Oddiy o’zbek va oddiy insonlarning murakkab va sinovli taqdiri haqida hikoya qiluvchi tengsiz asarlar.
Otamdan qolgan dalalar — bilamizki istiqlolga yaqin yillar xalqimiz irodasi sinalgan yillar sanaladi, aynan bu asarda 3 avlod tarixi bilan Rus davlatiga mutassiblikning aziyatlat bir oddiy o’zbek oila taqdirida ko’rsatilgan. Istiqlolning qadriga yetish uchun har bir o’zbek o’g’loni va qizi o’qishi kerak bo’lgan asar.
Oltin zanglamas — Haqiqiy insonlar taqdirning har qanday obi-havosiga, zarbasiga va sinoviga chidamlidir, ularni hayot qozonida qaynashi, ularni yanada noyob va kerakli insonlarga aylantiradi. Insonning eng og’ir kulfatlarda ham “zanglamay” asl oltinligini yo’qotmaganligi haqida hikoya qiluvchi asar.
Ikki eshik orasi — Asar o’zining tuzulishi, uzluksiz, uzulish va nyuanslarsiz asar qahramonlarining taqdirini o’zaro uzviylikda yetkazishi bilan insonning o’z domiga tortadi. Aslida hayot ma’nosini anglatuvchi bu kitob uslub jihatidan ham ayni hayotga taqlid qilgandek go’yo.
Ufq — Uch qismdan iborat bu asarda o’zbek xalqi, uning matonati, irodasi, sevgisi va qo’rquvi ko’tarilgan. Asarda chin insondan, inson qiyofasida o’z menidan boshqasini o’ylamaydigan inson qiyofali mavjudodlar ham bor. Har bir satri yuragingizda iz qoldirsa, ajab emas.
Chinor — bu daraxtning har bir shoxi bir taqdir, har bir bargi bir insondir. Tuzulishi jihatdan juda murakkab. Ammo tub mohiyatiga e’tibor qaratsangiz, taqdirning izg’irin shamollarida toblangan insonning hayot va uning mohiyatiga nazar solib o’zining naqadat ojiz sezishini yetkaza olgan faylasufona ajib asar.
Ushbu kitoblarni "Golden Books" do'konlarimizdan topishingiz mumkin.
@goldenbooks_uz — Biz baxt ulashamiz!