Jo‘rabek Jangirov @jangirov_j Channel on Telegram

Jo‘rabek Jangirov

@jangirov_j


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining Matbuot kotibi

Rasmiy manbalar:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat uchun:
☎️ +998 (71) 207-40-48
🤖 @jangirovga_bot

Jo‘rabek Jangirov (Uzbek)

Jo‘rabek Jangirov Telegram kanali matbuot kotibi sifatida faoliyat yurituvchi agentlik direktorining rasmiy manbalari va ma'lumotlarini o'z ichiga olgan platformadir. Kanalda agentlikning ilmiy faoliyatlariga oid yangiliklar, tadbirlar, va xizmatlar haqida ma'lumotlar taqdim etiladi.

Jo‘rabek Jangirov kanali rasmiy manbalari orqali foydalanuvchilarga agentlikning faoliyatini tez va samarali ko'rish imkoniyatini beradi. Bu bilan birga, agentlikning ijtimoiy tarmoqlarda mavjudligini va ular bilan bog'liq bo'lgan saytlarini ham osonlik bilan topish imkoniyatini yaratadi.

Sizga Jo‘rabek Jangirov Telegram kanali orqali agentlikning eng so'nggi yangiliklari, xizmatlari va turli tadbirlari haqida eng to'liq va samarali ma'lumotlar taqdim etiladi. Kanalda qo'shimcha ma'lumotlar uchun agentlikning rasmiy manbalari bilan bog'lanishingiz mumkin.

Jo‘rabek Jangirov

09 Feb, 12:17


#Navoiy_tavalludining_584_yilligi

HAZRAT NAVOIY HAYKALI POYIDA


Men bu joyga minglab keldim, yuzlab keldim,
Ko‘ngil kuyin tinglab keldim, bo‘zlab keldim,
Hazratdan so‘z qarz olib, so‘ng, so‘zlab keldim,
Qaqrab keldim, yonib keldim, muzlab keldim,
Bu dargohga men o‘zimni izlab keldim,
Nigohingiz sel qildi-ku, oh, Navoiy,
So‘z mulkida sulton bobom – shoh Navoiy.

Bobo, deyman, vujudlarim titroq tortib,
To‘zg‘ib yotgan dunyolarga bergan tartib,
Kaftidadir sayyoralar, Mashriq, Mag‘rib,
Hazrat sabab shu tuproqqa mehrim ortib,
Baxtiyorman poylarini ko‘zga surtib,
Kim ul zotga talpinsa gar – yor Navoiy,
Iymondir ham, nomusdir ham or Navoiy.

Ba’zan xursand, ba’zan esa nolib keldim,
Ba’zan nafsga mag‘lub, ba’zan g‘olib keldim,
Gʻazal tinglab, dilga mehr solib keldim,
Eng pokiza tuyg‘ularim olib keldim,
Ul kishiga shogird tushib – tolib keldim,
Shogirdlarin har dam qo‘llar – bog‘ Navoiy,
Zabt etilmas yuksak cho‘qqi, tog‘ Navoiy.

Odam desam, yolg‘on bo‘lgay, farishtadir,
Yeru ko‘kni bog‘lab turgan oq rishtadir,
Hazrat misol pok yashab, pok qarishni bil,
Muborak tut yodlarini – har ishda bil,
Pok nomlarin pok tutgay har qarichni bil,
Qabohatga qarshi turgan – dov Navoiy,
Razolatning yo‘lin to‘sar – g‘ov Navoiy.

Kel, nabiram, desa, bir bor boqib qo‘ysa,
Gʻayrat qilgin, deb, yelkamga qoqib qo‘ysa,
Nazar tashlab qalbimga o‘t yoqib qo‘ysa,
Yoshim daryo, qani unda oqib bo‘lsa,
Avliyo zot har onimdan voqif bo‘lsa,
Madad bo‘ling, yo, Hazratim – yo, Navoiy,
Olam butun – bor ekanki to Navoiy.

Etagidan mahkam tutib o‘tingayman,
Nazaridan qolmay deya yutingayman,
Ul siymoga sodiq navkar tutingayman,
Bir qarasam, to‘zg‘ib yotgan tutundayman,
Ismin aytsam, boshdan oyoq butundayman,
Quyosh yang‘liq ziyo sochar – nur Navoiy,
Ikki dunyo bahosi yo‘q – dur Navoiy.

Baxtimiz shu – o‘zbek bo‘lib tug‘ilganmiz,
Yulduzlarga narvon qo‘yib, tug‘ ilganmiz,
Dushman kelsa ko‘kragiga tig‘ ilganmiz,
Butun millat bir musht bo‘lib tugilganmiz,
Bor olamda Navoiy deb o‘qilganmiz –
El degandan, yurt degandan shod Navoiy,
Qaytib jahon ko‘rmas shunday zot – Navoiy!

Jo‘rabek Jahon

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

29 Jan, 15:20


#ishga_taklif_etamiz

🔔YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLARNI ISHGA TAKLIF ETAMIZ.

📆 Tanlovning 1-bosqichiga (saralash) joriy yilning 30-yanvar sanasidan start beriladi.

🌏Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin

📱BATAFSIL

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

14 Jan, 03:03


#bayram_bilan

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman!

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

13 Jan, 09:22


#ota_onalar_diqqatiga

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari juda koʻp uchramoqda.

⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.

📌 Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!

‼️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!

🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

31 Dec, 03:34


💡☃️💡

🎁 Yangi yil sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik baxt va saodat olib kelsin!

🔴 Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, yangi yutuqlar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

08 Dec, 03:06


#bayram_bilan

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan qutlab, sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

18 Nov, 02:25


#millat_bayrogʻi

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI

Oʻzbekiston bayrogʻi — nafaqat davlat ramzi, balki oʻtmish, bugun va ertamizning yorqin ifodasidir. Uni ko'z qorachig'idek asrash esa barchamizning muqaddas burchimizdir.

Sharaf-shonimiz, hurlik, ezgulik, tinchlik va barqarorligimiz ramzi — millat bayrog’i qabul qilingan kun muborak boʻlsin.

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

21 Oct, 01:57


#ona_tilim_faxrim

🗓 21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak bo'lsin!

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

30 Sep, 19:21


#tabriklaymiz
#qutlaymiz

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ustozlar, muhtaram murabbiylar

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

30 Sep, 08:32


Endilikda muntazam tarzda “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazilib boriladi

Tuman va shahar bosqichlarida gʻolib boʻlgan oʻqituvchilar esa uy-joy bilan taqdirlanadi.

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

11 Sep, 15:40


#imtihon_natijalari_2024
#sport_maktablari

🔔SPORT MAKTABLARINING IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI:

https://portal.piima.uz/page/sport-maktablari-imtihon-natijalari

https://mandat.piima.uz


Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

10 Sep, 09:48


#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinadi.

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

01 Sep, 03:00


#istiqlol_33

🇺🇿🇺🇿 Mustaqilligimizning 33 yilligi muborak bo‘lsin!

Yaratganning o‘zi O‘zbekistonimizni o‘z panohida asrasin!

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

27 Aug, 16:14


#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

🌐Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/July-2024-test-results-presidential-schools-admissions/


Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

21 Aug, 09:48


#diqqat_eʼlon

🔔 IKKINCHI BOSQICHGA
TAVSIYA ETILGAN PEDAGOG O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

📆 Joriy yilning 22-avgust kuni ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkaziladigan test (tanlovning 2-bosqichi) quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:

1. Fizika/Matematika/Informatika - soat 09:00;

2. Kimyo/Biologiya/Ingliz tili/Ona tili/Rus tili/San'at - soat 11:00;

3. Tarix/Tarbiya/Geografiya/Jismoniy tarbiya/Texnologiya - soat 13:00;

4. O‘zbek tili/Qoraqalpoq tili - soat 15:00.

📍Test jarayonlari bo’lib o’tadigan manzillar.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

20 Aug, 12:02


#tanlov
#ishga_taklif

🔔 PEDAGOG O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.

📝 Bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan o‘qituvchilar yuqorida ilova qilinayotgan jadvallar asosida tanlovning 2-bosqichi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3-bosqichga o‘tganligini bilishi mumkin.

📍Tanlovning 2-bosqichi (test) joriy yilning 22-avgust kuni hududlardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining toifa testlari o‘tkaziladigan binolarida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning 3-bosqichida (suhbat) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan toifa testlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilarga berildi.

🪪 Tanlovning 2-bosqichida ishtirok etadigan nomzodlardan test jarayoniga o‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingiz so‘raladi.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

07 Aug, 14:45


#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

05 Aug, 14:02


#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣📣📣📣📣

❗️O‘Z SOHASIDA YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN PEDAGOG KADRLAR DIQQATIGA!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 5–15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hurmatli rahbar va pedagog kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂Talab etiladigan hujjatlar:
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

👨‍🏫 Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📆Hujjatlarni 5–15-avgust (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | X | Job

Jo‘rabek Jangirov

30 Jul, 11:21


#natija_2024

🌐 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari hududlar kesimida roʻyxat shaklida portal.piima.uz saytiga joylashtirildi:

🔗 https://portal.piima.uz/page/results

🌐Qolaversa, Agentlik tomonidan mandat.piima.uz platformasi test rejimida ishga tushirildi.

🗣Ushbu platforma orqali Agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchining imtihondan olgan natijalarini ariza raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami boʻyicha aniqlash, shuningdek, maktablar kesimida imtihon natijalarini roʻyxatini koʻrish imkoniyati mavjud.

📍Maʼlumot uchun, Agentlik tizimidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalarining roʻyxat shaklidagi koʻrinishi barcha maktablarga yetkazildi. Hujjat topshirgan maktabingizga murojaat qilib ushbu roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

29 Jul, 18:50


#imtihon_natijalari_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

❗️Joriy yilning 9-10-iyul kunlari  Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

27 Jul, 17:00


#imtihon_natijalari_2024
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Ijod_natija_2024_bot

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

26 Jul, 12:24


#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

📍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.

🌐 Batafsil koʻrish uchun

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

24 Jul, 11:22


#imtihon_2024

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN OʻTGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Shu yilning 27-iyul kuni boʻlib oʻtadigan Prezident maktablarining ikkinchi bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Telegram | X

Jo‘rabek Jangirov

22 Jul, 16:22


#imtihon_2024
#prezident_maktablari

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Telegram | X