IHMA Qashqadaryo @ihma_qashqadaryo Channel on Telegram

IHMA Qashqadaryo

@ihma_qashqadaryo


IHMA Qashqadaryo (Uzbek)

IHMA Qashqadaryo kanali - bu sizga Qashqadaryo viloyati bo'ylab so'nggi yangiliklar, maqolalar, va ma'lumotlar bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan Telegram kanali. Bu kanal orqali siz Qashqadaryo viloyatida yuz berayotgan so'nggi voqealardan, siyosiy va iqtisodiy yangiliklardan birinchilardan habardor bo'lishingiz mumkin. IHMA Qashqadaryo kanalida sizga viloyatdagi eng so'nggi yangiliklar va xabarlar bilan birga, sport, madaniyat, va siyosat sohasidagi ilmiy maqolalar ham taqdim etiladi. Kanalga obuna bo'lib, siz ham kun davomida yangi va maqtovga ega bo'lgan yangiliklar bilan yana bir ma'rifat ortasida bo'lishingiz mumkin. IHMA Qashqadaryo kanali - sizning ma'lumotlaringizni yangilash uchun eng ideal platforma!

IHMA Qashqadaryo

08 Feb, 11:17


🟦🟦

«Mahalla» gazetasining 2025-yil 8-fevraldagi 10-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

08 Feb, 06:17


#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Kitoblik ayol farzandining salomatligidan havotirda" mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy munosabati:

Ijtimoiy tarmoqlardagi murojaat bo'yicha fuqaroning oilaviy sharoitlari Kitob tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan o'rganildi. O'rganish natijalariga ko'ra, fuqaroning oilaviy sharoiti og'irligi, boquvchisini yo'qotganligi aniqlandi.

Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan "Keys" ochilib, “Saxovat va ko’mak" jamg’armasidan moddiy yordam ajratish hamda ushbu mablag'lar hisobidan farzandini davolatish choralarini ko'rish belgilandi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

08 Feb, 05:13


🟦🟦
"QASHQADARYO" | "Muloqot"  ko‘rsatuvi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ularning samarasi xususida.


📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

07 Feb, 13:55


Shahrisabz "Muruvvat" ayollar uchun internat uyi faoliyati

👩‍👩‍👧‍👦 Bugungi kunda Shahrisabz "Muruvvat" ayollar uchun internat uyi tarbiyalanuvchilarini sog'lomlashtirish uchun nafaqat tibbiy ko'riklar tashkil etiladi balki, turli jismoniy tarbiya mashqlari ham olib boriladi.

Misol uchun, yugurish yo'lagi, devor turnigi kabi bir nechta sport jihozlari bilan ta'minlangan.

🏃 Bundan tashqari, muassasa tarbiyalanuvchilari uchun shaxmat-shashka va arqon tortish musobaqalari tashkil etib borilmoqda.

🎬 Batafsil videorolikda tomosha qilishingiz mumkin...

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

07 Feb, 10:36


✍️ Onlayn murojaat qoldiring!

🥹 Fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy boti @IHMAQashqadaryobot ishga tushirilganligini eslatib o'tmoqchimiz.

🖋 Bunda siz bolalar nafaqasi va moddiy yordam, nogironlikni belgilash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, sanatoriyaga yo'llanma, Muruvvat uyi va Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markaziga joylashish kabi bir nechta mavzular yuzasidan onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

07 Feb, 06:00


Qashqadaryoda 439 nafar imkoniyati cheklangan bolalar ta'limga qamrab olindi

🥹 5-6-fevral kunlari Qashqadaryo viloyatida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya bo'lib o'tdi.

Komissiya natijalariga ko'ra,⬇️

maxsus maktablarga — 344 nafar;

maxsus bog'chalarga — 74 nafar;

inklyuziv ta'limga — 14 nafar (shundan 4 nafari inklyuziv guruhlarga, 10 nafari inkyuziv sinflarga);

kunduzgi parvarish guruhiga — 4 nafar;

g'amxo'rlik guruhiga — 3 nafar imkoniyati cheklangan bolalar qamrab olindi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

05 Feb, 03:42


Kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘ygan xususiy tadbirkorlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Unga ko'ra, 2025-yil 1-martdan boshlab, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kunduzgi parvarish xizmati faoliyatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga:

Bolalar uchun davlat subsidiyalari

3-7 yoshli bolalar uchun – har bir kunlik tashrifga bazaviy hisoblash miqdorining 25%;
7-18 yoshli bolalar uchun – har bir kunlik tashrifga bazaviy hisoblash miqdorining 27% subsidiya ajratiladi. 
↗️Bunda, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston va viloyatlar markazlarida subsidiya miqdori 1,1 baravar ko‘paytiriladi. 
👫 Kambag‘al oilalar bolalari uchun subsidiya yana 30% oshiriladi. 

💵 Transport xarajatlari uchun kompensatsiya

Agar bola kunduzgi parvarish markazidan 3 km uzoqda yashasa va xususiy sherik transport tashkil qilsa,  har bir qatnash kuniga qarab, bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 75% gacha kompensatsiya to‘lanadi. 

🤝 Tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar

2027-yil 1-iyulga qadar kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha mebel va jihozlar xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

😲 Bunda, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida ishtirok etayotgan banklarga imtiyozli kredit ajratish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt past stavkada 30 milliard so‘mgacha miqdorda resurs ajratiladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

05 Feb, 03:42


Ushbu yo‘nalishda  ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni tashkil etish jarayonlarini raqamlashtiriladi

😯 2025-yil 1-martgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimi doirasida “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli va uning mobil ilovasi yaratiladi. 
Ushbu tizim: 

  Davomatni biometrik identifikatsiya orqali yuritadi; 
  Subsidiyalarni avtomatik hisoblab chiqadi. 

↗️ 2025-yil 1-sentyabrga qadar “Bolalar salomatligi” axborot tizimi joriy etiladi. 
Ushbu tizim esa: 

Bolalarning rivojlanishidagi muammolarni erta aniqlaydi;
Tibbiy, reabilitatsiya, ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni birlashtiradi. 

👫 Qolaversa, qarorda belgilangan muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi  hamda Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda “Imkon” ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 

❗️ Shuningdek, 2025-yil 1-iyulga qadar Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib quyidagi imtiyozlar beriladi:

Kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yilgacha barcha soliqlardan (ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilinadi. 
Ota-onalar tomonidan kunduzgi parvarish xizmatiga to‘langan oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ soliq solinmaydigan daromad sifatida tan olinadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

05 Feb, 03:42


#qaror_sharh
#kunduzgi_parvarishlash

🧠 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini ta’minlash, ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi omillarni bartaraf etish va oila a’zolariga mehnat qilishiga sharoit yaratish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalarning oila qaramog‘ida qolishini ta’minlash va ijtimoiy yetimlikning oldini olish maqsadida yangi tizim ishga tushiriladi.

🖋 Bu to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

1️⃣ Yangi tizimga muvofiq, 2025-yil 1-martdan boshlab, tajriba-sinov tariqasida, bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida,

😲 2025-yil 1-oktyabrga qadar respublikaning qolgan hududlarida 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

☺️ Bunda, nogironligi bo‘lgan bolalar kunduzgi parvarish xizmatiga ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari o‘rtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilangan tartibda berilgan xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

04 Feb, 13:26


Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari

🎙 "Oltin voha" radiosi "Nuqtai nazar" eshittirishi

👫 Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, ayniqsa, aka-singil, aka-uka va opa-singillarlarning quda bo‘lishayotgani natijasida nuqsoni bor bo‘lgan bolalarning dunyoga kelayotgani, bunday bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan Qarshi shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (eshitishda nuqsoni bor) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 17-sonli maktab-internati tarbiyachi Go‘zal Qurbonova bilan bo'lib o'tgan suhbat.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

04 Feb, 10:53


🔹 Audio_murojaat

🧠 Bugun, 4-fevral O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam va shu kabi ijtimoiy to'lovlar yuzasidan onlayn audio suhbat bo'lib o'tadi.

😮 Ushbu 👉https://t.me/+odCeyb37REszMWM6 havola orqali guruhga o'tib, savollaringizni yo'llashingiz mumkin.

📆 Bugun, 4-fevral Soat: 17:00

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

03 Feb, 10:26


🟦🟦
"QASHQADARYO" telekanali

👩‍👩‍👧‍👦 Ijtimoiy himoya agentligi ishchi guruhi tomonidan o'rganishlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan o'tkazilgan sayyor qabullar

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

03 Feb, 06:58


🟦🟦
"QASHQADARYO" telekanali

🧠 "Ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot"da ilgari surilgan takliflar yuzasidan

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

03 Feb, 04:57


#inklyuziv_shahar

Qashqadaryo ko'chalari, tashkilot va muassasalar nogironligi bo'lgan shaxslar harakatlanishlari uchun moslashtirilmoqda


Misol uchun, Qarshi shahridagi ko'zi ojizlar uchun 18-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktabida yo'l harakati qoidalarini o'rganish maxsus maydonchasi tashkil etilib, unda o'quvchilar ko'chada xavfsiz harakatlanishlari uchun o'rgatilmoqda;

Kasbi tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining kirish yo'laklariga taktil qoplama va markaz hududiga nogironligi bo'lgan shaxslar mashinalari uchun maxsus avtoturargoh tashkil etildi;

shuningdek, Qarshi shahrida ovozli svetoforlar joylashtirish harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, viloyatning har bir tumanida bittadan nogironligi bo'lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish bo'yicha namunaviy ko'cha tashkil etilishi rejalashtirildi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

02 Feb, 09:54


#RTV_POM
#IJOBIY_KEYS

🇺🇿 Chiroqchi tumani “Kishmishtepa” MFYda yashovchi Nodira Yangiboyeva parasportning og'ir atletika turi bo'yicha 4 karra O'zbekiston chempioni.

👨‍🦽 Ilgari parasport bilan shug‘ullanishda sportzalga qatnash uchun mexanik nogironlik aravachasidan foydalanar, fuqaro o'zgalar yordamiga muhtoj edi.

☺️ Tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazidan elektron yuritmali nogironlik aravachasi berilgandan keyin, sport zalga borib kelishda ancha yengillik bo'ldi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

01 Feb, 13:59


🟦🟦
"QASHQADARYO" telekanali

🧠 "Ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot"da ilgari surilgan takliflar yuzasidan MUNOSABAT

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

01 Feb, 08:20


📣Ishga marhamat!

👮‍♂️Tibbiyot oliy ta'lim muassasasida o'qib chiqdingiz lekin, ish topa olmayapsizmi? Unday bo'lsa ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

🥹O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi quyidagi lavozimlar bo'yicha ishga taklif etadi:

35-son Viloyat tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (TIEK):

ekspert nevrolog;

45-son Yakkabog‘ tuman TIEK:
ekspert xirurg;

46-son Qamashi tuman TIEK:
ekspert xirurg;

47-son Qarshi tuman TIEK:
ekspert pediatr;

44-son Shahrisabz tumanlararo TIEK:
ekspert nevrolog;

38-son Dehqonobod tuman TIEK:
ekspert nevrolog;

📞 Murojaat uchun aloqa raqamlari:
+99855 405-08-32
+99894 332-91-23


🏃 Shoshiling! Bo'sh ish o'rinlari sizni kutmoqda.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

01 Feb, 06:56


"MEHR MANZILI" ko'rsatuvi

🏃 Qarshi shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (eshitishda nuqsoni bor) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 17-sonli maktab-internati o'quvchilarining erishayotgan yutuqlari haqida

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

30 Jan, 14:32


🟦🟦

🎙 “Yoshlarga hamrohlik dasturi" mazmun-mohiyati, uning doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida "Oltin voha" radiosining "Xabarlar" informatsion dasturida ma‘lumot berildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

29 Jan, 14:23


😀😕🙃🙂

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Zulxumor Xamraxodjayeva Qamashi, Kitob va Chiroqchi tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, aholi murojaatlari, ularni ijobiy hal qilish va hujjatlar bilan ishlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🖋 Markaz xodimlariga aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

29 Jan, 10:03


Bilarmidingiz?

☺️ Qashqadaryo viloyati "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining psixologlari tomonidan 12 toifadagi shaxslarga bepul psixologik xizmat ko'rsatiladi:

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar;

Nogironligi bo‘lgan shaxslar;

Tazyiq va zo'ravonlikka uchragan
xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari;

Kam ta'minlangan oilalar;

Yetim bolalar;

Ota-onalik huquqidan mahrum etilmasdan farzandlari olib ketilgan ota onalar;

Voyaga yetmagan onalar va otalar;

Ota-onasi xorijiy davlatga ketgan bolalar;

Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxslar;

Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar;

Ozodlikdan mahrum etish jazosini o’tab bo’lgan fuqarolar;

Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favquloddagi vaziyatlardan jabrlangan shaxslar.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

28 Jan, 17:09


Ахborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi
#28jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

IHMA Qashqadaryo

28 Jan, 14:15


😀😕🙃🙂

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Zulxumor Xamraxodjayeva Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, Qarshi shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi.

🖋 Unda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.

👮‍♂️ Jumladan, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni ijobiy hal qilinishi hamda hujjatlar bilan ishlash masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek "Inson" markazi mas'ullariga murojaatlar bilan ishlash, davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida tushunchalar berildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

28 Jan, 12:18


Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий ёрдамларнинг манзиллилигини ошириш, ногиронлиги бўлганларни парваришлашнинг янги тизимига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по повышению адресности социальной помощи и внедрению новой системы ухода за лицами с инвалидностью.

#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #parvarish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

IHMA Qashqadaryo

28 Jan, 04:46


Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga olish tartibi qanday?

Ijtimoiy himoya milliy agentligi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning eng ustuvor manfaatlarini ta’minlash maqsadida ularni muqobil joylashtirish shakllarini tartibga soluvchi mexanizmlarni amalga oshirmoqda. Ushbu jarayon bolalarning huquqlarini himoya qilish va ularning barqaror tarbiyasi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Mazkur masala yuzasidan Agentlik mas’ul xodimi Xusanova Dilnoza G‘afurovna batafsil ma’lumot berdi.

Videoni tomosha qiling va ko‘proq ma’lumotga ega bo'ling!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

27 Jan, 14:22


🟦🟦

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab-quvvatlashda ijtimoiy xodimning o'rni

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

27 Jan, 11:18


📢📢

FUQAROLAR DIQQATIGA!

🎙 Ayni daqiqalarda onlayn audio suhbat bo'lib o'tmoqda.

🧠 Unda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining mas'ul mutaxassislariga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam, nogironlik nafaqalari va shu kabi ijtimoiy to'lovlar yuzasidan o'z savollaringizni yo'llashingiz mumkin.

😮 Savol yo'llash uchun ushbu havolaga o'ting 👉https://t.me/+odCeyb37REszMWM6

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

27 Jan, 06:56


❗️ BILASIZMI?

Boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod etilgan.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 87-sonli farmonida keltirilgan.

😮 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda ajratiladi.

😮 To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi

Ota-onalar badalidan ozod qilingan tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari to‘liq davlat budjetidan qoplab beriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

26 Jan, 09:20


#bolalar_uyidan_yozilgan_xat

"Katta bo‘lsam hech qachon farzandimni bolalar uyiga bermayman".

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

24 Jan, 15:13


💿 "Oltin voha" radiosining "E'tibor" eshittirishida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritildi

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

24 Jan, 14:48


Hududiy boshqarma boshliqlari uchun malaka oshirish seminar tashkil etildi

🧠 Joriy yilning 20-24-yanvar kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

💻 Ushbu seminarda Agentlikning markaziy apparati mutasaddilari ishtirokchilarga mahalla darajasida ijtimoiy ish va xizmatlarni rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimida inson huquqlarini ta'minlash mexanizmlari hamda Toshkent shahridagi ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Dasturda ijtimoiy himoya sohasidagi yangi tizimlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xizmatlar, kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’limini tashkil etish, shuningdek, ota-ona qaramog'idan mahrum bo‘lgan bolalar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

😮 Seminar yakunida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov ishtirok etib, hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan 2025-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar, amaliy takliflar va istiqbolli rejalar bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi va tizim samaradorligini oshirish hamda 2025-yil uchun belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha o'z ko‘rsatmalarni berdi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

22 Jan, 16:26


#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Yakkabog'lik fuqaro yordamga muhtoj" mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy munosabati:

Fuqaro D.Sning oilaviy sharoitlari Yakkabog' tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan o'rganildi va mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan "Keys" ochilib, huquqiy masalalarda yordam ko'rsatish, “Saxovat va ko’mak" jamg’armasidan moddiy yordam ajratish kabi bir nechta ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko’rsatish bo'yicha individual reja ishlab chiqildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

22 Jan, 14:26


🟦🟦

Har jabhada inson qadri ustuvor

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

22 Jan, 06:31


“Jarayon” ko'rsatuvi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan
ishlar

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

21 Jan, 12:35


🟦🟦

Maxsus reportaj | Ijtimoiy himoya: Yangi tizimning samaralari
#21jan #uzbekiston24

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

21 Jan, 11:29


🧠 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari S.Abdullayev Qashqadaryodagi xizmat safari davomida, viloyatda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan:⬇️

Qamashi tumanida tanlab olingan, og‘ir mahallalarda o‘tkazilayotgan "Farovon oila" treningi jarayonlari, tumanda "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida tuzilgan individual dasturlardagi xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni;

viloyatda adaptiv sportni rivojlantirish va “Yoshlarga hamrohlik” dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

Inklyuziv guruh” tashkil etish va “Faol hayot” loyihalari;

shular bilan bir qatorda G‘uzor, Ko‘kdala, Kitob, Shahrisabz tumanlari va Shahrisabz shaharInson” ijtimoiy xizmatlar markazi markaz xodimlari hamda mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

21 Jan, 11:14


📢📢

FUQAROLAR DIQQATIGA!

🎙 Ayni daqiqalarda onlayn audio suhbat bo'lib o'tmoqda.

🧠 Unda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining mas'ul mutaxassislariga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam, nogironlik nafaqalari va shu kabi ijtimoiy to'lovlar yuzasidan o'z savollaringizni yo'llashingiz mumkin.

😮 Savol yo'llash uchun ushbu havolaga o'ting 👉https://t.me/+odCeyb37REszMWM6

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

21 Jan, 09:58


"QASHQADARYO AXBOROTI"

Bugun "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan aholiga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamlar
ko'rsatilmoqda

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

20 Jan, 13:07


💿 "Oltin voha" radiosining "E'tibor" eshittirishida 2024-yilda Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar xususida so'z boradi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

20 Jan, 10:26


#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Uy ta'miri uchun yordam bering" mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy munosabati:

Murojaat qilgan fuqaro B.Nning arizasi mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan "Saxovat va ko'mak" jamg'armasidan pul mablag'i ajratish uchun dasturga kiritilgan.

Fuqaro arizasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori ilovasida keltirilgan talablarga mos kelmaganligi ya'ni uy-joyi ta'mirga muhtoj emasligi sababli mahallaning kollegial qarori asosida rad etilgan.

Ma'lumot uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uy-joy sharoitiga ega bo‘lmagan oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida quyidagi yordam ko‘rsatiladi:

olti oy davomida har oyda ijara shartnomasining 50 foizi, biroq BHMning 4 baravaridan oshmagan miqdorda vaqtincha boshpana uchun xarajatlarni (ijara to‘lovini to‘liq yoki bir qismini) qoplash;

BHMning 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda faqat bir marotaba uy-joyini ta’mirlash, shu jumladan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplab berilishi belgilangan.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

20 Jan, 08:19


🔹 Audio_murojaat

🧠 Bugun, 20-yanvar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam va shu kabi ijtimoiy to'lovlar yuzasidan onlayn audio suhbat bo'lib o'tadi.

😮 Ushbu 👉https://t.me/+odCeyb37REszMWM6 havola orqali guruhga o'tib, savollaringizni yo'llashingiz mumkin.

📆 Bugun, 20-yanvar Soat: 17:00

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

20 Jan, 08:18


“O‘zbekiston-2030” strategiyasi

🖋 “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun joriy yilning 22-yanvar kuniga qadar www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

20 Jan, 07:49


✍️ Onlayn murojaat qoldiring!

🥹 Fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy boti @IHMAQashqadaryobot ishga tushirilganligini eslatib o'tmoqchimiz.

🖋 Bunda siz bolalar nafaqasi va moddiy yordam, nogironlikni belgilash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, sanatoriyaga yo'llanma, Muruvvat uyi va Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markaziga joylashish kabi bir nechta mavzular yuzasidan onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

20 Jan, 07:05


"Ko'mak ko'rsatmasam charchog'im tarqamaydi"

🖋 «Mahalla» gazetasining 2025-yil 18-yanvardagi 4-soni mutolaa uchun havola qilindi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

20 Jan, 05:59


Qashqadaryoda adaptiv sport rivojlanmoqda

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

18 Jan, 16:00


😀😕🙃🙂

🧠 Agentlik direktori o‘rinbosari Sirojidddin Abdullayev Kitob tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurib, Kitob va Shahrisabz tumanlari hamda Shahrisabz shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

☺️ Unda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati va shu’balarning joriy yildagi rejalari to‘g‘risida fikr almashildi.

Shu bilan bir qatorda mahalladagi ijtimoiy xodimlarning taklif va muammolari o‘rganilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tizimli ishlar tashkil qilinishi rejalashtirib olindi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

14 Jan, 04:28


Vatan himoyachilari kuni bilan!

Bugun biz Vatanimiz tinchligi va har bir xonadondagi osoyishtalikni himoya qilishga o‘z hayotini bag‘ishlagan insonlarga hurmat izhor qilamiz. Vatan himoyachilari kuni – jasorat, matonat va sadoqat ramzi bo‘lgan ulkan bayramdir.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi sifatida biz Vatan himoyasini keng ma’noda tushunamiz. Bu nafaqat yurt chegaralarini muhofaza qilish, balki jamiyatdagi eng zaif insonlarni – bolalar, yoshi ulug‘lar va imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash demakdir.

Sizlar, mard himoyachilar, o‘z fidoyiligingiz va mehnatingiz bilan bizga ilhom bag‘ishlaysiz. Sizning jasoratingiz bizga ko‘makka muhtoj har bir insonga yanada mehr va e’tibor ko‘rsatishga undaydi.

Xizmatlaringiz uchun chuqur minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Qalblaringizda faxr, xonadonlaringizda osoyishtalik va hayotingizda doimo yaxshilik bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!

#VatanHimoyachilariKuni

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

13 Jan, 04:36


84 yoshli otaxon limonchilik bilan shug'ullanmoqda

🥹 2024-yilda Qashqadaryo viloyati Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazidan 11 nafar shaxslar oilasi va yaqinlari davrasiga qaytarilgan edi.

👩‍👩‍👧‍👦 Ushbu shaxslarning hayotga moslashuvi hamda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarini bartaraf etish bo'yicha ijtimoiy xodimlar tomonidan "keys" ochilib, ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko'rsatilib kelinmoqda.

👮‍♂️ Xususan, yakkabog'lik Begali bobo Nuraliyev o'tgan yilning avgust oyida yaqinlari davrasiga qaytarilgan bo'lib, hozirda uyida limonchilik bilan shug'ullanmoqda. Begali boboning ijtimoiylashuvi ta'minlandi.

🎬 Batafsil videoda tomosha qilishingiz mumkin...

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

09 Jan, 14:31


🟦🟦

Imkoniyati cheklangan ammo, bir necha nafar ishchilari va shogirdlari bor


📆09.01.2025 #Bu_kun
🎤
Akbarali Xudoyberdiyev
📹 Javohir Kengboyev

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

08 Jan, 11:19


📢📢

FUQAROLAR DIQQATIGA!

🎙 Ayni daqiqalarda onlayn audio suhbat bo'lib o'tmoqda.

🧠 Unda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining mas'ul mutaxassislariga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam, nogironlik nafaqalari va shu kabi ijtimoiy to'lovlar yuzasidan o'z savollaringizni yo'llashingiz mumkin.

😮 Savol yo'llash uchun ushbu havolaga o'ting 👉https://t.me/+odCeyb37REszMWM6

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

08 Jan, 02:59


😀😕🙃🙂

🖋 Prezidentimiz topshirig'iga asosan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya tomonidan Qashqadaryo viloyatida o'rganish olib borildi.

💻 Unga ko'ra, qurilish soha vakillari ishtirokida viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlarini nogironligi bo‘lgan fuqarolarning erkin, to‘siqsiz harakatlanishlariga moslab loyihalash va bunyod etish ishlarini samarali tashkil qilish yuzasidan fikr mulohazalar va rejalar muhokama qilindi;

👥 fuqarolarning muammolarini o'rganish va hal etish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi;

🏃 adaptiv sportni rivojlantirish bo'yicha yaratilgan shart-sharoit bilan tanishilib, sportchilar va ularning trenerlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

🎬 Batafsil videoda...

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

07 Jan, 16:00


😀😕🙃🙂

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i Xusniddin Qutpiddinov Viloyat suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, kurash, boks, og'ir atletika kabi bir nechta sport zallarini ko'zdan kechirdi.

↗️ U yerda adaptiv sport bo'yicha yaratilgan shart-sharoit bilan tanishish barobarida sportchilar va ularning trenerlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

💻 Yig‘ilishda sohada kuzatilayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

07 Jan, 15:18


Sayyor qabul o'tkazildi

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya boshlig’i Xusniddin Qutpiddinov va agentlikning viloyat boshqarmasi mas‘ullari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

👥 Unda viloyatning turli hududlaridan kelgan 40 nafarga yaqin fuqarolarning ijtimoiy himoya sohasiga oid muammolari tinglandi.

👩‍👩‍👧‍👦 Yakunda joyida hal etiladigan murojaatlar ijobiy yechim topdi. Yechimi vaqt talab etiladigan murojaatlarning ro'yxati shakllantirilib, ijrosi nazoratga olindi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

04 Jan, 09:18


🟦🟦 #sevimli #zamon

NAFAQA TAYINLASHDA SHAFFOFLIK
TAʼMINLANYAPTI

#Qashqadaryo

muxbir: Shavkat Aminov


📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

03 Jan, 12:29


🔹 Audio_murojaat

🧠 Ertaga, 4-yanvar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam va shu kabi ijtimoiy to'lovlar yuzasidan onlayn audio suhbat bo'lib o'tadi.

😮 Ushbu 👉https://t.me/+odCeyb37REszMWM6 havola orqali guruhga o'tib, savollaringizni yo'llashingiz mumkin.

📆 Ertaga, 4-yanvar Soat: 16:00

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

03 Jan, 11:41


🖋 2025-yil 1-fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

🧮 “Onalar maskani”da:

1️⃣ Onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;

2️⃣ ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

3️⃣ Onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

03 Jan, 10:36


#2025_yil_1_yanvardan

🖋 Qonunchilikka ko'ra 1-yanvardan boshlab:

1️⃣ Tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi;

2️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratiladi;

3️⃣ Fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki ta’minlanadi;

4️⃣ Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

5️⃣ Bog‘chalarda inklyuziv ta’lim guruhlari ochiladi;

6️⃣ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

01 Jan, 05:53


Ахborot 24 | Bolajonlar uchun bayram tadbiri
#31dec #uzbekiston24

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

31 Dec, 19:48


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

IHMA Qashqadaryo

31 Dec, 08:28


Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz! Yangi yil - orzular ushaladigan, qalblar ezgu niyatlar bilan to‘lib-toshadigan, umid va quvonch bilan qarshi olinadigan eng quvonchli bayramlardan biridir.

2024-yilda Ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning farovon hayot kechirishlari uchun Prezidentimiz rahnamoliklarida ulkan islohotlar amalga oshirildi.

Oldinda bizni ulkan vazifalar kutmoqda. Kelgusida islohotlarni hayotga tatbiq etish orqali ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan farovon jamiyatni birgalikda barpo etishimizga ishonamiz.

Yangi 2025-yil hayotingizga tinchlik, baxt-saodat va sog‘liq olib kelsin. Xonadoningizni fayz-u baraka, qalblaringizni esa ezgulik va mehr-muhabbat bezasin.

Hurmat bilan,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

30 Dec, 14:07


🎥 O'zgarishlar va muvaffaqiyatlar yili: ishlarimiz natijalari

🎉 Aziz do'stlar, Yangi yil — bu yil yakunini sarhisob qilish va yangi rejalar tuzish vaqti. Bu yil biz uchun muhim muvaffaqiyatlar va yangi chaqiruvlar davri bo'ldi. Bizning mehnatimiz minglab insonlarning hayotini yaxshilashga hissa qo'shganidan faxrlanamiz.

Har kuni biz yordam va himoyaga muhtoj bo'lganlar uchun mehnat qilamiz. Bizning maqsadimiz — insonlar hayotini yanada yahshiroq, xavfsizroq va adolatliroq qilish. Bu yil shunga ishonch hosil qildikki, faqat birgalikda harakat qilibgina muammolarni yengib, katta marralarga erisha olamiz.

Har bir yutug'imiz — bu jamoaviy mehnatning natijasi. Bizga ishonch bildirib, qo'llab-quvvatlagan barcha hamkasblarimiz, hamkorlarimiz va sizga minnatdorchilik bildiramiz.

Oldinda hali ko'p ishlar turibdi, ammo biz birgalikda barcha qiyinchiliklarni yengamiz. 💪

🎄 Yangi yil sizga quvonch, iliqlik va kelajakka ishonch olib kelsin!

#YilNatijalari #IjtimoiyHimoya #YangiYil2025

IHMA Qashqadaryo

30 Dec, 11:58


http://uza.uz/uz/posts/izhtimoiy-nafaqalar-berilishida-shaffoflik-taminlanmoqda_673287

IHMA Qashqadaryo

30 Dec, 10:45


😀😕🙃🙂

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida yillik sarhisob o‘tkazildi.

👩‍👩‍👧‍👦 Unda joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yildagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

😊 Shuningdek, ortda qolayotgan yil davomida eng yuqori ko'rsatkichni qayd etgan tuman, shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari jamoasi tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

30 Dec, 06:11


#bayram_tavsiyasi

🔺 Energiya resurslaridan to'g'ri foydalanishni unutmang!

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

29 Dec, 09:17


#Qaror

❗️“Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo'yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risidagi” Hukumat qarori (893-son, 27.12.2024 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi, jumladan:

🔹O'zbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi to'g'risidagi nizom;
🔹Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi to'g'risidagi nizom;
🔹Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo'lgan bolalarni farzandlikka olish tartibi to'g'risidagi nizom;
🔹Bolalar uylariga to'g'risidagi nizom;
🔹Mehribonlik uylariga to'g'risidagi nizom;
🔹Kichik hajmli bolalar uylariga to'g'risidagi nizom.

Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bo'lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik to'lovlar to'lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta'minlash xarajatlari 2025 yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.

🗓 2025 yil 1 fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bo'lgan bolalar masalalari bo'yicha vasiylik va homiylik bo'yicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.

Batafsil keyingi postlarimizda


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

28 Dec, 10:59


#yangi_yil

🎁 Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Qashqadaryo viloyat bolalar uyi tarbiyalanuvchilarga "Prezident sovg‘alari" topshirildi.

🎄 Shuningdek, viloyat Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazidagi nuroniylar va viloyat bolalar uyidagi bolajonlar ishtirokida yangi yil bayrami o'tkazildi.

🎬 Batafsil videoda...

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

28 Dec, 05:20


#yangi_yil

🎄 Qarshi shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (eshitishda nuqsoni bor) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 17-sonli maktab-internati o'quvchilari hamda Qarshi sanatoriysidagi nuroniylarimiz ishtirokida yangi yil bayrami o'tkazildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

28 Dec, 04:59


Har bir bola g‘amxo‘rlikka loyiq

Yangi yil arafasida biz moʻjizaviy va quvonchli yangiliklarga guvoh bo‘lish istagi kuchayadi.

Bugun bizga hayotida ulkan moʻjiza sodir bo‘lgan bolajonlar bilan uchrashish baxti nasib etdi — ularga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan #InsonUchun xayriya loyihasi doirasida yurak operatsiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Bu bolajonlar og‘ir sinovlarni munosib yengib o‘tdi va yangi hayot uchun umid baxsh etdi. Endilikda ularni to‘laqonli hayot va bolalikning shirin damlarini to‘la his qilish imkoniyati kutmoqda.

“Har bir operatsiya — bu kuch va umid tuyg‘usini berishdir. Bugungi uchrashuvda biz qalblarimizdagi barcha his-tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash qiyin.

Ushbu xayriya loyihalariga munosib yordam ko‘rsatgan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Sizlarning hamjihatligingiz va yordamingiz orqali ming-minglab bolalarga yangi hayot imkoniyati taqdim etilmoqda.” - Shahnoza Mirziyoyeva.

#InsonUchun

IHMA Qashqadaryo

27 Dec, 16:43


😀😕🙃🙂

🥹 Joriy yilda Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan "Inson" markazi va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarning mehnati agentlik tomonidan eʼtirof etildi.

📅 Yakunlanayotgan yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlarni olishida, ularning ijtimoiylashuvi va jamiyatga qo‘shilishida qilgan fidokorona mehnati munosabati bilan bir guruh xodimlar Ijtimoiy himoya milliy agentligining "Tashakkurnomasi" va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

27 Dec, 08:12


Axborot 24 | «Prezident archasi» bayram tadbiri
#26dec #uzbekiston24

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

27 Dec, 07:28


#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qashqadaryoda voyaga yetmagan qiz onasi tomonidan bosimga uchramoqda" mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan munosabat:

Mazkur holat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi nazoratiga olindi.

O‘rganishlar yakuni yuzasidan qo'shimcha ma'lumot beriladi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

25 Dec, 17:03


#XUSHXABAR
#TARQATING

🤝 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-son qaroriga asosan, kambag'al oilalar foydalangan gaz va elektr energiyalarining ma'lum miqdori davlat tomonidan to'lab beriladi

🌡 Ehtiyojmand oilalarga isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiyalar beriladi.

💵 Elektr va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

🔥 gaz uchun – oyiga bazaviy me’yor (500 kub) dan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

💡 elektr uchun – oyiga bazaviy me’yor (200 kVt) dan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

🔮 Kompensatsiyani olish uchun nima qilish zarur?

⚠️ Ehtiyojmand oilalar (bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi shaxslar) ushbu kompensatsiyani olish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilishlari so'raladi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

25 Dec, 16:15


#sarhisob

👫 Voyaga yetmagan bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo'yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar (foto).

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

25 Dec, 15:41


🟦🟦

"QASHQADARYO AXBOROTI"

👩‍👩‍👧‍👦 Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga yordam ko‘rsatilmoqda.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

25 Dec, 14:20


O‘zbekistonda ijtimoiy himoya bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar #Sarhisobi

🧠 So‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasi tizimini takomillashtirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan:

☺️ 2024-yilda Respublikadagi 208 tuman va shaharlarda "Inson" markazlari va mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tadbirlar doirasida 12 toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi.

🎅 Yolg‘iz yoki yakka yolg‘iz shaxslarni qo‘llab-quvvatlash uchun reyestr shakllantirilib, unga 2 429 nafar shaxs kiritildi. Ularga pullik ijtimoiy xizmatlar tashkil etildi. Shuningdek, 10 169 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza orqali nogironlik guruhlari aniqlandi.

🦽Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilib, ular uchun 30 turdagi protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari taqdim etiladi.

👂 Elektron savdo maydonchalari orqali 85 mingdan ortiq shaxslarga vaucherlar tarqatilib, ularning aksariyati buyurtma qilingan vositalarni olish imkoniga ega bo‘ldi.

👫 2021-yildan buyon hozirgi kunga qadar Yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 490 nafar bola davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlandi.

💵 Ijtimoiy nafaqalarni taqsimlash tizimi raqamlashtirilib, 1,7 milliondan ortiq oilalarga onlayn rejimda nafaqa tayinlash imkoniyati yaratildi. Kam ta’minlangan oilalar uchun avtomatik hisoblash tizimi yo‘lga qo‘yildi, bu nafaqa ajratish jarayonini sezilarli darajada yengillashtirdi.

🎬 Batafsil videoda…

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

25 Dec, 12:16


📢📢

Ayni daqiqalarda onlayn audio suhbat bo'lib o'tmoqda.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining mas'ul mutaxassislariga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam va shu kabi ijtimoiy to'lovlar yuzasidan o'z savollaringizni yo'llashingiz mumkin.

😮 Savol yo'llash uchun ushbu havolaga o'ting 👉https://t.me/+odCeyb37REszMWM6

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

23 Dec, 13:08


📢📢

Ayni daqiqalarda onlayn audio suhbat bo'lib o'tmoqda.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining mas'ul mutaxassislariga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam va shu kabi ijtimoiy to'lovlar yuzasidan o'z savollaringizni yo'llashingiz mumkin.

😮 Savol yo'llash uchun ushbu havolaga o'ting 👉https://t.me/+odCeyb37REszMWM6

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

23 Dec, 06:40


🟦🟦

"Qashqadaryo
" telekanali

👫 Endi qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor ayollar ham bemalol ishlashi mumkin

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

08 Dec, 07:00


Aziz yurtdoshlar!

Siz azizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga 32 yil to‘lishi munosabati bilan samimiy qutlaymiz!

Konstitutsiyamiz demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlatning mustahkam poydevori bo‘lib, unda har bir fuqaro munosib hayot kechirishi, g‘amxo‘rlik va kafolatlangan huquqlaridan foydalanishi qat'iy belgilab berilgan.

Davlatimizning ijtimoiy yo‘naltirilganligi Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillarini - xalq farovonligini ta’minlash, yordam va himoyaga muhtoj har bir insonni qo‘llab-quvvatlashni o‘zida mujassam etadi.

Shu asnoda Agentlik ham har bir inson davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini his etishi va amalda ko'rishi uchun ushbu tamoyillarni mustahkamlash yo‘lida faol ishlashda davom etadi.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan siz azizlarga sihat-salomatlik, farovonlik va oilaviy xotirjamlik tilaymiz!

Hurmat bilan,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

06 Dec, 08:31


Qashqadaryoda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya ko‘rigi o’tkazildi

👫 Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni davlat maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya bo'lib o'tdi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

06 Dec, 06:49


#PTPK

Vazirlar Mahkamasining «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 46-sonli qaroriga muvofiq navbatdagi PTPK yig‘ilishi Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Komissiyada jami 153 nafar bolalar tekshiruvdan o‘tkazildi.

2024 yil 1-dekabr holatiga PTPK tekshiruvidan o‘tish uchun jami 3066 ta ariza kelib tushgan. Kelib tushgan arizalarning 83 foizi ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari va muassasalariga xulosa olish uchun yo‘naltirilgan. Komissiya tekshiruviga tasdiqlangan arizalar soni esa 1434 ta (47 %).

Jami berilgan xulosalar soni 660 ta (46 %). Shundan:

288 tasi (43%) ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga

286 tasi (43%) ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatga (shundan, 8 tasi (2.7%) “G‘amxo‘rlik” guruhlariga)

 35 tasi (5.3%) “Muruvvat” bolalar uylariga yo‘naltirildi (shundan, 18 tasi (51%) “Kunduzgi parvarish” guruhlariga).

51 tasi (7.7%) umumta’lim maktablarning inklyuziv sinfiga;

Komissiya tekshiruvida ishtirok etgan bolalarning  65 foizi tibbiy ko‘rsatmalari mos kelmaganligi sababli PTPK xulosasi berilishida rad etilgan va umumiy turdagi ta’lim muassasalari va tashkilotlariga yo‘naltirilgan.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

05 Dec, 15:16


😀😕🙃🙂

👫 “Mehr-muruvvat oyligi” doirasida Qarshi shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 17-sonli maktab-internatida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🏃 Unda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, turli qiziqarli o'yinlar o'tkazilib, tomoshabinlar qalbiga ko'tarinkilik ulashildi.

👩‍👩‍👧‍👦 Kunning ikkinchi qismida esa, Qarshi shahridagi 17-18-va 33-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati o'quvchilari o'rtasida sport musobaqalari o'tkazildi.

🏆 G'olib bo'lgan ishtirokchilar medal, kubok va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

⚠️ Ma'lumot uchun, “Mehr-muruvvat oyligi” 30-dekabrga qadar davom etadi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

05 Dec, 14:34


🔮 Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi аjratiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq оlinmaydi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat ko‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan.

Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bеriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish huquqiga egа.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi.

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (18 mln 750 ming so‘mgacha) subsidiya аjratiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadi.

Byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug‘ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo‘lgan bolalar to‘lovdan оzod etiladi.

Bolalikdan nogiron bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 465 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

05 Dec, 06:25


✍️ Onlayn murojaat qoldiring!

🥹 Fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy boti @IHMAQashqadaryobot ishga tushirilganligini eslatib o'tmoqchimiz.

🖋 Bunda siz bolalar nafaqasi va moddiy yordam, nogironlikni belgilash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, sanatoriyaga yo'llanma, Muruvvat uyi va Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markaziga joylashish kabi bir nechta mavzular yuzasidan onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

04 Dec, 17:05


3-dekabr "Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni" munosabati bilan Qashqadaryoda 40 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan shaxslar qamrab olindi.

➡️ Qashqadaryo viloyati

➡️ Ko'kdala tumani
➡️ Dehqonobod tumani
➡️ Nishon tumani
➡️ Qarshi tumani
➡️ Shahrisabz shahar
➡️ Shahrisabz tumani
➡️ Chiroqchi tumani
➡️ Muborak tumani
➡️ Mirishkor tumani
➡️ Koson tumani
➡️ Qarshi shahar
➡️ Kasbi tumani
➡️ Qamashi tumani
➡️ Kitob tumani
➡️ Yakkabog' tumani
➡️ G'uzor tumani

⚠️ Ma'lumot uchun, “Mehr-muruvvat oyligi” 30-dekabrga qadar davom etadi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

03 Dec, 18:01


3-dekabr "Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni"

👫 Qarshi "Muruvvat" nogironligi bo'lgan bolalar uchun internat uyi hamda Qarshi shahridagi "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni"ga bag'ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

03 Dec, 12:05


#inklyuziv_jamiyat
#teng_imkoniyatlar

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni barchamizga hamma uchun imkoniyatlar tengligini ta’minlash va har bir inson qadr-qimmatini hurmat qilishning muhim ahamiyatini yana bir bor eslatadi.


O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘z faoliyatida doimo quyidagi tamoyillarga asoslanadi: shaxsiy salohiyatga ishonch, ijtimoiy g‘amxo‘rlik, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash — haqiqiy inklyuziv jamiyat barpo etishning poydevoridir.

Marhamat va adolatga asoslangan milliy davlatchilik madaniyatimiz hamda an’analarimizning mustahkam ildizlari jamiyatda inson manfaatlarini eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etadi. Agentlik mazkur qadriyatlarga sodiqligi va vorisligi holda, ijtimoiy to‘siqlarni bartaraf etish va har bir inson o‘zini muhim, qo‘llab-quvvatlangan hamda himoyalangan his etishi mumkin bo‘lgan muhitni yaratish ustida doimiy ish olib bormoqda.

Millatimizning qiymatlisi bo‘lgan Paralimpiyachilarimiz matonat, sabr va iroda timsoli sifatida jamiyatimizga buyuk ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishini ham e’tirof etish kerak. Ularning xalqaro maydonlardagi yutuqlari imkoniyatlarni chegaralaydigan me’yorlar shartli ekanini yana bir bor isbotlaydi va jamiyatda tenglik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi O‘zbekiston — bu barcha uchun teng imkoniyatlar, adolatli va munosib hayot mamlakati!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

03 Dec, 02:32


Hech kim mehr va e‘tibordan chetda emas

💚 3-dekabr "Xalqaro nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish kuni" munosabati bilan Qarshi shahridagi "Toy bola" o'yinchoqlar ishlab chiqarish korxonasida tadbir tashkil etildi.

👩‍👩‍👧‍👦 Korxona mas'ullari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi vakillari ishtirok etgan tadbirda, korxonada faoliyat yuritayotgan 20 nafar nogironligi bo'lgan shaxslarga esdalik sovg'alari topshirilib, ular uchun bayram dasturxoni yozildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

02 Dec, 13:03


Stereotiplar - Jamiyat rivojiga to‘siq

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda BMTning Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) tomonidan jamiyatda keng tarqalgan stereotiplar va ular insonlarning baxtli hamda tinch hayot qurishiga to'sqinlik qilayotgani haqida videorolik yaratildi.

Stereotiplar — bu jamiyatda o‘rnatilgan noto‘g‘ri qarashlar bo‘lib, ular insonlarning erkinligi va imkoniyatlarini cheklaydi, bir-birimizga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishga sabab bo‘ladi, jamiyatda adolatsizlik va tengsizlikka olib keladi.

Ushbu videorolikni tomosha qiling va undagi fikrlarni chuqur anglashga harakat qiling. Jamiyatda bunday qarashlarni o'zgartirish uchun o'z hissangizni qo'shing.

Stereotiplarni yengish – bu adolatli va baxtli jamiyat qurish yo'lidagi muhim qadamdir.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

01 Dec, 07:01


🧠1-dekabrdan boshlab ijtimoiy sohada qanday o'zgarishlar bo'ladi?

💵 Ijtimoiy to‘lovlar – «Ijtimoiy karta» orqali amalga oshiriladi

Yangi tayinlanadigan ijtimoiy to‘lovlar, xizmatlar va imtiyozlar, shu jumladan protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalarini xarid qilish «Ijtimoiy karta» axborot tizimidan foydalangan holda ijtimoiy karta orqali amalga oshiriladi.

🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bilan bepul shug‘ullanish tizimi yo'lga qo'yiladi

2024-yil 15-dekabrdan boshlab sport bilan shug‘ullanishni istagan nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatiga ko‘ra, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida bepul sport bilan shug‘ullanish uchun yo‘llanma berilishi belgilandi.

👨‍🦯 Ko‘chalar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtiriladi

Ko‘chalar (ro‘yxat bo‘yicha) shaharsozlik normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishiga moslashtiriladi.

🖋 Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi

«Mahalla yettiligi» tomonidan kambag‘al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag‘allikka tushish sabablarini o‘rganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

15 Nov, 14:09


✍️ Onlayn murojaat qoldiring!

🥹 Fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy boti @IHMAQashqadaryobot ishga tushirilganligini eslatib o'tmoqchimiz.

🖋 Bunda siz bolalar nafaqasi va moddiy yordam, nogironlikni belgilash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, sanatoriyaga yo'llanma, Muruvvat uyi va Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markaziga joylashish kabi bir nechta mavzular yuzasidan onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

15 Nov, 13:28


🔮 Qashqadaryoda necha nafar nogironligi bo'lgan shaxslar banklarga ishga joylashdi?

👩‍👩‍👧‍👦 Joriy yilning 1-noyabr holatida viloyatda 214 nafar nogironligi bo'lgan shaxslar ishga joylashgan bo'lib, shundan 32 nafari banklarda faoliyat yuritib kelmoqda.

Batafsil videorolikda 🎬

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

15 Nov, 09:11


Yangi qabul qilingan Qonunda o'zlariga nisbatan zo‘ravonlik sodir etish xavfi ostida bo‘lgan bolalar toifalari (jami 11 ta) belgilanmoqda (27-modda).

Zo‘ravonlik xavfi ostidagi bolalar:

🟢 yetim;
🟢 nazoratsiz yoki ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda qolgan;
🟢 ota-onasi yashash joyi bo‘yicha vaqtincha bo‘lmagan davrda yoki ularning o‘z ota-onalik majburiyatlarini vaqtincha bajara olmasligi davrida o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanmagan bolalar;
🟢 otasi yoki onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ruhiy holati buzilganligi va (yoki) narkologik kasalliklar tufayli dispanser hisobiga olingan bolalar;
🟢 otasi yoki onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxs) huquqbuzarliklarni sodir etgan (jinoyatga suiqasd qilgan) bolalar;
🟢ijtimoiy xavfli vaziyatda qolgan bolalar;
🟢 aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan;
🟢 g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan va boshqalar.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki xavfi ostida bo‘lgan bolalarga himoya rejasi tuziladi, unga muvofiq psixologik ko‘mak, sog‘lig‘ini tiklash, moddiy zararning o‘rnini qoplash, yuridik yordam ko‘rsatish, xavfsiz boshpana berish va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatiladi (23-, 30-36-moddalar).

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

15 Nov, 07:06


Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to'g'risida Qonunning asosiy prinsiplari (4-modda)

Qonuniylik;
Insonparvarlik;
Bolaning eng ustun manfaatlarini ta’minlash;
Bolalarning huquqlari va imkoniyatlari tengligini ta’minlash;
Bolalarning tahqirlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Bolaning o‘z manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilinishida ishtirok etishi;
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka bo‘lgan murosasizlik;
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikning muqarrarligi;
Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining huquqlarini tiklash.

Qonunda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning jami 6 ta shakliga ta’rif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash hamda qonunga binoan ta’qib qilishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda (3-5-moddalar).

Zo‘ravonlik shakllari:

🟢 Jismoniy zo‘ravonlik;
🟢 Jinsiy zo‘ravonlik;
🟢 Ruhiy zo‘ravonlik;
🟢G'amxo‘rlik ko‘rsatmaslik;
🟢 Ekspluatatsiya;
🟢 Bulling.

Shuningdek,  bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga doir jami 7 ta quyidagi yakka tartibdagi chora-tadbirlar belgilanmoqda (23-24-moddalar):

 himoya orderini berish;
 bolalarni himoya qilish rejasi asosida ularga huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish;
 bolalar oilalarini mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash;
 bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid mavjud bo‘lgan holatlarda ota-onadan olish;
 jinoyat protsessida bolalar uchun maxsus himoya choralarini ta’minlash;
 zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlaridan o‘tishi;
 jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning huquqlarini cheklash.


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

14 Nov, 14:13


🟦🟦

🎙 "Oltin voha" radiosining "E'tibor" eshittirishida Chiroqchi tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati haqida so'z boradi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

14 Nov, 07:02


Ko‘makdan qalb taskin topsa, mamnunlikdan dil zavqlanar

🖋 «Mahalla» gazetasining 66-soni mutolaa uchun havola qilindi.

🧠 Unda, Chiroqchi tumanidagi “Chiroqchi” va “Choshtepa” mahallalari ijtimoiy xodimi Munira Toshmatovaning ham faoliyati haqida so'z boradi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

14 Nov, 05:41


#Ijtimoiy_imtiyoz

📁 Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma beriladi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

13 Nov, 08:05


#keys_menejment
#ijtimoiy_xizmat

🟢 Mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan aholiga "Keys" menejment asosida ijtimoiy xizmat va yordamlar ko'rsatilmoqda

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

12 Nov, 15:34


Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Hamrohlik xizmati” yo‘lga qo‘yiladi

Qaror bilan 2025-yil yakuniga qadar:


🤔 Agentlik tomonidan ko‘z va tayanch-harakat a’zolari kasalliklariga chalingan nogironligi bo‘lgan shaxslarni sport inshootlariga borib-kelishiga yordam berish uchun hamrohlik xizmati tashkil etiladi. 

 🤔Bu xizmat davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida NNTlar va ko‘ngillilar orqali yo‘lga qo‘yiladi. 

 🤔Hududlardagi “Inson” markazlari qoshida ko‘ngillilar guruhlari tashkil etiladi.

🤔 Bu xizmat avval faqat aholisi ko‘p hududlarda bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

12 Nov, 15:28


Maxsus reportaj | Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo'llab-quvvatlash, nogironligi bo'lgan shaxslarni sportga jalb etish tadbirlari
#12nov #uzbekiston24

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

12 Nov, 15:23


Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport  bilan shug‘ullanish imkoniyatlari kengaytirildi

"Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi  Prezident qarori imzolandi.

Hujjatga muvofiq, 2024-yil 15-dekabrdan boshlab:

sport bilan shug‘ullanish istagidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatiga ko‘ra ularga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida sport bilan bepul shug‘ullanish uchun yo‘llanmalar beriladi;

sport bilan bepul shug‘ullanish imkoni yaratilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari ro‘yxati tegishincha Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha  va maktab ta’limi vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda tasdiqlanadi hamda doimiy yangilab boriladi;

Shuningdek, 2025-yil 15-yanvardan boshlab:

nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida tashkil etilgan sport to‘garaklaridagi ishtiroki “Inson” markazi tomonidan yo‘llanma berilgan kundan boshlab har olti oyda bir marotaba joyiga chiqqan holda yoki “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali monitoring qilib boriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

11 Nov, 16:06


🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🧠 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Turdiyev Farrux Razzoqovich tibbiyot sohasi rivojiga qo'shgan munosib hissasi uchun O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🏃 Biz ham Farrux Razzoqovichga kelgusidagi faoliyatlariga omad va zafarlar tilaymiz.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

11 Nov, 04:31


DIQQAT, HURMATLI YURTDOSHLAR ❗️

😮 Bugun, 2024-yilning 11-noyabr kuni Qamashi tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolar uchun "Inson qadri ulug'langan yurt" shiori ostida kouching tashkil etiladi.

🧮 Unda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolarga ko'rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Siz ham unda ishtirok etib, o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin.

📆 Bugun, 11-noyabr Soat: 11:00
🇺🇿 Manzil: Qamashi tumani 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktab

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

09 Nov, 05:09


#IJTIMOIY_ROLIK

👫 "Meni eshiting" loyihasi doirasida, bugungi kunda jamiyatdagi eng dolzarb mavzulardan biriga qo'l urdik.

_____________________

#СОЦИАЛЬНЫЙ_РОЛИК

👫 В рамках проекта «Услышь меня» мы затронули одну из самых актуальных тем в обществе сегодня.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

07 Nov, 15:26


#Kouching

🇺🇿Muborak tumanida "Inson qadri ulug'langan yurt" shiori ostida kouching bo‘lib o‘tdi

☺️ Muborak tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida aholi vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

💻 Mazkur uchrashuvda fuqarolar bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam tayinlash, yolg‘iz yashayotgan va yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ta'minlash yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🎬 Bundan tashqari, ishtirokchilarga video rolik namoyish etilib, unda mahallada faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodim vazifalari to'g'risida ma'lumotlar berildi.

👩‍👩‍👧‍👦 Uchrashuvda savol-javoblardan tashqari, fuqarolar bilan birgalikda bir mavzu ostida keys tayyorlash va uni ijobiy hal etish mavzusida interaktiv o'yinlar ham tashkil etildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

07 Nov, 04:21


#Qashqadaryo
#kambagallikdan_farovonlik_sari

👮‍♂️ Hoshim Xo'jaqulov Shahrisabz tumanining "Ravot" mahallasida yashaydi. Fuqaro bir necha yil avval baxtsiz hodisa sababli bir oyog'idan ayrilgan. Shundan beri bir oyog'i protez.

😊 Tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan yangi, zamonaviy protez berilganidan keyin, Hoshim akaning mushkullari yengillashdi. Hozirda savdo-sotiq ishlari bilan shug'ullanib, oilasining moddiy ahvoli yaxshilanishiga erishilmoqda.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

06 Nov, 06:03


Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtmioiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi
#5nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

IHMA Qashqadaryo

05 Nov, 12:57


Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий ҳимояга муҳтож болаларни тарбиялаш, ногиронлиги бўлган шахсларни спортга жалб этишга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по поддержке детей, нуждающихся в социальной защите, а также вовлечению людей с инвалидностью в спорт.

#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #bolalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

IHMA Qashqadaryo

05 Nov, 10:43


#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qashqadaryoda taksist mijozga shilqimlik qildi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan munosabat:

Mazkur holat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi nazoratiga olindi. Qo'shimcha ma'lumot beriladi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

04 Nov, 09:34


💵 Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

1️⃣ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;

2️⃣ bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;

3️⃣ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

4️⃣ yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

5️⃣ nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

6️⃣ mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

7️⃣ belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so‘m;

8️⃣ zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

9️⃣ ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

04 Nov, 06:49


DIQQAT, HURMATLI YURTDOSHLAR ❗️

😮 Ertaga, 5-noyabr kuni Shahrisabz shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolar uchun "Inson qadri ulug'langan yurt" shiori ostida kouching tashkil etiladi.

🧮 Unda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolarga ko'rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Siz ham ishtirok etib, o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin.

⚠️ Eslatib o'tamiz, kouching viloyatning barcha tuman va shaharlarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Ertaga, 5-noyabr Soat: 11:00
🇺🇿 Manzil: Shahrisabz shahar madaniyat saroyi

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

04 Nov, 06:22


#ijtimoiy_xizmat
#keys_menejment

Amaliy yordamlar o'z natijasini bermoqda

📆04.11.2024 10:00 #Bu_kun
🎤
Akbarali Xudoyberdiyev
📹 Javohir Kengboyev

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

04 Nov, 06:00


Qashqadaryo viloyat nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

03 Nov, 14:50


📹 IMKONSIZLIKNI YENGAN AYOL

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

03 Nov, 01:05


#TEZKOR
#TARQATING

FUQAROLAR DIQQATIGA!

🖥 Har xil guruh va kanallarda "Bola puliga ariza topshirib beramiz" degan mazmundagi pullik xizmatlarga aldanib qolmang.

☺️ Agar kimda kim bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamga ariza bermoqchi bo‘lsa, mahalladagi ijtimoiy xodim yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ariza topshirish mutlaqo bepul.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

02 Nov, 11:43


Maxsus reportaj | Ijtimoiy himoya tizimi takomillashtirilmoqda
#2nov #uzbekiston24

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

31 Oct, 13:02


✍️ Onlayn murojaat qoldiring!

🥹 Fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy boti @IHMAQashqadaryobot ishga tushirilganligini eslatib o'tmoqchimiz.

🖋 Bunda siz ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam, nogironlikni belgilash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, sanatoriyaga yo'llanma, Muruvvat uyi va Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markaziga joylashish kabi bir nechta mavzular yuzasidan onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

31 Oct, 11:31


#Saylov_natija

🟢 Joriy yilning 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining sayloviga Ijtimoiy himoya milliy agentligi 18 yoshdan oshgan, ovoz berish layoqatiga ega bo‘lgan 831 738 nafar nogironligi bor shaxslarning ro‘yxatini Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etgan edi.

Natijaga ko‘ra ushbu siyosiy jarayonda jami 698 954 nafar nogironligi bor shaxslar ishtirok etdi.

Shundan:

🎅 Ovoz berishda ko‘makka muhtoj 90 016 nafar shaxslarning umumiy hisobda 84,04% ishtirok etib, ularning 39 545 saylov uchastkasidan, 50 474 nafari sayyor(uyidan) ovoz berdi;

🔮O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning jami 92,51 foizi ishtirok etib, ularning 10 170 nafari saylov uchastkalaridan ovoz bergan bo‘lsa, 5 842 nafari sayyor(uyidan) ovoz berdi.

🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nogironligi bor shaxslarning fuqarolik pozitsiyasini bajarishida ko‘maklashish maqsadida ijtimoiy xodimlar hamda volontyorlar biriktirildi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

31 Oct, 09:42


#2024_yil_1_noyabrdan

🖋 Qonunchilikka koʼra, “Kambagʼallikdan farovonlik sari” dasturi quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambagʼal oilalar uchun yettita imkoniyat va masʼuliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:

1️⃣ barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;

2️⃣ taʼlim olish va kasb-hunar oʼrganish;

3️⃣ kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;

4️⃣ ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;

5️⃣ yashash sharoitlarini yaxshilash;

6️⃣ davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;

7️⃣ davlat organlari xodimlari bilan toʼgʼridan-toʼgʼri muloqot qilish.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

30 Oct, 17:41


Ajrim yoqasida turgan oila saqlab qolindi

🟢 Bundan bir necha oy avval Qashqadaryo viloyat bolalar uyidan jami 34 nafar bolalar oilasi va yaqinlari davrasiga qaytarilgan edi va oilalarning muammosini o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha ijtimoiy xodimlar tomonidan "keys" ochilishi ma‘lum qilingan edi.

👫 Bolalarning qaytarilishi natijasida ba‘zi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar saqlab qolinmoqda. Shulardan birini videorolikda tomosha qilishingiz mumkin.

📝telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

30 Oct, 08:04


#statistika
#insonmarkazlari
#xizmatlar

2024-yilning III choragi davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga kelib tushgan arizalar va ularning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan MA'LUMOT



😯 2024-yil avgust oyida, barcha “Inson” markazlarida yangi Murojaatlarni ro‘yxatga olish tizimi (CRM) joriy etildi.

O’tgan oyda ushbu tizim orqali 79 mingdan ortiq murojaat ro‘yxatga olindi, kunlik o‘rtacha murojaatlar soni 3 669 tani tashkil qildi.

☺️ III chorak yakunlari bo’yicha 208 ta tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan jami 1 006 116 ta ariza qabul qilingan bo‘lib, shularning 652 928 tasi (64.9%) ijobiy hal qilingan, 268 877 ta (26.7%) ariza rad etilgan, va 84 311 ta (8.4%) ariza ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan.

🖋 Tahlil natijalariga ko‘ra, 20 773 ta ariza muddati kechiktirilgan. Bu arizalarning aksariyati TIEK va VMKdan POM va RTV mahsuloti uchun xulosa olish (4 305 ta), bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash (4 064 ta), hamda nogironlikni belgilash va guruhini o‘zgartirish (2 157 ta) xizmatlariga to‘g‘ri keladi.

🎬 Batafsil tahlil videoda

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

29 Oct, 18:03


DIQQAT, HURMATLI YURTDOSHLAR ❗️

😮 Ertaga, 2024-yilning 30-oktabr kuni Qarshi sanatoriysida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qarshi tumani va Qarshi shahar aholisi uchun "Inson qadri ulug'langan yurt" shiori ostida kouching tashkil etiladi.

🧮 Unda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolarga ko'rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Siz ham unda ishtirok etib, o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin.

⚠️ Eslatib o'tamiz, kouching viloyatning barcha tuman va shaharlarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Ertaga, 30-oktabr Soat: 14:00
🇺🇿 Manzil: Qarshi sanatoriysi

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

28 Oct, 11:39


🔥Tabiiy gaz iste'molchilari diqqatiga!

⚡️2024-yilning 1-noyabr kunidan boshlab tabiiy gaz uchun aholiga o'rnatilgan bazaviy me'yor 5 barobarga, ya'ni 100m3 dan 500m3 ga oshiriladi.

❗️Shunday ekan, ayni kunlarda iste'molingizni monitoring qilib borishni tavsiya qilamiz!

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

27 Oct, 10:11


#saylov
#volontyor

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida qashqadaryolik nogironligi bo''lgan shaxslar ham faol ishtirok etmoqda.

Qashqadaryo viloyatida nogironligi bor shaxslar va yolg‘iz keksalarning saylov jarayonlarida munosib ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Saylov uchastkalarida maxsus yo‘lakchalar, Brayl alifbosidagi byulletenlar va nomzodlarning targ‘ibot dasturlari, shuningdek, ko‘chma qutilar shay holatga keltirilgan.

Bugungi muhim kunda Agentlikning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda faol volontyorlar bilan birgalikda nogironligi bor shaxslar va yolg‘iz keksalarning saylov jarayonlarida ishtirok etishlari uchun ko'maklashilmoqda.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

24 Oct, 12:47


#savol_javob

Savol: Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun oiladagi daromadni hisoblashda davlat tashkilotida haydovchi lavozimida ishlovchi fuqarolar (foydalanuvida) boshqaruvida bo‘lgan avtomashinalar hisobga olinadimi?

Javob: Yo‘q, oilaning mulki sifatida hisobga olinmaydi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

24 Oct, 11:02


#Ijtimoiy_imtiyoz

🖋 Qonunchilikka ko‘ra, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan qisman ozod etiladi.

⚠️ Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

24 Oct, 09:44


✍️ Onlayn murojaat qoldiring!

🥹 Fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy boti @IHMAQashqadaryobot ishga tushirilganligini eslatib o'tmoqchimiz.

🖋 Bunda siz ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam, nogironlikni belgilash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, sanatoriyaga yo'llanma, Muruvvat uyi va Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markaziga joylashish kabi bir nechta mavzular yuzasidan onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

24 Oct, 09:24


😀😕🙃🙂

Qashqadaryo viloyati Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi
da yashovchi keksalar hamda stasionar, kunduzgi qatnov  shaklida ijtimoiy va reabilitatsiya  xizmatlarini  olayotgan shaxslar  Shahrisabz shahrida joylashgan  «Oq saroy majmuasi» va «Amir Temur muzeyi»ga sayohatga olib borildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

24 Oct, 03:54


Qashqadaryoda "Muruvvat va Saxovat" rastalari tashkil etildi

🟢 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi bilan hamkorlikda viloyatdagi 3 ta ixtisoslashtirilgan maxsus maktab internatlari va Qarshi "Muruvvat" nogironligi bo'lgan bolalar uchun internat uyidagi jami 80 nafardan ortiq o'quvchi va tarbiyalanuvchilar uchun kasb-hunarga o'rgatish to'garaklari yo'lga qo'yilgan.

👫 Bundan tashqari, bu to'garaklar ularning aqliy, jismoniy va qo'l matorikasi rivojlanishi bilan bir qatorda moddiy tomonlama manfaat keltirmoqda. Ya'ni, yasalgan mahsulotlardan keladigan daromad nogironligi bo'lgan bolalarning bankdagi omonat hisob raqamlariga o'tkazib berilmoqda.

🧠 Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan mahsulotlarni sotish uchun Qarshi shahridagi 5 ta yirik savdo majmualarida "Muruvvat va Saxovat" rastasi tashkil etildi.

Batafsil videoda 🎬

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

23 Oct, 07:13


#Keys_menejment
#Ijtimoiy_yordam

🟢 Fuqarolarga manzilli ijtimoiy xizmat va yordamlar ko'rsatilmoqda

👍 Farida Amanova Chiroqchi tumanida mahalladagi ijtimoiy xodim sifatida faoliyat yuritmoqda. Hududda olib borgan o'rganish natijasida Mo'tabar Karimovani yolg'iz yashayotganligini, ijtimoiy himoyaga muhtojligini aniqladi.

🖋 Shundan so'ng, "Keys menejment" asosida:

Davolanish uchun moddiy yordam ajratildi;
Assistent biriktirildi;
Nogironlik belgilandi;
Sanatoriyaga borish uchun navbatga qo'yildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

23 Oct, 06:47


#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qarshida 1 oylik chaqaloq qamoqda jazo o'tamoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan munosabat:

Mazkur holat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi nazoratiga olindi. Qo'shimcha ma'lumot beriladi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

22 Oct, 13:35


#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizga nisbatan otasi tomonidan tazyiq o'tkazilgani aks etgan xabar yuzasidan munosabat:

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan tergov jarayonlari olib borilmoqda.

Holat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi. Tez orada qo'shimcha ma'lumot beriladi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

22 Oct, 12:39


Bugun soat 20:00 da Sevimli telekanalida "Bolalar o‘rtasidagi o'zaro zo'ravonlik. Bulling" mavzusidagi ko‘rsatuv efirga uzatiladi.

Ota-onalar va bolalar munosabatlari, zo‘ravonlikning turli xil ko‘rinishlari, bullingni qanday aniqlash, uning oqibatlari va bolalarni bu holatdan himoya qilish uchun ota-onalar va jamiyat nimalar qilishlari mumkinligi haqida suhbatlashiladi.

O'tkazib yubormang, bu har bir ota-ona uchun muhim mavzu!

IHMA Qashqadaryo

22 Oct, 11:05


#Imtiyoz

❗️ Bilarmidingiz...

Nogironligi bor yoshlarga 15 mln so'mgacha subsidiya ajratiladi

🇺🇿 Hukumat qarori (341-son, 21.06.2022-y.) bilan nogironligi bo'lgan yoshlarga o'qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

🖋 Reglamentga ko'ra, yoshlarga nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta'lim fanlari va xorijiy tillarni o'rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so'mgacha) subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tiladi. Davlat xizmati bepul ko'rsatiladi.

🔘 Ariza 3 ish kunida ko'rib chiqilib: subsidiya ajratish haqida elektron tizimga ma'lumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

21 Oct, 08:50


✍️ Onlayn murojaat qoldiring!

🥹 Fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy boti @IHMAQashqadaryobot ishga tushirilganligini eslatib o'tmoqchimiz.

🖋 Bunda siz ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam, nogironlikni belgilash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, sanatoriyaga yo'llanma, Muruvvat uyi va Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markaziga joylashish kabi bir nechta mavzular yuzasidan onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube

IHMA Qashqadaryo

19 Oct, 11:15


"Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Muhtoj shaxslarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari kengaytiriladi

Ushbu Qonun bilan:

😲 Agentlik tomonidan dafn etish uchun nafaqa berish;

😲 xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini kengaytirish;

😲 og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilinganda davlat bojini to‘lashdan ozod etishga doir o'zgarishlar kuchga kirdi;

🎅 Bundan tashqari, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi belgilandi.

👨‍🦯Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.

🖋 Shu bilan birga, umrbod ta’minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi to‘g‘risidagi, shuningdek vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi ma’lumotlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilishi belgilanmoqda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Qashqadaryo

18 Oct, 05:46


#Ijtimoiy_xizmat
#Keys_menejment

👮‍♂️ Dilrabo Nurmatova ilgari "Ijtimoiy yagona reyestri"da turar, farzandlari uchun kam ta'minlangan oilalarga beriladigan bolalar nafaqasi olar edi.

🤝 Mahalladagi ijtimoiy xodim unga "Keys" ochib xizmatlar rejasini ishlab chiqdi va xizmatlar ko'rsatishni boshlagandan so'ng, Dilrabo opaning oilasida ijobiy o'zgarishlar namoyon bo'lishni boshladi.

Hozirda oiladagi iqtisodiy ahvol yaxshilandi va fuqaro "Ijtimoiy yagona reyestri"dan chiqarildi.

Batafsil 🎬

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube