IHMA Andijon viloyati boshqarmasi @i_himoya_and Channel on Telegram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

@i_himoya_and


@i_himoya_and

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi (Uzbek)

Salom, Azizlar! Sizga yangi Telegram kanalimiz @i_himoya_and ni tanishtirishga tayyorlikdaman. Bu kanal Andijon viloyati boshqarmasida xizmat ko'rsatish xizmatlarini takomillashtirishda ko'rsatilgan harakatlar haqida ma'lumotlar, eng so'ngi yangiliklar, xizmatlarni sotuvchi tomonidan taqdim etilayotgan chegirma aktsiyalari va boshqa voqealar haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin. IHMA Andijon viloyati boshqarmasi kanali sizga texnik xizmatlar, ko'rsatilayotgan xizmatlar va boshqalar haqida ma'lumotlar bilan ta'minlashi mumkin. Kanalda xizmatlarni sotuvchi tomonidan taqdim etilayotgan chegirma aktsiyalari va kampaniyalar haqida ham ma'lumotlar beriladi. Siz ham IHMA Andijon viloyati boshqarmasi kanaliga a'zo bo'ling va so'nggi yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

10 Feb, 12:26


Ijtimoiy himoya tasarrufidagi maxsus maktab muassasalarining holatlari ko‘zdan kechirilmoqda.

Ta’lim dargohining ish faoliyatlari, dars jarayonlari hamda o‘quvchilar davomati, binolarning issiqlik holatini ko‘zdan kechirish va o‘qituvchilar bilan o‘zaro tizimga oid mavzularda muloqot qilish yuzasidan boshqarma boshlig‘i Asaka tumanida joylashgan 14-maxsus maktab internatida bo’ldi.

Dastlabki jarayonlar ushbu maktab qoshida tashkil etilgan “G’amxo’rlik guruhi”ning ish faoliyatiga e’tibor qaratishdan boshlandi. Bu joydagi bolalar hamda ularning tarbiyachilari bilan uchrashuv muloqoti olib borildi.

So’ngra, maxsus maktabning ichki binolar holati, ta’mirtlab bo’lgan xonalar, issqilik tizimi borasida ko’zdan kechirish amalga oshirildi. Bunda, boshqarma boshlig’i tomonidan bir qancha qarovsiz turgan joylar, obodonlashtirish harakatlarining qoniqarsiz ekanligi tanqidiy e’tiroziga sabab bo’ldi.

Bu masalalar bo’yicha tegishli mas’ullarga topshiriq va ko’rsatmalar yetkazilib shu oyning 22-fevral sanasiga ushbu ta’lim maskanida seminar tadbiri tashkil qilinishi belgilandi.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

10 Feb, 05:28


OAV | "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyatiga nazar.

Ulug’nor tumani misolida.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

10 Feb, 04:32


Ehtiyojmand shaxslarga psixologik xizmatlar samarasi

Shaxslarning sog‘lom va barkamol bo‘lib kamol topishlarida psixologik xizmatning inson hayotida tutgan o‘rni va aholining psixologlarga, psixologik markazlarga bo‘lgan ehtiyoji, turli sohalarning rivojlanishida psixologik xizmatning qanchalik muhim ekanligi va uning samarasi bugunga kelib o‘zining ijobiy ko‘rinishini namoyon qilmoqda.

Shahar va tumanlardagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining psixolog guruhlari tomonidan amalga oshirilayotgan manzilli hamda mutlaq bepul xizmatlar ehtiyojmand shaxslarning ijtimoiy hayotidagi turli xil muammolarini hal qilish borasida muhim ro’l tutmoqda.

Mazkur xizmatlar va ularning samarali natijalariga kengroq yondashish va bir qator maqsadlar asosida oilaviy nizolar tufayli ajrim yoqasiga kelib qolgan va chet davlatga ketish hayolida yurgan, 2- nafar farzandlarning onasi, 27 yoshli ayol bilan ushbu mavzuda yaqindan suhbat qurildi.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

09 Feb, 05:09


Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo

G‘azal mulkining sultoni, hazrati mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

06 Feb, 06:23


Alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazildi.

Xo’jaobod tumanida joylashgan 4-sonli maxsus maktab-internatida “Chorshanba – sport kuni” munosabati bilan o’quvchi yoshlar o’rtasida sport musobaqalari tashkil qilindi.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

06 Feb, 05:37


#Milliy_qadriyatlarimiz

Andijon viloyatining tuman va shaharlardagi "inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining barcha xodimlari milliy qadriyatlarimizga tayangan milliy liboslar bilan ish olib bormoqdalar.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

05 Feb, 09:27


#qaror_sharh

Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtiriladi


Maxsus qarorga muvofiq 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda xususiy tadbirkorlarga yaratilayotgan yengilliklar va imtiyozlar nimadan iborat, xizmatni yo‘lga qo‘yish orqali qanday ijobiy natijalar bo‘lishi kutilmoqda?

Bu savollarga javob berish uchun Agentlik mas’ul xodimi Kamilov Farhod Oblakulovich sizga kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi.

Videoni tomosha qiling va bu mavzuda batafsil ma’lumotga ega bo‘ling!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

03 Feb, 06:55


Oltinko‘l tumani Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiya raisining faoliyati bo‘yicha qilingan murojaatga munosabat.

O‘tgan hafta yakunida Telegram tarmog‘ida Oltinko‘l tumanida yashovchi bir guruh nogironlik xulosasiga ariza topshiruvchi fuqarolar tomonidan ushbu tumandagi TIEK faoliyatiga e’tiroz bildirib murojaat yo‘llagan.

Murojaatga muvofiq viloyat Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi rahbari va mazkur tumandagi mas’ul xodim bilan muloqot o‘rnatildi. Suhbatda Oltinko‘l tumanlararo 20-sonli TIEK raisi o‘zining bu lavozimga kirishganiga hali bir oy ham to‘lmagani, hozirgi vaqtga qadar kelgan fuqarolarga o‘z vaqtida, tartibi bilan xizmat ko‘rsatilayotgani, murojaatdagi so‘zlar esa asossiz narsaga tayanib yozilganligi haqida fikrlarini bildirdi.

Shuni ham qo‘shimcha qilib o‘tishimiz kerakki, murojaatchi tomonidan arizalarimiz 1 oy muddat ichida ham hal etib berilmayapti degan holatni bildirgan. Biroq TIEK tomonidan xulosalar 20 kun ichida hal etib beriladi va hozirgacha shu vaqt oralig’ida fuqarolarga berilmoqda. Shuningdek, Oltinko‘l tumani Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan yangi 2025-yildan boshlab hozirgi paytga qadar hech qaysi fuqaroning nogironlik xulosalarini berish belgilangan muddatdan asossiz kechiktirilmagan.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

03 Feb, 04:35


Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident huzurida ijtimoiy yordamning manzilliligini oshirish choralari ko‘rib chiqildi.

Mahsus rakurs | Prezident Matbuot xizmati

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

03 Feb, 04:27


Maxsus reportaj |Andijon axboroti

Nogironligi bor shaxslarni sportga jalb etish orqali ularni reabilitatsiya qilish harakatlari muruvvat uylarida qay darajada yo‘lga qo‘yilmoqda?

Ushbu chora-tadbirlar bilan "Bo‘taqora" nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun internat uyi misolida tanishamiz.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

03 Feb, 02:06


Andijon axboroti

Ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid chora-tadbirlar hamda kambag‘allik reestrini oilalarning mehnatga layoqatiga qarab tabaqalashtirish, mehnatga layoqatli bo‘lmaganlarni davlat ijtimoiy himoyasiga olish, ularni ijtimoiylashtirish borasidagi taklif va harakatlariga mutaxassislarning sharhi.

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishgan.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

01 Feb, 08:51


Baliqchi tumanida yashovchi shaxs tomonidan yo‘llangan murojaatga munosabat.

Telegram tarmog‘i orqali Andijon viloyatining Baliqchi tumani "Do‘stlik" mahallasida istiqomat qiluvchi keksa nuroniy, 1-guruh nogironligi bor ayol nomidan hozirda yashab kelayotgan xonadonining ta’miri uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Ushbu holat bo‘yicha mazkur mahallaning ijtimoiy xodimi bilan bog‘lanildi, kerakli ma’lumotlar olindi.

Bunga ko‘ra, murojaat qilgan shaxsning oilasiga 2024-yil dekabr oyida uy ta’miri uchun "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan moddiy yordam, xonadonni isitish uchun 10 qob ko‘mir yoqilg‘isi ajratilgan. Uy-joy ta’miri uchun yordam berilganligi tufayli belgilangan tartib-mezonlar bo’yicha qayta moddiy yordam ko‘rsatish mumkin bo‘lmaydi.

Hozirda esa mahalla faollari ushbu uyga homiylik asosida yordam ko’rsatish harakatlarini olib bormoqdalar va oila “Kambag’al oilalar reestri” ro’yxatiga kiritilgan.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

31 Jan, 02:18


Andijon viloyatida 2024-yil mobaynida nogironligi bor shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rsatgichi.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

30 Jan, 06:54


Ma’lumki Prezidentimiz tashabbusi bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida jamiyatda milliy vatanparvarlik ruhini oshirish va har-xil ma’naviy tahdidlardan saqlanish maqsadida bugunga kelib davlat idoralaridan tortib mahallalar kesimida ham keng targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda adashgan toifalar tomonidan insonlarni o‘zlariga og‘dirish va puch g‘oyalari bilan ularning ongini zaharlashga qaratilgan harakatlar barchamizni tashvishga soladi.

Bunday mafkuraviy xurujlar natijasida ba’zilar o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtidan, ota-onasidan tonib, unga xiyonat qilib, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum bo‘lib, insoniylik tabiatidan ham chiqib qolganini anglamay qolishi mumkin.

Muxtasar qilib aytganda, insonlarning ma’naviy olamida bo‘shliq bo‘lmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini oshirish va shakllantirish zarur hisoblanadi. Mazkur chora-tadbirlar asosida bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Andijondagi vakillari tomonidan "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida uchrashuv muloqoti o’tkazildi.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

30 Jan, 05:57


3-guruh nogironligi bor shaxs tomonidan Telegram tarmog‘ida yo‘llangan murojaat yuzasidan munosabat.

Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi nogironligi bor shaxs tomonidan o‘zi uchun guruh nogironligi nafaqasi berilmay kelayotgani borasida Telegram tarmog‘i orqali murojaat qilgan.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli xodimlar murojaat qilgan shaxsning nogironlik ma’lumotlari o‘rganildi. Bunda esa, Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi tomonidan 1992-yilda ko‘z kasalligi bo‘yicha umrbod 3-guruh nogironligi belgilangan va pensiya jamg‘armasi tomonidan nogironlik nafaqasi joriy qilingan.

2011-yilga kelib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan nogironlik nafaqalarini 1 va 2-guruh nogironligi bor shaxslarga tayinlanishi, 3-guruh nogironlik nafaqalari faqatgina “Chernobil AES”dagi halokat tufayli mayib bo‘lgan va kasallik oqibatida nogiron bo‘lib qolgan shaxslargagina tayinlanishi tasdiqlangan.

Shu sababli murojaat yo‘llagan shaxsga nogironlik nafaqasi tayinlash bekor qilingan. Bugungi kunda murojaat qilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida emas chet davlatda bo‘lganligi tufayli ko‘rishib muloqot qilish va ma’lumot berishning imkoni bo‘lmadi.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

30 Jan, 04:41


#Anons
Samarali va natijador o’zgarishlar: Adaptiv sport turlari

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

30 Jan, 04:21


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar asosida “Chuama” nogironligi bo’lgan ayollar uchun internat uyida sport musobaqalari o’tkazildi.

Kuni kecha Izboskan tumani sport maktabi direktori, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori birgalikda tumandagi “Chuama" uyida yashovchi l ayollar ishtirokida adaptiv sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil qilindi.

tadbir yakunida g‘olib bo‘lgan va ishtirok etgan qatnashchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

27 Jan, 14:01


#Andijon #FarovonlikSari

Andijon: “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida yangi bosqich!

🇺🇿 Andijonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

🖋 Yurtboshimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur Andijon viloyatida katta ijobiy o‘zgarishlarni boshlab berdi.

Mahalla miqyosda ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirildi, xususan:
1️⃣ Eng og‘ir sharoitdagi 1000 ta mahalla tanlab olinib, ulardagi kam ta’minlangan oilalarga e’tibor qaratilmoqda.
2️⃣ Viloyat va tuman darajasida 1 393 nafar rahbar va ularning o‘rinbosarlari 6 956 ta oilaga biriktirildi. Har bir rahbar 3 oy davomida 5 ta oilaga yordam ko‘rsatmoqda.

🖋 Ijtimoiy portretlar shakllantirilmoqda, bunda, kam ta’minlangan oilalar yagona savolnoma orqali baholanib, ularning ehtiyojlariga mos individual reja ishlab chiqilmoq. Mazkur rejalar ijtimoiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bandlik va ta’lim kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

↗️ 2025-yil rejalariga muvofiq, jami 32 559 ta oilani qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda esa 40 699 ta oila ijtimoiy himoya milliy agentligining yagona platformasi orqali ro‘yxatga olindi.

🏃 Ushbu keng ko‘lamli ishlar farovonlik sari qadam bo‘lib, Andijon aholisi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

27 Jan, 04:43


Ota-onalar va ularning imkoniyati cheklangan farzandlari uchun foydali bo‘layotgan "G‘amxo‘rlik guruhlari".

"G‘amxo‘rlik" guruhi faoliyati jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari mavjud, biroq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun qisqa muddatli parvarishlash va tarbiya berishga qaratilgan.

Ushbu kunduzgi guruhlarning yana bir muhim jihati va maqsadi shundaki, bunda
chuqur aqli zaif bolalarni parvarishlash, imkoniyati darajasida sog‘lomlashtirish harakatlaridan tashqari ota-onalarni bolalar qarovidan ozod qilgan holda ularning bandligini ta’minlash, daromadlarini yaxshilash, eng asosiysi ijtimoiy-iqtisodiy tomonlama oilalarning jamiyatdagi faolligini oshirishni o‘z ichiga oladi.

Viloyatimiz bo‘ylab jami 6 mazkur turdagi kunduzgi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Hozirga kelib joylardagi ushbu guruhlar yetarlicha ehtiyojmand oilalarning farzandlarini qamrab olmoqda.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

25 Jan, 13:59


Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari "Qum ko‘cha" mahallasida ish yuritdilar.

Og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi oilalar holatini yaxshilash, ijtimoiy masalalardagi murojaatlarni yaqindan o‘rganish, mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyatini ko‘zdan kechirish yuzasidan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari tomonidan Andijon tumanidagi "Qum ko‘cha" mahallasida ish tashkil qilindi.

Bunda, nogironligi bor shaxslar uyiga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz yashovchi keksalar xonadonlarga borildi va yaqindan muloqot qilindi.

Mas’ullar fuqarolardan o‘zlaridagi muammo va murojaatlari, qanday xizmatlar yoki ko‘maklar kerakli borasida so’z yuritib ish olib bordilar.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

25 Jan, 11:01


Katta yoshdagilar borasidagi ijtimoiy xizmatlar ko’rsatgichi.

Bugungi kunda viloyatimiz bo’ylab jami 3015 nafar o’zgalar parvarishiga muhtoj hamda yolg’iz yashovichi keksalar bor. Shulardan 328 nafar shaxslarga ijtimoiy assistent xodimlar biriktirilgan.

Shuningdek, ushbu toifadagi shaxslarga 10 yaqin imtiyozli xizmatlar ham ko’rsatiladi.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

24 Jan, 12:55


Yangi tashkil etilgan ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganilmoqda.

Joylarda tashkil qilingan yangi ijtimoiy xizmatlar bilan yaqindan tanishish va tajriba orttirish asosida Andijon viloyatining bir guruh mas’ul xodimlari Toshkent viloyatiga bordilar.

Xususan bunda, mas’ullar tomonidan og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yosh onalar va ularning farzandlariga g’amxo’rlik xizmatini ko’rsatadigan “Ona uyi”, 55 yoshdan yuqori yoshdagi ayollar uchun ijtimoiy-psixologik xizmatlarni bajaruvchi “Azizim” mehr markazi hamda nogironligi bor va sog’lom bolalarga zamonaviy kasblarni o’rgatuvchi “International inclusive hub” — xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazida bo’ldilar, bu joydagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib tajriba orttirdilar.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

24 Jan, 10:12


Lansarot konvensiyasi - Zo‘ravonlik va bolalarga nisbatan jismoniy hamda jinsiy tajovuzni oldini olishga qaratilgan eng muhim xalqaro hujjatlardan biri hisoblanadi. Uning to‘liq nomi – «Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya»dir. Bu konvensiya 2007-yilning 25-oktyabrida Lansarote shahrida (Ispaniya) qabul qilingan.

Asosiy maqsadlari:

Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va zo‘ravonlikdan himoya qilish;
Jinoyatlarning oldini olish va ularni aniqlash;
Jabrlangan bolalarga yordam ko‘rsatish va ularni reabilitatsiya qilish;
Hukumatlar va vakolatli organlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish.

Asosiy qoidalari:

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikning barcha shakllarini jinoyat sifatida tan olish;
Har bir davlatda bolalarga zo‘ravonlik qilgan shaxslarga qarshi samarali jazo choralarini ko‘rish;
Ta’lim va axborot kampaniyalari orqali jamoatchilikni xabardor qilish;
Bolalarni himoya qilish bo‘yicha qonunlar va amaliyotlarni muvofiqlashtirish.

Konvensiyaning ahamiyati:

Ushbu konvensiya Yevropa hududidagi davlatlarning bolalarni himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini kuchaytirishga qaratilgan. Konvensiyani imzolagan va ratifikatsiya qilgan davlatlar ushbu qoidalarga amal qilishga majburdir.

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilib, bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

24 Jan, 07:03


Ijtimoiy inspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Andijon tumanidagi 10 ga yaqin og‘ir toifadagi mahallalarning aholisining mavjud muammo va murojaatli masalalari bilan ishlash va ularni yechim sari yo‘naltirish harakatlari asosida bugun ushbu tumandagi 71-umumta’lim maktabi binosida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Mazkur jarayonlarda 40 dan oshiq fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

📝IHMA_Andijonviloyati

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

05 Jan, 14:31


Serqirra va matonatli Muhammadomil

Ushbu yigitning ko‘rish imkoniyati butkul cheklangan va hozirda 23 yosh. Suhbatdoshimiz musiqa, tarjimonlik, ta’lim dargohida dars berish hamda dublyaj kabi kasblarni o‘zida mujassam qilgan.

Videoning to‘liq formati tez kunlarda joylanadi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

05 Jan, 03:17


❗️ Bilasizmi?

🖋 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar to'g'risidagi ma'lumotlar quyidagi shaxslar va tashkilotlar tomonidan 24 soat ichida asoslantiruvchi hujjatlar bilan birga (shu jumladan, elektron shaklda) bola aniqlangan hududdagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yo'naltiriladi:

😲 ijtimoiy xodim, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi;
😲 ichki ishlar organlari;
😲 notariuslar;
😲sog'liqni saqlash organlari;
😲 sudlar;
😲 ta'lim muassasalari;
😲 fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari.

Vakolatli organga taqdim etiladigan ma'lumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun ma'lumotni kiritayotgan idoralarning rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

01 Jan, 09:20


#SARHISOB

🧠 2024-yil O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasida misli ko‘rilmagan yutuqlar va muhim tashabbuslarni amalga oshirish yili bo‘ldi. Mamlakatimizdagi davlat idoralari bilan boshlangan hamkorlik xalqaro maydonga quloch yozib, ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun qator uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazishga imkon berdi.

🖋 Muhtoj aholi qatlamlari uchun sifatli va zamonaviy ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish maqsadida yangi qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. Ushbu huquqiy bazalar aholining barcha toifalari, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, bolalar va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etdi.

🤝 Ijtimoiy himoya sohasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish va amalda qo‘llash uchun xalqaro maydonda hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston delegatsiyasi dunyoning turli davlatlarida o‘tkazilgan forum va konferensiyalarda ishtirok etib, ilg‘or tajribalarni o‘rgandi. Shu bilan birga, respublikamizga xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilib, ijtimoiy himoya sohasidagi muhim loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

2024-yilning natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy himoya sohasidagi mehnatlar va sa’y-harakatlar nafaqat mamlakatimiz fuqarolari hayotiga, balki xalqaro maydondagi nufuzimizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

↗️ Fuqarolar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida kelgusi yillarda ham izchil ishlar olib boriladi. Xususan, yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etilishi, huquqiy bazani takomillashtirish orqali aholining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan innovatsion dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

31 Dec, 19:10


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

31 Dec, 10:08


Aziz vatandoshlar!

Sizlarni Yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga yangidan-yangi muvaffaqqiyatlar, ijobiy o'zgarishlar va omad yor bo'lishini tilab qolamiz!

Barcha kelgusi ishlaringizda har qanday to'siqlarni mardonavor yengib o'tib, ezgu maqsadlar sari dadil odimlab boring. Omad hamisha hamrohingiz bo'lsin
.

Xonadonlaringizdan fayzu-baraka arimasin.

Yurtimizda tinchlik, xotirjamlik bardavom bo'lsin!


Hurmat bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Jamoasi!

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

29 Dec, 18:46


Ulg‘ay bolajonim,
Ulg‘aygin tezroq.
Sening yo‘llaringga
Yulduzlar mushtoq

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

29 Dec, 12:11


Andijon shahridagi viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosida "Prezident archasi" yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Albatta, har bir bayram bolalar bilan totli. Ularning xursandchiligi, quvonchi bizning baxtimiz. Yangi yil bayrami arafasida esa jajji bolajonlar ko‘ngliga shodlik ulashib, davlatimiz g‘amxo‘rligining ifodasi sifatida "Prezident sovg‘asi" tortiq qilinadi.

- Mazkur tadbir yurtimiz kelajagi bo‘lgan bolalar uchun alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikni ifoda etadi, - deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Akmaljon To‘lanov.

- Davlatimiz rahbarining qo‘llab-quvvatlashi ostida olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar, ayniqsa, bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli dasturlar buning yorqin misolidir.

Bayram dasturidan o‘rin olgan qorbobo, qorqiz hamda ertak qahramonlari ishtirokidagi teatr tomoshalari bolajonlar qalbiga unutilmas kecha bo‘lib muhrlandi.

Tadbir doirasida qo‘shiqlar, quvnoq o‘yinlar avj olib, beg‘ubor bolalikni yodga soluvchi ushbu lahzalarda barchaning ko‘ngli shodlikka to‘ldi.

Jajji o‘g‘il-qizlarni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Yangi yil bilan tabriklab, Prezident sovg‘alarini ulashdi. Bu kabi bayram tomoshalari viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

29 Dec, 06:06


Andijonmizida Prezident archasi tadbiri boshlandi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

26 Dec, 08:23


#No_comment

Ijtimoiy xizmatlar | Andijon shahar markazi

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

26 Dec, 06:50


#Parasport
#POM_RTV

Parasport
— bu faqat jismoniy imkoniyatlar bilan bog'liq bo‘lgan sport turi emas, balki cheksizlik, orzu va muvaffaqiyatga bo‘lgan cheksiz ishonchni ifodalaydigan bir dunyodir.

Bu sportda ishtirok etuvchi insonlar bizga ko‘pincha haqiqiy jasorat va jasur ruhni namoyish etadilar. Ularning yengilmas kuchi, qat'iyati va hayotga bo‘lgan kuchli muhabbati bizni o‘z imkoniyatlarimizni yana bir bor qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi.

Bugungi qahramonimiz — Mamatxonov Muhsinbek ham, yosh bo'lishiga qaramasdan qator yutuqlarga erishib, o'z tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelmoqda.

U joriy yilning 18-21 dekabr kunlarida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida para sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida faol ishtirok etib, PAUERLIFTING yo‘nalishida 54 kg vazn toifasida mutlaq g‘oliblikni, O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

Qahramonimiz shuningdek, hozirda Andijon davlat pedagogika Institutining 2-bosqich talabasi, PAUERLIFTING bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

🎬 Batafsil videoda...

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

25 Dec, 14:47


O‘zbekistonda ijtimoiy himoya bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar #Sarhisobi

🧠 So‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasi tizimini takomillashtirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan:

☺️ 2024-yilda Respublikadagi 208 tuman va shaharlarda "Inson" markazlari va mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tadbirlar doirasida 12 toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi.

🎅 Yolg‘iz yoki yakka yolg‘iz shaxslarni qo‘llab-quvvatlash uchun reyestr shakllantirilib, unga 2 429 nafar shaxs kiritildi. Ularga pullik ijtimoiy xizmatlar tashkil etildi. Shuningdek, 10 169 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza orqali nogironlik guruhlari aniqlandi.

🦽Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilib, ular uchun 30 turdagi protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari taqdim etiladi.

👂 Elektron savdo maydonchalari orqali 85 mingdan ortiq shaxslarga vaucherlar tarqatilib, ularning aksariyati buyurtma qilingan vositalarni olish imkoniga ega bo‘ldi.

👫 2021-yildan buyon hozirgi kunga qadar Yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 490 nafar bola davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlandi.

💵 Ijtimoiy nafaqalarni taqsimlash tizimi raqamlashtirilib, 1,7 milliondan ortiq oilalarga onlayn rejimda nafaqa tayinlash imkoniyati yaratildi. Kam ta’minlangan oilalar uchun avtomatik hisoblash tizimi yo‘lga qo‘yildi, bu nafaqa ajratish jarayonini sezilarli darajada yengillashtirdi.

🎬 Batafsil videoda…

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

25 Dec, 14:46


Asaka tumani 16-sonli ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan "Nurli maskan" maxsus maktab internatida bayramoldi konsert dasturi tashkil etildi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

25 Dec, 11:24


Boshqarma boshlig’i tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan Muhtaram Yurtboshimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘plab tashabbus va takliflar ilgari surilgan edi.

Jumladan, alohida ta’lim va parvarishga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun Davlat xususiy sherikchilik shaklidagi nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish masalalari ham bundan o‘rin olgan.

Mazkur masalalar asosida bugun boshqarma boshlig‘ining tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Jarayonlarda "kunduzgi parvarishlash guruhlari"ni ochish istagida bo‘lgan va yo‘lga qo‘yish taklifiga e’tibor qaratgan bir guruh faol tadbirkorlar bevosita ishtirok etdilar.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

24 Dec, 13:08


#Anons
Andijon farzandi yuksak marralarda

Yakuniga yetayotgan yilning 18-21 dekabr kunlarida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida para sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada andijonlik Mamatxonov Muhsinbek ham faollik bilan ishtirok etib para sportning PAUERLIFTING yo‘nalishida 54 kg vazn toifasida mutlaq g‘oliblikni, O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, sportchimiz hozirda 18 yosh va Andijon Pedagogika Institutining 2-bosqich talabasi, PAUERLIFTING bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

23 Dec, 15:52


Viloyatimizning vaucher tizmi orqali protez-ortopediya mahsulotlari va Reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini muhtoj shaxslarga yetkazib berish ko’rsatgichi.

Bugungi kun holatiga ko’ra

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

22 Dec, 22:19


Prezident sovg‘alari Andijonga yetib keldi

Ushbu sovg‘alar viloyatimizdagi internat uylarining tarbiyalanuvchilariga, ota-ona qarmog‘idan erta mahrum bo‘lgan bolalar, yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlariga yetkaziladi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

21 Dec, 14:56


Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

21 Dec, 13:09


Mahalla yettiligi — xalqimiz ishongan tizim

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mahallaning xalq va davlat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, yangicha tizim – “Yettilik” yaratildi.

Hozirda “Mahalla yettiligi” xalqimizning manfaat va ehtiyojlarini inobatga olgan holda faoliyat olib bormoqda. Ayniqsa, yoshlar yetakchisi mahalladagi yoshlarning bandligi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun samarali ishlarni tashkil etmoqda.

Ushbu videolavha orqali “Mahalla yettiligi”ning faoliyati haqida ma’lumot beradi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

21 Dec, 10:44


Agentlik huzuridagi ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i navbatdagi manzil, Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatiga keldi.

Agentlik tasarrufidagi maktab internatlari faoliyatini yaqindan o‘rganish, ta’lim dargohlaridagi o‘tilayotgan dars jarayonlari, o‘quv binolarining ichiki holatlarini ko‘zdan kechirish hamda ushbu yerda tashkil etilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish uchun mas’ullar ushbu yerda faoliyat yuritmoqdalar.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

21 Dec, 08:25


Xo’jaobod tumanining kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarning mavjud takliflarni tinglash, ehtiyojmand shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarda yuzaga chiqayotgan muammoli holatlarni atroflicha muhokama qilish va shu kabi bir qator masalalar yuzasidan Xo’jaobod tumani hokimligida uchrashuv muloqoti bo’lib o’tdi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

21 Dec, 07:11


Aholi murojaatlari bilan yaqindan ish olib borish, ularni yechim sari yo’naltrish masalalari yuzasidan mutasaddi rahbarlar boshchiligida qabul o‘tkazilmoqda.

Ijtimoiy himoya sohasiga oid bo‘lgan bir qator masalalar hamda murojaatlar bo‘yicha agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan Xo’jaobod tumani hokimligida uchrashuv qabuli tashkil etildi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

08 Dec, 06:32


💚💚💚
📎Uy-joy sharoitini yaxshilash uchun ehtiyojmand oilalarga imtiyozli asosda 120 mln so'mgacha kredit beriladi

🗂Prezidentning 30.04.2024-yil kungi PF-70-son Farmoniga asosan,

🫥 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etilishi belgilangan.

😃Bunda:

🫥ipoteka kreditlari 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ajratiladi;

🫥ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanadi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

08 Dec, 04:45


Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Har bir xalqning bu dunyoda borligini tili, qadriyatlari va davlat ramzlari bildirib tursa, yashash, ishlash, munosib dam olish huquqlarini Konstitutsiya qonun bilan mustahkamlab, asoslab beradi.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi oʻzbek davlatchiligi tajribalari asosida insonparvarlik tamoyillari, demokratiya va ijtimoiy adolat, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari, demokratik huquqiy davlat barpo etish maqsadini ifodalashi bilan alohida ajralib turadi.

Tizimimizdagi tashkilotlarda, milliy madaniyat markazlarida turli millat vakillari faoliyat olib boradi. Ular oʻz tillarida soʻzlashadi, bilim oladi, turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar faol ishtirok etadi. Eʼtiqod erkinligiga aslo daxl qilinmaydi.

Ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar har bir fuqaro teng huquqlidir. Buni hayotbaxsh Konstitutsiyamizning “qalblarga manzur jilosi” deb tushunsa boʻladi.

Barchangizni Konstitutsiya kuni bilan qutlaymiz!

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

06 Dec, 16:56


#POM_RTV

🖋 Xabaringiz bor, joriy yilning 27-fevral kuni "Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-88-son qaror tasdiqlandi.

Yangi raqamli tizim joriy etilishi bilan muhtoj shaxslarni zarur vositalar bilan ta’minlash jarayoni ancha soddalashdi, Jumladan:

🤔Endi muhtojlik nogironlik bilan bir vaqtda axborot tizimi orqali aniqlanmoqda. Fuqarolarga zarur vositalarni xarid qilish uchun onlayn-vaucher shakllantiriladi va ularga SMS hamda ijtimoiy xodimlar orqali xabar beriladi.

🤔Ta’minot muddati protezlar uchun 67 kundan 17 kunga, reabilitatsiya vositalari uchun 52 kundan 11 kunga qisqardi.

Hozirgi vaqtga kelib 82,8 mingdan ortiq vaucher shakllantirilib, 48 ming kishiga barcha zarur vositalar berildi, 100 dan ortiq tadbirkor platformada 424 turdagi mahsulotlarni joylashtirdi.

💵 Fuqarolarga olgan mahsulotlari uchun 39 ta tadbirkorga 62,7 mlrd so‘m mablag‘ avtomatik tarzda tasdiqlangach, 10 kun muddat ichida o‘tkazib berildi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

06 Dec, 15:57


Yaqinlashib kelayotgan 8-dekabr - "O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni" hamda "Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

06 Dec, 13:29


Bu yil mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh gʻoya asosida keng nishonlanadi.

Yangi Oʻzbekiston hayotining turli sohalarida izchil davom etayotgan keng koʻlamli, qamrovdor va shiddatli islohotlar natijalarini mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.
Kelayotgan qutlugʻ sananing 32 yilligi munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyat boshqarmasida tantanali tadbir tashkil etildi.

Konstitutsiyamizda davlat va jamiyat taraqqiyotining huquqiy mafkurasi, xalqimiz Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida tayanadigan konstitutsiyaviy qadriyatlar va tamoyillar qatʼiy belgilab berilgani bu fikrning yaqqol isbotidir.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

26 Nov, 11:33


Xalqimizda azaldan oila yuksak qadriyat hisoblangan. Har qanday sharoitda ham oilani saqlab qolish uchun mas’uliyat yuqori bo‘lgan. Oila jamiyatning kichik bir bo'lagi bo‘lib, jamiyatning rivojlanishida, farovon va barqaror bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Oila – jamiyat va davlat himoyasida. Zero, oilaga muntazam g‘amxo‘rlik qilish, unga moddiy, ma’naviy ko‘mak berish insonparvar demokratik huquqiy davlatning muhim vazifalaridan biridir.

Ayni kunlarda Andijonda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi hamda “YUNISEF” bolalar jamg’armasi bilan hamkorlikdaO'zbekistonda oilani mustahkamlash va qo'llab-quvvatlash xizmatlarini rivojlantirish mavzularida seminar-treninglar o'tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlarda mahallalardagi kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlar, xotin-qizlar faollari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etmoqda.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

26 Nov, 09:56


#Information

Andijon viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandlik ko‘rsatgichi.

Bugungi kun holatiga ko‘ra.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

26 Nov, 09:09


Ayollarga nisbatan zo'ravonlik tenglik, taraqqiyot va tinchlik, ayollar va qizlar huquqlariga erishish yo'lidagi to'siqdir. Barqaror Taraqqiyot Maqsadlarining asosiy tamoyiliga – hech kimni ortda qoldirmaslik – ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham bermasdan turib, erishib bo‘lmaydi.

Zo'ravonlikning psixologik, jinsiy va reproduktiv salomatlik uchun salbiy oqibatlari ayollar hayotining barcha bosqichlarida ta'sir qiladi. Masalan, qizlarning erta ta’lim olishini cheklash nafaqat umumiy ta’lim olish va qizlarning ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarishga asosiy to‘siq bo‘lib qolmay, balki kelajakda oliy ta’lim va mehnat bozoriga kirishni ham cheklaydi.

Bugun Andijon ayollarni reabilitatsiya qilish markazi tashabbusi bilan Z. M. Bobur nomidagi viloyat kutubxonasida Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda Andijon shahar pedagogika kolleji hamda Andijon Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining o'quvchilari ishtirok etdilar. «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!» shiori ostida o‘tkazilgan davra suhbati ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va kamsitishlarga qarshi kurashish, shuningdek ayollarning huquqlarini himoya qilish masalalariga jamoatchilikning eʼtiborini jalb qilishga qaratilgan.

Tadbir davomida tashkilotchilar ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va kamsitishlarga qarshi kurashishga qaratilgan qonun hujjatlarini batafsil tushuntiriib o'tdilar.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

26 Nov, 08:34


🎗“Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan “16 kun zo‘ravonliksiz!” aksiyasi jahonning 187 ta mamlakatida o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonda ham ushbu aksiya 25-noyabr kuni start oldi

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

25 Nov, 11:42


Barchasi Inson uchun!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan parvarishlash guruhlari bugungi kunda ehtiyojmand shaxslarga yuqori darajadagi manfaatlarni taqdim etmoqda.

Birgina Andijon viloyatidagi ushbu guruh tarbiyalanuvchilarining ota-onalari bunday shakldagi kunduzgi bog‘chalar xizmati oilalar uchun katta yordam bo‘layotganligini samimiy tarzda bildirmoqdalar.

Ushbu lavhadagi chuqur aqli zaifligi bor bolasi bo‘lgan oila mazkur guruhga farzandini bergani natijasida oilasining ijtimoiy-iqtisodiy taraflari anchayin yaxshilanishiga sabab bo‘ldi.

Ya’ni, farzandi tug‘ilganidan boshlab to‘rt yil mobaynida uning qarovi bilan shug‘ullanib kelgan ona bugungi kunda o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Oilaning daromadi oshdi, katta farzandlarining oliy ta’limda o‘qishi uchun imkon bo‘ldi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

25 Nov, 08:42


25-noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni

BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni sifatida belgilangan.

📍Ayollarga qarshi zo'ravonlik tenglik, taraqqiyot va tinchlikka erishish yo'lidagi to'siqdir. Taraqqiyot yo'lidagi aniq maqsadlarga xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikka barham bermasdan turib erishib bo'lmaydi!

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

25 Nov, 03:55


#ZuravonlikOqlanmaydi
#16KunFaollik

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

24 Nov, 13:59


"Muruvvat" uyining parasportchi bolalari

Joriy yilning 16-20 noyabr kunlari Toshkent viloyatida joylashgan Respublika o‘quv-mashg‘ulot sport bazasida yoshlar o‘rtasida Para yengil atletika sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada viloyatimizdagi "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyining 4 nafar bolalari viloyat terma jamoasida ishtirok etdi. Bo‘lib o‘tgan chempionatning yakuniy natijalariga ko‘ra 2 nafar sportchi bolalarimiz faxrli 2 va 3 o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqaning avvalgi yilida viloyat terma jamoasidagi 4 nafar bolalarning barchasi faxrli 1-2-3 o‘rinlarini egallashgan.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

23 Nov, 15:46


🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🛡Homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi

“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-185-son, 14.11.2024-y.) qabul qilindi

📌Farmonga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

📌mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam taʼminlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi;

📌yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarga taʼlim olish, bandligini taʼminlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam koʻrsatiladi;

📌tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi;

📌bosqichma-bosqich Andijon viloyati, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etiladi;

📌“Mehr daftari” jamgʻarmalari tugatiladi.

🗂2025-yil 1-fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi boʻlgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi.

➡️“Onalar maskani”da:

🔼onalar va ularning bolalari (4 yoshga toʻlmagan) 1 yilgacha boʻlgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan taʼminlanadi;

🔼ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, onalik va kasbiy koʻnikmalar shakllantiriladi;

🔼onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

23 Nov, 11:41


Azal-azaldan xalqimizda keksalarni yoʻqlash, koʻnglini koʻtarish, holidan xabar olishdek ibratli amallar bor.

Bugun yurtimiz boʻylab keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish maqsadida Andijon Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining bir guruh oʻquvchilari Andijon viloyati Ijtimoiy-qoʻllab-quvvatlash markazida istiqomat qiluvchi nuroniylarni yoʻqlab borishdi.

Keksalarga koʻrsatilayotgan ehtiromda ularning salomatligidan boxabar boʻlish, zarur tibbiy muolajalarni vaqtida koʻrsatishning oʻrni boʻlakcha. Shu bois, gerantologiya va qarilikni oldini olish hamda toʻgʻri ovqatlanish mavzusida dildan suhbatlashdilar.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

19 Nov, 13:58


Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobga bo'lgan qiziqishni uyg'otish o'z navbatida psixologiya, bolalar xarakteristikasini bilmay turib amalga oshmaydi. Chunki har bir bola o'z shaxsiyat va dunyo qarashga ega.

Shaxs kamoloti va uning taraqqiy etishida psixologiyaning o'rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bolalarni kitob
o'qishga qiziqtirishda psixologiya eng asosiy omil hisoblanadi. Andijon sharidagi 31-ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan ham shu kabi mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda endigina narsalarni idrok etish, fikrlash tasavvur etish shakllanib boradi. Ular kitoblardagi qahramonlarning qiziqarli qiliqlari, kulgili voqea-hodisalarni, tasodiflarni ko'proq eslab qoladilar. Agar tarbiyachi kitobni ovozli o'qib ularning diqqatini o'qilgan narsaga tortib tushuntirib bersa, bolalar uni eslab qoladilar.

Bu yoshdagi bolalar o'yin orqali voqea -hodisalarni, kishilarning xarakteri va munosabatlarini bilib oladilar ko'rgan eshitgan, o'qigan narsalardagi holatlarni, kishilarni, hayvonlarni “yaxshi” va “yomon”ga ajratib, o'z munosabatlarini bildiradilar. Ularni o'rab turgan
muhit, tabiat va undagi hayvonlar, o'simliklar qiziqtiradi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

19 Nov, 13:14


Bolalar psixologik tibbiy pedogogik komissiya tekshiruvidan o‘tdi

Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga samarali ta'lim, tarbiya berish, ijtimoiy moslashuvini yaratish uchun uning rivojlanish imkoniyat va xususiyatlarini to'g'ri baholay olishga bog'liqdir.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyat boshqarmasi huzurida navbatdagi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya o‘tkazildi.
Komissiya 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan mustaqil ta’lim olishga ehtiyoji bor bolalarni kompleks psixologik-tibbiy-pedagogik tekshiruvdan o‘tkazib, davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yuborish uchun xulosa beradi.

Shunga muvofiq viloyatda 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tekshiruvdan o‘tkazilib, kasallik tashxisi bo‘yicha ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida inklyuziv sharoitda ta’lim olishga tavsiya etilmoqda.

Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga samarali ta'lim - tarbiya berish, ijtimoiy moslashuvini yaratish uchun uning rivojlanish imkoniyat va xususiyatlarini
to'g'ri baholay olishga bog'liqdir.

Rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning nutqini rivojlantirishda tasviriy faoliyatning o'rni katta. Bolalar tasvirlashga qiziqishlari yuqori bo'lganligi sababli biror buyum yoki narsani tasvirlash jarayonida nomini qayta-qayta takrorlash, tasvirlanish va nomlanishi murakkab buyum va narsalardan boshlamaslik kerak.
Ba'zi bir holatlarda nutqida muammosi bor bolalar bilan shug'ullanishning o'zi katta samara bermaydi.

Bolani erta tashxis qilib o'rganishning muhimligi shundaki, u orqali bolani korreksion ta'limga vaqtida yo'naltirib, ikkilamchi nuqsonlarni paydo bo'lishini oldini olish mumkin. Bolaning imkoniyatlariga baho berish hamda psixik rivojlanishini aniqlash orqali korreksion pedagogik ishning vazifalarini hal etish mumkin.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

18 Nov, 17:05


🗣💬👍
Yoy faqat ortga tortilib otiladi. Hayot seni orqaga tortsa, demak, seni katta ishlarga boshlaydi. Moʻljal olishda davom etgin.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

18 Nov, 10:27


🧒Aqliy tarbiya berishdan ko’zlangan maqsad maktabgacha yoshdagi bolalarni tevarak–atrofdagi hayotning eng oddiy hodisalari haqida turli tasavvurlar hosil qila olishga o’rgatib borishdan iborat.

🍃Tabiat vositasida bolalarga aqliy tarbiya berish biz yashaydigan muhitdagi o’simlik va hayvonot olami bilan tanishtirish, jonli-jonsiz tabiat haqida tushuncha berish , uning elementlari, tabiatda bo’ladigan hodisalar, yomg’ir, yulduzlar, oy, yer haqida tushunchalarini mashg’ulot vaqtida so’rab bilish mumkin.

Bola-tevarak atrofdagi narsalar, ularning shakli, rangi, katta-kichikligini ko’rib ular to'g'risida fikr yuritadi. Avvalo tabiat bilan tanishtirishning eng oddiy tushunchalaridan boshlab
tabiat haqidagi ilmiy dunyoqarashlar hosil qilinadi.

Natijada bolalarda ko’rgazmali
obrazli, ko’rgazma harakatli tafakkur rivojlanadi.
Buning ahamiyati shundaki, tanishtirilgan tabiatning har bir vositasi bola ongida, fikrida mustahkam iz qoldiradi. Andijon sharidagi 31-ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ham tabiat bilan yanada yaqindan tanishmoqdalar.

Bog’cha yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirishning o’ziga xos tarbiyaviy xususiyatlari bor. Bu jarayonni turli vositalar, metodlar, yo’llar bilan amalga oshirish mumkin. Masalan, bolalarni ekskursiya, kuzatish, sayr qildirish orqali tabiat bilan tanishtirish mumkin.

Ushbu muassasa tarbiyalanuvchilari esa bog'cha hovlisida sayr qilib, kashtan yong'og'ini o'rgandilar. Bu hammaga tanish, ma’lum bo’lgan metodlardir. Faqat ana shu metodlarni takomillashtirish, ma’lum bir maqsadga qaratish, tabiat bilan tanishtirilganda bola ongida u haqida yangi bir tushuncha, yangi bir g’oya qolmog’i kerak.

Shuning uchun ham tarbiyachilar izlanuvchan, o’z ustlarida tinimsiz ishlaydigan, unga topshirilgan vazifaning qanchalik muhim ekanligini his qilgan kishilar bo’lishi kerak.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

18 Nov, 09:55


🧠Xonobod shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi mahallada kompleks xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim lavozimi uchun suhbat jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Ochiq tanlovlarni tashkil etishda Komissiyaning vazifalari nimadan iborat ekanligini bilasizmi?

🔮Davlat organida tanlovlarni oʻtkazish uchun doimiy faoliyat yurituvchi Tanlovlarni tashkillashtirish va oʻtkazish komissiyasi tuziladi.

Tanlov komissiyasining tarkibi davlat organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov oʻtkazilayotgan davlat organining kadrlar boʻlinmasi tanlov komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.

📶 Tanlov komissiyalari vakolatlari:

📎 nomzodlarning vakant lavozim malaka talablariga mosligi boʻyicha xulosa berib, tanlovlarning test bosqichiga oʻtgan nomzodlarni belgilaydi;
📎 vakant lavozim xususiyatidan kelib chiqib, test sinovlari natijalarini ijobiy deb topish uchun 56 foizdan yuqori ball belgilashi mumkin;
📎 tanlovlarning suhbat bosqichini intervyu yoki taqdimot kabi usullar asosida oʻtkazadi;
📎 suhbat natijasi boʻyicha har bir Tanlov komissiyasi aʼzosi nomzodlarni baholaydi;
📎 suhbat natijasiga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan nomzodni tanlov gʻolibi deb topadi. suhbat natijasiga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan nomzodni tanlov gʻolibi deb topadi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

10 Nov, 12:17


O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan;

Djurakulova Jamila Botirovna – Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari (nogironligi bo‘lgan shaxslarni funksionalligini baholash sho‘basi mudiri)

"O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

10 Nov, 05:06


Inson qadri salomatlikdan boshlanadi

Qadrli shifokorlar, dunyoda inson salomatligi uchun masʼul boʻlgan, ular umrining bardavom boʻlishi uchun jon kuydirishga tayyor tibbiyot xodimlari!

Bemorlarni nafaqat dori-darmon, balki shirin soʻz, qaynoq mehr bilan darddan forigʻ etishga, malham boʻlishga shoshilgan sizdek jonkuyar insonlarga har qanday eʼzoz, ehtiromlar yarashadi.

Sharafli va mashaqqatli mehnatlaringizda ulkan zafarlar tilab, oʻzlaringizga ham mustahkam sogʻliq, oilalaringizdan halovat arimasin, deymiz.

Hamisha xalqimiz ardogʻida boʻling, aziz tibbiyot xodimlari!

Hurmat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi jamoasi!

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

09 Nov, 12:40


🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

📀Voyaga yetmagan shaxsni olib chiqish

Bolaning yoshidan qaʼti nazar, dunyoning istalgan mamlakatiga olib chiqish uchun unga biometrik pasport rasmiylashtirish kerak. Bunda ota-onaning biometrik pasportiga bolani yozish nazarda tutilmagan.

📀Ota-onaning roziligi

Boshqa mamlakatga doimiy yashash uchun chiqishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab etiladi.

Doimiy yashash uchun chiqishda ota-onadan birining roziligi boʻlmasligi yoki bolani olib chiqishga qoʻyilgan taqiq ichki ishlar organlari tomonidan biometrik pasportni rasmiylashtirish yoki davlat chegarasini kesib oʻtishni rad etishga sabab boʻlishi mumkin.

Bolani olib chiqishga taqiq ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

📀Biometrik pasportni olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi

belgilangan shakldagi ariza-anketa;
biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar uchun tugʻilganlik haqida guvohnoma;
ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud boʻlgan taqdirda);
vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida);
harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari boʻlimining belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi — harbiy xizmatga majburlar uchun;
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya;
ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi — voyaga yetmaganlar uchun;
fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga yetmaganlar uchun.

📀Qoʻshimcha tavsiyalar

xorijga safar qilishda fuqarolarga boradigan davlatning diplomatik yoki konsullik muassasasining veb-saytida davlat qoidalarini oʻrganish;
bundan tashqari, chet elga borishdan oldin, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining manzillari va telefon raqamlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi lozim boʻlgan davlatda ham tavsiya etiladi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

09 Nov, 10:05


Jalaquduq, Xo’jaobod va Marhamat tumanlarida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan kouching o’quv-seminari o’tkazilgan edi.

Jarayonlarda mutaxassislar ushbu tashabbusdan ko'zlangan maqsad avvalo ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni odamlarga yanada yaqinlashtirish ekanligini ta'kidlab, "kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash, sixatgohlarga yoʼllanmalar olish, “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasidan yordam koʼrsatish shuningdek, reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi 204-son qarorining qisqacha mazmun-mohiyati" haqida ma'lumot berdilar.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

07 Nov, 11:38


🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

❗️Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar

🔹Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qoʻshimcha qabul kvotasi ajratiladi.

🔹 Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

🔹I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat koʻrsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

🔹Nogironligi boʻlgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

🔹Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul koʻrsatiladi.

🔹 I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli roʻyxatga kiritilgan.

🔹Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.

🔹 Nogironligi boʻlgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sogʻlomlashtirish huquqiga ega.

🔹 I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

🔹Mehmonxonalarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

🔹Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda koʻchiriladi.

🔹Nogironligi boʻlgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (18 mln 750ming soʻmgacha) subsidiya ajratiladi.

🔹I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yer soligʻidan ozod qilinadi.

🔹Byudjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shugʻullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi boʻlgan bolalar toʻlovdan ozod etiladi.

🔹Bolalikdan nogiron boʻlganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 465 ming soʻm) miqdoridagi mablagʻlari daromad soligʻiga tortilmaydi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

07 Nov, 10:58


Andijon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mas’ul xodimlari boshchiligida shahardagi 1-oilaviy poliklinika markazida ota-onasidan erta ajralgan, vasiylikka olingan hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik o’tkazildi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida barcha bolalar laborator tekshiruvlardan o‘tkazildi. Tibbiyot xodimlari tomonidan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xususan jismoniy faollikni oshirish, muntazam ravishda har kuni ertalab va kechki ovqatdan so‘ng piyoda yurish, zararli odatlardan voz kechish yuzasidan maslahatlar berib o'tildi. Shuningdek, sog‘lom ovqatlanish tamoyillari bo‘yicha batafsil tushuncha berib o‘tildi. Bolalarga ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini muntazam bajarib borishlari, tozalikka rioya qilishlari, uyqudan oldin va ertalab tishlarini yuvish lozimligi ta'kidlandi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

24 Oct, 06:23


Saylov-2024

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 oktyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatiligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

22 Oct, 13:40


Nogironligi bor shaxslardan xabar olish ularga mehr koʻrsatish xalqimizga xos ezgu fazilat.
Keyingi yillarda milliy mentalitetimizga mos tarzda hayotbaxsh islohotlar amalga oshirilimoqda.

Bu borada Izboskan tumanida joylashgan Chuama ayollar “Muruvvat” uyida ham tizimli sa'y-harakatlar olib borilmoqda.
Kuni kecha ushbu maskanda istiqomat qiluvchilarning 21 nafari oʻz oilalariga qaytarildi.

Bu haqda yuqoridagi lavhada batafsil tanishishingiz mumkin.

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

21 Oct, 02:04


Ona tilim, omon bo’l

21-oktabr “O’zbek tili bayrami kuni”

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

20 Oct, 14:24


“Yashil makon” umummilliy harakatining kuzgi mavsumi joylarda davom etmoqda.

Qo’rg’ontepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 50 dan oshiq manzarali daraxt ko’chatlari “Muruvvat” nogironligi bo’lgan bolalar uchun internat hovli maydoniga ekildi

Mazkur harakatlar viloyatimiz bo’ylab qizg’in suratda amalga oshirilmoqda.

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

19 Oct, 13:12


“Yashil makon” umummilliy harakatining kuzgi mavsumi joylarda start oldi.

Andijon tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 40 ga yaqin archa ko’chatlari “Muruvvat” nogironligi bo’lgan bolalar uchun internat uyining hovli qismiga hayrli niyatlar bilan yerga qadaldi.

Mazkur harakatlar viloyatimiz bo’ylab davom etadi.

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

18 Oct, 15:35


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish belgilangan.

Yurtimizdagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Bugun yurtimizda keng tus olgan “Yashil makon” umummilliy harakatining maʼno-mazmuni, maqsadi ham yurtimizda yashillikni kengaytirish barobarida tabiatni asrash, ekologiya musaffoligini saqlashga qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan ushbu xayrli tadbirlarda barcha yurtdoshlarimiz faol ishtirok etishmoqda.

Ayniqsa, bu borada viloyat Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi, Boʻtaqora erkaklar “Muruvvat” internat uyi hamda Chuama ayollar “Muruvvat” uylari jamoalarining saʼy harakatlarini ham alohida taʼkidlash zarur.

Kuni kecha tashkil etilgan ommaviy hasharda har bir muassasa hovlilarida 1000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Tabiatda yashil hududlar kengaysa, yashil qalqonlar shakllantirilsa, bundan faqat foyda koʻramiz, rohatlanamiz, bashariyat kelajagi mustahkamlanadi.

Demakki, yurtimizda keng quloch yoygan “Yashil makon” umummilliy loyihasi nafaqat bugunimizga balki, yaqin va uzoq kelajagimizga daxldor hayotiy harakatdir.

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

17 Oct, 12:03


Shaxmat – tafakkurlar to‘qnashuvi

Shaxmat kabi asrlar davomida yashab kelayotgan oʻyin turi boʻlmasa kerak. U “shohlar oʻyini” deb ataladi, chunki u oʻyinlarning shohi hisoblanadi. Shuningdek, shaxmat bizga maʼlum eng qadimgi oʻyin boʻlishi mumkin. Sababi ayrimlar uni taxminan 5000 yoshda deb daʼvo qiladi. “Shaxmat” soʻzi forscha “shoh mot” soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, “shoh oʻldi” degan maʼnoni anglatadi.

Bugun Andijon shahridagi Nuroniylar maskanida shaxmat musobaqalari bo'lib o'tdi. Unda nuroniylar, yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir doirasida nuroniy shaxmat ustalari tomonidan mahorat mashqlari o'tkazildi.

Amerikalik siyosiy arbob va olim Benjamin Franklin ta’biri bilan aytganda, olmos jilolanib briliantga aylanganidek, shaxmat bilan shug‘ullanish aqliy imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi.

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

17 Oct, 10:43


Hayotidan rozi bo’layotgan insonlar

Ehtiyojmand aholiga manzilli ijtimoiy xizmatlar | keys menejment usuli orqali.

Jalaquduq tumanining ijtimoiy xodimlari misolida.

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

17 Oct, 08:01


🌍 17 oktyabr - Kambag’allikka barham berish xalqaro kunini nishonlashda biz bilan birga bo'ling

Inklyuziv va farovon jamiyat yaratish bo‘yicha umumiy missiyamiz doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi BMTTD, Savdo-sanoat palatasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda bir qator tashabbuslarni amalga oshirish orqali “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturiga hissa qo‘shishdan mamnunmiz. 17-oktyabrdan boshlab tashabbuslar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

🟢Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
🟢Bepul Kompyuter savodxonligi va AT kurslari
🟢Bepul Elektron tijorat va onlayn bozor boʻyicha treninglar
🟢Tadbirkorlar uchun 5 kunlik Digital4Business o‘quv dasturi.
🟢Mahalliy hunarmandlar va tikuvchilar tomonidan o'tkaziladigan kasbiy o'quv mashg'ulotlari
🟢Fermerlar uchun yer yetishtirish va mahsulot marketingi bo‘yicha trening.
🟢Tadbirkorlik bo'yicha master-klass
🟢#MenUddaladim_senchi? PR kampaniyasi

💡Barqaror imkoniyatlar yaratish va oilalarni kambag’allikdan olib chiqish uchun birgalikda harakat qilayotganimizda bizga qo‘shiling! 💪

Ishtirok etish uchun hududingizdagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling.
____

🌍 Присоединяйтесь к нам, чтобы отметить Международный день борьбы за ликвидацию нищеты – 17 октября

В рамках нашей общей миссии по созданию более инклюзивного и процветающего общества Национальное агентство социальной защиты в партнерстве ПРООН в Узбекистане, ТПП и министерством занятности и сокращения бедности рады внести свой вклад в программу «От бедности к процветанию» путем реализации ряда инициатив. Начиная с 17 октября, инициативы будут включать:

🟢Ярмарка вакансий
🟢Бесплатные Курсы компьютерной грамотности и IТ
🟢Обучение электронной коммерции и работе на онлайн-рынке
🟢5-дневная программа обучения Digital4Business
🟢Профессиональное обучение местными ремесленниками и портными
🟢Обучение по обработке земли и маркетингу продукции для фермеров
🟢Мастер-класс по предпринимательству
🟢#ЯCмог_ аТы? PR-кампания

💡Присоединяйтесь к нам, и мы вместе будем работать над созданием устойчивых возможностей!

Для участия обратитесь в центры социальных услуг "Инсон" в регионах

#EndPovertyDay

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

15 Oct, 11:30


📝Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga asosan ehtiyojmand toifadagi oilalar uchun kommunal xizmatlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarni qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovi joriy etilgan.

💳Ushbu kompensatsiya toʻlovi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalar bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda reestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qoʻshimcha ehtiyojmand oilalarga berilishi belgilangan.

“Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qoʻshimcha roʻyxatdagi ehtiyojmand oilalar soni tegishli mahalladagi reestrga kiritilgan oilalar sonining 15 foizidan oshmasligi belgilangan.
📊Andijon viloyati boʻyicha “Mahalla yettiligi” tomonidan reestrga kiritilmagan 14 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarning qoʻshimcha roʻyxatlari shakllantirildi.

📈Joriy yilning noyabr oyida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida turgan 99 494 nafar oila hamda reestrga kiritilmagan 14 mingdan ziyod oilalarga 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi.

Gaz va svetdan bazaviy me’yordan ortiq foydalanilganda xarajatlarning bir qismi qoplanadi

🔝Ushbu oilalarga elektr energiyasi uchun oyiga belgilangan bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha hamda tabiiy gaz uchun oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha oshgan isteʼmol uchun narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.

💵Mazkur kompensatsiya to‘lovlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali to‘lab beriladi.

📝 Telegram | 💻 Instagram

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

15 Oct, 09:46


“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining psixologlari uchun seminar-trening tashkil etildi

Agentligi tizimidagi xodimlarini bilim-ko’nikmalarini qayta tayyorlash, ularning ish malakalarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan joylardagi Ijtimoiy xizmatlar markazlarining barcha psixolog guruhlari uchun 3 kunlik seminar tashkil etildi.

Seminar “Bolalar va kattalarni psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar” mavzusi bo’yicha o’tkazilmoqda.

Trening jarayonlari psixologlar guruhi xodimlarining fuqarolar bilan ishlashda maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hamda sifatli ish olib borishiga qaratilgan va maqsad qilingan.

📝 Telegram | 💻 Instagram