ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI @zarafshon_shahar_axborot_xizmat Channel on Telegram

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

@zarafshon_shahar_axborot_xizmat


Veb-sayt: www.zarafshon.uz
Facebook: https://www.facebook.com/dilafruz.bahronova.9
Telegramm: https://t.me/zarafshon_shahar_axborot_xizmat
Twitter: https://twitter.com/axborotxizmat/
You tube: https://www.youtube.com/@zarafshon_uz

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI (Uzbek)

Salom, Zarafshon shaharining axborot xizmati telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda siz Zarafshon shaharining eng so'nggi yangiliklari, hokimlik faoliyati, jamoat hayoti, ijtimoiy tadbirlar, va boshqa bir qancha ma'lumotlar haqida eng to'liq va tezkor bilib olasiz. Zarafshon shaharining hokimligi matbuot xizmati kanali sizga shaharimizda yuz berayotgan yangiliklardan birinchi bo'lib xabar beradi. Har kuni eng so'nggi va eng maqol matbuot xabarlari bilan yana bir qadam oldinga chiqing. Bu kanal orqali siz hokimlikning faoliyatini yaqinroq tanishishingiz mumkin va shahrimizdagi yangiliklar bilan doimiy ravishda aloqada bo'lasiz. Telegramdagi Zarafshon shahar hokimligi matbuot xizmati kanaliga azira qo'shilish orqali siz bilan birga shahrimizdagi eng so'nggi va eng ma'lumotli yangiliklarni har doim o'z vaqtingizda hamda tezkor bilib olasiz. Ro'yxatdan o'ting va zarafshon shahar hokimligi matbuot xizmati kanalining imkoniyatlaridan foydalanishni boshlang!

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

19 Feb, 11:44


📣📣📣📣📣

📣 2024-2025-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar belgilandi

Fuqarolarning umumiy o'rta ta'lim olish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqini ta'minlash maqsadida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni tugatmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish imkoniyati beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq:

eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun  arizalar joriy yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Ariza berish uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.

❗️Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Bu muhim! Fuqarolar hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari mumkin.

👉 2024-2025-yilda eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkaziladigan maktablar ro'yxati bilan yuqorida Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan maktablar
tanishishingiz mumkin.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

19 Feb, 09:30


😚😉😌😉😉😍😚😚

🤍 Bugun Respublika ishchi guruhi vakili Murod Abdalniyazov, shahar hokimi, 1-sektor rahbari  Nazirbek Rahmanov, shahar Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida 1-sektor hududi Konchilar MFY da o'tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

19 Feb, 06:57


🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠

📍Bugun Respublika ishchi guruhi vakili Murod Abdalniyazov, shahar hokimi, 1-sektor rahbari  Nazirbek Rahmanov, shahar Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov, shahar hokimi o'rinbosari L.Tursunova, MMTB boshlig'i M.Tursunova, shahar IIB JXX JTSB boshlig'i A.Hotamov hamda tegishli korxona, tashkilot mas'ullari  ishtirokida 1-sektor hududi Konchilar MFY da fuqaro va yoshlar bilan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

🔔Ushbu qabulda fuqarolar tomonidan ishga joylashish, yotoqxona berilishi, kadastr, gaz tarmog'ini ulashda amaliy yordam, moddiy yordam va boshqa masalalar bo‘yicha murojaat etildi.

🗣Jarayonda ko’plab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.Shuningdek, ayrim muammolar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ularga qonuniy yechim topish, tegishli tashkilotlarga murojaat qilish lozimligi ham aytib o‘tildi.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

19 Feb, 06:37


🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

АҲОЛИ  САЛОМАТЛИГИ  ДОИМ ЭЪТИБОРДА


Вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси ташаббуси билан Зарафшон шаҳри КТМПда вилоят даволаш профилактика муассасаларининг етакчи тор соҳа мутахассислари томонидан шаҳар аҳолиси учун чуқурлаштирилган тиббий кўрик ташкил этилди.

🚑Унда мобил бригада, сайёр маммография, мобил кўзни текширув аппаратлари жалб этилди.

🩺Мазкур кўрикда 320 нафардан ортиқ фуқаро тиббий назоратдан ўтказилди.

💊Шундан 2 нафар фуқаро вилоят муассасасига, 2 нафар бемор туман марказий шифохонаси бўлимларида даволаниш учун йўлланмалар берилган бўлса, 14 нафар фуқарога шаҳар КТМП да амбулатория даволанишга тавсия қилинди.

📝Шунингдек, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ишчи гуруҳи аъзолари, вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи биринчи ўринбосари Аброр Ёрқулов ва РШТЁИМ НФ директори Бахром Жалоловлар Зарафшон шаҳрида ташкил қилинган сайёр қабулда иштирок этиб, 30 нафарга яқин фуқаро мурожаатини тинглашди ва муаммоларига ечим топилди.


👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

12 Feb, 17:41


#chellenj_
#milliylik_

Milliyligimiz o‘zligimizdir

(Erkin Vohidovning O‘zbegim qasidasidan parcha.O‘qidi Dilafruz Bahronova)

🟢Telegram | 🟢Facebook | 🟢Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

12 Feb, 17:18


Maʼlumotlarni qayta ishlash, avtomatlashtirish va BPO xizmatlari sohasida xalqaro kompaniyaga mutaxassislarni ishga qabul qilishni eʼlon qilamiz.

Ochiq vakansiyalar:
🔹 Transkriptorlar (100 kishi) - rus tilida ma'lumotlarni o'qish va kiritish ( Word, Excel ko'nikmalari ) ;
🔹 Guruh rahbarlari (4 kishi) - rus va ingliz tillarida gaplashadi;
🔹 Operatsion menejeri (1 kishi) - rus va ingliz tillarini yaxshi biladi (ajoyib yetakchilik qobiliyati) .

📍 Shartlar:
✔️ Rasmiy ishga joylashish
✔️ Zamonaviy infratuzilmaga ega qulay ofis
✔️ Karyera o'sishi istiqbollari
_________

📩 Tanlovda ishtirok et
ish uchun to'ldiring: Google formasi
📞 Bog'lanish uchun ma'lumotlar: 90 619-09-06
📱 Telegram: https://t.me/AslonovA09

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

12 Feb, 16:52


SEKTOR RAHBARI MAHALLALARDA

🟢Zarafshon shahar mahallalarida  jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida targ‘ibot-tashviqot olib borish, sektor rahbarlari, ichki ishlar organlari hamda mahalla yettiligi faoliyatida muhim o‘rin tutadi.

📍Xususan, bugun Navro‘z mahallasida 4-sektor rahbari R.Bahronov, mahalla raisi M.Qilichov, profilaktika inspektori A.Karimov va Yoshlar yetakchisi B.Raxmatov tomonidan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bilan bog'liq uchrashuv o‘tkazildi.

🧑‍💻Uchrashuv davomida kiberjinoyat, talonchilik, aldov,  firibgarlik, ichkilik, giyohvandlikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida suhbat olib borildi hamda yoshlarning takliflari tinglandi.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

12 Feb, 15:33


😉😉😉😉😉😚😌

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli qaroriga asosan, Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga  borasidagi  o'rganishlar Zarafshon shahrida ham davom etmoqda.

🤔Xususan, bugun, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev va IIV JXD Probatsiya xizmati boshlig'i polkovnik Sharof Uralov  “Oltin vodiy” MFY da "Xavfsiz va raqamli mahalla" namunasini yaratish  borasida mahalla yettiligi va mas'ullar bilan muloqotda bo'lib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

👮‍♂️Shuningdek, Zarafshon shahar IIB ga tashrif davomida, shaxsiy tarkibning ruhiy holatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan maxsus psixologik markaz va "xavfsiz shahar konsepsiyasi" doirasida situatsion-tahliliy markazlar faoliyati bilan tanishib, bir qancha ijobiy fikrlar va qo'shimcha takliflar bildirildi.

⚡️ O'rganishlar davomida, Respublika ishchi guruhi a'zolariga shahar hokimi, sektor rahbarlari va boshqa  mutasaddilar hamrohlik qildi.

📝Respublika ishchi guruhi tomonidan Zarafshon shahridagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan aniq vazifalar va chora-tadbirlar belgilandi.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

12 Feb, 14:14


Milliylik bu qadriyatimizdir.

🟢Telegram | 🟢Facebook | 🟢Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

12 Feb, 11:30


#BIZNING_FAXRIMIZ

RAJABOV TEMURXON IKROMJONOVICH

🎓Zarafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Temurxon Ikromjonovich IELTS xalqaro til bilish sertifikatini 8 ball natija bilan qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Zarafshon shahridagi mazkur maktab o‘quvchi hamda o‘qituvchilari jamoasi "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib, "Eng kuchli o‘ntalik"dan o‘rin olgan holda 2024-yil noyabr oyida London shahriga ta’lim sayohatiga borib kelgan edi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!


🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz |Telegram |Facebook |Instagram | YouTube

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

07 Feb, 11:30


#Navoiyga_ehtirom

😌😚😚😚😍😉☺️🙃😉

Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan “Buyuk ajdodlarga munosib vorislarmiz!”  mavzusida 3-umumta’lim maktabida o'tkazilgan press tur hmada ma'naviy-ma'rifiy tadbirdan fotolavhalar..

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

07 Feb, 08:25


Сўнгги саккиз йилда 125 та янги олий таълим муассасаси ташкил этилди. Шундан 23 таси хорижий университет филиаллари.

Лекин, ўтган йили олий таълимда экспорт атиги 26 миллион долларни ташкил қилгани имкониятларга мутлақо мос эмаслиги кўрсатиб ўтилди.

Олий таълим вазирлигига “Топ-1000”таликка кирган 2 та олийгоҳ билан чекланиб қолмасдан, яқин йилларда уларни 10 тага етказиш чораларини кўриш топширилди.

Ўтган йили 15 та маданият маркази хусусий секторга берилди. Тадбиркорлар 86 миллиард cўм инвестиция киритиб, 1,5 мингдан зиёд маданий тадбир ташкил қилди.

Вазирлик тизимидаги яна 120 та маданият ва санъат маркази бўш турибди. Шу муносабат билан маданият вазирига марказларни илғор хорижий тажриба асосида хусусий секторга беришни ташкиллаштириш топширилди.

Йиғилишда ҳудуд раҳбарлари ва вазирларнинг ҳисоботи тингланди, тадбиркорларнинг намунали тажрибаси кўриб чиқилди.

Facebook|Instagram|X

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

07 Feb, 08:16


Ижтимоий соҳа ташкилотлари ҳам экспорт фаолиятида фаолроқ иштирок этиши зарурлиги таъкидланди.

Ўтган йили “Тиббий хизматлар меҳмондўстлиги” дастури бошланди. Жарроҳлик, дерматология, эндокринология марказлари чет эллик фуқароларга хизмат кўрсатишдан 1 миллион долларгача маблағ тушираётган бўлса, 18 та илмий марказда хизматлар экспорти 300 минг долларга етмаяпти.

Шу муносабат билан 24 та ихтисослашган марказнинг тиббий хизматлар экспортини 30 миллион долларга етказиш, Осиё тараққиёт банки билан 5 та ихтисослашган марказни хусусий бошқарувга берилишини тезлаштириш муҳимлиги қайд этилди.

Қўшни давлатлар билан чегарадаги постларга яқин ҳудудда жойлашган 60 та шифохонада ўтган йили 300 мингдан зиёд одамга тиббий хизмат кўрсатилган. Масалан, биргина “Айритом” халқаро савдо зонасида очилган хусусий клиника ўтган йилни ўзида 15 минг чет эллик фуқарога тиббий хизмат кўрсатди.

Лекин 3 та давлат билан чегарадош, 7 та божхона пости бўлган Тошкент вилоятидаги чегара олди ҳудудида бирорта клиника йўқ. Наманганда ҳам шу аҳвол.

Шу боис, вилоят ҳокимларига қўшни давлатлар билан чегара олди ҳудудларида 21 та кўп тармоқли клиника ташкил қилишни бошлаш топширилди.

Facebook|Instagram|X

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

07 Feb, 07:53


🩵🤍🩵🩵🩵🩵
🩵🤍🩵🩵🩵🩵

Аҳолига қониқарсиз хизмат кўрсатган санитар тозалаш корхонаси билан тузилган битим бекор қилинди

♻️2025 йил 31 январь куни Олий суд томонидан Навоий вилояти ҳокимлиги ва “Бережливость” ХИЧК (хусусий ишлаб чиқариш корхонаси) санитар тозалаш корхонаси ўртасидаги битим бекор қилинди. 

Видеобаёнотда батафсил🔼

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


📝📝📝

Aholiga qoniqarsiz xizmat ko‘rsatgan sanitar tozalash korxonasi bilan tuzilgan bitim bekor qilindi

♻️2025 yil 31 yanvar kuni Oliy sud tomonidan Navoiy viloyati hokimligi va “Berejlivost” XICHK (xususiy ishlab chiqarish korxonasi) sanitar tozalash korxonasi o‘rtasidagi bitim bekor qilindi.


Videobayonotda batafsil🔼

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

07 Feb, 07:21


ZARAFSHON SHAHRIDA BAHORGI MAVSUMDA YASHIL MAKON LOYIHASIGA START BERILDI

🌱Bugun, erta tongdan shahar "Oltin vodiy" mahallasida Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasining 2025-yil 1-mavsumi  doirasida daraxt ekish ishlariga start berildi.

🌲Dastavval shahar hokimi Nazirbek Rahmanov so'zga chiqib, "Yashil makon" dasturi asosida hashar ishlarni uyushqoqlik bilan tashkil etish,  "Obod xonadon", "Obod ko'cha" va  "Obod mahalla" tamoyili asosida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda  "yashil bog"larni yaratishda  barcha o'z hissasini qo'shishi lozimligini ta'kidladi.

🌿Jarayonda  sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari, nuroniylar, mahalla faollari va Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari ishtirok etib, har xil daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.

🍂 Shuningdek, tadbir avvalida yashil makon loyihasi asosida ekilayotgan daraxt ko‘chatlari unib, o‘sib, ushbu yerlar bog‘-u rog‘larga aylanishini, yurtimiz tinchligini, farovonligini tilab, duolar qilishdi.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

06 Feb, 03:26


#hayot_haqiqati_

Hayotning eng katta go'zalligi - bu uning o'zgaruvchanligidir.

✍️ Leo Tolstoy

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

06 Feb, 01:32


Assalomu alaykum,
bugun  6-fevral, payshanba
Zarafshon hududida kutilayotgan ob-havo ma'lumotlari


+9°... +2°
            ochiq havo

Tong: 4 °
🌞 Kunduzi: 
🌚 Kechasi:️

💧 Namlik: 40
🌬 Shamol: 4.6 m/s
🌊 Shamol yo'nalishi: sharqiy
🌫 Bosim: 769 mm sim.ust.   
Quyosh chiqishi: 07:49
🌥 Quyosh botishi: 18:04

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

05 Feb, 17:56


Zarafshonda ekologik tozalashda yangi bosqich: "Toza Hudud"ga o‘tish bo‘yicha kelishildi.

Bugun shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, Respublika ekologiya vaziri vakili va Navoiy viloyati ekologiya vakili bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, "Berejlivost" MChJ tomonidan olib chiqib ketilayotgan chiqindilarni boshqarish faoliyati tugatilib, bu jarayonni amalga oshirishni davom ettirish "Toza hudud" davlat korxonasiga topshirish masalasi kelishib olindi.

Bu qaror chiqindilarni boshqarish tizimini yaxshilash va ekologik tozalashni yanada samarali qilishga qaratilgan.

"Toza hudud" davlat korxonasi chiqindilarni boshqarish bo'yicha shaharning markazlashgan tashkiloti sifatida, bu sohada yanada samarali va tizimli ishlashga intiladi. Bu o'zgarish, ekologik tozalash va chiqindilarni boshqarish tizimining sifatini oshirish, aholi uchun qulay va toza sharoitlarni yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

05 Feb, 16:54


NAVOIY DAHOSIGA EHTIROM

Bugun, shahar 2-sonli maktabda "Buyuk dahoga ta’zim" mavzusidagi o'tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Sevdiyor Uvaytov, Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari Dilafruz Bahranova, Gulshanda Bobomurodova, shahar MMTB mudiri Mavluda Tursunovalar ishtirok etib, yoshlarga Navoiy ijodi, uning asarlarida insonparvarlik, tarbiya, ta’lim va obodlik masalalari xususida so‘z yuritishdi.

➡️Tadbir yakunida, ma’naviy-ma’rifiy sohada faollik ko‘rsatgan kishilarga shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashakkurnomasi va kitoblari topshirildi.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

05 Feb, 16:51


NAVOIY DAHOSIGA EHTIROM

👌Bugungi kunda, ayniqsa, yoshlar ongida va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oilaga, vatanga, adabiyotga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

➡️Shuningdek, 2025-yilni Navoiy viloyatida Alisher Navoiy yili deb e’lon qilinishi doirasida, shu yil davomida korxona, tashkilot, muassasa va umumta’lim maktablarida turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️Bugun Zarafshon shahar hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida, shahar 2-sonli maktabda "Buyuk dahoga ta’zim" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi.

➡️Tadbirda Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan shahrimizda 2025-yilni "Alisher Navoiy yili" deb e’lon qilinishi xususida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar Navoiy hayoti, asarlari va merosi haqida ma’lumotlar taqdim etib, "Chig‘atoy gurungi" teatr jamoasi Alisher Navoiyning "Xamsa" asari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etdi.

➡️Shuningdek, shoirning g‘azal va ruboiylaridan namunalar aytilib, raqslar ijro etildi.

D. Bahranova Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

03 Feb, 06:52


"E-AUKSION" elektron savdo platformasida Navoiy viloyatidagi savdoga chiqarilgan mol-mulklarni doimiy kuzatib boring hamda shaffof savdolarda ishtirok eting!

Ayni paytda Navoiy viloyatidagi 4816 dan ortiq Davlat mulki ob'ektlari hamda aktivlari va yer uchastkalari elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga qo'yilgan.

🔷 50 ta Davlat aktivlari (ko'rish)
🔷 150 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (ko'rish)
🔷 151 ta ko'chmas mulklar (ko'rish)
🔷 173 ta avtotransport vositalari (ko'rish)
🔷 203 ta dexqon xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar (ko'rish)
🔷 2098 ta tadbirkorlik va shaharsozlik uchun yerlar (ko'rish)
🔷 32 ta Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi (ko'rish)
🔷 63 ta Maxsus texnikalar (ko'rish)
🔷 0 ta daryo o'zanlarini tozalash (kar'er) (ko'rish)
🔷 518 ta boshqa turdagi mulklar (ko'rish)
🔷 1279 ta ko'chma savdo do'konlari (ko'rish)
🔷 0 ta "O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari (ko'rish)
🔷 308 ta "O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari (ko'rish)

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

03 Feb, 06:40


⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni paytda Yangi Zarafshon mahallasi 9-sonli maktabda buyuk mutafakkir, so'z mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi, shuningdek, 2025-yilning viloyatimiz aholisi uchun "Alisher Navoiy yili" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan "Buyuk dahoga ta'zim" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazilmoqda.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

03 Feb, 05:29


#targ‘ibot_

🟢Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Zarafshon shahar bosh mutaxassisi A.Xamdamov hamda shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Baxranovalar hamkorligida Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish va radikallashuvni oldini olish maqsadida shahar Moliya bo‘limi, G‘aznachilik bo‘linmasi hamda byudjetdan tashqari Pensiya bo‘limi rahbar, ishchi-xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusidagi targ‘ibot tadbir bo‘lib o‘tdi.

🟢Tadbirda Yoshlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlaridan saqlanish, yoshlarni mafkuraviy va ma'naviy tahididlardan asrash, yoshlarda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mavzularda ma'ruza qilindi.

🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

03 Feb, 04:05


Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Ислом цивилизацияси маркази қурилиши якуний босқичга чиқди. Пойтахтнинг туризм инфратузилмасини ривожлантириш лойиҳалари тақдимот қилинди. Президент ҳузурида ижтимоий ёрдамнинг манзиллилигини ошириш чоралари кўриб чиқилди.

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: Ислам цивилизациясы орайы қурылысы жуўмақлаушы басқышқа шықты. Пайтахттың туризм инфрасистемасын раўажландырыў жойбарлары презентация етилди. Президент қабыллаўында социаллық жәрдемниң мәнзиллилигин арттырыў иләжлары көрип шығылды.

Обзор важнейших событий за неделю: Строительство Центра исламской цивилизации вышло на завершающий этап. Представлены проекты по развитию туристической инфраструктуры столицы. При Президенте рассмотрены меры по повышению адресности социальной помощи.

In our weekly review: Construction of the Centre for Islamic Civilization has reached its final stretch. New projects aimed at improving the infrastructure of Tashkent. Targeted social care services fostered under the auspices of the President.

Facebook|Instagram|X

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

03 Feb, 02:33


#hayot_haqiqati_

“Hayot maktabida ortda qolganlarga sinovdan takroran o‘tishga ruxsat berilmaydi”.

✍️Emil Krotkiy

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

03 Feb, 01:30


Assalomu alaykum,
bugun  3-fevral, dushanba
Zarafshon hududida kutilayotgan ob-havo ma'lumotlari


+6°... -1°
            ochiq havo

Tong: 0 °
🌞 Kunduzi: 
🌚 Kechasi:️

💧 Namlik: 35
🌬 Shamol: 4 m/s
🌊 Shamol yo'nalishi: sharqiy
🌫 Bosim: 770 mm sim.ust.   
Quyosh chiqishi: 07:53
🌥 Quyosh botishi: 18:00

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

02 Feb, 10:28


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙

🧷 Buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan qizlar o‘rtasida “Mahallaning yosh navoiyxon qizlari” tanlovi e’lon qilinadi!

📖Tanlov 2 ta yosh toifasidagi, ya'ni 14-17 yosh hamda 18-25 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovning  shahar bosqichi joriy yilning 3-fevral kuni Zarafshon shahar Axborot kutubxona markazida o'tkaziladi.

⭕️“Mahallaning yosh navoiyxon qizlari” tanlovi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1.Navoiy hayoti va ijodi, asarlari mazmuni hamda ijtimoiy voqelikka oid mavzuda insho musobaqasi;

2. Navoiy g‘azallaridan birini tanlab, unga muxammas bog‘lash sinovi;

3. Navoiy g‘azallaridan yod aytish musobaqasi;

4.O‘quvchilarning ijod namunalari taqdimoti. 

📌 Batafsil ma’lumotni Shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limlari orqali olishingiz mumkin.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

02 Feb, 07:47


🏗 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi, jami qurilish ishlariga nisbatan ulushi 77,2 % ni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 107 % ni tashkil etdi;

- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi, jami qurilish ishlariga nisbatan ulushi 17,5 % ni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 171,8 % ni tashkil etdi;

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi, esa 5,3 % ulushni va 2023-yilning mos davriga nisbatan 97,7 % ni tashkil etdi.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

02 Feb, 05:01


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳимнинг таклифига биноан 4-5 февраль кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Малайзии Анвара Ибрагима 4-5 февраля посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

02 Feb, 04:38


#Bilasizmi

🔰 Mas'ul rahbarlarning kriminogen vaziyat og'ir mahallalarda erishilgan natijalari ularning faoliyatini baholashda inobatga olinadi hamda tegishli respublika rahbarlari ishtirokida quyidagi muddatlarda tanqidiy muhokama qilinadi:

🔹har oy yakunida — ichki ishlar vaziri huzurida;

🔹har chorak yakunida — Bosh prokuror huzurida;

🔹har yarim yilda Bosh vazir huzurida.

⚠️ Shuningdek, har bir mahalla kesimida Prezidentga axborot berib boriladi hamda rag'batlantirish yoki intizomiy jazo choralari belgilanadi.

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

02 Feb, 03:06


#hayot_haqiqati_

Yutuqqa erishgan paytda jim turishing – ishonch, g‘azab paytida jim turishing – quvvat, ish paytida jim turishing – ijod, nasihat paytida jim turishing – odobdir...
Mahzunlik, musibat paytida jim turishing esa – sabrdir...

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

31 Jan, 16:38


AHOLI TURMUSH TARZINI YAXSHILASH VA ULARNING BANDLIGINI TA'MINLASH SEKTOR RAHBARINING ASOSIY VAZIFALARIDAN BIRI

Zarafshon shahar IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari Sardor Latipov sektor hududidagi aholining, ayniqsa, ayollar va yoshlarning barqaror bandligini ta’minlashda ko'maklashib kelayotgan "ORIANNA YARNS TEXTILE" QK faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

22 Jan, 18:50


#prezident _qarori_
#PQ-1-son
#tanishing_

“2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-1-son) matni.

Zarafshon yog‘dusi kanali

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

22 Jan, 17:25


#SAYYOR_QABUL
#INSON_UCHUN
#3_SEKTOR

👉Zarafshon shahar IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari S.Latipov navbatdagi sayyor qabul uchrashuvini sektor shtabida fuqaro va yoshlar bilan o'tkazdi. 

🔹Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanib, ijobiy hal etilishiga e'tibor qaratildi. Ushbu mahallada yashovchi fuqarolar ishga joylashish, davolanish va boshqa masalalar bo’yicha murojaat qilishdi.

🔹Barcha murojaatlar nazoratga olinib, huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi, ayrim masalalar joyida hal etildi, muddat talab qilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga ularni bartaraf etish bo'yicha ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Manba: @ZarafshonIIB

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

22 Jan, 16:22


"Ayollar daftari"ning 6-bosqich xatlov jarayonlarini o‘rganish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

🔖Bugun shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari To‘xta Bozorov, O‘zKUF Navoiy viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari N. Isoqov tomonidan Zarafshon shahrida "Ayollar daftari"ning 6-bosqichini shakllantirish yuzasidan o‘tkazilgan xatlov holati, shuningdek, 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar uchun to‘ldirilgan anketa so‘rovnomalaridagi fuqarolarning muammolarini o‘rganish jarayonlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

♦️Yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla yettiligi va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

➡️Yig‘ilish davomida “Ayollar daftari”ning 6-bosqich xatlov jarayoni bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar muhokama qilindi.

📌Shuningdek, xatlov jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar va ulaning yechimi borasida mas’ullarga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

20 Jan, 12:52


😄 #OAV_BIZ_HAQIMIZDA 
😄 mahalla_yangiliklari_tv


🗓 Mahallalarda ziyo maskani.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

20 Jan, 10:38


#Сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим

Oilaviy sharoitga ko‘ra, kollejda o‘qishni davom ettira olmadim. Yaqinda ishga kirmoqchi bo‘lganimda kollej diplomini yoki 11-sinf attestatini so‘rashdi. Kollej yopilgan, attestatni qaerdan olsam bo‘ladi?

Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan fuqarolarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga attestat berish tartibi joriy etilgan.
Buning uchun fuqarolar har yili 1 martdan 1 mayga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, eksternat tartibida imtihonlarda qatnashish uchun onlayn ariza berishi kerak.

Imtihonlar eksternat maktablarida may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Imtihondan muvafaqiyatli o‘tgan fuqarolarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.

Manba: https://t.me/uzedu

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

20 Jan, 09:42


🏗 NAVOIY VILOYATIDA BAJARILGAN QURILISH ISHLARI

📊 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida jami 11 944 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 113,9 % ni tashkil etdi.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

20 Jan, 07:47


🟦🟦🟦

🇺🇿 Yoshlar Ishlari Agentligi jamoasi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan Mutolaa ilovasi orqali 2000dan ortiq badiiy asarlar toʻplamlari oʻzbek dublyaj sanʼatining mohir namoyondalari ijrosida asar ichida yashash imkonini beradi!

☺️ Shuningdek, 50 dan ortiq “bestseller” kitoblar, audiokitoblarni internetsiz tinglash, oʻz shaxsiy kutubxonangizni yaratish, statistikalarni kuzatib borish, kitoblar yuzasidan testlar yechish — barchasiga ega bo‘lishingiz mumkin!

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

20 Jan, 05:58


#APPARAT_YIGʼILISHI

😃Bugun, Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot mas’ullari, mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

☺️Apparat yig‘ilishida aholi bandligini ta’minlash, migrantlar bilash ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti, xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish va hududiy investitsiya dasturlarining ijrosi hamda amalga oshiriladigan vazifalar tahlil etildi.

😉Shuningdek, turizmni rivojlantirish, yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, tadbirkorlarni jalb qilish orqali bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, shaharni ishsizlikdan holi hududga aylantirish masalalari muhokama qilinib, bu bo'yicha mutasaddilarga tegishli  ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

20 Jan, 04:57


Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Ўзбекистон ва БАА – стратегик шериклар. Президент "Абу-Даби барқарор ривожланиш ҳафталиги"да иштирок этди. Сунъий интеллект – Амирликлар билан ҳамкорликнинг устувор йўналишларидан бири.

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўакыяларына шолыў:
Өзбекстан ҳәм БАӘ - стратегиялық шериклер.
Президент "Абу-Даби турақлы раўажланыў ҳәптелиги"нде қатнасты. Жасалма интеллект - Әмирликлер менен бирге ислесиўдиң тийкарғы бағдарларынан бири.

Обзор важнейших событий за неделю: Узбекистан и ОАЭ - стратегические партнеры. Президент принял участие в «Неделе устойчивого развития Абу-Даби». Искусственный интеллект - один из приоритетов сотрудничества с Эмиратами.

Weekly review of the most important events: Uzbekistan and the UAE - strategic partners. President participates in the “Abu Dhabi Sustainability Week”. Artificial Intelligence is one of the cooperation priorities with the Emirates.

Facebook|Instagram|X

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

20 Jan, 03:17


#hayot _haqiqati _

Butun koinot bir-biriga mehr-muhabbat rishtasi bilan bog‘langandir. Mehr ulashishni o‘rgan. U muhabbatning barchasiga qalbingda joy borligini, ko‘ngling anglab yetsin!

Jaloliddin Rumiy

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

19 Jan, 07:20


#Bilasizmi

🔖 Prezident qaroriga ko'ra, 2025-yilda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanishi belgilangan.

📝 Shuningdek, chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo'lib, unda quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratilishi ko'zda tutilgan:

▪️mutafakkir adibning “Tanlangan asarlar” to'plami, uning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash va chop etish;

▪️2025-yil oktabr oyida “Mahmudxo'ja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini o'rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish;

▪️2025-yil noyabr oyida Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan tantanali adabiy-ma'rifiy xotira kechasini o'tkazish.

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

19 Jan, 07:12


#Farzandnoma

🇺🇿 Kindik qoni to‘kilgan joydan arazlash dunyodagi og‘ir gunohlardan sanaladi.
Kimki vatanini sotibdi, bilki u insoniylik baxtidan ayrilibdi.

Vatan yagona – Vatan bittadir.


✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

19 Jan, 03:39


#Bilasizmi

✔️  Qonunchilikka ko'ra, sektorlar ishchi guruhlari tomonidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyi holati o'rganiladi.

🏢 Har bir uy-joyni ta'mirlash ishlariga "Ayollar daftari" jamg'armasi hisobidan BHMning 30 baravarigacha (11 mln 250 ming so'm) miqdorda mablag' ajratilishi belgilangan.

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

19 Jan, 02:51


#hayot_haqiqati

O‘z fikriga ega bo‘lmagan inson o‘zgalar fikri ichida kun kechiradi.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati

🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

19 Jan, 01:34


Assalomu alaykum,
bugun  19-yanvar, yakshanba
Zarafshon hududida kutilayotgan ob-havo ma'lumotlari


+5°... +1°
           ☁️bulutli

Tong: 2 °
🌞 Kunduzi:  5 °
🌚 Kechasi:️ 4 °

💧 Namlik: 66
🌬 Shamol: 6 m/s
🌊 Shamol yo'nalishi: janubi- sharqiy
🌫 Bosim: 767mm sim.ust.   
Quyosh chiqishi: 08:05
🌥 Quyosh botishi: 17:41

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

18 Jan, 20:04


"Diyor 24".

Maktablarda musiqa fanini o‘qitish bo‘yicha kasbiy faoliyatni oshirish muhim jarayon.

Zarafshon shahar 2-maktab misolida

Manbaa: @Navoiy_trk

Zarafshon yog‘dusi kanali

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

18 Jan, 19:41


Бугун “Менимча” телелойиҳасида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Араб Амирликларига амалга оширган тарихий ташрифи;
- Шайх Зоид Ол Наҳаён номидаги нуфузли танловда қўлга киритилган ғалабанинг қувончи ва ҳаяжони;
- Абу-Даби ва Дубай шаҳарларида Ўзбекистон халқининг манфаатига хизмат қилувчи муҳим учрашувлар;
- Инвестиция – мамлакат ҳаётининг барча жабҳаларидаги ривожланишнинг муҳим калити.


Кўрсатувни бугун, 18 январь куни соат 20:10 да “O'zbekiston 24” телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 19 январь куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|X

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

18 Jan, 13:45


Уважаемые граждане!
Доверьте безопасность вашего дома и неприкосновенность имущества опытной 💪 Службе «Охрана».

Позвоните по номеру 📞 1131 прямо сейчас и получите дополнительную информацию.

✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

18 Jan, 09:56


🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

🌲Yulduz mahallasida  "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tut ko‘chatlari o‘tqazish uchun  shirkat tomonidan hashar tashkil etildi. Hashar davomida hudud tozalanib,  yerlar tekislandi.

Ushbu jarayonda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ishtirok etib, olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Jarayonda o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.


✔️Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

11 Jan, 14:54


#Zarafshon_shahar
#Istiqlol_mahallasi
#Yoshlik_mahallasi

IBRAT FARZANDLARI

Zarafshon shahar Yoshlik va Istiqlol mahallari yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarni xorijiy tillarni o’rganishga qiziqishini oshirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "IBRAT FARZANDLARI" loyihasi doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🕊 Telegram | 📱 Facebook | 🌍 Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

11 Jan, 12:00


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

XITOY SAFARINING AMALIY NATIJALARI BOSHLANDI

🇺🇿Xabaringiz bor, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Sichuan viloyatida bo'lib ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazgan edi.

✔️Delegatsiya tarkibida Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmonov ham ishtirok etib qaytgan edi.

🔵Xitoydagi muzokaralarga binoan, bugun Sichuan viloyatidagi ikkita yirik kompaniya-Sichuan Chuanhe Shengxin Electric Power Engineering Co., Ltd. hamda Sichuan Shengyuanxin Intelligent Electric Co., Ltd. vakillari Navoiy viloyatiga tashrif buyurishdi.

🌟Navoiy viloyati hokimligining majlislar zalida Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov hamda xitoylik investorlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

🔔Ma’lumot o’rnida, ikkala kompaniya ham elektr energetikasi sohasida innovatsion yechimlarni ishlab chiqish, sotish va joriy etish bilan faol shug'ullanadi.

✔️O'zaro muzokaralar davomida Zarafshon shahrida konchilik, energetika, xizmatlar sohasiga investitsiya kiritish hamda savdo salohiyatini oshirish, elektr jihozlari ishlab chiqarish loyihalari kelishib olindi.

👍Ushbu uchrashuv Zarafshon shahrining sanoat salohiyatini Xitoy bozoriga tanitish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🕊 Telegram | 📱 Facebook | 🌍 Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

11 Jan, 09:46


#tafakkur_qiling_

OZODA VA TOZA SHAHAR HAR BIRIMIZNING MASʼULIYATIMIZ!


Zarafshon yog‘dusi kanali

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

11 Jan, 08:52


📌Bugun, shahar “Yulduz” madaniyat uyida aholi o’rtasida ijtimoiy ma’naviy muhitni, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, diniy bag‘rikenglikni targ‘ib etish maqsadida shahar hokimligi tashabbusi bilan Rus milliy madaniy markazi tomonidan “Зимние узоры” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

➡️Tadbir davomida turli milliy raqslar va sahna ko’rinishlari orqali rus xalqining azaliy urf-odatlari namoyish etildi.

Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosarlari S.Uvaytov, L.Tursunova, shahar din ishlari bo’yicha bosh mutaxassis A.Xamdamov hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

🤚Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar tomonidan rus milliy an’analari, urf-odatlarini tarannum etuvchi qo‘shiqlar kuylanib, raqslar ijro etildi. Ushbu tadbir barchada xush kayfiyat uyg‘otdi.

Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🕊 Telegram | 📱 Facebook | 🌍 Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

08 Jan, 12:41


Oliy sud tomonidan internetdagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar ro‘yxati e’lon qilindi

@daryo_live

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

08 Jan, 12:35


#Zarafshon_shahar
#12_maktab

🫢 Zarafshon shahar 12-umumta’lim maktabida Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan yanvar oyining "Oilaviy huquq targ'iboti oyligi" deya e'lon qilinganligi munosabati bilan maktab psixologlari tomonidan "Oila baxti" mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi.

Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🕊 Telegram | 📱 Facebook | 🌍 Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

08 Jan, 09:51


🟦🟦🟦🟦

📌 Prokuror o'z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib:

fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to'g'risidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa ma'lumotlarni ko'rib chiqadi va tekshiradi;

arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi;

fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko'radi;

shuningdek belgilangan vakolatlardan foydalanadi.

Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🕊 Telegram | 📱 Facebook | 🌍 Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

08 Jan, 08:58


#Сўраган_эдингиз
#maktabga_qabul

Yurtimizda yashovchi chet el fuqarolari oʻz farzandlarini davlat maktablari yoki bog‘chalariga joylashtirish tartibi qanday? Buning uchun ulardan toʻlov undiriladimi?

❗️ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlangan.

Unga koʻra, farzandini Oʻzbekistondagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilinishini istagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan (chet elda doimiy yashovchi) shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlari portali orqali oʻrnatilgan tartibda ariza yuboradi.

⭕️ Arizalar vazirlikning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etilgan tegishli komissiya tomonidan yetti ish kunida koʻrib chiqiladi va belgilangan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilishga yoʻllanma berish yoki yoʻllanma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Ariza beruvchi komissiya qaroriga asosan farzandini tegishli davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma yoki yoʻllanma berishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻzi murojaat qilgan portaldagi shaxsiy kabinetidan yuklab oladi.

👉 Eslatma: davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim olish barcha (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham) uchun bepul.
____


❗️ Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentda toʻliq bayon etilgan.

Unga koʻra, yurtimizdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishda barcha uchun bir xil talab mavjud hamda ota-onalardan olinadigan oylik badal toʻlovlari ham mahalliy va chet el fuqarolari uchun bir xil miqdorlarda belgilangan.

👉 Mazkur maʼmuriy reglament bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Yuqorida keltirib o‘tilgan davlat xizmatlarini koʻrsatilganligi uchun ariza beruvchi (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)dan yigʻim undirilmaydi.

Manba: https://t.me/uzedu

Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🕊 Telegram | 📱 Facebook | 🌍 Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

08 Jan, 07:29


📝Bugun, shahar hokimi o'rinbosari L.Tursunova hamda shahar prokurorining katta yordamchisi Shuxrat Fayziyev tomonidan "Ayollar daftari" ning 6-bosqichiga kiritiladigan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularning milliy bazasini shakllantirish bo‘yicha xatlov o‘tkazish yo‘riqnomasi bilan ishlash yuzasidan 2-sektor hududi bo'lgan "Quruvchi ", "Oltin vodiy", "O'zbekiston" hamda "Yangi Zarafshon" mahalla yettiligi bilan shtab yig‘ilishi o‘tkazildi.  

🇺🇿 Yig‘ilish davomida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida mas'ullarga tegishli tushunchalar berildi.

🇺🇿 Shuningdek, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova tomonidan "Ayollar daftari" ning 6-bosqichiga kiritilagan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash hamda “Ayollar daftari”ni yuritishni namunali tashkil etish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.

Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🕊 Telegram | 📱 Facebook | 🌍 Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

08 Jan, 06:13


#Ijtimoiy_karta

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Prezidentning 18.07.2024-yildagi PQ-267-son qaroriga muvofiq "Ijtimoiy karta" axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy kartasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

😲 ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish, foydalanish uchun taqdim  etish;
😲 ijtimoiy kartalarni almashtirish, to‘xtatib turish va tugatish;
😲 "Ijtimoiy karta" axborot tizimi ma’lumotlar bazasini yuritish.

🖋 "Ijtimoiy karta" AT ma’lumotlar bazasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi.

💵 Ijtimoiy kartani moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari taqdim etadi.

Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yo‘li bilan topshiriladi:
😲 YaIDXP;
😲 "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi;
😲 "Inson" ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari;
😲 moliyaviy agentlar.

🤝 Jismoniy shaxslarga ijtimoiy karta berish bo‘yicha bank xizmatlari uchun to‘lov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.

⚠️ 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish masalalari bo‘yicha "1070" "Ishonch telefoni" sinov tartibida ishga tushiriladi.

Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🕊 Telegram | 📱 Facebook | 🌍 Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

08 Jan, 05:02


#Kun_tarixi

🗓 8-yanvar 1992-yil

Prezident Farmoni bilan Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tashkil etilgan.

Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🕊 Telegram | 📱 Facebook | 🌍 Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

08 Jan, 04:00


🤩🤩🤩🤩🤩🤩

Hurmatli prokuratura xodimlari va faxriylari!

Avvalo, siz aziz qonun posbonlarini 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Adolatni, huquqni va tartibni saqlashda olib borayotgan mehnatingiz va fidokorligingiz juda muhimdir. Odamlarning qonunga ishonchi, huquqiy madaniyati va qonunga itoatkorligining shakllanishi ko‘p jihatdan fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etishdagi kasbiy mahoratingiz bilan bog‘liq.

Sizning ish faoliyatingiz, jamiyatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda, huquqiy va ijtimoiy barqarorlikni saqlashda katta rol o'ynaydi. Har biringizning sa'y-harakatlaringiz, fuqarolarimizning hayotini yaxshilashga xizmat qilmoqda.


Qadrli do’stlar!

Barchamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda el-yurtimizning Konstitutsiyamizda mustahkamlangan huquq va erkinlarini ishonchli himoya qilishda, qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olishda prokuratura organlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Ayniqsa, xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholi muammolarini chuqur o‘rganish va hal etish, inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilish siz kabi soha fidoyilarining eng asosiy va kundalik vazifasiga aylandi.
Fuqarolik jasorati, qat’iyatlilik prinsiplarga sodiqlik, insonparvarlik prokuratura xodimlariga xos fazilatlardir. Sizning ishingiz katta mas’uliyat, fidoyilik, halollikni talab qiladi.

Shu munosabati bilan yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlashda o’z hissasini qo’shayotgan prokuratura organlarining barcha xodimlarini, ushbu bayram bilan samimiy tabriklayman!
Adolat va qonuniylik posboni bo‘lib, xalq manfaati yo‘lida haqiqiy himoyachi sifatida xizmat qilishingizda muvaffaqiyatlar tilayman!
Oilangizdan baxt, omad va totuvlik arimasin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Zarafshon shahar hokimi, Nazirbek Rahmanov

Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati


🕊 Telegram | 📱 Facebook | 🌍 Veb Sayt

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

21 Nov, 14:51


🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
BESHTA MUHIM TASHABBUS – YOSHLARIMIZNING ERTANGI KUNI ISTIQBOLIDIR

#Navoiy_viloyati
#Zarafshon_shahar
#1_sektor
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Konchilar_mahallasi

🏀Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladigan "STRITBOL" sport turi bo'yicha musobaqalarning RESPUBLIKA BOSQICHI yakuniga yetdi.

🏆Musobaqada Zarafshon shahar 1-sektorda joylashgan KONCHILAR mahallasi jamoasi 16-21 yoshli o'smirlar o'rtasida 1-o'rinni 🥇🥇🥇🥇 qo'lga kiritib  G'OLIB BO'LDI.

🥳  Sportchilarimizni muvaffaqiyatlari bilan qutlaymiz!


     👍👍👍👍👍👍👍👍

Kanalimizni kuzatib boring

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

21 Nov, 13:36


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Бош прокурори Игорь Красновни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял Генерального прокурора Российской Федерации Игоря Краснова.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

21 Nov, 13:13


#profilaktik_tadbir

TARG‘IBOT TADBIRI TASHKIL ETILDI

➡️ 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimiz bo‘ylab “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.

➡️Zarafshon shahar FVB  hamda OYoXTTEB  xodimlari bilan hamkorlikda Daugistau MFY hududida joylashgan 6-sonli umumtaʼlim maktabida tadbir tashkil etildi.

➡️Unda oylikda faol ishtirok etish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanishga oid ma’lumotlar berildi.

      👍👍👍👍👍👍👍👍

Kanalimizni kuzatib boring

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

21 Nov, 12:51


📍 OLIS MAHALLA AHOLISINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMIGA SUV HISOBLAGICHLAR O‘RNATIB BERILMOQDA

➡️ Hozirgi kunda Zarafshon shahar markazidan 40 km uzoqlikda joylashgan “Muruntov” mahallasida jami 3400 dan ortiq aholi istiqomat qilib kelmoqda. “Navoiy suv ta’minoti” AJ Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan ushbu mahallada mavjud  855 ta xonadon aholisi to‘liq markazlashgan ichimlik suvi bilan ta‘minlangan bo‘lib, shundan 730 ta xonadon suv hisoblagich uskunalari orqali ichimlik suvidan foydalanib kelmoqda. Qolgan 125 ta xonadonda esa me'yor asosida kishi boshiga hisob-kitob qilib kelinmoqda edi.

📍 Mahalladagi suv hisoblagich uskunasi o‘rnatilmagan 125 ta xonadonning 45 tasi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi mavjud, ishsiz va ayollar daftarida turuvchi fuqorolar bo‘lib, ichimlik suvidan debitor qarzdorliklari oshib ketishini oldini olish maqsadida Zarafshon shahar hokimi 1-sektor rahbari Nazirbek Raxmanov va “Navoiy suv ta’minoti” AJ direktori O.Zaripovlar tashabbusi bilan mazkur xonadonlarga Zarafshon shahar bo‘limi hisobidan suv hisoblagich uskunalari bepul o‘rnatib berilmoqda. 

✔️Shuningdek, hudud aholisining ichimlik suvi bilan bog‘liq muommolarini o‘rganish maqsadida Zarafshon shahar bo‘limi boshlig‘i v.v.b E.Saxadinov boshchiligida tuzilgan ishchi guruh xonadonma-xonadon yurib, ichimlik suvi taʼminoti boʻyicha muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.


Kanalimizni kuzatib boring

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

11 Nov, 17:36


"Zarafshon imkoniyatlar shahri" mavzusidagi seminarga marhamat!!!

Siz qazilma konlarini o‘zlashtirish orqali qimmatbaho metallar, turli xil sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rejalashtirayapsizmi yoki ekstremal va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etish bo‘yicha loyihangiz bormi?

Unda Sizni 2024-yil 12-noyabr kuni soat 11-00 da Yulduz madaniyat uyida shahar hokimi Nazirbek  Raxmanov va geologiya sohasi yetakchi vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan seminarga taklif etamiz.

Seminarda Zarafshon shahri hamda Tomdi va Uchquduq tumanlarini kompleks rivojlantirish istiqbolli loyihalar taqdimoti ham o‘tkaziladi. Shuningdek, qazilma boyliklar va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan  savollarga malakali mutaxassislar tomonidan javob olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Kanalimizni kuzatib boring

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

11 Nov, 17:23


SHAHAR IIB BOSHLIG'I MIGRATSIYADA BO'LIB TURGAN FUQAROLAR BILAN ONLINE MULOQOT QILDI

🤳Bugun, Zarafshon shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Sardor Latipov Tinchlik MFY yettiligi bilan birgalikda yashash manzilidan vaqtincha chet elda bo'lib turgan fuqarolar bilan internet tarmog'i orqali videosuhbat o'tkazishdi. Chet elda ishlaydigan har bir zarafshonlik fuqaro bilan samimiy suhbatlashib, ularning  turmush tarzi, oilaviy holati bilan tanishdi.

🖊 Rahbar tomonidan migratsiyada bo'lib turgan fuqarolarni oilasi bag‘riga qaytarish hamda  bu yerda  ishlashlari uchun zaruriy choralar ko'rilishi bo'yicha takliflar berildi.

📱Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ham vatandoshlarimiz bilan doimiy aloqani o‘rnatish maqsadida "VATANDOSHLAR" guruhi ochilganligi ma'lum qilindi.



     👍👍👍👍👍👍👍👍

Kanalimizni kuzatib boring

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

11 Nov, 17:07


#targ‘ibot_tadbiri
#xalqaro_bag‘rikenglik_kuni

16-noyabr - "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan shahrimiz bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, 1-sonli maktabda "Do‘stlik va birodarlik  rishtalarini mustahkamlaymiz!" mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Shuningdek, maktabning 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirokida "Bagrikenglik mening nazmimda" mavzusida  eng yaxshi insholar  tanlovi hamda "O‘zbekiston-bag‘rikeng o‘lka" shiori ostida ochiq darslar o‘tkazildi.

      👍👍👍👍👍👍👍👍

Kanalimizni kuzatib boring