FikrLab - fikrlab rivojlaning @fikrlab Channel on Telegram

FikrLab - fikrlab rivojlaning

@fikrlab


Onlayn kursimiz: @mantiqiy_fikrlab

Roʻyhatdan oʻtish: @fikrlab_bot

Savollar va tijoriy hamkorlik: @fikrlab_aloqa_bot

FikrLab - fikrlab rivojlaning (Uzbek)

FikrLab - Yangi o'zga o'z kurslar orqali fikr va nazariyalarini rivojlantirishni istayotganlar uchun mo'ljallangan Telegram kanali. Bu kanal orqali @mantiqiy_fikrlab onlayn kurslariga yozilishingiz mumkin. @fikrlab_bot orqali ro'yxatdan o'tishingiz va savol-javoblar uchun @fikrlab_aloqa_bot bilan bog'lanishingiz mumkin. FikrLab sizning fikrlar va g'alaba yo'li bo'ylab rivojlantirish uchun eng yaxshi platformani taklif qiladi. Sizning fikrlaringizga e'tibor beruvchi jamoaga a'zo bo'ling va o'zingizni rivojlantiring!

FikrLab - fikrlab rivojlaning

23 Jan, 16:10


Dilafruz 12 ta katakdan iborat to'g'ri burchakli jadval chizdi. U ba'zi kataklarni qora rangga bo'yadi. U har bir bo'yalmagan katakda o'ziga qo'shni bo'lgan qora kataklar sonini yozib oldi (rasmga qarang). Aytaylik, u 2018 ta katakdan iborat jadval bilan xuddi shunday qilsa, bunday jadvaldagi barcha sonlar yig'indisi qanday eng katta qiymatga ega bo'lishi mumkin?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

22 Jan, 15:59


Motorli qayiqning oqim bo'yicha tezligi 18 km/soat, oqimga qarshi tezligi esa 14 km/soat. Qayiqning turg'un suvdagi tezligini toping. (km/soat)

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

22 Jan, 10:00


6 ta ot bilan 11 ta sigirni boqish uchun kuniga 120 kg pichan beriladi. Agar 7 ta otga 5 ta sigirga qaraganda 33 kg ko'proq pichan berilsa, kuniga har bir otga qancha pichan va har bir sigirga qancha pichan beriladi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

21 Jan, 10:01


Samandar yozda dam oladigan dala hovlining yuzi 6 sotix. Hovli bo'yining eniga nisbati 3:2 kabi. Shu dala hovlini devor bilan o'rashmoqchi. Darvoza uchun 2,5 m joy tashlansa, devor uzunligi necha metr bo'ladi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

20 Jan, 16:57


60 metrlik taxtani 10 metrdan qilib arralash uchun 30 minut vaqt ketadi. U holda uzunligi 100 metr bo'lgan taxtani 10 metrdan qilib arralash uchun qancha vaqt ketadi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

20 Jan, 10:04


Qonuniyatni aniqlab so'roq belgisi o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

19 Jan, 16:21


Yuqoridagi shaklni hosil qilish uchun nechta kub ishlatilgan?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

19 Jan, 10:37


So'roq o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

18 Jan, 17:00


4 ta paketda teng sonda konfetlar bor. Agar 9 tadan konfet olinsa, hamma paketda, oldin har birida nechta bo'lsa, shuncha konfet qoladi. Har qaysi paketda nechtadan konfet bo'lgan?

A) 8 B) 10 C) 12 D) 16

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

18 Jan, 10:34


Yuqoridagi ma'lumotlardan foydalanib, to'rtburchak yuzini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

17 Jan, 17:00


Umumiy hisobda shakllarni qancha qismi bo'yalgan?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

17 Jan, 10:16


Tomonining uzunligi 120 metr bo'lgan kvadrat shaklidagi bog' yuqoridagi kabi 3 x 3 m o'lchamdagi kichik kvadratlarga ajratilib chiqildi. Agar har bir kichik kvadratchaning burchaklariga ko'chat ekilayotgan bo'lsa, bu bog'ga jami nechta ko'chat ekiladi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

16 Jan, 16:52


Aziz qopdagi olmalarning yarmini ukasiga, qolganining yarmini akasiga bergandan keyin o'zida qopda 10 ta olma qoldi. Dastlab qopda qancha olma bo'lgan?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

16 Jan, 10:31


Tishli silindrni qaysi tomonga aylantirganda, richak soat ko'rsatgichi bo'yicha yuradi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

15 Jan, 16:37


Ushbu diagrammada hayvonot bog'idagi hayvonlarning joylashuvi ko'rsatilgan. Quyidagi gaplardan qaysi biri to'g'ri?

1-holat: Maymun sherning shimoli-g'arbida joylashgan.
2-holat: Arslon jirafaning janubida joylashgan.
3-holat: Yo'lbars maymunning sharqida joylashgan.
4-holat: Begemot sherning janubi-sharqida joylashgan.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

15 Jan, 09:41


Parallelepiped shaklidagi 8 ta bir xil g'ishtdan kattaroq parallelepiped hosil qilindi. Agar g'ishtning o'lchamlaridan biri 4 cm bo'lsa, katta parallelepipedning balandligi necha cm?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

14 Jan, 16:38


Izohlarda javobingizni yozib qoldiring.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

14 Jan, 10:53


Tomoni 5 cm bo'lgan kvadratning bo'yalgan qismining maydonini toping.

A) (25π)/8 B) 25/2
C) (25π)/2 D) 25/4 E) (25π)/4


@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

13 Jan, 16:51


Sariq va ko'k sharlardan yuqoridagicha tartibda naqsh yasalmoqda. Agar naqsh yasab tugatilgandan keyin unga jami 120 ta ko'k shar ishlatilgan bo'lsa, u holda nechta sariq shar ishlatilgan?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

13 Jan, 10:33


Abdurahmon rasmda ko'rsatilgan tuzilmani oddiy qutiga joylashtirmoqchi. Bunday qutining eng kichik o'lchamlari qanday?

A) 3 x 3 x 4
B) 3 x 5 x 5
C) 3 x 4 x 5
D) 4 x 4 x 4
E) 4 x 4 x 5


@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

12 Jan, 17:22


Qonuniyatni aniqlab so'roq belgisi o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

12 Jan, 10:16


Rasmda belgilangan ikkita 1 va 2 burchaklarning yig'indisi nechaga teng?

A) 150° B) 180° C) 240° D) 270° E) 300°

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

11 Jan, 16:55


Yuqorida berilgan shakl yuzi necha cm²?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

11 Jan, 10:02


Izohlarda javobingizni yozib qoldiring.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

10 Jan, 14:07


Fazilat rasmdagi yettita chegaralangan sohaning har biriga bittadan sonni shunday kiritmoqchi ediki, har bir son qo'shni sohalardagi sonlar yig'indisiga teng bo'lsin. (Agar ikki soha chegarasining umumiy qismiga: yoyi yoki kesmasiga ega bo'lsa, ular qo'shni hisoblanadi). Fazilat ikkita sonni allaqachon rasmda ko'rsatilgandek yozgan. U markaziy sohaga qanday sonni kiritishi kerak?

A) 1 B) -2 C) 6 D) -4 E) 0

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

09 Jan, 16:27


Jismoniy tarbiya darsida sinfdagi barcha o'quvchilar 5 kishilik jamoalarga bo'linib, basketbol o'ynashdi. Birozdan so'ng ular 6 kishilik jamoalarga bo'linib, volleybol ham o'ynashdi. Quyidagilardan qaysi biri sinfdagi o'quvchilar soni bo'lishi mumkin?

A) 20 B) 24 C) 30 D) 36

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

09 Jan, 10:15


Rasmda to'g'ri burchakli o'xshash uchburchaklar berilgan. Katta uchburchakning katetlari 15 va 20 ga, kichik uchburchakning gipotenuzasi 15 ga teng bo'lsa, shaklning bo'yalgan qismining yuzini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

08 Jan, 16:12


Yuqoridagi harflar aniq bir raqamlarni ifoda etsa, L va T ning yig'indini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

04 Jan, 15:58


O'simlikda 10 ta shoxlarga ega. Har bir shoxda yo 5 barg yoki 2 barg va 1 gul o'sadi. Quyidagi raqamlardan qaysi biri bu o'simlikning barcha barglari soni bo'lishi mumkin?

A) 45 B) 39 C) 37 D) 31 E) hech biri

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

04 Jan, 10:17


A kvadratning perimetri B va C kvadratlardan tashkil topgan shakl perimetrining 5/4 qismiga teng. B kvadrat tomonining uzunligi A kvadrat tomoni uzunligining qanday qismini tashkil qiladi?

A) 4/5 B) 5/7
C) 3/5 D) 3/7


@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

03 Jan, 16:29


Istirohat bog'ida 12 ta bola qayiqda suzmoqchi. Qayiq yo'l boshlovchidan  tashqari 5 ta bolani sig'dirishi mumkin. Har bir bola 3 yoki 4 marta qayiqda sayr qildi va har safar sayr vaqtida qayiq to'la holatda edi. Yo'l boshlovchi hammasi bo'lib bolalarni necha marta qayiqda sayr qildirgan bo'lishi mumkin?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

03 Jan, 09:34


Bo'yalgan sohaning yuzasi necha cm²?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

02 Jan, 16:22


Yuqoridagi rasmda kubning yoyilgan ko'rinishi ko'rsatilgan. AB = 2√17 birlik bo'lsa, kubning hajmi necha birlik kub?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

02 Jan, 10:56


Rasmda ko'rsatilganidek, to'rtburchakda uchta yarim doira chizilgan. Ushbu to'rtburchakning perimetri qancha?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

01 Jan, 16:57


Akbarning bo'yi u 9 yosh bo'lganida 96 cm edi. Uning bo'yi har yili bir xil uzunlikka oshadi. Akbarning bo'yi u 12 yosh boʻlganida 120 cm edi. Agar Akbar 15 yosh bo'lganida uning bo'yi (18x-36) cm bo'lsa, x ning qiymatini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

01 Jan, 11:00


Plita teruvchi usta Olimjon takrorlanadigan mozaikali plitallarni polga yotqizmoqda. U rasmda ko'rsatilganidek, olti burchakli va uchburchak plitalarni to'playdi. Olimjon hisob-kitoblariga ko'ra, butun ish uchun unga 3000 ta olti burchakli plitka kerak bo'ladi. Unga taxminan nechta uchburchakli plitka kerak bo'ladi?

A) 1000 B) 1500 C) 3000 D) 6000 E) 9000

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

31 Dec, 15:01


1 dan 9 gacha bo'lgan raqamlarni kataklarga joylashtiring. Raqamlar faqat bir marta ishlatilishi kerak.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

31 Dec, 06:03


2025-yilga moslab quyidagi matematik tengliklarni hosil qilish mumkin ekan 🙂.

(1+2+3+4+5+6+7+8+9)²=2025

1³+2³+3³+4³+5³+6³+7³+8³+9³=2025

(20+25)²=2025

1⁰+2⁰+3⁰+....2024⁰+2025⁰=2025

Kirib kelayotgan milodiy 2025-yilda barchaga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik hotirjamlik, baxt-soadat, o'qish va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!

FikrLab - fikrlab rivojlaning

30 Dec, 16:28


Izohlarda javobingizni yozib qoldiring.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

30 Dec, 11:04


Yuqoridagi matematik amallarning javobini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

29 Dec, 16:21


Abduxoliq 3 ta o'yinchoq sotib oldi. Birinchisi uchun u pulining yarmini va yana 1 dollarni, ikkinchisiga qolgan pulning yarmini va yana 2 dollarni va nihoyat, uchinchisiga qolgan pulning yarmini va yana 3 dollarni to'ladi. Natijada uning barcha pullari tugadi. Abduxoliqning dastlab qancha puli bor edi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

29 Dec, 10:35


Yuqoridagi rebusda har bir harf 1 dan 8 gacha bo'lgan raqamlardan birini ifodalaydi. Shuningdek, har xil harflar har xil raqamlarni, bir xil harflar esa bir xil raqamlarni ifodalaydi. H raqami eng kamida nechaga teng bo'lishi mumkin?

A) 0 B) 1 C) 2 D) 4

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

28 Dec, 16:57


Yuqoridagi shaklning bo'yalmagan qismining yuzasini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

28 Dec, 13:35


Yuqorida ko'rsatilgan gugurt cho'plaridan 2 tasini o'zgartirib, mumkin bo'lgan eng katta sonni hosil qiling.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

28 Dec, 06:49


#Diqqat #Tanqidiy_fikrlash

📣 Barcha ota-onalar, ustozlar uchun  @Fikrlab jamoasi dan ajoyib taklif. 🤩

🔔 Prezident maktablariga tayyorlanuvchi o'quvchilar uchun Tanqidiy fikrlash va muommoni hal qilish testlar to'plamini taklif qilamiz.

Tajribali o'qituvchilar tomonidan tuzilgan kitobimizda siz quyidagilarga ega bo'lasiz:  📌

✔️  Tanqidiy fikrlash bo'yicha 160 ta test;
✔️  Muammoni hal qilish 240 ta test;
✔️ Jami 400 ta test savollari;
✔️  Test kalitlari (javoblari) bilan birga;

📌 Kitobning elektron PDF shakli tashlab beriladi. 📎🗂

Kitob hajmi: 106 bet

ASL NARXI: 150 ming so'm

CHEGIRMADA NARXI: 59 ming so'm

Shoshiling!

Kitobni harid qilish uchun murojaat:
👉 @uktambek_matematik 👈
👉 @uktambek_matematik 👈

FikrLab - fikrlab rivojlaning

27 Dec, 15:03


Kvadrat tomoni 10 cm va teng yonli to'g'ri burchakli uchburchak va uni gipotenuzasi 14 cm bo'lgan shakllar yuqoridagi kabi joylashtirilgan, bo'yalgan sohaning yuzasi necha cm²?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

27 Dec, 08:00


FikrLab mobil ilovasi ishga tushirildi!

Endi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlariga tayyorlanish yanada qulay va oson.

Ushbu mobil ilovamiz orqali o'zingiz xohlagan vaqtda va o'zingiz xohlagan joyda Mantiqiy fikrlash bo'yicha testlarimiz, video-darslarimiz va topshiriqlarimizni o'rganib imtihonga to'liq va sifatli tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

400 dan oshiq test savollari;
12 ta eng muhim mavzu uchun videodarslar;
Har bir mavzu bo'yicha yuzdan oshiq test topshiriqlari va ularning javoblari beriladi;

Bilim oling va mantiqiy fikrlab rivojlaning!

Ilovani yuklab olish

FikrLab - fikrlab rivojlaning

26 Dec, 16:21


O'n besh soniya ichida ikki rasm orasidagi 3 ta farqni aniqlay olasizmi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

26 Dec, 10:47


Shaklda nechta uchburchak bor?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

25 Dec, 16:38


Telefon batareya quvvati to'la bo'lsa, 100 % ni ko'rsatadi. Odatda 1 % batareya quvvati 5 daqiqaga yetadi. Lekin Salimning telefonini batareya quvvati noodatiy ishlaydi. Agar batareya ko'rsatkichidagi sonda 2 yoki 9 raqami ishtirok etsa, odatdagidan 2 marta ko'p vaqtga yetadi. Boshqa holatda esa odatdagidek ishlaydi. Salimning to'la batareya quvvati necha daqiqaga yetadi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

25 Dec, 10:30


So'roq o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

24 Dec, 16:55


Qonuniyatni aniqlab so'roq belgisi o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

24 Dec, 10:15


Turabekning bir qop tangalari bor. Qopdagi tangalarning umumiy qiymati 14000 so'm. Qopda faqat 200 so'mlik va 500 so'mlik tangalar bor. Qopdagi tangalarning aniq 25 tasi 200 so'mlik. Qopda nechta 500 so'mlik tangalar bor?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

23 Dec, 16:30


ABCD kvadrat rasmdagidek 9 ta to'g'ri to'rtburchakka bo'lingan. Shu to'g'ri to'rtburchaklarning perimetrlari yig'indisi 60 ga teng. ABCD kvadrat yuzini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

23 Dec, 08:44


A va B qishloqlar orasidagi masofa 12 km. Ikkita velosipedchidan biri A dan, boshqasi esa B dan bir vaqtda, 9:00 da yo'lga chiqdi. Ikkala velosipedchi ham C qishloqqa bormoqchi. A dan chiqqan velosipedchining tezligi 15 m/s, B dan yo'lga chiqqan velosipedchining tezligi esa 10 m/s. B dan yo'lga chiqqan velosipedchining velosipedi yo'lda buzilib qoldi. Ta'mirlash ishlariga 4 daqiqa vaqt ketdi. Lekin shunga qaramay C ga A dan chiqqan velosipedchi bilan bir xil vaqtda yetib keldi. Ular C qishloqqa soat nechada yetib kelishgan?

A) 9:19 B) 9:28
C) 9:32 D) 9:23


@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

22 Dec, 11:59


Yuqoridagi shaklning bo'yalmagan qismining yuzasini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

21 Dec, 16:02


So'roq o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

21 Dec, 10:54


Shaklning qancha qismi bo'yalgan?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

20 Dec, 16:00


Jamoa bir nechta o'yinlar o'ynadi. Jamoa o'yinda g'alaba qilganida, ular 3 ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'yishdi. Jamoa o'yinda yutqazganida, ular hisobidan 1 ochkoni olib tashlashdi. Boshida jamoaning hisobida 10 ochko bor edi. Oxirida esa ularning hisobida 24 ochko bo'ldi. Jamoa 4 ta o'yinda yutqazdi va qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qildi. Nechta o'yinda jamoa g'alaba qildi?

A) 6 ta o'yinda
B) 7 ta o'yinda
C) 8 ta o'yinda
D) 10 ta o'yinda
E) 18 ta o'yinda


@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

20 Dec, 10:15


Kvadrat shaklidagi qog'oz yuqorida berilgan rasmdagidek 2 marta buklandi. Shundan so'ng mana shu qog'oz 1, 2, 3, 4 chiziqlarning qaysilari bo'ylab qirqilsa aynan 3 ta bo'lakka bo'linadi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

19 Dec, 16:41


So'roq o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

19 Dec, 10:58


Nodir shaxmat doskasining har biri katagiga son yozyapti. Masalan D harfining ingliz alifbosidagi o'rni 4 bo'lgani uchun D7 katakka 4 va 7 ning farqini yozadi. Nodir jadvalni kataklarini xuddi shunday tartibda to'ldirganidan keyin barcha kataklardagi sonlarning yig'indisini hisobladi. Shu yig'indining qiymatini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

18 Dec, 16:21


50 sent, 20 sent va 5 sentlik tangalardan teng miqdorda bo'lib ularning jami qiymati 72$ ni tashkil qiladi. Bu yerda nechta 5 sentlik tanga bor?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

03 Dec, 15:00


Qurbaqa, qo'y va otninng birgalikdagi vazmi necha kilogram?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

02 Dec, 16:53


Ushbu shaklning qanday qismi bo'yalgan?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

02 Dec, 10:33


Yuqoridagi shaklni katta kub ko'rinishiga keltirish uchun kamida nechta kichik kub kerak bo'ladi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

01 Dec, 14:56


Yuqoridagi ma'lumotlardan foydalanib, noma'lum chuqurlikni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

01 Dec, 08:01


Bir ishni 15 kishi 18 kunda qilishadi. Ular 6 kun ishlashgach, ularga yana besh kishi kelib qo'shildi. Xo'sh qolgan ishni necha kunda tugatishadi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

30 Nov, 15:20


Sadriddin har birining diametri 2 cm bo'lgan 6 ta bir xil dumaloq qalamlarni ikki usulda ip yordamida bog'ladi (rasmga qarang). Bog'lovchi iplarning uzunligi haqidagi quyidagi fikrlardan qaysi biri to'g'ri?

A) chap tomonda π cm qisqaroq
B) chap tomondan 4 cm qisqaroq
C) o'ng tomonda π cm qisqaroq
D) o'ng tomonda 4 cm qisqaroq
E) ikkalasining uzunligi bir xil


@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

29 Nov, 16:27


Tenglik to'g'ri bo'lishi uchun har bir yulduzchani "+" yoki "-" belgisi bilan almashtirishingiz kerak.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

29 Nov, 10:20


A va B shaharlar orasidagi masofani 1- mashina 12 soatda, 2- mashina esa 15 soatda bosib o'tadi. A shahardan 2-mashina soat 9⁰⁰ da yo'lga chiqdi. B shahardan 1-mashina soat 10³⁰ yo'lga chiqdi. Ular soat nechada uchrashadi?

A) 16⁰⁰ B) 16³⁰
C) 17²⁰ D) 16²⁰

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

28 Nov, 19:55


FikrLab mobil ilovasi ishga tushirildi!

Endi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlariga tayyorlanish yanada qulay va oson.

Ushbu mobil ilovamiz orqali o'zingiz xohlagan vaqtda va o'zingiz xohlagan joyda Mantiqiy fikrlash bo'yicha testlarimiz, video-darslarimiz va topshiriqlarimizni o'rganib imtihonga to'liq va sifatli tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

400 dan oshiq test savollari;
12 ta eng muhim mavzu uchun videodarslar;
Har bir mavzu bo'yicha yuzdan oshiq test topshiriqlari va ularning javoblari beriladi;

Bilim oling va mantiqiy fikrlab rivojlaning!

Ilovani yuklab olish

FikrLab - fikrlab rivojlaning

28 Nov, 16:00


Yuqoridagi harflar aniq bir raqamlarni ifoda etsa, K, L va M ning yig'indini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

28 Nov, 08:59


Rasmda berilgan ma'lumotlarga ko'ra bo'yalgan sohani yuzini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

27 Nov, 16:02


Soat 13:25 da soat va daqiqa millari orasidagi burchak necha gradiusni tashkil qiladi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

27 Nov, 10:00


Xitoydagi boshlang'ich maktab o'quvchilariga mo'ljallangan mashhur misol. Yuqoridagi ma'lumotlardan foydalanib stol balandligi toping?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

26 Nov, 16:50


Menda ikki quti shokolad bor. Avval mening qora shokoladlarim qizil qutining ichida va sutli shokoladlarim ko'k qutining ichida edi. So'ng men 4ta qora shokoladni qizil qutidan oldim va ularni ko'k qutining ichiga soldim. Natijada ko'k qutidagi shokoladlarimning soni qizil qutidagi shokoladlarimning sonidan ikki marta ko'p bo'ldi. Jami menda 36ta shokolad bor. Menda nechta sutli shokolad bor?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

26 Nov, 10:51


So'roq o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

25 Nov, 16:52


Yuqoridagi rasmda yilning ma'lum bir vaqtida Quyosh, Yer va Mars sayyoralari orasidagi masofalarning bir qismi keltirilgan. Bunga ko'ra, Yer va Quyosh orasidagi masofani toping?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

25 Nov, 09:59


Tomoni 2 cm bo'lgan kvadrat to'g'ri chiziq bo'ylab yumalatiladi (rasmga qarang). Savol belgisi bilan belgilangan uchburchakda qanday raqam bo'ladi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

24 Nov, 15:20


Endilikda qiziqarli va biroz murakkab bo'lgan mantiqiy savollarni yechimlari "Fikrlab Guruh" nomli muhokama guruhimizga joylab boriladi😉

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

24 Nov, 10:29


Shakari 20% bo'lgan 15 kg sharbatga 5 kg qaynoq suv va yana necha kg shakar qo'shilsa, sharbatdagi shakar 40% bo'ladi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

23 Nov, 16:40


Qonuniyatni aniqlab so'roq belgisi o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

23 Nov, 09:50


Yuqoridagi ma'lumotlardan foydalanib, noma'lum balandlikni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

22 Nov, 16:10


Ota ko'prikdan sohilga 9 minutda suzib boradi (oqim bo'yicha) va sohildan ko'prikka (oqimga qarshi) 12 minutda suzib boradi. Bola ko'prikdan sohilga 12 minutda boradigan bo'lsa, u sohildan ko'prikkacha qancha vaqtda boradi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

22 Nov, 10:29


Yuqoridagi shaklda nechta uchburchak mavjud?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

21 Nov, 16:20


6 ta bloknot va 8 ta qalam 144 so'm turadi. Agar 4 ta bloknot va 3 ta qalam 75 so'm tursa, 1 ta bloknot va 1 ta qalam qancha turadi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

13 Nov, 16:43


To'rtburchak beshta kvadratdan iborat. Uchta kichik kvadratning tomoni 1 cm ga teng. To'rtburchakning perimetrini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

13 Nov, 09:58


Shaklda nechta uchburchak bor?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

12 Nov, 16:23


Yuqoridagi rasmda poyezd o'tadigan shaharlar orasidagi masofalar berilgan. Masalan A va D shaharlar orasidagi masofa 7 km ga teng bo'lsa, C va D shaharlar orasidagi masofa necha kilometr?

A) 1 B) 2 C) 3 D) aniqlab bo'lmaydi

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

12 Nov, 10:40


Qonuniyatni aniqlab so'roq belgisi o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

11 Nov, 16:21


Yuqoridagi panjaradan tartib bilan yuqoridan boshlab tayoqchalar olinadi va undagi amallar hisoblanadi. Yakunda bu ifoda hisoblangach, qanday natija olinadi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

11 Nov, 10:15


Bitta o'quv markazining o'quvchilari soni birinchi yili 10 %, ikkinchi yili 20% ortdi. Uchichi yil boshqa o'quv qo'shimcha ta'lim markazi ochilgani sababli bu o'quv markazida o'quvchilar soni 25% ga kamaydi. Oxirgi holatda bu o'quv markazidagi o'quvchilar soni haqidagi fikrlarning qaysi biri to'g'ri?

A) 2 % ortgan
B) boshidagi bilan bir hil
C) 1 % kamaygan
D) 1 % ortgan


@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

10 Nov, 15:20


Yuqorida ko'rsatilgan gugurt cho'plaridan 2 tasini o'zgartirib, mumkin bo'lgan eng katta sonni hosil qiling.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

10 Nov, 08:30


Kitoblar orasidan qalamni topa olasizmi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

09 Nov, 16:02


Rasmda ko'rsatilgan sakkizta mushukning har biri boshqa istalgan bo'sh kvadratga o'tishi mumkin. Har bir satr va ustunda ikkita mushuk bo'lishi uchun eng kamida nechta mushuk joyini o'zgartirishi kerak?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

09 Nov, 09:59


Quyon sabzi va karamni juda yaxshi ko'radi. Bir kunda u 9 ta sabzi, yoki 2 bosh karam yoki 1 bosh karam va 4 ta sabzi yeydi. Hafta davomida quyon roppa-rosa 30 ta sabzi yedi. Bu haftada u nechta bosh karam yegan?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

08 Nov, 14:59


Halqalar rasmda ko'rsatilgandek birlashtirib, zanjir hosil qilindi. Bunda 2 ta halqa birlashtirilsa, uzunligi 11 cm, 3 ta halqa birlashtirilsa, uzunligi 15 cm bo'ladi. Agar 27 ta halqani birlashtirsak, necha cm uzunlikdagi zanjir hosil bo'ladi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

08 Nov, 08:59


So'roq o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

07 Nov, 14:36


To'rtburchakning eni 20% ga kamaydi. Uning yuzi o'zgarmasligi uchun to'rtburchakning bo'yini ni necha foizga oshirish kerak?

A) 25 B) 20 C) 40 D) 15

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

07 Nov, 07:55


Ombor tomining balandligini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

06 Nov, 14:02


Bir ishchi bir kunda 60 ta buyum, ikkinchisi undan 15 ta kam buyum tayyorlaydi. 630 ta buyum tayyorlash uchun ikkala ishchi necha kun ishlashi kerak?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

06 Nov, 05:02


Yuqoridagi to'rtta bir xil radiusli aylanalar yonma yon qo'yilgan. Agar bitta aylananing uzunligi 9 cm bo'lsa, qoraytirib ko'rsatilgan chiziqning uzunligini toping(cm).

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

05 Nov, 10:36


Ikki bolali bir oilaning o'rtacha yoshi 31. Onasi va otasining o'rtacha yoshi 51 bo'lsa, bolalarning o'rtacha yoshi qancha?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

04 Nov, 16:45


Oxirgi tarozida turgan jism massasini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

04 Nov, 13:36


#Diqqat #Tezkor ⚡️⚡️⚡️

Prezident maktab va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlariga tayyorlanuvchi 3-4-5-sinf o'quvchilar diqqatiga!

Siz imtihonga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun qo'shimcha kurs qidiryapsizmi?

Sovuq kunlarda uyda onlayn ta'lim olish ayni muddao! 🤩

@Fikrlab kanalining Matematika ustozi, Malakali trener ustoz O'ktambek O'rolboyevning "Mantiqiy fikrlab" nomli jonli onlayn kursiga start berilmoqda.

Kursimiz haqida qisqacha:

Yopiq telegram guruhda ustoz bilan jonli muloqot tarzida bo'lib o'tadi; 👨🏻‍💻
Imtihon test savollaridagi matematikaning barcha mavzulari o'rgatiladi;
O'tilgan mavzuga mos kundalik test topshiriqlar beriladi; 📈

Kursimiz 4 oy davom etadi;

Chegirma narxi (oyiga): 149 ming so'm

Darslar 10-nayabrdan boshlanadi.
Guruhga 50 ta o'quvchi qabul qilinadi.

KURSGA YOZILISH UCHUN:

👉@uktambek_matematik 👈
👉@uktambek_matematik👈

FikrLab - fikrlab rivojlaning

04 Nov, 10:01


Sichgoncha pishloqni yaxshi ko'radi va unda pishloq bor paytlari tinmasdan pishloq yeydi. Uning 210 gramm pishlog'i bor va uning onasi har 1 soat 12 minutda 100 gramm pishloq olib keladi. Agar sichqoncha har 6 minutda 10 gramm pishloq yesa, u o'zidagi pishloqni yeyishni boshlaganidan necha daqiqa o'tib to'xtaydi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

03 Nov, 16:35


Yuqoridagi shakllar aniq bir raqamlarni ifoda etsa, mana shu shakllarni ifoda etuvchi raqamlar yig'indini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

03 Nov, 11:17


Ikki doiraning orasiga kvadrat yuqoridagi kabi joylashtirilgan. Mana kvadratning tomonini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

02 Nov, 16:54


Bo'yalgan soha yuzasini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

02 Nov, 10:09


Yuqoridagi shaklga tepadan qaraganda kamida nechta kubchani ko'rish mumkin?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

01 Nov, 16:59


Yuqoridagi rasmda X, Y va Z ning har biri turli raqamlarni ifodalaydi. X qaysi raqamni ifodalashini aniqlang.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

01 Nov, 10:33


Shaklda nechta uchburchak mavjud?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

31 Oct, 16:38


So'roq o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

31 Oct, 10:29


Bekmurod bir son o'yladi, unga 5 ni qo'shdi. Yig'indini 3 ga ko'paytirdi. Ko'paytmadan 6 ni ayirdi. Ayirmani 2 ga bo'lgan edi natijada 15 hosil bo'ldi. Bekmurod qaysi sonni o'ylagan?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

30 Oct, 16:57


Uchlari yuqorida berilgan nuqtalarda bo'lgan jami nechta uchburchak mavjud?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

30 Oct, 10:56


Katta kub yasash uchun yana qancha kichik kubiklar kerak bo'ladi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

29 Oct, 16:46


Yuqoridagi rasmda ma'lum bir qonuniyat asosida yulduzchalar ketma-ketligi berilgan. Agar bu qatordagi qizil yulduzchalar soni 36 ta bo'lsa, barcha yulduzchalar soni eng ko'pi bilan nechta bo'lishi mumkin?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

29 Oct, 08:59


Qonuniyatni aniqlab so'roq belgisi o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

28 Oct, 16:50


Shaklning yuzini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

28 Oct, 09:52


Berilgan chizmaga asosan noma'lum x burchakning qiymatini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

27 Oct, 17:00


So'roq o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

27 Oct, 09:58


Rasmda berilgan kubning barcha yoqlarida tub sonlar yozilgan. Kubning qarama-qarshi yoqlaridagi raqamlari yig'indisi teng. Kubning uchta yog'idagi sonlar ko'rinib turibdi. Ko'rinmay turgan uchta yog'idagi sonlar yig'indisi eng kamida nechaga teng bo'lishi mumkin?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

26 Oct, 16:44


Bu maydoni yuqoridan qanday ko'rinadi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

26 Oct, 10:29


Yuqorida perimetrlari teng kvadrat, to'g'ri to'rtburchak va tomonlari teng uchburchak yonma-yon qo'yilgan. Agar uchburchakning tomoni 12 cm bo'lsa, so'roq o'rnidagi masofani toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

25 Oct, 16:54


Yuqoridagi rasmda turli xil rangdagi tayoqchalar berilgan. Har bir tayoqchadagi sonlar ularning bir uchidan boshlab yoqilganda uning necha sekundda to'liq yonib tugashini anglatadi. Shakl rasmda ko'rsatilgan ikki uchidan yoqildi. U necha sekundda to'liq yonib tugaydi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

25 Oct, 10:29


Barcha tenglamalarni to'g'ri qilish uchun kataklarni to'ldiring.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

24 Oct, 16:52


Qonuniyatni aniqlab so'roq belgisi o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

24 Oct, 09:45


Tirkalma aravada qutilar bor, lekin ularni faqat old, yon va orqa tomondan ko'rish mumkin. Tirkalma aravada nechta quti borligini aniqlay olasizmi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

23 Oct, 10:53


Qo'shish va ko'paytirish jadvallariga ko'ra a², b³, c⁴ yig'indisini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

22 Oct, 16:55


Yuqoridagi berilgan shakllar olti burchak, to'g'ri to'rtburchak va kvadratdan yasalgan. Oxirgi shaklning balandligini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

22 Oct, 09:27


Yuqoridagi matematik amallarning yakuniy javobi nima?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

21 Oct, 16:59


Muzqaymoqning 7 qismi sut, 2 qismi sariyog', 2 qismi shakardan tashkil topgan. 1 kg 210 g muzqaymoq tayyorlash uchun qancha sut kerak?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

21 Oct, 10:53


Kuchukchaning massasini toping.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

20 Oct, 13:33


Mantiqiy fikrlab onlayn kursning bugun 1-darsini boshlaymiz!

Dars soat 19:30 da. Darsga 1 soat vaqt qolmoqda. Qiziquvchilar bo'lsa @uktambek_matematik ga yozing.

FikrLab - fikrlab rivojlaning

20 Oct, 11:32


Tomoni 4 metr bo'lgan kvadrat shaklidagi xona poliga rasmdagi kabi radiusi 5 cm bo'lgan plitkalar qoplanyabdi. Polni bu usulda qoplash uchun jami nechta plitka kerak.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

19 Oct, 16:51


Agar A nuqtadan chiqqan chumoli ko'rsatilgan tartibda harakat qilib B nuqtaga yetib kelgan bo'lsa, u qanday eng kam masofani bosib o'tgan?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

19 Oct, 09:21


Rasmda kubning ochilgan holati tasvirlangan. Kub X harfi bo'lgan yuz-pastki qismida bo'ladigan qilib yig'ildi. Yuqorida qaysi harf hosil bo'ladi?

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

18 Oct, 13:59


Chizmadagi shakllarning bo'yalgan qismlarini ifodalovchi kasr sonlar yig'indisini hisoblang.

@fikrlab

FikrLab - fikrlab rivojlaning

18 Oct, 05:10


#Diqqat #Tezkor ⚡️⚡️⚡️

Prezident maktab va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlariga tayyorlanuvchi 3-4-5-sinf o'quvchilar diqqatiga!

Siz imtihonga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun qo'shimcha kurs qidiryapsizmi?

U holda bizning kurs aynan siz uchun!🤩

@Fikrlab kanalining Matematika ustozi, Malakali trener ustoz O'ktambek O'rolboyevning "Mantiqiy fikrlab" nomli jonli onlayn kursiga start berilmoqda.

Kursimiz haqida qisqacha:

Yopiq telegram guruhda ustoz bilan jonli muloqot tarzida bo'lib o'tadi; 👨🏻‍💻
Imtihon test savollaridagi matematikaning barcha mavzulari o'rgatiladi;
O'tilgan mavzuga mos kundalik test topshiriqlar beriladi; 📈

Kursimiz 3 oy davom etadi;

Chegirma narxi (oyiga): 149 ming so'm

Darslar 20-oktyabrdan boshlanadi.
Guruhga 50 ta o'quvchi qabul qilinadi.

KURSGA YOZILISH UCHUN:

👉@uktambek_matematik 👈
👉@uktambek_matematik👈

FikrLab - fikrlab rivojlaning

18 Oct, 05:08


Berilgan chizmaga asosan noma'lum x burchakning qiymatini toping.

@fikrlab