Farg'ona/Zamonaviy ta'lim @fargonazamonaviytali Channel on Telegram

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

@fargonazamonaviytali


🏫 Ushbu kanalimizda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, umumta'lim va xususiy maktablar hamda o'quv markazlari to'g'risida ma'lumotlar berib boriladi.

Murojaat uchun: @Ferpm_bot

@axrorjon_raximov

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim (Uzbek)

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim kanali Farg'ona viloyati bo'ylab yangi ta'lim tizim va imkoniyatlar haqida ma'lumotlar taqdim etadi. Prezidentning talabalar va o'qituvchilarga qo'ygan diqqatini qo'llab-quvvatlash maqsadida, bu kanalda prezident , ijod, ixtisoslashtirilgan, umumiy ta'lim va xususiy maktablar hamda o'quv markazlari to'g'risida foydali ma'lumotlar sizni kutmoqda. Agar siz ta'lim sohasida yangiliklar bilan tanishib chiqishni istasangiz, Farg'ona/Zamonaviy ta'lim kanaliga obuna bo'lishingiz tavsiya etiladi. Kanalga murojaat uchun @Ferpm_bot ga yozishingiz mumkin. Sizni yangiliklar bilan tezroq tanishtirishga chaqiramiz!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

13 Jan, 15:12


#Beshariq_IM
#Ota-onalar_yigʻilishi

Beshariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 5-sinf oʻquvchilari ota-onalari uchun "Ota-onalar yigʻilishi" boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida:
- yangi baholash tizimini ota-onalarga tushuntirish;
- oʻquvchilarning birinchi yarim yillik boʻyicha ixtisoslik fanlaridan oʻzlashtirish darajasi tahlili;
- oʻquvchilarning psixologik tahlili kabi masalalari koʻrildi.

Yigʻilish oxirida ota-onalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi va takliflar qabul qilindi.

Maqsadimiz: ota-ona va maktab oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, oʻquvchilarimizni yuksak salohiyatli, goʻzal xulqli, komil insonlar qilib tarbiyalash.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

13 Jan, 12:51


#Qoʻqon_1_IM
#Ertalabki_saflanish
#Yol_harakati_qoidalari

🔰2025 yil 13- yanvar kuni Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida ertalabki saflanish oʻtkazildi.
Saflanishda yangi III- chorakda taʼlim sifatini yana oshirish, tirishqoqlik bilan harakat qilish zarurligi oʻquvchilarga tushuntirildi.
Shuningdek maktab odob-axloq qoidalariga, ichki tartib - intizomga qatʼiy rioya qilish kerakligi taʼkidlandi.
Yoʻl transport hodisalarini oldini olish maqsadida Qoʻqon shahar IIB masʼullari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Yoʻl harakati qoidalari tushuntirildi.Oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi

⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

09 Jan, 13:37


🇺🇿 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Dilshod Asanov uy muzeyida bo‘ldilar.

⚡️ 2000-yil 16-sentyabr Surxondaryo viloyati Sarosiyo tumani, Uzun qishlogʻidagi urushda qurbon boʻlgan harbiy xizmatchi Dilshod Asanov xonadonida bo'lib uning uy muzeyi o‘quvchilarga tanishtirildi.

🔥 O‘quvchilarimiz vatanparvar insonlarni bilishlari, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetish, vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

09 Jan, 12:44


#BESH_TASHABBUS

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi O'zbekiston tumani Ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchilarining vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida, Beshariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 7-yanvar kuni o'qituvchilar oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Ushbu musobaqada maktab-internatimizning ustozlari ham faol qatnashdi.

Musobaqa so'ngida sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi shunday musobaqalarni tizimli ravishda tashkil etish kelishib olindi.

⚜️ Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

09 Jan, 12:43


# Kitobxonlik 📚

🏢Oʻzbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab - internatda 7-sinflar oʻrtasida Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asari yuzasidan savol - javob kechasi oʻtkazildi. Guruhlarga asar boʻyicha savollar berildi.
Bundan tashqari oʻquvchilarni bilimlarini mustahkamlash maqsadida "Asar muallifini top" va "Kim chaqqon" tanlovlari oʻtkazildi. Oʻquvchilarni toʻplagan ballari natijasida
7 " A" sinf - 1 oʻrinni
7 "D" sinf - 2 oʻrinni
7 "B" sinf - 3 oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

"Yer yuzida bitta kitobxon qolgan boʻlsa ham, bu kimgadir bizning kerakligimizni anglatadi. Demak, biz hech qachon oʻlmaymiz ..."

✍️ Abdulla Qodiriy

⚜️ Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

03 Jan, 05:40


#Yangi_yil_tilaklari

🎄Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchko‘prik tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʼquvchilari maktab oʼqituvchilarini yangi yil maktublari orqali tabrikladi.

❄️ Maktabning faol oʼquvchilari yangi yil tabriklarini yig‘ish uchun maxsus quti tashkil etib, sevimli oʼqituvchilari uchun bayram tilaklarini yigʼib, oʼqituvchilarga taqdim etishdi.

🌲 Maktublar har bir oʼqituvchiga yangi yilda yangicha kayfiyat va shukuh baxsh etdi.

☃️ Yangi 2025-yil barcha uchun zafarli boʼlsin!

Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʼshing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

02 Jan, 18:42


#premyera

🎤 “Bu qoʻllardir”.

✍️Erkin Vohidov soʻzi.
🎼Murodjon Kamoliddinov musiqasi.
🎼 Sherzodjon Eshmatov va Abdujalil Abdusattorovlar musiqiy sayqali.

🎙Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi musiqa toʻgaragi a’zolari ijrosida.

👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

31 Dec, 12:01


#Tabrik

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Aziz oʻquvchilar!


Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman!

Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila boʻlib, Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida ulkan marralarga erishdik.

Boshlanajak yangi yilda yangi marralar, yangi yutuqlar, yangi muvaffaqiyatlar kutib turgani shubhasiz.

Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, kelajagi yoʻlidagi sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifamizdan bir zum ham ogʻishmay oʻquvchilarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Ishonamanki, sizdek masʼuliyatli jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, g‘ayrat-shijoat koʻrsatib, 2025-yil yakunlari boʻyicha ham jonajon xalqimiz va hurmatli Prezidentimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi.

Siz azizlarni yangi yil bilan yana bir bor tabriklab, hamma istak va tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin, kutganingizdan ortigʻi, oʻylaganingizdan aʼlosi, istaganingizdan ziyodasi nasib qilsin deyman.

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik, baxt va saodat, ulkan yutuqlar va yuksak zafarlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

31 Dec, 10:39


Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

30 Dec, 17:51


Assalomu alaykum, qadrli ustozlar!
Sizlarni kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yangi yil sizlarga tinchlik, baxt va farovonlik olib kelsin. Har bir kuningiz quvonchga to’lsin, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar hamrohingiz bo’lsin.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

29 Dec, 03:03


#repost #ulashing

11 yoshli yurtdoshimiz Jahongirning koʻzlari ojiz, lekin u ishonch va qat’iyat bilan orzulariga erishish yoʻlidan bormoqda.

U bilan istalgan mavzuda suhbat qura olasiz, ham tarixga, ham siyosatga, ham sportga, ham san’atga befarq boʻlmagan Jahongir xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlishga ham ulgurgan.

U hozirda Samarqand shahridagi 59-sonli “Nurli maskan” maktab-internatining faxrli oʻquvchisi va hamma yutuqlariga birinchi navbatda oʻz onasini sababchi deb biladi.

Madinaxon farzandi va uning kelajagi uchun oʻz umrini bahshida qilayotgan qahramon ona. Shu sababdan, biz ularga haqli ravishda “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishonini topshirdik.

Yurtimizda qahramon onalar koʻpligiga ishonamiz. Biz bunday e’tiroflarni an’anaga aylantirmoqchimiz.

Qahramonlarimiz haqida kichik film tayyorladik, umid qilamizki, film Jahongirning tengdoshlari va koʻplab onalar uchun manfaatli boʻladi.

@hilola_umarova

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

28 Dec, 17:37


#Qoʻqon_1_IM
#Yangi_yil_sovgʻasi

🌲🌲🌲2024 yil 28-dekabr kuni Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida yangi yil bayrami tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda maktab direktori A.Axmedov, bu yilda maktabning erishgan yutuqlari bilan birga, kirib kelayotgan yilda jamoa aʼzolariga oilaviy hotirjamlik, faoliyatlarida yangi zafarlar tilashdi.
Tadbir soʻngida kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan yangi yil sovgʻasi barcha jamoa aʼzolariga topshirildi

⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

24 Dec, 09:14


🔱Furqat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

"Дружба-самое необходимое для жизни, так как никто не пожелает себе жизни без друзей... "
Аристотель.

В целях повышения дружеских отношений между учащимися, развития интереса к изучению русского языка, установления благоприятной обстановки 20.12.2024 года в специализированной школе Фуркатского района было проведено мероприятие в 7 "А" классе на тему: "Дружба"

Учителя русского языка:
Н. Парпиева.
Н. Шералиева.


⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

24 Dec, 04:58


#Dangara_IM
#Vatanparvarlik

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Dang‘ara tuman ixtisoslashtirilgan maktabida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🏛 Maktabning oʻquvchilari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Fargʻona Temurbeklar maktabi 2-bosqich oʻquvchilari Baxtiyorov Shahriyor va Rahmonberdiyev Behruzlar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.


🔵
Sh.Baxtiyorov va B.Rahmonberdiyevlar oʻquvchilar ga Vatanni sevish, uning sarhadlarini himoya qilish har bir ogʻlonning burchi ekanligi haqida tushunchalar berib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Farg‘ona Temurbeklar maktabi haqida malumotlar berdi. Mavzu bo‘yicha tayyorlangan videorolik namoyish etildi.


Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

24 Dec, 04:57


#Beshariq_tuman_IM
#CHSB
#1-navbat

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi  Beshariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 24-dekabr sanasida 2-chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari boshlandi.

1-navbatda 8-sinf oʻquvchilarining chorak davomida olgan bilimlari online test sinovlari orqali sinovdan oʻtkazilmoqda.

Imtihonni adolatli va shaffof tarzda topshirishlari uchun barcha texnik jihozlar yaratilib berilgan, ustozlar nazorati ostida oʻtkazilmoqda.

Barcha oʻquvchilarga omad yor boʻlsin!

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

24 Dec, 04:57


#Buvayda_tuman_IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Turon_yolbarslari

🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Buvayda tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Turon yo'lbarslari" sport musobaqasi tashkil etildi.

🇺🇿"Vatanparvarlik oyligi" doirasida o'tkazilgan musobaqada maktabning 10-11-sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.

🎯Musobaqa 3 ta shart asosida o'tkazildi.
🏹1-shart KAMONDAN OTISH
2-shart MILTIQDAN OTISH
3-shart QUROLNI OCHISH VA YIGISH

Musobaqani maktab CHQBT rahbari Sh. Xoliqov va Buvayda tuman Mudofaa bo'limi xodimlari Kapitan Abdiev Xurshid va Serjant Qudratov Sardor olib borishdi.

Natijalarga ko'ra umumiy ball hisobida
🥇1-o'rin 10-A sinf jamosi
🥈2-o'rin 10-d sinf jamoasi
🥉3-o'rin 11-A sinf jamoalari qo'lga kiritdilar.

Shu bilan birga "Eng yaxshi mergan qiz", "Eng yaxshi qurol ustasi" kabi nominatsiyalar bo'yicha ham diplomlar topshirildi.

⚜️Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qo'shing

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

23 Nov, 12:44


Xushxabar! Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

“Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari:

barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi;

unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining quyidagi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno):

zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig‘im miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

@hilola_umarova

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

23 Nov, 11:54


🟢Rahimov School Farg'ona filiali

💻Siz malakali IT o'qituvchisimisiz?

🟢Unda bu imkoniyatlar aynan siz uchun!

— Raqobatbardosh oylik maosh
— Ish grafigi: haftasiga 2 kun 8 soatdan
— Maktab hududida tushlik. Maktab hisobidan 50% to'lab beriladi
— Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma
— Gadjet, telefon, avtomobil va uy olishda maktab tomonidan moliyaviy yordam
— Doimiy shaxsiy va professional o'sish imkoniyati
— Karyeraviy koʻtarilish
— Kuchli mentorlardan individual tavsiyalar

🟢Talablar

• Tegishli soha bo'yicha oliy ma'lumot
• Dasturlash tillari bo'yicha yuqori bilimga ega bo'lish (C++/Java/JavaScript/Python/PHP/HTML/ React / Vue/ Git/AI)
• Ta'lim berish bo'yicha 3 yillik tajriba
• Ma'lumotlar bazalari (SQL, MongoDB) bilan ishlash malakasi
• Grafik dizayn dasturlaridan yuqori darajada bilimga ega bo'lishi (Adobe Illustrator, Photoshop, Canva)
• Gamifikatsiya va o‘yin asosida o‘qitish metodlarini qo‘llash tajribasi
• O'quvchilarga interaktiv va individual yondashuv ko'nikmasi

🟢Ishga kirish uchun:

— Arizangizni
RahimovSchool_jbot orqali Farg'ona filialini tanlab qoldiring.
— Yoki mos tanishlaringizga shu postni jo'natib qo'ying.

🟢 Bizdagi boshqa vakansiyalarni kuzatib boring — @talim_ber

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

23 Nov, 10:04


Kuni kecha Farg'ona viloyati 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida ingliz tili fani metodisti Muminova Vasila Muhammadjonovna tomonidan o‘tkazilgan seminar-treningdan qisqacha videorolik.

Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi axborot xizmati.

🚀Telegram|🔵Facebook|💬Website|🎬Youtube

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

22 Nov, 16:03


📢 Shanba kuni ochiq eshiklar kuni!

Rahimov School sizni 23-noyabr shanba kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadigan ochiq eshiklar kuniga taklif qiladi!

🌟 Maktabimizda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring, maktabimizdagi o‘quv jarayoni haqida batafsil ma'lumot oling. 👩‍🏫👨‍🏫

Farzandingiz kelajagi uchun birinchi qadamni biz bilan tashlang! 🚀

Manzil: Farg’ona shahar, Ohu kafesi va eski birja binolar o’rtasida

To'liq ma'lumot uchun:
☎️ +998781130005

Telegram | Instagram | YouTube

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

22 Nov, 10:37


#Beshariq_tumani_IM
#Ochiq_dars

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Beshariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Algebra fanidan 7-"Green" sinf oʻquvchilari ishtirokida ochiq dars boʻlib oʻtdi.

📚Mavzu: Qisqa ko'paytirish formulalaridan algebraik ifodalarni shaklini almashtirish va sonli ifodalar qiymatini og'zaki hisoblashda foydalanish

👩‍💼Oʻqituvchi: G.Shernazarova

⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

22 Nov, 10:31


#Kitobxonlar_olami
#Uchkoʻprik_IM

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchkoʻprik tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh oʻquvchilari bilan Uchkoʻprik tumani Axborot resurs markaziga sayohat tashkil etildi.

📚 Sayohat davomida markaz hodimlari tomonidan oʻquvchilarga yangi badiiy asarlar targʻiboti oʻtkazildi. Ijodkorlarning hayoti va ijodi yuzasidan tayyorlangan ijodiy koʻrgazmalar namoyish etildi.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

21 Nov, 15:26


Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.

Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

21 Nov, 12:23


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Кабинета Министров Республики Узбекистан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

21 Nov, 12:20


#Marg'ilon_IM
#MA'NAVIY HORDIQ

🏢  Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Marg‘ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o'quvchilari Margʻilon shahar musiqali maqom teatrida Uvaysiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna ko'rinishini tomosha qildilar.

Mahmudxoʻja Behbudiy:" Teatr - ibratxonadir" , - deganida naqadar haq edi. Bunday ulugʻ siymolarning hayot va ijod yoʻli o'quvchilar ma'naviyatini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

21 Nov, 10:38


#FARGʻONA_TUMANI_IM
#BIZNING_SHUNDAY_OʻQUVCHILARIMIZ_BOR

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
🏫 Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11- sinf o‘quvchisi Alijonov Muhammad  "Adolat "  SDPning  tashabbusi bilan "Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida"  loyihasi doirasida o‘tkazilgan
⚖️ "Konstitutsiya bilimdoni" ko‘rik- tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichida ishtirok etdi. Unda o‘quvchilar  Nizomda belgilangan tartibda 3 ta shart  bo‘yicha  bellashdilar. Bellashuv hak
🥉Ko‘rik tanlovda Alijonov Muhammad 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

✍️Fargʻona tumani IM matbuot xizmati
⚜️
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing.

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

21 Nov, 10:37


#FARGʻONA_TUMANI_IM
#Yong‘in_havfsizligi_oyligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan  15-noyabrdan 15- dekabrgacha Yong‘in havfsizligi oyligi" deb e'lon qilingan.

🏢 Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shu
munosabat bilan Farg‘ona tuman FVB hodimlari ishtirokida davra suhbati tashkillandi. O‘quvchilarga favqulotda vaziyatlar vaqtida tog‘ri harakatlanish haqida ma'lumotlar berildi. Mavzu doirasida berilgan savollarga soha mutaxasislaridan javoblar olindi.

✍️Fargʻona tumani IM matbuot xizmati
⚜️
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing.

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

18 Nov, 13:58


#Qoʻshtepa_IM❗️
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogʻi❗️

🔉 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videoroliklari❗️


Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing.

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

16 Nov, 06:31


#Qoʻshtepa_IM❗️
#Mangu_xilpirayver_bayrogʻim❗️


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxona mudirasi D.Murodova va kutubxona faol aʼzolari tomonidan
18- Noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 33- yilligi munosabati bilan tayyorlangan videoroligi❗️

Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

16 Nov, 06:30


#Marg'ilon_IM
#Chellenj

"Bir bayroq ostida birlashaylik!"

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

16 Nov, 05:25


#Marg'ilon_IM
#Chellenj

"Bir bayroq ostida birlashaylik!"

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

16 Nov, 05:24


#Hilpiraydi_bayrogʻim🇺🇿
#Oltiariq_tuman_IM

❇️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
🏫 Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'ining 33 yilligi bayramini ko‘tarinki ruhda tashkil qilish maqsadida diktantlar tanlovi o‘tkazildi.
Davlat ramzlari har bir millatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir.

⚜️ Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

16 Nov, 05:17


#jarayon
#Robo_Coding

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda "Robo-Coding" olimpiadasining maktab bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Maktab bosqichi:
Lego toʻplamlari asosida chiziq boʻylab harakatlanuvchi robotni loyihalash va sinash musobaqasi;
Planer (Gider) uchirish musobaqasi;
Dasturlash topshiriqlarini oʻz ichiga olgan.

Maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-2-3-oʻrin) oʻquvchilar Hududiy bosqichga yoʻllanma olishadi.

🗺Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

16 Nov, 05:07


#Toshloq_tuman_IM
#Robo_coding_olimpiadasi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toshloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ROBO-CODING olimpiadasining maktab bosqichi o'tkazildi.
❇️Ushbu olimpiadada jamoalar 2 yosh toifasida (1-yosh toifasida 5-8-sinf o'quvchilari,  2-yosh toifasida 9-11-sinf o'quvchilari) ishtirok etishdi.

  5-8-sinflardan 5 ta jamoa, 9-11 sinflardan 2 ta jamoa ishtirok etishdi.
❇️Ishtirikchilar 1-shartda Lego to'plamlari asosida chiziq bo'ylab harakatlanuvchi robotni loyihalashgan bo'lsa, 2-shartda planer uchirishdi, 3-shartda esa  dasturlash topshiriqlarini bajarishdi.
❇️Hakamlar hayati a'zolari ishtirok etgan jamoalarni olimpiada nizomiga muvofiq baholadilar.
🔰Olimpiadaning yakuniy natijasiga ko'ra, 5-8-sinfdan jamlangan guruh a'zolari hamda 10-sinf jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritdi.
📌G'olib bo'lgan jamoalar viloyat bosqichda qatnashish imkoniyati ega bo‘ldilar.

Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing.

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

07 Nov, 15:56


#Marg'ilon_IM
#Bizda_shunday_ustozlar_bor

Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Farg‘ona davlat universiteti "Tovarlar kimyosi" ixtisosligi tayanch doktaranti Qurbonaliyev Komronbek Azamat o'g'li pedagog kadrlar attestatsiyada navbatdan tashqari ishtirok etib kimyo fanidan 86 ball bilan oliy toifani qoʻlga kiritdi.

Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ustozimizni bu yutugʻi bilan tabriklaydi, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi!!!

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

07 Nov, 15:08


Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

07 Nov, 14:50


#yangicha_baholash #tajriba_sinov

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi O'zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Yangicha baholash bilan sifatli ta’lim sari” mavzusida o’quv-amaliy seminar tashkillandi.
Unda tumandagi 1,7,18,19,61-umumiy o’rta ta’lim maktablarining pedagog xodimlari ishtirok etdilar.

Mehmonlar, yangicha baholash tizimi bo’yicha tayyorlangan ko’rgazma bilan tanishdilar. Ularga fanlar kesimida “Yangicha baholash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari” mavzusida taqdimotlar namoyish etilib, mavjud muammo va kamchiliklar bo’yicha bahs-munozaralar o’tkazildi.

Ppedagogik jamoalar kelgusida hamkorlik ishlarini yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.

⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!📚

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

07 Nov, 13:12


#seminar_trening
#ijod_maktablari

NATIJAGA ASOSLANGAN YONDASHUV: TAHLIL VA TAVSIYALAR

Joriy yilning 28-30-oktyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarida ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili va matematika fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.

ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

Onlayn seminar-trening joriy yilning 9-noyabriga qadar davom etadi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha kuchli oʻntalikdan joy olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

07 Nov, 09:12


#Mutolaa_sehri
#Oltiariq_tuman_IM

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida
kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston xalq shoiri, akademik Gʻofur Gʻulomning "Shum bola" asari yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi.
Suhbat davomida adib ijodining oʻziga xosliklariga toʻxtalib, "Shum bola" qissasi "Barcha davrlarning 100 ta eng buyuk bolalar kitoblari" roʻyxatiga kiritilganligi taʼkidlab oʻtildi.
Oʻquvchilar asardan olgan taassurotlarini qizgʻin tarzda soʻzlab berdilar. Asar qahramonlariga munosabat bildirdilar.

Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

26 Oct, 04:53


#FARGʻONA_TUMANI_IM
#Òquvchi_yoshlar_halollik_tarafdori

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2024-yil 29-avgustdagi 16-sonli bayoni topshiriqlarining Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida amalga oshirilishi bo‘yicha nazorat rejasining 19-bandi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 11-oktabrdagi 01-05-2204- son topshiriq xati ijrosini ta'minlash maqsadida
🏢 Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 15-oktabrdan "O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori" 10 kunlik tadbirlar tashkil etilmoqda.                             
Tadbir doirasida Farg‘ona tuman IIB tergov bo‘limi xodimlari bilan korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati davomida o‘quvchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxasislaridan javob oldilar.

✍️Fargʻona tumani IM matbuot xizmati
⚜️ Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

26 Oct, 04:25


#Marg'ilon_IM
#Ixtirochilikka_qadam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, shuningdek,  maktab o‘quvchilari orasidan iqtidorli yoshlarni topish va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish va ixtirochiligini rag‘batlantirish hamda innovatsion faolligini oshirish va qo‘llab quvvatlash maqsadida o‘quvchilari o‘rtasida
📚ta’lim,
💻axborot texnologiyalari,
🔋yashil energiya,
🌱ekologiya,
🌏iqlim o‘zgarishi
🌾qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda innovatsion go'yalar yoki yangi xizmat turlarini yaratishni maqsad qilgan “Ixtirochilikka qadam” tanlovining 1-maktab bosqichi o'tkazildi.
⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

26 Oct, 03:32


#FARGʻONA_TUMANI_IM
#IXTIROCHILIKKA_QADAM

💫  Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi "Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi  tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida "Ixtirochilikka qadam" tanlovini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida"gi 285-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida  2024-yil 24-oktabr kuni Farg'ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "IXTIROCHILIKKA QADAM" tanlovining maktab bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlov oʻquvchilarda yangi gʻoyalar shakllanishiga, kelajakda jamiyat uchun manfaatli ixtirolarni yuzaga chiqarishga sabab boʻlishiga ishonamiz.

✍️Fargʻona tumani IM matbuot xizmati
⚜️ Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

23 Oct, 12:09


# Qoʻqon_1_IM
#
Rasmlar_ tanlovi


🔰🔰Bugun 2024 yil  23- oktyabr kuni Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligini yuqori  saviyada oʻtkazish chora - tadbirlar rejasiga asosan maktabning 6A1 va 6A2 sinf oʻquvchilari ishtirokida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

⚡️⚡️Oʻquvchilar oʻzlari chizgan rasmlari bilan oʻzbek tilimizga bagʻishlangan rasmlari bilan ishtirok etishdi

⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

23 Oct, 12:01


📚 Ona tili darsi – bilim va zavq birga.

🎉 Bugungi darsda o‘quvchilarimiz o‘yinlar orqali ona tilini o‘rgandilar. Bu qiziqarli usul nafaqat bilim, balki tilga bo‘lgan mehrni ham oshiradi.

@rs_fargona

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

23 Oct, 08:58


🔱Furqat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi- EKSKURSIYA

🏫Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktabining CHQBT rahbari E.Mamajonov  va maktabning 10 -11-sinf o'quvchilari ishtirokida 21.10.2024 sanasida Farg'ona viloyatida joylashgan "Vatanparvarlar bog'i" ga ekskursiya uyushtirildi.

🔰Ushbu ekskursiya davomida o'quvchilar bog'dagi mavjud eksponatlar, u yerdagi qaydnomalar hamda, bog'ning tashkil etilish tarixi, bog'ning yoshlar uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi bilan tanishib chiqdilar.

⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

22 Oct, 17:38


#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
#Harbiy_Vatanparvarlik

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari, polkovnik Sodiqov Azizbek Kozimovich bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.

Mehmonlar maktabda harbiy-vatanparvarlik targʻiboti yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholab, taʼlim maskani oʻquv jamoasiga oʻz minnatdorligini bildirdi.

Harbiy qurollar koʻrgazmasi, h kmarbiy orkestr va askarlarning  jangovar chiqishlari uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!