Fobiya va Sindromlar @fobiya_va_sindromlar Channel on Telegram

Fobiya va Sindromlar

@fobiya_va_sindromlar


• Fobiyalar...
• Sindromlar...
• Terminlar...
• Iboralar.....
• Effektlar....
• Mifologiya....
• Qiziqarli ma'lumotlar...


• Admin @Jamshid_Samarqandiy

Fobiya va Sindromlar (Uzbek)

Salom, aziz do'stlar! Sizning ehtiyot qollaringizda "Fobiya va Sindromlar" Telegram kanali mavjud. Bu kanalda siz fobiyalar, sindromlar, terminlar, iboralar, effektlar, mifologiya, va boshqa qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Agar siz psixologiya, tibbiyot, yoki shaxsniy rivojlantirish sohasidagi savollarga javob qidirayotgan bo'lsangiz, ushbu kanal sizning uchun ideal manzil bo'lishi mumkin. Kanalda har hafta yangi ma'lumotlar, ko'rsatmalar, va interaktiv darslar o'tkaziladi. Admin @Jamshid_Samarqandiy kanal ilovasini tashkil etgan inson, professional mutaxassis bo'lib, fobiyalar va sindromlar bo'yicha eng yaxshi yordamni ko'rsatishga tayyor. Siz ham bu foydali va ajoyib kanalga azo bo'ling va o'z o'zgarishlariga to'g'ri yo'l tanlang! Sizning xayotingizni o'zgartiring va o'zingizni rivojlantiring!

Fobiya va Sindromlar

08 Nov, 16:19


Yakuza — yapon mafiyalari

Yakudza emas, yakuza, adashtirmang! Sizlarga yakuzalar haqida aytib beraman.

Telegram | YouTube | Instagram | LIVE

Fobiya va Sindromlar

05 Nov, 08:41


#ibora

“Pasternakni o’qimadim, lekin qoralayman”

Sovet davrida o’zgacha fikrlaydigan ilg’or insonlar qatag’on qilingan. Qora ro’yxatga tiqib, ijodiga to’siq o’rnatilgan.

Sovetlar kimnidir jazolamoqchi bo’lsa, albatta Kommunistik partiya boshchiligida jamoatchilik muhokamasi o’tkazishgan. Xuddiki “buni xalq xohlayapti” deya ko’rsatish uchun.

Bir safar Boris Pasternakning “Doktor Jivago” asari sovetlarga qarshi deb topiladi va qora ro’yxatga tushadi. Ushbu asarni yomonlashga bag’ishlangan majlisda so’zga chiqqan SSSR Yozuvchilar uyushmasining bir vakili “Pasternakni hali o’qimadim, lekin qoralayman” deydi.

Ushbu ibora bugungi kunda o’ta noxolis, masaladan mutlaqo bexabar insonning tanqidiga nisbatan ishlatiladi.

Afsuski, oramizda bunaqa insonlar ko’p. O’zi gap nimadaligini tushunmaydi, masalaning tagiga yetmaydi, muhokama qilinayotgan mavzuni o’qimagan, ko’rmagan, eshitmagan, lekin yomonlaydi.

@Fobiyalar

Fobiya va Sindromlar

04 Nov, 07:13


#ibora

Si vis Pacem, Para Bellum

Si vis Pacem, Para Bellum - “tinchlik istasang, urushga tayyorlan!”, - lotincha ibora boʻlib, ibora Rim harbiy yozuvchisi Flavius Vegetiusga tegishli:

"– Igitur qui desiderat pacem, praeparet bellum; qui uictoriam cupit, milites inbuat diligenter; qui secundos optat euentus, dimicet arte, non casu. Nemo prouocare, nemo audet offendere quem intellegit superiorem esse, si pugnet."

Tarjimasi:

"Shunday qilib, kim tinchlikni xohlasa, urushga tayyorlansin; kim g'alabani xohlasa, jangchilarni qunt bilan tayyorlasin; Kim yaxshi natijaga erishmoqchi bo'lsa, tasodif bilan emas, balki san'at va bilim asosida urush qilsin. Hech kim jangda undan kuchliroq ekanini bilgan odamga qarshi chiqishga va haqorat qilishga jur'at eta olmaydi."

@Fobiyalar

Fobiya va Sindromlar

01 Nov, 04:13


Felinoterapiya nima?

Felinoterapiya — mushuklar tomonidan davolashdir.

Mushuklar asab tizimini tinchlantirishi, qon bosimini barqarorlashtirishi va yolg‘izlikni aritishi isbotlangan.

Mushukning xirillashi immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi, hujayralar va to‘qimalarning yangilanishini va suyaklarning sinishidan keyin birlashishini tezlashtiradi.

Sizni ham mushugingiz bormi?

Instagram | YouTube | Telegram | LIVE

Fobiya va Sindromlar

02 Sep, 16:37


Buxoro viloyatidagi 7 pir ziyoratgohlari:

1. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy
2. Xoja Orif Revgariy
3. Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy
4. Xoja Ali Romitaniy
5. Xoja Muhammad Boboyi Samosiy
6. Xoja Sayyid Amir Kulol
7. Xoja Bahouddin Naqshband

@Tarixiy_onlar

Fobiya va Sindromlar

28 Aug, 18:59


🈳 Javobda kelib chiqishi xorijiy so‘z so‘ralganda

Ba'zida savol javobida yordam sifatida  so‘zning kelib chiqish tili ko‘rsatiladi.  Masalan, javobni grekcha, lotincha so‘zda yozib bering? Fransuzcha, nemischadan kirib kelgan so‘z bilan yoki anglitsizm bilan yozib bering? — qabilida savol formalari uchraydi. Shunday hollarda ko‘pincha bu so‘z o‘zi lotinchami yo grekcha qabilida muhokama ketadi.

Quyida shunday so‘zlarni osonroq farqlashda bilimdon M. Savchenkovning tavsiyalarini ulashaman.

Grekchadan kirib kelgan so‘zlarni so‘z qismlari, qo‘shimchalari orqali farqlash mumkin: avto-avto, o‘z-o‘zidan, gramma-harf, graf-yozish, tele-uzoq, log, logiya-so‘z, ta'limot, mono-yagona, poli-ko‘p, demo-xalq, nim-ism, nom, skop-ko‘rish, fil-sevish, fobiya-qo‘rqish.

Agar so‘zning boshi, ohiri yo o‘rtasida shu qo‘shimchalar kelsa, bu so‘z grekchadan kirib kelgan so‘z bo‘ladi.
Misol: gologramma, gomeopatiya, demografiya, demokratiya, ipoteka, ippodrom, kalligrafiya, kardiogramma, leykotsit, periskop, poligraf, sarkofag, seysmograf, sinagoga, sinesteziya, stetoskop, telegraf.

Lotinchadan kirib kelgan so‘zlarni ham so‘zni tugash qismidan farqlash oson. Ko‘pincha so‘zlar -siya,  -tsiya, -riy qo‘shimchalar bilan tugaydi.
Misol: inflyatsiya, platsebo, initsial krematsiya, reinkarnatsiya, donor, prokrastinatsiya, aksent, globus, gonorar, domino, plagiat, alibi, gerbariy, inkubator, kolumbariy, revolyutsiya, evolyutsiya.

Inglizchadan kirib kelgan so‘zlar odatda -ing, -er qo‘shimchalar bilan tugaydi.
Anglitsizm deganda odatda bu so‘z deylik o‘zbek(rus) tiliga to‘liq kirib o‘zbekcha so‘zga aylangan yoki aylanmaganiga shubha bo‘lganida ishlatiladi. Bu “inglizchadan kirib kelgan so‘z” deyish bilan barobar.
Misol: spoyler, snayper, syorfing, fast-fud, golfstrim, darts, jetlag, doping, krossvord, pazl, pirsing, saundtrek, blek-aut, byordvotching, prodakt-pleysment, xeppi-end, bulling va hk.

Nemischadan kelgan so‘zlar odatda g-k, d-t, r unlilari bilan tugaydi.
Misol: aysberg, feyrverk, parikmaxer, shlagbaum, bombardir, buterbrod, galstuk, durshlag, kamerton, futlyar, syetnot, siferblat, shrift, bint, bunker, gastarbayter, geshtalt, dirijabl, kunstkamera, traur, shprits, endshpil.

Italyanchadan kirib kelgan so‘zlar odatda unli harflar bilan tugaydi. Terminlar ko‘pincha musiqa, pazandalikka oid bo‘lishi mumkin.
Misol: gazeta, graffiti, kazino, paparatsi, vendetta, gambit, kontrabanda, lotereya, marionetka, batut, bergamot, violonchel, duet, konfetti, partitura, saldo, lombard, bas, brokkoli, getto, gondola.

Gollandcha so‘zlar haqida gap borganda esa dengizga oid terminlardan izlagan ma'qul. Misol: zontik, flyuger, ballast, garpun, damba, shlyupka, dreyf, kreyser, lakmus, lotsman, maneken, trap, tros, shturman.

Umuman shu kabi boshqa tillar, deylik ispan, fransuz, yapon, norveg, hind, afrikanchadan kirib kelgan eng mashhur so‘zlarni internetdan topib bir nechtasini yodlab olgan ma'qul. Istalgan payt forma shu holda qo‘yilganda yoki biror davlat nomi ishlatilganda javobni topish, tanlash oson bo‘ladi.

@breynstorm

Fobiya va Sindromlar

27 Aug, 17:57


Ikigai

Ikigai yapon so’zlari - “iki” hayot va “gai” qiymat so’zlari birlashmasidan hosil bo’lgan va “hayotdan, yashashdan maqsad, yashash uchun sabab” kabi tarjima qilinadi.

Bu falsafa ertalab uyg‘onishga, uydan chiqish uchun kerakli sabablarni topishga yordam beradi. Ikigai sizga resurs va zavq bag‘ishlaydi va buning yordamida siz vaqtni behuda sarflamaslikga harakat qilasiz.

@Fobiyalar

Fobiya va Sindromlar

25 Jul, 08:38


"40 fil" uyushmasi (ingl. "Forty Elephants", shuningdek, "Forty Thieves" nomi bilan mashhur)

Britaniya tarixidagi eng yaxshi jinoiy uyushmalardan biri bo'lib, 1873-1950-yillarda faoliyat yuritgan. Ular asosan shoplifting (magazinlarni o'marish) bilan shug'ullangan hamda uzoq vaqt davomida politsiya tomonidan oshkor etilmagan.

Ammo, ushbu uyushmaning o'ziga xosligi bunda emasdi. Qanchalar hayratlanarli bo'lmasin, jinoiy uyushmaning barcha a'zolari ayollar bo'lgan.

Library @centerasia_library

@centerasiastudy

Fobiya va Sindromlar

28 Mar, 03:47


Эвтаназия (ҳаётни тугатиш учун тиббий ёрдам) ва ота-она ҳуқуқи ҳақида.

Канадада инсон соғлиғи туфайли ўз ҳаётини тугатиш ҳуқуқига эга. Агар инсон тузалмас касалга чалинган бўлса ва касал унинг тўлақонли яшашига имконият бермаса (масалан, саратоннинг сўнгги босқичлари, паралич, генетик касалликлар ва ҳ.к.), докторлар хулосасига кўра, ўз ҳаётини тугатиши мумкин. Руҳий касалликлар эвтаназия учун сабаб бўлолмайди.

Бунинг учун бир-биридан хабардор бўлмаган икки доктор бемор тузалмас касалга чалингани, азобга олиб келаётганини тасдиқлаб, ўлимга руҳсат бериши керак. Агар докторлардан бири рози бўлиб, иккинчиси рози бўлмаса, унда учинчи доктор тайинланади (тай-брейк).

Ўтган йили Калгарида 27 ёшли аёл ўз ҳаётини тиббий йўл билан тугатиш (эвтаназия)га қарор қилган. Тайинланган икки докторнинг бири бу қарорга рухсат берган, иккинчиси эса бермаган. Шундан сўнг Альберта соғлиқни сақлаш хизмати учинчи докторни тайинлаган ва у эвтаназияга рухсат берган.

Аммо аёлнинг отаси судга мурожаат қилиб, ўлимни тўхтатишни сўраган. Ишни кўриб чиққан судьяга кўра, у отанинг мусибатини тушунади ва қабул қилади, аммо балоғатга етган қизининг танлови ва ўз қадр-қимматини сақлаган ҳолда ҳаётдан кўз юмиш ҳуқуқини устунроқ қўяди. Шу сабабга кўра суд ота даъвосини рад этди, аммо эвтаназия ижросини 30 кунга тўхтатиб турди. Бу муддат давомида ота юқори инстанция судга мурожаат қилиши мумкин.

Бундан ташқари, эвтаназияга рухсат берган докторлар хулосаси бемордан бошқа ҳеч кимга, шу жумладан судга ҳам очиқланмайди ва улар хулосаси қайта кўриб чиқилишига йўл қўйилмайди. Қонунга кўра, бемор шуни хоҳласа ва учта доктордан иккитаси беморнинг ҳолати эвтаназия шартларини бажараётганини тасдиқласа бас.

Бу кейс жамоатчилик орасида қизғин бахсларга сабаб бўлди. Уларни ўқиб, қуйидаги хулосаларни чиқардим:

Биринчидан, эвтаназия учун рухсат олиш қийин. Инсон ўлишни хоҳлаши билан рухсат берилмайди. Бемор жуда қатъий талабларни бажариши шарт. Ҳар бир доктор бемор билан бир неча ой давомида ишлайди ва уни ўрганади. Шундан кейингина қарор қабул қилади. Қарорни бемор ва докторлар қабул қилади, суд ёки учинчи шахслар эмас.

Иккинчидан, ота-онанинг балоғатга етган боласида қонунан ҳақи йўқ. 18 ёшдан кейин ота-она ўз фарзанди қарорларига аралаша олмайди ва суд ҳам бунга йўл қўймайди.

Учинчидан, агар ўлим тўшагидаги касалларга эвтаназия қилишга рухсат берилмаса, улар азоб билан барибир ўладилар. Ëки, ундан ҳам ёмони, ўзларини-ўзлари ўлдирадилар.

@zambarakning_oqi

Fobiya va Sindromlar

15 Mar, 15:51


Kaizen

Yaponlarning shaxsiy rivojlanishga oid bir qancha juda foydali tamoyillari bor.

Shulardan biri - kaizen.

Bu tamoyil asosida kichik va muntazam harakat orqali yuqori natijaga erishish yotadi.

Ya’ni sen har kuni 100 bet kitob o’qishing shart emas, balki 10 bet o’qisang ham qoldirmay, muntazam o’qi. Shunda sen 1 kun 100 bet o’qib keyin to’xtab qolgan insondan afzalroq bo’lasan.

Kaizen asosi muntazamlikka qurilgan. Ya’ni intizom bilan muntazam shug’ullanib borishing kerak. Qay darajasa ko’p mehnat qilyapsan - bu ikkinchi darajali masala. Asosiysi sen doim harakatda bo’lishing kerak.

@grownroll‌‌

Fobiya va Sindromlar

14 Mar, 12:32


(Foto: Filmdan lavha)

Bir kallaqand, uch so‘m pul

“Arshin mololon” filmidagi bu ibora xalq orasida juda mashhur, yosh-u qariga birday tanish bo‘lib ketgan. Iborani ishlatamiz-u, lekin undagi kallaqand so‘zining maʼnosiga u qadar eʼtibor beravermaymiz. Xo‘sh, u nimani anglatadi?

Oldin qand asosan konus shaklida ishlab chiqarilgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, bu usul haqida ilk bor IX asr arab olimi Zubayr ibn Bakkor qayd etgan. Bu turdagi qandlar Italiyada 1470-yildan, Belgiyada 1508-yildan, Angliyada 1544-yildan, Niderlandiyada 1566-yildan ishlab chiqarila boshlagan. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, hozirgi O‘zbekiston hududida XX asr boshlariga qadar chetdan keltirilgan xomashyodan hunarmad-qandolatchilar aynan shunga o‘xshash qand ishlab chiqargan va u kallaqand deb atalgan. Kallaqandlar turli kattalikda bo‘lgan va 5 kilodan 15 kilogacha tosh bosgan. Chakana savdoga bo‘laklarga bo‘lingan holatda chiqarilgan.

#ibora #kallaqand #uchsoʻm

@aktamov_blogi

Fobiya va Sindromlar

06 Mar, 19:19


Skopofobiya

Skopofobiya
- atrofdagilarning o‘zini ustidan kuladi deb o'ylash, jamiyatda sharmanda bo‘laman deb qo‘rqish, kimlarnidir xafsalasini pir qilaman deb doimiy ehtiyot bo‘lish kasalligi skopofobiya deb ataladi.

Skopofoblar hech qachon notanish odamlar bilan o‘zlari birinchi bo‘lib gapni boshlay olmaydilar. Ular savollarga uzuq-yuluq javob beradilar, ko‘zga tik qaray olmaydilar va sal narsaga qizarib ketaveradilar.

Kanalga a'zo bo'lish: t.me/factuz_24

Fobiya va Sindromlar

06 Mar, 18:40


2️⃣-YIL

6-mart 2022-yil...
6-mart 2024 yil
.....

Fobiya va Sindromlar

29 Feb, 11:47


Машҳур автомобиль компанияларга қачон асос солинган?

Tesla: 2003-йил
Lexus: 1989-йил
Hyundai: 1967-йил
Ferrari: 1939-йил
Toyota: 1937-йил
Volkswagen: 1937-йил
Nissan: 1933-йил
Volvo: 1927-йил
Mercedes: 1926-йил
Jaguar:1922-йил
Mazda: 1920-йил
BMW: 1916-йил
Audi: 1909-йил
GM: 1908-йил
Ford: 1903-йил
Dodge: 1900-йил
Fiat: 1899-йил
Renault: 1898-йил
Peugeot: 1896-йил
Opel: 1862-йил

Ўтмишга саёҳат!

Fobiya va Sindromlar

26 Feb, 13:58


Dushanba-og'ir kun...

16 asr o'rtasida Moskva podshosi Ivan Grozniy (1530-1584) tomonidan Qrim xonligi bosib olingach,tatarlarni majburlab nasroniylik dinining pravoslav mazhabiga kiritish,ya'ni cho'qintirish boshlangan.Bu marosim nasroniylar uchun muqaddas kun hisoblangan yakshanba kunlari o'tkazilgan.Bundan bosh tortganlarni esa dushanba kuni qattiq kaltaklab jazolashgan.Shu tufayli "Dushanba og'ir kun" iborasi kelib chiqgan.

O'zi rostdanam Dushanba-og'ir kunmi?

@Fobiyalar

Fobiya va Sindromlar

22 Feb, 15:15


Devorning ham qulog'i bor...

"Dalalarning ko'zi,o'rmonning qulog'i bor" degan gap 13 asrda Yevropada keng tarqalgan Ushbu ibora "Devorning qulog'i bor" shaklida ilk bor ispan dramaturgi Lope de Vega (1562-1635) ning "Valensiyalik beva" (1620) va M.Servantes (1547-1616) ning "Don Kixot"(1615) asarlarida uchraydi.Ikkinchi jahon urushi davrida ko'pgina mamlakatlardagi targ'ibot plakatlarida odamlarni xushyorlikga,ko'p gapirmaslikga da'vat etuvchi shior sifatida ushbu ibora ommaviy ravishda qo'llangan.


@Fobiyalar

Fobiya va Sindromlar

22 Feb, 05:05


Sirenomeliya (suv parisi sindromi)

Suv parisi sindromi 100 ming chaqaloqdan birida uchrashi mumkin hamda buyraklar va siydik qopi yaxshi rivojlanmagani sababli odatda bir kundan keyin o‘limga olib keladi. Biroq bunday kasallik bilan bir necha yil yashagan bolalar ham bo‘lgan. Misol uchun, bunday nuqson bilan tug‘ilgan amerikalik Shaylo Pepin ishlaydigan buyrak, ammo ichagining bir qismi va jinsiy a’zolari yo‘q bo‘lgan holda 10 yil yashagan va 2009 yilda vafot etgan.

@Fobiyalar

Fobiya va Sindromlar

21 Feb, 12:21


Baliq boshidan sasiydi..

Bu ibora ilk bor qadimgi yunon faylasufi,tarixchisi Plutarx o'zining asarlarida ishlatgan.Bu ibora haqida izoh berar ekan Plutarx shunday deydi; biror bir jamoa,jamiyatdagi qusurlarga avvalo rahbar sababchi deya ta'kidlab o'tgan.Dunyodagi ko'pgina xalqlar iborani haligacha ishlatib keladi..

@Fobiyalar

Fobiya va Sindromlar

20 Feb, 12:45


Pendeltyur

Yovvoyi g'arb haqidagi kinolarda kovboylar barlarga kirib kelayotganda ko'rishga odatlanganimiz ikki tomonga ochiladigan eshik pendeltyur (nemischa "tyur" - "eshik", "pendel" - "mayatnik") deb ataladi.

Bugungi kunda bunday eshiklarni metroga kirish va chiqishda uchratish mumkin.

Nota bene!📜

Fobiya va Sindromlar

20 Feb, 12:41


Metroga kirish va chiqishda qo'yilgan ikki tomonlama ochiluvchi eshiklar nima deyiladi?

@Fobiyalar

Fobiya va Sindromlar

20 Feb, 04:15


#Yana_Yaponiya

Yaponiyliklar juda halol millatdir. Agar siz hamyoningizni yoki biror bir buyumingizni ko'chada metroda yoki avtobusda tushirib qoldirgan bo'lsangiz aslo havotir qilmang chunki yo'qotgan buyumingizni topib olgan har bir yaponiyalik tegishli topilmalar byurosiga yoki politsiyaga yetkazib beradi. Ularda yo'qotilgan narsani topilish ehtimoli 90% dir.


@Fobiyalar