KQBB Andijon viloyati boshqarmasi @bandlikpress Channel on Telegram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

@bandlikpress


Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining telegramdagi RASMIY KANALI

Bandlik boshqarmasi | Andijon (Uzbek)

Bandlik boshqarmasi | Andijon telegram kanali - Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining telegramdagi RASMIY KANALI. Bu kanal Andijon viloyatidagi bandlik sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar, maqolalar va ma'lumotlarni eng tez olish uchun yaratilgan. Kanalda bandlik sohasi bilan bog‘liq savol-javoblar, eng zamonaviy uslublar va texnologiyalar, bandlik sohasidagi huquqiy yangilanishlar va boshqa bir qator maqolalar va videolar mavjud. 'Bandlikpress' kanaliga a’zo bo‘lib, bandlik sohasi haqida eng so‘nggi va maqbul ma'lumotlarga ega bo‘ling!

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

16 Feb, 08:21


#qaror_ijrosi

OʻQUV SEMINAR TRENINGGI BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga mazmun mohiyatiga muvofiq, ishlash samadorligini oshirish va ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan Andijon kasbiy koʻnikmalar markazida oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

Ushbu oʻquv seminarda viloyatdagi barcha shahar-tuman aholi bandligiga koʻmaklashish boʻlimlari mas’ul xodimlari, kasbga oʻqitish mutaxassislari, shuningdek, kasbiy koʻnikmalar markazining mas’ullari ham ishtirok etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

14 Feb, 11:50


Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan bugungi muloqotida kambagʻallikni qisqartirishning eng samarali yechimi taʼlim ekanligi taʼkidlandi.

Shuning uchun kam taʼminlangan oilada hech boʻlmaganda bitta farzand oliy maʼlumotli boʻlishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Endilikda kambagʻal oilaning farzandiga taʼlim krediti foizsiz beriladi, qoʻshimcha grant ajratiladi, kontrakt toʻlovining bir qismi qoplab beriladi.

Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin ogʻir oilaviy sharoiti sababli oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan yoshlarni xorijda oʻqitish boʻyicha yangi tizim – “Yorqin isteʼdod” loyihasi joriy etiladi.

Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida oʻqitiladi.

Xorijda taʼlim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.

Har yili saralashdan oʻtgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “top-100” oliygohlariga yuborilib, oʻqish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

14 Feb, 08:05


#Milliy_qadriyatlarimiz

Andijon viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi barcha xodimlari milliy qadriyatlarimizga tayangan milliy liboslar bilan ish olib bormoqdalar.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

14 Feb, 07:13


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son Qarori ijrosi yuzasidan Andijon viloyat Paxtaobod tumanida Davlat mehnat nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish olib borilayotgan ishchilarni xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida  Korxonalardagi ishchilarga yaratilgan mehnat sharoitlari o‘rganildi. Korxona rahbarlariga mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

14 Feb, 06:52


Bugun 14-fevral kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi!

Siyosiy-ma'rifat soatida ishtirokchilar davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohatlar, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi tadbirlar va xorijda bo‘layotgan xabarlar hamda axborotlar bilan tanishdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

14 Feb, 03:01


#mumtoz_adabiyot

Shoh va shoir, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan viloyatimizda o’zbek mumtoz adabiyotiga bo’lgan ehtirom namoyon bo’lmoqda.

Andijon viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mehnat jamoasi Bobur qalamiga mansub tarix durdonalarini xirgoya qilgan holda, buyuk bobokalonimizni yod etmoqdalar.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

11 Feb, 16:14


Andijonda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari oʻtkazilmoqda
••••••••••••••
Davlatimiz rahbarining kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha topshiriqlari va ko‘rsatmalariga asosan Andijonda samarali harakatlar olib borilmoqda.

Xususan, chora-tadbirlar doirasida Buloqboshi tumanida aholi vakillari hamda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o’tkazildi.

Yarmarkada Xo‘jaobod, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Xonobod, Izboskan va Andijon tumanidan yigirmaga yaqin tashkilot va korxonalar o’zlaridagi 100 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdi.

Tadbirning yakuniy natijasiga ko‘ra, yuz nafarga yaqin fuqarolarga o‘zlari ma’qul ko’rgan ish joylariga yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, kasb-hunarga o‘qish uchun 20 nafardan ortiq yoshlarga yo‘llanmalar taqdim etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

10 Feb, 12:26


Boshqarma boshlig‘i Abrorbek Ahmadaliyev boshchiligida tizimdagi xodimlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan hafta avvalida berilgan topshiriqlar va amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi hafta davomida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

@abror_ahmadaliyevich

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

10 Feb, 07:34


Prezident topshirig‘i amalda

Sentyabr oyida Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Cho‘rtanliq” mahallasida ko‘plab ishlarni tashkil etishga kirishgan edi. Bugunga kelib, mazkur mahalla butunlay yangi davrga ko‘chib o‘tmoqda.

Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholini ish bilan ta’minlash va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish harakatlari o‘zining sezilarli natijalarini ko‘rsatmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

10 Feb, 07:09


“Andijon - Farg‘ona viloyatining poytaxti. Movoraunnahrda Samarqand va Kesh qo‘rg‘onidan keyin bundan-da kattaroq qo‘rg‘on yo‘q”

Bu hazrat Boburning memuar asari “Boburnoma”da o‘z ona yurtiga bergan ta’rifidir.

Ushbu fikrlardan ayonkim, Andijon qadim-qadimdan ham nufuzi jihatidan yuqori mavqeda bo‘lib kelgan. Bugun ham andijonliklar shu maqomga munosib avlod bo‘lishmoqda…..

(Buyuk bobomiz xotirasiga bag‘ishlab, tasvirga olingan lavha)

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

10 Feb, 07:02


Андижондаги саноат зоналарида бўш ер майдонлари мавжуд. Вилоят инвестициялар, саноат ва савдо бошқармаси тадбиркорларни ҳамкорликка таклиф этади.

Саҳифа: @investitsiya_andijon

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

06 Feb, 05:20


Bitta xonadonda 30 ta ish o‘rni
Andijonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish ishlari jadal tarzda davom etmoqda.

Ushbu harakatlar Asaka tumanidagi “Obod” mahallasi misolida…

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

05 Feb, 15:28


#Tayinlov

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga Raximov Otabek Sotivoldiyevich tayinlandi.

Otabek Raximov 1976-yilda Namangan shahrida tugʻilgan. 2008-yilda Andijon qishloq xoʻjalik institutini, 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi va jamiyat qurilishi akademiyasining qayta tayyorlov kursini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Paxtaobod tumani hokimligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Mazkur tayinlovga qadar Paxtaobod tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

04 Feb, 08:08


Har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Mehnat kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.

▪️18 yoshga to‘lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

03 Feb, 13:31


Andijonda “Tadbirkorlik va bandlik" yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

02 Feb, 05:05


Xonadonda issiqxona tashkil etish tajribasi o‘rganilmoqda
————
Andijonda issiqxona qurish istagidagi xonadon egalari uchun tajriba almashishni maqsad qilgan safarlar tashkil etilmoqda. Viloyatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu jarayonlar fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.

Jumladan, Qo‘rg‘ontepa tumanidan bir guruh vakillar Asaka tumanidagi xonadonlar tajribasini yaqindan o‘rgandi. Yuqori hosildorlik, samarali yurituv hamda eng muhimi daromadni oshirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

31 Jan, 19:08


RESPUBLIKA ISHCHI GURUHINING OMMAVIY SAYYOR QABUL OʻTKAZILDI

Qo‘rg‘ontepa tumanida Respublika ishchi guruhi ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlaridan kelgan fuqarolar ishtirok etib, o‘z muammolari bo‘yicha murojaat qilishdi.

Qabul davomida ish bilan ta’minlash, kredit ajratish, ijtimoiy yordam masalalariga e’tibor qaratildi. Ayrim muammolar joyida hal etilib, fuqarolarga bandlik va ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Sayyor qabul davomida aholining muammolarini tezkor hal etidi.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

30 Jan, 14:20


Mahallalardagi yangi loyihalar oʻrganildi
———
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosarining Andijondagi oʻrganishlari Oltinkoʻl tumanida davom etdi.

Sirojiddin Boboqulov kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida Oltinkoʻl tumanidagi mahallalarda olib borilayotgan samarali ishlarga yaqindan guvoh bo’ldi. Jumladan, mebelsozlik majmuasi, charm-poyabzal ishlab chiqarish va yirik issiqxona qurilishi ko’zdan kechirilib, aholini ish bilan ta’minlashga doir qo’shimcha takliflar va masalalar muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | Telegram |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

30 Jan, 02:39


Andijonda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Sirojiddin Boboqulov Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida viloyatimizda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni hamda mahallalardagi faoliyat bilan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari dastlab Xo‘jaobod va Buloqboshi tumanlarida bo‘lib, mahallalardagi iqtisodiy loyihalarni ko‘zdan kechirdi. Xususan, Xo‘jaobod tumanining “Navoiy” hamda “Yuksalish” mahallalarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ushbu hududlarda uzumchilik va qulupnaychilikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan tashabbuslar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Navoiy” MFY hududidagi “Ko‘hinur Fayz” MChJ tekstil korxonasiga tashrif buyurib, korxonaning ish jarayoni o‘rganildi. Bundan tashqari, mahalladagi uzumchilik va kivi ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mahalla yettiligi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hududlardagi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, bandlik darajasini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar tahlil etildi.

Tashrif davomida mahallalardagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

21 Jan, 09:57


2025-yilda hududlarda kambagʻal oila aʼzolari jalb etilgan holda 20 ming gektar oʻrmon fondi yerlarida sanoatbop, manzarali va mevali daraxt turlaridan iborat oʻrmonlar barpo etish, koʻchatxonalar tashkil etish va dorivor oʻsimliklar yetishtirish loyihalari amalga oshiriladi.

Bunda, mazkur yer uchastkalarida kambagʻal oila aʼzolari oʻz ehtiyojlari uchun sabzavot, poliz va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga ruxsat etiladi.

| Telegram | Telegram |
| Instagram | Facebook|

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

21 Jan, 08:39


Tayyor biznes loyihalar amalga oshiriladi

Qarorga muvofiq, 2025-2026-yillarda Namangan, Toshkent, Xorazm va boshqa viloyatlarda “Parranda Investment” MChJ tomonidan parrandachilik sohasida kooperatsiya tizimida zamonaviy soʻyish korxonasi (qushxonalar) va muzlatkichli omborxonalar, mahsulotlar va chiqindilarni qayta ishlash, naslli joʻjalar yetishtirish va parranda mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini oʻz ichiga olgan tayyor biznes loyihalar amalga oshiriladi.

| Telegram | Telegram |
| Instagram | Facebook|

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

21 Jan, 07:59


Dasturning amalga oshirilishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 126 trillion soʻm, jumladan:

▪️tijorat banklarining kichik va oʻrta biznes subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun 120 trillion soʻm kredit mablagʻlari, shundan 2,4 milliard AQSH dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalari;

▪️ogʻir toifadagi 1000 ta mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 3,2 trillion soʻm budjet mablagʻlari;

▪️tuman va shaharlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarida tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki beruvchi drayver loyihalar uchun zarur infratuzilmani yaratishga 1 trillion soʻm budjet mablagʻlari;

▪️maqsadli jamgʻarmalar orqali kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirish uchun 952 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

| Telegram | Telegram|
|Instagram | Facebook

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

21 Jan, 07:43


🖊Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi (17.01.2025-yil PQ-12-son).

Unga ko‘ra, 2025-yilda aholini daromadli mehnat bilan ta'minlash dasturi ijrosi doirasida 5,2 million aholini band qilish maqsadida:

Markaziy bank, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
▪️tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish hamda faoliyatini kengaytirish hisobiga 1 mln 470 ming nafar;
▪️ishsizlarni mavjud boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish orqali 430 ming nafar;
▪️har bir mahallada oʻrtacha 40 tadan jami 377,6 mingta mikroloyihalarni amalga oshirish hisobiga 755 ming nafar, shuningdek “Mahalla loyihasi” doirasida soddalashtirilgan tartibda loyihalarni moliyalashtirish uchun yangi kredit mahsulotlarini joriy qilish orqali 250 ming nafar;
▪️hududlarda “drayver” loyihalarni ishga tushirish hisobiga 122 ming nafar hamda mikrosanoat markazlarini barpo etish loyihalari hisobiga 21 ming nafar;
▪️aholiga yer maydonlarini ijaraga berish, shu jumladan, “kompaniya – kooperativ – dehqon xoʻjaligi” tamoyili asosida kooperativlar tashkil etish hisobiga 300 ming nafar;

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
▪️aholi tomorqasidan samarali foydalanishni tashkil etish hamda fermer va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash orqali 1 mln 169 ming nafar;

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi:
▪️investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 290 ming nafar;

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi:
▪️qurilish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish hisobiga 169 ming nafar;

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
▪️aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitib, ishga joylashtirish hisobiga 266 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan taʼminlashga masʼul etib belgilandi.

| Telegram | Telegram |
| Instagram | Facebook |

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

21 Jan, 06:22


Tomorqadan yiliga 250 million so‘mgacha daromad
———
Andijon shahridagi "O‘zbekistonning 20 yilligi" mahallasi gulchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, aholining 45 foizi ushbu sohadan daromad topmoqda.

Mahallada yashovchi tadbirkor Shahnoza Abdunabiyeva 2 sotixli issiqxonasida gul ko‘chatlari yetishtirib, yiliga 250 million so‘m foyda qilmoqda. Yana bir tomorqa egasi Ma’rufjon Ne’matjonov 2,5 sotixli issiqxonasida innovatsion usullar yordamida 3 million tup gul ko‘chatlarini yetishtirishga erishgan.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

21 Jan, 04:59


Kambag‘allikdan farovonlik sari
——
Prezident topshiriqlariga asosan Andijondagi mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish harakatlari yuqori ko‘rinish oldi.

Markaziy bank tizimining mahallaga biriktirilgan vakillari hamda hokim yordamchilari hamkorligida ko‘plab xonadonlarni yuqori daromadga ega bo‘lishi ta’minlanmoqda.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

20 Jan, 04:57


Kambag‘allikdan farovonlik sari
——
Prezident topshiriqlariga asosan Andijondagi mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish harakatlari yuqori ko‘rinish oldi.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

17 Jan, 14:32


Kambag‘allikni qisqartirishda yangicha yondashuvlar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va yangi yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.

▪️Bu yil 5 million 200 ming fuqaroning bandligini ta’minlash va 1,5 million aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan. Birinchi marta 60 ta tuman va shahar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi.

▪️Mahalla bankirlari bilan birga 1,5 million aholi doimiy ishga joylashtirilib, 2 milliondan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. Shu maqsadda bu yil kichik biznes loyihalariga jami 120 trillion so‘m kredit ajratiladi.

▪️Ilg‘or xorijiy tajriba asosida 32 ta yo‘nalishda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi yondashuvlar yo‘lga qo‘yiladi. Misol uchun, 300 ta og‘ir mahallada umumiy quvvati 107 megavatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Ularga kambag‘al oilalar a’zolari kooperatsiya asosida ishga olinadi.

▪️123 ta tumanda kambag‘al aholi 20 ming gektar o‘rmon va ko‘chatzor barpo etish hamda dorivor o‘simliklar yetishtirishga jalb etiladi. Ular ekkan har 100 ta daraxt uchun 375 ming so‘m subsidiya to‘lanadi.

▪️Turizm salohiyati bor joylarda mehmon uylari va oshxonalar, muayyan pochta bo‘limlarida elektron tijorat markazlari ochilib, kambag‘al oila vakillari ishga olinadi.

▪️Umuman, joriy yilda 6 ming 472 ta mahallada yangi yondashuvlar asosida loyihalar amalga oshirilib, 210 ming nafar aholi kambag‘allikdan chiqariladi.

👉batafsil

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

17 Jan, 13:57


Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли бандлигини таъминлаш ва янги ёндашувлар асосида камбағалликни қисқартиришга оид чора-тадбирлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией мер по обеспечению занятости населения и сокращению бедности на основе новых подходов.

#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

15 Jan, 08:28


Prezident topshirig‘i amalda
Yangi loyihalar aholini ish bilan ta’minlamoqda

O‘zbekiston-Xitoy erkin iqtisodiy zonasida 9 ta loyiha qurilishi boshlangan. Ushbu harakatlar ko‘plab aholini, jumladan, migratsiyada bo‘lgan yurtdoshlarimizni o‘z uyi yaqinida ishlashiga zamin yaratmoqda.

Viloyat rahbari topshiriqlariga asosan direksiya mas’ullari va mahalla yettiligi hamkorligida ishsiz fuqarolarga ish joylari taklif etilmoqda.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

14 Jan, 16:26


Андижонда 14 январь “Ватан ҳимоячилари куни” қарши олинди.

Саҳифа: @sh_abdurahmonov

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

14 Jan, 03:03


#14yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

🇺🇿 Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

13 Jan, 18:16


Президент Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Абу-Даби шаҳрига келди

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Абу-Даби с официальным визитом

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

13 Jan, 12:23


Qanday hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi?

soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun;

sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun;

ish haqi hisobiga berilgan bo‘nakni ushlab qolish, boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va o‘z vaqtida qaytarilmagan bo‘nakni ushlab qolish uchun;

xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan oshmasa;

ish beruvchi tomonidan xodimga qo‘llangan jarimani undirish uchun;

xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun.

Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshishi mumkin emas.

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

13 Jan, 07:38


Ishga kirishda ko‘p emas, bor-yo‘g‘i 5 ta hujjat kerak

Sizdan ham narkologiya dispanseri va ruhiy kasalliklar shifoxonasi ma’lumotnomasi so‘ralganmi?

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

13 Jan, 04:04


Fakt 24 |

🧺 Savatchilikdan qancha daromad topsa bo‘ladi o‘ylaysiz? Videolavhani tomosha qiling.

Andijon tumani Bobog‘ozi mahallasidagi xonadonlarning 90 foizga yaqini savatchilik bilan shug‘ullanib daromad topmoqda.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

12 Jan, 05:09


Axborot 24 | Tomorqa – daromad manbai Andijon qulpnaylari.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

11 Jan, 03:03


boshqarma boshlig‘i Abrorbek Ahmadaliyev Oltinko‘l tumanidagi "shayxislom" mahallasida ish yuritmoqda.

Ushbu joyda daromadi kam bo‘lgan oilalar daromadini oshirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Sahifa: @abror_ahmadaliyev

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

10 Jan, 11:09


Boshqarma boshlig‘i mahallalarda ish tashkil etmoqda.

boshqarma boshlig‘i Abrorbek Ahmadaliyev Oltinkoʻl tumanidagi "shayxislom" mahallasida ish yuritmoqda.

Bunda, ijtimoiy og‘ir holatdagi oilalar xonadonlariga borilmoqda va xonadon egalari bilan yaqindan muloqot qilinib ularga kerakli bo‘lgan ko‘mak va yordamlar xizmati rejalashtirilmoqda.

Sahifa: @abror_ahmadaliyev

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

09 Jan, 08:54


Uydan chiqmasdan internet orqali masofadan ishlaringizni bitirmoqchimiz? Unda sizga OneID kerak bo‘ladi

Videorolikni ko‘ring va 56 soniyada OneID olishni oson o‘rganib oling?

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

09 Jan, 07:50


Aholi bandligini ta’minlash, daromadini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishda mahalla yettiligi, ayniqsa hokim yordamchisining o‘rni va roli katta. Bu borada Baliqchi tumani Ko‘l mahallasida olib borilayotgan ishlar “Andijon axboroti” informatsion dasturi nigohida.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

08 Jan, 05:48


Ish faoliyatingiz davomida mehnat huquqlaringiz buzilyaptimi, qayerda kasb-hunar oʻrganishni bilmayapsizmi, boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar sizga qiziqmi?

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi shu va shu kabi yoʻnalishlar boʻyicha sizga koʻmak berishga tayyor!

☎️Bizga qoʻngʻiroq qiling (71) 200-06-00

Dam olish kunlarisiz, tunu kun biz sizlarni murojaatlaringizni tinglash va uni ijobiy hal etishga tayyormiz!


Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

07 Jan, 16:29


Andijonda kambag‘allikni qisqartirishda yoshlar bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, migratsiyadagi yoshlarni, o'z yurtimizda ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik yoki hunarmandchilik faoliyatlarini boshlashida ko'maklashish ishlari o'z natijalarini ko'rsatmoqda.

Bo'ston tumanidagi “Pillakor” mahallasida hunarmand Sunnatillo Mansurov bir nеcha yillik migrasiyadan qaytib, yangi faoliyatini boshladi. Bu kabi harakatlar kеng ko'lamda davom etmoqda.

Sahifa: @abror_ahmadaliyev

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

04 Jan, 06:53


Ish vaqtida jarohatlangan xodimning oila aʼzolariga 485 million so‘m mablag’ to’lanishi belgilandi
••••••••••••••••
Fuqaro Sh.N ning turmush o‘rtog‘i mehnat vazifasini bajarayotgan vaqtda tan jarohati olib vafot etgan. Fuqaro oila azolariga boquvchisini yo'qotganligi uchun korxona tomonidan to'lanishi lozim bo'lgan bir martalik nafaqa xamda oyma-oy zarar to'lovlarini olishda amaliy yordam so‘rab Andijon viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga murojaat qilgan.

Andijon viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqaro R.Qning manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Da’vo qanoatlantirilib, fuqaroga 485 million 760 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarildi.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

04 Jan, 06:30


Hozirgi kunda O‘zbekistonda:

👉mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) – 1 155 000 so‘m;

👉bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 375 000 so‘m;

👉pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

👉yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

👉nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

👉mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

👉zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

👉ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

03 Jan, 06:01


Ertaga, 4-yanvar — barcha uchun ish kuni

Xabar berganimizdek, Prezident qarori bilan:

🔸besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvardan (shanba) 2-yanvarga (payshanba) ko‘chirildi;

🔸olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar (payshanba) qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

01 Jan, 08:29


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

29 Dec, 21:33


Prezident archasi

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

28 Dec, 13:21


Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan hozirdagi faoliyatini rasman yakunladi.

Muslim Ibrohimov viloyat hokimligi matbuot xizmatida ikki yildan ko‘proq muddat samarali faoliyat yuritib keldi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati uning kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qoladi!

Facebook | YouTube | Web-site
Instagram | Telegram | krill

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

27 Dec, 22:29


Yaqinlashib kelayotgan yangi yil sanasi oldidan Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining mehnat jamoasi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Boshqarma rahbari boshchiligida yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yildagi muhim rejalar ilgari surildi.

Shuningdek, barcha xodimlarga yangi yil bayrami sovg‘alari ulashildi.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

26 Dec, 14:25


MUROJAATLAR OʻZ VAQTIDA HAL ETILMOQDA

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

26 Dec, 07:07


📆 2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari:

👉1-yanvar – Yangi yil;
👉8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉21-mart – Navro‘z bayrami;
👉31-mart – Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉7-iyun – Qurbon hayit (Iyd al-Adha);
👉1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉8-dekabr – Konstitutsiya kuni.

❗️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayramlarining ko‘rsatilgan kunlari bir kunga o‘zgarishi mumkin.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

24 Dec, 18:05


Bugun Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Abrorbek Ahmadaliyev Asaka tumanida bo‘ldi.

Xususan, Abrorbek Ahmadaliyev tumandagi hokim yordamchilari bilan yil yakuni bo‘yicha suhbat o‘tkazdi. Unda mahalla ixtisoslashuvi, “Kambag‘allikdan — farovonlik sari” dasturi asosida olib borilayotgan ishlar va ularning natijalari tahlil qilindi.

Boshqarma boshlig‘i 2-sektordagi “Axtachi” MFYda bo‘lib, aholi xonadonlari, tomorqalar va yo‘l bo‘ylarida ekilgan uzum tok ko‘chatlari holati bilan tanishdi. Ularni parvarishlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda so‘ritoklarni ko‘zdan kechirdi.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

24 Dec, 13:45


Yangi yil bayramida olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 6 kun dam oladi.

Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabrdagi "Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida"gi qarori bilan 2025-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

🔹28-dekabr, shanba — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

🔹29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

🔹30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🔹31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔹1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;

🔹2-yanvar, payshanba — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

23 Dec, 10:00


Xodimlarga oylik ish haqi qachon to‘lanishi kerak, kechiktirilsa nima bo‘ladi?

Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra ish haqi kechiktirilsa ish beruvchi har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasining 10 foizi miqdorida pullik kompensatsiya to‘laydi.

Hozirgi kunda Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi 13,5 foiz, uning 10 foizi 1,35 foizni tashkil etadi.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

21 Dec, 10:37


Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan ayollarga
300 mln so‘mGA zarar undirib berildi

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

21 Dec, 04:45


Mahalla yettiligi — xalqimiz ishongan tizim

🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mahallaning xalq va davlat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, yangicha tizim – “Yettilik” yaratildi.

⭐️Hozirda “Mahalla yettiligi” xalqimizning manfaat va ehtiyojlarini inobatga olgan holda faoliyat olib bormoqda. Ayniqsa, yoshlar yetakchisi mahalladagi yoshlarning bandligi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun samarali ishlarni tashkil etmoqda.

📹Ushbu videolavha orqali “Mahalla yettiligi”ning faoliyati haqida ma’lumot beradi.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

20 Dec, 05:41


Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: aholini kasb-hunarga o'qitish va bandligini ta'minlash choralari

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

19 Dec, 11:45


Oltinko‘l tumanida aholi bandligi va daromadini oshirish bo’yicha uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda

Prezidentimizning aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha bergan topshiriqlari doirasida hozirda Oltinko‘l tumani “ShayhIslom” mahallasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida har bir xonadon vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borilmoqda. Xususan, mazkur mahalla aholining bandligini ta’minlash, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda kambag‘allikdan chiqarish bo’yicha suhbat bo’lib o’tmoqda.

Mazkur uchrashuv davomida aholini qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur sharoitlarni yaratish, kasbiy tayyorgarlik va bandlik masalalarini hal etish bo‘yicha amaliy harakatlar olib borilmoqda.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

19 Dec, 04:45


▪️O‘rindoshlik asosida ishlash xodimning asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.

O‘rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o‘zining asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o‘rindoshlik) bajarilishi mumkin.

📝O‘rindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qat’i nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

17 Dec, 12:43


MUNOSABAT
———————
Kambag'allikdan farovonlik sari

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

17 Dec, 07:14


Vijdon saratoni
————————
Balki u bizning hamkasbimiz, doʻstimiz, ogʻa-inimizdir. Balki ular bilan har kun uchrasharmiz. Biz ularning harakatlari haqida bilamiz, lekin jimmiz...

Bu sukunat — xalqqa xiyonat, bu — millat kelajagiga xiyonat!

Bugun biz sobiq davlat xizmatchisining erkin, ozod hayotidan panjara ortidagi qora taqdirigacha hikoya qilamiz.

... Men bu ishga birinchi marta qoʻl urdim, keyin yana, yana, yana va yana... Kursi hozir meniki, u orqali imkon qadar tezroq va koʻproq moʻmay daromad topishim kerak, deb oʻylardim...

Filmni davlat xizmatchilari, keng jamoatchilikka tomosha qilishni tavsiya qilamiz.

@abror_ahmadaliyev

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

17 Dec, 04:20


7 KUN | KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

16 Dec, 11:53


Оғир туманларда тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш, ишсизлик ва камбағалликни қисқартириш бўйича алоҳида ёндашув жорий қилиниши таъкидланди.

Масалан "Саноат қурилиш банки" Қувадаги йирик экспортёр билан Қўнғирот туманида брокколи экиш ва ёғочни қайта ишлаш лойиҳаларини амалга оширди. Бунга паст фоизли кредит ҳам берди.

Бу тажриба маъқулланиб, шароити оғир 71 та туманга бошқа ҳудудлардан тадбиркорларни таклиф қилиш учун уларга қўшимча кредит, 2025 йилда 1 мингта оғир маҳалла инфратузилмасига 3 триллион 200 миллиард сўм ажратилиши белгиланди.

Умуман, тадбиркорлар қўшимча 31 триллион сўмлик 3,5 мингта лойиҳа ва 200 мингта янги иш ўрни яратишга тайёр.

Иқтисодиёт ва молия вазирлигига ушбу лойиҳалар инфратузилмасига 1 триллион сўм ажратиш топширилди.

Facebook|Instagram|X

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

16 Dec, 11:52


Президент янги имкониятлар ва режаларни белгилаб берди.

Ўтган 6 йилда оилавий тадбиркорлик дастури доирасида 750 минг аҳоли кредитини вақтида қайтариб, даромадли бизнесга эга бўлди. Улардан 58 минги янги корхона ҳам очди.

Энди банклар мана шундай синовдан ўтган мижозларини қўллаб-қувватлаб, уларни кичик ва ўрта бизнес даражасига олиб чиқиши кераклиги таъкидланди. Уларга “Кичик бизнесни қўллаб-қувватлаш” дастури доирасида шартсиз 300 миллион сўм кредит берилади.

Бу орқали келгуси йилларда 1,5 миллион аҳолини ишли қилиш мумкинлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

16 Dec, 10:49


Президент раислигида маҳаллаларда камбағалликни қисқартириш бўйича қилинган ишлар сарҳисоби ва 2025 йил учун устувор вазифаларга бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди.

Банк хизматларининг маҳалла даражасигача туширилгани яхши натижа бераётгани қайд этилди. Айниқса, Сайхунобод, Уйчи, Зарбдор ва Ғиждувонда тадбиркорлик муҳити тубдан ўзгарди, одамлар даромади ошди, эртанги кунга ишонч пайдо бўлди.

Хусусан, Уйчи туманида банклар 3 минг 200 та фаол мижоз билан ишлаб, муаммоларни ҳал қилиб бергани учун 9 минг одам доимий ишли бўлди. Камбағаллар сони 6 мингга камайди.

Сайхунободдаги 3 минг 200 та хонадонда лойиҳалар ишга туширилди, 12 минг одам ўз томорқасида даромад топишни ўрганди. Зарбдорда 13,5 минг, Ғиждувонда 28 минг иш ўрни яратилди. Бунинг ҳисобига қўшимча 10,5 минг аҳоли камбағалликдан чиқарилди.

Умуман, йил бошидан ушбу 4 та тажриба доирасида 3 миллион 300 минг аҳоли доимий даромадга эга бўлди. Муҳими, хонадонларнинг ойлик даромади 7,5 миллион сўмдан 10,5 миллион сўмга ошди.

Бундан ташқари, Хўжайли, Асака, Вобкент, Булунғур, Янгиер, Қўштепа, Шовот каби 57 та туманда ҳокимлар, банклар, ҳоким ёрдамчилари биргаликда ишлагани учун ишсизлик 5 фоиздан пасайди.

Facebook|Instagram|X

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

16 Dec, 10:33


Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида банк хизматлари орқали маҳаллаларда камбағалликни қисқартириш бўйича жорий йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун асосий режалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по итогам проделанной в текущем году работы по сокращению бедности в махаллях посредством банковских услуг и основным планам на 2025 год.

Facebook|Instagram|X

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

16 Dec, 05:46


❗️Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.

Agar intizomiy jazo berilgan kundan e’tiboran 1 yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.

Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, 1 yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega.

Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

13 Dec, 11:54


Uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli tasdiqlandi.

U qanday tartibda tuziladi? Afzalligi nimada?

Soddalashtirilgan mazkur hujjatda mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi bir qancha muhim majburiyatlar belgilangan.

Batafsil:
videoda.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

13 Dec, 06:29


Камбағал оила фарзандларини чет тили, IT ва касб-ҳунарга ўқитиш учун қўшимча имкониятлар яратилади.

Мутасаддиларга 1 мартгача тўгараклар очиб, камбағал оиладаги 118 минг ёшларни ўқитишни бошлаш топширилди.

Тўгарак харажати 80 фоизгача бюджетдан қопланади.


Камбағал оилалар фарзандларини тайёрлаб, 2025 йилда 3,5 минг ёшларни олийгоҳга грант асосида қабул қилиш зарурлиги қайд этилди.

Олийгоҳ ректорлари ҳам камбағал оиладан жами 4 минг нафар ёшларни ўқитишга бош-қош бўлади. Вазир Қ.Шариповга бу борада тегишли топшириқлар берилди.

Facebook|Instagram|X

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

13 Dec, 06:29


Камбағал оилалардаги ўзи ҳаракатлана олмайдиган 23 минг одамга ота-онаси, турмуш ўртоғи, фарзандлари, ака-укаси ёки опа-синглиси қараб ўтирибди.

Келгуси йилдан маҳалладаги ижтимоий ходимлар ва хусусий сектор иштирокида бу одамларни 19 мингига уйида ва 4 мингига кундузги қатнов асосида қараб туриш йўлга қўйилади.

Натижада яқинига қараб турган 15 минг аҳолинининг ишлашига шароит яратилади.

Хусусий сектор бундай хизматни кўрсатган камбағал оилалар харажатининг 80 фоизини давлат қоплаб беради.

Бу тажриба Тошкент шаҳрида 1 мартгача, бошқа ҳудудларда йил якунигача йўлга қўйилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

13 Dec, 06:29


Камбағал оиладаги 460 минг одам тиббий ёрдамга, 6 мингта оила эса уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож.

Шу боис 2025 йилда муҳтож одамларнинг жарроҳлик амалиёти учун Тиббий суғурта жамғармасига қўшимча 185 миллиард сўм ажратилади. “Ижтимоий дафтарлар” маблағи фақат камбағал оилаларни яшаш шароитини яхшилаш, тиббиёт, таълим хизматларини кўрсатиш ва даромадини оширишга сарфланади. Адолат бўлиши учун, эндиликда бу маблағлар тумандаги камбағаллар сонига қараб тақсимланади.

Ижтимоий дафтарлар маблағининг 30 фоизини туман ҳокимларига “Инсон" марказлари билан маҳалладаги уй-жой, йўл, сув ва электрни яхшилаш учун ишлатишга рухсат берилади.

Яна бир масала – ҳозирда 400 та кўп қаватли ижтимоий уйда 25 минг аҳоли истиқомат қилади. Лекин улар яқин қариндошлари ва одатий яшаш шароитидан анча узоқлашиб қолаётгани таъкидланди.

Шу муносабат билан эҳтиёжманд аҳолини битта ижтимоий уй-жойга жойлаштиришдан воз кечилади. Уларга ўзини маҳалласига яқин жойдаги уйни ижарага олишга рухсат берилади, харажати қоплаб берилади.

Ижтимоий ҳимоя агентлиги директори М.Оллоёровга бу борада тегишли топшириқлар берилди.

Facebook|Instagram|X

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

13 Dec, 06:29


Президент бу йил ижтимоий ҳимоя бўйича қилинган 34 та муҳим янгиликка қўшимча 28 та янги ташаббусни илгари сурди.

Келгуси йилда 1 миллион 200 минг аҳолини камбағалликдан чиқариш учун таълим, тўгарак, касб-ҳунар, тиббиёт масалаларини ҳал қилиш ва яшаш шароитини яхшилаш зарурлиги таъкидланди.

Тойлоқ ва Косонсойда “Илк ривожланиш марказлари” очилиб, камбағал оиладаги ва ногиронлиги бўлган 4 минг 200 нафар болага боғча таълими берилди.

Вилоят ҳокимларига ўзидаги ҳар бир туманда биттадан шундай тажрибани ташкил қилиш топширилди.

Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳ.Умаровага 2025 йилда камбағаллик юқори 1 мингта маҳаллада биттадан оилавий боғча фаолиятини йўлга қўяди.

Янги йилдан оилавий боғча ўринларини 15 фоизига камбағал оила фарзандлари қабул қилинади ва боғча тўлови қисман қоплаб берилади.

Facebook|Instagram|X

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

04 Dec, 13:14


Davlatimiz rahbarining tashabbuslari va tegishli qarorlari bilan yurtimizda ishsiz aholiga qishloq xo‘jaligi yerlarini dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun ijaraga berish tartibi joriy qilingan.  Ushbu yo‘nalishda viloyatimizda ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

“E-AUKSION” dasturi orqali ochiq tanlovda g‘olib bo‘lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar, rasmiy ishsizlar hamda alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bu yerlarlarda dehqon xo‘jaligi yuritish imkoniga ega bo‘lishdi.

Xususan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Abrorbek Ahmadaliyev “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida Buloqboshi tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha joyiga chiqqan holda o‘rganish olib bordi.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

04 Dec, 02:56


Andijonda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasidagi samarali ishlar davom etmoqda.

Buloqboshi tumanida navbatdagi tadbir tashkil etilib, qariyb 10 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Hamjihat aholi, tashkilot va bo‘limlardagi mehnat jamoalari hamda faollar ishtirokidagi tadbirda ko‘chatlarning kelgusidagi parvarishi bo‘yicha ham alohida rejalar ilgari surildi.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

03 Dec, 08:07


Har yilgi mehnat ta’tili (otpusk) haqida gaplashamiz

▪️mehnat ta’tili davomiyligi qancha bo‘lishi kerak?

▪️undan yilda 2 marta foydalansa bo‘ladimi?

▪️ta’til davrida xodim “bolnichniy”ga chiqishi mumkinmi?

▪️ta’tilda xodim ishdan bo‘shay oladimi?

▪️yangi ishga kirgan xodim qancha vaqtdan keyin mehnat ta’tiliga chiqa oladi?

▪️yillar davomida foydalanilmagan ta’tildan keyinchalik birdaniga foydalanish mumkinmi?

batafsil videorolikda

Telegram Facebook
Telegram Instagram

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

02 Dec, 12:03


Andijon viloyati hokimining ko‘rsatma va topshiriqlariga asosan boshqarma boshlig‘i boshchiligida Buloqboshi tumanida ish jarayonlarini davom etmoqda.

Xonadonlardagi tomorqalardan samarali foydalanish, aholining daromadlarini oshirish va qishloq xo‘jaligida uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan tumanning tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan uzum navlarini ekish, yetishtirish texnologiyalarini joriy qilish, hosildorlikni oshirish uchun zarur ko‘mak berilmoqda. Shuningdek, xonadon egalari va tomorqa yerlariga ega bo‘lgan fuqarolar bilan muloqotlar o’tkazilib, ularga uzum parvarishi va hosildorlikni oshirish usullari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur tashabbus nafaqat tumanda uzumchilikni rivojlantirish, balki aholi bandligi va daromad manbalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

@abror_ahmadaliyev

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

30 Nov, 10:10


#bugun

Yerni e’zozlagan mehnatkashlar
——————
“Zar qadrini zargar biladi” deydi dono xalqimiz. Elimizning eng qadimiy tomonlaridan biri yerning har bir qarichidan unumli foydalanib, ona yerga mehr berish hamda undan barakali hosillarni yig‘ib olish tajribasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ana shunday qadriyatlardan xabardor bo‘lgan va shuningdek, tabiat hamda ona zaminga mehr berish haqida yosh avlodga namuna ko‘rsatib kelayotgan Buloqboshi tumani Qumguzar mahallasidagi mehnatkashlar to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirishga bel bog‘lashdi.

Bugun mazkur jarayonlarni o‘rganish va mavjud masalalarni hal etish boʻyicha Andijon viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi rahbari Abrorbek Ahmadaliyev ekinlarni ekishga bel bog’lagan xonadon vakillari bilan uchrashdi.

Samimiy suhbatlar, ish jarayoni bo‘yicha muloqotlar davomida ularning samarali rejalariga zafarlar tiladi.

@abror_ahmadaliyev

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

29 Nov, 12:30


Kimlar ishchilari uchun toʻlangan daromad soligʻini qaytarib olishi mumkin?

Bular:
👉Jazo muddatini oʻtab qaytgan fuqarolarni ishga qabul qilgan korxonalar;
👉“20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis” dasturidagi korxonalar;
👉Mikrofirma va kichik korxonalar.


Qaytarib olish talabi va tartibi qanday?

Telegram Facebook
Telegram Instagram

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

28 Nov, 18:18


Andijon viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Abrorbek Ahmadaliyev Andijon shahrida joylashgan "Ishga marhamat" monomarkazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, monomarkazda aholi uchun yaratilgan qulayliklar, kasbiy o‘quv kurslari, amaliy mashg‘ulotlar jarayoni hamda ish bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.

Telegram Facebook
Telegram Instagram

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

28 Nov, 11:21


Ayni damda Abror Ahmadaliyev Andijon shahridagi “Aholini kasbga o‘qitish markazi”da bo'lib turibdi.

@abror_ahmadaliyev

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

28 Nov, 10:33


Ayni daqiqalarda Abror Ahmadaliyev Andijon shahrida joylashgan "Ishga marhamat" monomarkazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.

@abror_ahmadaliyev

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

28 Nov, 08:31


Kambag‘allikdan farovonlik sari
——————
Andijon viloyatida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida aholining turmush darajasini oshirish, kam ta’minlangan oilalarning muammolarini bartaraf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Xususan, Andijon shahridagi 3-kichik dahada ham ushbu dastur doirasida Boshqarma boshlig‘i Abror Ahmadaliyev boshchiligida amaliy harakatlar olib borilmoqda. Dastur doirasida hududdagi kam ta’minlangan oilalar xatlovdan o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli o‘rganilib, aniqlangan muammolarni hal etish ishlari tashkil etilmoqda.

Telegram Facebook Telegram Instagram

Bandlik boshqarmasi | Andijon

21 Nov, 06:40


#Live

Айни дақиқаларда мамлакатимиздаги вилоятлар ҳокимлари Андижонга келди. Ушбу сафар давомида Андижонда амалга оширилаётган ишларни яқиндан ўрганиш ва тажриба алмашиш режалаштирилган.

📱Facebook | 📺YouTube | Web-site
📱Instagram | 🕊Telegram | 🕊Lotin

Bandlik boshqarmasi | Andijon

20 Nov, 06:58


Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanidagi «Sohib Omad Barakasi» klasteriga qarashli “Vodiy klaster-tekstil” MCHJning paxta dalasida ishlagan, ammo klaster ularning mehnat haqini bermay kelayotgani haqida habarlar tarqaldi.

Mazkur murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi  tomonidan nazoratga olindi. O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot e’lon qilinadi.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

20 Nov, 05:18


Intizomiy jazosi bor xodimga bayram uchun mukofot bersa bo'ladimi?

Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

Bayram sanalari bilan beriladigan mukofotlar mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydi va mehnat natijalariga asoslanmaydi.

❗️Hurmatli ish beruvchilar xodimingizni bayram kunlari taqdirlamoqchi bo’lsangiz, MK 315-moddasi 3-qismiga ko'ra, intizomiy jazoni istalgan vaqtda olib tashlashga haqli ekanligingizni eslatib o’tamiz!

Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

19 Nov, 12:38


Bandlikni taʼminlash va kambagʻallikni kamaytirish  choralari koʻrilmoqda

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

19 Nov, 10:56


Мамлакатимизда камбағалликни қисқартириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш борасида катта дастурлар амалга оширилмоқда.

Тўрт йил аввал 23 фоиз аҳолимизнинг даромади камбағаллик чегарасига ҳам етмас эди. Ўтган даврда 3,5 миллион фуқаро учун даромад олиш имконияти яратилиб, камбағалликни 11 фоизга туширишга эришилди. Келгуси уч йилда уни 7 фоизга тушириш режа қилинган.

Камбағалликни қисқартириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш мақсадида келгуси йили бюджетдан 500 миллиард сўм йўналтирилади.

Шунингдек, янги йилдан 65 турдаги ижтимоий хизмат ва ёрдамлар, 50 га яқин имтиёзларни ўзида мужассам этадиган ягона “Ижтимоий карта” тизими йўлга қўйилади.

Даромади ва соғлиғини йўқотиб, оғир ижтимоий вазиятга тушиб қолган юртдошларимизни қўллаб-қувватлаш кўлами босқичма-босқич кенгайтирилади. Бунинг учун “Ижтимоий суғурта тўғрисида”ги қонун қабул қилинади.

Facebook|Instagram|X

Bandlik boshqarmasi | Andijon

18 Nov, 21:16


Millat bayrog‘i – millat g‘ururi
••••••••••••••••
Davlat ramzlari har bir xalqning boy o‘tmishi, bugungi kuni va ulug‘vor kelajagini o‘zida mujassam etgan, millatning iftihori sanaladi.

2024 yil, 18 noyabr - jonajon O‘zbekistonimizning Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. Andijonda alohida hozirliklar ila, ko‘tarinki kayfiyatlar ostida qarshilangan ushbu sana turli tadbirlarga boy tarzda o‘tdi.

Kun munosabati bilan, 64 metr balandlikda hilpirayotgan bayrog‘imiz joylashgan maydonda tantanali tadbirlar boshlab berildi. Unda Andijonning nuroniylari, minglab yoshlar, IIB va milliy gvardiya zobitlari, harbiylar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, turli soha vakillari hamda faollar ishtirok etdilar. Tadbir qatnashchilariga va barcha andijonliklarga viloyat hokimining tabrik so‘zlari yetkazildi.

Harbiy orkestr sadolari ostida davlat bayrog‘ini sharaflagan tantanali yurishlar, shahar va tumanlar bo‘ylab avtokarvon harakatlari tashkil etildi.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

18 Nov, 11:51


Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис Қонунчилик палатаси мажлисидаги нутқидан энг муҳим иқтибослар

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

18 Nov, 03:00


Haqsevar ona yurtimiz mangu obod bo‘lsin,
Toabad bayrog‘imiz hilpirab tursin!🇺🇿🇺🇿

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

17 Nov, 08:23


Bayrogʻim, faxrim

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

15 Nov, 07:38


Ayni daqiqalarda malaka sertifikatini berish yuzasidan imtixonlar boʻlib oʻtmoqda
,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,

Andijon viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Malaka sertifikatlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida"gi qarori bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislariga malaka sertifikatini berish yuzasidan Andijon shahar" Ishga marhamat" monomarkazida imtixonlar boʻlib oʻtmoqda.

📌 📌 📌 @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

15 Nov, 04:42


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
1️⃣Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir. Uning davomiyligi qoida tariqasida 6 oydan oshmasligi kerak.

2️⃣2 oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar esa vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.

3️⃣Ishning mavsumiy yoki vaqtinchalik xususiyati to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.

4️⃣Mavsumiy va vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi. Xodim ishning har bir oyi uchun kamida 2 kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

5️⃣Ular ish beruvchini 3 kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.

📌📌📌@bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

14 Nov, 11:09


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

1️⃣O‘rindoshlik asosida ishlash xodimning asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.

2️⃣O‘rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o‘zining asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o‘rindoshlik) bajarilishi mumkin.

3️⃣O‘rindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qat’i nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.

📌 📌 📌 @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

14 Nov, 06:57


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

2 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, o‘z arizasiga ko‘ra bajariladigan ishi uchun haq to‘lanadigan, biroq avvalgi ishi bo‘yicha o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar ish haqi to‘lanadigan boshqa ishga o‘tkaziladi.

Ish beruvchida boshqa ish mavjud bo‘lmagan taqdirda, 2 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimga qonunchilikda belgilangan tartibda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.

👉batafsil

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

14 Nov, 06:44


🇺🇿🇦🇿 Shavkat Mirziyoyev ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bag‘irovni qabul qildi

Uchrashuvda Akif Bag‘irov yuksak hurmat va minnatdorlik ramzi sifatida O‘zbekiston yetakchisiga o‘zi ozarbayjon tilida tayyorlagan “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobini taqdim etdi.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

13 Nov, 14:03


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining 6 ta asosiy yoʻnalishlari:

1. Mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish.

2. Aholi bandligini taʼminlash dasturlarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish.

3. Kambagʻallikni qisqartirish.

4. Hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish.

5. Kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish, malakani baholash.

6. Munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat meʼyorlariga rioya etilishini oʻrganish, mehnat huquqini taʼminlash hamda mehnatni muhofaza qilish.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

08 Nov, 08:14


📢📢📢📢📢

Hurmatli yoshlar va doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan fuqarolar diqqatiga

9-noyabr soat 9:00 da Andijon davlat universitetida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga taklif etamiz.

Ushbu mehnat yarmarkasi
Andijon viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va Andijon viloyati prokuraturasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda boʻlib oʻtadi.

Siz ham mazkur yarmarkada ishtirok eting va o‘zingiz uchun munosib ish joyini tanlang.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

04 Nov, 16:16


Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Odinayev Qudratillo Oltinko‘l tumani Ijtimoyat MFYda bo‘ldi.

Hozirgi kunda kambag‘allikdan chiqarish dasturi asosida barcha tuman va shaharlarda ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, bugungi kunda Ijtimoyat MFYda belgilab olingan kambag‘al oilalarni daromadli ishlarga  yo‘naltirish hamda ishsizlarni doimiy ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan bir qator ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

01 Nov, 05:44


Kambag‘allikdan farovonlik sari: yettita imkoniyat va mas’uliyat

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi 2024-yil 1-noyabrdan “Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas’uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

2025 yildan ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni aniqlash mezonining yangi tizimi joriy etiladi. Bu mezonlar nimalardan iborat?

Kambag‘al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag‘allikka tushish sabablarini o‘rganishda “Mahalla yettiligi”ning ishtiroki qanday bo‘ladi?

Batafsil:
"Studiya 24"da.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

31 Oct, 18:01


KASANA.UZ PLATFORMASI-KASANACHILARGA
YANGI IMKONIYATLAR

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

27 Oct, 10:48


Bugun, 2024-yilning 27-oktyabr sanasi O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatiligiga saylovlar kuni.

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimdagi barcha xodimlar fol ishtirok etmoqda.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

24 Oct, 03:11


2024-yil o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan tanqidiy va tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi.

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi tizimdagi hodimlar bilan 2024-yil o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tanqidiy va tahliliy hamda joriy yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan tizimdagi barcha (tuman, shahar) hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlari ishtirokida yig‘ilish bo'lib o'tdi.

🔻Viloyatimizda 2024-yil boshida ishsizlik darajasi 7,0 foizni tashkil etgan bo'lsa, shu yilning sentabr oyi yakunida 6,2 foiz ga yoki 0.8 bandga kamaygan.

🔻Mehnat resusrlari soni 1 885,2 ming nafarni tashkil etib, yil boshiga (1792,8 m. nafar) nisbatan 92,4 ming nafarga ortgan;

🔻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9 yanvardagi PQ-7-son qaroriga asosan viloyatda yanvar-sentabr oylari uchun 245 ming 733 nafar etib belgilangan bo‘lsa, amalda 416 ming 770 nafarga bajarilib, topshiriq ijrosini 169,5 foizga bajarilgan. (bu esa yillik top. 142 foizga)

🔻Tuman (shahar) bandlik bo‘limlariga joriy yilning
yanvar-sentabr oylarida 49 ming 370 nafar ishsiz fuqarolar murojaat qilingan bo‘lib, ularni 26 ming 44 nafar ishsiz fuqarolarni korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan (jami murojaat qilganlarni 52,8 %).

🔻Shuningdek mazkur davr ichida zaxiralangan ish o‘rinlaridan 4 454 nafari ishga joylashtirilib, kvotalangan ish o‘rinlaridan foydalanish darajasi viloyatda 79,6 foizni tashkil etgan.

🔻Kasb-hunarga o‘qitilgan ishsizlar 16,7 ming nafarni (buyurtma 14,5 ming ) tashkil etgan, belgilangan topshiriq ijrosi 114,9 foizga bajarilib, barcha hududlarida topshiriq ijrosi ta’minlandi.

🔻Inspeksiya tomonidan o‘tgan 9 oy davomida jami 1 476 ta tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazilib, shundan 3 310 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlangan va 287 holatda yozma ko‘rsatmalar kiritilgan.
O‘tkazilgan tekshirishlarda jami 1454,4 mln. so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanilgan.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

23 Oct, 11:54


Ayni daqiqalarda
Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Numatov tomonidan 2024 yil o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tanqidiy va tahliliy hamda joriy yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan tizimdagi barcha (tuman, shahar) xodimlarga yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

22 Oct, 16:23


Saylov-2024

•••••••••••••
27-oktyabr - butun O‘zbekiston uchun muhim kunda faol qatnashamiz!

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

21 Oct, 07:48


Andijon viloyati hokimi tabrigi
••••••••••••••
Shuhratbek Abdurahmonov “O’zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan yurtdoshlarimizga tabrik yo’lladi.

Sahifa: @andpresslotin

Bandlik boshqarmasi | Andijon

18 Oct, 13:08


Andijonda bo'sh ish o'rinlari yarmarkalari davom etmoqda

••••••••••••••

Davlatimiz rahbarining mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalariga asosan tizimli ishlar tashkil etilib kelinmoqda.

Xususan, chora-tadbirlari doirasida  yangi Andijonda  bandligi ta’minlanmagan, ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazilmoqda.

o‘tkazilayotgan yarmarkalarda korxona va tashkilotlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashib kelishmoqda.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

17 Oct, 10:57


Mamlakatimizda quyidagi asosiy yo‘nalishlar orqali kambag‘allikni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda:
▪️ xususiy sektor va tadbirkorlikni rivojlantirish;
▪️ yangi ish o‘rinlarini yaratish;
▪️ ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash;
▪️ ta’lim sifati va undan foydalanish imkoniyatini oshirish;
▪️ kam ta’minlanganlar uchun sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
▪️atrof-muhit va ekologik barqarorlikka erishish;
▪️hududlarni mutanosib rivojlantirish;
▪️infratuzilmani rivojlantirish.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

17 Oct, 09:05


Norasmiy_bandlik
__

Agar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlasangiz:
👉Mehnat stajingiz bo‘lmaydi va pensiya ololmaysiz;
👉Ish beruvchi sizni istalgan payt ishdan bo‘shatishi yoki oylik maoshingizni bermasligi mumkin;
👉Noqulay mehnat sharoitlariga duch kelasiz;
👉Bola parvarishi, homiladorlik, tibbiy va mehnat ta’tili pullaridan mahrum bo‘lasiz;
👉Uy, mashina yoki boshqa ehtiyojlar uchun kredit ololmaysiz;
👉O‘zgaruvchan oylik maoshi;
👉Mehnat ta’tilisiz faoliyat;
👉Kareraning o‘smasligi.Shunday ekan norasmiy mehnatga rozi bo‘lmang!

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

15 Oct, 07:29


Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun tizimdagi tashkilot xodimlari o‘rtasida  "shaxmat va shashka" hamda "mini-futbol" bóyicha  musobaqa bólib ótdi.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

15 Oct, 05:53


Ўзбекистон Республикада фаолият юритаётган барча турдаги иш берувчилар диққатига!!!

❗️ “Иш берувчининг фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурта қилиш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунининг 4-моддасига асосан “Ходим ўз меҳнат вазифаларини бажариши билан боғлиқ ҳолда меҳнатда майиб бўлиши, касб касаллигига чалиниши ёки соғлиғининг бошқача тарзда шикастланиши муносабати билан унинг ҳаёти ёки соғлиғига етказилган зарарнинг ўрнини қоплаш бўйича иш берувчи ўз фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурталаши шарт”.

Давлат меҳнат инспексияси томонидан юқоридаги қонун талабларининг бажарилиши Ягона автоматлаштирилган ахборот тизими (ersp.e-osgo.uz) орқали ўрганилганда республикамиздаги 481 мингдан ортиқ иш берувчилар ўзларининг фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурталамаганлиги аниқланган.

Ҳудудлар бўйича таҳлил қилинганда:
▪️Қорақалпоғистон Республикасида – 24 минг;
▪️Андижон вилоятида – 30 минг;
▪️Бухоро вилоятида – 30 минг;
▪️Жиззах вилоятида – 22 минг;
▪️Қашқадарё вилоятида – 35 минг;
▪️Навоий вилоятида – 24 минг;
▪️Наманган вилоятида – 27 минг;
▪️Самарқанд вилоятида – 48 минг;
▪️Сурхондарё вилоятида – 24 минг;
▪️Сирдарё вилоятида – 13 минг;
▪️Тошкент вилоятида – 46 минг;
▪️Фарғона вилоятида – 46 минг;
▪️Хоразм вилоятида – 26 минг;
▪️Тошкент шаҳрида – 81 минг.

⚠️ Қонунчилик талабларини бажармаслик мансабдор шахсларга базавий ҳисоблаш миқдорининг 10 бараваридан 15 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

@mehnatvazirligi

Bandlik boshqarmasi | Andijon

14 Oct, 13:06


Bosh boshqarma boshligʻi A.Nurmatov Andijon shahridagi ishga marhamat mono markazida faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlar bilan uchrashdi.

Jarayonda bosh boshqarma rahbari amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda,kelgusida amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalar belgilab olindi.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

14 Oct, 11:22


Andijon viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 2024-yilning ortda qolgan 9 oyi mobaynida 230 ta mehnat yarmarkalari o‘tkazildi.

Sahifa: @bandlikpress

Bandlik boshqarmasi | Andijon

13 Oct, 16:49


Shaxmat va shashka hamda mini futbol musobaqasi o’tkazildi.
----------------‐-----------------------------
Bosh boshqarmasi boshlig'i sovrini uchun ótgazilgan musobaqalardan.

Fotoreportaj.

Sahifa: @bandlikpress