozirda bir kunda 150 mingdan ortiq EHF shakllantirilayotgan boʻlsa, yil boshidan buyon 37 mln dan ortiq EHF rasmiylashtirilgan.
Har kuni onlayn NKT, marketpleyslar va agregatorlar orqali 7 mlndan ortiq xarid cheklari soliq organlariga real vaqt rejimida uzatiladi, yil boshidan esa bu koʻrsatkich 2 mlrd dan oshiqni tashkil etadi.

Katta hajmli maʼlumotlarning bunday tahlili, ichki bozordagi holat va sohalar rivojini tahlil qilish imkonini bermoqda

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

10 Nov, 12:50


10 ноябрь Халқаро бухгартерлар куни  

Ҳар йили 10 ноябрь Халқаро бухгалтерлар куни сифатида нишонланади. Кучли бухгалтерлар гуруҳи ҳар қандай савдо ташкилоти муваффақиятнинг гаровидир. Кўп мамлакатларда бухгалтерлар байрами жорий қилинган бўлссада, байрамни халқаро миқёсда ўтказиш зарурлиги бир неча бор муҳокама қилинган. Луки Пачиоллининг «Ҳаммаси арифметика, геометрия ва пропорция ҳақида» номли китоби чоп этилган кун 10-ноябрь 1494-йил байрам санаси сифатида танлаб олинди. Муаллиф бу китобида ўша даврнинг математика ҳақидаги билимларни баҳолашга ҳаракат қилган. Китобнинг бир бўлимида Венесиянинг бухгалтерлик иши тўлиқ ёритиб берилган. Лука Пачиоли бухгалтерия ҳақидаги 1-китобининг яратувчисидир. Пачиоли китобида журнал-ордерлардан фойдаланиш, бухгалтер ҳисоботини рўйхатга олишни кўрсатиб ўтган, бундан ташқари бу соҳада хизмат кўрсатувчилар дебет билан кредит бир-бирига мос келмагунча тинч ухлай олмасликларини айтиб ўтган. Китобда кўплаб бошқа теременлар ҳам берилганки, унда бухгалтерия ишини тўлиқ ўрганишда махсус билим олиш имкони мавжуд эди. Луки Пачиолини «бухгалтерлар отаси» деб аташади. Пачиолининг бухгалтерия соҳасидаги кўрсатмалари тўрт юз йиллик давомида махсус маърузаларда, бухгалтерия ишларини силжишида асос бўлиб хизмат қилди. Пачиоли ишларини нақадар муҳим эканлигини яна шундан ҳам кўриш мумкунки, китоб 10-ноябрь 1494-йилда нашр қилинган. Бундан 50-йиллар олдин Иоанн Гутенберг алоҳида металл ҳарфлар ва белгилар ёрдамида китоб нашр қилишни кашф қилинган эди, ва маълумки, китоб нашр қилиш ўша вақтда жуда қиммат эди.


Ушбу кун муносабати билан барчангизни касб байрами “Халқаро бухгалтерлар куни“ билан табриклайман. Барчангизга байрам муборак бўлсин. Келгуси иш даврларингизда катта муваффақият ва натижаларга эришишингизга ва машҳур бухгалтер лавозимидан иш бошлаган миллиардер Рокфеллер каби улкан муваффақиятларга эришишингизга тилакдошман.

Барчангизга байрам муборак!

Бу ерда баъзи қизиқарли маълумотларни сиз азизлар учун тўпладик, марҳамат👇

👉 Россияда касб байрами ва дунё буйича бухгалтериянинг вужудга келиш тарихи

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

08 Nov, 18:58


#soliq_taqvimi

🗓 9-10 noyabr dam olish (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 11-noyabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 9 и 10 ноября - выходные (нерабочие) дни, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 11 ноября.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день
.
👉ст.
5 НК
👉ст.8
6 НК

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

06 Nov, 02:02


#E_ijara #yashirin_iqtisodiyot

Joriy yilning 9 oyida soliq organlarida 529 628 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

🖇Foydali havolalar

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi
👉Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi
👉Ijara.soliq.uz saytidagi ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?

❗️2024-yil uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari haqida boshqarma boshlig‘i D.Xashimova batafsil ma'lumot berdi

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

05 Nov, 19:01


#yashirin_iqtisodiyot #ijtimoiy_sorovnoma

Yashirin iqtisodiyot nima?

Yashirin iqtisodiyot – bu iqtisodiyotning tadbirkorlik faoliyati odatda rasmiy roʻyxatga olinmagan, soliqqa tortilmaydigan va rasmiy statistika va nazorat doirasidan tashqarida qoladigan turli norasmiy iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi iqtisodiyot tarmogʻidir.

▪️norasmiy bandlik
▪️qonuniy boʻlmagan ish haqi
▪️norasmiy tadbirkorlik
▪️noqonuniy tovarlar va xizmatlar savdosi
▪️soliq toʻlashdan boʻyin tovlash

Bunday harakatlar rasmiy qoidalar va tartiblarni chetlab oʻtadi. Darhaqiqat, davlat idoralaridan daromadlarni yashirish yoki soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga olib keladigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini yashirin iqtisodiy faoliyat deb hisoblash mumkin.

Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyati yashirin iqtisodiyotga duch kelgan.

Soliqdan qochganlarga qanday choralar qo‘llanilishi kerak?

📹 Jamoatchilik fikri bilan batafsil videolavhada tanishing

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

04 Nov, 18:30


#JSHODS

"Maryam soliqlar haqida bilib oladi" audiokitobining yangi qismini tinglang!

Uchinchi qismda Maryam jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bilan tanishadi 💼💰

Bu soliq ish haqi va boshqa daromadlardan ushlab qolinadi.

Maryam nima uchun biz bu soliqni to‘lashimiz, yig‘ilgan mablag‘lar qayerga ketishi va ular maktablar, kasalxonalar va boshqa muhim ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga qanday yordam berishi haqida bilib oladi.

Audiokitobni butun oila bilan tinglang va farzandlaringizga har bir kishi o‘z hissasini qo‘shsa, bu atrofimizdagi hayotni yaxshilashga yordam berishini tushuntiring.

🎧1-qism mol-mulk va yer solig'i haqida
🎧
2-qism QQS haqida

Kitob muallifi: Irodaxon Abbosxonova, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

03 Nov, 17:49


Kontraktni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha qo'llanma

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

15 Oct, 05:15


#AOS

15-oktabr - sentabr oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha quyidagilardan foydalanish mumkin:
👉 videoqo‘llanma
👉 onlayn-seminar
_______
#налог_с_оборота

15 октябр
я - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за сентябрь

Чтобы заполнить отчетность по налогу с оборота, воспользуйт
есь:
👉 видеоинструкцией
👉 онлайн-семинаром

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

09 Oct, 10:56


15-OKTYABR 18:30 DA BUXGALTERIYA DARSLARIMIZ BOSHLANADI

Qulayliklari:
🔴 Ishdan tashqari vaqtda o'rganish
🟡 Minimal qatnashuvchi bilan yuqori sifat
🟢 Soliq va 1C darslari eng so'nggi yangiliklar asosida
🔵 85% natija va ish
🟣 Va boshqa bonuslar

QISQACH MA'LUMOT:
➡️ 4 oy; haftada 3 kun, 2 soat
➡️ Offline - 4-metro bekat

TO'LOVLAR:
🔻Umumiy 4 mln so'm
🔻4 va 12 oyga bo'lib to'lashingiz mumkin

GURUHGA 5TA QATNASHUVCHI QABUL QILINADI
📞 +998 55 500 02 32  | 
📌 @BOBURJON_1C
📌 @MASTER_UZ

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

05 Oct, 13:35


#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq mobil ilovasi va my3.soliq.uz saytidagi soliq to'lovchilarning shaxsiy kabinetida soliqlarni to‘lash xizmati faoliyatini tikladi.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar 15-oktabrga qadar yer va mol-mulk soliqlarini to‘lashlari lozim.
___________
#объявление

Уважаемые налогопла
тельщики❗️

Услуга уплаты
налогов в мобильном приложении Soliq и в персональном кабинете налогоплательщика на my3.soliq.uz возобновила свою работу.

Напоминаем, что до 15 октября физическим лицам необходимо уплатить налоги на имущество и землю.

@buxgalter_kerak

Buxgalter kerak | Бухгалтер керак

23 Sep, 02:00


#Биласизми

🔰Қонунчиликка кўра, инсон ўз ҳуқуқ ва эркинликларини амалга оширишда бошқа шахсларнинг, жамият ҳамда давлатнинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларига путур етказмаслиги шарт.

✔️Инсоннинг ҳуқуқ ва эркинликлари фақат қонунга мувофиқ ва фақат конституциявий тузумни, аҳолининг соғлиғини, ижтимоий ахлоқни, бошқа шахсларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилиш, жамоат хавфсизлигини ҳамда жамоат тартибини таъминлаш мақсадида зарур бўлган доирада чекланиши мумкин.

@buxgalter_kerak