Huzur kitoblari @huzurkitoblari Channel on Telegram

Huzur kitoblari

@huzurkitoblari


Huzur nashriyotining rasmiy Telegram sahifasiga xush kelibsiz!

Admin: @huzur_admin
Telefon: +998 90 954 54 15

Huzur sari...

Huzur kitoblari (Uzbek)

Huzur kitoblari Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanal Huzur nashriyotining rasmiy Telegram sahifasidir. Kanalimizda eng so'nggi kitoblar, adabiyotlar va ko'pcha ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Huzur kitoblari kanalining rasmiy adminstratori: @huzur_admin. Agar savollar yoki takliflar bo'lsa, telefon orqali aloqaga chiqishingiz mumkin: +998 90 954 54 15.

Huzur kitoblari kanali siz uchun huzur va ma'rifa olgusi tajriba qilish imkoniyatini o'rnatadi. Huzur kitoblari bilan o'zingizni o'zlashtirish va yangi bilimlar bilan tanishishga tayyor bo'ling! Sizni Huzur kitoblari Telegram kanalimizda ko'rishni kutib qolamiz! 📚✨

Huzur kitoblari

10 Jan, 16:16


Buni albatta o‘qing!

1-voqea
Bir kitobxonimizning aytishicha, bugun u «Yashamoq» kitobini Instagram orqali kimdandir 149.000 (!) so‘mga xarid qilgan. Ammo eng qizig‘i, kitob soxta va sifatsiz bo‘lib chiqqan (rasmga qarang).

❗️Hozirda tegishli organlar huquqbuzarning shaxsiga aniqlik kiritmoqda.

2-voqea
Bir necha kun avval qashqadaryolik kuzatuvchimiz soxta gologramma yopishtirilgan kitob sotayotgan do‘kon haqida bizlarni xabardor qildi (rasmga qarang).

❗️Mazkur holat bo‘yicha ham tegishli organlar shug‘ullanishni boshladi.

🎁Tashakkur!
Soxta kitoblarning tarqalishini oldini olishda bizga ko‘mak berayotgan mana shunday jonkuyar kitobxonlarimizga nashriyotimiz tomonidan hadyalar taqdim etmoqdamiz!

Do‘stlar, soxta kitoblardan ogoh bo‘ling va kitobxonlar haqqiga xiyonat qiladigan ishonchsiz do‘konlardan xarid qilmang!

✍️Soxta kitob sotib, sizni aldagan kitob do‘koniga nisbatan Siz qanday yo‘l tutasiz?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

10 Jan, 05:06


#xushxabar

Huzur kitoblari endi UZUM'da!
🥳

Aziz do‘stlar!
Endi sevimli Huzur kitoblarini Uzum market*dan:

tez va oson xarid qilishingiz mumkin!


🔍Huzur kitoblari deb qidiring!

🛍Buyurtma uchun bosing:👇
https://uzum.uz/uz/huzuruz
https://uzum.uz/uz/huzuruz

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

09 Jan, 14:28


💔 Tarjimondan qattiq xafaman!

Ushbu asar juda ham kech tarjima qilinganidan, uni ertaroq qo‘limga olmaganimdan juda ham ranjidim.

Umrimda hech qaysi kitobni 3,5 soatda tugatmaganman 🙈

🎀Xayolimda kitobning hamma tasavvur qiladigan yakunini tasvirlab qo‘ygan edim lekin bunday yakunlanishini umuman kutmagan edim.

🎀Insoniyatning qanchalik zaif mavjudot ekanligini his qildim. Bir kunda hamma narsa o‘zgarib ketdi. Maymunlar aqlli va hukmron, insonlar esa qo‘rquv ichida yashashga majbur. Aql bovar qilmas voqeaga o‘xshab tuyuladi-ya?

Kitob menga chin ma’noda ko‘zgu bo‘ldi, chuqur tafakkur qildirdi, kutilmagan savollarga duchor qildi

Agar bir kun insoniyat o‘z kuchidan mahrum bo‘lsa nima bo‘ladi☁️

Agar kuch balansi o‘zgarsa biz kim bo‘lib qolamiz☁️

Tabiatni boshqarishga urinishimiz qanday xavflarga olib kelishini bilmoqchi bo‘lsangiz albatta ushbu kitobni o‘qing🌸

©️ “Qamar” xodimasi — Feruza Xayitboyeva

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

08 Jan, 13:03


Kitob xarid qilishda uning qanday jihatlariga e’tibor qaratasiz? 👀

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

07 Jan, 13:30


Shunday kitoblar uchrab qoladi, oʻqishni boshlashing bilan boshing aylanadi. Yozuvlar chumolidek, soʻzlar bir-birga qoʻshilib ketar darajada zich. Oʻzingni har xil harflar qorishmasidan soʻz yasayotgandek his etasan. Bunday kitoblarning koʻzga ham zarari katta.

“Huzur” nashriyotining kitoblari sifatli ekani bilan bir qatorda matn vyorstkasi ham juda yoqimli qilinadi. Oʻquvchi pozitsiyasidan qarab koʻrib qilingani yaqqol seziladi. Soʻzlar orasi, soʻz qatorlari orasida yetarlicha boʻshliq bor. (Rasmlarga qarab koʻrishingiz mumkin).

Shu sababli boʻlsa kerak koʻzlar toliqmaydi, odam zada boʻlmaydi. Kitoblarning muqovasi, qogʻozlari esa alohida mavzu. Bilishimcha, “Huzur”ning hamma kitoblari Turkiya bosmaxonalarida chop etilib olib kelinadi.

Men bu nashriyotning quyidagi kitoblarini oʻqib koʻrgan ekanman:

📺“Yashamoq”

📖“Qora suyaklar”

📺“Ichimizdagi shayton”

📖”Katta shahzoda”

📺“Voz kecha olmoq”

Endigi oʻqish navbati esa Per Bulning “Maymunlar sayyorasi” romani. Asarning qiziqligi va yuqorida sanab oʻtgan sifat koʻrsatgichlari sabab boʻlsa kerak, bir kechada kitobni yarimlatib qoʻydim. Xoʻsh, siz bu nashriyotning qaysi asarlarini oʻqigansiz? Fikrlarimga qanchalik qoʻshilasiz? Izohlarda sizlarni kutaman 🧐

🕊Telegram 📱Instagram

Huzur kitoblari

07 Jan, 06:44


#sotuvda

Uch avlod o‘rtasidagi murakkab munosabatlar haqidagi asar


“Yolgʻonchi!” — bu mening tarjimayi holimning asl nomidir. Tugʻilganimdan buyon birgina yolgʻon ishlatdim. Ammo shu birgina yolgʻon bilan naq uch hayotni mahv etdim…

«Yuraging chorlagan yerga bor»

Narx: 56.000

☎️ Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99890-954-54-15

Bugundan sotuvda🤩

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

06 Jan, 02:07


🎉 110 kishiga naq 600 ta kitob! 🥳

Huzur nashriyoti 2 yoshga toʻlishi munosabati bilan Qamar doʻkoni bilan hamkorlikda yilning eng katta tanlovlaridan biriga start beryapmiz!

Demak, boshladik!

🗓Tanlov qachondan qachongacha?
Tanlov 7-yanvardan 16-yanvargacha

🏆Gʻoliblar soni nechta?
110 nafar

🎁Yutuqqa nima qoʻyilgan?
“Huzur” tomonidan chop etilgan 600 ta kitob

🤩Tanlov sharti qanday?

7-yanvardan 16-yanvargacha Qamar kitoblar doʻkonidan 100.000 soʻmdan yuqori xaridni amalga oshirish;
Xaridlaringiz orasida kamida 1 dona “Huzur” nashriyoti kitobi boʻlishi kerak.

😇Qanday xaridlar amal qiladi?
Хohlasangiz, oflayn; xohlasangiz, onlayn xaridni amalga oshirib, ishtirokchiga aylanishingiz mumkin.

💪Kunlik gʻoliblar soni nechta boʻladi?
Har kuni 10 nafar gʻolib va ularning har biriga 5 tadan kitob

😎Gʻoliblar qanday aniqlanadi?
Gʻoliblar har kuni soat 20:00 da jonli efirda “baraban” orqali aniqlanadi.

Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

04 Jan, 16:17


Ular keldi! Uyg‘oninglar...

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

04 Jan, 14:27


"Qamar" va "Huzur" tanlovi

✔️ Avvalgi tanlovlarda yutolmagan boʻlsangiz, ranjimang. Bu safargi tanlovda gʻoliblik imkoniyati koʻp. Naq 600 ta kitob oʻynaladi.

Rejalashtirilayotgan tanlov 7-yanvardan 17-yanvargacha "Huzur" nashriyotining 2 yilligi munosabati bilan oʻtkazilyapti.

❗️10 kun (7–16-yanvar) davomida har kuni 10 nafar gʻolibga "Huzur" nashriyotidan 5 tadan kitob, 17-yanvarda esa 10 ishtirokchining har biriga 10 tadan kitob taqdim etiladi.

Quvonarlisi, tanlovda oflayn bilan birga onlayn xaridni amalga oshirganlar ham ishtirok eta oladi. Tanlov shartlari bilan tez orada tanishtiramiz!

@qamarbooks

Huzur kitoblari

04 Jan, 06:18


#xushxabar

Hamma izlab yurgan “Yashamoq” qayta sotuvda! 🤩

Millionlarni ko‘z yoshlarga g‘arq qilgan,
ko‘plab o‘zbek o‘quvchilarining eng sevimli asaridan biriga aylanib ulgurgan “Yashamoq” qayta sotuvda!

Tugab qolmasidan ulgurib qoling! 🔥

Narx: 59.000

☎️ Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99890-954-54-15

✍️ Ushbu kitobni o‘qiganlar bormi?

Eng yaxshi kitoblardan boxabar bo‘lish uchun:
👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

03 Jan, 14:54


📙Kitoblar haqidagi ma’lumotlarni asosan qaysi telegram kanalidan kuzatib borasiz?

Huzur kitoblari

02 Jan, 16:03


Parchani o‘qing va…

“...odam emas, balki qoʻlga oʻrgatilgan maymundek ulgʻaydim. Insoniy quvonch, tushkunlik, sevilish istagi — bular haqida ogʻiz ochmasa ham boʻladi. Shu asno koʻp oʻtmay ichimda yolgʻizlik ildiz otdi va yil sayin palak yozib boraverdi. Havosi soʻrib olingan boʻshliqda bemajol chirpinardim. Yolgʻizlik bir tomondan savollar yomgʻiriga tutayotgandi: oʻzim oʻzimga berib, javobini ololmagan savollar. Toʻrt-besh yoshlarda edim va atrofimga alanglab soʻrardim: “Nega bu yerdaman? Qayerdan kelganman, tegramdagi narsalar qayoqdan kelgan? Ularning ortida nima bor? Men yoʻqligimda ham bor edimi ular, doim shu yerda boʻlishadimi?” Dunyo mubhamligi qarshisida har bir hassos bola soʻraydigan savollar edi bu. Ishonardimki, kattalar ham ushbu savollar haqida bosh qotirib, ularga javob bera olishadi. Ammo onam va enagamdan kelib chiqib, fahmladimki, ular javobni bilish tugul, bu savollarni hatto oʻzlaridan soʻrab ham koʻrishmagan ekan”.

Sizningcha, yuqoridagi parcha qaysi asardan?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

02 Jan, 06:13


🦍 “Maymunlar sayyorasi”: qisqa savollarga qisqa javoblar

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

31 Dec, 15:23


Huzurli yil uchun tashakkur! 🥳

Doʻstlar! Birgalikda kechgan yana bir kitobli yil uchun barchangizga rahmat!

"Huzur" nashriyoti oʻlaroq sizlarga eng yaxshi, eng sara kitoblarni ulashishdan mamnunmiz!

Yangi yilda ham sizlarni bir-biridan ajoyib asarlar, hayajonli damlar kutib turibdi.

Bizlarni birlashtirgan kitob muhabbati 2025-yilda ham bardavom boʻlsin!

Yaxshiyam, borsiz, aziz kitobxonlar!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

31 Dec, 10:14


Tilakmi bu, qargʻishmi?

Xitoyliklar: “Qiziq yillarni boshdan kechiring”, deyisharkan bir-biriga. Seningcha, bu yaxshi tilakmi? Yoʻq, bu menga bir tilakdan koʻra koʻproq laʼnatni eslatadi. Qiziq yillar — eng notinch, eng yomon voqealarga sahna boʻlgan yillardir. Men bunday qiziq yillarda ancha yashab qoʻydim.

«Yuraging chorlagan yerga bor»

Tez kunda! 🔥

Eng yaxshi kitoblardan boxabar boʻlish uchun:👇

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

26 Dec, 13:57


2024-yil oʻqigan kitoblaringiz orasida eng yoqqani qaysi boʻldi?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

25 Dec, 16:13


#parcha

Maymunlar uyingizdan quvib solsa...

“ Juda qoʻrqdim. Bunday yashashda davom etolmayman. Uyimni qoʻl ostimdagi gorillaga berdim — oʻz uyimni tark etdim. Necha yillardan beri xoʻjalik yumushlarimni qilib yurardi, menga juda sodiq edi. Kechki yigʻilishlarga qatnashishni boshladi. Gapirishni oʻrgandi. Ishlashdan bosh tortdi. Bir oy burun menga ovqat pishirishni va idishlarni yuvishni buyurdi. Likoplarimdan, pichoqlarimdan, sanchqilarimdan foydalanishni boshladi. Oʻtgan hafta yotoqxonamdan quvib soldi. Mehmonxonadagi divanda uxlashga majbur boʻldim. Uni jazolashni emas, xushmuomalalik bilan yoʻlga solishni oʻyladim. Biroq yuzimga bezrayib irjaydi va talablarini yanada koʻpaytirdi. Bir burchakka taqalib qolganim uchun uyimni tark etishga majbur boʻldim...”

“Maymunlar sayyorasi”

✍️
Shu holatda asar qahramoni oʻrnida Siz boʻlib qolsangiz, nima qilardingiz?

🎁Eng qiziq javob egasi “Maymunlar sayyorasi” kitobining ilk sohibiga aylanadi!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

24 Dec, 14:33


Ular kelyapti…Nimalar boʻlyapti?

🙊 "Qamar" kitobxonlarini yangiliklar bilan quvontirishni yaxshi koʻradi. Yangilik yaxshi, noodatiy va kutilmagani boʻlsa, undan ham yaxshi…

Fransuz yozuvchisi Pyer Bul (Pierre Boulle) tomonidan 1963-yilda yozilgan, mashhur ilmiy-fantastik romanni qarshi oling. Insoniyat kelajagi, sivilizatsiyasi va evolyutsiya mavzulari oʻtkir tanqidiy nuqtayi nazardan yoritilgan "Maymunlar sayyorasi"ni sizga taqdim etish niyatidamiz!

🙈 Sevimli mevalarini qarmoqqa qoʻyib qoʻydik. Rastada paydo boʻlishi bilan xabar qilamiz! 👀

@qamarbooks

Huzur kitoblari

23 Dec, 18:10


Qiziq-a?

Tasavvur qiling, umuman notanish bir sayyoraga tushib qoldingiz. Bu sayyora tabiati, iqlimi, yashash sharoiti, xullas, har narsasi bilan bizning Yerga o‘xshab ketadi. Ammo… Ha, buning bir «ammo»si bor.

Gap shundaki, bu sayyorada maymunlar hukmronlik qiladi. Bunda maymunlar oliy ijtimoiy mavqega ega, odamlar esa hayvon darajasiga tushib qolgan… Insonlar hayvonlarni emas, hayvonlar insonlarni boshqaradi – teskari iyerarxiya!

Bu hali hammasi emas!
Odatda biz hayvonlar ustida o‘tkazadigan barcha tajribalar bu sayyorada odamlar ustida o‘tkaziladi. Hatto insonlar hayvonlar tomonidan ko‘ngil xushi uchun ovlanib, hayvonot bog‘iga o‘xshash joylarda qafasga solinib namoyish etiladi…

«Maymunlar sayyorasi» asarida mana shunday ajib mavzu qalamga olinadi. Pyer Bulning 1963 yilda nashr etilgan bu romani keyinchalik bir necha film va seriallarga «xamirturush» vazifasini o‘taydi. Xususan, rejissor Franklin J.Sheffner tomonidan suratga olingan film Oskar mukofoti bilan taqdirlanadi.

Asarni nima uchun o‘qish kerak?
«Maymunlar sayyorasi» inson va maymunlar o‘rtasidagi ziddiyatni tasvirlash orqali, odamzodning boshqa jonzotlar bilan o‘zaro munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi.

Insoniyat o‘zini o‘zi yo‘q qilish salohiyatiga egaligini ta’kidlash barobarida, ekologik, ijtimoiy va texnologik o‘zgarishlar jamiyatni qanday falokatlarga duchor etishi mumkinligidan ogohlantiradi. Bu ogohlantirish, ayniqsa, texnologiya jadal rivojlanayotgan va ekologik inqiroz kuchayib borayotgan ayni davrda yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Asarda maymunlarning aqliy rivojlanishi va ularning insonlar ustidan hukmronlikni qo‘lga kiritishidagi psixologik jihatlar ham qalamga olinadi. Bu esa o‘quvchiga kuch-qudrat va hukmronlik borasida chuqur mulohaza yuritish imkonini beradi.

Xulosa o‘rnida…
Pyer Bulning «Maymunlar sayyorasi» romani nafaqat fantastik sarguzasht, balki insoniyatning axloqiy va intellektual taraqqiyotini tahlil qiluvchi falsafiy asar hamdir. U bizni chuqur o‘yga tolishga, o‘zimiz haqimizda tanqidiy fikrlashga undaydi. Shu sababdan ham u o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi va ilmiy-fantastikaning klassik namunalaridan biri bo‘lib qolaveradi.

Asardan iqtibos
«Hammamizning ongimiz mudroq. Kitob oʻqimaymiz. Hatto detektiv kitoblarni ham oʻqimay qoʻyishdi. Oʻyin ham oʻynamay qoʻydik... Multfilmlarga ham qiziqmay qoʻydik. Maymunlar hozircha tinch yurishibdi. Miyalari esa jadal rivojlanmoqda… va oʻzaro tillashishmoqda. Biz bilan koʻp gaplashishmaydi — nari-berisi bir-ikki kalima, ammo kechalari oʻzlariga xos tilda bir-birlari bilan gaplashganlarini, buyruqlar berishganini eshitib qolamiz».

Uyg‘oninglar, ular kelishmoqda…

©️Otabek Tillayev

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

22 Dec, 15:07


Ba’zida yaqinlaringdan topa olmagan yupanch va tasallini kitoblardan topasan… 🥹

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

20 Dec, 16:35


#huzur2yoshda

Sovrinli oʻyin! 1️⃣0️⃣-savol:

🎤Bahaybat . . . yonidan o‘tib, uzun tepelikka chiqdim.

Tushib qolgan so‘zni toping!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

20 Dec, 16:00


#huzur2yoshda

Sovrinli oʻyin! 9️⃣-savol:

🎤Aydan kim yoki nimani “Oxirgi umidim” deb ta’riflaydi?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

20 Dec, 14:48


Bugun soat 21:00 da sovg‘ali viktorinamiz bo‘lib o‘tadi.
☝️Izohlarda “Ha” so‘zini yozib qo‘yishni unutmang!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

19 Dec, 15:07


Sovg‘ali viktorinamizni davom ettiraylikmi? 🧐

📌Bu safar savol berilgunga qadar izohlarda “Ha” javobini qoldirganlarning to‘g‘ri javobi hisobga olinadi.

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

18 Dec, 18:56


“Pul-boylik bilan ishim yoʻq! Har yil sizga bir juft yangi kavush tikib bersam, shuning oʻzi men uchun katta baxt!”

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

18 Dec, 07:34


Faqat maymunlar yashaydigan sayyoraga borib qolsangiz, yashab keta olarmidingiz?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

17 Dec, 17:13


— Qidirsam, topamanmi?
— Balki topolmassan... Lekin topganlar qidirganlardir.

“Katta shahzoda”

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

16 Dec, 15:58


#bayonot

Prokuratura soxta kitob sotuvchilarga qarshi kurashmoqda!

Ayrim kitob do‘konlarida “Huzur” nashriyotining soxtalashtirilgan kitoblarini sotish holatlari uchrab turibdi.

Nashriyotimiz bunday qonunbuzarliklarga qarshi ayovsiz kurashish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda faol ish olib bormoqda va qonunbuzarlarga nisbatan jiddiy qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

❗️Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq, huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.

Hurmatli kitobxonlar!


Agar “Huzur” nashriyotining soxtalashtirilgan kitobiga duch kelsangiz, darhol +99890-954-54-15 raqamiga murojaat eting va nashriyotimizdan istagan kitobingizni hadya sifatida qabul qilib oling!

Unutmang: Siz sifatli kitob oʻqishga haqlisiz!

Hurmat bilan,
“Huzur” nashriyoti


👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

16 Dec, 14:10


Kitob – soxta ekan? 🧐

📖 Bilasizki, sifatli nashr qilingan kitob oʻqish zavqini oshiradi va uning umrboqiyligini taʼminlaydi.

"Yashamoq" va "Men" yoki boshqa qoʻlingizdagi kitoblarni videoda koʻrsatilgani kabi koʻzdan kechirib koʻring-chi? Siz soxtasiga aldanmadingizmi?

🚫 Eʼtiborli boʻling, hurmatli kitobxon. Oʻzingizga sifatsiz chop etilgan kitoblarni ravo koʻrish bilan birga soxtakorlarning ishini qoʻllab-quvvatlamang. "Qamar" sizga doimo yaxshisini ilinadi.

@qamarbooks

Huzur kitoblari

15 Dec, 14:55


#huzur2yoshda

Shaxsiy kutubxonangizda “Huzur” nashriyotining qaysi kitobi bor?
Suratini izohlarda ulashing!


👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

15 Dec, 06:25


Tushunyapsanmi?

Bu dunyo shunday. Hayot saxiylik istaydi. Inson faqat oʻz ichki olamini rivojlantirish bilan mashgʻul boʻlib, atrofidagi narsalarga mutlaqo parvo qilmasa, uning nafas oladigan murdadan farqi qolmaydi.

“Yuraging chorlagan yerga bor

Tez kunda!🔥

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

14 Dec, 16:30


#huzur2yoshda

Sovrinli oʻyin!
8️⃣-savol:

🎤“Qoʻlimizda nima boʻlsa – guruch, tuz, ... kabi hamma narsamiz bizdan tortib olingan edi”.

Jumlada tushib qolgan soʻzni toping!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

14 Dec, 16:08


🔥Topdinglar, 21:30 da yana bitta savolga nima deysizlar?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

14 Dec, 16:00


#huzur2yoshda

Sovrinli oʻyin!
7️⃣-savol:

🎤Fuguining fikricha, nimani tovuqlar ham uddalay oladi?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

14 Dec, 14:48


Bugun soat 21:00 da “Yashamoq” asari boʻyicha savol beriladi!

*Ilk toʻgʻri va tahrirlanmagan javob egasi gʻolib boʻladi.

Yutuqqa “Bu ham oʻtar, yo Hu”
kitobi qoʻyilgan😊

Tayyor boʻlsangiz, izohlarda 🔥qoldiring!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

08 Dec, 14:09


“Huzur” 2 yoshga to‘ladi🥳

Shu munosabat bilan, Sizlar uchun qanday yangilik, tanlov, aksiya va b.lar qilaylik?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

06 Dec, 13:30


#kadrorti

Ba’zan bir muqova tayyor boʻlishi uchun oʻnlab variantlar ustida ishlaymiz. Yakuniy qarorni qabul qilish esa har doim ham oson kechavermaydi.

📌Oʻzingizga yoqqan muqova variantining raqamini izohlarda yozib qoldiring!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

06 Dec, 05:19


Eng ishonchli doʻst — Allohdir.

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

05 Dec, 12:05


Rasul Kusherbayev qaysi kitobni tavsiya qiladi?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

04 Dec, 07:07


Tez kunda! 🔥

Voqealarni tasavvur etishning oʻziyoq tuklaringizni tikan-tikan qilib yuboradi...

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

01 Dec, 16:56


Eh, Jiashen...😢

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

30 Nov, 11:13


Sovgʻalar tanlovimiz gʻoliblariga yetib boribdi!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

29 Nov, 11:30


#premyera
Kutganmidingiz? Ikkisi ham sotuvda! 🎊

Katta shahzodaning tezroq Oʻzbekistonga kelishini kutganlar, kutaverib sabri tugaganda esa oʻziga oʻzi “Bu ham oʻtar”, deb taskin berganlar uchun maxsus! 🤩

“Katta shahzoda” – 25.000
“Bu ham oʻtar, yo Hu” – 49.000

Qamar va boshqa kitob doʻkonlaridan xarid qilishingiz mumkin!

• Xarid uchun:
@huzur_admin
+998712037004 |+998909545415

Qaysi biridan boshlamoqchisiz?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

28 Nov, 10:34


#kitobxon_fikri
Bugunning dardi

Boshqalar bu kitobni oʻqib yigʻlayotgan boʻlsa, men hali olib ulgurmaganimga yigʻlayapman... Ertaga borgunimcha, hech boʻlmasa, bittasi qolgan boʻlsin-da, inshaalloh 😢

PS: “Yashamoq” bugundan qayta sotuvda. Yana tugab qolmasidan ulgurib qoling!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

27 Nov, 05:07


Bu ham oʻtar, yo Hu!

Bir qalandar uzoq va mashaqqatli safardan soʻng bir qishloqqa yetib keldi va qishloq ahlidan boshpana soʻradi. Odamlar unga bu qishloqda ikki badavlat inson borligini, ulardan biri Shokir, ikkinchisi Haddod ismli kishilar ekanini aytishdi va ularning uyiga borishni maslahat berishdi.

Qalandar Shokirning uyiga bordi. Uni yaxshi kutib olishdi. Mehmondorchilikdan soʻng qalandar Shokirga: “Davlating bundan ham ziyoda boʻlsin, ammo shukur qilishni ham unutib qoʻyma”, dedi.

Shokir: “Bu dunyoda hamma narsa oʻtkinchi, jumladan, mening boyligim ham. Bu kunlar ham oʻtib ketadi”, deb javob berdi.

Qalandar qishloqdan chiqar ekan, mehmondoʻst Shokir aytgan gaplarni uzoq oʻyladi...

Oradan bir necha yil oʻtgach, qalandarning yoʻli yana oʻsha qishloqqa tushdi. Beixtiyor Shokirni xotirlab, uni yoʻqlashga qaror qildi. Yoʻlda uchragan qishloq ahlidan u haqda soʻradi. Odamlar Shokirning ishlari orqaga ketib, endi u Haddodning qoʻl ostida ishlayotganini aytishdi. Qalandar darhol Haddodning mulkiga qarab yoʻl oldi. Shokir ancha horgʻin koʻrinar, egnida esa juldur bir janda bor edi... Uch yil avval sel falokati tufayli chorva-molidan ayrilibdi, ustiga ustak, uyi ham vayron boʻlibdi.

Shokir bu gal qalandarni ancha kamtarona kutib olib, ovqatini u bilan baham koʻribdi. Darvish xayrlashar ekan, Shokirning boshiga tushgan kulfatlardan juda afsusda ekanligini bildiribdi. Shokir esa yana: “Hechqisi yoʻq, ayni paytdagi holim vaqtinchalik. Bu kunlar ham oʻtib ketadi”, debdi.

Oradan bir qancha yil oʻtgach, qalandar yana qishloqqa kelibdi. Qarasaki, Haddod vafot etibdi, oʻlimi oldidan barcha boyliklarini sodiq xizmatkor doʻsti Shokirga qoldiribdi. Shokir endi Haddodning qoʻrgʻonida yashar, qishloqning eng boy odamiga aylangan edi. Qalandar yana Shokirning mehmoni boʻlibdi, oʻtgan-ketgan voqea-hodisalar haqida uzoq suhbat qurishibdi. Shokir soʻzi yakunida tagʻin shunday debdi: “Bu kunlar ham oʻtib ketadi...”

Biroz vaqtdan soʻng darvish yana qishloq oralabdi. Endi Shokir ham vafot etgan, uni bir tepalikka dafn etishgandi. Qalandar uning qabri yoniga borganda qabr toshidagi yozuvga koʻzi tushibdi: “Bu kunlar ham oʻtib ketadi”.

Keyingi yil darvish yana Shokirning qabrini ziyorat qilmoqchi boʻlibdi. Ammo endi u yerda na tepalik, na qabr bor ekan. Shiddatli sel kelib, tepalik va qabrni yuvib ketibdi...

Oʻsha kunlarda mamlakat podshosi oʻzi uchun bir uzuk yasattirmoqchi boʻlibdi. Uzuk shunday boʻlishi kerak ediki, podsho baxtsiz damlarda unga boqsa, umid baxsh eta olsin; baxtiyor lahzalarda esa buning oʻtkinchiligini eslatib tursin...

Bunday uzukni shohga hech kim yasab bera olmabdi. Oxiri saroy mulozimlari donishmand qalandarning yoniga borib, undan maslahat soʻrashibdi. Qalandar saroy zargariga bir maktub yozib beribdi. Zargar qisqa vaqt ichida uzukni yasab, shohga taqdim etibdi. Bu, bir qarashda, oddiy uzuk boʻlib, uni qoʻliga olgan podshoh mamnun boʻlibdi.

Uzukning koʻziga esa shunday deb yozilgan edi: “Bu kunlar ham oʻtib ketadi...”

©️“Bu ham oʻtar, yo Hu!” kitobidan

🔥Tez kunda!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

26 Nov, 16:34


Darding ne boʻlsa boʻlsin,
Umiding Allohdan boʻlsin!


Yangi kitob! Tez kunda
🔥

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

26 Nov, 11:46


Kim biladi?

“Hayotimiz past-u balandliklardan iborat. Ayni damdagi holatimiz oʻtkinchi ekanligini hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim.

Borliqdagi hech bir narsa doimiy va abadiy emas. Hatto osmondagi yulduzlar ham soʻnib borayotganlarining oʻrnini egallaydi. Kim biladi, shu topda qaysidir sayyora yoki yulduzda yangi hayot boshlanayotgandir...

Boshimizga tushgan barcha talafotlar, gʻam-tashvish va musibatlar, albatta, kun kelib oʻtib ketadi. Yetarki, biz goʻzal sabr qila olaylik!”

✍️Yuqoridagi matnga asoslanib, YANGI kitobimizni Siz qanday nomlagan boʻlar edingiz?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

23 Nov, 05:47


Yurakdan yaxshi ko‘rsang...

— Boradigan joyingga yaxshi ko‘rganingni ham olib ketishing mumkin.
— Qanday qilib? — so‘radi Sayyoh.
— Yurakdan yaxshi ko‘rsang, qayerga borma, ko‘ngil qo‘yganing sen bilan birga bo‘ladi, — javob berdi Bola.

«Katta shahzoda»

🔥Kuting, tez kunda!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

22 Nov, 16:00


🏆 Natijalarga koʻra, super gʻolib Farangiz.
Tabriklaymiz!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

22 Nov, 05:15


Har narsani egasidan so‘ra.

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

20 Nov, 08:21


Qadrdonlar, yordamingiz kerak: super g‘olibni Siz aniqlab bering!

Aziz kitobxon do‘stlar, mana, navbatdagi tanlovimiz ham o‘z yakuniga yetdi.

Tanlov dorasida siz tomoningizdan 500 dan ortiq taqriz va fik-mulohazalar yo‘llandi. Har bir ishni sinchiklab ko‘rib chiqib, va’da qilganimizdek, 5 nafar go‘libni e’lon qilyapmiz.

Ular quyidagilar:

❤️Farangiz «Ichimizdagi shayton»
👍Dilshoda «Yashamoq»
👏Durdona «Dard etma, Alloh yetar»
🤗Muxlisa «Afv et, Allohim»
🤩Miss Asmo «Qalbimdasan, Allohim»

Fursatdan foydalanib, g‘oliblarni chin yurakdan tabriklaymiz! Barcha ishtirokchilarga va sizlarga alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz.

📌G‘oliblarimizdan @huzur_admin bilan bog‘lanishlarini so‘raymiz.

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

19 Nov, 07:21


#tanlov

Kadir Akel — «Qalbimdasan, Allohim»


Bu asarni juda tez fursatlar ichida o‘qib tugatdim. Albatta, kitob qanchalik qiziqarli va manfaatli bo‘lsa, o‘quvchini shuncha o‘ziga rom etadi.

Romanning asosiy qahramoni — Alaz. U bir qizni avtohalokatdan qutqarib qoladi va unga ko‘ngil qo‘yadi. Shundan so‘ng hatto ona shahrini tark etib, Jonsu ismli bu qizni har yerdan axtarishga tushadi.

Kitobni o‘qir ekanman, boshlang‘ich nuqtada Alaz haqidagi fikrlarim u qadar ijobiy emas edi, chunki bir qizni deb o‘z otasiga yolg‘on gapirdi.

Shunday qilib, Alaz garchi obro‘li oilaning farzandi bo‘lsa-da, o‘z sevgisiga yetishish yo‘lida Jonsuning uyiga oddiy bog‘bon bo‘lib ishga yollandi. Ammo qiz uni nazar-pisand qilmadi.

Robbimning rejalari shu qadar mukammalki, bir qiz ishqida ovora-yu sarson bo‘lgan Alaz Allohni taniy boshlaydi. Ibrohim amaki yordamida ibodatlari to‘kis bo‘lib boradi.

Bu orada Jonsu bilan ham oralari yaxshilanadi. Lekin Alaz qancha xohlamasin, u bilan birga yashay olmasligini tushunib yetadi. Sababi Jonsu din-u iymondan yiroq qiz edi.

Alaz oxiri bir o‘zi Robbisi bilan birga qoldi va xos makonda huzur topdi...

Shu o‘rinda aytish kerakki, Jonsu o‘limidan bir kun oldin o‘zini yomon his qildi va Robbisi tomon yuzlandi va shunda Alaz aytayotgan gaplar qanchalik muhim ekanligini tushunib yetdi...

📌Alloh taolo xohlagan bandasiga iymon lazzatini ato etadi.
Bir mushkulot yoki qiyinchilik ko‘plab nasihatlarning o‘rnini bosa oladi.


©️M1ss_Asmo

Huzur kitoblari

17 Nov, 12:25


#tanlov

Kadir Akel — «Afv et, Allohim»


«Afv et, Allohim» menga juda chuqur ta’sir qildi. Avvalboshda Aydan baxtli edi, o‘zini qushdek erkin his qilardi. Men ham uning baxti hech qachon tugamasa kerak, deb o‘ylagandim. Ammo Amirning asl basharasini ko‘rgach, bu fikrim tubdan o‘zgardi. Angladimki, inson ko‘ringani kabi bo‘lmasligi mumkin ekan.

Aydanning Amerikaga qochib ketishi — hayot uchun kurash yo‘lidagi eng og‘ir qarorlaridan biri edi. U o‘g‘li Aytachni tashlab ketishni istamadi, ammo Turkiyada qolsa, uni o‘lim kutayotgandi. Amir shunchalar shafqatsiz ediki, hatto o‘z o‘g‘liga ham rahmi kelmadi.

Mana shunday qaltis bir vaziyatda Aydanning qanday qarorga kelganini o‘ylab, unga ich-ichimdan achinib ketdim.

U Amerikaga borgach, o‘z baxtini topib, Oliviyaga onalik qila boshladi. Ularning o‘zaro yaqinligi va mehr-muhabbati Aytachni tashlab ketganidan keyingi tushkun kayfiyatimni biroz yengillashtirgan bo‘ldi.

Biroq Oliviyaning o‘limi... 😢

Bu sahnani o‘qiganimda ko‘z yoshlarimni ortiq tutib tura olmadim. Aydan uchun bu qanday og‘ir zarba ekanini tasavvur qilish ham qiyin. Yillar davomida qizidek bo‘lib qolgan murg‘ak bir jonni yo‘qotish juda og‘ir...

Kitobning yakuniy voqealari menda ikki xil his-tuyg‘u uyg‘otdi.
Bir tomondan, Aydanning Amerikada baxt va hidoyat topganidan xursand bo‘ldim. Ikkinchi tomondan esa o‘ylaymanki, agar Oliviya ham ular bilan birga bo‘lganida, yanada go‘zal yakun bo‘larmidi?..

Nachora… Yozuvchi bizga hayotning real tomonini eslatib qo‘yadi — hamma narsa biz xohlagandek bo‘lavermaydi.

Kitobdagi hikoya va bitiklarga avval e’tibor bermagan edim. Chunki ular asosiy voqealar bilan bog‘liq emasdek tuyulgandi. Lekin ularni o‘qigach, aynan mana shu joylar asarning eng chuqur falsafasini ochib berganini angladim. Bu hikmat va ibratlar romanning ruhini yanada boyitgan.

«Afv et, Allohim» kitobi menga hayotning murakkab tomonlarini, insonning ichki kurashi va baxtga yetishish uchun qanday to‘siqlarni yengib o‘tish kerakligini ko‘rsatib berdi. U tufayli hayotga boshqacha ko‘z bilan qaray boshladim.

©️Ibrohimova Muxlisa

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

16 Nov, 09:54


Qachon?🤩

— «Katta shahzoda» qachon chiqadi?
— Tez kunda.
— Issiqmi, sovuqmi?
— Issiq! 🔥

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

15 Nov, 11:37


#tanlov
Kadir Akel — «Dard etma, Alloh yetar»

«Dard etma, Alloh yetar» — hayotning eng og‘ir sinovlarida ham umidni yo‘qotmaslikka, har qanday qiyinchilikka sabr bilan qarshi turishga undaydigan asar.

Muallif ushbu kitob orqali inson hayotidagi barcha musibatlarni yengishning yagona yo‘li Alloh taologa bo‘lgan cheksiz ishonch ekanligini ta’kidlaydi.

Asarning bosh qahramoni — Dagʻxan. U yoshligida noto‘g‘ri yo‘lni tanlab, oʻgʻirlik, qimor kabi botqoqliklar girdobiga tushib qoladi. Oqibatda, nafaqat o‘z umrini, balki ota-onasining hayotini ham izdan chiqarib yuboradi. U tufayli yaqinlari hatto yashab turgan uylarini ham tashlab ketishga majbur bo‘ladi va «Koshki, tug‘ilmaganingda edi!» deya afsus chekishadi. Ammo qanchalik pastga tushishidan qat’i nazar, Alloh insonni yuksaklarga ko‘tarishga qodir.

Dagʻxan ham hayotining eng tuban nuqtasida Yaratganning inoyati bilan butkul o‘zgaradi. Uning oldida ikki yo‘l turardi: qing‘ir yo‘lda davom etish yoki tavba qilib, yangi hayot boshlash. U, Haq taoloning marhamati bilan, to‘g‘ri yo‘lni tanlaydi va novvoy bo‘lib ishlay boshlaydi. Shu tariqa halol mehnat, chin tavba orqali o‘z hayotini tiklashga qaror qiladi.

Taqdir uni Iso ismli mehribon inson bilan uchrashtiradi va bu uchrashuv uning hayotini tamomila o‘zgartirib yuboradi. Dagʻxan o‘tmishda yo‘l qo‘ygan barcha xatolarini to‘g‘rilashga intiladi va bunga muvaffaq bo‘ladi.

Asar chuqur falsafiy mazmunga ega bo‘lib, inson qanchalik yanglish yo‘lni tanlamasin, tavba qilishga va yangi hayot boshlashga hech qachon kech emasligini eslatadi. Umid so‘ngan paytda ham barcha muammolarga yechim topish mumkinligini ta’kidlaydi. O‘quvchini har qanday vaziyatda Allohga ishonishga va faqat Uning marhamatiga suyanishga undaydi.

Hayotda shunday lahzalar bo‘ladiki, hamma bizdan yuz o‘giradi. Mana shunday og‘ir paytlarda faqat Allohgina biz bilan qoladi. Kitob o‘quvchini Yaratganning cheksiz rahmati va inoyatiga bo‘lgan ishonch bilan to‘ldiradi.

©️Durdona Mamadaliyeva

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

14 Nov, 11:40


Voz kechib bo‘lmas kitoblar!

Hamma narsadan voz kechtirib, o‘zidan aslo voz kechtirmaydigan kitoblar bor. Bu kitoblar qalbingizga nur, ertangizga ishonch, hayotingizga esa rang olib kiradi.

Do‘stlar, bu gal Sizga har qanday kunda amaliy yordam beruvchi, ko‘nglingizga halovat baxsh etuvchi kitoblarni ilinyapmiz:

▪️«Voz kecha olmoq»
▪️«Qalbga taskin bitiklar»
▪️«Qalbga taskin bitiklar-2»
▪️«Mashhurlarning so‘nggi damlari»


☎️ Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99890-954-54-15
+99871-203-70-04

✍️Ushbu kitoblardan qaysi birini o‘qigansiz yoki o‘qish istagidasiz?

Eng yaxshi kitoblarni kuzatib borish uchun:
👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

14 Nov, 06:48


#tanlov
Yuy Xua — «Yashamoq»


Bu asarni ilk bor qo‘limga olganim xuddi bugungiday esimda. Shunchaki reklamasi kuchli bo‘lgan, o‘rtacha saviyali asar bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Lekin ilk sahifalardanoq meni o‘z ichiga tortib ketdi. Ehtimol, bo‘rttirish bo‘lib tuyulishi mumkindir, ammo badiiy jimjima va to‘qimalardan xoli bo‘lgan, insonlar taqdiridan so‘zlovchi bu asar qalbimdan chuqur joy egalladi.

Voqealar rivojidan boshlaydigan bo‘lsak…

Boshida Fuguining mehnat qilmasdan, ajdodlari misqollab yig‘gan boylikni vijdonsizlarcha qimorda yutqizib qo‘yishi, xotinini homilador holida ham beayov kaltaklashi qalbimda kuchli nafrat uyg‘otdi.

Qimorda yutqizib, tangalarni o‘z qo‘llari bilan topshirib qaytganida, otasi kasal bo‘lib qolganida, sal ko‘nglim yumshadi. Endi aqli kirsa kerak, qilgan ishi uchun bu badal va bu azoblar yetarli, deb o‘yladim. Otasining ayanchli (juda ayanchli) vafotidan keyin esa yana undan jahlim chiqa boshladi.

Lekin asarni o‘qir ekanman, voqealar rivoji shu darajada jadallashib ketdiki, inson shuncha dardga qanday chidarkan, deb o‘ylaganim sari, yana va yana yangi musibatlar ro‘y beraverdi. Onasining o‘limi, xotinining sadoqat bilan qaytib kelishi, endi visolga yetishdim, farzandim bilan ko‘rishdim deganda bexosdan urushga olib ketilishi, ayovsiz urush… Sovuq va ocharchilikdan ajali yetmay qaytib kelganda esa dilbandi — doimiy hamrohi bo‘lgan, hamisha xursand yuradigan qizining davolash uchun pul topolmaganidan bir umrga zabonsiz bo‘lib qolishi va yana ketma-ketlikda kelgan ayriliqlar ich-ichimda kuchli zilzila hosil qilib boraverdi…

Fuguiga shu darajada rahmim keldiki, muallif qachondir qahramonga shafqat qilarmikin, deya baxtli kunlar kelishini intiqlik bilan kutdim. Nihoyat, o‘sha damlar ham keldi. Quyosh ular tarafga ham biroz nur sochdi — qizlarini turmushga berishdi. Lekin shunda ham qizlarisiz qiynalib qolishdi. Biroz muddatlik bu quvonch yana ko‘plab iztiroblarni o‘z ortidan boshlab keldi.

O‘ylasam, hali hamon Fuguiga achinib ketyapman.
Qancha yaqinini o‘z qo‘llari bilan qabrga topshirdi-a.
Begunoh, beayb insonlar o‘lib ketdi-a.
Lekin taqdir taqozosi bilan Fugui hali hamon tirik. Go‘yo qilgan xatosiga uzoq va iztirobli umr kechirish bilan badal to‘layotgandek. Aqldan ozmaganiga hayron qoldim.

Asarni o‘qir ekanman, angladimki, millatlar, tillar, e’tiqodlar farq qilsa-da, dardlar farq qilmas ekan. Har bir insonning hayot yo‘li bir tarix ekan, aslida.

Shu o‘rinda hissiyotlardan yiroqlashgan holda, yana ayrim fikrlarni ilova qilib ketsam. Bu voqealar bilan adib Xitoy davlatining inqilob-u islohotlari ham xalqni baxtli qilolmagani, odamlarning o‘z murodiga yetmagani va umidli yillar ortga otilganini aytmoqchidek go‘yo.

Xulosalarimni, quyidagi iqtibos bilan yakunlasam:

«Yillar oʻtib, Fuguidek insonlarni koʻp uchratdim. Shimini xuddi uningdek kiyadigan, pochasi yerga tegib turadigan odamlar... Yuzlaridagi ajinlar quyosh nuri va balchiqqa toʻla, kulgan paytlarida koʻrinadigan boʻm-boʻsh ogʻizlarida bir yoki ikkita tishi qolgan odamlar... Tez-tez yigʻlab turishsa-da, bu ularning baxtsiz ekanligidan emas. Baʼzida juda baxtiyor va huzurbaxsh umr kechirayotgan boʻlishsa ham yigʻlashadi. Kaftlari koʻchalar misoli chang va qadoq boʻlib ketgan. Koʻzlaridagi yoshni artish uchun qoʻllarini yuqoriga koʻtarishlari ust-boshlaridagi loyni tozalash kabi tabiiy harakat hisoblanadi».

Bu asarni har bir inson albatta o‘qishi kerak.
Ichi dard bilan to‘la bu kitobni o‘qimasdan o‘lmang!

©️Dilshoda

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

12 Nov, 13:28


#tez_kunda
Hamma narsani qalbingizdan topasiz! 🔍

Sayyoh ko‘zlarini yumdi va qo‘lini yuragiga qo‘ydi.
Katta shahzoda uning harakati sababini angladi, o‘zi ham xuddi shunday qildi.
Shunda uzoqlardan — asrlarga teng masofadan kelayotgan sadoni eshitishdi: «Nimaniki qidirsangiz, uni bir kun qalbingizdan topasiz».

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

12 Nov, 09:29


#tanlov

Sabohiddin Ali — «Ichimizdagi shayton»

Sabohiddin Alining «Ichimizdagi shayton» kitobi — psixologik va falsafiy mazmuni bilan alohida ajralib turadigan asar.

Kitobning asosiy g‘oyasi, asosan, insonning ichki kurashlari, uning o‘z-o‘zini anglash va ruhiy yuksalish yo‘lidagi to‘siqlari haqida.
«Ichimizdagi shayton» nafaqat diniy, balki axloqiy jihati bilan ham o‘zbek o‘quvchisiga chuqur ta’sir o‘tkazadi.

Muallif kitobda insonning ichki kurashini, uning yuragi va ongidagi shaytonni tasvirlaydi. Shayton bu yerda faqat diniy yovuzlikni ifodalayotgan kuch emas, balki insonning ichki zaifliklari, o‘z-o‘ziga nisbatan shubhalari, qorong‘i va ijtimoiy jihatdan taqiqlangan instinktlarining ramzi sifatida keltiriladi. Shayton nafaqat tashqi dunyo, balki ichki dunyodagi ruhiy to‘siqlar, hasad, g‘azab, nafrat kabi holatlarning ma’nosini ochib beradi.

Bu kitob insonning o‘ziga qarshi kurashi, yovuzlik bilan yuzma-yuz kelishi va o‘zining haqiqiy tabiatini kashf qilish jarayonini tasvirlaydi.

Kitobda diniy, axloqiy va ijtimoiy masalalar o‘zaro bog‘lanib, insonning ruhiy yuksalishi uchun qiyinchiliklarni tasvirlashda ijtimoiy rolsiz o‘zgarishlar haqida o‘ylashga undaydi.

Yozuvchi shaytonni faqat diniy kontekstda emas, balki zamonaviy hayotning barcha sohalaridagi salbiy oqibatlar, nafsning yurakni egallashi sifatida ko‘rsatadi. Buni to‘xtatish uchun insonning o‘zi qanday kurashishi kerakligi haqida tafakkur qilishni rag‘batlantiradi.

©️Farangiz

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

11 Nov, 07:11


Aziz kitobxonlarimiz!

Mana, navbatdagi tanlovimiz ham yakunlandi. Umumiy hisobda 450 dan ortiq fikr va taassurotlar oldik.

Va’da qilganimizdek, endi har bir taqrizni ko‘rib chiqib, 5 ta g‘olib taqrizni hafta davomida e’lon qilib boramiz.

Fursatdan foydalanib, ushbu tanlovda ishtirok etgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildiramiz.

Bizni kuzatib boring! 😊

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

10 Nov, 07:32


BUGUN tanlovimizning oxirgi kuni. Ulgurib qoling! 🥳

Shartlar juda oson:
@huzurkitoblari telegram kanaliga a’zo bo’lasiz;
yuqoridagi kitoblardan istalgan biri haqida fikrlaringizni kanaldagi ushbu post ostida qoldirasiz.

📌Eng yaxshi va samimiy 5 ta fikr egasini g’olib deb topib, taassurotlarini kanalda e’lon qilamiz.

📚Sovg’a esa huzurli kitoblar to’plami.

BUGUN kech soat 12:00 ga qadar!

Ajoyib imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Ilk qamdamni esa bu yerdan boshlang 👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

08 Nov, 11:09


#kayfiyat
Kun suhbati

— «Katta shahzoda» kitobi ham chiqibdimi? Adashmasam, «Kichkina shahzoda» asari bor edi, shekilli?
— Ha, endi o‘sha katta bo‘libdi. 😄

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

07 Nov, 07:14


Anchadan beri tanlov kutayotgandinglar-a?!

Mana, oʻsha kun bugundir! 🥳

Shartlar juda oson:
@huzurkitoblari telegram kanaliga a’zo bo’lasiz;
yuqoridagi kitoblardan istalgan biri haqida fikrlaringizni kanaldagi ushbu post ostida qoldirasiz.

📌Eng yaxshi va samimiy 5 ta fikr egasini g’olib deb topib, taassurotlarini kanalda e’lon qilamiz.

📚Sovg’a esa huzurli kitoblar to’plami.

Tanlov muddati: 10 noyabr, yakshanba kech soat 12:00 ga qadar!

Ajoyib imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Ilk qamdamni esa bu yerdan boshlang 👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

04 Nov, 13:25


Oxiri u sevigisiga erisha oldimi? 🤔

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

01 Nov, 11:25


Umidi bor odamning yeguligi yana bir kunlik umiddir.

“Katta shahzoda”

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

30 Oct, 07:36


#tez_kunda

“Huzur” nashriyotidan yana bir ilk: bolalar adabiyoti
🥳

Jahon adabiyotining eng nodir xarakterlaridan biri — Kichkina shahzoda ulg‘ayib, yana dunyoga qaytadi. Shu tariqa uning sayohati yangidan boshlanadi.

Katta shahzoda falsafiy yondashuv orqali bugungi ijtimoiy va insoniy evrilishlarga oyna tutadi.
U o‘zini savollarga ko‘madi.

Kichkina shahzodaning ulg‘aygan sari o‘zgarib borayotgan dunyoqarashi haqida hikoya qiluvchi bu kitob o‘zimizga berishimiz kerak bo‘lgan savollar bilan to‘la…

Xo‘sh, qaysi emoji sizniki?
🤝 farzandimga olaman
🤗 uka-singillarimga sovg‘a qilaman
🤓 o‘zim o‘qiyman


👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

28 Oct, 13:03


#tez_kunda 🔥

Pyer Bul – “Maymunlar sayyorasi”


Huzur nashriyoti jahon adabiyotining eng ajoyib, eng sara asarlarini o‘zbek kitobxonlariga taqdim qilishda davom etadi.

Marhamat, qarshi oling, bu galgi asarimiz – “Maymunlar sayyorasi”.

Insoniyatning eng chuqur qo‘rquvlaridan biri haqida hikoya qiluvchi bu romanni tez kunda mohir tarjimon Ilhom Salimov tarjimasida mutolaa qilishingiz mumkin.

▪️Asar nima haqida?
▪️Uning hayratlanarli jihati nimada?
▪️Odamni sahifalarga mixlab qo‘yishi qanchalik rost?
▪️Qachon nashr etiladi?


Bularning barchasi haqida keyingi postlarda kuzatib boring!

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

27 Oct, 08:17


Muhabbatning bundan ortiq ta’rifi bormi?

📖 Kitobni oʻqir ekansiz, asar qahramonlari bilan birga yashaysiz. Ular chekkan iztiroblarni his qilasiz. Ular yigʻlasa, qoʻshilib yigʻlaysiz. Shubhasiz, bu har qanday qahri qattiq insonning qalbini yumshatib, insoniylik hislarini uygʻotadigan asar.

✍️ Xoʻsh, siz bu kitobni oʻqidingizmi?

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

23 Oct, 13:31


“Hayot filmi” bir kun tugaydi...

Vaqt — barcha jonli maxluqotning boʻyniga osilgan arqondir. Undan qutulish, xalos boʻlish imkonsiz. U barcha mavjudotni mahv etuvchi sirtmoq. Mavridi kelganda, bu sirtmoqning ipi tortiladi...

📕“Mashhurlarning soʻnggi damlari”

• Narxi – 49.000 soʻm.

☎️ Buyurtma uchun:
+99890-954-54-15
+99871-203-70-04

Huzur sari: 👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

23 Oct, 07:32


Xudoyberdilar yetishmayapti...

Oʻshanda necha yosh edim, aniq eslolmayman. Ammo shu narsa yodimda: qoʻlimga tushgan har qanday kitobni old-ketiga qaramay, yetti yamlab bir yutayotgan paytlarim edi. Uyimizda kitob uncha koʻp emasdi. Shuning uchun ham baʼzilarini qayta-qayta oʻqib chiqardim. Yangi kitob topsam, goʻyo xazina topib olgan qulday sevinardim.

Yoz... Taʼtil payti.
Tuppa-tuzuk kitobxoʻrga aylanib qolganim, yangi kitobga oʻlguday tashna boʻlib yurganimni bilgan akam bir kuni darvozaxonadan kira solib: “Sanga bir narsa olib keldim”, deb qoldi.

Hayron boʻldim. Oʻsha paytlar u qaysidir ogʻaynisinikida oʻrtoqlari bilan birga gʻisht quyayotgandi. Akamning qoʻlida loy dogʻlari tekkan qandaydir etak. Etakning ichida esa doʻppaygan bir narsa.

“Nima u?” — dedim sabrim chidamay.
Akam esa xuddi atay qilganday etakni shoshilmay — aylantirib-aylantirib ochdi. Ichidan semizgina bir kitob chiqdi. Kitobni oldim-u, saraton chillasida ham salqinlik arimaydigan xos “hujram”ga qamalib oldim.

Afsuski, kitobning muqovasi ham, nomi-yu muallifi ham, boshidagi besh-oʻn sahifasi ham yoʻq edi. Lekin bu narsa uni oʻqishimga mone boʻlolmadi. Hartugul, yangi kitob oʻqish, eskisini qayta-qayta hijjalashdan koʻra yaxshiroq edi. Ishonasizmi, haligi kitobni oʻqirdim-u, xayolimdan “Qaniydi, tugab qolmasa” degan fikr oʻtardi...

Bu orada kechki salqin tusha boshladi. Obbo! Bu payt “hujram”ni tark etib, ogʻaynilarim bilan birga qoʻy boqqani chiqishim kerak edi. Oilamizda bu ish mening chekimga tushgandi. Ammo nimagadir akam olib kelgan haligi kitobdan uzilgim kelmas, uni qoʻlimdan qoʻyolmasdim. Mutolaaga shunchalik berilib ketgandimki, xuddi “budilnigi” borday qachon yaylovga chiqishini biladigan va bugun ozroq hayallab qolganim uchun oxurdan kallasini chiqarib tinmay marayotgan qoʻylar ham koʻzimga yomon koʻrinib ketdi.
Jin urgurlar!

Yoʻ-oʻ-q, baribir koʻnglim boʻlmadi. Futbolkamni shalvarimning bogʻi bilan mahkam bogʻladim-u, kitobni ichimga solib oldim — yaylovda oʻqiyman! Qornim doʻppayib, “homilador” boʻlib qolganim uchun yoʻlda keta-ketguncha — to yaylovga yetguncha ogʻaynilarimga toza ermak boʻldim. Ular qirda kartoshkani choʻgʻga koʻmib pishirayotganda men maza qilib kitob oʻqidim. Shu asno hech qachon tugashini xohlamaganim bu kitob ham baribir tugab qoldi.

Keyinchalik uning nomini ham, muallifi kim ekanini ham bilib oldim. Yirtilgan besh-oʻn sahifasini-da oʻqib chiqdim.

Bilasizmi, hozir oʻsha xotira va manzillardan minglarcha kilometr narida — dunyoning u burchida turib, beixtiyor oʻylanib qoldim. Yoshlikda oʻqigan kitoblarimni eslasam, boshqa kitoblar emas, xayolimda aynan o‘sha kitob “yarq” etib jonlanar ekan.

Bola koʻnglimni chaqmoqday yoritgan, qalbimni orzu-umidlarga toʻldirgan, meni bir umr kitoblarga oshno qilgan bu asarning nomini endi sizlarga ham aytaman — “Sariq devni minib”. Ha, minglarcha, millionlarcha oʻzbek bolalariga kitob nima ekanini tanitgan oʻsha qadrdon asar!

✍️Qadrdonim, sizning ham shunday kitobingiz bormi, ilk o‘qigan asaringizni eslay olasizmi?

©️Otabek Tillayev

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

21 Oct, 08:01


Oʻz tilingni unutganing — oʻlganingdir!

…Onasining uyiga toʻplangan qarindoshlari oʻz Vatanini tashlab ketib, uni oʻzga yerlarga almashgan oʻgʻil haqidagi hikoyani gʻamgin tinglashdi. Ular adashgan oʻgʻilni kechirganday boʻlishdi, tirik ekanidan suyunishdi.
Shunda birdan onasi soʻrab qoldi:
— Sizlar avarcha soʻzlashdinglarmi?
— Yoʻq, biz tarjimon yordamida gaplashdik. Men ruscha gapirdim, u fransuzcha.
Ona yuziga qora chodrasini tushirdi. Bizda onalar oʻz oʻgʻlining oʻlganini eshitganda shunday qilishadi…

📙“Mening Dogʻistonim” asaridan

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

20 Oct, 15:23


Kim topadi-yo, shuginani-ya! 🥳

Sevimli yozuvchingiz Kadir Akel yangi bir romanni yozib tugalladi. Taxmin qilib koʻring-chi, asarning nomi nima?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

19 Oct, 04:55


Qachon asl haqiqatni koʻra boshlaysiz?

Bandaning bu dunyodagi holati fonusga qamab qoʻyilgan pashshanikiga oʻxshaydi. U, dunyoni shu fonusning ichi, deb oʻylaydi. Ammo Yaratganga yaqinlashgan sari, fonusning devorlari sinib, inson asta-sekin asl haqiqatni koʻra boshlaydi. Koʻrganingni esa boshingdan oʻtkazganing bilan aslo qiyoslay olmaysan!

📙“Qalbimdasan, Allohim”

Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @huzur_admin
+998909545415|+998712037004

✍️ Kadir Akelning qaysi kitobini oʻqigansiz, emoji bilan ifodalang!

🙏“Afv et, Allohim”
🤩“Dard etma, Alloh yetar”
❤️“Qalbimdasan, Allohim”


👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

17 Oct, 11:35


Boshingizni tik tutishingizni xohlayman!

Liviyalik mashhur zot — Umar Muxtor rahimahulloh ayoli vafot topganida yigʻladi.
Uning yonidagilar:
— Sizdek insonning yigʻlaganini koʻrmagan edik, nima sababdan yigʻladingiz? — deyishdi.
Shunda Umar Muxtor javob berdi:
— Italiya bosqinchilari bilan janglardan qaytganimda chodirga kirar ekanman, ayolim har safar chodirning parda-eshigini koʻtarib turar, “Nega bunday qilasan?”, desam, “Allohdan boshqaning huzurida boshingizni doimo tik tutishingizni xohlayman”, derdi. Shuni eslab koʻzimga yosh keldi...

📔“Qalbga taskin bitiklar-2” kitobidan

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

15 Oct, 09:47


“Yana shunday kitob boʻlsa, jon deb oʻqirdim”, deb ayta oladigan kitobingiz qaysi?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

13 Oct, 10:43


Shu fikrga qoʻshilasizmi?

Ha 👍
Yoʻq 🔥

©️Video by art_13

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

10 Oct, 13:49


Dono ayolning gapi

📔“Qalbga taskin bitiklar-2” kitobidan

©️Video by iqrakitoblari

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

09 Oct, 09:39


Qachongacha bunday davom etadi?

To qoʻlimizda kitob borligidan qisinib-qimtinib, uyalib yurarkanmiz,
to kitob doʻkonlarimizda kitob bexabarlar sotuvchilik qilar ekan,
to oligarxlar — “alloma” sanalarkan,
to xoʻjakoʻrsinga kitobxonlik “targʻibot”lari olib borilar ekan,
bugungi jamiyatimizda kitob mutolaasining ahvoli
oʻnglanmaydi,
oʻnglanmaydi,
oʻnglanmaydi!

“Qora suyaklar” kitobi

• Muqova – yumshoq;
• Sahifa – 212 bet;
• Narxi – 45.000 soʻm

☎️ Bogʻlanish uchun:
@huzur_admin
@qamar_delivery

✍️ Nima deb oʻylaysiz, xalqimiz yetarli darajada kitob oʻqiyaptimi?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

07 Oct, 15:07


#kayfiyat

Ijodiy kayfiyatni topishga urinayotgan dizaynerimiz 😆

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

07 Oct, 04:09


Sizningcha, kitob oʻqishning qanday foydasi bor?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

03 Oct, 15:40


Insonni yigʻlashga majbur qiladigan kitoblar😥

4 kitob: 186.000

☎️ Xarid uchun:
@huzur_admin
@qamar_delivery

✍️ Siz ulardan qaysi birini oʻqigansiz?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

30 Sep, 15:24


Oʻqituvchimni yaxshi koʻraman!

Keyingi yildan maktabga qaytdim. Qoʻrqdim, albatta. Ustozimning ism-sharifi Muazzez Oqtoʻlga edi. Oliygohni endigina bitirgan, unashtirilgandi.
U sinfga kirib keldi: energiyaga boy, xushchaqchaq edi.
— Sizlarni koʻrish qanday yaxshi! — dedi u. — Qani, avval bir qoʻshiq kuylaylik-chi.
Yoʻqlama qilmadi.
— Bunday qilamiz, shunday soʻzlaymiz, — deya tushuntirish, yoʻnalishlar berdi.
Partalar oralab yurar ekan, mening ham boshimni siladi. Ey Xudoyim, qanchalar baxtiyor boʻlganimni tushuntirib berolmayman. Oʻsha kuni qoʻrquv bilan kirgan sinf xonasidan qushday uchib chiqdim.
Kechagidek yodimda: “Maktabimni yaxshi koʻraman, oʻqituvchimni ham, keyingi sinfga ham oʻtama-a-an!” deya sevinch ila hayqirgancha mahallaning chang koʻchalarida chopardim.

“Bormisan” kitobidan

Ustozingiz uchun ajoyib sovgʻa!🎁
59.000
Buyurtma uchun:
@huzur_admin
+99890-954-54-15

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

30 Sep, 04:07


Ularni yashirishga harakat qil!

“Qalbga taskin bitiklar-2” kitobidan

©
video by iqrakitoblari

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

27 Sep, 13:46


#xushxabar

Bugungi suhbatimizda 500.000 soʻm sohibiga aylaning!

Doʻstlar, siz aziz kitobxonlar bilan ilk suhbatimiz, talab va takliflaringizga binoan, yozuvchi Kadir Akelning “Afv et, Allohim” asari boʻyicha boʻladi.

Bugungi rejalaringizga qoʻshib qoʻying: suhbat soat 21:00 da “Huzur” nashriyotining Telegram sahifasida boʻlib oʻtadi.

📌 Diqqat! 🎁

Ushbu suhbatda ishtirok etib, efirda berilgan savolga mazkur postning izohlar qismida 1-boʻlib toʻgʻri javobni yozsangiz, 500.000 soʻm mukofotni qoʻlga kiritishingiz mumkin!

Suhbatda qatnashish: 👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

26 Sep, 15:08


Shaxsan siz nima uchun kitob oʻqiysiz?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

24 Sep, 06:29


Oʻgʻlimning qonini soʻrib olishibdi... 🩸

Qon olinadigan boʻlsa, biroz miqdorda olinadi. Ammo shifoxonadagilar hokimning ayolini qutqaramiz degan maqsadda oʻgʻlimdan toʻxtovsiz qon olishibdi. Natijada uning yuzi sap-sariq boʻlib qolibdi, ammo shunday boʻlsa ham gʻing demabdi. Lablari ham sargʻaya boshlagach, “Boshim aylanyapti”, deya olgan, xolos. Qon olayotgan odam, “Qon olayotganda, albatta, bosh aylanadi”, deb uqtiribdi. Yuchin vujudining kuchi yetganidan ham koʻpini bergan, biroq qon olish xonasiga kirib kelgan shifokor haliyam qon yetmayotganini aytgan. Qon olayotgan tovuqmiya oʻgʻlimning tanasidagi deyarli bor qonni tortib olibdi. Yuchinning lablari koʻkarib ketibdi, ammo u odam toʻxtamasmish. Boshi shilq etib yoniga osilib qolganidan keyingina...

Yashamoq” romani

✍️ Shu joyini xotirladingizmi?

👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

23 Sep, 14:30


Xushxabar! 🤩

“Huzur”ingiz sizga eng sara kitoblarni ilinishda davom etadi. Marhamat, qarshi oling, yana bir favqulodda asar – “Tumanli qit’alar atlasi”.

Yozuvchi Ihsan O‘qtay Anarning hikoya ichida hikoya uslubida yozilgan bu postmodern romani so‘nggi paytlarda turkcha kitoblar haqida shakllanib qolgan stereotiplarni parcha-parcha qilib tashlasa ajab emas.

Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, nihoyat ushbu asarning mualliflik huquqini qo‘lga kiritdik.

Dunyoning 20 dan ortiq tiliga tarjima qilingan bu roman tez kunlarda “Huzur” nashriyoti tomonidan chop etiladi.

Kuting, kutishga arziydi!


👉@huzurkitoblari

Huzur kitoblari

18 Sep, 06:23


Qaysi kitobdan ekanini topa oladiganlar bormi?

©
video by iqrakitoblari

👉@huzurkitoblari