Iqtisod Plus

@iqtisodplus


Ushbu blogda iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador bo'lmagan qiziq ma'lumotlar berib boriladi.

@SukhrobSharipov

Iqtisod Plus

29 Feb, 19:00


Agava guli

Xush ko‘rishdik! Nihoyat, keldim
Necha shodlik, necha g‘am osha.
Agavaning guli bu — zavqdir,
Agavaning guli — tomosha.

Achinmayman ketgan fursatga,
Har bir lahza garchi xazina.
Agavaning guli bu — zebdir,
Agavaning guli bu — ziynat.

Kechikmadim, ne baxt, ulgurdim,
Ravo bo‘ldi oliy daqiqa.
Agavaning guli bu — chin so‘z,
Agavaning guli — haqiqat.

Meni zarra qo‘rqitolmadi
Yo‘l azobi solsa ham tahdid.
Agavaning guli bu — orzu,
Agavaning guli bu — umid.

Chaqnang, charaqlanglar, ko‘zlarim,
Qutlug‘ bo‘lsin noyob saltanat.
Agavaning guli bu — to‘ydir,
Agavaning guli — tantana.

Ming dardga ham giriftorligin
Ming ko‘rsang bas, qilib bo‘lmas rad
Agavaning guli bu — qayg‘u,
Agavaning guli bu — hasrat.

Yuzim tushgach bu gulga bo‘ldi
Har tomirim bir olov daryo.
Agavaning guli bu — doddir,
Agavaning guli bu — faryod.

Toqat qildim guldasta tuzmay
Andishadan qo‘yib oldga g‘ov.
Agavaning guli — imtihon.
Agavaning guli bu — sinov.

Iloj qancha qismat hukmini
Qiyg‘os gullar qilmoqda ijro.
Agavaning guli bu — visol,
Agavaning guli bu — hijron.

Kerakmikan dod-faryod, asli, Hayot, o‘lim chambarchas, zotan.
Agavaning guli bu — aza,
Agavaning guli bu — motam.

Bir sevmak va bir o‘lmak baxti
Nasib etmas har bir oshiqqa.
Agavaning yo‘rig‘i — bo‘lak,
Agavaning yo‘rig‘i — boshqa.

Bu — Qays guli, bu — Majnun guli,
Gar uzatsam qovrilgay qo‘lim.
Agavaning guli bu — bir baxt,
Bu — mangu bir hayotbaxsh o‘lim.

* Agava umrida faqat bir marta gullaydi, so‘ngra u qurib qoladi...

© Matnazar ABDULHAKIM

@Iqtisodplus

Iqtisod Plus

07 Feb, 12:43


Toronto shahrida bo'lib o'tgan The Future of Money tadbirida neyrosetyordamida pul evolyutsiyasini ishlab chiqishibdi.

@Iqtisodplus

Iqtisod Plus

09 Oct, 09:59


Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotini qo'lga kiritgan uchinchi ayol

@Iqtisodplus

Iqtisod Plus

16 Sep, 08:52


O'rtadagi odam Xitoy hukumatining ramzi. 80-yillardan keyin o'ta arzon mahsulotlar bilan dunyoni egallay boshlagan, hozir esa o'z brendlari va qimmatbaho mahsulotlarini eksport qilayotgan qudratli Xitoy bu. Atrofida esa Osiyo, Yevropa, Afrika...

👉 @Iqtisodplus

Iqtisod Plus

14 Sep, 04:51


"Pushkin qanday o'lgan?" deya berilgan savolga javob.

Davlat amaldori bo'lishga loyiq bola ekan)

👉 @Iqtisodplus

Iqtisod Plus

29 Aug, 13:35


Aytishlaricha, mana shu joy haqida zakovatda savol tushgan emish)

Mana bu she'r haqida ham.

Iqtisod Plus

26 May, 13:15


Mana bu maestro Toshkentga kelayotgan ekan. 23-sentyabr kuni! Bo'larkanu nuqul rus estradasini bir tiyinga qimmat qo'shiqchilarini olib kelavermasdan, shunaqa buyuk bastakorlarni ham chaqirishsa!

Endi Hans Zimmerni olib kelish kerak, navbat unga.

Iqtisod Plus

28 Apr, 09:31


“Титаник”даги “тириклар борми?” деган нидо роса таъсир қилади менга. Ҳаётнинг ҳар жабҳасига тушади.

Ҳозирда ушбу хитобга фақат Муҳримдан садо чиқаётгандек туюляпти…

@xayrulla_hamidov

Iqtisod Plus

28 Mar, 15:02


"Boburnoma" asarida ko'plab geografik hududlar va obyektlarga ta'riflar berilgan. @Boburnama kanali shu ta'riflar asosida sun'iy intellekt yordamida suratlar yaratishni boshlabdi. Ko'rib ko'z quvnaydi bu manzaralarni!

O'zi shu hafta ichida twitter olamida milliy asarlarimizni va ularning qahramonini MidJourney orqali yaratish modaga aylangandi.

O'zim ham bir nechta asarlar uchun SI yordamida suratlar yaratib ko'rdim. Natija yomon emas)

👉 @Iqtisodplus

Iqtisod Plus

23 Jan, 07:27


Mana bu postda yozgandim, har yili Xalqaro banknotalar jamiyati - IBNS "yil banknotasi" g'olibini e'lon qilishi haqida. Ya'ni bunga ko'ra eng chiroyli dizayndagi banknota g'olib bo'ladi.

So'ngi yillarda bu tanlovda qo'shni Qozog'iston kupyuralari yetakchilikni bermay kelayotgan edi. Va nihoyat bizning 200 ming so'mlik kupyura ham nomzodlar qatoriga kiritilibdi. Bizda bu ro'yxatga faqatgina 200 so'mlik kupyura kira olgan edi.

Nomzod kupyuralar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

👉 @Iqtisodplus

Iqtisod Plus

01 Jan, 10:35


🌎 2022-yil. Xronika

Jorj Oruellning shunday gapi bor: "Bizning yagona dushmanimiz — insonlardir. Har qanaqa balo-qazo va ocharchilikka ular sabab bo'ladi".

Yana bir yil ham ortda qoldi. 2022-yil bir qator xotiralar bilan eslanadi endi. Ushbu yilda xalqaro miqyosda qanaqa voqealar sodir bo'ldi? Barchasi bir videoda.

📺 Tomosha qiling.

Videoning hajmi kichikrog'i kommentda.

👉 @Iqtisodplus

Iqtisod Plus

06 Sep, 03:59


Rolik ijodkorlarini taniysiz. Mavzu ham yumor emas. Og'riqli mavzu... Yig'latadigan mavzu...

O'zbek xor bo'lmasin hech qachon! Bolangizni o'qiting, uqsin!

🌐 @Kreativ_reklamalar — Kreativ ijod mahsullari!

Iqtisod Plus

23 Aug, 06:14


🎞 CNN kanali tomonidan ishlangan kreativ ijtimoiy rolik. Video nomi — "Haqiqatdan boshqa birorta satr yo'q!"

Ovozni qog'ozga tushirish orqali kimning gapi zamirida aslida nima yotganini ko'rsatmoqchi bo'lishgan. Putin misolida videoga baho bering.

🌐 @Kreativ_reklamalar — Kreativ ijod mahsullari

Iqtisod Plus

01 Aug, 04:56


* * *

Quyosh — porlamoq uchun,
Havo — chaqnamoq uchun,
Lablar — sevgi tortig‘i,
Yurak ham firoq uchun.

Barchasini bo‘laklab,
Qoldirgum bir palak.
Bu dunyoda baxt yo‘q
Sening sevgingdan bo‘lak!

👉 @Iqtisodplus

Iqtisod Plus

12 Jul, 14:08


2021-yilning dekabr oyida NASA “James Webb” nomli teleskopni fazoga uchirgan edi. Bu yangi teleskopning yaratilishi uchun 100 milliard AQSH dollari sarflangan! Shu birgina ma'lumotning o'zidan qurilmaning naqadar qimmatli va ahamiyatli ekanini bilib olish mumkin.

Shu vaqtgacha, astronomlar koinot haqidagi ko'p ma'lumotlarni “Xabbl” teleskopi yordamida aniqlab kelgan. Endi bo'lsa, olimlar “Xabbl” aniqlagan yulduzlarni yana 100 marta kattalashtirib ko‘rish va o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi! Chunki “James Webb” “Xabbl”dan taxminan yuz karra kuchliroq.

Bugun NASA “James Webb”dan olingan ilk suratni e'lon qildi. Bu suratda hali astronomlarga ma'lum bo'lmagan ko'plab yulduz va galaktikalar aks etgan. Olimlar bu suratlarni o'rganib, Yer kabi tirik sayyoralarni topishni orzu qilishmoqda!

Demak, yaqin kelajakda sodir bo‘ladigan aql bovar qilmas kashfiyotlarga tayyor turishimiz kerak, doʻstlarim!