Ingliz filologiyasi fakulteti @englishphilologyfaculty Channel on Telegram

Ingliz filologiyasi fakulteti

@englishphilologyfaculty


🇺🇿O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetining rasmiy sahifasi

🇷🇺Официальная страница факультета английской филологии УзГУМЯ

🇬🇧Official page of the Faculty of English Philology of the UzSWLU

👉Fakultet YI rasmiy sahifasi https://t.me/YI_FILOLOGIYA

Ingliz filologiyasi fakulteti (Uzbek)

🇺🇿O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetining rasmiy sahifasin🇷🇺Официальная страница факультета английской филологии УзГУМЯn🇬🇧Official page of the Faculty of English Philology of the UzSWLUn👉Fakultet YI rasmiy sahifasi telegram kanalida! Bu kanalda O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti haqida so'ngi yangiliklar, ilmiy maqolalar va ko'rsatmalar paydo bo'ladi. Agar Sizga Ingliz filologiyasi bo'yicha ma'lumotlar va yangiliklar kerak bo'lsa, shu kanalga obuna bo'ling va birinchi bo'lib eng so'nggi ma'lumotlardan xabardor bo'ling!

Ingliz filologiyasi fakulteti

19 Feb, 16:35


Ingliz filologiyasida bugun 24-38 va 24-39-guruhlar bilan "Yoshlarni   ekstremizim g'oyalari targ'iboridan ehtiyot bo'ling" va " Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-me'yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati" hamda "O'zbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uyg'unligi mavzulari bo'yicha axborot soati o'tildi

Ingliz filologiyasi fakulteti

18 Feb, 16:49


‼️‼️‼️🔔🔔🔔

Hurmatli talaba qizlar📢

‼️1-mart atoqli shoira va jamoat arbobi Zulfiyaxonim tavallud ayyomi munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakulteti "Qizlarjon" klubi tomonidan "Balli qizlar" tanlovi oʻtkazilishini mamnuniyat bilan eʼlon qilamiz.

🗒️Tanlov oʻtkazilish sanasi:
26-fevral 11:00.
📍Tanlov oʻtkazilish joyi:ÒzDJTu
Ingliz Filologiyasi fakulteti madaniyat va ma'rifat markazi.


✔️Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

1️⃣Tanishtiruv(1 daqiqa)
2️⃣Ifodali she'r aytish(Zulfiyaxonim ijodidan)
3️⃣Salat tayyorlash mahorati
4️⃣Erkin mavzu

💪Tanlovda barcha talaba qizlarning faol ishtiroklarini kutib qolamiz🩷

Qatnashish uchun @Mukhlisa_as ✔️

Ingliz filologiyasi fakulteti

18 Feb, 16:47


🟦🟦🟦

🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti FING- 24
talabasi Navoiy g'azallari targ'ibotiga bag'ishlangan "She'rlar jangi"da 30ta g'azal bilan 2-o'rinni egalaganligi uchun Karimova Zebuniso taqdirlandi.


Tadbirning bosh maqsadi – yoshlarning iste’dodini keng ommaga tanitish va ularni yangi marralarga ilhomlantirish bo‘ldi. Ishtirokchilar orasidan eng yorqin va zukko iqtidor egalari tanlab olindi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

16 Feb, 14:50


#ochiq_dars #adabiyot

Ingliz filologiyasi fakulteti Kechki ta’lim tyutori Sadoqat Nurullayeva hamda adabiyotshunoslik kafedrasi ustozi Avezov Elbek bilan hamkorlikda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab "Ikki buyuk daho" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ushbu darsda kechki ta’lim 2409 va 2410-guruhlari ishtirok etib, ikki buyuk shoirning hayoti, ijodi va ularning adabiyotimizga qo‘shgan beqiyos hissalari haqida suhbatlashildi.

Talabalar Navoiy va Boburning asarlarini tahlil qilib, ulardan olingan saboqlarni muhokama qilishdi. Har bir ishtirokchi o‘z fikrlarini bildirdi va bu buyuk shaxslarning jamiyatdagi o‘rni haqida qiziqarli mulohazalar bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, dars mobaynida ijodkor talabalar tomonidan mavzuga doir sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

14 Feb, 11:46


Ingliz filologiyasi fakulteti 1-kurs xorijlik talabalar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomi munosabati bilan tayyorlangan videorolik.

Ingliz filologiyasi fakulteti

14 Feb, 10:29


SEMINAR: “THE FUTURE OF AI”
An exclusive seminar for philology students!
How is AI transforming our lives? What are its capabilities and limitations? Have you heard of AGI and ASI? Will we witness technological singularity? Get answers to these questions from an industry expert!
🎤 Speaker: Shavkat Karimov – Expert with 25 years of experience at Microsoft
📌 Topics:
The current state of AI
AI capabilities and limitations
Prompting techniques and useful resources
Understanding AGI and ASI
The concept of technological singularity
Future predictions and advice for you
❗️Language: English
📅 Date: 15th February
📍 Location: Faculty of English Philology, Center for Spirituality and Enlightenment.
Time: 2 PM
Prepare for the future of technology today!

Registration link:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfcuHLGulrS_opZyPy6ud3ECV-4mPOcUZ3K3moae43eeXeZYg/viewform?usp=header

Ingliz filologiyasi fakulteti

14 Feb, 06:59


🟦🟦🟦

#inglizfilologiyasi
#qizlarjon_klubi
#boburxonlik

Ingliz filologiyasi “Qizlarjon” klubi koordinatorlari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan videorolik


✒️Zaxiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda tug‘ilgan. U o‘zbek shoir, tarixchi va davlat arbobi bo‘lib, Boburiylar sulolasining asoschisi hisoblanadi. Uning hayoti va faoliyati O‘zbekiston va Hindiston tarixida muhim o‘rin tutadi. Boburning "Boburnoma" asari uning hayoti, janglari va davrining ijtimoiy-siyosiy sharoitlari haqida qimmatli ma'lumotlar beradi.


✔️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
😀@qizlarjon_klubi_uzswlu
📱|Instagram🌐|Facebook

Ingliz filologiyasi fakulteti

14 Feb, 06:41


#BoburDay

Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va talabalarning ijodiy yondashuvi

Mazkur videorolik Zahiriddin Muhammad Boburning she’riy merosiga bag‘ishlanadi. Unda Boburning mashhur qit’alaridan namunalar keltirilib, talabalarga uning she’rlarini davom ettirish taklifi berildi. Ushbu ijodiy yondashuv orqali yoshlar Bobur g‘azallari va qit’alari ruhini his qilib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etishdi.

Ushbu videorolikni tayyorlashda jonbozlik ko'rsatgan ingliz filologiya fakulteti 2317-guruh talabariga, xususan Muxtorova Zarina, Ibragimova Robiya va Olimjonova Sevinchlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


Ilhomlaning, ijod qiling va o‘z talantlaringizni kashf eting!

📽 Videorolikni tomosha qiling va izohlarda o‘z fikringizni bildiring!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

14 Feb, 05:57


🤔,,Navoiy va Boburxonlik’’ tadbiridan video lavhalar ✈️

Bizni kuzatib boring
📱Telegram | 📱 Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

13 Feb, 18:04


#Yangilik_xabar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risidagi” PQ-167-sonli qarorining 11 (3)- bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda bir qator ijtimoiy tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek O’zDJTU Ingiliz filologiyasi fakulteti tomonidan “BEKOBOD” MFY da yashovchi keksalar bilan madaniy uchrashuv bo’lib o’tdi. Aholining turmush tarzidan xabar olindi va ularning ehtiyojlari o'rganildi. Tadbir davomida keksalarga moddiy va ma'naviy ko' mak berilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Ushbu tashabbus nuroniylarni qo'llab-quvvatlash va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan bo’lib, jamiyatda mehr-oqibat va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

#mahalla
#O’zDJTU

Ingliz filologiyasi fakulteti

13 Feb, 17:28


🟦🟦🟦

📚 Birinchi kurslar diqqatiga
oʻtgan semestrda boʻlib oʻtgan zakovat oʻyinlarining final bosqichiga start beramiz!

🔸 Finalda birinchi bosqich talabalari g’oliblik uchun bellashadilar.

🏆Bellashuv g’oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🥇- oʻrin 500.000 so’m
🥈- oʻrin 300.000 so’m
🥉- oʻrin 200.000 so’m
💵pul mukofotlari va sertifikat bilan taqdirlanadi.

O’tkazilish sanasi:
15-fevral , soat 10:00 da


📢 Keyingi oʻyinlar 2-kurs talabalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi.
Barcha talabalarni faollikka chorlab qolamiz.

📞Murojaat uchun: @bexruzbek_rasuljonov

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

22 Jan, 10:09


🟦🟦🟦 🟦🟦

🗓Sana: 2025-yil 1-fevral 

📍Joy: Rus filologiyasi fakulteti
(Muqumiy ko‘chasi, 104)

Mavzu: Rus tili chet tili sifatida test sinovi (TRKI)
______________________________________

🔍 Hurmatli talabalar va rus tili ixlosmandlari!

Sizlarni 2025-yil 1-fevral kuni Rus filologiyasi fakultetida Sankt-Peterburg Davlat Universiteti (SPbDU) bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan Rus tili chet tili sifatida test sinovida (TRKI) ishtirok etishga taklif qilamiz. Bu o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish va rus tilini bilish darajasi bo‘yicha rasmiy sertifikat olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

📌 Imtihon narxi:
Test sinov darajasiga (A1-C2) bog‘liq ravishda belgilanadi.


🔗 Для регистрации пройдите по ссылке https://forms.gle/HL2mvq24hBkjPHqw6

Rus tilini bilish darajangizni sinab ko‘rish va xalqaro darajada tan olingan sertifikatga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
______________________________________

🟦🟦🟦
Qo‘shimcha savollar yoki batafsil ma’lumot uchun @trkiruslit guruhiga murojaat qiling.

Ingliz filologiyasi fakulteti

21 Jan, 12:03


🔵 REKTOR VA YOSHLAR

21-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuv talabalar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning ta’lim jarayoniga oid fikr va takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarni hal etish maqsadida tashkil etildi. Unda nafaqat ilmiy va ta’lim masalalari, balki talabalar o‘rtasidagi ijodiy va madaniy salohiyatni namoyon etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Tadbirda fakultetning ijodkor yoshlar ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib, auditoriyaga o‘z san’at asarlarini taqdim etdi. Shuningdek, tadbirda qatnashgan ijodkor va sportchi talabalar o‘z chiqishlari bilan jamiyatda san’at va madaniyatning muhim o‘rni haqida so‘z yuritib, bu kabi uchrashuvlar yoshlarning nafaqat ilmiy, balki ijodiy faoliyatlarini ham qo‘llab-quvvatlash uchun juda muhim ekanligini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida, rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning fikr va tashabbuslarini inobatga olishga tayyorligini ta’kidladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Ingliz filologiyasi fakulteti

16 Jan, 07:37


Ingliz filologiyasi fakulteti pinned «🟦🟦🟦🟦🟦 Hurmatli talabalar! Ayni kunlarda kunlarda O‘zDJTU talabalari uchun yakuniy imtihon jarayonlari davom etmoqda. Agar siz imtihon jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki imtihon jarayonlaridan norozi bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi yo‘llar…»

Ingliz filologiyasi fakulteti

16 Jan, 07:08


🟦🟦🟦🟦🟦

Hurmatli talabalar!
Ayni kunlarda kunlarda O‘zDJTU talabalari uchun yakuniy imtihon jarayonlari davom etmoqda.


Agar siz imtihon jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki imtihon jarayonlaridan norozi bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi yo‘llar orqali anonim tarzda biz bilan bog‘laning:

📩 Telegram bot: @Uzswlu_help_bot

📞 Telefon: +998 90 788 01 77

Sizning fikrlaringiz va takliflaringiz biz uchun juda muhim. Har bir talabaga adolatli va shaffof imtihon jarayonini ta’minlashni maqsad qilganmiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Ingliz filologiyasi fakulteti

14 Jan, 14:40


#tadbir

📸 Ingliz filologiyasi fakultetida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” nomli tadbirdan lavha.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

28 Dec, 04:47


Firdavs Qahhorov приглашает вас на запланированную конференцию: Zoom.

Тема: "Men ta'tilni qanday o'tkazaman"
Время: 28 дек. 2024 10:00 AM Исламабад, Карачи, Ташкент
Join Zoom Meeting
https://us05web.zoom.us/j/9171045482?pwd=8YHgYSwpq3B8smYrRkwdYdxecWeGnO.1&omn=86241439551

Идентификатор конференции: 917 104 5482
Код доступа: g0ZJY4

Ingliz filologiyasi fakulteti

27 Dec, 14:32


#chellenj

2204-guruh talabasi Turg'unboev Azatbek tomonidan "Ta'til sport bilan" shiori ostida o'tkazilgan tanlovga yuborilgan videorolik.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

27 Dec, 14:32


#chellenj

FING 2325-guruh talabasi Ismoilov Olmos tomonidan "Ta'til sport bilan" shiori ostida o'tkazilgan tanlovga yuborilgan videorolik.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

27 Dec, 11:36


#chellenj

🏡 “Men oʻz-uyimga yetib keldim”

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

26 Dec, 16:34


🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma'lumotlarni ko‘paytirish va iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirish maqsadida VikiStipendiya marafoni yo‘lga qo‘yildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:

📱Telegram | 📱Instagram

🇺🇿🇬🇧O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi Wikistipendiya marafonida g'olib bo'ldi.

🌎WikiStipendiya tarixida birinchi marotaba o‘tkazilgan paramarafonning muvaffaqiyatli yakunlanganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz. Ishtirokchilarimiz cheklangan imkoniyatlariga qaramay, o‘zbekcha Vikipediyani boyitishga qo‘shgan hissalari tahsinga loyiq.

🌎Tanlov natijalariga ko'ra:
Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi
Alimov Hasan kuchli uchtalik tarkibi va
1-o'rin sohibiga aylandi, shuningdek
💸20 million so’m pul mukofoti sovrindori boldi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

📱Telegram | 📱Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

23 Dec, 08:46


🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma'lumotlarni ko‘paytirish va iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirish maqsadida VikiStipendiya marafoni yo‘lga qo‘yildi.

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O'zbek tilida so'zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda boshlangan Vikistipendiya marafoni shu yilning 1-mayidan 1-dekabriga qadar davom etdi.

🇺🇿 🇬🇧 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari Wikistipendiya marafonida g'olib bo'ldi.

🌎 Jami 33 nafar ishtirokchi grand finalga saralab olindi va bularga boshqa tillardagi Vikipediyada boʻlgani kabi, oʻzbekcha Vikipediyadagi 33 ta muhim maqolalar boʻlib berildi.

🌎 Tanlov natijalariga ko'ra:
Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari:
Abdurahmonova Shahzoda 3-o'rin sohibasi va 10 million so'm pul mukofoti sovrindori 💵 . Vikipediya administratori marhum Ikramov Muhammadali "Vikipediyaga baxshida umr " nominatsiyasi sohibi va 5 million so'm pul mukofoti sovrindori bo'ldilar 💵.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

📱Telegram | 📱Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

08 Dec, 17:57


"Ingliz filologiyasi fakulteti"ning — hafta dayjesti

Yakuniga yetayotgan haftaning eng muhim xabarlari bilan tanishing!

👉🏻 27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetida "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" shiori ostida o‘tkazilgan insholar tanlovida Ingliz filologiyasi fakultetining 2 nafar talabasi faxrli o'rinlarni egallashdi
🥇 1-o‘rin Rajabboyeva Marjona — 1-bosqich talabasi
🥈 2-o‘rin To‘xtaboyeva Munisa — 2-bosqich talabasi

👉🏻 2-dekabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari va faol talabalari tomonidan 1-bosqich talablarining ijtimoiy faolligini oshirish uchun "ZAKOVAT" intellektual oʻyini oʻtkazildi

👉🏻 OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida Konstitutsiyaning 32yilligi munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam — shaʼnim va qadrim himoyachisi" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

👉🏻 Ingliz filologiyasi fakultetida "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik" doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

07 Dec, 17:11


#targ'ibot #zo'ravonlikga_qarshi_kurash

Ingliz filologiyasi fakultetida Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova tomonidan tashkil etilib, mavzuga doir hujjatli filmlar, talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, universitet xotin-qizlar psixologi Sh.Boʻstonova tomonidan psixologik mashg‘ulotlar va ruhiyatni ko‘taradigan psixologik trening o‘yinlari amalga oshirildi.

Ushbu targ‘ibot tadbirlari orqali jamiyatimizda ayollar, qizlar va bolalarning huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikka qarshi keskin choralar ko‘rish va tinch hayot barpo etishga bo‘lgan qat’iy intilish yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

07 Dec, 13:56


#konstitutsiya_32yoshda #videorolik

📸 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Kechki ta'lim 2401-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

07 Dec, 04:30


#konstitutsiya_32yoshda #tadbir

📌 OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida Konstitutsiyaning 32yilligi munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam — shaʼnim va qadrim himoyachisi" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktor o‘rinbosari, aktyor Xayrulla Inog‘omov, Tarix fanlari doktori, professor Dilorom Bobojonova, Uchtepa tuman xotin-qizlar masalalari boyicha hokim oʻrinbosari Saodat Norqobilova ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar eʼtirof etganidek, Konstitutsiya jamiyatdagi har bir shaxsning hayotida uchrab turadigan muammolarning yechimi ekanligi hamda Konstitutsiya mamlakat ijtimoiy taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati hisoblanishi haqida gapirib oʻtdilar.

Dastur davomida maxsus tayyorlangan videoroliklar, koʻplab ijodiy chiqishlar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Konstitutsiya mavzusida oʻtkazilgan savol-javoblar tadbirga qizgʻin kayfiyat baxsh etdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

06 Dec, 09:14


📢 Jadidlar Klubi: Ilm va Maʼrifatga Chorlov!

Siz ham o‘z bilimingizni oshirib, innovatsion fikrlashni o‘rganishni xohlaysizmi? Jadidlar Klubi bunga eng yaxshi imkoniyatni taqdim etadi!

📌 Bu klubda siz:
— O‘zbekiston jadidlarining boy merosini chuqurroq o‘rganasiz;
— Fikrdosh yoshlar bilan muloqot qilasiz;
— Innovatsion va ilg‘or g‘oyalardan ilhomlanasiz.

🚀 Qo‘shilish uchun imkoniyatni boy bermang!
👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/eZerLLAbeogW1Jg1A
Deadline: 07.12.2024

📽️ Videoni tomosha qiling va biz bilan boshlang!

Telegram

Ingliz filologiyasi fakulteti

05 Dec, 14:13


4️⃣4️⃣4️⃣🟦🟦🟦

📣 Hurmatli talabalar!

⭐️ Qoʻshiq aytishga iste’dodingiz bormi?
⭐️ Uni namoyon etib diqqat markazida boʻlishni xohlaysizmi ?

🤩 Unda universitetimiz sahnalari aynan siz uchun!

🇺🇿 🇺🇿 Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti 🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti Yoshlar Ittifoqi kengashi tomonidan “TALANT SHOU” tanlovi oʻtkazilmoqda.

Tanlov 6-dekabr soat 13:30 da boʻlib oʻtadi.

📣 Tanlovda qatnashish niyatidagi talabalar bitta ijod namunangizni tayyorlab kelishingizni soʻraymiz.

ℹ️ Murojaat va savollar uchun:
📱 @dilnavozsadriddinova

Universitetimiz iqtidorli yoshlarini tanlovimizda kutib qolamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📩Telegram | 🌐 Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

05 Dec, 04:15




🔥 Hottest news from Speaking Club Community!

In our club we will offer:

•Interesting discussions 🙂

•Interactive games 🎯

•Teambuilding 🤝

It will be useful for those who want to speak more English well or those who are studying for IELTS!

Do you have an interest ?

❗️We remind you: everyone can participate and it's absolutely for free.

🗓 Date: 6.12.2024
📍Address: English Philology faculty , room:105
Time: 11:30

✈️ Are you ready for the unforgettable flight?!!

Take your place in here
Spots are limited‼️
Follow the link to register

Telegram

Ingliz filologiyasi fakulteti

03 Dec, 15:27


⭐️Jadidlar klubiga aʼzosi bo‘lish imkoniyati!

Jadidlar hayotini o‘rganishga, ularning hayotidan ilhomlanib, yangi marralarga intilishga tayyormisiz? Sizni Jadidlar klubiga qo‘shilishga taklif qilamiz!

Klubga qanday qo‘shilishingiz mumkin?

👉 Ariza topshirish uchun havolani bosing: Link
Oxirgi muddat: 07.12.2024

Klubda qatnashishning afzalliklari:

📝 Ijodiy topshiriqlar: O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish imkoniyati.

💻 Loyihalarda ishtirok: Katta va kichik tashabbuslarda qatnashib, yangi tajriba orttiring.

🗺 Ekskursiyalar: Tarixiy joylarga sayohat qiling, jadidlar merosini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring!

🤝 Tadbirlarda qatnashish: Seminarlar, ijodiy uchrashuvlar va qiziqarli muhokamalarning bir qismi bo‘ling.

📚 Bilim va ilhom: Jadidlarning ilg‘or g‘oyalari va bugungi zamon talablarini uyg‘unlashtirish.


🚀 Jadidlar klubi sizni kutmoqda!
O‘zingizni sinab ko‘ring, yangi do‘stlar orttiring va jadidlar izidan kelajakka bir qadam qo‘ying!

👉 Ariza topshirish uchun shu yerga bosing
🕖 Imkonni boy bermang!

Telegram kanalimizga qoʻshiling!

Ingliz filologiyasi fakulteti

03 Dec, 14:44


#tyutorlar_faoliyati

📌 Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari va talabalari tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 2-muruvvat uyiga tashrif buyurildi. Imkoniyati cheklangan bolalarga kerakli sovgʻalar ulashildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

03 Dec, 14:13


#zakovat

2-dekabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari va faol talabalari tomonidan 1-bosqich talablarining ijtimoiy faolligini oshirish uchun "ZAKOVAT" intellektual oʻyini tashkil etildi.

Oʻyin natijalari quyidagicha:
🥇1-oʻrin — "Iceberg" jamoasi;
🥈2-oʻrin — "Alfa" jamoasi;
🥉3-oʻrin — "Mind masters" jamoasi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

19 Nov, 13:34


#davra_suhbati

19-noyabr kuni Ingliz filologiyasi fakultetida tyutor N.Mannonova tashabbusi bilan talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati "Jaholatga qarshi kurash ma’naviyati” mavzusi ostida oʻtkazildi. Unga Uchtepa tumani IIO FMB 3-IIB HPB XQMB katta inspektori katta leytenant G.X.Xudjayeva, mayor Sh.R.Abdukarimovalar mutaxassis sifatida taklif etildi. Suhbat davomida mavzu bo‘yicha tushunchalar berib o‘tilib, jaholat va ma’rifat o‘rtasidagi farq, ma’naviy tarbiyaning ahamiyati muhokama qilindi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

19 Nov, 11:45


🟩🟩🟩🟩

Ibragimov Baxromjon Ismoilovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Ибрагимов Бахромжан Исмаилович назначен заместителем декана факультета английской филологии Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Ibragimov Bakhromjon Ismailovich was appointed to the position of deputy dean of the Faculty of English Philology of the Uzbek State World Languages University.
—————————
More...
—————————

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Ingliz filologiyasi fakulteti

19 Nov, 08:12


🇺🇿🇬🇧
Do you want to study abroad fully-funded by the government?

If yes, don't miss the chance to hear from Romazonova Nozimakhon, student of English Philology and a scholar of "El-yurt umidi" foundation who will be studying her Bachelor's degree in the UK at the University of Birmingham (Top100)!

Event detalis:
📆 Date: Thursday | November 21
Time: 11:00
📍Location: English Philology Faculty
📍Lecture room 5th

If you want to know about "El-yurt umidi" foundation and the application process of foreign universities, take the first step towards your dreams by joining our event!

She will share her experience on:

1⃣ Applying to Top universities

2⃣ "El-yurt umidi" foundation

Don't miss out this chance and get all the information about studying abroad!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

19 Nov, 02:16


#tyutorlar_faoliyati

Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori Abdullayeva Matluba Abdullayevna tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida "5000 qadam" loyihasi tashkil etildi.

Talabalar sog'lomlashtirish maqsadida erta tongdan turli mashqlar bajarishdi, yugurishdi va 5000 qadam bosib o'tishdi. Bu, albatta, barcha talabalarga pozitiv kayfiyat ulashdi hamda kun bo'yi tetik yurishlarini ta'minladi. Sog'lig'iga e'tiborli bo'lgan har bir kishi uchun bunday loyihalar, shubhasiz, foydali bo'ladi degan umiddamiz!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

18 Nov, 17:25


#tadbir #bayroq

🇺🇿 O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 2402-guruh talabalarining 18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligiga 33 yil boʻlganligi munosabati bilan tayyorlagan videoroligi

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

14 Nov, 04:29


#talabalar uchun

🎉 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili Funksional leksikasi kafedrasi o’qituvchilari tomonidan universitetimiz talaba-yoshlari uchun taklif etilgan     "Talabalik hayotimʼʼ mavzusidagi tanlovi uchun erkin ijodiy yondashgan holda yozma hikoyalar (ingliz va o'zbek tilida) tayyorlab pastdagi havolaga yuboring.

☄️ Bu tanlovda sizni diplom va esdalik sovgʻalar kutmoqda!

🗓 Boshlanish vaqti:
🕰 14-noyabr,  soat 8:00 dan 17-noyabr, soat 00:00  gacha

✉️ Murojaat uchun: @Dilorom_119

🎉 Barcha talaba-yoshlarni esdalik sovgʻalarni  qo’lga kiriting!

#talabalar_kuni #students_day

Ingliz filologiyasi fakulteti

13 Nov, 17:49


#tadbir

👦Joriy yilning 13-noyabr kuni Adiblar xiyobonida Toshkent shahridagi Oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda “Milliy qadriyatlar sayli” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🇺🇿🇬🇧 Ushbu jarayonda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari hamda talabalari ham faol ishtirok etdishdi.

🖥️ Festivalda talaba-yoshlar tomonidan arqon tortish, shaxmat va shashka musobaqalari, shuningdek, milliylikni o'zida aks ettirgan folklor qo‘shiqlar, milliy liboslar, hunarmandchilik buyumlari namoyish qilindi.

➡️Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

13 Nov, 10:21


#kechki_ta’limda_tadbir

12-noyabr kuni Ingliz filologiyasi fakultetida KECHKI TA’LIM talabalari uchun "Sog‘ tanda, sog‘lom aql" shiori ostida sport musobaqalari davom ettirildi.

Talabalar haftaligi doirasida tadbirning ikkinchi kuni voleybol sport musobaqalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga Kechki ta’limdagi talabalar qatori kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi talabalar ham jalb etildi, ularga esa o‘z navbatida Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamrohlik qildilar.

Bellashuv murosasiz kechdi va musobaqa so‘ngida g‘oliblar aniqlanib, sovg‘a va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

28 Oct, 14:22


📊 QuizViktorinada faol ishtirok etgan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Ingliz filologiyasi fakulteti

28 Oct, 14:00


Biz boshladik.

Ingliz filologiyasi fakulteti

28 Oct, 13:59


Tayyormisiz?

Ingliz filologiyasi fakulteti

28 Oct, 13:32


#quiz

Qoraqalpoq xalqining shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining hayoti va ijodiga bog‘liq savollar jamlangan QuizViktorinada ishtirok eting!

⏰️ Boshlanish vaqti: 19:00da

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

22 Oct, 14:26


🇬🇧 🇺🇿 🟦🟦🟦

#ttj #inglizfilologiyasi #qizlarjonklubi #zakovat

🇺🇿 21 - oktyabr "O'zbek tiliga davlat tili " maqomi berilganligi munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakulteti Qizlarjon klubi hamda Universitet zakovat klubi sardori bilan birgalikda 5- Talabalar turar joyida talabalarni vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.

📱O'yin natijalariga ko'ra
🥇- o'rin "Pi kvadrat" jamoasi
🥈- o'rin "Fintastic" jamoasi
🥉- o'rin "Diamond" jamoalari qo'lga kiritdi.

🎁 G'olib jamoalar sertifikat hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

☑️ Ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz keyingi tanlovlarda omad tilaymiz.

🎀Biz siz bilan baxtli kelajak sari birga qadam tashlaymiz.

📱 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐@qizlarjon_klubi_uzswlu
🌐 |Instagram🌐|Facebook

Ingliz filologiyasi fakulteti

22 Oct, 10:47


#tadbir

Til – millatning boyligi va bebaho mulki!

Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan Ingliz filologiyasi fakultetida "Til – millatning boyligi va bebaho mulki" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni fakultet dekani Guli Ergasheva kirish so‘zi bilan ochdi va til hamda nutq masalasi qadimdan millat ma’naviyati va madaniyati takomilining bosh omillaridan biri bo‘lib kelganligini e’tirof etdi.

Bayram tadbirida iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan o‘zbek tilini madh etuvchi she’r va g‘azallar, sahna ko‘rinishlari, raqslar iliq taassurot qoldirdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

22 Oct, 07:19


4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

🎭 Teatrchilar — oʻz isteʼdodingizni koʻrsatish vaqti keldi

🏆 Talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga qiziqishlarini yanada oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va isteʼdodli talabalarni kashf qilish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Universitet Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida 🏆Talabalar teatr studiyalari: Rektor kubogi” koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda.

🤔 Ko‘rik-tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi.

🗓 Fakultetlar saralash bosqichi
28 -oktyabr soat 11:00 da
Manaviyat va
ma'rifat markazi binosida bo'lib o'tadi.

🇺🇿 Qatnashish istagidagi talabalar Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi koordinatoriga murojaat qiling.
🌐@Mukhamatov_19

🏆 Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
🥈-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
🥉-o‘rin - 3,000,000 so‘m.

🪄 Isteʼdodingizni koʻrsating!
🌟 Fakultetingiz sharafini munosib himoya qiling!
💸 Pul mukofotlariga ega boʻling!

Ro'yhatdan o'tish uchun so'ngi muddat 26 oktyabr soat 22:00 gacha.

#teatr #teatr_studiyalari #yoshlar_ittifoqi


Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
📱 Telegram|📱 Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

22 Oct, 07:19


🎭 “Quvnoqlar va Zukkolar: Rektor kubogi” ko'rik tanlovi o‘tkazilmoqda

🎭 Talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, isteʼdodli, quvnoq va zukko talabalarni kashf qilish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Universitet Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan🏆Quvnoqlar va Zukkolar: Rektor kubogi” ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda.

🤔 Ko‘rik-tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
🗓 Fakultet saralash bosqichi
24 oktyabr soat 11:00 da.
Manaviyat va ma'rifat markazi binosida.

🇺🇿 Qatnashish istagidagi talabalar Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi koordinatoriga murojaat qiling.
✈️@Mukhamatov_19


🏆 Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
🥈-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
🥉-o‘rin - 3,000,000 so‘m.

🪄 Isteʼdodingizni koʻrsating!
🌟 Fakultetingiz sharafini munosib himoya qiling!
💸 Pul mukofotlariga ega boʻling!

📌Ro'yhatdan o'tish muddati chorshanba soat 22:00 gacha.

#qvz #QuvnoqlarVaZukkolar #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
📱 Telegram|📱 Instagram

Ingliz filologiyasi fakulteti

22 Oct, 04:46


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

📚 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 📚Kitob mening doʻstim” Respublika tanlovi oʻtkazilmoqda.

📝 Tanlov 4 bosqichda oʻtkaziladi:

— fakultetlararo (guruh) bosqichi;
— oliy ta’lim muassasasi (universitet) bosqichi;
— hududiy saralash bosqichi;
— yakuniy respublika bosqichi.

📄 Tanlovning fakultetlararo (guruh), oliy ta’lim muassasasi (universitet) va hududiy bosqichlari quyidagi 3 ta shart boʻyicha oʻtkaziladi:

“Bilimdon kitobxon” sharti (test shaklida);
“Annotatsiya mahorati” sharti;
“Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʻib etish” sharti.

🎁 Tanlovning universitet va hududiy bosqichi gʻoliblari faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

🏆 Tanlovning yakuniy respublika bosqichi gʻoliblari esa quyidagicha taqdirlanadi:

🥇-oʻrin - 8,000,000 (sakkiz million) so'm;

🥈-oʻrin - 6,000,000 (olti million) so'm;

🥉-oʻrin - 5,000,000 (besh million) so'm;

🏅-oʻrin - 3,000,000 (uch million) so'm;

🏅-oʻrin - 2,000,000 (ikki million) soʻm.

📊 Tanlovda ishtirok etish uchun siz fakultet bosqichida yuqori natija qayd etgan boʻlishingiz lozim.

🇺🇿 Universitet bosqichi 🗓25-oktyabr, juma kuni, 📍universitet bosh binosida (rektorat) boʻlib oʻtadi.

📑 Tanlov haqida batafsil ma’lumot olish uchun fakultetingizdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muoviniga murojaat qiling.

📚 Isteʼdodingizni koʻrsating!
💰 Gʻolib va sovrindorlar safida boʻling!

#kitob_mening_doʻstim #bilimdon_kitobxon #manaviyat_edu_uz #uzdjtu_yoshlari

🇺🇿 Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi
📱@uzswlu_mmb