MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI @andijan_itschool Channel on Telegram

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

@andijan_itschool


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Andijon filiali MATBUOT XIZMATI

(Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati)

Instagram: instagram.com/itschool_andijan

Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Ixtisoslashtirilgan Maktab Andijon Filiali (Uzbek)

Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Ixtisoslashtirilgan Maktab Andijon Filiali - bu Andijon shahridagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati. Bu o'quv markaz Andijon viloyatidagi eng yuqori malakali o'quvchilarni o'quvga yo'naltirib, ularni kasb-hunarli mutahassislar etib olib, kelajaklarini tayyorlaydi.

Maktabda mahalliy va xorijiy o'qituvchilar, nazariy va amaliy darsliklar, interaktiv darsliklar, internetga kirish imkoniyati, laboratoriyalar, sport maydonchasi va boshqalar kabi imkoniyatlar mavjud. Bu erda talabalarga hamda o'qituvchilarga eng yaxshi sharoitlar yaratilgan.

Andijon Filiali esa, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning xizmatlarini faqat Andijon viloyati va shaharidagi o'quvchilar uchun taqdim etadi. Bu filialda ham shuningdek, o'quvchilarni yuqori malakali mutahassislar o'quvchi bo'lishiga tayyorlash, ularning potentsiallarini rivojlantirish va ularga kasb-hunarlarini o'rganishlariga yordam beriladi.

Siz ham Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Ixtisoslashtirilgan Maktab Andijon Filiali telegram kanaliga a'zo bo'ling va o'quv jarayoniga doir xabarlardan xabardor bo'ling! Kanalda eng so'nggi yangiliklar, tadbirlar, o'quv jarayoni bo'yicha xabarlarni topish imkoniyati mavjud. Ayni paytda telegram kanalimizning Instagram sahifasiga o'tib, boshqa ma'lumotlarga ega bo'lishingiz ham mumkin. Sizni Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Ixtisoslashtirilgan Maktab Andijon Filiali jamoasi o'rtasida ko'rishimizni kutamiz!

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

13 Feb, 18:20


Shoh va shoir, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan film suratga olindi.

Siz bu videoasar orqali qadim va bugungi Andijon, go‘zal Hindiston sari sayr qilasiz. Andijonda tavallud topgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur obrazini aynan andijonlik mashhurlar o‘ziga xos talqinda ijro etganlar.

Bobur va boshqa tarixiy shaxslar obrazida - Ozodbek Nazarbekov, Avaz Oxun, Hasanboy Do‘stmatov, Akmal Mirzo kabi mashhur sanʼatkorlar gavdalangan.

Ssenariy muallifi jurnalist Elmurod Ermatov, postanovkachi rejissyor G‘ayrat Ahmedov.

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

13 Feb, 13:45


#psixologik_trening

🏫 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Andijon filiali psixologi tomonidan 10- sinf oʻquvchilari ishtirokida "Mening oilam, ota- ona va farzandlar munosabatlari" mavzusida ochiq trening oʻtkazildi.

Jarayonda ikki guruhga boʻlingan oʻquvchilar oʻzlarining hayotida uchrab turuvchi ayrim muammoli vaziyatlarga yechim izlashdi .
1- guruh "Ota-onalar" deb nomlandi,
2-guruh esa "Farzandlar" deb nomlanib muammoli vaziyatga yechim topdilar va oʻz fikr va mulohazalarini taqdimot koʻrinishida izohlab berishdilar.
Treening jarayonida maktab direktori ham eksperiment tarzda qatnashdi va oʻz fikr va tavsiyalarini oʻquvchi yoshlarga aytib oʻtdilar.

Bizni kuzatishda davom eting!
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

13 Feb, 12:22


#Ezgu_axloq_ezgu_fazilat

Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida 5-6-sinf oʻquvchilari uchun tarbiyachi-pedagoglar tomonidan "Ezgu axloq- ezgu fazilat" mavzusida trening tashkil etildi.

Bundan asosiy maqsad oʻquvchilarni maʼnaviy bilimlarini oshirish, odob-axloq qoidalarini oʻrgatish, doʻstlik tushunchasini shakllantirish, ota-onaga boʻlgan hurmatni yanada oshirish.

Bizni kuzatishda davom eting!
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

13 Feb, 09:47


RESPUBLIKA O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQICHI UCHUN JOYLASHUVLAR ANIQLANDI

👥 Xabaringiz bor, Respublikamiz bo‘ylab fizika va kimyo fanlaridan o‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.

🗓 Fizika – 14-fevral
🗓 Kimyo – 15-fevral

Quyida Andijon viloyatida olimpiada o‘tkaziladigan hududlar bilan tanishishingiz mumkin.

➡️Andijon shahar - 33-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Xonobod shahar - Ixtisoslashtirilgan maktab
➡️Andijon tumani - 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Asaka tumani - 25-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Baliqchi tumani - 41-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Buloqboshi tumani - 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Bo‘ston tumani - 48-IDUM
➡️Jalaquduq tumani - 3-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Izboskan tumani - 42-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Marhamat tumani - 12-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Oltinko‘l tumani - 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Paxtaobod tumani - 15-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Ulug‘nor tumani - 15-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Shahrixon tumani - 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Qo‘rg‘ontepa tumani - 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
➡️Xo‘jaobod tumani - 25-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi.

Olimpiadaga ro‘xatdan o‘tkazish soat 9:00 da to‘xtatiladi.

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

13 Feb, 09:46


👍👍👍👍👍

⚡️RESPUBLIKAMIZ BO‘YLAB O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHIGA START BERILMOQDA

⚡️Fizika va kimyo fanlaridan o‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi Respublikamiz bo‘ylab ertaga, 14-fevral kunidan BOSHLANADI.

Bunda, Fizika – 14-fevral kuni
Kimyo – 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

💠Quyida olimpiada tashkil etilgan hududlardagi manzillar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qashqadaryo viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Toshkent shahri
Xorazm viloyati

📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi.

Olimpiadaga ro‘xatdan o‘tkazish soat 9:00 da to‘xtatiladi.

Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

12 Feb, 15:07


#Fotoreportaj
#al_Xorazmiy_olimpiadasi
#tabiiy_fanlar

📍Respublikamiz boʻylab barcha tuman (shahar)larda bo‘lib o‘tayotgan al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasidan fotoreportaj.

💫 OLIMPIADANING BARCHA ISHTIROKCHILARIGA OMAD YOR BOʻLSIN!

Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

11 Feb, 15:21


#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#Zakovat

🏢Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida Andijon farzandi buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542-yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual o‘yini 5-6-sinflar o‘rtasida o‘tkazildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

11 Feb, 05:36


#Тuron_2025

“Turon” maktab teatri tanlovi orqali chet elga sayohat qiling!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va teatr san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlov 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 shart asosida o‘tkaziladi va quyidagi bosqichlarda bo‘lib o‘tadi:

24-28-fevral kunlari — tuman (shahar) bosqichi;
10-29-mart kunlarihududiy bosqich.

✈️ Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga TA'LIM SAYOHATIni qo‘lga kiritadi.

👉 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: @turonteatri_bot

❗️Shoshiling!

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari 17-fevral kuni soat 16:00 da yakunlanadi.

Tanlov yangiliklarini
vazirlik kanali,
”Turon” maktab teatri kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


@hilola_umarova

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

10 Feb, 15:54


#Mohir_qoʻllar 🏢 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Andijon filiali.

⚡️ "Mohir qoʻllar" to'garagi 5-sinf oʻquvchilari bilan oʻtkazildi.

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
Oʻquvchilarning jamoa boʻlib ishlashga oʻrgatish. Oʻquvchilarning kreativlik qobilyatini oshirish.
Qoʻl matorikalarini rivojlantirib, aql faoliyatini rivojlantirish.

Bizni kuzatishda davom eting!
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

10 Feb, 15:44


#Speech_time

🏢 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Andijon filiali.

🔰Haftaning ilk kuni Oʻzbekiston
Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tongi "Speech Time"da maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Jasurbek Olimjonov o'quvchilarga "Maqsadni to'g'ri tanlash-muvaffaqiyat kaliti" mavzusida trening tashkil etdi.

🏅Shuningdek, bir qator tanlovlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilar tadirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

10 Feb, 15:06


#hafta_dayjesti

⚡️OʻTGAN HAFTADA AGENTLIK HAYOTIDA ROʻY BERGAN MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida joylashgan tizimdagi maktablarni tanqidiy-tahliliy oʻrgandi, Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi hududiy bosqichiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. Shuningdek, A.Ubbiyev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Mehribon Nurjanova IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Navoiy shahar 1-son hamda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari oʻzlari tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining sertifikatlariga ega boʻldi.

Ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining rasmlari xalqaro koʻrgazmada namoyish qilindi.

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari tomonidan urugʻ yetishtirish texnologiyasiga asoslangan innovatsion qurilma yaratildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Abroriddin Holliyev Nyu York shahridagi "Hobart and William Smith Colleges"ga 268.000 AQSh dollari miqdoridagi 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

Sirdaryo, Namangan, Toshkent, Andijon, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro hamda Fargʻona viloyatlarida Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari оʻquvсhilаrining “Vatan tayanchi” a’zolari oʻrtasida “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi oʻtkazildi.

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻolib boʻldi.

Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Qilichbek Ikromov toʻliq grant asosida "Yangi Oʻzbekiston" universitetining kiber xavfsizlik yoʻnalishiga muddatidan oldin oʻqishga qabul qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari uchun Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyasida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi boʻlib oʻtdi.

Agentlik tizimidagi maktablarda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi keng nishonlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

10 Feb, 11:15


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-2026-oʻquv yilidan — respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumtaʼlim maktabi faoliyati tashkil etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

09 Feb, 11:37


⚡️MATEMATIKA FANIDAN QIZLAR OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI YAKUNLANDI!

📢 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchi qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

OLIMPIADA 2 TURDA TASHKIL ETILDI:
📝Yozma ish,
✔️Test sinovlari.

📌Olimpiadada 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflar kesimida eng iqtidorli 3 nafardan jami 9 nafar ishtirokchilar mutlaq gʻolib deb topildi.

🎁G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Yuqori natijalarni qayd etgan 10 nafar oʻquvchi qizlar Fan olimpiadalari markazida tashkil etiladigan intensiv oʻquv mashgʻulotlarida qatnashib, 14-Yevropa qizlar matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun nomzodlar saralash bosqichida tayyorgarlik koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Ilm-fan sari intilayotgan barcha qizlarni tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

09 Feb, 05:02


#Alisher_Navoiy_584

Jahon adabiyoti va tafakkuri tarixida o'chmas iz qoldirgan Alisher Navoiyning serqirra ijtimoiy-siyosiy, ijodiy, ilmiy-ma'rifiy faoliyati, boy adabiy-badiiy merosini tubdan o'rganish har bir o'zbek farzandida o'zgacha faxr tuyg'usini uyg'otadi

Shu sababdan ayni damda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida ilmga chanqoq yoshlardan tarkib topgan "Yosh akademiklar" klubining diqqat markazida ham buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy bo'lib turibdi

Klub a'zolari "Moziydan o'rnak olib, kelajakni yaratamiz" shiori ostida Navoiy hayotini va buyuk siymomiz haqida turli tillarda berilgan qimmatli ma'lumotlarni chuqur o'rganishmoqda.

Zero, Prezidentimiz o'zining "Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" lV xalqaro sempoziumi ishtorokchilariga yo'llagan tabrigida aytib o'tganidek "Alisher Navoiyning bebaho ijodiy merosi haqli ravishda jahon daholarining buyuk asarlari bilan bir qatorda turishi bizga cheksiz g'urur va iftixor bag'ishlaydi"

@andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

09 Feb, 04:50


#Navoiy_tavalludining_584_yilligi

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan.

Turkiy tildagi ilk “Xamsa"ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.

Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan.

Shu boisdan maorif masalalariga katta ahamiyat bergan, maktab, madrasalar qurdirishda tashabbus ko'rsatgan.

Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

08 Feb, 11:17


#OAV_biz_haqimizda

🏢Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati Andijon filialining ma'naviyat soati "Taraqqiyot" teleradiokompaniyasida efirga uzatildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

08 Feb, 10:52


Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

08 Feb, 06:29


📣📣📣📣📣

Qizlar olimpiadasi BOSHLANDI!

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi BOSHLANDI!

⚡️Ayni paytda ishtirokchilar yozma ish topshiriqlarini bajarmoqda!

📌Oʻquvchi qizlarga yozma ish topshiriqlarini bajarish uchun 3 soat vaqt ajratildi.

Kunning ikkinchi qismida ishtirokchilarga test topshiriqlari beriladi.

⚡️Fan olimpiadalari markazi barcha ishtirokchilarga omad tilaydi!

🔗Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

08 Feb, 03:04


#Alisher_Navoiy

🏢Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati Andijon filialida buyuk mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bagʻishlangan "Zakovat" intellektual o‘yini oʻtkazildi .

Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida tuzilgan savollarga jamoalar tomonidan quvnoqlik va topqirlik bilan javoblar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

05 Feb, 15:13


#shukronalik
#psixologik_trening

"TOʻRT TARAF " metodikasi

🏫 Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filiali psixologi tomonidan 5- sinf oʻquvchilari ishtirokida "To‘rt taraf" metodikasi o‘tkazildi.

🔷Trening oʻquvchilarning 3 ta ijobiy fazilati va 1 ta kamchiligi hamda kelajakdagi orzulari orzulari haqida turli o‘yinlar asnosida tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

05 Feb, 13:53


#Alisher_Navoiy_584

Topmadim

Alisher Navoiy

🎙Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filiali 8-sinf o‘quvchilari

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

05 Feb, 04:37


#Turon_yoʻlbarslari
#Andijon_viloyati

🤩 Agentlikning Andijon viloyatidagi maktablari o‘rtasida o’tkazilgan “Тurоn yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi jarayonlaridan videolavha.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

04 Feb, 16:40


#Turon_yoʻlbarslari
#Andijon_viloyati

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari o’quvсhilаrining “Vatan tayanchi” a’zolari o‘rtasida “Тurоn yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Andijon viloyatida bo’lib o’tgan hududiy bosqichi yakunlandi.

⚡️Yakuniy natijalarga ko’ra:

🥇1-o’rin - Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining “Sohibqiron” jamoasi;

🥈2-o’rin - Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi;

🥉3-o’rin - Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining “Sagaris” jamoasi.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

04 Feb, 16:30


#Turon_yoʻlbarslari
#Andijon_viloyati

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari оʻquvсhilаrining “Vatan tayanchi” a’zolari oʻrtasida “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Тurоn yoʻlbarslari”
harbiy-sport musobaqasining Andijon viloyati hududiy bosqichi jarayonlaridan suratlar.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

31 Jan, 07:41


#Educational_trip

🏢 Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida yo'lga qo'yilgan navbatdagi sayohat Andijon davlat chet tillari instituti bo'ldi.

🏛 Sayohatdan ko'zlangan maqsad, xorijiy filologiya sohasiga qiziqishi bo'lgan o'quvchi yoshlarimizni oliygoh haqida tasavvurlarini boyitish va maqsadlari yo'lida harakatlarini jadallatishga turtki berish.

📋 Eslatib o'tamiz, institut hamda maktab-internatimiz o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo'lib, ushbu hamkorlik doirasida qator loyihalarga amalga oshitilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

31 Jan, 06:05


#qaror_ijrosi

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY 150 YOSHDA

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi 462-sonli qaror ijrosi yuzasidan Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida maktabning "Turon" teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

30 Jan, 16:28


#5_tashabbus

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialining 5-sinf o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida shahmat musobaqasi o‘tkazildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

25 Jan, 12:20


#Robo_coding

⚡️ OʻQUVCHILAR OʻRTASIDA "ROBO-CODING" OLIMPIADASI OʻTKAZILDI

🔷 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilari oʻrtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Andijon viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

📝Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5–8-sinflar hamda yuqori 9–11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib, mazkur olimpiadada ishtirok etdi.

🔰 Tanlov natijalariga ko‘ra Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filiali 9-11 sinf o‘quvchilari faxrli birinchi o‘rinni, 5-8 sinf o‘quvchilari faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda birinchi o‘rin sohiblari mazkur olimpiadaning Agentlik bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

25 Jan, 12:02


#Robo_coding

⚡️ OʻQUVCHILAR OʻRTASIDA "ROBO-CODING" OLIMPIADASI OʻTKAZILDI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilari oʻrtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Andijon viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

25 Jan, 10:58


#milliy_sertifikat

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialining 6 nafar o‘quvchilari ingliz tili fani bo‘yicha Bilim va malakani baholash agentligining "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risidagi SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritishdi.

🔷O‘quvchilarimizni kelgusi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz

Bizni kuzatishda davom eting!
🕊Telegram | 📱Instagram📱Facebook

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

25 Jan, 10:57


#Robo_coding

⚡️ OʻQUVCHILAR OʻRTASIDA "ROBO-CODING" OLIMPIADASI OʻTKAZILDI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilari oʻrtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Andijon viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

📝Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5–8-sinflar hamda yuqori 9–11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib, mazkur olimpiadada ishtirok etdi.

⚙️ Olimpiada nizomiga muvofiq oʻquvchilar 3 ta: “Yashil shahar yaratish”, “Yuk koʻtarish konstruksiyasini yaratish” va “Dasturlash” yoʻnalishlarida bellashishdi.

📆 Maʼlumot uchun, har bir hududdan yuqori va quyi sinflarda 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan mazkur olimpiadaning Agentlik bosqichi joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

24 Jan, 16:39


#xalqaro_konferensiya

🔔 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 4-5-aprel kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📝Unda professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va iqtidorli oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin.

📶 Konferensiyada:
Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va
rivojlantirish usullari va strategiyalari;
Loyihaga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
Mezonlarga asoslangan baholash: maqsad va vazifalar;
Raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar boʻyicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalar muhokama qilinadi.

Konferensiya oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi.

📥 Ta’lim sohasiga oid maqola, tezis, metodik tavsiyalar 2025-yilning 1-martiga qadar ([email protected] e-mail pochtasi orqali) qabul qilinadi.

🗂Talabgorlar maqolalarini o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida topshirishlari mumkin.

🔎Maqola topshirish boʻyicha YO’RIQNOMA

📞Qoʻshimcha ma’lumot uchun: 71-207-20-17 (ichki raqam 161).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

24 Jan, 10:30


Bugun Xalqaro taʼlim kuni!

Shu munosabat bilan kuni kecha xalqaro hamkorlarimiz UNICEF, UNESCO, UNDP, IHRT, Jahon banki kabi tashkilotlar, taʼlim ekspertlari bilan uchrashib, sohaning ertangi kuni, yangicha yondashuvlar va xalqaro tajribalar haqida gaplashdik.

Tadbirda mamlakatimiz taʼlim siyosati, erishilgan marralar, oldinda turgan vazifalarni tahlil qildik. Maktabgacha taʼlim tizimidagi qamrovning oshishi, “Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv sinflarning koʻpayishi, xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalar, xalqaro tanlovlardagi yutuqlar, oʻquvchi va oʻqituvchilarimizning ragʻbatlantirilishi, taʼlim sohasiga xorijiy mutaxassislarning jalb etilishi – buning hammasi nazarimda ezgu maqsadlarimizni ifodalaydi.

Xalqaro taʼlim kuni bilan sohadagi barcha fidoyilar, maktabgacha va maktab taʼlimi oilasini tabriklayman!

@hilola_umarova

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

23 Jan, 16:55


#Халқаро_таълим_куни

Ta’limni yanada rivojlantirishga doir xalqaro loyihalar muhokama qilindi

Bugun poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida "Taʼlimda transformatsiya: yorqin kelajak uchun global hamkorlik" mavzusida xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.

“24-yanvar — Xalqaro taʼlim kuni” munosabati bilan
tashkil etilgan ushbu muloqot davrasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, vazir Hilola Umarova, nufuzli xorijiy tashkilotlar vakillari hamda pedagoglar ishtirok etdi.


📍Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan taʼlimga doir oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, bugungi kun talablariga javob beradigan va barqaror kelajakni taʼminlovchi taʼlim tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Tadbir davomida BMT, UNESCO, UNICEF, Jahon banki, Cambridge University and Press vakillari soʻzga chiqib, bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi hamkorlikdagi loyihalar hamda erishilgan yutuqlar haqida soʻz yuritdi.

Xususan, taʼlimda sunʼiy intellektdan foydalanish, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik loyihalari tilga olib oʻtildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1921

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

23 Jan, 16:55


Xalqaro ta’lim kuni arafasida men O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan e’tirof etmoqchiman. Biz ta’lim — farovonlik poydevori ekaniga qat’iy ishonamiz va har bir bola uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini taʼminlashga intilamiz.

Bugun xalqaro hamkorlarimiz — UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazdik. Muloqot davomida ta’lim masalasiga yangi yondashuvlarni — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlarni muhokama qildik.

Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida sifatli taʼlim olish imkoniyatidan barcha erkin foydalanishi uchun zarur sharoit yaratishga erishamiz.

_

В преддверии Международного дня образования я с гордостью отмечаю успехи реформ Узбекистана в данной сфере. Мы твёрдо убеждены, что образование — это фундамент процветания, и мы продолжим прилагать все усилия, чтобы каждый ребёнок имел возможность раскрыть свой потенциал.

Сегодня состоялась важная встреча с нашими международными партнёрами: UNICEF, UNESCO, UNDP, ОЭСР, Всемирным банком и другими. Вместе мы обсудили новые подходы к образованию, основанные на инновациях, современных методиках и глобальном опыте.

Вместе мы сможем создать условия, в которых качественное образование станет доступным для каждого.

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

23 Jan, 08:33


#milliy_sertifikat

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialining 1 nafar ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi hamda 2  nafar o‘quvchilari ona tili va adabiyoti fanidan, 1 nafar rus tili fani o‘qituvchisi hamda 1 nafar o‘quvchi rus tili fani bo‘yicha Bilim va malakani baholash agentligining "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risidagi SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

13 Jan, 05:16


#Speech_time

🏢Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati Andijon filialida 2024-2025 o‘quv yilining uchinchi choragi "Speech time" loyihasi bilan boshlandi.

🔰Davlat madhiyasi bilan boshlangan ertalabki saflanishda maktab mas'ullari tomonidan o‘quvchilarni kelgusi o‘quv faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etildi hamda ta'lim muassasasida tashkil etilgan o‘quvchilarni yangi o‘quv choragida faol ishtirok etishini ta'kidladi.

🔷Shuningdek, maktab psixologi tomonidan kayfiyatni ko‘taruvchi qiziqarli treninglar o‘tkazildi.

BiZNI KUZATISHDA DAVOM ETING
https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

12 Jan, 12:51


#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida o‘quv yilining uchinchi choragi boshlanishi bayramona boshlandi.

14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati oldidan maktab o‘quvchilari tarbiyachilar tomonidan ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

11 Jan, 15:39


#hamkorlik

Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida Andijon shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda Andijon shahridagi umumta'lim maktablarining matematika va informatika fani o'qituvchilari uchun milliy sertifikat va attestatsiya jarayonlariga ko'maklashish maqsadida MOK testlari olinib, tahlil qilindi.

Mashg‘ulotlar davomida tizimli ishlash tartibi ishlab chiqildi, har hafta matematika fani o'qituvchilari uchun "Kasbiy rivojlanish" kunlari tashkil etilib, amaliy va metodik yordam berishga kelishib olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

11 Jan, 14:15


#yangi_nashr

🏢Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialining "Fan. Texnika. Til" nomli ilmiy-badiiy to‘plamining 1-soni chop etildi.

📙To‘plamda maktab o‘quvchilarining fan, texnika va badiy adabiyot bilan bog‘liq ijodiy ishlari hamda maktab faoliyatidan lavhalar kiritilgan.

Bizni kuzatishda davom eting!
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

11 Jan, 09:54


PEDAGOGIK KENGASH YIG‘ILISHI

🏢Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida 2024-2025 o‘quv yilining ikkinchi chorak yakunlari yuzasidan navbatdagi Pedagogik Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

Pedagogik Kengash ishini maktab-internat direktori Nigoraxon Yunusova hamda direktor o'rinbosarlari olib bordilar.

❇️Pedagogik Kengash davomida 2024-2025 o‘quv yili ikkinchi chorak yakunlari yuzasidan ChSB natijalari, asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichi yakunlar, o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan individual ishlashni jadallashtirish hamda o‘quvchilarni sog‘lom turmush tarzini yanada shakllantirish, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati qonuni va o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

05 Jan, 06:03


#biz_haqimizda
#qisqacha

🤩 AGENTLIK TIZIMIDA HOZIRGI KUNDA:
14 ta Prezident maktabi;
9 ta ijod maktabi;
2 ta sport maktabi;
185 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari;
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
Fan olimpiadalari markazi;
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti;
"Renessans" sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyat yuritmoqda.

🗣Mazkur ta’lim muassasalarida 70 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olib, ularga 8 mingdan ortiq o‘qituvchi ta’lim berib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

05 Jan, 02:52


📚 BIR KUNDA O‘QILADIGAN KITOBLAR

Adabiyotda bahor fasli bilan bog‘liq mashhur hikoya va qissalar judayam ko‘p. Bugun sizlarga ana shunday asarlardan bir nechtasini tavsiya qilamiz va ishonamizki, dam olish kunlarini mutolaa bilan mazmunli o‘tkazasiz.

↪️1. “Qor qo‘ynida lola” – Cho‘lpon
↪️2. “Qizg‘aldoq” – Nurilla Chori
↪️3. “O‘rik guli” – Alisher Ibodinov
↪️4. “Qirmizi binafsha” – Tosio Udo
↪️5. “Qaldirg‘ochlar bahorda keladi” – Maqsud Qoriyev
↪️6. “Bahorning o‘n yetti daqiqasi” – Yulian Semyonov
↪️7. “Bodom qishda gulladi” – Shukur Xolmirzayev
↪️8. “Erta qaytgan turnalar” – Chingiz Aytmatov

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

04 Jan, 07:28


#seminar
#2_kun
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

ZAMONAVIY TA’LIM INNOVATSIYALARI

🤩Andijon viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun “Zamonaviy taʼlim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️Ushbu treninglar Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, seminar mashgʻulotlari ikki kunga moʻljallangan boʻlib, ayni vaqtda kimyo, biologiya hamda ingliz tili fani oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

04 Jan, 04:39


#kun_hikmati

📚Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiyasi, axloqiy tarbiyasi!


✍️Abdurauf FITRAT


👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

03 Jan, 14:36


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Туркистон жадидлик ҳаракатининг асосчиси, атоқли адиб ва жамоат арбоби, ношир ва педагог Маҳмудхўжа Беҳбудий таваллудининг 150 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 150-летия со дня рождения основателя джадидского движения в Туркестане, выдающегося писателя, общественного деятеля, издателя и педагога Махмудходжи Бехбуди"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

03 Jan, 10:55


#seminar
#1_kun
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

ZAMONAVIY TA’LIM INNOVATSIYALARI

🤩Andijon viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun “Zamonaviy taʼlim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️Ushbu treninglar Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, seminar mashgʻulotlari ikki kunga moʻljallangan boʻlib, ayni vaqtda matematika, informatika hamda fizika fani oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

23 Nov, 15:09


Xushxabar! Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

“Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari:

barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi;

unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining quyidagi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno):

zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig‘im miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

@hilola_umarova

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

21 Nov, 14:44


Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.

Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

21 Nov, 10:23


🟦🟦
🇰🇷Koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadasi tashkil qilinmoqda.

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Koreya ta'lim markazi hamkorlikda 🇰🇷Koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasi tashkil qilinadi.

Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqich hududlarda 1-dekabr kuni, yakuniy respublika bosqichi 22-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Ro'yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-2024-o‘quv yilida Koreys tili bo‘yicha I Respublika olimpiadasi tashkil etilgan edi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: korean-contest.softgo.uz

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

21 Nov, 08:11


#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 21-noyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!

Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

20 Nov, 16:01


#uchrashuv

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazirlik vakillari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, YTB rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasida turli sohalarda bo’lgani kabi ta'lim sohasida ham o‘zaro hamkorlik yanada rivojlanib borayotganligi aytib o’tildi.

Mehmonlar Agentlik tizimidagi maktab bitiruvchilari uchun Turkiyaning oliy ta’lim muassasalarida grant asosida o‘qishni davom etirishga ko‘maklashish, Turkiyada o‘qish qiziqishini bildirgan bitiruvichilar uchun alohida grant o‘rinlarini ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish haqida to’xtalib o‘tdi.

Ko’plab ijobiy muzokaralar almashilgan uchrashuv so’ngida har ikkala tomon istiqboldagi rejalar bo’yicha onlayn va oflayn muzokaralar olib borishga kelishib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

20 Nov, 10:13


Prezident 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi

Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/25647

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

20 Nov, 05:51


#tayinlov

AGENTLIK HUZURIDAGI FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA DIREKTOR TAYINLANDI

Agentlikning tegishli buyrug’iga ko‘ra, Toʻraboy Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori etib tayinlandi.

T.Shermatov ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Toshkent shahridagi INHA universitetining uzluksiz taʼlim markazi fizika va matematika o‘qituvchisi, OʻzFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar T.Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi T.Shermatovni tayinlov bilan qutlab, iqtidorli oʻgʻil-qizlarni yuzaga chiqarish yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

19 Nov, 12:20


#Vatan_bayrog'i_millat_bayrog'i

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati Andijon filialida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Muqaddasdir, Vatan bayrog'i" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

19 Nov, 10:10


IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLADI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida ta'lim samaradorligini oshirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir avlodni tarbiyalashga qaratilgani alohida aytib o’tildi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar ayni vazifani bajarishda tizimda lokomotiv boʻlib, ularning tajribasi soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yigʻilish davomida tashkiliy masalalar, Agentlik faoliyati, tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qitish samaradorligi tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra tayinlangan Agentlik direktori o‘rinbosari, Agentlik direktorining tegishli buyrugʻiga koʻra tayinlangan Fan olimpiadalari markazi direktori jamoaga tanishtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

15 Nov, 16:05


#sayyor_qabul
#Qoraqalpogʻiston

🤩 QORAQALPOGʻISTONDA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Shuningdek, Agentlik direktori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filiali oʻquvchilari bilan muloqot qilib, ularning talim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Oʻgʻil-qizlarga yanada kuchli bilim olish, bir nechta xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal egallash lozimligini taʼkidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

15 Nov, 10:52


#ishchi_guruh

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI FAOLIYATI OʻRGANILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Agentlik tizimidagi mazkur maktabda o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, dars jarayonlari kuzatildi. Maktab hududida qurilayotgan oʻquvchilar turar joyi binosi koʻzdan kechirildi.

Bitiruvchi o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbatda Agentlik direktori yoshlarga zamonaviy kasblarni tanlash borasida tavsiyalar berib, yetuk mutaxassis boʻlish uchun oʻz sohasi boʻyicha puxta malakaga ega boʻlish bilan birga, bir nechta xorijiy tillarni bilish, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish, siyosiy, madaniy bilimlarni ham bilishi lozimligini taʼkidladi.

Oʻrganish davomida ta’lim maskani erishib kelayotgan yutuqlar, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori maktab oʻquv jarayonida qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

14 Nov, 13:27


#qizlar_olimpiyadasi

🏢Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimi tomonidan o‘tkazilayotgan matematika fanidan qizlar olimpiyadasining maktab bosqichi o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

12 Nov, 15:13


#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Agentlikning Qashqadaryo viloyayida joylashgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu va maqsadlari, taʼlim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqib, kuchli bilim olish, zamonaviy fanlarni puxta egallash doim yuqori samara berishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Qarshi shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi taʼlim maskanlari direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

12 Nov, 10:43


#Bitiruvchi

🏢Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida bitiruvchilar bilan oliy ta'lim muassasalariga kirish oldidan belgilangan tartib asosida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

🔰Bugungi o‘tkazilgan navbatdagi test mashg‘ulotlari ham maktab-internati bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

11 Nov, 15:07


Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zladi.

Prezidentimiz Falastin-Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yo‘li bilan hal etishga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Qadimiy va boy tarixga ega falastin xalqi 1967-yildagi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil va ozod davlatini tuzishga to‘la haqli ekani ta’kidlandi.

❗️Davlatimiz rahbari urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor ekanini ta’kidladi.

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

11 Nov, 05:41


#Speech_time

🏢Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati Andijon filialida 2024-2025 o‘quv yilining ikkinchi choragi "Speech time" loyihasi bilan boshlandi.

🔰Davlat madhiyasi bilan boshlangan ertalabki saflanishda maktab-internati direktori Nigoraxon Yunusova so‘z olib, o‘quvchilarni kelgusi o‘quv faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, ta'lim muassasasida tashkil etilgan akademik va noakademik to'garaklarda faol ishtirok etishini ta'kidladi.

🔷Shuningdek, ta'til vaqtida turli tanlovlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar taqdirlandi.

BiZNI KUZATISHDA DAVOM ETING
https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

09 Nov, 11:38


Mukofot haqiqiy egasiga topshirildi

Bahodirov Ahrorbek 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalini qo‘lga kiritdi va navbatdagi xalqaro olimpiadadagi ishtiroki sabab taqdirlash marosimiga kela olmadi. Haqli ravishda 112 500 000 so‘m miqdordagi pul mukofoti qahramonimizning onalari Mahmuda opaga topshirildi.

Mahmuda opa, rahmat sizga, o‘g‘lingizni kitobga, ilmga qiziqtirganingiz uchun rahmat, o‘z yutuqlaringizdan farzandingiz yutuqlarini ustun qo‘yganingiz uchun rahmat!

Men uchun Mahmuda opa kabi onalar zamonamiz qahramoni. Jamiyatimizda sizdek onalar ko‘payishini xohlayman. Bilim bilan topilgan pul yaxshiliklarga buyursin!

@hilola_umarova

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

09 Nov, 10:24


PEDAGOGIK KENGASH YIG‘ILISHI

🏢Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida 2024-2025 o‘quv yilining birinchi chorak yakunlari yuzasidan 2-sonli Pedagogik Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

Pedagogik Kengash ishini maktab-internat direktori Nigoraxon Yunusova hamda direktor o'rinbosarlari olib bordilar.

❇️Pedagogik Kengash davomida 2024-2025 o‘quv yili birinchi chorak yakunlari yuzasidan ChSB natijalari, asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida tayyorgarlik ko‘rish, o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan individual ishlashni jadallashtirish hamda o‘quvchilarni sog‘lom turmush tarzini yanada shakllantirish kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

👉https://t.me/andijan_itschool

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

09 Nov, 08:00


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchi qizlari o'rtasida matematika fani olimpiadasi o'tkazilmoqda.

Bunda 5-sinfdan 11-sinfgacha barcha qizlar ishtirok etishlari mumkin!

Olimpiadada ishtirok eting va ajoyib sovg'alarga hamda Yevropa matematika qizlar olimpiadasida ishtirok etish imkoniga ega bo'ling!

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

09 Nov, 07:59


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!

Sizdan Agentlikning 2024-yil 11-oktabr kuni 01-11/2-2205-son va 15-oktabr kuni 01-11/1-2241-son xatlari bilan tasdiqlangan yo‘riqnomalarga asosan belgilangan muddatlarda maktablar tomonidan ishlab chiqiladigan jadvalga ko‘ra mos ravishda "Qizlar o‘rtasida matematika fani olimpiadasi" hamda "Robo-coding olimpiadasi"ni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishingiz so‘raladi.

Olimpiadalarning maktab bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Agentlikning xatlari va ilovalari yuqoridagi zip faylga joylangan.

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

09 Nov, 07:36


⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

👍👍👍👍👍
Telegram |  YouTube | Facebook |

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

08 Nov, 08:32


#maroqli_ta'til

🔰Farg'ona shahridagi Prezident maktabida o‘quvchi yoshlar ishtirokida MUN(Model of United Nations) xalqaro seminari o‘tkazildi.

🏢Ushbu seminarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati Andijon filialining 10-11-sinf o'quvchilari Alijonov Saidbek, Ortiqjonov Azamatjon va Yahyoyev Javohirbeklar faol ishtirok etib, xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandi.

🔷Ushbu o‘quvchilarimizni yutuq bilan muborakbod etib, kelgusi o‘qishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

20 Oct, 10:44


#IELTS_speaking_Mock

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida o'quvchilarning ingliz tilidagi muloqotini, oshirish hamda IELTS speaking imtihon qismidan yuqori ball olishlari maqsadida "IELTS full Mock" va "Podcast" loyihalari tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari ushbu loyihamizda o'quvchilar turli hil mavzularda o'zaro fikr almashib, fikrlash qobiliyatlarini ham oshirish mumkin.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

19 Oct, 13:25


Taʼlim tizimida davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar samarasini xalqaro hamjamiyat ham eʼtirof etyotgani bizni quvontiradi.

Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda Xalqaro MELQO instrumentlari orqali 250 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkazilgan taʼlim sifatini baholash natijalari eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, bolalarda ilk matematik bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash natijalari o‘rtacha 94 foiz, katta va tayyorlov guruhlardagi bolalarda erta yoshdagi savodxonlik ko‘nikmalari 77 foizdan yuqori.

Baholashda ishtirok etgan 90 foiz maktabgacha taʼlim tashkilotlari o‘quv metodik va didaktik adabiyotlar bilan to‘liq taʼminlanganligiga alohida urg‘u berilgan.

Bugungi bog‘cha bolasi – ertangi o‘quvchi. Hurmatli ustozlar, kichkintoylarimiz egallagan ilk bilim va ko‘nikmalarni munosib ravishda boyitib borish bizdan yanada mas’uliyat bilan ishlashni talab qiladi. Bir jamoa bo‘lib Yangi O‘zbekiston farzandlarini barkamol avlodlar qilib tarbiyalaymiz degan umiddaman.

@hilola_umarova

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

19 Oct, 09:23


Ona tilim - millat ruhi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filiali o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Ona tilim" she'rini ijro etdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

18 Oct, 16:40


#xalqaro_hamkorlik

🤩 Turkiya Respublikasi Prezidenti administratsiyasining Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Salim Atay boshchiligidagi delegatsiya Agentlikka tashrif buyurdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Davlatimiz rahbari tomonidan so’ngi yillarda ta’lim sohasiga berilayotgan keng ko’lamli islohotlar, jumladan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati bilan mehmonlarni tanishtirdi.

Mehmonlar Agentlik faoliyati, o’quvchilar erishayotgan yuqori natijalari va yutuqlariga yuqori baho berdi. O’zbekistonda barcha sohalar singari ta’lim sohasi ham shiddat bilan rivojlanib, katta e’tiroflarga sazovor bo’layotganini ta’kidladi.

Delegatsiya a’zolari Agentlik tizimidagi maktablarni tamomlab hozirgi kunda Turkiyada tahsil olayotgan o’quvchilarimiz uchun turli vazirliklarda, davlat idoralarida amaliyot o’tashiga sharoit yaratish, o’quvchilarni shu borada qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

18 Oct, 10:48


Usmon Sharifxodjayev yangi lavozimga kuzatildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, bugungi kunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Usmon Sharifxodjayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Usmon Sharifxodjayevni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Vazirlik jamoasi uning kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvafaqqiyatlar tiladi.

Shu oʻrinda Usmon Sharifxodjayev ham oʻtgan vaqt davomida barcha hamkasblar bilan hamjihat mehnat qilganligini taʼkidlab oʻtdi hamda buning uchun vazirlik jamoasiga oʻz minnatdorligini bildirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

18 Oct, 09:19


Ona tilim - millat ruhi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filialida "Ona tilim - millat ruhi" mavzusida ma'naviyat soatlari tashkil etildi.

Tashkil etilgan ma'naviyat soatlarida o‘zbek tili nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi hamda milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz bizga ona tilimiz yordamida meros bo‘lib qolganligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

17 Oct, 13:41


#Teatr_ibratxonadir

🏢Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filiali o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1-aprel kungi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-55-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon shahridagi qo‘g‘irchoq bolalar teatriga sayohat qildilar.

🔰Bundan ko‘zlangan maqsad - yoshlarda badiiy va estetik madaniyatni rivojlantirish va o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube