Ilyos Safarov @haqiqatdailyos Channel on Telegram

Ilyos Safarov

@haqiqatdailyos


Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi. Murojaat uchun – @Ilyos_SafarovChatBot

🇺🇿🇹🇷🇰🇿🇫🇷🇩🇪🇦🇹🇨🇭🇰🇬

haqiqatdailyos (Uzbek)

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy Telegram sahifasi, haqiqatdailyos, sizga dunyo bo'ylab yangiliklar va tadbirlar haqida eng so'nggi ma'lumotlarni taqdim etadi. Bu kanal orqali O'zbek, Turk, Qozoq, Fransuz, Nemis, Avstriya, Shvetsiya va Qirg'iz tilida yangiliklarni o'qishingiz mumkin. Ilyos Safarov dunyoqarashini yoritish va muhim masalalarga oid taqabburli voqealar haqida maqolalar yozadi. Kanalga azo bo'lib, eng so'nggi va ma'lumotli yangiliklardan birinchi bo'lib qolishingiz mumkin! Haqiqatdailyos kanaliga azo bo'ling va dunyo bo'ylab so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Ilyos Safarov

09 Jan, 08:08


Илёс Сафаров: "2024 йилнинг Медиа лидери бу Отабек Бакировдир"

Журналист Илёс Сафаров “Йил танлови – 2024” номинациялари бўйича номзодларини айтиб ўтди.

“2024 йилнинг энг намунали вазирлиги”

— 2024 йилда матбуотга энг очиқ вазирлик, деб AKT (Рақамли технологиялар вазирлиги)ни эътироф этаман. Ўзбекистон бюджетида даромадида IT маҳсулотларининг ўрни ошиб бораётгани ва шунга мос тарзда вазирликнинг матбуот хизмати ҳам ОАВга энг очиқ бўлган вазирлик сифатида кузатдим.

“2024 йилнинг энг намунали вилоят ҳокимлиги”

— Вилоят ҳокимлиги қайси бири яхши ишлади, бу жудаям нисбий тушунча бўлади. Матбуот хизмати фаолиятидан келиб Навоий вилояти ҳокимлигини айтган бўлардим.

“2024 йилнинг энг фаол партия лидери”

— Ўзбекистонда партия йўқ деб ҳисоблайман – бу менинг шахсий фикрим.

“2024 йилнинг “Йил одами”

—“Эзгулик” инсон ҳуқуқлари жамияти раиси Абдураҳмон Ташанов

— BBC “Дунёнинг энг иродали 100 аёли” қаторида ўзбекистонлик аёлни ҳам эътироф этди. Бу аёлни ҳам мен айтган бўлардим.

“2024 йилнинг Медиа лидери”

— 2024 йилнинг Медиа лидерини Отабек Бакировга берган бўлар эдим.

Отабек Бакиров гарчи ўзи иқтисодчи бўлишига қарамай бир неча йиллардан буён ҳукумат қилаётган ислоҳотларга ва бу ислоҳотлардаги камчиликларни топиб унга тўғри йўналиш кўрсатиши жамиятда тўғри фикр, муносабат шаклланиши юзасидан катта ишлар қиляпти ва бу ишлар, албатта эътироф этилиши керак.

ТАНЛОВ ҲАҚИДА➡️ https://t.me/uzdiplomat/9868

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X

Ilyos Safarov

07 Jan, 07:04


Do‘stlar, kecha Sharqshunoslik universiteti talabasi Laylo Baxtiyorovaning to‘lov-kontrakti uchun xayriya boshlagan edik va bugun shu masalada xushxabar oldim. Layloning aytishicha, xayriyada unga kerakli mablag‘ yig‘ilgan va u bugun universitet marketing bo‘limiga to‘lovni amalga oshirdi.

Laylo xayriyada qatnashgan insonlarga ko‘pdan ko‘p minnatdorchilik bildirdi. “To‘g‘risi, oilamizdagi ahvol sabab, o‘zimni talabalikdan ketishga ruhan tayyorlab yurgandim. Bir kunda bo‘lib ketgan bu o‘zgarishlar esa menga tushdek tuyilmoqda.

Siz mening oilamni xursand qildingiz, Olloh ham sizni va oilangizni doim xursand qilsin. Qilgan xayriyalaringiz o‘zingizga yuz, ming barobar bo‘lib qaytsin.

Begona bo‘lsam ham, yordamlarini ayamaganlari uchun minnatdorman. Bu yil boshidan shunchalar omadli boshlandi, oxirigacha ham shunday omadli bo'lsin, deb niyat qilaman”, – dedi u.

Demak, Layloning muammosi hal bo‘ldi, u endi o‘qishini davom ettiradi. Buning uchun shaxsan o‘zim nomimdan ham sizlarga minnatdorchilik bildiraman.

Rozi bo‘lsangiz, ilk xayriya postidagi karta raqamni o‘chirmayman. Aytganimdek, oila boshida bundan tashqari ham otaning bemorligi va dori-darmon muammosi bor. Istaganlar oilaning shu muammolari uchun ham xayriya qilaverishlari mumkin. Lekin aytganimdek, Layloning o‘qish muammosi hal bo‘ldi.

Savobli ishlarda barchamizni bardavom qilsin.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

07 Jan, 06:18


O'zbekiston xalqaro IQ reytingida ikki pog'ona yuqoriladi


Xalqaro IQ reestri har yili foydalanuvchilar tomonidan oʻz platformasida oʻtkazilgan testlar natijalariga koʻra oʻrtacha IQ – aql koefissienti boʻyicha mamlakatlar reytingini eʼlon qiladi. 2024-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda butun dunyodan 1,4 million kishi qatnashdi.

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra reytingda quyidagilar yetakchilik qilmoqda:

Xitoy - o'rtacha IQ 107,43
Eron – 106,63
Janubiy Koreya – 106,57
Yaponiya – 106,54
Singapur - 105,25.

Dunyo boʻyicha oʻrtacha IQ 100. Sharqiy Osiyo mamlakatlari yuqori oʻrtacha koʻrsatkichga ega, Markaziy va Janubiy Afrika va Lotin Amerikasi koʻrsatkichlari esa pastroq.

Markaziy Osiyo davlatlarining 2025-yilgi reytingdagi o‘rinlari:

Qozog‘iston — 66-o‘rin, o‘rtacha IQ 97,27
O‘zbekiston — 69-o‘rin, o‘rtacha IQ 96,98 (2023-yilda 71-o'rin)
Qirg‘iziston — 84-o‘rin, o‘rtacha IQ 93,46
Tojikiston – 96-o‘rin, o‘rtacha IQ 93,17.

Turkmaniston boʻyicha maʼlumotlar test ishtirokchilari soni yetarli emasligi sababli reytingga kiritilmagan.

Shunisi qiziqki, Markaziy Osiyo mamlakatlari yaqinlik va madaniy aloqalarga qaramay, oʻrtacha IQ darajasida farq qiladi. Qozog‘iston mintaqada 66-o‘rinda yetakchilik qilgan bo‘lsa, Tojikiston 96-o‘rinda. Bu farqlar ta’lim tizimidagi tafovut, axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shuni hisobga olish kerakki, reyting ma'lumotlari ma'lum chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan onlayn test natijalariga asoslanadi.

Umuman olganda, Xalqaro IQ reestry reytinglari mamlakatlar bo'ylab o'rtacha zakovat darajalari haqida qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etadi, ammo ularning natijalari mumkin bo'lgan cheklovlar va ma'lumotlarga ta'sir qiluvchi omillar nuqtai nazaridan talqin qilinishi kerak.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

06 Jan, 13:04


Advokat, jurnalist va blogerlar “metan gaz” voqeasi bilan tanilib sudlangan Gʻayrat Do‘stovga xalq tomonidan yig‘ilgan jami 101 mln 504 ming so’m pul mablag‘larini topshirishdi.

Qolgan tafsilotlar videoda.

📹 https://youtu.be/vuAutiDUB2A

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

06 Jan, 06:40


Do‘stlar, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 4-bosqich talabasi Laylo Baxtiyorovaning o‘qishini davom ettirishi uchun yordamingiz zarur.

Laylo Baxtiyorova shu paytga qadar universitetning Filologiya tillarni o‘qitish (sharq tillari bo'yicha) fakultetida namunali talabalar qatorida tahsil olib kelayotgandi, ammo uning otasi – Bahrom Jamilovga to‘satdan yetgan bemorlik (miya faoliyatining degenerativ kasalligi, miyyacha ataksiyasi) endi bunga to‘sqinlik qilmoqda.

Oila bugunga qadar Bahrom Jamilovni davolatish uchun uydagi barcha mol-mulkni sotib bo‘lgan. Afsuski, shular qatorida bugun oila yashab turgan xonadon ham sotuvga qo‘yilgan va ular ijaraga ko‘chib o‘tish arafasida.

Laylo Baxtiyorova Sharqshunoslik universitetida to‘lov kontrakt asosida tahsil oladi. Lekin yuqoridagi muammolar sabab, u bu yilgi shartnoma pulini to‘lolmayapti. Universitet unga shartnoma pulini to‘lashning so‘nggi muddati sifatida bugun, 6-yanvarni belgilagan. Agar Laylo shartnoma pulini to‘lolmasa, (jami 11 mln 508 ming so‘m va shundan hozirgacha 1 mln so‘m to‘lov qilingan), o‘qishdan haydalishi mumkin.

Bahrom Jamilov oila qiyin ahvolga tushib qolgan bo‘lsa-da, qizining o‘qishini davom ettirishini istaydi. Laylo kelgusida o‘z sohasi bo‘yicha o‘qituvchilik qilish niyatida. Keling, birgalikda otaning va o‘qishga mehri baland Layloning niyatlariga erishishiga yordam beraylik.

Bahrom Jamilovning tibbiy muammolari va Laylo Baxtiyorovaning o‘qishdagi holati bo‘yicha barcha ma’lumotlar tekshirilgan. Quyida Layloning plastik kartasi bloklanib qolgani sababli uning singlisi Maftuna Baxtiyorova nomiga ochilgan karta raqamni qoldiryapman. Istaganlar uchun uning to‘lov kontrakt bo‘yicha shartnomasi ham taqdim etiladi.

5614680604821864 (Ziraat Bank, uzcard) Maftuna Baxtiyorova

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

04 Jan, 12:08


Internetning o‘zbek segmentiga ham zarur tozalanish haqida


Dekabr oyida ijtimoiy tarmoqning qozoq segmentida yangi trend ommalashdi: kuzatuvchilar jamiyat uchun foyda keltirmaydigan blogerlar va mashhur shaxslardan obunani bekor qila boshladi.

G‘oya ko‘plab shikoyatlar fonida paydo bo‘ldi. Unda inflyuenserlar faqat o‘zlarining qimmatbaho hayot tarzlarini namoyish etishga e’tibor qaratayotgani qayd etilgan. Foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, bu voqelikni qabul qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qozog‘istonliklarning aytishicha, bunday postlar hasad, ishonchsizlik va hatto oilaviy nizolarni keltirib chiqaradi.

“Ularning maqsadi faqat pul topish. Ular o‘zlarining bezakli fotosuratlari va hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan reklama bilan xalqni buzyapti”, – deb yozadi muhokama ishtirokchilari.

Trend tashabbuskorlari ta’limga oid, ijtimoiy yoki madaniy kontent yaratayotganlarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratishni taklif qilmoqda. Ularga ko‘ra, bu axborot muhitini yaxshilash va jamiyatga bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirishga yordam beradi.

Shu kunlarda “G‘ayrat Do‘stov ishi” atrofida ro‘y bergan axborot urushi, ishni yoritgan faollar, jurnalistlarga nisbatan boshlangan nohalol kiber shantajlar ko‘rsatdiki, tarmoqning o‘zbek segmenti ham Qozog‘istonda bo‘lgani kabi jiddiy tozalanishlarga muhtoj.

O‘zbekistonda katta xatarga aylangan va huquqiy oqibatsiz qolayotgan vaziyat haqida

Bugun ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmenti egasi noma’lum, faoliyati esa jamoatchilik faollari, jurnalist va blogerlarga tosh otish, ularni obro‘sizlantirish, shu orqali jamiyatda qo‘rquv, mediada o‘zaro shubha va birlashmaslik muhitini ushlab turish bo‘lgan troll sahifalarga to‘lib toshgan.

Bunday sahifalar boshqaruvdagi ba’zi kuch va shaxslarga xizmat qilib, ular jamiyatda xur fikr, erkin so‘z aytish muhiti rivojlanishiga qarshi kimsalardir. Ular shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari joylayotgan surat, post va videolarni kuzatib borib, ularni o‘ziga kerakli vaqtda muallifga qarshi “kompromat” sifatida ishlatmoqda. Tahdid, haqorat va kiber shantajlar tufayli hatto tarmoqlardan foydalanish xavotiri avj olgan. Masalan, ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, bugunga qadar yuzlab faol, jurnalist va blogerlar shu kabi shantaj, tahdid, tuhmat va haqoratlarga duch kelgan. Afsuski, bunday xatarlarga qarshi kurashishi kerak bo‘lgan tashkilotlar – huquq organlariga kiritilgan ariza va qilinayotgan ommaviy murojaatlar natijasiz qolmoqda.

Nima qilmoq kerak?

O‘zingizga ma’lum va sizda shubha uyg‘otgan akkauntlarni bloklang, kanallariga a’zo bo‘lsangiz, tark eting. Siz shu orqali kiber shantajchilarning maqsadi jamiyatda keng yoyilishiga eng kamida xizmat qilmaysiz. O‘zingizni ham himoyalaysiz.

Troll sahifalarda ulashilayotgan postlarga like bosmaslik, ularning yozganini ulashmaslik bu – targ‘ibotda ishtirokchi bo‘lmaslik degani emas. Troll akkauntlar bilan do‘stligingizning o‘zi sizni siz istamagan tarzda targ‘ibotchiga aylantiradi. Avvalo ularning sahifasi va kanalida obunachi soni o‘sishiga hissa qo‘shasiz, ikkinchidan, bunday sahifalarni doimiy tarzda kuzatish sizni ular istagan yolg‘on axborot, buzuqlik, qo‘rquv va shubhalar ta’siriga tushiradi. Bundan tashqari, turli masalalarda jamoatchilik fikri o‘rganilarkan, siz troll kanallar va ular targ‘ib qilayotgan tashabbuslar tarafdori sifatida ko‘rilasiz.

Xulosa va chorlov

Axborot asrida kishiga axborot olish, qidirish va saralash savodxonligi – ijtimoiy tarmoqlar gigiyenasi juda zarur. Shunday ekan, muallifi no’malum, maqsadi esa jamiyatni parchalash va qo‘rquvda ushlashdan iborat sahifalarni shunchaki bloklang, tark eting.

Foydalanyotgan sahifalaringizni trollardan toza tuting. Siz orqali jirkanch maqsadlarini keng yoyishlariga yo‘l qo‘ymang. Ularga qarshi kurashning hozircha samarali uslubi ularni kuzatmaslik, obunachisi bo’lmaslik.

Unutmang, maqsadi ezgu inson noma’lum sahifalar ortiga berkinmaydi. Hamkasblar va tarmoq faollarini ham ushbu harakatni qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirishga chaqiraman!

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

03 Jan, 18:33


Нақадар тотли сўз - Озодлик

Эрнест Хемингуэйнинг "Чол ва денгиз" асари қаҳрамони овлаган наҳангини соҳилга олиб чиққунча ўлжани майда балиқлар, денгиз жонзотлари еб битиради. Қаҳрамон соҳилга чиққанида ўлжанинг устихони қолган эди.

Бугун дўстларимиз билан оддий киракаш, айни пайтда бир тутқунни озод қилиш жараёнида шу фикрлар хаёлимдан ўтди. Афсуски, бизнинг атрофимизда Хеменгуэйнинг денгизидагидан кўра кўпроқ текинхўрлар, зараркунандалар борлигини кўрдик.

Аввалига бояқишнинг оиласига ҳужумга ўтишди жирканчлар. Сўнг бизга Ғарбнинг кўмаги билан нотинчлик қўзғамоқчи булар, деган айбловни қўйишга уринишди. Лекин чалғимадик, Сиз азизларнинг қўлловингизни, бефарқ бўлмаган ҳамюртларимизнинг ҳамдардлигини ҳис қилдик.

Итлар тоифаси ҳақ сўз, эркинлик ва озодлик туйғуларини ҳис этолмаслигига амин бўлдик. Аслида кимнинг кимлиги, кимнинг жилови кимнинг қўлида эканини билдик. Кейинги постларда бу жирканчларнинг башараларини очиб борамиз.

Ғайрат оиласига қовушди, озодликка чиқди. Қуллар бу тотли сўзнинг қадрини ҳис этмайди. Улар мудом зулмнинг ҳаракатлантирувчи мурватлари эканлигича қолаверади. Уларга ачинаман...

Абдурахмон Ташанов °

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

03 Jan, 17:46


Sudyaning G’ayrat Do’stovga qarata “janjallaringiz “Panelniyga borishga arzirmidi” deya bergan savoli va uning mazmuni haqida ko’p o’ylayapman. Bir narsa aniq, bugungacha Do’stov atrofida uyushtirilgan ishlar yuqoridagi postda sanaganim xatolar, hukumatning xalq va dunyo oldida to’kilgan obro’yiga ham arzimasdi.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

03 Jan, 15:46


Yolg’onning taxtdagi yuz yil davroni
Haqiqat aytilgan bir damcha yo’qdir…

Omon Matjon

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

03 Jan, 15:28


Apellyasiya sudi G‘ayrat Do‘stovga nisbatan tayinlangan birinchi instansiya qarorini bekor qildi — jazo 15 sutkadan 8 sutkaga qisqartirilgan. Do’stov sud zalidan ozod qilindi.

Videoda G’ayrat Do’stov sudida ishlagan advokatlarning suddan keyingi taassurotlari bilan tanishasiz.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

03 Jan, 15:11


Apellyasiya sudi G‘ayrat Do‘stovga nisbatan tayinlangan birinchi instansiya qarorini o'zgartirdi — jazo 15 sutkadan 8 sutkaga qisqartirilgan.

Do’stov sud zalidan ozod qilindi.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

03 Jan, 12:02


Sud jarayoni Oliy sud matbuot kotibi tomonidan ro’yxat asosida saralangan 3 jurnalist ishtirokida boshlandi. Qolgan media vakillari va huquq himoyachilari sud binosiga kiritilmadi.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

03 Jan, 11:22


G‘ayrat Do‘stov ishi. Jurnalistlar nega sudga kiritilmayapti?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=M1UEi5-tibI

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Ilyos Safarov

03 Jan, 04:22


Shu kunlarda ham dolzarb mavzudagi avvalroq qilingan intervyuga “Ular bir kuni albatta fosh bo’ladi” deya sarlavha qo’ygan ekanman.

👉🏻 https://youtu.be/0mnNJSNuC4I?si=_zeaaiCtMYE3UhIT

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

02 Jan, 14:15


Ertaga jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar sudida G’ayrat Do’stovning apellyatsiya sudi bo‘lib o’tarkan. Aftidan, yuqorida “buni chiqarsak, ertaga boshqasi gapiradi”, deguvchilar yengilib, normal aqllar pozitsiyasi ustun keldi.

Muammo haqida gapirganlar bilan emas, muammolarning o’zi bilan kurashish tizimga aylanishi kerak.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

02 Jan, 07:40


O‘ylashimcha, “G‘ayrat Do‘stov ishi” tashkilotchilari tadbir rejasini olarkan, jamoatchilikdan bunchalik kuchli reaksiya qaytishini kutmagan. Ular shunchaki o‘zlari o‘rgangan qoida bo‘yicha borgan va muammo haqida gapirgan kishining ovozini o‘chirmoqchi bo‘lishgan. Shu orqali boshqa yangi ovozlar ham yopilishi kerak bo‘lgan, go‘yo.

Balki reja egalarini Do‘stovning ilk videosi chiqqanda unga nisbatan “bu odam aniq qamaladi” mazmunida yozilgan ba’zi izohlar ilhomlantirib yuborgandir. Ya’ni ularni Do‘stovning qamalishiga hamma rozi, befarq degan aldamchi xulosa chalg‘itib qo‘ygan bo‘lishi ham mumkin. Ammo tadbir boshidagilar unutmasligi kerak ediki, energetika o‘zbekning azaliy muammosi, og‘rig‘i va ular haqida gapirgan kishi jamoatchilik orasida hech qachon nohaq ko‘rilmaydi, e’tiborsiz qolmaydi.

Umuman, energetika muammosi uni to‘la bartaraf qilolmayotgan hukumat uchun doim ehtiyotkorlik bilan yondashiladigan masala bo‘lishi kerak edi. Ammo bunday bo‘lmadi, oqibatlari puxta modellashtirilmagan chala tadbir sabab bir necha jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yildi.

Birinchidan, bugun “G‘ayrat Do‘stov ishi”dan xabar topmagan va hukumatni hech bo‘lmasa, fikran ayblamagan kishi qolmadi hisob. Ya’ni hukumatning ishonch nomli juda qimmatli resursiga putur yetdi.

Ikkinchidan, mamlakat sud-huquq tizimiga ishonchsizlik yanada ortdi. Bu esa shu tizimda boshlangani aytiladigan islohotlarga, uning targ‘ibotiga jiddiy zarba degani.

Uchinchidan, bu hukm orqali davlat huquq himoyachilari, advokatura va boshqa institutlar oldida ham uyatga qoldiki, buni G‘ayrat Do‘stov himoyasi uchun bugun yuzlab advokat navbatda turganida ko‘rish mumkin. E’tiborlisi, ularning barchasi bepul xizmat ko‘rsatmoqchi. Xo‘sh, bu davlat uchun uyat bo‘lmay nima?

To‘rtinchidan, Do‘stovning qamalishi O‘zbekistonning xalqaro doiradagi nufuzi, reytinglardagi o‘rinlariga-da jiddiy zarar yetkazgani aniq. Ya’ni hukumat o‘tgan bir necha yil ichida xalqaro reytinlardagi katta mehnat va resurslar hisobiga erishgan o‘rinlarini bir insonni 15 sutkaga qamash uchun sarflab yubordi.
….

Albatta, hukumat bugun o‘zining ana shu yutqiziqlari va eng muhimi, jamoatchilik reaksiyasini jim turib kuzatmayotgani aniq. Ular endi nima qilish mumkinligi, xatoni qanday tuzatish haqida jiddiy bosh qotirmoqda. Reja egalari va ish ijrochilari allaqachon ishdan olingandir ham. Ammo bu ishlar bilan endi hurmat qaytarmikin, yangi yilning ilk kunida tafakkurda chuqur o‘rnashgan fikrlar o‘zgararmikin?

Davlat boshqaruvimiz topshiriqlarni quloq qoqmay bajaradigan ijrochilarga emas, sifatli menejerlarga, ular qiladigan islohotlarga juda muhtoj. Eskirgan uslublar bilan endi doim yutqazilaveradi.

Ammo… buni tushunisharmikin, gap shunda. Qo‘rqamanki, yana teskari yo’ldan ketishadi.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

01 Jan, 04:43


Davlatchilik, hokimiyat ishlari qiziq. Dastlab uni mustahkamlash uchun avvalgi tizim va tuzum xatolari to’g’rilanadi, ma’lum ijobiy islohotlarga boriladi. Bu orqali o’z navbatida omma oldida ijobiy imij shakllantiriladi. Ammo, keyin yana shunday xatolar evaziga o’z-o’ziga og’ir muammolar yaratiladi. Juda sodda va ayni vaqtda juda tushunarsiz qoida.

O’zbekiston Energetika sohasida davom etayotgan sharmandali muammolar haqida gapirgan G’ayrat Do’stovning qamalishini bugungi tizimning murvati - huquq organlari va sud tizimi tomonidan qilingan shunday xatolardan biri deyish mumkin. Ha, o’tgan bir necha yil ichida mamlakatda inson huquqlari himoyasi borasida ko’plab ijobiy o’zgarishlar amalga oshdi. Bularni eslamaslik, e’tirof etmaslik xato va noxolislik. Ammo shular qatorida muammolar haqida gapirgan faollarning qamalishi, dushman sifatida ko’rilib, ta’qibga olinishi faol davom etmoqdaki, bu oxir-oqibatda yana boshlang’ich nuqta sari juda tez odimlashdir.

Ta’qiblar boshida turganlar tushunishi kerak, vaqt o’tgan sari jamiyatda har qanday masalaga “G’ayrat Do’stovlar ishi” prizmasi, shu kabi boshqa voqealar bergan xulosalar orqali qarash kayfiyati kuchayib bormoqda. Bu kayfiyat hatto ular hisoblashadigan yagona reallik –xalqaro hamjamiyatlarga-da ko’chib ulgurdi-ki, vaqt o’tgan sari o’rnimizni tobora qizillashtirayotgan turli reytinglar ham shundan so’zlamoqda.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

29 Dec, 03:57


Muhrim aka A’zamxo’jayev yaqinda Farg’onani O’zbekistonda yagona yevropacha shahar deb hisoblashi, unda muqobil ko’chalar ko’pligi sabab tiqinlar deyarli uchramasligi haqida yozgandi.

Uning shu posti viloyatlardagi taksi xizmatlari sifati bo’yicha qilib yuradigan shaxsiy kuzatuvlarimni yodga solib yubordi.

Kuzatuvlarim bo’yicha, taksi xizmatlari faoliyati tizimli yo’lga qo’yilgani va eng muhimi, xizmatlar tezkorligi jihatidan O’zbekistonda eng yaxshi hudud bu - Guliston shahri bo’lsa kerak. Siz shaharga kelarkansiz, taksi xizmatlariga istalgan shaklda buyurtma berasiz va taksi haydovchisi tezda xizmatingizga yetib keladi. Uzoq kutib qolishlar deyarli uchramaydi. Xaydovchilar ham tartibli, xushmuomala. Xullas, Sirdaryo markazida harakatlanadigan taksilardan shu paytga qadar biror muammo sezmaganman. Balki, bu shahar kichikligi bilan bog’liq holatdir, lekin hudud jihatidan kichik va xizmatlar tartibsiz ishlaydigan shaharlar ko’p-ku, a? Boshqa hududlarning ayni xizmatga javobgar mas’ullari Gulistonda ishlar qanday tashkil qilingani bilan qiziqsa yomon bo’lmasdi.

Eng yaxshisi bo’lgan joyda, tabiiy, yomoni ham bo’ladi. Bu jihatdan afsuski, Samarqand shahrida vaziyat juda abgor. Shahar garchi mamlakatimizning turizm poytaxti bo’lsa-da, hali o’z muammolarini hal qilib ololmagan. Haydovchilarning tartibsiz mashina haydashi, aholi eng gavjum nuqtalarda ham tezlikni istagancha oshiraverishlari, turli nuqtalarga ketishi kerak bo’lgan yo’lovchilar bir mashinaga chiqarib ketilaverishi, mijoz istaklari bilan ha deganda hisoblashilavermasligi sizga shahar haqida ilk salbiy xulosalarni beradi.

Shahar piyodalar uchun ayniqsa tunda juda xavfli bo’lib ketadi-ki, “potensial donorlar” yo’llarda istaganini qiladi.

Viloyatga yaqinda yangi hokim tayinlandi. Ehtimol u Turdimov davrida qilinmagan shu ishni qila olar, tartibga keltirar. Omadini bersin.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

28 Dec, 19:45


Ish haqlari oylab kechikayotgan xodimlarga yuborib qo’yamiz. Qonun barchaga barobar…

MK 253-moddasiga ko’ra, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan 2 qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi.

Ish beruvchi ish haqini to‘lash kechiktirilganligi uchun xodim oldida MK 333-moddasida belgilangan miqdorda moddiy javobgar bo‘ladi.

MK 333-moddasiga ko’ra, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.

Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 1️⃣0️⃣ foizi miqdorida belgilanadi.

E’tibor bering! Bu yerda “belgilanadi” jumlasi hammasiga aniqlik kiritib bo‘lgan va bu jumla biz o‘ylagandan ko‘ra ham aniq, qat’iy va ortiqcha izohga o‘rin qoldirmagan aslida. Yaxshilab qarang, to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya (birinchi qismga binoan har bir kun uchun to‘lanadigan alohida foiz summasi) Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida belgilanadi deyilyapti. Ya’ni, har bir kun uchun hisoblanadigan foiz miqdori konkret belgilab qo‘yilgan va bu qayta moliyalash stavkasining 10 foizidir, NUQTA! Ya’ni natija 365 kunga bo‘linmaydi!

Sud ishlaridan ayrim misollar keltiramiz. 2024 yil 22 oktyabr kuni Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi (Asosiy ish № 2-1002-2412/29942 Apellyatsiya ishi № 3-2707/24 Raislik etuvchi sudya J.G.Sirojev, hay’at a’zolari sudyalar – G.A.Abduraxmanova va S.M.Safoyeva) birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy huquq normasi - MK 333-moddasi noto‘g‘ri talqin qilinganligi alohida ta’kidlagan va pulli kompensatsiyani undirishda 365 kunga bo‘linmaydi degan xulosaga kelgan.

2024 yil avgust oyining 9 kuni Toshkent viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasi (Asosiy ish №2-1107-2405/11872 Apellyatsiya ishi A-720-24 Raislik etuvchi: O.Sattarov, Hay’at a’zolari: N.Maxkamova va Z.Abduraximov) ham pulli kompensatsiyani undirishda 365 kunga bo‘linmaydi degan xulosaga kelgan.

Misol. Ish beruvchi xodimga 5 millionlik ish haqini 10 kun kechiktirdi. 5 000 000 so’m (kechiktirilgan to’lov summasi) *13.5% (Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi )*10%=67 500 so’m.
67 ming 500 so’m * 10 kun = 675 ming so’m

Demak, ish beruvchi bu holatda xodimga har bir kechiktirilgan kun uchun 67 ming 500 so’mdan jami 675 ming so’m to’laydi. Bu hisob-kitobimiz bor yo’g’i 10 kun kechikish misolida, oylab kechiktirishni esa yuqoridagi formulamiz asosida hisoblab olaverasiz…

Ish haqlari oylab kechikayotgan xodimlar sudga murojaat qilsa va sud ishni odilona ko'rib chiqsa, nima bo’lishini tasavvur qilavering
...

P.S: Mehnat munosabatlari bo’yicha yurist Muhammadamin Karimjonov yuqoridagi kabi vaziyatlarda ishchilar huquqlari qanday bo’ladi-yu, ish beruvchi majburiyatlari nimalardan iboratligini yaxshi tushuntirib bergan ekan.

Demak, Mehnat kodeksi bo’yicha, Eriell kompaniyasi o’z ishchilariga nafaqat to’lanmagan oyliklarni, balki, shu to’lovlarni kechiktirgani uchun konpensatsiya to’lovlarini ham qilishi kerak. Ishchilar esa bu to’lovlarni sudga murojaat qilish orqali undirishlari mumkin.

Vaziyatni kuzatib boramiz. Murojaat qilingan taqdirda sudlarning qarorini kuzatish qiziq.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

28 Dec, 16:23


Gazeta.uz saytining yozishicha, Eriell kompaniyasi xodimlari ish haqlari kechikayotgani yuzasidan O’zbekiston prezidentiga murojaat yo‘llagan. Ular avgust, sentabr, oktabr va noyabr oylari uchun maosh olmaganini aytishmoqda.

Eslash o’rinliki, bu kompaniya ishchilari tomonidan oyliklar kechikishi bois bildirilayotgan ilk norozilik holati emas. Biz Eriell’ni u O’zbekistonda ishlay boshlabdi-ki, deyarli har yili shunday muammo bilan bir necha bor esga olamiz. Ammo, muammo haqida eshitamiz-u, haligacha unga biror bir idora, deylik, Prokuratura, Senat va yoki Kasaba uyushmalari federatsiyasi e’tibor qaratgani, hech bo’lmasa, ishchilar huquqini eslatib, kompaniya rahbariyatiga ogohlantirish berganini eslolmaymiz. Go’yo, Eriell O’zbekiston qonunlaridan tashqaridagi kompaniya-yu, unga ishchilar huquqi haqida gapirishga ham hech bir idora haqli emasdek.

Shularni yozyapman-u, Kasaba uyushmalari federatsiyasi saytidagi so’nggi xabar e’tiborimni tortdi. Unda yozilishicha, bugun federatsiya xodimlarining farzandlari yangi yil bayramini nishonlabdi. Endi bir tasavvur qilingga, otasi 5 oydan beri oylik ololmayotgan bolalar qanday yashayotgan ekan, nima yeb, nima ichishmoqda? Ular bayram qilishga haqli emasmi?

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

26 Dec, 14:19


O‘zbekistonda AES qurilishi: umid va xavotirlar

O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida atom elektr stansiyasi qurilishi mumkinligi haqida ilk xabarlar 2017-2018-yillarda paydo bo‘lgan va o‘shanda bu xabarlar hali unchalik jiddiy, ishonchli emasdek taassurot qoldirgan edi. Lekin oradan 6-7 yil vaqt o‘tib, 2024-yilda bu xabarlar ikki tomonlama imzolangan qator hujjatlar orqali reallikka aylandi. Nafaqat reallikka aylandi, balki, ushbu kelishuvlar asosida bugun Jizzax viloyatida kichik quvvatli AES qurilishi ishlari boshlab yuborilgan.

Ammo qator tahlilchilar O‘zbekistonda AES qurilishi va bo‘lib ham loyihaning tanlovsiz Rossiyaga berilganidan xavotir bildirib keladi. Unga ko‘ra, AES qurilgan taqdirda ham ishlar keng jamoatchilik bilan maslahatlashilgan holda, demokratik va shaffof tarzda amalga oshirilishi lozim.

“Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi soni odamlarning AES qurilishi borasidagi savol va tushunmovchiliklari, hukumatning bu borada jamoatchilik bilan yetarli bo‘lmayotgan muloqotlaridan kelib chiqqan holda AES qurilishi masalalariga bag‘ishlandi. Quyida soha mutaxasisslari, hukumat vakillari va jamoatchilik faollarining qizg‘in bahs-munozaralari asosida o‘tgan yig‘ilishni tomosha qilishingiz mumkin.

📹👉https://youtu.be/pfEGPkoJG14

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

24 Dec, 17:51


Kecha metan shoxobchasida kunlab navbatda turgan bo’lsa-da, gaz ololmagan shaxsning norozilik videosi tarqalgan edi. Bugun shu kishining ikkinchi murojaati ham e’lon qilindi va unda aytilishicha, erkak qilgan chiqishi uchun ichki ishlar va boshqa idoralarga chaqirila boshlangan.

Menga qiziq, videodagi shaxs qonunan taqiqlangan biror-bir harakatni sodir etayotgani yo’q, u shunchaki amaldorlarga savol berdi: gazimiz qani, nega har yili hammasi yaxshi bo’lishiga va’da berasizlar-u, qish kelganda doim o’tirib qo’yasizlar? Qani O’zbekistonning yer osti va yer usti boyliklari, nega biz, oddiy odamlar bunchalik qiynalishimiz kerak?

U amaldorlari yoqilg’i uchun bir daqiqa ham navbatda turmaydigan, oddiy odamlar esa kunlar nima bo’libdi, haftalarini navbat kutib o’tkazadigan jamiyatda biroz adolat bo’lishini istamoqda. Xo’sh, shunday savollari, istagi uchun erkak qanday asos bilan organlarga chaqirilmoqda? Nima, O’zbekistonda har qanday tanqiddan keyin endi savol berish ham jinoyat sifatida malakalanmoqdami? Vazifasiga noloyiqlar qolib, endi savol berganlar bilan kurashga o’tildimi?

Ochig’i, video egasi juda aqilli inson ekan, u qildan nozik, istalgan ko’yga yo’rg’alatish mumkin bo’lgan o’zbek qonunlarini buzmagan holda hamma fikrlarini bildira olibdi. Agar boshqa inson bo’lganda, buncha qiyinchilik, buncha muammo bilan fikrlarini so’kish, haqoratlarsiz yetkazishi qiyin edi. Lekin agar erkak shu chiqishlari uchun-da qandaydir jazo oladigan bo’lsa, keyin meni bu jamiyatda adolat borligiga hech kim ishontirolmaydi.

Jamiyat, odamlar haqiqatni aytayotgan, haqqini talab qilayotgan qahramonni hech bo’lmasa, fikrlar bilan qo’llab-quvvatlashi kerak. Bu inson jazolanmasligi kerak.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

24 Dec, 12:47


Saylov xulosalari, iqtisod, tashqi siyosat, odamlarning kayfiyati va DXX'dagi tozalashlar – og'ir o'tgan 2024-yil yakunlari haqida suhbat

Barcha tanqidchilarning eng buyugi, mukammali, ayovsizi va xatosizi – vaqtdir, degan edi faylasuflardan biri.

Biz ko‘p narsalarni rejalaymiz, orzu, maqsad qo‘yamiz va shunga ko‘ra, harakatlanamiz, mehnat qilamiz. Bularning natijasiga bahoni esa biz buyuk tanqidchi ataganimiz – vaqt beradi. Mana, 2024 yil ham xash-pash deguncha o‘tib bormoqda. Hammamizning lokal bo‘lsa-da, hayotimiz haqida o‘z xulosalarimiz bor. Xo‘sh, tugab borayotgan yilning O‘zbekiston miqyosida bahosi qanday? Voqea xodisalardan qanday xulosalar bor? Dasturimizning 2024 yil hisobidan so'nggi sonida biz yil yakunlari haqida gaplashdik.

Yilni sarhisob qilib berish uchun “Nuqtalar”ga uch soha mutaxassislari: Iqtisodchi Bahodir G‘aniev, jurnalist, “Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri Navbahor Imamova va psixolog Zarifboy Ibodullaevni taklif qildik.

📹👉 https://youtu.be/-AJd16sRN1k

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

24 Dec, 06:19


"Mansabda o'tirganlar, birortang "zapravka"ni oldida bir soat tura olasanmi?" — tuni bilan navbat kutib gaz ololmagan haydovchi (📹)

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

21 Dec, 16:47


Gulnora Karimova manzil koloniyaga o‘tkazilgani aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, u Zangiotadagi ayollar koloniyasidan shu tumanda joylashgan 42-sonli manzil koloniyaga o‘tkazilgan.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

20 Dec, 05:30


E’tibor berdingizmi, oxirgi ikki yilda amaldorlarning AOKA degan tashkilot binosida turib jurnalistlar qarshisiga chiqishi va umuman, xalq oldida hisob berib, savollarga javob qaytarish amaliyoti deyarli to’xtab qoldi. Men bundan shunday xulosa qilaman: hukumat OAV va xalq bilan muloqotning eng muhim bosqichiga chiqa olmadi. Unda yo potensial tugadi va yoki aslida ham barchasi shu yergacha reja qilingan bo’lgan.

Shu kabi muloqotlarni to’xtatganlar bilishi kerakki, qancha bahsli, qancha tanqidli bo’lmasin, jurnalistlar hukumat qilayotgan barcha ish va islohotlarga ayni shu savol-javoblar orqali baho berayotgandi.

Hammasini yopish, to’xtatish amaliyoti vaqtincha xotirjamlik berishi mumkin, ammo unutmang, kelgusida “yopiq qozon” ichida to’planadigan zararli bug’ sizga ko’p muammolar keltirishi aniq.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

19 Dec, 10:01


Baliqlarimga yemish olay deb bozorga tushuvdim. Hayvonlar uchun ozuqa sotadigan do’kon oldiga yetarkanman, suratdagi holat ustidan chiqdim. Odamlar xarid uchun bir tekis navbatga turib olgan va e’tibor bering, bu turganlarning millati o’zbek emas. Keyin holat qiziq tuyuldi-da, boshqalarning xarid qilayotgandagi turishini kuzata boshladim. Yo’q, afsuski, o’zbeklar bilan bunday bo’lmadi. Keyingi kelganlar sotuvchi oldiga tartibsiz turib olgancha savdo qila boshlashdi. Bunda nafaqat turishdagi navbat buzildi, balki, sotuvchiga murojaat qilish, mahsulot uchun pul uzatish jarayonida ham avvalgi tartib kuzatilmadi. Oqibatda, binoyiday savdo qilib turgan sotuvchida ham asabiylik boshlandi.

Ha, biz urushlar va shu urushlar oqibatida ochlik nima ekanini ko’rgan millatmiz. Balki, shu ocharchilik bizni hayotda faqat kuchlilar va yulg’ichlargina yashab qoladi, degan tafakkurni singdirishga majbur qilgandir. Ammo bugun unday emas-ku. Urushlardan keyin ko’p vaqt o’tdi-ku.

Millat sifatida o’zgartiradigan, o’zgartirishimiz kerak bo’lgan jihatlarimiz juda ko’p…

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

19 Dec, 05:41


Bashar Asadning Suriyadagi diktatorligi davrida soqol o‘stirmoqchi bo‘lganlar o‘stirish sababini tushuntirgan holda hukumatdan ruxsat so‘rashi kerak bo‘lgan.

Jumladan, siz ko‘rib turgan murojaat Suriya Vaqf vazirligiga qilingan bo‘lib, unda “hadisda mo‘ylovni kalta, soqolni uzun qilinglar, deyilgan, shunga ko‘ra, falonchi uzun soqol qo‘yishga ruxsat berilishini iltimos qiladi”, deya yozilgan.

Hududiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa yuzlab muammolar davrida soqol qo‘yish va ro‘mol o‘rash kabi insonlarning mutlaqo shaxsiy huquqlariga yopishgan, mikro masalalarga kuch sarflagan davlatning bugungi holatini esa hamma biladi. Davlat 3-4 katta qismga bo‘linib ketgan, mamlakat g‘aznasi bo‘shab yotibdi, kamiga terrorizm va fuqarolik urushi xavf solmoqda.

Tarix guvoh, barcha diktator va avtoritar rahbarlar o‘zi dastlab erishgan kuch va ma’lum legitimlikni o‘ziga qarshi ishlaydigan masalalarga sarflab yo‘q qiladi.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

17 Dec, 16:51


O’zbekistonda normal jurnalistika bilan shug’ullanish — qahramonlik. Yo’q, undan ko’ra kattaroq jarayon.

Ilyos Safarov

16 Dec, 12:16


Nuqtalar: Nurmurodovning ketishi, qadrsizlanayotgan so'm, inflyatsiya va Ishmetov oldidagi vazifalar – Markaziy bank faoliyatiga nazar

11-dekabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov lavozimidan ozod etildi va uning o‘rnini bunga qadar Prezident maslahatchisining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Timur Ishmetov egalladi.

Markaziy bankning endilikda sobiq rahbari, 64 yoshli Nurmurodov 2017-yil iyunidan boshlab mamlakat pul-kredit siyosatiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Uning ishdan olinishiga aynan nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmadi.

Agar har qanday davlatda Markaziy bank raisi katta figura, iqtisod, pul kredit siyosatida katta shaxs hisoblanishi inobatga olinsa, uning ishdan olinishi ham shu qadar ahamiyatli o‘zgarish hisoblanadi. "Nuqtalar" dasturining navbatdagi sonida mamlakat iqtisodiy hayoti uchun ahamiyatli bo‘lgan shu lavozim o‘zgarishi va uning sabablarini Nurmurodov o‘rniga kelgan yangi rahbar hamda uning oldida turgan eng muhim vazifalar bilan birga tahlil qildik. Dastur mehmonlari Iqtisodiyot fanlari doktori, professor To'lqin Boboqulov va iqtisodchi Bahodir G'aniyev bo'ldi.

📹👉 https://www.youtube.com/watch?v=PVOljujiNec

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

13 Dec, 07:17


Bir paytlar Malika Antuanettaga dehqonlarda yeyishga non qolmaganligini aytishganida u “nonlari bo‘lmasa, shirin kulcha yeyishsin” deb javob bergan ekan. Keyinchalik fransuzcha: «Qu’ils mangent de la brioche» brioches yesinlar“) iborasi monarxlarning xalq muammolaridan uzoqlashib ketganligini anglatuvchi ramziy iboraga aylanib ketdi.

Kecha energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayevning O‘zbekistonda gaz yetishmovchiligi borasida Kun.uz saytiga bergan intervyusini ko‘rdim. Tarix takrorlardan iborat deyishadi.Vazirlik vakili intervyu davomida haydovchilarga gaz bo‘lmasa, benzin quyish yoki elektromobil sotib olishni maslahat beribdi. Mavjud vaziyat uchun mas’uliyatni esa ob-havoga yuklagan: “Dekabr oyida bunaqangi sovuq bo‘lmas edi, bu yil bizga o‘ziga xos iqlim kirib keldi”.

Bugun rahbarlarning xalqqa yaqin bo‘lishi kerakligi haqida ko‘p gapiriladi. Lekin aftidan, bu fikr minbarlarda qancha ko‘p takrorlansa, O‘zbekiston hukumatidagilar xalq va uni qiynayotgan muammolardan shunchalik uzoqlashayotgandek tassurot uyg‘otmoqda.

Bugun mamlakatda energiya tanqisligi katta. Yillar davomida qilingan xoinona shartnomalar va noto‘g‘ri boshqaruv sabab biz eksportchidan importchiga aylanganimiz haqiqat. Odamlar esa bugun shu xoinliklarning badalini baland narx va sovuq kunlardagi turnaqator navbatlar hisobiga to‘lamoqda. Ammo hukumat vakillari bu haqiqatlarni ko‘rib ko‘rmaganga, eshitib eshitmaganga olishda davom etmoqda. Ishonchim komil, agar kechagi savollar hukumatdagi boshqa istalgan amaldorga berilgan taqdirda ham mazmunan shu javob olingan bo‘lardi-ki, bu juda xavfli holat.

Hukumatdagilar bugun ikkiyuzlamachilikni yig‘ishtirib, hech bo‘lmasa, muammolarni samimiy tan olishni o‘rgansa bo‘lardi. Sababi, muammolar odamlarga bir asabiylik bersa, uning o‘rniga “shirin kulcha” taklif qilinayotgani o‘n asabiylashtiradi. Va, dunyoda bo‘layotgan voqealar ko‘rsatmoqda-ki, xalqni doim bunday javoblar bilan aldash mumkin emas.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

11 Dec, 07:43


Tavba, atigi bir hafta avval o'tkazgan intervyumizda O'zbekistonda oshib borayotgan inflyatsiyani jilovlashdagi sustkashligi uchun Markaziy bank raisi tanqid qilingandi. Bugun esa Mamarizo Nurmurodov ishdan olingani va uning o'rnini Timur Ishmetov yoki Erkinjon Turdimov egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bu o'zgarish ro'y beradimi, bermaydimi, bilmadim-u, lekin mamlakatda inflyatsiya aholi daromadlariga mos bo'lmagan tarzda oshib borayotgani boshqa tahlilchilar tomonidan ham ta'kidlanadi, bong uriladi. Intervyuda ana shu oshib borish sabablari batafsil tushuntirilgan.

(Iqtisod, siyosat, ilm-fan va madaniyatga oid boshqa tahliliy maqola va intervyularni Vatandosh TV (@vatandosh_tv ) orqali kuzatib borishingiz mumkin).

Aytgancha, intervyuda O'zbekistondagi inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichlariga monetar omillar tufayli erishilmayotgan bo'lsa, MB raisi va monetar bo'lmagan omillar tufayli erishilmayotgan bo'lsa, Bosh vazir javob berishi kerakligi ham ta'kidlangandi.

Afsuski, bizda lavozim o'zgarishlari sabablari haqida jamoatchilikka ma'lumot, tushuntirish berilmaydi. Xususan, Nurmurodov ishdan olingan taqdirda ham buning sabablarini katta ehtimol bilan bilolmasak kerak.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

05 Dec, 11:02


«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati Fransiya Respublikasining “Ozodlik, tenglik, birodarlik” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.

Bu haqda kecha, 4-dekabr kuni Fransiya Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy maslahat komissiyasi xabar berdi.

Fransiya Respublikasining inson huquqlari bo'yicha "Ozodlik - tenglik - birodarlik" mukofoti 1988-yilda CNCDH tashabbusi bilan ta'sis etilgan. Ushbu mukofotning maqsadi butun dunyoda inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishda fuqarolik jamiyatining asosiy rolini e'tirof etishdir.

Mukofot har yili beshta g'olibga beriladi.

2024-yil 12-avgust kuni xalqaro gumanitar huquqning asosi bo‘lgan Jeneva konventsiyalarining 75 yilligi nishonlandi. IV Konventsiya mojaroda ishtirok etmagan yoki endi bo'lmagan barcha fuqarolarni himoya qilish majburiyatini belgilaydi.

Shu munosabat bilan Inson huquqlari bo'yicha Milliy konsultativ komissiya (CNCDH) inson huquqlari bo'yicha milliy institut sifatida va o'z vakolatlari doirasida Inson huquqlari bo'yicha mukofotni berishga qaror qildi.

Bu galgi g‘oliblar orasida “Ezgulik” bilan birga Kamerundagi “Mandella” markazi, Gaitidagi “Citizens” tashkiloti, Kolumbiyaning Ludirlena PÉREZ CARVAJAL tashkiloti va Suriyadagi "Caesar" tashkilotlari bor.

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati – O‘zbekiston
2002-yilda tashkil etilgan “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yagona mustaqil inson huquqlari tashkilotidir. Mukofotlangan loyiha Rossiyadagi o‘zbek migrantlari va mahbuslarining Rossiya armiyasiga majburiy jalb etilishi haqida O‘zbekiston xalqining xabardorligini oshiradi.

Taqdimot marosimi shu yilning 10-dekabr – Inson huquqlari kunida Parijda o‘tkaziladi. Mukofot Fransiya Respublikasi Bosh vaziri tomonidan “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovga topshiriladi.

P/S 1: Abdurahmon akani yaqindan tanigan kishi sifatida mukofot ortida bu insonning sog'liq, umr va yillari turganini eslab o'taman. Yutuqlar bardavom bo'lsin, Abdurahmon aka.

P/S 2: Bardavom bo'lsin deyman-u, O'zbekistonda inson huquqlari tashkilotiga mukofot tilashni o'zi qo'rqinchliligi ham yodga tushadi).

Ilyos Safarov

04 Dec, 14:21


Nuqtalar: O‘zbekistonliklarning banklar bilan kredit muammolari nega ko‘payib boryapti?

Oxirgi yillarda O‘zbekistonda fuqarolarning kredit qarzdorligi tufayli bank, MIB va huquq organlari vakillari bilan kelishmovchiligi holatlari ortib boryapti. Odamlarning uyi darvozasi, televizori, muzlatkichi yoki molini berishni istamay IIB yoki MIB xodimi bilan janjallashgani aks etgan videolar bugun ko‘pchilikni hayron qoldirmaydi.

Nuqtalar dasturining bugungi soni so‘nggi yillarda o‘zbekistonliklar orasida kredit muomalasi keskin oshib borayotgani, uning iqtisod va odamlar uchun ahamiyati hamda bu tizimning iqtisodchilar tahlilida o‘zgarishga muhtoj jihatlari tahliliga bag‘ishlandi.

Dastur mehmonlari – iqtisodiyot fandari doktori, professor To‘lqin Boboqulov va Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent Fozil Dodiev bo‘ldi.

To'liq video: 👉🏻 https://youtu.be/cwngg4XuLx0

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

02 Dec, 13:45


Sal avval nimadir sabab bo‘ldi-yu, Google’ga “taniqli shoir” deya qidiruv berdim. Buni qarangki, o‘zbek tilidagi shu ikki so‘z bilan bog‘liq deyarli barcha xabar qaysidir shoirning vafot etgani haqida yangilik yoki nekrolog bo‘lib chiqaverdi: “Azim Suyun vafot edi”, “Jamol Kamol vafot etdi”, “Oshiq Erkin olamdan olamdan o‘tdi”, AQSH elchixonasi Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi”... Xullas, internetda taniqli o‘zbek ijodkorlari bilan bog‘liq ijobiy xabar juda kam. Achinarli va kamida qiziq holat, a?

Keyin o‘ylab qoldim, nega bizning internet nashrlar adabiyot ahli, shoir, ijodkorlar va ularning ijodi haqida yozmay qo‘ydi? OAV har holda jamiyatni, jamiyatning qarashlarini ifoda qilarkan, bugun unda adabiyotga, ijodkorlarga oid ijobiy xabarlarga o‘rin yo‘qmi? Bugun nega biz shoirlar va umuman, adabiyot kishilari haqida faqat ular vafot etgandagina eslaydigan bo‘lib qoldik? Yoki o‘zbek adabiyotida ijobiy yangiliklarning o‘zi kamayib ketganmi?

Shu o‘ylarni bekor o‘yladim-da. Mana endi ishdan chiqib, uyga ketishim kerak bo‘lganda savollarimga xayolan javob izlab o‘tiribman.

Xo‘sh, madaniyatga ixtisoslashgan bir necha saytlardan tashqari yirik nashrlar ijodkorlarni faqat vafot etgandagina eslayotgan ekan, bunga ijodkorlarning o‘zi aybdormi yoki millat darajasi shunchalik quyilashdimi? (Odamlar she’riyatga, adabiyotga ehtiyoj sezmay qo‘yishi hech bo‘lmasa, ma’nan pastlash emasmi?)

Albatta, yuqoridagi savollarga ayni bir sababni ko‘rsatib javob berish mushkul. Ammo fikrimcha, OAVda adabiyotga “joy topilmayotgani” va hech bo‘lmasa, ijodkorlar yozgan yangi asar, olgan biror mukofot haqida yozilmayotgani ko‘proq ijodkorlarning o‘zi, ular qilayotgan ijodning salmog‘i bilan bog‘liq muammo bo‘lsa kerak. Aytmoqchimanki, bugun axborot zamonida o‘quvchi ongi, diqqatini egallash oson emas. O‘quvchi hamma narsa qo‘lidagi qurilmada muhayyo bo‘lgan sharoitda ming ramzga o‘ralgan she’r, asarni o‘qib, uning mag‘zini chaqib, undan o‘z dardini qidirishga vaqt topishi qiyin, bunga intilmaydi. Shunday ekan, balki, zamonning o‘zi adabiyot kishisi oldiga uslublarni o‘zgartirib, jamiyat, muammolar haqida har doimgidan boshqacharoq, balki, “yalang‘ochroq”, qattiqroq, ta’sirliroq yozish talabini qo‘yayotgandir. O‘zbek adabiyot oldida o‘zgarish vazifasi turgandir.

Fikrimni bir misolda tushuntiraman. Yaqinda taniqli yozuvchilarimizdan biri “falon nashrda yaxshi maqolam chiqdi, o‘qing, rahbarlarni rosa savaladim”, – deb qoldi. Uning aytishicha, maqolada “rahbarlarda salohiyat pasayib ketayotgandek” degan jumla kulminatsiya, savalash uchun ishlatilgan. Endi e’tibor bering, yozuvchimiz bu maqolani jamiyatda katta o‘zgarish qilgandek, mana, men vazifamni zo‘r uddalayapman, degandek ohangda gapirdi. Lekin sizningcha, u e’lon qilgan maqola bugun jamiyatni titrata oladimi, biror yangiligi bormi? Axir, OAV rahbarlarning salohiyati, shu salohiyatning pastligi bilan bog‘liq, uning sababidan kelib chiqayotgan muammolar haqida yozib charchamadimi, hamma gapirib bo‘lmadimi? Barcha muammolarimizning bosh sabablaridan biri shu emasmi? Shu maqola endi rahbarlarda fikr o‘zgarishi yasay oladimi, sizningcha? Meni masalan, qiziqtirolmadi, yangi fikr ko‘rmadim chunki.

Tushunyapsizmi nima demoqchiman? Yozuvchilar bugun jamiyatning tomir urishini to‘la his qilolmay, shu tomir urishini asarlarida to‘la ifoda qilisholmayotgandek. Shoirlar inchunin. Jamiyatga ta’sir etisholmayaptimi, demak, OAVda ham yo‘q. Balki, zamon shiddatiga moslasha olishmayotgandir…

Ilyos Safarov

02 Dec, 13:45


Yoki boshqa bir misol. Adashmasam, 2023-yil edi. Madaniyat va ma’rifat telekanalining “Qaqnus” dasturida yosh shoir Najmiddin Ermatov tomonidan “Ko‘k bo‘ri kezgan sarhad itlarga talosh endi…” deya boshlanuvchi she’r o‘qildi. She’rda turkiy elning so‘ngan shiddati, tafti pasaygan quyoshi, bu el odamlarining bugungi muammolari, masalan, erkak-ayollari o‘z yeri qolib chet ellarda sarson yurgani, hammaniki deyiladigan tabiiy boyliklar hammaniki emasligi, siyosatdagi uyatli aloqalar va mamlakat mustaqilligi ham omonat ekani shoir tomonidan shu qadar ta’sirli va ayni paytda yalang‘och tarzda bitilgandiki, u hamma – yosh-u qari, o‘qigan-u o‘qimagan, erkag-u ayolga birdek tushunarli bo‘ldi, birdek og‘riq berdi, birdek muxlis, tinglovchi qildi. Hozir eslasam, o‘shanda ko‘rsatuvning she’r o‘qilgan qismini tarmoqdagi sahifasida joylamagan kishi, u haqda yozmagan nashr kam bo‘lgan edi. Hozir ham ko‘p eshitishadi. Menimcha, shoirning bu muvaffiyati uni qiynagan dardlarni odatdagi usul – fikrni ramzlar ortiga bekitish, gap tagida gap qilib yozmagani, jamiyat og‘riqlarini tushunarli tarzda, boricha bera olganida bo‘lsa kerak. Najmiddin Ermatovning muvaffaqiyati, u jamiyatning ochiq ijodga o‘chligini yaxshi his qila olgan.

Bugun qaysiki ijodkor zamonning, jamiyatning shu talablariga javob berolsa, u eshitiladi, o‘qiladi. Bu o‘rinda odamlar o‘qimay qo‘ydi, emas, ijodkorlar o‘qiydigan narsa bermay qo‘ydi, desak, adabiyotdagi muammolarimiz yechimiga osonroq va eng muhimi, to‘g‘riroq yo‘ldan boradigandekmiz. Axir dunyoda yozishyapti-ku, dunyoda o‘qishyapti-ku, dunyoda yozuvchilar Nobel olyapti-ku …

Yanayam kim biladi deysiz, balki, jurnalistlarga nisbatan ishlaydigan kuchli senzura ijodkorlarimizga nisbatan ham ishlayotgandir. Ular ham shu to‘siq sabab katta asarlar yozishdan o‘zini tiyar, qo‘rqar, eytiyotlar. Shu sabab bugun o‘zbek OAV ijodkorlarni faqat vafot etgandagina eslayotgandir. Nima bo‘lganda ham bu sog‘lom holat emas, o‘ylantirishi kerak barchamizni.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

25 Nov, 12:29


Bosh prokuraturaning biroz avvalgi axboroti bilan vaziyat Allamjonov tarafga keskin o’zgarganini xulosa qilish mumkin. Qo’shimchasiga, so’nggi bir necha kun ichidagi “tozalashlar” orqali suiqasd ishi deyarli to’liq kartinada ko’rinib qoldi. Albatta, bir davlatda insonni (ayniqsa, u siyosiy arbob bo’lsa, ko’proq e’tiborda) yo’q qilishga qasd qilinsa va unga besh bor o’q otilsa-yu, o’sha jinoyat ochilmay qolsa, bu juda yomon, xavotirli voqelik bo’lardi. Bu bilan shuningdek, odamlarda davlatchiligimiz, sud-huquq tizimlarimiz bormi o’zi, degan tabiiy savollar ham tug’ilgan, ishonchsizlik ortgan bo’lardi. Bu tomondan og’ir bo’lsa-da, iroda ko’rsatilgani yaxshi. Ammo menda yana o’sha, aslida savollarimizsiz ham tizimli bo’lishi kerak bo’lgan, lekin qilinmayotgan ba’zi ishlar yuzasidan savollar qolaveradi:

– “Allamjonov ishi”da tergov tafsilotlari, so’nggi lavozim o’zgarishlari sabablari haqida nega rasmiy, batafsil tushuntirishlar berilmayapti. Nega mahalliy OAV bu haqda doim qandaydir gumonlarga asoslanib xabar ulashishga majbur?

- Nega bu voqealarni o’zbek jamoatchiligi doim xorij OAVlari orqali kuzatib borishi kerak? Byudjetdan milliardlar sarf etilayotgan davlat kanallari-yu, axborot agentliklari shunday voqealarni yoritolmasa, ular nega ushlab o’tiriladi?

– Nega ishni hatto rasmiy xabarlar asosida tahliliy yoritgan mahalliy nashrlarga bosim o’tkazildi, materiallari o’chirildi-yu, bunga javobgarlar ochiq aytilmadi, jazo olmadi?

– Va nihoyat, O’zbekistonda axborot siyosati ishlayaptimi, u nimaga asoslanadi-yu, bu siyosatning hamma ko’rib turgan yutqiziqlari uchun kim javob beradi?


Ha, suiqasd ishida iroda ko’rsatilgani yaxshi, ammo bu iroda jamoatchilik, fuqarolarning boshqa manfaatlarini ochiq qoldirgan holda ko’rsatilmoqda, axborot tashabbusini qo’lga olishga (ichkariga) intilinmayaptiki, bu ishlarsiz ham davlatchilik borasidagi savollar qolaveradi.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

24 Nov, 14:40


Yangi kodeks xavotirlari


OAVga aloqador qonunchilik va turli normativ hujjatlar ko‘payishi odatda so‘z erkinligi uchun yaxshilik alomati emas. Chunki, axborot sohasidagi har bir yangi hujjat oxir-oqibatda senzurani ham ko’paytiradi, qonuniylashtiradi. Solishtirish uchun AQSH va Fransiyada OAV faoliyati shunchaki konstitutsiyaning bir nechta modda va qo‘shimchalari bilan belgilangan xolos.

Masalan, AQSh Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalari haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri band mavjud emas, ammo birinchi tuzatish (First Amendment) OAVning erkinligini kafolatlaydi. Bu tuzatish 1791-yilda qabul qilingan va unda shunday deyiladi:

"Kongress dinni o‘rnatish yoki uni erkin ado etishga to‘sqinlik qiladigan qonun chiqarmasligi, so‘z erkinligi yoki matbuot erkinligini cheklamasligi, yoki xalqning tinch yig‘ilishlar o‘tkazish va hukumatga shikoyat qilish huquqini cheklamasligi lozim".

E’tibor bering, ushbu tuzatish AQSHdek butun boshli mamlakatda matbuot erkinligini himoya qiluvchi asosiy huquqiy asosdir. Shu sababli:

1. Hukumat tomonidan OAV faoliyatiga senzura o‘rnatilishi yoki aralashuvi cheklanadi.

2. Jurnalistlar hukumat siyosatini ochiq tanqid qilishlari va mustaqil ravishda ishlash huquqiga ega.

3. OAV davlat va jamiyat o‘rtasida axborot tarqatuvchi vosita sifatida faoliyat yuritadi.

Ya’ni, AQSh o‘z farovon jamiyatini aynan mana shu omillar asosida qurishga qaror qilgan. Vashington jamoasi adashmaganini ko‘rib turibmiz – bugun AQSh dunyoning eng qudratli mamlakati.

Fransiyada ham so‘z erkinligi konstitutsiyaning bitta moddasi bilangina tartibga solinadi. Unga ko‘ra, konstitutsiyaning 11-moddasida so'z erkinligi, matbuot erkinligi va fikr bildirish erkinligi kafolatlangan. Bo‘ldi, mamlakatda so‘z erkinligi haqida yoki uni ta’riflaydigan boshqa qonun mavjud emas. U mamlakatda mutlaq tushuncha hisoblanadi va boshqa har qanday qonun yoki hujjat so‘z hamda fikr erkinligiga to‘siq sifatida ko‘riladi.

Bugun O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari adashmasam, 10 dan ortiq (13 ta) qonun va normativ huquqiy hujjatlar asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ammo buncha qonun bilan ishlash bizga hech narsa bermaganini ham yaxshi bilasiz – mamlakat Jahon so‘z erkinligi reytingida 180 davlat orasida 148-o‘rinda (2023-yil 4 o‘rin pastlash). Mamlakatning OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyati “murakkab”dan “juda jiddiy” bosqichga tushirilgan.


O‘zbekistonda so‘z erkinligi bilan bog‘liq qonun va normativ huquqiy hujjatlarning haddan tashqari ko‘payib ketgani shuningdek, jurnalistlar ishida doimiy qiyinchiliklarni ham paydo qilib keladi. Ular masalan, bitta maqola yozish uchun gohida sohaga oid o‘nlab qonun va normativ hujjatlar bilan hisoblashishi va shular asosida o‘zini turli darajada senzura qilishga majbur (tashqi senzura alohida masala).


Eshitishimcha, shu kunlarda O‘zbekistonda Axborot kodeksi loyihasining to‘rtinchi varianti ustida ish olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil fevralida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi ma’lum qilingan.


AOKA direktori Asad Xo‘jayev so‘zlariga ko‘ra, yangi axborot kodeksi loyihasi juda katta, uning bir qancha boblari bor va 8 ta qonunni o‘z ichiga olgan.


Men esa soha vakili sifatida regulyator organ rahbari aytayotgan o‘sha katta kodeksni velosipedni murakkab chizmalarda “qayta ixtiro qilishga” urinish deya hisoblayman. Chunki, yuqorida yozganimdek, qaysiki mamlakat o‘z rivojlanish tartiblarini so‘z va fikr erkinligi ustiga qurmoqchi bo‘lsa, unga o‘nlab boblardan iborat katta kodeks yoki hujjatlar shart bo‘lmaydi. Shunchaki siyosiy iroda va mustaqil sud bo‘lsa kifoya.

Ilyos Safarov

24 Nov, 14:40


Parlament deputati Akmal Saidov yig‘ilishlardan birida qaysidir yangi qonunga izoh bera turib, O‘zbekiston dunyoda analogi yo‘q ishga qo‘l urgani va unga ko‘ra, mamalakatda qonun ijrosi haqida qonun qabul qilinganini aytgandi. Qo‘rqamanki, kutilayotgan katta kodeks ham qonunlar ijrosi haqida qonun, senzurani yanada mustahkamlovchi kodeks bo‘lib xizmat qilsa kerak. Xullas, asosi xavotirli yangi kodeksdan nimadir yangi yaxshilik o'sib chiqishini, ishimiz oldinga yurishini kutmayapman. O'zgarish esa parlament deputatlari qachondir chiqib, biz falon qonunni bekor qilib tashladik, u jurnalistlarga senzura edi, xalaqit berayotgandi, degan kundan boshlansa kerak. Ammo aslo qonun ijrosi haqidagi qonun e'lonidan emas.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

24 Nov, 09:40


"Bugun biz kurashamiz, qo'rqmaymiz. Bizni shunday tarbiyalashgan. Biz turamiz. Men buni bilaman.

Mening ismim Ukraina. Men sizning qo’llab-quvvatlashingizni his qilaman, dunyo. Va buning uchun sizdan minnatdorman.

Biz albatta g’alaba qozonamiz va keyin tashrifingizni kutaman, ko’rishguncha".


Ona timsolidagi Ukrainaning dunyoga atalgan juda ta'sirli murojaati. Albatta ko'rishingiz kerak.

https://www.youtube.com/watch?v=kC2hyiMR1Qg

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

23 Nov, 14:04


“Allamjonov ishi” yakuniga yaqinlashdi shekilli-da.

Ilyos Safarov

22 Nov, 15:27


O‘zbek tiliga ingliz tilidan kirgan va nutqda tez-tez qo‘llanadigan “standart” degan so‘z bor. Izohiga qarasangiz, bu so‘z umum e’tirof etilgan, tarixan o‘rnatilgan qoidalar to‘plami, shablon degan ma’nolarni bildiradi.

Endi ana shu so‘zni kengroq miqyosda, masalan, davlat va jamiyat boshqaruviga nisbatan qo‘llab ko‘rilsa, har qanday jamiyat boshqaruvida umumamal qilinadigan, ishlaydigan standartlar, qoidalar bo‘lishi juda muhimligi ko‘rinadi.

Ammo, jamiyatda ana shu umumstandartlar buzilsa-chi, qonun-qoidalar, ular uchun belgilab qo‘yilgan jazo, ijtimoiy adolat me’zonlari turli kishilarga turlicha ishlab boshlasa nima bo‘ladi? Buning davlat va jamiyat barqarorligi uchun xavfi, oqibatlari qanday?

Sotsiologlarga ko‘ra, jamiyatlarda ikki standartlilikning orta borishi bilan fuqarolarning qonunlarga, davlatga, amaldorlarga nisbatan ishonchsizligi, alami, noroziligi ham o‘sib boradi. O‘z navbatida davlatning huquqni qo‘llovchi sohalari, masalan, ichki ishlar, sud, prokuraturaning o‘rnini asta-sekin "samosudlar', “ko‘cha” egallay boshlaydi. Natijada davlatchilik asoslarining yemirilishi boshlanadi.

Chilonzor tuman sudining bloger Qobil Do‘sovga nisbatan chiqargan bugungi hukmidan hayron qolmadim. Xolislik uchun aytay, uning ijtimoiy tarmoqlar orqali turli shaxslar va ayniqsa, maorif vazirligi rahbarlari shaxsiyatini haqorat qilish orqali yozgan postlarini umuman yoqlamasdim. Bu kabi yozish uslubi na jurnalistika va na blogerlik faoliyatining biron-bir qolipiga to‘g‘ri kelmasligini bugun ham e’tirof etaman. Bu ma’noda sudning hukmiga qo‘shilmay iloj yo‘q. Ammo…

Postni bejiz ikki standartlilik va uning oqibatlaridan boshlamadim. Keling, bir eslab ko‘raylik, shu paytgacha O‘zbekistonda haqorati uchun qaysi bir rahbar jiddiy jazolanganini eslay olasiz? Farg‘ona viloyati sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev Aqto‘be fojiasida 16 nafar farzandidan ayrilgan toshloqliklarni “haromilar” va “padaringga la’nat” deya haqoratlaganda jazolangan edimi? Bobolov, Abdurahmonov, Qosimov jazolanganmidi? Koson tuman hokimi yillardan beri fermer va hokimlik vakillarini haqorat qilib, so‘kib, urib keladi, hatto ro‘zadorlar og‘zini ochdirib, odamlarning diniy qadriyatlarini kamsitganda jazolandimi? Yig‘ilish, selektorlarini so‘kish, turtish, haqoratsiz o‘tkazolmaydigan biron-bir hokim, prokuror shu paytgacha hech bo‘lmasa, ma’muriy ish doirasida jarima to‘lagani faktini bilasizmi? Bosh soliqchimizning yig‘ilishlari qanday haqoratlar ustiga qurilishini ochib bergan material tarqalgandi, xo‘sh, u qayerdadir shu so‘zlari uchun javob berganmi?

Bu davlat qonunlari ijrosiga mas’ullar, qaror, tayinlov qiluvchilar unutmasligi kerakki, bugun jamiyatda ozgina kuzatuvchi bo‘lgan har bir insonda meniki kabi solishtiruvlar bor va ular esdan chiqarilmaydi. Kishilar xotirasidagi har bir shunday solishtiruv o‘z navbatida kengayadi va jamiyat ong ostida yig‘iladi. Ong ostidagi bu solishtiruvlar bir kun norozilik shaklida yuqorida yozganim xunuk oqibatlarga ko‘chmasligi uchun ham ular qonun ijrosini barchaga barobar qilish orqali tozalanishi kerak. Yangilari paydo bo'lishiga yo'l qo'yilmasligi kerak. Bugun haqorati uchun bir blogerini jazolagan davlat shunday jinoyati uchun hokimini-da jazolay olishi kerak. Qonunlar faqat davlatga yoqmaganlarni jazolovchi mexanizmga aylanmasligi kerak.
...
Shularni yozaman-u, bularning barchasi, qonunlar barobarligiga birdan-bir yo'l – haqqoniylik asosida o‘tadigan saylovlar yo'li orqali o'tilishini eslab to'xtayman. Uzooq uh tortaman. Yo'q, baribir saylovsiz bo'lmaydi, saylovsiz erisholmaymiz, saylovsiz yetolmaymiz.

Lekin ishonaman, biz qachondir bu yo'ldan ham o'tamiz. Haq yo‘li, albatta, bir o‘tilg‘usi... Hammasi endi bularni qachon xalq bo’lib tushuna olishimizda...

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

21 Nov, 17:26


Har yili 21-oktyabr yaqinlashar ekan, til jonkuyarlarining umidsizlik yoʻgʻrilgan fikr-qarashlari tarmoqni egallaydi.

Bu yil ham faollar mahalliy kichik bizneslardan tortib hukumat darajasiga qadar oʻzbek tili hurmat qilinmayotgani, davlat tili maqomiga ega boʻlmagan rus tilining mavqeyi shiddat bilan kuchayib borayotgani haqida yozganini koʻrish mumkin.

Davlat tili allaqachon yengilib boʻlgan, deb yozgan jurnalist Sardorbek Usmoniy sentyabr oyidagi postida.

Til jonkuyarlarining bunday xavotirlarida qanchalik jon bor oʻzi?

BBC o’zbek xizmatining ayni mavzu bo’yicha tayyorlagan dasturida men ham shaxsiy kuzatuvlarim bilan qatnashdim. Umuman, bu mavzu biz uchun har qachon og’riqli bo’lib kelgan. Vaqt topib ko’rishni tavsiya qilaman.

📹👉 https://youtu.be/ek5JxhSrEUg?si=uwl_0j4UnJZfQrr4

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

19 Nov, 15:00


🟥 Nuqtalar: Rossiyada migrantofobiya kuchaymoqdami?

Dasturimizning bugungi mavzusi O‘zbekiston va o‘zbek jamiyati uchun ham eski va ham doim yangi muammo – migratsiya muammosiga bag’ishlandi. Oxirgi vaqtlarda Rossiya va rus jamiyatida migrantlarga, jumladan, O‘zbekistondan borgan migrantlarga nisbatan ijtimoiy diskriminasiya va ksenofobiya holatlari kuchayib, ularni noqonuniy ushlab turish, mamlakatga kiritmaslik hamda urushga yollash holatlari ko‘payib bormoqdaki, biz bugun migratsiya masalalari bo‘yicha mutaxassis bilan ayni shu masalalari, ularning sabablari-yu va yechimlarini tahlil qildik. Dastur mehmoni migratsiya masalalari bo’yicha yurist Botirjon Shermuhammad bo’ldi.

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=JqQC-W61JLg

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

12 Nov, 13:54


"Mening Yurtim" (MY5) nomli telekanal ochilayotgani haqida tv va gazetalarda berilgan ilk e'lonlarni qiziqish bilan ko'rganim kechagidek esimda. Qarang, shu kunlarga ham hash-pash deguncha 10 yil o'tibdi.

O'tgan vaqt davomida kanal va uning asosan yoshlardan iborat ijodiy jamoasi zamonaviy jurnalistika uchun ko'p narsa berdi. Hech shubhasiz. Yangicha yo'nalishdagi xalqona dasturlari, yoshlar uchun mo'ljallangan loyihalari odamlar orasida katta e'tibor qozondi. Bugun masalan, O'zbekistonning qayeridan so'ramang, "Markaziy studiya", "Diydor shirin", "E'tibor markazida",
"Hudud", "Markazda", "Omon-omon" kabi dasturlarni yaxshi bilishadi, eslashadi. Millionlab muxlislari bor. Shu kabi dasturlarda ko'tarilgan masalalar hukumatdagilarning e'tiborini tortib, necha-necha muammo ijobiy yechim topganini ham bugun ko'zi ochiq kishi borki, albatta e'tirof etadi.

Shuningdek, kanal jamoasining tomoshabinlar uchun xorij kinolarini saralashdagi didi ham alohida maqtagulik. Bugun masalan, "Hukmdor Usmon" tarixiy serialini bilmaydigan, ko'rmaydigan kino tomoshabini kam. (O'z vaqtida shu serial Diniy Qo'mita tomonidan "diniy elementlari uchun" degan mantiqsiz mantiq sabab efirdan olib tashlanganda Kun.uz'da seriyali materiallar yozganim alohida tarix.)

O'zbekistonda barcha telekanal va nashrlardagi umumiy vaziyatni, ularni qiynaydigan muammolarni, jumladan, "to'q qizil" darajadagi senzura muammosini bilgan kishi sifatida va shunday sharoitda ham pozitivlikni saqlab qolib ishlayotgan "Mening yurtim" telekanali jamoasiga bundan keyin ham omad tilayman.

Yengilmang, oldinga borishdan to'xtamang va sizni siz qilgan tomoshabinni hamda soha oldidagi qarzingizni bir daqiqaga ham yoddan chiqarmang.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

06 Nov, 19:38


Nuqtalar: “Tramp bu safar boshqacha prezident bo‘ladi” – Amerikadagi saylovlar yakuni haqida Navbahor Imamova bilan suhbat


5-noyabr kuni AQShda 47 prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Davlat rahbari lavozimi uchun o‘tgan saylovda demokratik partiyadan vise-prezident Kamala Harris, Respublikachilar partiyasidan — sobiq prezident Donald Tramp ishtirok etdi.

Ayni vaqtga kelib Amerika tarixidagi eng bahsli, eng keskin va qarama-qarshiliklarga boy o‘tgan saylovda g‘olib aniq bo‘lib ulgurdi. Respublikachilar yetakchisi Donald Tramp saylovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va u hatto o‘zining “g‘alaba nutqi”ni qilishga hamda amerikaliklarga unga ovoz bergani uchun minnatdorchilik bildirishga ham ulgurdi. Saylovlar g‘olibining rasman e’lon qilinishi esa, vaqt masalasi.

Dasturimizning bugungi soni Amerikada o‘tgan ushbu saylovlar va Donald Tramp g‘alabasini ta’minlagan omillar haqida bo‘ldi. Mehmonimiz Amerika ovozi teleradiosi muxbiri Navbahor Imamova.

📹👉 https://youtu.be/XGDOOq4pgro

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

03 Nov, 06:43


2-noyabrdan 3-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahri havosida zaharli zarrachalar miqdori 780 mkg/m3 darajagacha oshgan. Ifloslanishning asosiy sababi PM2,5 zarrachasi bo‘lib, JSST tasdiqlagan me'yordan 93,2 barobar ko‘p. Bu shusiz ham sifatsiz havodan yiliga 3 mingdan ortiq kishi vafot etayotgan poytaxt uchun yangi va dahshatli rekord. Ammo bundan ham dahshatlisini aytaymi?

Har qanday mamlakatda aholi xavfsizligiga tahdid paydo bo’larkan, odamlar zarur choralar ko’rish yoki shunday xavfni yuzaga keltirgan omillar yuzasidan hukumatidan hisob so’raydi va hukumat zudlikda kerakli choralarga boradi. Lekin ayni shu bugun, shu oy va shu yilda o’zbek hukumati oldiga zaharli havo bo’yicha qo’yilgan har qanday savol zoe. Chunki, bilamiz, ularning salohiyati muammolarimizga yechim topish darajasida emas. Ular shunchalik ojiz. Bu degani Toshkent hali yangidan-yangi rekordlarni urishda, odamlar esa vaqt o’tgan sayin ko’proq o’lishda davom etadi.

Aytgancha, biznikilar shu kunlarda ko’rishi mumkin bo’lgan yana bir chora bor, bu - zaharli havo haqida yozayotgan jurnalist va blogerlar huquq organlariga chaqiriladi va ovozi yopiladi. Mana shu biznikilarning salohiyati yetar asl daraja.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

01 Nov, 10:23


— AES mamlakatimiz beliga bog’lanayotgan bomba. Afsuski, bu bombaning tugmasi qo’limizda bo’lmaydi.

Baxtiyor Karimov, olim

01.11.2024-yil.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

31 Oct, 18:17


Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2025—2027 yillarga mo‘ljallangan Budjetnoma loyihasida maktab darsliklari uchun ijara pullarini qayta tiklash taklif etilmoqda. Ikki kundan beri tarmoqlarda ayni masala keng muhokamada va albatta, unda norozi tomon mutlaq ko‘pchilikni tashkil qilyapti.

Hozir yozadiganlarim orqali darsliklar ijarasi pulli bo‘lishi kerakmi yoki bepul mavzusiga aralashmoqchi emasman. Shunchaki bugungi muhokamalar va odamlarning hukumatdan noroziligini keltirib chiqarayotgan ayrim omillar bo‘yicha fikrlarimni qisqacha bildirib qo‘ygim keldi.

Hammasi qanday boshlandi?

Esingizda bo‘lsa, 2022-yilda Respublika Ta’lim markazi qator xalqaro tashkilotlar bilan qilgan bir necha yillik izlanishlari natijasida o‘sha davr uchun butunlay yangilik hisoblangan maktab darsliklari yaratish ishini yakunlaganini e’lon qildi. Qiziqqanlar izlab ko‘rishi mumkin, o‘sha paytda yangi darsliklar chindan, mazmuni, rang-barangligi va qulayligi jihatidan avvalo aprobatsiya uchun tanlab olingan o‘qituvchilar va bir qancha xalqaro tashkilotlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan edi. Tabiiyki, yangi avlod darsliklarini chop qilish va maktablarga yetkazish xarajatlarining ma’lum qismini qoplash maqsadida o‘shanda amaldagi ijara to‘lovi narxini oshirish ham ko‘zda tutilgan. (O‘shanda bir dona darslik uchun yagona ijara to‘lovi 5 ming 707 so‘mni tashkil etgan va buni avvalgi o‘quv yilidagi miqdor (2 ming 740 so‘m)ga nisbatan 2 ming 967 so‘mga oshirish rejalashtirilgan edi.) Umuman, eslash o‘rinliki, bu tizim O‘zbekiston maktablarida 2023-yilga kelibgina joriy qilingan yangilik emasdi. Darsliklar uchun aylanma jadval (DAJ) asosida pul to‘lash mamlakat maktablarida o‘n yillardan beri mavjud amaliyot.

Xo‘p, jarayon shu bosqichga yetganda darslik maydonida endi kutilmaganda, ta’lim ishlaridan mutlaqo bexabar “qahramon” (keling, post davomida uni shartli shunday ataylik) paydo bo‘ldi. U tezda darsliklar ijarasi to‘lovi oshirilishidan xavotir bildirib chiqdi va bunga o‘ziga yaqin jurnalist hamda blogerlar tomonidan sun’iy yaratilgan norozilik kayfiyatini asos sifatida ko‘rsatdi. Esingizda bo‘lsa, o‘sha paytlarda chindan, bir guruh jurnalist va blogerlar yoppasiga darslikshunosga aylangan va bo‘lgan, bo‘lmagan kamchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatish orqali yangi avlod darsliklarini qoraga chiqarish kampaniyasida qatnashib bergan edi. Mediada go‘yo darsliklardan norozilik kayfiyati paydo qilinarkan, biroz o‘tib qahramon o‘z lavozimidan foydalanib uni yuqoriga yetkazgani va yuqorining bundan norozi bo‘lgani xabari bilan chiqish qildi. Shu bilan darsliklarga qilinadigan ijara to‘lovi butunlay to‘xtatildi. Go‘yo hamma xursand, xabarni yuqoriga yetkazgan esa xalq himoyachisi sifatida ikki karra qahramon.

Ammo ishlar shu bilan to‘xtamadi. Ko‘p o‘tmay bir necha yillik mehnat natijasi bo‘lgan yangi avlod darsliklarini chop qilish ilk nishonalar hali maktablarga yetib bormasdanoq to‘xtatilgani va fin tajribasiga asoslangan yanada yangi darsliklarni endilikda qahramonning kuratorligi hamda unga yaqin nashriyotlar “ko‘magida” chop qilinishidan xabar topdik. O‘shanda yangi avlod darsliklari mualliflari Shahidlar maydonida turib qilgan murojaati esingizdadir. “Bu katta mehnat bilan qilingan darsliklar. Keling, ishimizni qandaydir shubhali, biznes manfaati bor kishilar emas, mutaxassislar baholasin. Ular qandaydir kamchilik topishsa, buni tan olish va tog‘rilashga tayyormiz”, - degandi ular. Afsuski, mualliflarning chiqishlari telegram kanallardan nariga o‘tmadi, eshitilmadi.


Ba’zi hisob-kitoblar

Ilyos Safarov

31 Oct, 18:17


Shu o‘rinda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tayyorlagan byudjetnomadagi yana ba’zi raqamlarga qarasak. Unga ko‘ra, 2024-yilda bir o‘quvchi uchun bitta darslik va ish daftarlarining o‘rtacha narxi 450−500 ming so‘mni (shundan mashq daftarlari — 100−150 ming so‘mni) tashkil etgan. Bugunga kelib bir to‘plam uchun 80 ming so‘m (tannarxning 16-18 foizi) miqdorida to‘lovni qayta tiklash taklif etilmoqda. Ushbu to‘lovlar hisobiga shakllangan 376,6 mlrd so‘m mablag‘ har yili o‘quvchilarni mashq daftarlari bilan ta’minlash xarajatlarining bir qismini qoplashga yo‘naltirilishi ta’kidlangan.

Endi shu raqamlarga qarab o‘n mingdan ortiq maktabda o‘qiyotgan 5 mln 800 mingdan ortiq o‘quvchi uchun chiqariladigan darsliklar va bunga xalq puli – davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘ hamda undan nashriyot ko‘radigan foyda miqdorini tasavvur qilavering. Eng qo‘pol hisob-kitobning o‘ziyoq o‘shanda sohada kutilmagan muallif qanday, nima maqsadda paydo bo‘lib qolganini tushuntirayotgandek. Ijara to‘lovi yo‘qotiladi, ammo evaziga byudjet ajratmasi oshiriladi…

Fin tajribasiga asoslab ishlangan oxirgi darsliklar haqida hozir yozmayman, unga bahoni mutaxasislar allaqachon berib bo‘ldi va bu darsliklar bugun takror qayta ishlanish jarayonida. O‘qituvchi, o‘quvchi, ta’lim tizimi uni qabul qilmadi shekilli-da.

Xulosa

Sal cho‘zvordim, aytmoqchimanki, bizning hukumat ishlarida hech narsa uzoqni, hech qursa ikki yilni ko‘zlab, strategiya bilan qilinmaydigandek. Buni boshqa o‘nlab misollar qatorida yuzlab mutaxassislarning yillab tayyorlagan darsliklari bir kishining manfaati, aralashuvi va media kuchi bilan paydo qilgan buzuq muhit orqali to‘xtatib qo‘yilganida yana bir bor ko‘rdik. Mana endi o‘sha odam tizimdan chetlatilganda na bepul ijara, na ta’limda fin tizimi va na avvalgi darsliklar qolmoqda. Xo‘sh, qani sifatli darslik, qani ta’limda fin tizimi, qani bepul ijara? Nahotki, shunchalik ojiz, rejasiz bizning hukumat?!

Men hali avtohalokatlar sabab qilinib, haydovchilik guvohnomasini olish tizimi monopollashtirilgani, buning uchun OAV va blogerlardan qanday foydalanilgani, bozorga halol tadbirkorlik orqali kirmoqchi bo‘lganlar yo‘li qanday usullarda to‘silgani masalasiga kirmayapman. Avtohalokatlar ko'paygandan ko'paymoqda.

P/S: Aytib qo‘yay, post buyurtma asosida va bo‘lib ham shu kunlarda darslikchiga qarshi davom etayotgan ommaviy hujumlar doirasida yozilayotgani yo‘q. Men bunday kir ishlarga aralashmayman. Men shuningdek, butun boshli mamlakatda insonga qilingan har qanday suiqasdni qoralayman hamda tergov jamoatchilikka ochiq bo‘lishi, uning tashkilotchisi kim bo‘lishidan qat’i nazar jazolanishi tarafdoriman. Shunchaki, bu o‘yinlardan jabr chekadigan o‘quvchi-yu, zahmatkash o‘qituvchilarga achinasan kishi. Shu xayollarimni bildirib qo‘ymoqchi edim. Xayrli tun.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

31 Oct, 09:20


Yashnoboddagi 3 mahalla aholisidan murojaat

— Yaqin 4-5 yil ichida Yashnobod tumani “Bog’bon”, “Olmos” va “Go’zal” mahallalarida harbiylar uchun o’nlab ko’p qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Bugun ushbu mahallalarda o’n minglab aholi istiqomat qiladi. Ammo shu vaqtga qadar hududdan Toshkent ichkarisiga qatnaydigan avtobus yo’nalishlari tashkil qilinmagani katta muammo bo’lib qolmoqda. Bugun nomi keltirilgan mahallalar aholisiga xususiy bir firmaning yengil avtomobillari (damaslar) xizmat ko’rsatadi, lekin bu yo’nalish ham qisqa masofaga mo’ljallangan (metro, Aviasozlar bozori), shuningdek, aholi soni, talabiga to’la javob bermaydi. Boshqa avtobus yo’nalishlari esa nomi keltirilgan mahallalalarga uzoq, noqulay. Ularga chiqish uchun ham alohida transportdan foydalanish kerak. Tumanning ushbu uch mahalla aholisining muqim harakatlanadigan jamoat transportiga (avtobuslarga) ehtiyoji juda baland. Bundan tashqari, aholi soni ko’pligi bois ayni shu hududga yaqin metro bekatiga ham bosim katta. Amaldorlarimiz chiqib ko’rishsin, odamlar bugun metro vagonlarida sovet davridagi kabi qisilib, qiynalib, noqulay ahvolda harakatlanishga majbur. Iltimos, yo vagonlarni ko’paytiringlar va yoki metroning oraliq 10 daqiqali vaqtini qisqartiringlar. Boshqa hududlarda metroning oraliq vaqti 2-3 daqiqa, lekin nega bizda 10 daqiqa bo’lishi kerak? Yashnobod ham kichik tuman emas axir.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

28 Oct, 20:11


📹👉 https://youtu.be/uDRr8FIfgfw?si=l_EQkU9-EpE8Fq1g

Ilyos Safarov

28 Oct, 14:49


Nuqtalar: Siyosatdan qo‘rquv – o‘zbek jamiyati tafakkuridagi bu hisni qanday yo‘qotish mumkin?
 
… Qaltis lahzalar yo‘q,
qaltis umr bor,
mo‘r-malax nom aro yolg‘iz noming bor.
Lahzada titroqqa aylanib tursang,
demakki, ichingda bitta xoin bor.
O‘ldir,
ichingdagi xoinni o‘ldir,
volida ko‘ziga boqishdan avval,
ma’shuqa qo‘ynida yotishdan avval,
zulmat ummoniga botishdan avval.
Yo‘ldir bu,
nafsning botqog‘i emas,
qilichning damiday chaqnagan yo‘ldir.
Bu yo‘lga yuzingni burishdan avval,
O‘ldir, ichingdagi xoinni o‘ldir.
 
Dasturimizning navbatdagi soniga kirish, epigraf bo‘lgan bu satrlar 1980-yillar o‘zbek she’riyatining eng yorqin vakillaridan biri Shavkat Rahmon qalamiga mansub. Shoir inson ichidagi xoin deya ta’rif bergan qo‘rquv fenomeniga bag‘ishlagan ushbu she’r “Nuqtalarning bugungi soniga ma’naviy umurtqa vazifasini o‘tab beradi.
 
Demak, navbatdagi dasturimiz jamiyat tafakkuridagi siyosatdan, amaldorlardan qo‘rquv hissi, uning qanday, qayerdan paydo bo‘lishi va umumqo‘rquvni yo‘qotish yo‘llari haqida bo‘ldi.
 
Suhbat mehmonlari – etnopsixolog Ziyoda Rasulova, iqtisodchi va jamiyatshunos Jamshid Muslimov va huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov bo’ldi.

📹👉 https://youtu.be/jDYajRpEcSs

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

21 Oct, 11:32


Nuqtalar: Huquqiy oqibati yo‘q ikki qonun – xizmat ko‘rsatish va reklama sohasida o‘zbek tilining ahvoli haqida suhbat


Nuqtalar dasturining navbatdagi soni o‘zbek tili, aniqrog‘i, unga bog‘liq juda muhim va ayni paytda hukumatning til borasidagi siyosati samarasiniyam, samarasizliginiyam yaqqol ko‘rsatuvchi, shu ishlarga yuz bo‘luvchi bir yo‘nalish tahliliga bag‘ishlandi. O‘zbekistonda xoh davlat bo‘lsin, xoh nodavlat, xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zbek tilining qo‘llanilishi va mamlakat hududida reklamaning tili masalasi.

Dastur mehmonlari – Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi bo‘lim boshlig‘i Abdurahmon Raupov va ayni masalalarni ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p ko‘tarib kelayotganlardan biri, jamoatchilik faoli Obidjon Latipov bo‘ldi.

📹👉 https://youtu.be/rDS-EoBPVh8?si=MG22t-lWVRqv9vXY

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

21 Oct, 03:55


Til qadri...

Ssenariy muallifi va rejissyor: Shohruh Norqulov
Operator: Jasur Yusupov
Rassom: Erkin Xushmatov
Maslahatchi: Xurshid Abdurashid

Ijtimoiy rolikni suratga olishda qatnashgan va yordam bergan barchaga katta rahmat!

Ilyos Safarov

18 Oct, 05:21


Asliddin Kamol aloqaga chiqdi, u bilan hammasi joyida. Tez orada o’zi o’tgan voqealar haqida batafsil ma’lumot beradi.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

17 Oct, 15:26


Bloger Asliddin Kamol g’oyib bo’ldi

O’zbekistonlik bloger Asliddin Kamol 13-oktabrda Dubay aeroportida shubhali tarzda g’oyib bo’ldi.
Bu haqda Kanadada yashovchi jurnalist Ulug’bek Ashur facebook sahifasida ma’lum qildi.

Jurnalistga ko’ra, u Asliddin Kamol bilan oxirgi ko’rishgan kishilardan.

“Asliddin 13-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:32 da menga videochaqiruv qildi va "Meni Dubayga kiritishmadi. Pasportimni xodimlar olib, meni boshqa xonaga olib ketishyapti" deb gapirishga ulgurdi. Videoda u aeroportda edi”, deya post qoldirdi Ulug‘bek Ashur.

Ulug‘bek Ashur o‘z postida Dubaydagi do‘stlari aeroportga borib, xavfsizlik xizmati xodimlari bilan uchrashgani, ular Asliddin Kamolni ikki soat ushlab turganlaridan so‘ng, tekshirishib, chiqarib yuborishganini aytishgani haqida ham yozdi:
“Lekin buni tasdiqlovchi videotasvirlarni ularga ko‘rsatishmagan... Asliddin Kamol shaharga chiqib ketmagan... Agar shunday bo‘lganida u hammamizga "Men chiqdim, xavotir olmanglar, taksiga o‘tirdim" deb xabar berardi”.

Yuridik ma'lumotga ega Asliddin Kamol bloger sifatida tanqidiy postlari bilan tanilgan. U ikki yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashab kelayotgan bo’lgan.

P.S: Texnika va texnologiyalar rivojlangan davrda, bo’lib ham yuzlab kameralar o’rnatilgan Dubay aeroportida bir insonning shunchaki yo’qolib qolishi tasavvur qilib bo’lmas holat.

Bugunga kelib qator xorijiy OAV bloger Asliddin Kamolning g’oyib bo’lishi yuzasidan o’z manbalariga tayangan holda xabarlar ulashmoqda. Ammo ular ham hozircha versiya va rasmiy, ishonchli xabarni O’zbekiston tomoni bildirishi kerak.

Umid qilamiz, Dubaydagi O’zbekiston elchixonasi va konsullik Asliddin Kamol taqdiriga befarq bo’lmaydi. Eshitishimcha, elchixona blogerning yaqinlaridan bu haqda 13-oktabr kuniyoq murojaat qabul qilib olgan.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

16 Oct, 17:54


Nuqtalar: "Nomaqbul shaxslar qonuni" — O'zbekiston hukumati uni kimlarga nisbatan ishlatadi?

Endilikda O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid bo‘lgan, O‘zbekiston xalqining sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini tahqirlovchi gaplar aytgan chet el fuqarolari O‘zbekistonga kiritilmaydi, agar ular O‘zbekistonda bo‘lsa, deportatsiya qilinadi va yana qator taqiqlarga duchor bo‘ladi.

"Nuqtalar"ning navbatdagi soni avvalroq qonunchilik palatasi deputatlari qabul qilgan va 20-sentabr kuni Senatda ma’qullangan, shundan so‘ng imzo uchun prezidentga yuborilgan “O‘zbekistonda chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun tahliliga bag‘ishlandi. Bizningcha, qonunda va uning amaliyotda ishlashi, qanday ishlashi bo‘yicha tushunish juda muhim bo‘lgan qator bandlar bor.

Dastur mehmonlari – siyosatshunos Farhod Tolipov va Qonunchilik palatasi sobiq deputati Rasul Kusherbayev bo'ldi.

📹👉https://youtu.be/Vi2yPU0NYqo?si=plCNQsTNjMzK0-RP

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

16 Oct, 16:46


Bizga xolis jurnalistika kerak

Kecha YXHTning Varshavada o‘tayotgan anjumani doirasida Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish tashkiloti vakilasi bilan so‘zlashdik. Tabiiyki, suhbat so‘z erkinligi va hamkasblarimiz himoyasi borasida kechdi.

Xalqaro tashkilot vakilasiga ko‘ra, ko‘pchilik hamkasblarimizning professional faoliyatidagi nuqsonlar, ya’ni tarafkashlik, muayyan buyurtma va shartnomalar asosida ishlashi nafaqat bizga, balki xalqaro tashkilotlarga ham ma’lum. So‘nggi yillarda javobgarlikka tortilgan bir necha bloger, jurnalist do‘stlarimiz faoliyati va ularni himoya qilish masalasida biroz tilimiz qisiqdek.

Birniki mingga, degan naql ishlaydi bu yerda. Hukumatlar ham bunday vaziyatlardan samarali foydalanadi. Shu boisdan ham halol va obyektiv media maydonni yaratish, u yerga tasodifiy va tirraqilarni kiritmaslik o‘zimizning zimmamizdagi ma'suliyatdir.

Bizga manfaatlardan uzoq xolis jurnalistika kerak. Bu maydonni yarata olsak, so‘z erkinligi prinsiplarini xalqaro maydonda ham himoya qila olamiz. YXHTning anjumani doirasidagi bugungi majlisda shunga amin bo‘ldim.

Abdurahmon Tashanov, Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

16 Oct, 07:38


Kecha Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)/ Demokratik Institutlar va Inson Huquqlari Byurosi (DIIHB)ning saylov kuzatuv missiyasi vakili Pietro Tesfamariam bilan uchrashdik.

Uchrashuv davomida kuzatuvchi bilan bu yilgi saylovlarning mamlakat uchun ahamiyati, siyosiy partiyalar, saylovlar davrida jurnalistlarga uni yoritish uchun yaratilgan sharoitlar va O'zbekistonda so‘z erkinligining joriy holati haqida fikr almashdik.

Tashkilot vakili shuningdek, jurnalist sifatida o'tgan va hozirgi davrdagi faoliyatim bilan yaxshi tanishligini aytib, kelgusi rejalarim haqida so'radi. Janob Tesfamariam bilan muloqotimiz o‘zaro ishonch va izchillik ruxida o‘tdi.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

14 Oct, 17:01


Universitetda 1 semestr viruslarga oid fitopatologiya fanini o’qiganmiz. Hozir bu fandan ko’p narsa esimda qolmagan-u, lekin viruslarning uncha-bunchaga o’lmasligi, qulay muhit va sharoit paydo bo’lishi bilan yana qaytib tirilishi, joylashgan organizmini zararlashda davom etishini bilaman.
Masalan, ba’zi viruslar sovuq va namgarchilikni yaxshi ko‘radi, shunday muhitda juda tez ko‘payadi va tarqaladi. Ba’zilari esa aksincha, iliq va issiq havoni yaxshi ko’radi, bu ular uchun qulay muhit hisoblanadi.

Endi, agar hech bir ishni majburlovsiz tashkil qilolmaydigan rahbarlarni ham shartli virus deb olsak, oxirgi vaqtlarda ularning ko’payishi va hamma tomonni rasvosini chiqarishi uchun qandaydir qulay muhit paydo bo’lgandek taassurot uyg’onmoqda. Keling, yaqin haftalarda tez-tez ko’zimiz tushayotgan yangiliklarni eslaymiz:

1. O’qituvchilarning paxtaga jalb qilinayotgani va terimga chiqmagan taqdirda ular o’zining o’rniga ikki terimchi topishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi (Senat tezda munosabat berdi va bu jinoyat oqibatlaridan mas’ullarni ogohlantirdi).

2. Oxirgi vaqtlarda tadbirkorlarni quyosh panellari o’rnatishga majburlash holatlari ko’paygan. Tadbirkorlarning ko’pchiligi quyosh paneli o’rnatish bo’yicha topshiriq olgani, o’rnatmaguncha ularning binosi elektr va gazdan uzilgani (bu orqali million va balki, milliardlab zarar ko’rishayotgani) haqida yozmoqda. Ammo bu kabi holatlarga hozircha hech kim, hech bir idora aniq va qat’iy munosabat bilan chiqmadi.

3. Gazeta va jurnallarga majburiy obunalash holatlari yana qaytgandek. Har holda turli hududlardan menga murojaat yozayotgan tibbiyot birlashmasi xodimlariga ko’ra, ularning idorasiga ko’plab nomdagi gazetalarga obuna tashkil qilish vazifasi yuklatilgan. “Bu safar ishlar avvalgidan farqli ixtiyoriy obuna niqobi ostida qilinmoqda. Hammasi tavsiyaviydek ko’rinadi, lekin aslida majburiy”,- deydi bog’langanlar. (Buni viruslarning mutatsiya xususiyatiga o’xshatdim).

Mamalakatda viruslar bilan bog’liq shunday gaplar. Ularga qulay, noqulay muhit javobgarlari ogoh bo’lishi kerakki, qarshi kurash choralari kuchaytirilmasa, bu virus degani bir ofat. U ozgina qulay muhitga tushdimi, o’lishi qiyin. O’z vaqtida qattiq kurashilmasa ko’payib ketadi va islohot deya aytib kelinadigan butun tizimlarni tezda yeb bitirishi ham hech gap emas.

Muhitni tushundingiz a, qonun muhiti haqida gapiryapman. Shu muhitda immunitet pasaygandek ko’rinmoqda oxirgi vaqtlar.

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

12 Oct, 12:34


35 yil: o‘zbek tilining obro‘si maqomiga mosmi?

Yana sanoqli kunlardan keyin, 21-oktabrda o‘zbek tili bayramini nishonlaymiz. Shu kuni tilimizning davlat tili maqomini olganiga 35 yil to‘ladi.

Bu o‘zbek tilini ta’lim muassasalarida o‘qitishdan boshlab, uning sofligini ta’minlash, ilmiy, zamonaviy va kompyuter tiliga aylantirish, rasmiy qo‘llanishdagi holati yoki xorijda o‘qtishgacha bo‘lgan barcha ishlar natijasi va qo‘lga kiritilgan yutuqlar-u, kamchiliklarni sarhisob qilish uchun yetarli muddat.

Xo‘sh, 35 yil o‘tib O‘zbekistonda o’zbek tili bilan bog‘liq bugungi vaziyat qanday va u bayram qilinadigan ahvoldami?

Olimlar, soha mutaxassislari-yu, jamoatchilik faollari tilimizning bugungi holati haqida qanday fikrda?

"Vatandosh" intellektual klubining “O‘zbek tili: kecha, bugun va ertaga” mavzusida o‘tgan navbatdagi yig‘ini ana shu savollar tahliliga bag‘ishlandi.

📹👉 VIDEONI TOMOSHA QILISH

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

10 Oct, 09:10


Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutining litsenziyasini bekor qilish boʻyicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan da’vo arizasi kiritilgan edi.

Ushbu ish Sudning qarori bilan Toshkentdagi Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutining foydasiga hal etilibdi. Institut tomonidan ta’lim davlat standartlari asosida yoʻlga qoʻyilganligi qayd etilgan holda boshqa muammo va kamchiliklar bartaraf etilganligini inobatga olib, institut litsenziyasini bekor qilish boʻyicha ariza Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Sherzod Jamolov tomonidan rad etilgan. Sudning xususiy olit ta’lim muassalarining foydasiga qaror chiqarayotgani quvonarli holat hamda sud tizimiga boʻlgan ishonchi orttiradi, albatta.

Bundan avval ham, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti litsenziyasini bekor qilish boʻyicha kiritgan da’vo arizasi dastlab Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan rad etilgan edi. Ish boʻyicha Sud qaroridan norozi vazirlik apellatsiya shikoyati kiritgan. Apellatsiya Toshkent viloyati sudida koʻrib chiqilib, yana institut foydasiga qaror qabul qilingan edi.

Vazirlikdagilar sudma-sud yurishni to'xtatib, davlat universitetlarida bo'layotgan mana bu va mana bu kabi mantiqsizliklarga ham e'tibor qaratishar a?

@haqiqatdaIlyos

Ilyos Safarov

10 Oct, 08:59


🙂 BMB Zaʼfaron қуритиш ва қайта ишлаш корхонасининг очилиш маросими ҳамда тадбир доирасида пресс-тур бўлиб ўтди. Йиғилганлар корхона фаолияти ва заъфаронли маҳсулотлар кўргазмаси билан танишди.

Telegram l Website l Facebook l Instagram l YouTube‌‌

Ilyos Safarov

09 Oct, 13:48


Nuqtalar: Jamiyat befarqlik epidemiyasidan qanday xalos bo‘ladi?

“Nuqtalar”ning bugungi sonida jamiyatdagi befarqlik epidemiyasi, uning ildizlari, oqibatlari-yu va bu epidemiyani kamaytirish choralarini tahlil qildik.

Izohiga ko‘ra, jamiyatga, hayotga, atrofdagi odamlar va hodisalarga nisbatan biror-bir qiziqish va aniq ma’naviy-hissiy munosabatning namoyon bo‘lmasligini ifodalaydigan bu so‘zni oddiy qilib e’tiborsizlik deya atasa ham bo‘ladi. Biroq, mavzumizni befarqlik so‘zi batafsilroq, to‘liqroq va yaxshiroq ifodalaydigandek tuyulgani uchun ham suhbatni ayni shu so‘z bilan nomladik.

Dastur mehmonlari – siyosatshunos, jamiyatshunos Hamid Sodiq va faylasuf Xurshid Yo‘ldoshev bo‘ldi.

📹👉https://youtu.be/6h9W_P1Dd1g

@haqiqatdailyos

Ilyos Safarov

08 Oct, 11:39


1989-yilda O‘zbekistonda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, unga ko‘ra o‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilgan. Bu esa davlat idoralaridagi barcha faoliyat to‘liq o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi qoidasini mustahkamlagan. Masalan, shu tartib bilan mamlakatda qabul qilinadigan har qanday qonun, qaror va farmonlar, to‘ldiriladigan ariza va blanklar, beriladigan e’lon va ma’lumotlarning barchasi o‘zbek tilida bo‘lishi shart. Odamlar ijtimoiy hayot, masalan, oilada istalgan tilda gapiraverishi mumkin, bu uning huquqi, lekin davlat idorasida tartib qonunda belgilangani kabi bo‘lishi, ishlashi kerak. Ammo afsus, til borasidagi asosiy qonunimiz qabul qilinganiga ikki haftadan keyin 35 yil to‘lyapti hamki, hokimiyat, hukumat uning ijrosini amalda ta’minlolgani, bajarolgani yo‘q.

Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati” “Energosavdo” filiali Yashnobod tuman bo‘limiga borgandim. Bo‘limda esa vatandoshlar idoraga taqdim qilinadigan hujjatlar haqida faqat suratda ko‘ringan qog‘ozdangina ma’lumot olishlari mumkin ekan.

Jamiyatning menga xizmat ko‘rsatayotgan xodimidan davlat tilida ma’lumot berishni so‘raganimda, “boshqa ma’lumotnoma yo‘q, xohlasangiz, shu, bo‘lmasa, ana, yuqoriga murojaat qiling. Buniyam o‘z hisobimdan chiqartirdim”, – degan javobni oldim.

Albatta, men-ku mijozga bu tarzda muomala qiladigan, vatandoshlarga davlat tilida xizmat ko‘rsatishni istamaydigan xodim ustidan idora rahbariga shikoyat yozdim, uning chorasi ko‘riladigan, ma'lumotlar o'zbek tilidagisiga almashtiriladigan bo‘ldi, lekin hukumatning o‘zi siyosiy iroda ko‘rsatmasa, amaldagi qonunlar ijrosini ta’minlolmasa, qo‘rqsa, ko‘rib ko‘rmaganga olsa, umumiy vaziyat o‘z-o‘zidan o‘zgararmikin? Minglab idora va filiallardagi bu kabi holatlar tartibga kelarmikin?

Nahotki, hukumat tepasidagilar o‘z qo‘l ostidagilarga xoy, ish yuritishingni o‘zbek tilida qil, yig‘ishtir karam sho‘rvangni, qonunni o‘qi-chi, nima deb yozilgan, deyolmaydi. Hechqursa shu qattiq turishning o‘zi bilan bitib ketadigan ishlarga-da, qurbi yetmaydi?

Ha demay boshda do‘ppi, egnimizga chopon kiygan holda o‘zbek tili bayramini nishonlaymiz. Yuqori minbarlardan turib til haqida balandparvoz nutq, tabriklar qilinadi, she’r, qo‘shiqlar aytiladi. Ammo asl holatimizga qaralsa, bir o‘zbek davlat idorasiga borib davlat tilida ma’lumot ololmay qaytaveradi yoki begona tilda xizmat ko‘radi, “Yaponamama” kabi kafelarga kirib rus tilida gapirmagani uchun ovqatlanolmay chiqaveradi va achinarlisi, uning murojaatiga hech bir idorada e’tibor berilmaydi. Bu oddiy, o‘rganilgan, tabiiy jarayon sifatida qaralaveradi.

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

@haqiqatdailyos

Ilyos Safarov

07 Oct, 06:37


Sergeli tumani, Qumariq 2-tor ko'cha, 1-uyda yashovchi Madina Mengniyozovadan murojaat keldi. Odatda kanalimda murojaat, xayriyalarni kam e'lon qilaman (holatlarni tekshirish kerak, bu esa ko'p vaqt oladi), lekin sovuq kunlar kirib keldi, opaning o'zi va farzandlariga issiq boshpana zarur. Shuning uchun uni savobtalab insonlar va ijtimoiy himoya idoralariga yetkazmoqdaman.

Madina Mengniyozovaga ko'ra, u 3 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan videoda ko'ringan uyning bir xonasida yashab kelmoqda.

"Turmushim o'xshamagan. To'ydan avval erim bilan faqat nikohdan o'tgandik. "Zaks"ni keyinroq qilamiz, to'yni o'tkazib olaveraylik, degani uchun rozi bo'lganman. Lekin keyin erim rasmiy nikohdan o'tishni istamadi, erta bo'ladi, indin bo'ladi, deb yuraverdi. Erimning hayoti tushunarsiz edi, istagan paytda uyga kelar, bo'lmasa, ko'chada ham yashab yuraverardi. Xarakter ekan-da. Erimga tartibli hayot qilishni, shu yerda yoki Rossiyada birga ishlab uy olishni ko'p iltimos qildim, lekin foydasi bo'lmadi, ishlashni istamasdilar. Oxiri uyga umuman kelmay qo'ydi. Bizdan xabar olmay qo'yganiga ancha bo'lgan.

Hozir bolalar uchun aliment ololmayman, qo'shnilarning farzandlariga enagalik qilaman. To'rt jonning yashashimiz shundan. Onam bor, shukr, lekin u kishi ham qari, bizga yordam qilolmaydilar.

Aka, yashab turgan uyimizning ta'miriga pul yetkazolmayapman, mening topganim 3 bolamning yeb ichishi va kiyimlariga bazo'r yetib turibdi. Lekin katta bo'lishsa yaxshi yashashsin, farzandlariga yaxshi kelajak qilishsin deya bolalarimga yaxshi tarbiya berishga harakat qilyapman. Imkoni borlar bizga yordam bersin, iltimos, sovuq kunlar keldi, bolalarim bilan qiynalyapmiz", – deydi murojaat egasi aniqlashtiruvchi savollarimga javoban.

Opa o'zi aytganiday, enagalik orqali pul topadi, murojaatdan maqsadi oila tebratish, yeb ichish uchun pul so'rash emas, shunchaki uyini ta'mirlab, issiqroq qilib olsam, deyapti. Videodan ko'rinishicha, Madina Mengniyozova yashayotgan uy katta emas va uning ta'miriga ko'p mablag' ham talab qilinmaydi. Imkoni borlar shu uy ta'miri uchun yordam bersa yaxshi bo'lardi.

Bu uning plastik karta raqami, onasi Darixa Hasanova nomiga ochilgan: 5614681909035986

@haqiqatdailyos

Ilyos Safarov

06 Oct, 16:28


Kecha "Vatandosh" intellektual klubining navbatdagi yig'inini o'tkazdik. Yig'inning bu safargi muhokamasi o'zbek tili va uning bugungi muammolariga bag'ishlandi. 3 soat davom etgan tadbir shu qadar yuqori haroratda o'tdiki, menimcha, hech kim zerikmadi, hatto u yakunlanayotgan paytda ko'pchilikda gapirilmagan gap, berilmagan savollar qolib ketganini his qildik. Buning uchun tadbir spikerlari va unga kelgan o'zbek tili jonkuyarlariga rahmat. Alohida eslashim kerak, tadbirda spikerlar – Baxtiyor Mengliyev, Bekzod Shukurov, Eldor Asanov, Inomjon Azimov va Farhod Tolipov o'z mutaxassisliklaridan kelib chiqqan holda mavzuni juda qiziqarli tahlil qilib, muammolarimizga yechim bo'ladigan takliflar berishdi. Quyida shu tadbirning ba'zi jarayonlaridan suratlar va havolada esa undan tayyorlangan reportajni tomosha qilishingiz mumkin.

Aytgancha, uchrashuv videosi yutub  kanalimizda e'lon qilinganda uni ham albatta ko'ringlar, do'stlar. O'zbek tili bo'yicha o'nlab darslarda beriladigan bilimlarni bir videoda olishingiz kafolatlanadi.

Reportajni tomosha qilish: 📹👉
https://www.youtube.com/watch?v=-6VU-UTvTZg

@haqiqatdailyos

Ilyos Safarov

06 Oct, 13:23


Bugun onasining shifo topishi uchun to'rtinchi xotin bo'lib turmushga chiqish evaziga bir insondan 25 ming dollar pul olgan qiz haqida eshitdim. Evaziga hayot tikilgan bu kelishuv qandaydir xorij kinolarida emas, O'zbekistonda, sizu biz yashayotgan jamiyatda qilinmoqda. 

Voqeani eshitib bir tomondan qizning volidasi uchun qilayotgan qahramonligiga qoyil qolasan, ikkinchi tomondan, oldiga yordam so'rab borgan insonga bunday og'ir shart bilan qarz berayotgan puldorning qilmishidan lol bo'lasan. Oradagi farq 30 yosh axir.

O'zbekistonda kambag'allikka qarshi kurashuvchi, ijtimoiy himoya asosiy faoliyati bo'lgan, mahallalardagi yosh oila, boquvchisini yo'qotgan yoki kasalmand onalarni himoya qiluvchi bir nechta, balki, o'nlab idora va tashkilotlar bor. Lekin, jamiyatda bir kambag'alning darddan forig' bo'lishi uchun hayoti o'rtaga tikiladigan shunday kelishuvlar ketarkan, ayting, bu idoralardan qanday foyda bor?

Afsuski, o'zim ham oylikka kun ko'radigan insonman. Qanchalik dahshatga tushmay, qo'limdan shularni yozish, ozroq yordam-u, qolganlarni xabardor qilish keladi xolos.

@haqiqatdailyos