Aktual_uz TV @aktual_uztv Channel on Telegram

Aktual_uz TV

@aktual_uztv


Tezkor video, xabar, muammolar yuzasidan 👉 @murojaatga yozing

Reklama va PR uchun 👉 @Pr_reklama_uchun

Aktual_uz TV (Uzbek)

Aktual_uz TV kanali - bu sizning turli xil xabarlarni tezkor va sodda uslubda olmoqchi bo'lganlar uchun mo‘ljallangan eng yangi va eng aktual yangiliklarini taqdim etuvchi Telegram kanali. Kanalda siz muammolar yuzasidan topshiriqlar, tezkor videolar va eng so'nggi yangiliklar bilan yaqinroq tanishishingiz mumkin. Aktual_uz TV kanali sizga dunyo bo‘ylab sodda, tezkor va maqbul xabarlar bilan ta'minlaydi. Agar siz reklama yoki PR xizmatlaridan foydalanishni istasangiz, @Pr_reklama_uchun havolasiga murojaat qiling va ma'lumotlaringizni qoldiring. Barcha yangiliklardan birinchilar bo'lib qolish uchun Aktual_uz TV kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan oz xabaringizni toping!

Aktual_uz TV

24 Jan, 02:37


Xitoylik ayol bir daqiqada turnik tortinish boʻyicha rekord qoʻydi

Bir daqiqada 44 marta turnik tortingan Xie Ting Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

24 Jan, 01:41


Assalomu alaykum, azizlar!

Juma tongi muborak boʻlsin 🌥️

Boshlangan kuningiz fayzli va barokatli oʻtsin

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 16:42


#nazm

Onaning koʻz yoshi toʻkilmasin hech

🎙️Zarifa Abdumajidova

Xayrli tun, azizlar! 🌃

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 15:30


"Oldimizda masʼuliyatli oʻyinlar turibdi. Birgalikda katta kuchga aylanamiz", — Timur Kapazde

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze intervyu berdi.

Jamoa ayni damda Dohada mashgʻulotlarini davom ettirmoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 14:23


Endi xorijda ishlayotgan oʻzbekistonliklar ham ipoteka olishi mumkin

Ipoteka krediti ajratishda xorijda mehnat qilayotgan va olti oy ichida muntazam pul oʻtkazib kelayotgan fuqarolar daromadini hisobga oladigan tizim yaratiladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 13:49


Tuman hokimligi mutaxassislari uchun tibbiy koʻrik oʻtkazildi

Jalaquduq tuman tibbiyot birlashmasida tuman hokimligi mutaxassislari uchun maxsus tibbiy koʻrik tashkil etildi. Koʻrikdan oʻtkazish jarayonida kardiolog, nevropatolog, lor, rentgenolog, revmatolog, nefrolog, urolog, terapevt kabi yuqori malakali mutaxassislar ishtirok etdi.

Tibbiy koʻrikda 46 nafar hokimiyat xodimlari qatnashdi. Shifokorlar tekshiruvlardan soʻng har bir ishtirokchiga kasalliklarning oldini olish va sogʻlom turmush tarzini saqlash borasida zarur tushuntirishlar berildi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 12:43


2025-yil 1-apreldan elektr narxlari quvvatni oshirish va transformatorlarni yangisiga almashtirish maqsadida yana qimmatlashadi

Mulozimning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston ijtimoiy respublika boʻlgani uchun tariflar ancha vaqt oshirilmagan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 11:38


#rekord

Dunyodagi eng uzun tirnoq egasi

Videoni tirnog'ini o'stirib yuradigan yaqinlaringizga yuborib qo'ying.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 10:14


Qozog‘istonda yana yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Bu safar Qarag‘anda-Balxash trassasida 20 ga yaqin avtomobil to‘qnashdi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 09:29


Hollivud yaqinida Hollivud filmlaridagi kadrlar real hayotga koʻchmoqda. Los-Anjelesda yana dahshatli yongʻin sodir boʻldi

Olov 36 kilometr kvadrat maydonni qamrab olgan. Yongʻin asosan Los-Anjeles shimolidagi Kastaik koʻli yaqinidagi hududda kuzatilmoqda. Taxminan 31 ming aholi evakuatsiya qilingan. Yana 23 ming odamni koʻchirishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Olovni oʻchirish uchun 4 mingga yaqin yongʻin oʻchirish texnikalari jalb qilingan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 08:28


Xonobodda qor

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 07:22


Turkiyada terakt sodir etgan Oʻzbekiston fuqarosiga 40 karra umrbod qamoq jazosi tasdiqlandi

Abduqodir Masharipov  2017-yil Istanbuldagi tungi klubga hujum qilgan. Hodisada 39 kishi, jumladan politsiyachi halok boʻlgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 06:22


O‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ishga ko‘rsatma bergan maktab direktori jarimaga tortildi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 05:22


Matyoqub Matchonov fuqaroni haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi

Sud hujjatlarga koʻra, kuchli 15-yanvar kuni E.Yoʻldoshev Kinematografiya agentligiga kelganida, qorovullar uni ichkariga kiritmagan va oʻrtada tortishuv yuz bergan. Buni koʻrgan Matyoqub Matchonov u bilan gaplashib olmoqchi boʻlgan, Yoʻldoshevni ancha yillardan beri tanigani uchun unga gapirgan, keyinroq esa uni turli soʻzlar bilan haqorat qilib, shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan. Jabrlanuvchi bu suhbatni yozib olgan va IIBga taqdim qilgan.

22-yanvar kuni Chilonzor tuman sudi qarori bilan Matyoqub Matchonovga BHMning uch baravari (1 million 125 ming soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Jan, 04:22


Xonobod shahri ayni vaqtda mana shunday ko'rinishda

Xonobodda tuni bilan yog'gan qor atrofni oqlikka burkagan...

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 17:21


#nazm

Daryo  mavjlariga  yozilmish  gʻazal,
Maysalar  egilib  oʻqiydir  kitob.
Shodlanib  xandalar  otar  bir  lahza,
Bir  lahza  oh  tortib  qoʻyadir  oftob.

Qamishlar  shivirlar  daryo  tomonda,
Koʻkda  oq  bulutlar  kezar  bemajol.
Bir  tirik  nafosat  borliq,  jahonda,
Kimgadir  elanar,  qilar  iltijo.

Bu  qadar  goʻzallik  qaysi  ochunda,
Bu  qaysi  kitobdir,  kimning  daftari,
Kimning  olamidir  qilich  uchinda?

Qaltirab  porlaydir  bir  chiroq  gʻarib,
Bir  qushcha  sayraydir  ruhim  ichinda,
Bir  qushcha  yigʻlaydir  meni  axtarib.

© Rauf Parfi

Xayrli tun, azizlar! 🌌

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 15:58


Jismoniy shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan holda taksichilik faoliyat bilan shugʻullanishi doimiy boʻladi

Boshida ushbu tartib vaqtincha joriy etilgan edi. Taksi bozoridagi agregatorlar faoliyati tartibga solinadi, ularning davlat, haydovchi va yoʻlovchilar oldidagi majburiyati aniq belgilab qoʻyiladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 14:59


“Qoraqoʻton” togʻ konidagi shaxtaga oltin kovlashga chiqqan 2 nafar fuqaro vafot etdi

Joriy yilning 9-yanvar kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “Qoraqoʻton” togʻ konidagi shaxtadan toshlarni kovlab olayotgan 5 kishi generatordan chiqqan gazdan zaharlangan. Ularning 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 kishi tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan.

Hozirda marhumlarning oʻlimi yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan, tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 12:27


Los-Anjelesdagi yong‘inlarning ehtimoliy sababchisi qo‘lga olindi

Okrug prokurorining aytishicha, gumonlanuvchiga qotillik bilan teng keladigan jazo va umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Kaliforniya shtatidagi yong‘inlar 7-yanvardan beri davom etmoqda. Los-Anjelesda favqulodda holat e’lon qilindi. 10-yanvar holatiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 10 nafar odam halok bo‘lgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 11:14


CES texno ko'rgazmasida terini parvarish qilaigan niqob ko'rsatidi

Nanoleaf Face Mask yorug'lik terapiyasi yordamida yuzingizni yaxshilaydi. Gadjet akneni olib tashlashi va terini mayinlshtirishi aytilmoqda

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 10:16


Samarqandda fuqaro YHXB avtomashinasining tomiga chiqib oldi

Ishtixon tumanida viloyat IIB YHXB 4-otryad guruh komandiriga biriktirilgan Lacetti rusumli xizmat avtomashinasi toʻxtab turgan vaqtida 35 yoshli fuqaro mashinaning tom qismiga chiqib olgan.

Aniqlanishicha, mazkur fuqaro ruhiy kasalliklar shifoxonasida roʻyxatda turishi va muqaddam bir necha bor davolanish uchun ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilganligi maʼlum boʻlgan.

Hozirda ushbu shaxs Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasiga davolash uchun yuborilgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 09:28


Atlanta aeroportida samolyotdan 200 dan ortiq yoʻlovchi favqulodda evakuatsiya qilindi

Hodisaga sabab sifatida havoga koʻtarilish paytida dvigatelda yongʻin chiqqani taxmin qilinmoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 08:21


Oʻqituvchilarga “Malibu”, “Tracker”, “Onix”, “Equinox”, “Captiva 5T” avtomobillarini 5 yilga boʻlib toʻlashga beriladi

Bu haqida Bosh vazir A.Aripov tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.Umarovaning xatiga qoʻyilgan FISHKAda topshiriq berilgan.

Avtomobillar “Muallim eʼzozda” aksiyasi doirasida tijorat banklari orqali boshlangʻich badali 30 foizdan oshmagan holda imtiyozli ravishda 60 oylik (5 yil) muddatli toʻlov asosida beriladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 07:32


12% daromad soligʻini masofadan turib qaytarib olish mumkin

"Kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun yoʻnaltirilgan mablagʻdan 12% daromad soligʻini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

"Soliq deklaratsiyalarini yuborish" elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
kontrakt;
nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari;

Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 06:37


Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

Tergovchi jinoyat ishiga jalb qilingan gumonlanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslikni va’da qilgan. U buning evaziga muqaddam prokuratura organlarida ishlagan MChJ yuristi orqali 20 ming dollar olganda tezkor tadbirda ushlangan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 05:26


2 yoshli qizcha 135 ta magnit yutib yubordi

Bemorni operatsiya qilgan shifokordan eksklyuziv intervyu.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 04:30


"Kontrakt"ni toʻliq toʻlamagan talabalarni oraliq va yakuniy nazorat imtihonlariga kiritmaslik mumkin emas!

Ushbu videoni shartnomada oʻqiydigan talabalarga yuborib qoʻying!

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 03:28


Oʻrta taʼlim muassasalariga 500 nafar xorijiy mutaxassis jalb etiladi

2025-yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi. Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga 500 nafar xorijiy mutaxassislarni jalb etish moʻljallanmoqda.

Bunda, rekruting tashkilotlari hamda vazirlikning rasmiy ijtimoiy sahifalari orqali xorijiy mutaxassislar uchun eʼlonlar beriladi. Kelib tushgan murojaatlarni oʻrganib chiqish, saralash va suhbatlar tashkil etish amalga oshiriladi.

Tahlillar natijasida mazkur tartibni yanada takomillashtirish hamda 2025–2026-oʻquv yilidan boshlab yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar sonini 3 000 taga yetkazish koʻzda tutilgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 02:41


Endi APLda ham o‘zbekistonlik futbolchi bor!

Transferlar bo‘yicha insayder Fabritsio Romano Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan kelishuvga erishgani haqida ma’lum qildi. Tomonlar o‘rtasida 2029-yilning yoziga qadar shartnoma imzolanadi.

Transfer summasi — 40 million yevro.

APLda boshqa jamoaga muxlislik qilayotganlar tezda “shaharliklar” muxlisiga aylanish kutilmoqda)

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Jan, 01:54


Azizlar, assalomu alaykum!

Yangi tong muborak boʻlsin 🌥️

Kuningiz fayzli va barokatli oʻtsin

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

10 Jan, 16:30


#nazm

Koʻnglimni choʻktirdi koʻngilsizliklar,
Koʻngilga yaqin bir koʻngil izladim.
Koʻnglimni ozdirdi koʻngilbozliklar,
Uzmadim, Koʻngildan koʻngil uzmadim.

Koʻngilni koptokday oʻynadi hayot,
Ezilib-ezilib singan koʻngilman.
Koʻngil oʻyinini qoʻymadi hayot,
Koʻnmagan koʻngilman, koʻngan koʻngilman.

Bu dunyo asli bir koʻngilzor edi,
Koʻngilni koʻngildan kechirmaganlar.
Nahotki sizda ham koʻngil bor edi,
Koʻnglimning koʻzini ochirmaganlar?!

Xayrli tun, azizlar! 🌃

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

10 Jan, 15:28


Los-Anjelesdagi yonib ketgan uylar va ularning narxlari

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

08 Jan, 11:23


Tramp iddao qilib kelayotganidek Kanada va Meksika AQSH bilan birlashsa, natijasi qanday boʻladi?

“Yangi davlat” turli koʻrsatkichlar boʻyicha sayyoraning mutloq yetakchisiga aylanadi.

Hududi: 21,769,590 km²

Aholisi: salkam 500 mln kishi.

Yalpi ichki mahsuloti: 28,9 trln AQSH dollari.

Mudofaa xarajatlari: qariyb 900 mlrd dollar.

Qurolli kuchlarda faol xizmatchilar: 1,645,000 xodim.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

08 Jan, 10:18


Toshkent viloyatida ona 4 yoshli bolasini kaltaklab oʻldirib qoʻydi

23-dekabr kuni tuman tibbiyot birlashmasiga 4 yoshli qiz tanasidagi turli jarohatlar bilan qabul qilingan. Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda qizni 47 yoshli onasi qattiq kaltaklab, tan jarohati yetkazgani aniqlangan. Tibbiy xulosaga koʻra, bolada bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi ogʻir darajasi va bosh sohasidagi boshqa ogʻir jarohatlar qayd etilgan. Biroq koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan qiz 7-yanvar kuni vafot etgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

08 Jan, 09:52


Andijon viloyatining Xonobod shahridagi ayni vaziyat. Haqiqiy qish...

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

08 Jan, 08:50


2024-yilda Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 6,6 mlrd dollarga koʻpaydi

Oʻtgan yil davomida Oʻzbekiston rasmiy zaxiralarining umumiy qiymati 34,56 mlrd dollardan 41,18 mlrd dollarga yoki 19,1 foizga oshdi. Bunda 2024 yilda jahon bozorida oltin narxlarining keskin oshib ketgani va oʻzining tarixiy maksimum narxlarini bir necha marotaba yangilagani asosiy omil boʻldi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

08 Jan, 08:12


Xitoyliklar “Kengurumobil” yaratishdi

BYD avtomobil ishlab chiqaruvchisi yangi Yangwang U9 modelini taqdim etdi. U 120 km/soat tezlikka yetib, maxsus superpodveskasi yordamida 6 metr masofaga sakray oladi.

Yo‘llarimizdagi chuqurlarni sakrab o‘tish uchun juda mos mashina ekanda o'zi ham.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

08 Jan, 07:34


Donald Tramp oʻziga tegishli ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Kanadani AQShning 51-shtati sifatida tasvirladi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

08 Jan, 06:33


Oʻzbekistonda elektron sigaretalar taqiqlanishi kutilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ayrim qonun hujjatlariga baʼzi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining, elektron sigaretalarning muomalasini taqiqlash hamda javobgarlik belgilashga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish koʻrib chiqildi.

Muhokamalardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

08 Jan, 05:01


Tramp Meksika qo‘ltig‘ini Amerika qo‘ltig‘i deb qayta nomlash rejasini ma’lum qildi

“Qanday ajoyib nom! Va bu nom mos keladi”, — dedi AQShning saylangan prezidenti o‘zining Mar-o-Lago qarorgohida chiqish qilarkan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

08 Jan, 04:05


2024-yilda Eronda 997 nafar mahbus qatl etilgan

Huquq himoyachilarining fikricha, o‘lim jazosiga hukm qilinganlarning haqiqiy soni ancha ko‘p, chunki barcha qatllar ro‘yxatga olinmagan.

Qatl etilgan 997 kishidan 34 nafarini ayollar, 9 nafarini esa voyaga yetmaganlar tashkil qilgan.

To‘rt kishi omma oldida qatl qilindi, qolganlari esa qamoqda qatl etilgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

08 Jan, 03:02


8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni

O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarini chin dildan muborakbod etamiz, sihat-salomatlik, xonadonlariga fayzu baraka tilaymiz. Adolat va qonun himoyasi yo‘lida aslo tolmangiz.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

08 Jan, 01:57


Azizlar, assalomu alaykum!

Boshlangan kuningiz fayzli va barokatli oʻtsin

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

07 Jan, 17:20


#nazm

“Tilkalab, tilkalab tonglar don sochdi...”

🎙 Najmiddin Ermatov

Xayrli tun, azizlar! 🌌

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

07 Jan, 15:32


Andijonda toʻy korteji sabab kuyov jarimaga tortildi

Baliqchi tumanida yashovchi 22 yoshli fuqaroning toʻyi munosabati bilan toʻy korteji Baliqchi tuman markazida guruh boʻlib harakatlangan va bu holatni avtomashinadan tanasini chiqarib, video tasvirga olib ketayotgan operator avtomashinasi viloyat IIB YHXB haydovchi operatori tomonidan toʻxtatilib, qonuniy chora koʻrilishi bildirilgan. Biroq, kuyov va uning doʻstlari bu holatga qarshilik koʻrsatib, xizmat vazifasini oʻtayotgan xodim bilan janjallashib, unga tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat jinoyat ishlari boʻyicha Baliqchi tuman sudida koʻrib chiqilib, huquqbuzarlarga nisbatan 27 mln. 200 ming soʻm miqdorida jarima jazosi qoʻllanilgan.

Hozirda, Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman boʻlimi xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borilib, kuyovdan 27 mln. 200 ming soʻm miqdoridagi jarima pullari undirilishi taʼminlandi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

07 Jan, 14:08


Oʻzbekistonda bitta odam endi maksimum 20ta kartaga egalik qila oladi

Markaziy bank bitta fuqaroga beriladigan bank kartalari sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha chekladi. Ushbu tartib 2025 yil 1 yanvardan 31 dekabrga qadar amal qiladi. Mazkur tartib chet el valyutasida ochilgan kartalarga (Visa, Mastercard) nisbatan tatbiq etilmaydi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

07 Jan, 13:05


Toshkentdagi avtobuslarda yoʻlkirani naqd pul shaklida berganlar jarimaga tortiladi

Yangi qoidalarga koʻra, yoʻlovchi yoʻl haqini naqd koʻrinishda beradigan boʻlsa, haydovchi qabul qilmasligi kerak. Naqd pul orqali toʻlov uchun QR-chipta sotib olish shart. Jarima miqdori 37,5 ming soʻm.

Ammo juda koʻplab yoʻlovchilar QR-chipta beradigan infokiosklarning hammasi ham ishlamayotgani haqida yozishmoqda. Har doimgidek, nimadir yangilik joriy qilinganda, u albatta aholiga noqulaylik tugʻdirishi kerak...

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

07 Jan, 12:26


CES 2025 texno ko'rgazmasia robot o'rgimchak stoli namoyish etildi. Mi-Mo uyni aylanib chiqadi, yo'lingizni chiroq bilan yoritadi va narsalarni o'zida olib yuradi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

07 Jan, 11:09


“Qamchiq” dovonida qor

Ayni vaqtlarda “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 127-160-kilometrlari oraligʻida qor yogʻmoqda, ayrim joylarda tuman tushganligi hisobiga yoʻlning koʻrinish masofasi qisqargan

Haydovchilardan transport vositasining tezligini belgilangan meʼyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab, ob-havo hamda yoʻlning holatini inobatga olib harakatlanishlarini soʻraldi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

26 Dec, 18:27


"Andijonda yil faollari - 2024" gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

26 Dec, 16:36


#nazm

Til bu tanglayingdan chiqqan ortigʻing,
Tumshugʻing tilingni tiyish-chun beshak.
Yuraging qoʻrquvni his etmoq uchun,
Qanoting shunchaki husningga bezak.

Sayramoq? Nima u? Telbalar yoʻli,
Anglamoq - axloqqa teskari gʻoyat.
Osmon bu qonunga zid boʻlgan maskan,
Uchishga urinish ogʻir jinoyat.

Tuxumdan chiqqandan shunday dedilar:
Qafasdan tashqari - jinoyat butkul.
Faqat ichkarini haq yoʻl deb bildi,
Endi hech jinoyat qilmaydi bulbul.

Xayrli tun, azizlar! 🌌

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

26 Dec, 15:42


Toshkent shahri va viloyatidagi metan zapravkalar toʻliq ishga tushgani aytilmoqda

Maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahri va viloyatidagi metan zapravkalar bugundan 24/7 rejimida ishlashga oʻtgan.

Ertadan Andijonda ham zapravkalar cheklovlarsiz faoliyat yuritishi aytilmoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

26 Dec, 14:31


Ozarboyjon hukumatidagi manbalar Azerbaijan Airlines samolyoti Rossiya raketasi bilan urib tushirilganini tasdiqladi — Euronews

“Aktaudagi samolyot halokatiga Rossiyaning “yer-havo” tasnifidagi raketasi sabab boʻlgan. Raketa samolyotni Grozniy ayeroportiga qoʻndirishga urinishlar chogʻida uchirilgan. Oʻsha paytda hududda dronlar hujumi kuzatilayotgan va havo hujumidan mudofaa tizimi ishlayotgan boʻlgan. Havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi samolyot yaqinida portlab ketgan, uning parchalari esa samolyotga shikast yetkazgan”,-deb yozadi telekanal Ozarboyjon hukumatidagi manbalariga tayanib.

Manbalarning Euronewsʼga maʼlum qilishicha, uchuvchilarning shoshilinch qoʻnish soʻroviga qaramay, shikastlangan samolyotga Rossiya ayeroportlariga qoʻnishga ruxsat berilmagan, ularga Kaspiy dengizi orqali Qozogʻistonning Aktau shahri tomon uchish buyurilgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

26 Dec, 13:21


Andijonda yil faollari - 2024 taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Andijon davlat universiteti faollar zalida tashkil etilgan ushbu tadbirda 2024-yil davomida eng faol bo'lgan bir guruh muassasa va tashkilotlar, jurnalist-blogerlar taqdirlanishdi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

26 Dec, 12:07


Andijonda ayol bir erkakni rasmlarini internetda tarqataman deb qoʻrqitib 10 mln soʻm pul talab qildi

Fuqaroning sir saqlanishi lozim boʻlgan fotosuratlari hamda videotasvirlarini tarqatish bilan qoʻrqitib pul talab qilgan shaxs ushlandi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

26 Dec, 11:05


31-dekabrda noyob astronomik hodisa – Qora oy kuzatiladi

Bunda bir oy davomida ikkita yangi oy chiqib, Oyning toʻliq Yer soyasida yashirilishi natijasida, u kuzatuvchilarga koʻrinmay qoladi.

Bu hodisa juda kamdan-kam uchraydi va uni Oyga qulagan meteorit chaqnashi paytida koʻrish mumkin. Toʻgʻri, buni oddiy koʻz bilan kuzatish imkonsiz.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

26 Dec, 10:02


Vazirlar Mahkamasi bayoni bilan 2 mln oylik olayotgan xodimlarga 675 ming soʻmlik chiptalar majburiy sotilmoqda

Obunachilarimizdan biri taqdim etgan hujjatga koʻra, Vazirlar Mahkamasi bayoni bilan tizim va tashkilotlarga majburiy archa bayramga chipta sotilmoqda, narxi 675 ming soʻm.

“Men bir tashkilotda buxgalterman. Xodimlar oyligidan ushlash boʻyicha topshiriq oldim, xodimlarning oyligi esa bor yoʻgʻi 2 yoki 3 million… Iltimos shu masalani yoritib bering”,-deb yozgan obunachi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

26 Dec, 09:00


Qozogʻistonda halokatga uchragan samolyot yoʻlovchilaridan biri, aviahalokatdan oldin salonda yozilgan videosi tarqalgan Subhonqul Rahimov tirik holda koʻrinish bergan videosi ham tarqaldi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

26 Dec, 08:05


Andijon shahar, Semashkada yongʻin boʻlayotgani aytilmoqda

Oʻt oʻchiruvchilar yetib kelib tezkorlik bilan ishga kirishdi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 17:00


#nazm

Maysalar, tovonim, sizni sogʻinar,.
Togʻlar, viqoringiz qalbimda mangu.
Qaydadir qoʻzichoq boʻzlar, oh urar,
Qirlarda adashgan sogʻinchimmi u?

Qorlar erib oqdi bu gʻamli fursat.
Bu fursat eridi togʻlarning toshi.
Yurak, rahming kelsin, toʻgʻri yoʻl koʻrsat,
Men qanday Boysunga ketay qorishib?

Aka, sochingizga oralabdi oq.
Opa, sargʻayibsiz — farzandning dogʻi.
Ona, quchoqlaysiz bunchalar uzoq...
Yigʻlayman — sabrimning bor-ku adogʻi.

Yurgan yoʻlim toʻfon bu gʻamli fursat...
Qatʼiyat koʻz yoshday oqqan mahali,
Yurak, rahming kelsin, toʻgʻri yoʻl koʻrsat,
Men qanday Boysundan ketay ajralib?

© Usmon Azim

Xayrli tun, azizlar! 🌌

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 15:48


Buxoroda uch yuz mln soʻmdan ortiq mablagʻni talon-taroj qilgan MIB xodimi qoʻlga olindi

Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyati Kogon tuman boʻlimi mutaxassisi boʻlimning hisob raqamlariga kelib tushgan pul mablagʻlarini oʻz muddatida, tegishliligiga koʻra toʻgʻri yoʻnaltirilishini taʼminlashga masʼul boʻlsa-da, lekin hisob raqamlardagi 321 mln 79 ming soʻm pul mablagʻini oʻziga tanish boʻlgan 4 nafar fuqaroning plastik kartalariga oʻtkazish orqali naqdlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 14:16


Janubiy Koreya mudofaa vaziri isteʼfoga chiqdi

Kim Yon Hyong jurnalistlarga “harbiy holat joriy etilishi bilan bogʻliq barcha hodisalar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi”ni aytgan. Oʻzining soʻzlariga koʻra, prezident Yun Sok Yolga harbiy holat eʼlon qilish taklifini u bergan. Kim Yon Hyong prezidentga isteʼfo boʻyicha arizasini yuborgan va Janubiy Koreya fuqarolaridan uzr soʻragan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 13:22


Kinomanlar kutgan kunlar yaqin: Harri Potter seriali 2027 yilda ekran yuzini koʻradi

U 10ta fasldan iborat boʻlishi kutilmoqda. Ayni vaqtda aktyorlarni tanlash jarayoni ketmoqda. HBO oʻz chiqishlarida “10 yillik sarguzashtlar”ga ishora qilmoqda

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 12:19


#Shifokor_maslahati

Botulizm xavfi: Oldini olish, konservalardagi xavfni aniqlash va davolash.

Yaqinlarga yuborib qo'ying!

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 11:19


Xivaga “Afrosiyob” poyezdi qatnay boshlagani haqidagi xabarlar rad etildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning izoh berishicha, Buxoro—Urganch—Xiva temiryo‘l uchastkasini elektrlashtirish ishlarini yakunlash doirasida bitta “Afrosiyob” poyezdi sinovdan o‘tkazildi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 10:20


Dunyodagi eng tezkor gumanoid robot — Star1

Xitoyning RobotEra kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Star1 gumanoid roboti tezlik bo‘yicha tarixga kirish yo‘lida. U inson kabi qadam tashlab, maxsus krossovkalarida soatiga 12,98 km tezlikda yugurishaa oladi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 09:01


Janubiy Koreya parlamenti deputatlari mamlakat prezidentini iste’fo berishga chaqirib, birgalikda suratga tushishdi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 08:07


Afg‘onistonda akusherlik va hamshiralikka o‘qiyotgan ayollarga darslarga kelmaslik buyurildi

Jurnalistlar Afg‘onistondagi beshta o‘quv muassasasi rahbariyati bilan suhbatlashdi. Ular “Tolibon” vakillari o‘quv muassasalarini yopishni va keyingi ko‘rsatmalarni kutishni buyurganini aytdi.

Rasmiy bayonot hali e’lon qilmagan bo‘lsa-da, taqiqni “Tolibon” harakatining Sog‘liqni saqlash vazirligidagi ikkita manbasi ham tasdiqladi, deb yozmoqda BBC.
Ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon talaba qizlarning bu xabardan yig‘layotgani aks etgan video tarqaldi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 07:02


Oʻzbekistonda maktablarda qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanadi

Dam olish kunlari 14 kalendar kun, 2025 yil 10 yanvargacha davom etadi.

Barcha maktablarda uchinchi chorak 2025 yil 11-yanvarda boshlanadi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 06:02


Gʻazodagi genotsidning 424-kunida vafot etganlar soni 44,502 nafarga yetdi

2023 yilning oktyabr oyidan beri Gʻazoda Isroil tomonidan uyushtirilayotgan genotsid qurbonlari soni 44,502 kishiga yetdi, 105,454 nafardan ortiq odam jarohat olgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 05:02


Ayolingiz yoki sevgan qizingiz telefonni koʻtarmaganligi uchun soʻkib-haqoratlasangiz jarimaga tortilasiz

Ogoh boʻling, bu holatda qonun ayollar foydasiga ishlashi mumkin

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 03:47


Janubiy Koreya prezidenti harbiy holatni bekor qildi

Muxolifatdagi “Toburo” demokratik partiyasi prezident Yun Sok Yolning iste’fosini talab qildi. Aks holda impichment protsedurasini boshlashlarini ta’kidladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

04 Dec, 02:53


Turkiyada 5 yoshli bolaning qornidan 38 ta magnit topildi

TRT nashri xabar berishicha, Turkiyada 5 yoshli qizning ichaklaridan 38 ta magnit donachalari topilgan.

Bursa viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga koʻra, bola magnitli munchoqni oʻynayotib, bilaguzukni yutib yuborgan. Vaziyatni anglab yetgan bolaning ota-onasi shifokorga murojaat qilgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

03 Dec, 16:46


Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Oʻzbekiston Respublikasining
Koreya Respublikasidagi Elchixonasi tomonidan 3-dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat eʼlon qilingani bildirildi.

Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, oʻzingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sogʻligingizni ehtiyot qilishga chaqirildi

Zarurat boʻlgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz soʻraldi:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

03 Dec, 16:25


#nazm

Andijon tomonga ayozlar qaytdi,
Sizdan qolgan o'tni o'chirmoq uchun,
Ko'ksim qafasiga mahkum etilgan,
Ko'ngilni ko'klarga uchirmoq uchun.

Qalbimning taftidan erigan muzlar,
Chakillab tomadi misli ko'z yoshi,
Ko'ksimning zimiston ko'chalarida,
Tanho qolib ketgan yozning quyoshi.

Kuz keldi, ko'ngilga xazonlar yog'ib,
Dardlarni aritmoq uchun urinar,
Asli bu xazonlar qop-qora edi,
Quyoshning nurida sarg'ish ko'rinar!

Shamollar g'amlarim ko'tarolmagach,
Yomg'irlarga yetib keldimi navbat?
Aralashma endi ko'ngil siriga,
Boshqa ishing yo'qmi nodon tabiat?

Har bir karomating mujassam menda,
Qish kelsa qorlarin mehmon qilayin
O'zga makonlarga ketayin, yoki
Ruxsat et beshinchi fasling bo'layin.

Andijon tomonga ayozlar qaytdi...

© Boyazid

Xayrli tun, azizlar 🌃

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

03 Dec, 15:28


#Tayinlov

Tangirqulov Akmaljon Abdulxay o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

03 Dec, 14:20


Andijonda maktab oʻquvchilari “qizil toifa”ga ajratildi

Xoʻjaobod tuman IIB boshligʻi Rustam Jaloliddinov oʻz sektori hududida joylashgan maktablarning 18 nafar oʻquvchisi bilan “suhbat” oʻtkazdi.

Rasmiylar bu bolalarni “qizil toifada” deb eʼlon qilgan. Qonunchilikka koʻra, Oʻzbekistonda bolalarni kamsitish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini poymol qilish mumkin emas.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

24 Nov, 03:31


Surxondaryoda erkak pul uchun tanishini yogʻoch bilan urib oʻldirib, uni gilamga oʻrab hovlisidagi chuqurga koʻmib qoʻydi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

24 Nov, 02:45


Sirdaryodagi “roddom”dan ham chaqaloq o‘ligi chiqdi

Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limida uning endigina tug‘ilgan jiyani tibbiyot xodimlarining noto‘g‘ri ukol qilishi oqibatida vafot etgan. Tuman prokuraturasi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmagan. Marhum bolaning yaqinlariga ham hech qayerga murojaat qilmaslikni, muammoni hech kimga aytmaslikni maslahat bergan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Nov, 16:36


#she’riyat

Tun bo'yi guvladi taqdir shamoli.
Tushimda,
Jonimda,
Qalbimsda esdi.
Uchdi sukunatning baxtli kamoli,
Jimlik vujudini shovqinlar ezdi.
Demagil zo'ravon shamolni haqli,
Toshday yopishmagan yo'llariga-men.
Hatto
Ikkimizning
Kichkina baxtni
Ushlab qololmadim qo'llarimda men.

©Usmon Azim

Xayrli tun, azizlar 🌃

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Nov, 15:36


Isroil rejimi Bayrut markaziga zarba berdi

Natijada 11 nafar livanlik halok boʻldi. Yaralanganlar oltmishdan ortgani aytilmoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Nov, 14:19


DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etildi— manba

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov lavozimidan chetlatilgan. — Kun.uz manbasi

Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi

Kun.uz manbasiga ko‘ra, so‘nggi besh yil davomida O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Bahodir Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Nov, 14:07


Pokistonda shialar va sunniylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida 38 kishi halok bo‘ldi, 200 kishi yaralandi

Bir necha kun avval jangarilar shia ziyoratchilarga qarata o‘t ochgan va 42 kishi halok bo‘lgan edi. Kecha tunda bunga javoban bir guruh shialar sunniy aholi punktlariga hujum qildi.

Politsiya xodimining xabar berishicha, otishmadan keyin ular bozorni yoqib yuborishdi va yaqin atrofdagi uylarga bostirib kirib, benzin sepib, uylarga ham o't qo'ydi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 300 dan ortiq do‘kon va 100 dan ortiq uy yonib ketgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Nov, 13:05


NATO Bosh kotibi Mark Ryutte AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan koʻrishdi

22-noyabr kuni Floridada boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar ittifoq oldida turgan global xavfsizlik muammolarini muhokama qilgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Nov, 11:50


Prezident qarori bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari:

barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yigʻimlardan ozod qilinadi;

unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlamaydi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab:

nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;

davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Nov, 10:46


Olimlar Quyoshning tarixdagi eng batafsil fotosuratlarini olishdi — tasvir Solar Orbiter zondi olgan yuzlab fotosuratlardan birlashtirilgan boʻlib, ularni qayta ishlashga bir yil vaqt kerak boʻldi

Suratni yuqori sifatda tomosha qilish uchun havola.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

23 Nov, 09:53


23-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:33 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo'ldi

O'zbekiston Respublikasi hududida zilzila quyidagi hududlarda sezildi:

Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 98 km.
Andijon viloyatida 2 ball, 151 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 167 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 290 km.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

19 Nov, 08:40


Senat raisi va oʻrinbosarlari saylandi

Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator Tanzila Narbayeva nomzodini taqdim etdi.

Shuningdek, Senat Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat Raisining oʻrinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

19 Nov, 07:29


2025-yilda tuman va shaharlar byudjetlari daromadi 9,4 trillion soʻmga oshadi

2025-yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning oʻzida qoldirish evaziga tuman va shaharlar byudjetlari daromadi 9,4 trillion soʻmga oshadi.

Bu haqida prezident Sh. Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisida aytib oʻtdi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

19 Nov, 06:14


2️⃣-босқич

‼️ “АНДИЖОНДА ЙИЛ ФАОЛЛАРИ-2” танлови доирасида “Андижондаги энг яхши туман/шаҳар”га овоз беринг!

Овоз бериш жараёни 15 декабр куни соат 21.00 га қадар давом этади ва 3 та энг кўп овоз тўплаган туман/шаҳар финал босқичга ўтади.

Финал босқичида журналист, блогер ва ижтимоий тармоқ фаоллари томонидан биринчи ўрин ғолиби аниқлаштирилади.

‼️ Ғолиблар йил сўнггида ўтказиладиган тантанали тақдирлаш маросимида эълон қилинади.

Aktual_uz TV

19 Nov, 05:07


Robotlar uchun sunʼiy mushaklar yaratildi

Ular robotlarning harakatini tabiiy qiladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

19 Nov, 03:48


#MatchDay Oʻyin kuni

🌎 JCh-2026 saralashi
🇰🇵 KXDR 🆚 Oʻzbekiston 🇺🇿
🗓 19-noyabr | 17:00
🏟 “Lao” stadioni. Vyentyan

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

19 Nov, 02:46


Yevropaning katta qismiga qorli qish kirib kelmoqda

Yevropaning katta qismiga yaqin kunlarda qor tushadi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

18 Nov, 17:39


Андижонда Бобур ҳайкалини кўчириб ўрнига дом қуришмоқчи

Ўзбекистон вазирлик ва идораларига келишиш учун юборилган "Андижон вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш ва тадбиркорлик муҳитини янада яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида"ги қарор лойиҳасининг 16-бандида шундай таклиф акс этган:

"Захириддин Муҳаммад Бобур" ҳайкалини Андижон шаҳридаги "Регистон" майдонига кўчириш, бунинг ҳисобига бўшайдиган 1,2 гектар ер участкасида 2та 20 ва 16 қаватли турар-жой мажмуаси барпо этилишини ҳамда 90 млн.АҚШ доллари миқдорида инвестиция маблағлари киритилиши таъминлаш".

Ўзингизга тасаввур қилишингиз учун бу худди пойтахт қоқ марказидаги Амир Темур ҳайкалини кўчириб, ҳиёбонда дом қуриш билан баравар қадам бўлади.

Шунингдек, вилоят ҳокимлиги таклифи билан Алишер Навоий номидаги истироҳат боғининг 10,7 гектар қисмида Andijon city ишбилармонлик маркази, 19та 18 қаватли ва 7та 28 қаватдан юқори турар-жой ва хизмат кўрсатиш мажмуалари барпо этилиши кўзда тутилган.

Яна солиштириш ўринли бўлса,Андижонда Алишер Навоий боғи бу Тошкентнинг юраги Миллий боғи сингари.

Тўғриси, менда бу ғаройиб таклифларга изоҳ ва шарҳ беришга заррача кучим қолмади. Биз қаерда ва нима учун тескари оғиб кетдик, буни ўнглашнинг қандайдир иложи борми, билмайман.

Aktual_uz TV

18 Nov, 16:31


#she’riyat

Dunyoni toʻzitdi tunda tiramoh...
Tongdanoq hovlini etding sarishta.
Qoqib-sidrab berding uyingga oro –
Mehmonga kelgusi goʻyo farishta.

Koʻzga surma qoʻyding, yuzingga - gʻoza,
Koyiding kuzakning tinmasligini...
Uzzukun ochilib turdi darvoza –
Hech kimga aytmading
Kelmasligimni...

Usmon Azim

Xayrli tun, azizlar 🌌

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

18 Nov, 15:24


Asaka tuman 1-son kasb-hunar maktabida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul gilingan kun munosabati bilan "Iftixorim, g'ururimsan - Bayrog'imsan!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

18 Nov, 14:29


Telegramda firibgarlar yana bir virus tarqatishmoqda

Bu xabarda sizga telegram premium 1 yilga bepul podarkaga berildi, deb xabar yozilgan. Aslida u ssilkani bossangiz, sizning profilingizga virus tushadi.

Ogoh boʻling, hech kim sizga bekorga sovgʻa bermaydi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

18 Nov, 13:25


AQSh Global Media Agentligi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun trening tashkil etildi

Farg'ona viloyatida tashkil etilgan teningda vodiylik bir guruh jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

16 Nov, 07:16


Saudiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zaviatsiya” agentligi Flyadeal aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi.

Agentlik xabariga ko‘ra, bu O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan berildi. Parvozlar A320 samolyotida amalga oshiriladi.

Aviakompaniya Jidda—Toshkent—Jidda, Madina—Toshkent—Madina va Jidda—Namangan—Jidda yo‘nalishlarida muntazam qatnaydi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

16 Nov, 06:04


27 yoshli Jeyk Pol 58 yoshli Mayk Taysonni 8 raund kechgan jangda ochkolar hisobida yengdi

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu jang uchun Pol 40 mln, Tayson 20 mln dollar gonorar oladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

16 Nov, 05:01


Amerikada Mayk Tayson va Jek Pol oʻrtasida boks boshlanish arafasida

Arlington shahridagi AT&T Stadium arenasida, 80 ming tomoshabin sigʻadigan katta stadionda oʻtkaziladi. 70 mingdan ortiq tomonshabin 17,8 mln dollarlik chipta sotib olishibdi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

16 Nov, 03:56


Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi

Toshkentda o‘zi bilan yashab kelgan ayolning 3 yoshli farzandini vahshiylarcha o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi. Tergov xulosasiga ko‘ra, u jinoyat vaqtida “Regapen”, “Tropikamid” va “Mefedron” ta’sirida bo‘lgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

16 Nov, 02:19


Assalomu alaykum, azizlar 🌅

Shanba tongi muborak boʻlsin 🌥️

Kuningiz fayzli va barokatli oʻtsin

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

15 Nov, 16:43


#she'riyat

Oʻylar edim hayot bizni siylaydi deb,
Biz kuylagan qoʻshiqlarni kuylaydi deb.
Bugun boʻm-boʻsh yuragimni siylayabman,
Hayot qanday aytsa shunday kuylayabman.

Oʻylar edim soʻnmas mening gʻururlarim,
Koʻksimdagi hayratlarim, sururlarim.
Bugun qoldim ikki oʻtning ozorida,
Yigʻlayabman gʻururimning mozorida.

Oʻylar edim doʻstlarim bor, dil chogʻ etar,
Yoʻlimdagi chohlarimdan ogoh etar.
YO rab bugun bu oʻyinda oʻzib chiqdim,
Doʻstim tashlab ketgan chohdan oʻzim chiqdim.

Oʻylar edim: sevgan yorim tashlab ketmas!
Jonday sevar, koʻzlarimni yoshlab ketmas!
Oʻylar edim: men deb unday ado yoʻqdir,
Bugun undan sado yoʻqdir, sado yoʻqdir!

Oʻylar edim: togʻdek baland yashayman deb,
Qirchalarga qandoq nazar tashlayman deb.
Togʻdek choʻkdim, nelar larza soldi menga?
Bugun togʻlar, qirdek boʻlib qoldi menga...

©Guljamol_Asqarova

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

15 Nov, 15:32


Bugun Oʻzbekistonda "Qunduz oyi" xodisasi kuzatiladi

Oy xar doimgidan 14 foizga katta va 30 foiz yorugʻ koʻrinadi

Yaqinlarga yuborib qoʻyamiz, bunday ajoyib xodisani oʻtkazib yubormang

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

15 Nov, 14:21


Bugun Mayk Tayson ringda bloger-bokschi Djeyk Pol bilan jang qiladi

Jangdan 27 yoshli Pol 40 million dollar, boks afsonasi Tayson esa atigi 20 million dollar oladi.

Mayk qariyb 20 yil oldin professional boksni tark etgan, Djeyk Pol esa sobiq mashhur boks afsonalariga qarshi muntazam jang olib borib, gʻalaba qozonib kelmoqda.

Vazn oʻlchash paytida Tayson Polning yuziga tarsaki tushirdi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

15 Nov, 13:04


DXX Fargʻonada qurollangan jinoyatchilar toʻdasini qoʻlga oldi

Maʼlum boʻlishicha, ikki guruh yigitlar bir-biridan hisob olish maqsadida qurollangan holda janjalga otlangan.

Batafsil videoda 👆

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

15 Nov, 11:46


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi osh markazlaridan biridan osh buyurtma qilgan mijozning taomidan sigaret qoldigʻi chiqigani aks etgan suratlar tarqaldi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

15 Nov, 10:52


Pora olgan amaldor oʻlimga hukm qilindi

U 10 yil davomida fuqarolardan noqonuniy sovgʻalar olib yurgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

15 Nov, 09:54


Dunyodagi eng kichik sichqoncha!

Yaponiyadagi Sanwa Supply kompaniyasi ajoyib innovatsiya bilan kredit kartasi kattaligida bo‘lgan simsiz sichqonchani taqdim qildi. Ushbu gadjet "slayder" telefonlari kabi yig'iladi va cho'ntakka osongina sig‘adi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

15 Nov, 08:58


Telefondagi mikroskop 🔬

Kanadadagi QingYing kompaniyasi telefon kamerasi uchun moʻljallangan ajoyib ixtironi taqdim etdi — iMicro Q3p! Ushbu kichik mikroskop qurilmasi foydalanishda juda oddiy: linzani kameraga biriktiraasiz va mikrodunyoga sayohatni boshlayverasiz

📈 1200 martalik kattalashtirish imkoniyati sizga eng mayda detallarni ham koʻrish imkonini beradi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 16:48


#nazm

Tun.
Yomg'ir.
Qorishiq ifor.
Uchqur xayol, qadamlar asta.
Borliqqa sochilib keladi ketging,
Yomg'ir bo'lsam kerak, aslida.

Sen yo'qsan.
Hechkim yo'q.
Nimalardir bor.
Nenidir tuyarsan yomg'ir ostida.
Men axir osmonda yashaganman-ku,
Ne qilib yuribman zamin ustida?..

Shayton.
Taqiq.
Va o'sha meva.
Afsus bor quvg'indi odam naslida.
Negadir ularga aloqam yo'qdek,
Yomg'ir bo'lsam kerak, aslida.

©Najmiddin  Ermatov

Xayrli tun, azizlar 🌌

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 15:30


Toshkentda birinchi qor uchqunlari

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 14:36


"Qamchiq" dovonida qor yogʻishda davom etmoqda

Dovon yoʻlini maxsus texnikalar yordamida qordan tozalash choralari koʻrilyapti.

Dovon yoʻlidan oʻtuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik bilan, qoidalarga rioya etgan holda harakatlanishlarini soʻraldi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 13:46


Izboskanda ko‘p qavatli uy qurilishida sement o‘rniga adir tuprog‘i ishlatilmoqda

Xaridorlarning tuman prokuraturasi va yuqori turuvchi tashkilotlarga qilgan murojaatlari samara bermagan: quruvchi ularga “Ariza qilavermanglar, qurilishga bergan pullaringizni prokurorga berib, arizalaringizni yopib chiqyapman”- degan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 12:24


Robotlar steyk pishirishni o'rgandi

Norvegiyaning android NEO kompaniyasi oshpazlik bloggeri Nik DiJiovanni bilan birga go‘sht bo‘lagini qovurish bo‘yicha master-klass ko‘rsatdi. Mashina faqat kesishda yordam so'radi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 11:39


Tojikiston va Qirgʻizistondan kontrabanda orqali olib kelingan qariyb 65 kg. “gashish” musodara qilindi

Surxondaryoda 50 kg. 567 gr., Fargʻonada 4 kg. 929 gr., Andijonda ikkita holatda 9 kg. 361 gr. “gashish” moddasi musodara qilindi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 10:39


Prezidentlik saylovlarida Tramp gʻalabasi uchun 200 mln dollar sarflagan Ilon Mask yuqori lavozimlardan birini egallaydi

Donald Tramp prezidentlik faoliyati boshlanishi bilan Ilon Maskni AQSH hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari etib tayinlashini maʼlum qildi.

Mask uchun bu lavozim norasmiy boʻladi va u oʻz biznes loyihalari bilan ham shugʻullanishi mumkin boʻladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 09:19


Sun'iy intellektning san'atga qadami

Angliyada birinchi bor insonsimon robot tomonidan yaratilgan kartina sotildi. Ai-Da nomi bilan tanilgan ushbu robot buyuk matematik Alan Tyuringning portretini yaratib, unga «II-Bog» deb nom berdi. Ushbu asar 1 million dollarga baholanib, san'at olamidagi katta voqealardan biriga aylandi.

Bu nafaqat yangi texnologiyalar, balki sun'iy intellektning cheksiz imkoniyatlari borasidagi bahslarni ham kuchaytirmoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 08:20


#ana_xalos

1 Bitcoin narxi 1 kg oltin narxidan oshib, 86 ming 577 dollarga yetdi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 07:25


#Tezkor

Uy-joy, kvartira sotib olish uchun subsidiya berish tartibi oʻzgartirildi

Unga koʻra,
ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarni toʻlab berishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi;

ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlab beriladigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari takomillashtiriladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 07:15


Andijonda Damas 9 yoshli qizni bosib ketdi

Hodisa soat 13:00 atrofida Asaka tumanida sodir boʻlgan. Haydovchi 24 yosh, piyoda esa 9 yosh boʻlgan. Jabrlanuvchi hodisadan keyin darhol shifoxonaga olib borildi. Koʻrsatilgan yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etdi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tegishli organ tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 06:37


Jizzax viloyatining Zomin hududida ham qor yogʻmoqda

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 04:24


Qamchiq dovonida yo‘llarni qordan tozalash ishlari

Haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan harakatlanish so‘raldi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 03:24


Oʻzbekistonning bir nechta xududlarida, shuningdek Qashqadaryoda ham qor yogʻmoqda

Andijonda xam yomgʻir yogʻib havo ancha sovishi kutilmoqda

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

13 Nov, 02:21


Qamchiq dovonida tuni bilan qor guppillatib yogʻdi. Harorat -2 daraja

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 17:17


#she'riyat

QASAM

Faromush bogʻlarda sollanib mahzun,
Zarrin sarpolarda, davlati fuzun,
Qalbimga ataydi non hamda tuzin,
YO jonim muhabbat,

Sim-sim-ey, sim-sim,
Mabodo aldasam, qoʻllarim sinsin.

Oʻkinch tilaklarda bolalik badbaxt,
Sevgining nomidan yozadi tilxat.
Agarda yashasam qaldirgʻochsifat,
Qizgʻaldoq enamdir,
Sim-sim-ey, sim-sim,
Mabodo aldasam, qoʻllarim sinsin.

Ortimda choʻl dedim, koʻrsam, Badaxshon,
Qadimiy tangaday behamyon, beshon.
Oʻzimni izlasam-mendan yoʻq nishon,
Al-amon, men qayda,
Sim-sim-ey, sim-sim.
Mabodo aldasam qoʻllarim sinsin.

Soʻnggi dam oʻzim-la oʻchakishsam, hay,
Sohir koʻzlarigdan talab etsam may,
E, voh, kekirdagim kesib etsam nay,
Puflasam-kuy yonsa,
Sim-sim-ey, sim-sim.
Mabodo aldasam yuragim tinsin.

© Abduvali Qutbiddin

Xayrli tun, azizlar 🌌

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 15:48


Oʻzbekistonda "nomaqbul jinsiy aloqalarning har qanday targʻibotini taqiqlashga doir qonun" ustidan ishlanmoqda — Alisher Qodirov

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 14:55


Bitcoin 82 ming dollardan oshib, yangi rekord oʻrnatdi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 13:13


13 noyabr kuni respublikaning koʻplab viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmoqda

14—15 noyabr tonggi muddatlarla respublika boʻylab xavo xarorati nol darajadan pasayishi mumkin.

13 noyabr hududlarda yogʻingarchilik koʻp kuzatilmasada, togʻlarda yaxshigina yogʻin tushadi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 12:30


2024-yil 1-dekabrdan suv uchun toʻlovlar faqat elektron koʻrinishda boʻladi

Naqd pul orqali suvga toʻlab boʻlmaydi. Bu mijozlarning qulayligi uchun, joyida toʻlab yuborish imkoniyatini kengaytirish uchun qilingani aytilmoqda

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 11:31


Fargʻonada ayol dugonasini oʻldirib, uyini yoqib yubordi

Ayol kreditdan qarzlarini uzish maqsadida marhumaning uyiga oʻgʻirlikka tushib, uni 20 martadan ortiq pichoqlagan. Ayol chiqib ketayotganda uyni yoqib, dugonasini uy olish uchun toʻplagan 2 ming dollar pullari va koʻplab tilla taqinchoqlarini olib chiqib ketgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 09:38


Clone Roboticsning Yangi Yutug'i

AQShda Clone Robotics kompaniyasi robotlar uchun sun'iy mushaklar yaratdi. Torso nomli ishlanma odam terisini eslatuvchi, terisiz va qonsiz model bo'lib, gidravlik tizim va sun'iy paylar orqali robotlarning harakatini tabiiy qiladi.

Bu qanday foyda beradi?
Robotlar inson harakatlarini mukammal taqlid qiladi, bu esa sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarini tubdan o'zgartirishi mumkin.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 08:34


Toshkent dunyoning havosi eng iflos shaharlari reytingida 9-o‘rinda

Poytaxt havosining PM2,5 mayda chang zarralari bilan ifloslanish darajasi JSST tavsiyasidan 11,1 marta yuqori bo‘lib turibdi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 07:13


Xitoyda dunyodagi birinchi robot-qutqaruvchi daryo bo‘yida patrullik qilishni boshladi

Sun’iy intellektga asoslangan robot cho‘kayotgan odamni topib, uni qutqarish uchun qisqa vaqtda yetib bora oladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 06:12


Tunda 5 ballik qoʻzgʻalish, hozir esa 1 ballik xavfsiz magnit boʻroni qoʻzgalish taʼsirida ekanmiz

Magnit boʻron qoʻzgʻalishlari turli diapazonda "oʻynamoqda".

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 05:09


ChatGPT inson hayotini saqlab qoldi

U tunda sogʻligi yomonlashgan yigitga maslahat bergan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 04:09


Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan mukofot beriladimi?

Xodimlar barcha ishlanmaydigan bayram kunlarida “premya” oladimi?

11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

11 Nov, 02:40


Azizlar, assalomu alaykum

Xayrli tong 🌅

Yangi boshlangan kuningiz muborak boʻlsin 🌥️

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

10 Nov, 16:35


#she’riyat

Umr taqvimiga jim nazar soldim,
Oyogʻim ostiga xazon toʻkildi.
Qanday qilib... yo Rab, tushunmay qoldim,
Bahor tugamasdan kuz kirib keldi?!

© Xayrulla Xamidov

Xayrli tun, azizlar 🌌

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

10 Nov, 15:27


Rossiyadagi avariyada 3 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

Ichida oʻzbekistonliklar boʻlgan Cobalt “KamAZ” bilan toʻqnashgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

10 Nov, 14:10


Bitkoin narxi rekord darajaga ko‘tarilib, 80 ming dollardan oshdi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

10 Nov, 13:09


6 yilgacha boʻlgan dekret muddati ish staji oʻrnida xisoblanadi, yaʼni ish stajiga qoʻshiladi

Endi Oʻzbekistonda ayollar dekret xisobidan koʻproq pensiya olishadi

Masalan  30 yillik ish staji boʻlsa undan 8 yil dekretda oʻtganida 25 yil staj qolar edi, endi esa 28 yil ISH STAJI xisoblanadi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

10 Nov, 12:09


Kimyo fani oʻqituvchisi Mohira Boltayeva, 2 yil ketma-ket sovrindor oʻquvchilar chiqargani uchun 250 mln va 350 mln olgan ekan

Yaqinda yana 3 nafar oʻquvchisi xalqaro olimpiadada sovrindor boʻlib, 400 million soʻm qoʻlga kiritibdi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

10 Nov, 11:13


Buxoroda 16 yoshli bola o‘zgalar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi

Batafsil videoda 👆

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

03 Nov, 10:18


Toshkent shahri havosida rekord darajada ifloslanish qayd etildi

2-noyabrdan 3-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahri havosida zaharli zarrachalar miqdori 780 mkg/m3 darajagacha oshgan.

Ifloslanishning asosiy sababi PM2,5 zarrachasi bo‘lib, JSST tasdiqlagan me’yordan 93,2 barobar ko‘p bo‘lgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

03 Nov, 03:52


Telegram Mini Apps yangilanishini e'lon qildi

Yangilanish 2-4 hafta ichida ishga tushiriladi va u quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- to'liq ekranli rejim;
- asosiy ekrandagi mini-dasturlar yorliqlari;
- obuna rejalari;
- geolokatsiyadan foydalanish;
- giroskop ma'lumotlaridan foydalanish;
- emojilardan foydalanish;
- media almashinuvi;
- sovg'alar yuborish.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

02 Nov, 17:15


#she'riyat

Kelma!
Sog‘inchni o‘ldirar sening tashrifing,
Diydorga to‘yishdan qo‘rqaman, kelma.

Kelma!
Hijronning ovchisi bo‘lgan visolga,
O‘ljasin berishdan qo‘rqaman, kelma.

Kelma!
Tug‘ilmagan she’rlar tug‘ilsin hali,
Uvolga qolishdan qo‘rqaman, kelma.

Kelma!
Bir olam baxt bilan kelarsan, kelsang,
Men baxtli bo‘lishdan qo‘rqaman, kelma.

Kelma!
Mana shu dard bilan, gulim, tirikman,
Davodan o‘lishdan qo‘rqaman, kelma.

©Najmiddin Ermatov

Xayrli tun 🌃

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

02 Nov, 15:17


Oʻzbekistonda 2024-yilda eng koʻp sotilgan mashinalar

1. Chevrolet Cobalt;
2. Damas / Labo;
3. Chevrolet Tracker;
4. Chevrolet Onix;
5. Gentra.

Mashinaga qiziqadigan yaqinlarga yuborib qoʻying

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

02 Nov, 13:52


Rossiya armiyasida xizmat qilishni istamagan, aniqrogʻi Ukraina bilan urushga borishni istamagan asli oʻzbekistonlik fuqaro Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

Endi u Oʻzbekistonga qaytadi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

02 Nov, 12:46


Oltinkoʻl tumanidagi 38-umumtaʼlim maktabining oʻquvchilarni kaltaklagan direktori lavozimidan ozod etildi

Eng tezkor xabarlar 👇👇 👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

02 Nov, 11:21


Kiberxavfsizlik markazi ommalashib borayotgan Telegram-viruslardan ogohlantirdi

Firibgarlar akkauntni egallab olish maqsadida turli xil koʻrinishlarda zararli havola va fayllarni tarqatmoqda.

Kiberxavfsizlik markazi firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun ikki bosqichli autentifikatsiyani oʻrnatish, SMS-xabarda kelgan raqamlarni hech kimga aytmaslik, Telegram sozlamasidagi "Qurilmalar" boʻlimida "Faol seanslar"ni tekshirib, notanish qurilmalar faoliyatini toʻxtatishni tavsiya etmoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

02 Nov, 10:22


#bilasizmi?

🪨 Yer sayyorasining tortishish kuchiga qarshi turgan tosh

Inselberg - bu nim qiyalik yoki deyarli tekislikdan keskin koʻtarilgan izolyatsiyalangan toshli tepalik Saudiyada joylashgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

02 Nov, 09:14


Alimentchilar "shou"si davom etadi!

Jizzaxda alimentdan qarzdorligi boʻlgan ota kiyimlar orasidan topildi...

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

02 Nov, 07:52


AQShda har qanday qoʻshiqni oʻzi chaladigan gitara ixtiro qilishdi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

02 Nov, 06:47


Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinkoʻlda maktab direktori bolalarni ayovsiz kaltaklagani aks etgan video tarqaldi

Holat Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani Qoraqalpoq mahallasida joylashgan 38-maktabda yuz bergani aytilmoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

02 Nov, 05:49


Rossiya poytaxti Moskvada ayni dam qor yogʻmoqda

Havo xarorati joylarda nol va +1 daraja iliq kuzatilmoqda

Eng tezkor xabarlar 👇👇 👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 16:23


Oʻzbekistonda taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan roʻyxati eʼlon qilindi

Oliy sud tomonidan 2019-2024 yillarda internet tarmogʻidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) roʻyxati eʼlon qilindi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇

Aktual_uz TV

25 Oct, 15:03


Filippinda “Trami” bo‘roni oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 82 kishiga yetdi

Tabiiy ofat 2,6 milliondan ortiq odamga turli darajada ta’sir ko‘rsatgan, ulardan qariyb 320 ming nafari evakuatsiya qilingan.

Mutaxassislarga ko‘ra, bo‘ron 27-oktyabr kuni Vyetnamga yetib borishi, keyin esa yana Filippinga qaytishi mumkin

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 13:31


Ilk bor "O'zbek" so‘zi tilga olingan Qur'oni Karim qo'lyozmasi topildi

Batafsil videoda 👆

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 12:27


Qirgʻizistonda somda onlayn pul oʻtkazmalarida komissiya undirish taqiqlanadi

Qaror joriy yil 25 noyabrdan kuchga kiradi va 2025 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 11:27


#bilasizmi?

Tuyalar kaktuslarni bemalol yeyishadi

Ularning tillari va lablari juda qattiq, ogʻzi qattiq nipellar bilan qoplangan. Ular tikanlarni kesib, eng xavfli ovqatni isteʼmol qilishlariga imkon beradi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 10:36


25-oktabr kuni Chorsu bozori oldida Toshkentda avtobus piyodalar oʻtish joyidan o‘tayotgan piyodaga yo‘l bermadi va uni urib ketishiga bir baxya qoldi

Eng tezkor xabarlar 👇👇 👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 09:35


Oʻzbekistonda tugʻilish kamayishda davom etmoqda

Oʻzbekistonning doimiy aholisi 37 355,4 ming nafarga yetdi, ammo 9 oy yakunlariga koʻra, mamlakatda tugʻilish 3,2%ga qisqargan va 693 897 nafarni tashkil etgan. Oʻtgan yili shu davrda 716 885 tugʻilish qayd etilgandi.

Shaharlarda tugʻilish yuqoriroq surʼatda qisqarmoqda. Eng yuqori tugʻilish koʻrsatkichi Surxondaryoda, lekin tugʻilish koeffitsiyenti 30,8 promilledan 29,0 promillega tushgan.

Tugʻilish koʻrsatkichi eng past Qoraqalpogʻistonda, tugʻilish koefffitsiyenti 21,8 promilledan 20,6 promillegacha sekinlashgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 08:35


Yangi Toshkent shahri uchun yana qoʻshimcha yer ajratiladi

Toshkent viloyati hokimining tegishli bilan Yuqori Chirchiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi oʻzgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan "Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi"ga ajratib berildi.

Ushbu yer maydoni "Oʻzbekiston", "Guliston", "Istiqlol" mahallalaridagi hududlardan ajratiladi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 06:55


Qirg‘iziston madhiyasi qayta yoziladi

Parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev — "Biz hozirgi madhiyamizni Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqqanimizdan so‘ng qabul qilgan edik. Hozir biz oyoqqa turgan va taraqqiyot yo‘lidan borayotgan davlatmiz. Shuning uchun madhiyamizni o‘zgartirishimiz lozim"-dedi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 05:43


#qiziqarli

Insoniyatning badiiy ifoda evolyutsiyasi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 04:47


Bugun vodiyda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Mutaxassislar bergan maʼlumotga koʻra, bugun Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 03:41


Chechenistonda noma’lum shaxslar “Rosgvardiya” harbiy kolonnasini o‘qqa tutdi

Oqibatda bir harbiy halok bo‘ldi, yana biri jarohatlandi. O‘t ochgan shaxslarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 02:21


Uyni taʼmirlash uchun 120 mln soʻm, past foizli kredit beriladigan boʻldi

"Mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Boshlangʻich badal uchun 15 foiz subsidiya ham beriladi. Kredit ariza berilgandan soʻng  10 kun muddatda ajratiladi.

Mablagʻlar kredit oluvchining plastik kartasiga oʻtkazilishi mumkin.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

25 Oct, 00:02


Xayrli kun

Assalomu aleykum va raxmatulloxi va barokatux Juma tongi tongi muborak bólsin.

Kuningiz fayzu barokatli ótsin...

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

21 Oct, 00:28


Azizlar, assalomu alaykum 🏝️

Boshlangan haftangiz ezgu ishlarni amalga oshirish bilan oʻtsin

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 17:27


Xayrli tun, azizlar 🌌
Tuningiz osuda oʻtsin 🌙

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 16:44


#she'riyat

Koʻk boʻri kezgan sarhad itlarga talosh endi,
Koʻtarilgan bosh emas, birgina quyosh endi,
Uchqun sochgan koʻzlarning topingani yosh endi,
Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir.

Sarbadorlar qonini sellar yuvib ketganday,
Millat uchun jon berar alpni devlar yutganday,
Ultontozlar kun sanab, e voh, shuni kutganday,
Elning kuni nomardga qolganga oʻxshayotir...

Davomi videoda 👆

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 15:48


Hech kimga nafi tegmaydigan ishlar bilan ham Ginnesning rekordlar kitobiga kirish mumkin

Amerikalik Bill Klark 30 soniyada 10 ta avtomobil raqamini sidirib Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.

Bu hunar unga kelajakda qachon va qayerda kerak boʻladi? Bunisiga javob topilmadi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 14:25


Toshkentda 3 ta uyda yongʻin sodir boʻldi

Shayxontohur tumanining “Gulbozor” MFY Bildirish tor koʻchasida Koʻkaldosh masjidi orqasida qurilgan shaxsiy xonadonlarda yongʻin sodir boʻldi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 13:27


FVV qutqaruvchilari tomonidan Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas olib chiqildi

Fargʻona viloyati, Toshloq tumani "Naymanboʻston" MFYda yashovchi fuqaroning boshqaruvida boʻlgan "DAMAS" rusumli avtomobil ehtiyotsizlik oqibatida Fargʻona kanaliga tushib ketgan.

FVV qutqaruvchilari zudlik bilan hodisa yuz bergan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo’lganlar yo’q.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 12:29


Marburg virusi asosan shifokorlarda aniqlanmoqda

Laboratoriya xodimlari maymunlarni yorib koʻrish paytida uni yuqtirib olgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 11:05


Hindistondagi daryo zaharli koʻpik bilan qoplandi

Ganganing yirik irmoqlaridan biri - Jamuna suvdagi kimyoviy moddalar, jumladan fosfat miqdori oshgani sababli shu holga kelgan.

Mutaxassislar mazkur holat yaqin atrofdagi aholi salomatligiga jiddiy taʼsir qilishini maʼlum qilgan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 09:48


#qiziqarli

Neyron tarmoq Misrdagi Piramidalar aslida qanday qurilganini ko'rsatdi

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 08:44


Rossiyalik deputat Oʻzbekiston bilan viza rejimini joriy qilishni taklif qilmoqda

Oʻzbekistonning Qozondagi Bosh konsulligi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya armiyasi safiga qoʻshilmaslikka chaqirib, buning uchun javobgarlik borligini eslatgandi. Rossiyalik deputat Sergey Mironov bunga javoban "sizni boqayotgan mamlakatni himoya qila olmaysizmi", deb tvitterda yozib qoldirdi.

"Viza rejimi bilan hammasi hal boʻladi! Bunday "fuqarolar" bizga kerak emas", degan u.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 07:49


Vodiyda hafta oʻrtasida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Oʻzgidromet, 21-23 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 21-22 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 23 oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 06:49


Jizzaxda kepakka tosh maydalarini qoʻshib fuqarolarga sotgan shaxs ushlandi

Batafsil videoda 👆

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 05:47


O‘zbekistonda 9 oyda ish haqi va nafaqa pullarining 5,2 milliard so‘mi talon–toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, yanvar—sentyabr oylari davomida ish haqi va nafaqa pullarini talon–toroj qilish holatlar ortidan 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aholi bandligini ta’minlash sohasida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 1 ming 198 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilib, 61 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda 8 ming 573 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan. 366 nafar ishchi-xizmatchilarning kechiktirilgan 2,4 milliard so‘m ish haqi undirib berilishi ta’minlangan.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 04:48


#bilasizmi?

Pul mukofotidan daromad soligʻi toʻlanadimi?

Batafsil videoda 👆

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 03:14


Telegramda firibgarlik yana rivojlanmoqda

Firibgarlar, "Salom, manavi rasmdagi sizmi?" deb virus fayl joʻnatmoqda, hatto ushbu xabarni sizning yaqiningiz, doʻstingiz nomidan ham joʻnatishadi.

Faylni ochsangiz tamom, telefoningizga ulanib olib bankrot qiladi.

Yaqinlarga yuborib, ogohlantirib qoʻying!

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 02:05


Britaniyada qamoqxona to‘lgani sababli 1100 nafar mahbus muddatidan oldin ozod qilinadi

Sentyabr oyida 1,7 ming nafardan ortiq jinoyatchi Britaniya jazoni o‘tash muassasalarida joy yo‘qligi sababli shartli ravishda ozod qilingan. 40 ga yaqin mahbus xato tufayli ozod qilingan va qamoqxonaga qaytarilgan.

Yana 1100 nafar mahbus kelasi hafta boshida ozod qilinishi kutilmoqda.

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

20 Oct, 00:20


Azizlar, assalomu alaykum 🌄

Yana bir yangi tong muborak boʻlsin 🌥️

Kuningiz yaxshiliklar bilan oʻtsin

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

19 Oct, 16:49


Azizlar, xayrli tun 🌃
Tuningiz osuda oʻtsin 🌙

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

19 Oct, 15:33


Olimlar Saratonning har qanday turiga davo boʻladigan yangi vaksina ishlab chiqishmoqda

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv

Aktual_uz TV

19 Oct, 14:21


#tezkor

Yozyovonda 4-5 ta mashina ishtirokida YTH boʻldi

Avariyaga uchragan mashinalar ichida YPX mashinasi ham bor ekan.

Haydovchi tanishlaringizga yuborib qoʻying, yoʻllarda ehtiyot boʻlib yursin

Eng tezkor xabarlar 👇👇👇
https://t.me/aktual_uztv