O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti @uzswlu_mmb Channel on Telegram

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

@uzswlu_mmb


O'zDJTU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi kanali

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti (Uzbek)

O'zDJTU Yoshlari Telegram kanali, O'zbekiston Davlat Jahon Til Universitetining yosh talabalari uchun ma'naviy hayot va ma'rifatni oshiruvchi bir obro'ga aylanadi. Kanalda, talabalar o'z o'qishlariga oid maqolalar, darslar va foydali ko'rsatmalar bilan tanishishlari mumkin. Ular o'z ko'nikmalari va tajribalarini boshqalar bilan ulashish orqali o'zlarini rivojlantirishlari uchun imkoniyat topishlari mumkin. Kanal mavzulari o'z ichiga o'qish, yozish, tarjima qilish, xalqaro munosabatlar va boshqa bir qancha ma'naviy mamlakatlarni o'rganishga asoslangan. Bu esa, talabalar uchun dunyoqarash va ijtimoiy ma'rifatni oshirish, ularning o'zlarini rivojlantirishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Uzswlu_mmb kanali, yoshlar uchun ma'naviy turmushga oid yangiliklar bilan jamlangan. Bu kanal orqali, talabalar bir-biriga foydali ma'lumotlar almashish, zamonaviy texnologiyalar va so'nggi yangiliklar haqida bilim olishlari mumkin. Shuningdek, ularga o'zlarini rivojlantirish, yaratuvchi va fikr-mantiqiy qobiliyatlarini oshirish uchun qo'llanmalar va maslahatlar ham taqdim etiladi. O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti kanali, yoshlar uchun o'zlarini rivojlantirish, ma'naviy va ma'rifat bo'limlarida ilmiy tarbiya olishlari uchun eng muhim ma'lumotlarni taqdim etadi. Bu orqali, talabalar o'z o'qishlarida muvaffaqiyatga erishish va zamonaviy dunyoga yanada tayyorlanishlari mumkin bo'ladi.

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

23 Jan, 16:24


🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

    🇺🇿 🇺🇿Joriy yilning 23 - yanvar kuni  Tarjimonlik fakulteti tyutori S.Tuxtasinova o'ziga biriktirilgan talabalari bilan madaniy hordiq olish maqsadida O'zbek milliy akademik drama teatriga tashrif buyurdilar va "Skapenning nayranglari" teatirini tomosha qildilar.
 ⭐️  Ushbu tomosha talabalar uchun san'atning mo'jizaviy olamini kashf qilish, teatr asarlaridan zavq olish va o'qitilayotgan adabiyotni  sahnada jonli tarzda ko'rish imkoniyatini taqdim etdi.
   ✔️Bunday madaniy tadbirlarni tashkil etish, yoshlarning bilim va ma'naviy olamini boyitishga hizmat qiladi.
    📌Talabalar bu tashrifdan mamnun bo'ldilar.

✈️Telegram

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

23 Jan, 16:23


🗓 Joriy yilning 22-yanvar sanasida O’zDJTU 4-talabalar turar joyiga Tarjimonlik fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. Xabiyeva, tarbiyachi-pedagog Z.Karimova bilan talabalarning xona tutishlarini baholashdi.

📌 Shu bilan birga talabalar bilan suhbatlashib, ularning ehtiyoji va shart-sharoiti o'rganildi. O‘qiyotgan kitoblari haqida so‘raldi. Suhbat soʻnggida ularga odob-axloq, kiyinish madaniyati, gigiyena qoidalari haqida kerakli tavsiyalar berib oʻtildi.

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

23 Jan, 15:12


Bugun OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti tyutori M.O'tbosarova oʻziga biriktirilgan talabalar bilan Sergey Yesenin muzeyiga borishdi.

Muzeyda shoir hayoti va ijodiga bogʻliq maʼlumotlarni oʻz koʻzlari bilan koʻrib, oʻzaro muhokama qilishdi.

@second_faculty_official

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

01 Jan, 09:46


🖥 🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil dekabr oyidagi faoliyati infografikasi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

31 Dec, 13:37


🚩 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun tashkil etilgan Yangi yil bayramidan fotreportaj

🎄Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

31 Dec, 13:37


🚩 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun tashkil etilgan Yangi yil bayramidan videorolik

🎄Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

31 Dec, 13:37


🟦🟦🟦

Aziz professor-o‘qituvchilar, talabalar, universitetimiz jamoasi!


Yana bir necha soatlardan so‘ng jonajon diyorimizga yangi – 2025 yil kirib keladi. Tarix sahifalaridan joy olayotgan 2024-yilni kuzatib, bizni yangi marralar sari yo‘llovchi 2025-yilni qarshi olamiz.

Mana shu unutilmas, shukuhli damlarda sizlarni va siz orqali oila a’zolaringizni qutlug‘ qadamlar bilan yurtimizga kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman! “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” yili deb nom berilgan 2024-yilda yurtimiz hayotida yaxshi kunlar, ulkan yutuqlar va marralar ko‘p bo‘ldi.

Shu bilan birga, 2024-yil Siz azizlarning fidokorona mehnatlaringiz evaziga universitetimiz hayotida ham muhim voqealar, ulkan natija va bunyodkorliklarga boy yil bo‘lganini alohida ta’kidlash joiz.

Yil davomida universitetimizda jami 54 ta himoya (48 ta(DSc) va 6 ta (PhD)) o‘tkazildi. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2 ta innovatsion va 11 ta xalqaro loyiha amalga oshirildi.

Sizning mehnatingiz samarasi o‘laroq, AOKA tasarrufidagi jurnallarda 1 002 ta, xorijiy jurnallarda 1 600 ta, universitetda tashkil etilgan xalqaro va respublika konferensiyalarida 1 386 ta maqolalaringizni nashr etilishiga erishdik. Scopus/Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallarda jamoamiz a’zolarining 33 ta maqolasi e’lon qilindi. Xalqaro va respublika miqyosida 52 ta monografiya nashr etilib, 114 dona o‘quv adabiyotlar yaratishga erishdik.

2024-yilda universitetdagi o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadida Registrator ofisi tashkil etib, EDU smart studiyasini barpo qildik. Bu esa professor-o‘qituvchilar tomonidan video darslar yozib olish imkonini beradi.

O‘zDJTU Times Higher Education (THE) reytingining"Young Universities" va "Asia Universities" yo‘nalishlarida "Reporter" maqomida ishtirok etmoqda. Bu maqom universitetning xalqaro maydondagi faoliyatini kuzatish va baholashga imkon yaratadi. Shuningdek, Green Metricsda 498-o‘rinni, The Impact Rankings 2024 reytingida 1501+ o‘rinni egalladik.

Professor-o‘qituvchilar va talabalar bilimini baholash hamda sertifikatlashtirish ishlarini tashkillashtirish maqsadida Sankt Peterburg davlat universiteti bilan Rus tili bo‘yicha TRKI test markazi, iordaniyalik hamkorlar bilan ATTANAL AL-ARABI (arab tili) test markazi,  Koreya ta’lim markazi bilan TOPIC (koreys tili) test markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga erishdik.

Yakuniga yetayotgan yil davomida universitetning infratuzilmasi  ham kengayib bordi. Bu yil universitetning tarixini o‘zida jamlagan muzey o‘z faoliyatini boshladi. Shuningdek, eng zamonaviy uskunalarga ega bo‘lgan “Edu smart” studiyasi, “Universitymall” markazi, Kulolman spin-off markazi, universitet bosmaxonasi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Xorijiy tillarni o‘rganish ko‘lamini kengaytirish maqsadida ikkinchi chet tili sifati 3 ta xorijiy til: find, polyak va urdu tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘ydik.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan: xorijiy mamlakatlarning 153 ta yetakchi universitetlari bilan hamkorlik memorandumlari va shartnomalar imzoladik. O‘qituvchilar malakasini oshirish va stajirovka o‘tashlarini tashkil qilish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi sohalarda samarali aloqalar o‘rnatdik.  

Yil davomida xorijga yuborilgan professor–o‘qituvchilar soni 97 nafardan 271 nafarga yetkazdik. Universitetga jalb etilgan xorijiy professor-o‘qituvchilar (Native speaker) soni 23 nafardan (2,3%) 53 nafarga (4,6 %)ga oshirdik.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

31 Dec, 13:37


🟦🟦🟦

Qadrli talabalar!


Yakunlanayotgan yilda Sizlar tomoningizdan  erishilgan yutuqlar ham tahsinga sazovor.

Hozirda universitetda umumiy 24 031 nafar talaba tahsil olmoqda, shundan, kunduzgi ta’lim bakalavriat bosqichida 18 488 nafar, kechki ta’lim bakalavriat bosqichida 4 872 nafar, sirtqi ta’limda 671 nafar talabani tashkil etadi.

Universitetning 6 ta talabalar turar joyida 3 161 nafar,yaqin qarindoshining uyida 1 412 nafar hamda ijara xonadonlarida 8 185 nafar talabalar istiqomat qilishadi.

2024 yilida 2 nafar talabamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (1 nafar magistr, 1 nafar bakalavr) stipendiyasi, 9 nafari Prezidenti granti, 11 nafari esa Navoiy hamda 1 nafar Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, 10 nafar Aleksandr Faynberg stipendiyasi sohiblari hamda 24 nafari “Rektor stipendiyasi” g‘oliblari bo‘ldi. Yana 1 nafar talabamiz  til yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga loyiq topildi.

Shuningdek, turli xalqaro tanlovlar, jumladan, Xorijiy tillar fan olimpiadasida jami 8 nafar, Xitoy elchixonasi tomonidan tashkil etilgan "Xitoy tili ko‘prigi" xalqaro talabalar musobaqasining Respublika bosqichida 1 nafar Gran-pri(oliy o‘rin), 1 nafar 2-o‘rin,1 nafar 3-o‘rin sohiblari, Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan "Défi Inter-Alliancyes 2024" xalqaro tanlovining Osiyo bosqichida 1 nafar talabamiz 1-o‘rinni egalladi.

Davlatmammed Azadiy nomidagi Turkman milliy jahon tillari universitetida tashkil etilgan rus tili bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiadada 3 nafar talabamiz 1, 2, 3 darajali diplomlarni qo‘lga kiritishdi.

Xorijiy talabalar 2023/2024-o‘quv yilida 61 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2024/2025-o‘quv yilida qo‘shimcha 102 nafar talaba qabul qilindi va ularning soni 163 nafarga yetdi.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘tayotgan yil universitetimiz tarixida yorqin iz qoldirdi. Shu bois 2024-yilimizni shukronalik va rozilik bilan kuzatmoqdamiz.

Ishonamanki, 2025-yilda Sizlarning ham muvaffaqiyat va yutuqlaringiz bundan-da yuqori bo‘ladi.

Qadrli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar va ishchi-xodimlar!

Barchangizni yana bir bor Yangi yil bayrami bilan qutlayman! Kirib kelayotgan 2025-yil yurtimizga fayz-u baraka, oilangizga farovonlik olib kelsin!

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov

 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

08 Dec, 02:50


#targ'ibot #zo'ravonlikga_qarshi_kurash

Ingliz filologiyasi fakultetida Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova tomonidan tashkil etilib, mavzuga doir hujjatli filmlar, talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, universitet xotin-qizlar psixologi Sh.Boʻstonova tomonidan psixologik mashg‘ulotlar va ruhiyatni ko‘taradigan psixologik trening o‘yinlari amalga oshirildi.

Ushbu targ‘ibot tadbirlari orqali jamiyatimizda ayollar, qizlar va bolalarning huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikka qarshi keskin choralar ko‘rish va tinch hayot barpo etishga bo‘lgan qat’iy intilish yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

07 Dec, 16:31


Joriy yilning 7-dekabr sanasida ingliz tili ikkinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi F.Ashurova va tyutorlar M.Yuldosheva va M.Safarovalar o'zlariga biriktirilgan talabalar bilan birgalikda Shirin mahalla fuqarolar yig'iniga qarashli 11-uy xonadonida yashovchi Xasanova Sevara va 18-uy 44-xonadonda yashovchi
Rashidov Akmaljonlar holidan xabar olindi.

@second_faculty_official

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

07 Dec, 16:31


Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori M. Safarova tomonidan ijarada yashovchi talabalar holidan habar olish ishlari davom etmoqda.

❇️ Oʻrganish davomida talabalar bilan ijara xonadonlarining shart-sharoitlari, birga yashaydigan xonadoshlari koʻzdan kechirildi. Shuningdek, talabalarga elektr, gaz va dazmoldan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ozodalik, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerakligi haqida maslahat va tavsiyalar berildi

@second_faculty_official

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

07 Dec, 16:31


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Ingliz tili ikkinchi fakulteti yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini Z. Xasanov hamda tyutor M. Safarova 1-bosqich talabalari bilan birgalikda "KONSTITUTSIYA OLIY QOMUSIM" nomli tadbir tashkil etdi

@second_faculty_official

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

07 Dec, 14:25


Joriy yilning 7 dekabr sanasida Ingliz tili 3-fakulteti dekani I.Bazarov, yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha dekan muovini N.Kadirova hamda tyutorlar L.Raxmatullayeva va D.Tuxtamurodova o'ziga biriktirlgan guruh talabalari bilan birgalikda "Konstitutsiya— qomusimiz'' shiori ostida tadbir tashkel etishdi.

📚Tadbirda yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi qonunlar va ularning xalqqa qanday imkoniyatlar yaratishi haqida atroflicha fikr almashildi.

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

04 Dec, 14:02


📚 2-dekabr Rus filologiyasi fakulteti talabalari Alisher Navoiy nomidagi kutubxonaga tashrif buyurishdi!

🗓 Tadbir doirasida, fakultet ARM xodimlari va tyutorlar bilan birgalikda Shuxrat G'oyibnazarovning kitob taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv talabalarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kitoblarning ta’limdagi ahamiyatini tushunishga yordam berish maqsadida tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida kutubxona bo‘ylab qiziqarli ekskursiya o‘tkazilib, talabalar noyob nashrlar va keng adabiy to‘plamlar bilan tanishdilar.

______

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti 🇺🇿

Факультет русской филологии 🇷🇺

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

04 Dec, 14:01


📅 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Rus filologiyasi fakulteti faol talabalari va tyutorlar Toshkent shahrining Yaksaroy tumanidagi 25-chi Maxsus maktab-internatiga tashrif buyurdilar. Tadbir fakultet dekani, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar, fakultet yoshlar yetakchisi va fakultetning faol talabalari tomonidan tashkil etildi.

🟢 Tadbir davomida talaba-yoshlar o'quvchilarni tabriklab, ular uchun qiziqarli dastur tayyorlab taqdim etishdi, bunda qo'shiqlar, raqslar va tabriklar o'rin oldi. Ushbu kun barcha ishtirokchilar uchun yorqin lahzalarga aylandi, chunki bolalar nafaqat yaxshi kayfiyatga ega bo'ldilar, balki ularga sovg'alar ham taqdim etildi.

______

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti 🇺🇿

Факультет русской филологии 🇷🇺

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

04 Dec, 13:22


🗓 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Ingliz tili ikkinchi fakulteti yoshlar masalalari va ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Z.Hasanov boshchiligida tyutor M.Yuldosheva o'ziga biriktirilgan 1-kurs talabalari ishtirokida ma'naviy-marifiy tadbir tashkil qildi.

⚡️ Tadbirda mustaqilligimizning ramzi, huquqlarimiz himoyachisi konstitutsiyamiz haqida atroflicha maʼlumot almashildi.

@second_faculty_official

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

01 Dec, 03:10


#Диққат

Бугун 1-декабрь, Қиш фасли муборак!
🌧❄️☃️

Бугундан қиш келди, барчамизга хайрли ва барокатли бўлсин
🤲

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

01 Dec, 02:55


📌 Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori L.Raxmatullayeva o'ziga biriktirilgan guruh bilan birgalikda butunjahon OIV va OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

01 Dec, 02:50


Butunjahon OIV va OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan Ingliz tili 3-fakultet dekani I.Bazarov va ma'naviyat va marifat ishlari bo'yicha dekan muovini Sh.Zokirov hamda tyutorlar L.Raxmatullayeva va D.Tuxtamurodova o'ziga biriktirlgan guruh talabalari bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar OIV va OITS haqidagi asosiy ma'lumotlar berildi.

@thirdEnglishfaculty

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

30 Nov, 14:53


🟦🟦🟦 🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoni tasdiqlangan.
💚Ushbu farmon yuzasidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiada tashkil etiladi.

🏆Ushbu olimpiadada qatnashish istagini bildirgan talabalar fakultetlardagi Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovinlariga bog’lanishingiz so’raladi.

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

30 Nov, 14:27


#bizkorrupsiyagaqarshimiz_tanlov

🔎OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 2356-guruh talabasi Boynazarov Muxammadrasulning "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida ishlagan videoroligi

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

30 Nov, 14:27


📌O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 2435-guruh talabasi Pardaboyeva Dildoraning “Biz korrupsiyaga qarshimiz“ mavzusida tayyorlagan videoroligi

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

30 Nov, 13:51


🔰30-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti tyutorlari O.Artikova Sh.Abramatova birgalikda fakultet talabalari uchun voleybol toʻgaragi tashkil qilishdi.

Ushbu toʻgʻarak talabalar vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etildi.

@second_faculty_official

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

30 Nov, 12:55


Ingliz tili 3-fakulteti Xotin qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi X.Nishonova hamda fakultet tyutori S.Muxitdinova birgalik "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.

@thirdEnglishfaculty

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

30 Nov, 12:07


🟦🟦🟦

27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tabiiy fanlar  kafedrasi, Universitet mehnat muhofazasi bo‘limi, Uchtepa tuman FVB bilan hamkorlikda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha yong‘in xavfsizlik oyiligi doirasida Ingliz tili 2-fakultetida talabalar bilan profilaktik uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

Bunda talabalar Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va yong‘in xavfsizligi xodimlaridan yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanishga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar. Shuningdek, yong‘inga qarshi choralar ko‘rish hamda uning xavfsizlik normalari tasvirlangan videorolik namoyish etildi. Bundan tashqari yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan talabalarga xavfsizlik choralarini qanday ko‘rish mumkinligi amaliy ko‘rinishda ham ko‘rsatildi.

Ushbu uchrashuv talabalar xavfsizligi manfaati uchun foydali davra suhbati bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

21 Nov, 16:21


19-asr marshruti. Bu otli omnibuslar Yevropa shaharlari ko‘chalari bo‘ylab harakat qilishgan.

Londonda ular 1914 yilgacha, Berlinda esa 1923 yilgacha ishlatilgan.

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

21 Nov, 14:16


#tyutorlar_faoliyati

🗓Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari K.Mamadaliyeva, M.Abdurahmonova va biriktirilgan talabalar bilan Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyiga  tashrif buyurdi.

🤵‍♂️ Tashrif davomida talabalar zamonaviy qiyofadagi muzey bilan yaqindan tanishdi hamda oʻzbek sportining shonli tarixi, shuningdek sportchilarimizning bugungi kundagi muvaffaqiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar olishdi.

https://t.me/rgffaculty

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

21 Nov, 14:01


🎉 "Uchinchi Renessans – Yoshlar Nigohida" Davra Suhbati! 🌟

📆 21-noyabr Rus filologiyasi fakultetida tyutorlar bilan qiziqarli va mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi! 🗣 Talabalar O‘zbekistonning yangilanayotgan qiyofasi, keng ko‘lamli islohotlar va yoshlarning bu jarayonlardagi muhim roli haqida fikr almashdilar. 🇺🇿

👉 Suhbat iliq va do‘stona muhitda o‘tib, barchaga katta ilhom va yangi g‘oyalar ulashdi! 💡

Yangi Renessans sari birga intilamiz! 🚀

______

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti 🇺🇿

Факультет русской филологии 🇷🇺

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

21 Nov, 14:01


🎗 Sog‘lom turmush sari! 🌟

📆 20-noyabr Rus filologiyasi fakultetida "OITS va OIVga qarshi kurash: biz sog'lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 💬
Mehmonlarimiz – Toshkent viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy bo‘limi mudiri Ochilov Baxodir Ro‘ziyevich va vrach Latipov Xayitboy Mutalovich – sog‘lom turmush tarzi, OIV va OITSning oldini olish yo‘llari haqida qimmatli ma'lumotlar ulashdilar.

📚 Talabalar o‘z savollari bilan faol ishtirok etib, kerakli javoblarni olishdi.

Sog‘lom hayotga qadam tashlash va xavflarni oldini olish har birimizning qo‘limizda!

______

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti 🇺🇿

Факультет русской филологии 🇷🇺

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

13 Nov, 02:42


🏢 9 - noyabr,  Ingliz tili 2-fakulteti tyutori X. Madaminova o'ziga birikririlgan talabalar holidan xabar olish maqsadida 2, 3 va 5 talabalar turar joyida bo'ldi, talabalarga yong'in xavfsizligi to'g'risida ma'lumot berdi.

#tyutorlar_faoliyati
@second_faculty_official

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

12 Nov, 14:01


📚 Rus filologiyasi talabalari Yoshlar ijodiyot uyida!

📅 12 noyabr Rus filologiyasi fakulteti talabalari bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan tanishish maqsadida Yoshlar ijodiyot uyiga tashrif buyurishdi.

📖 Ushbu ijod markazida talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar ularning e'tiborini tortdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan turli badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, bu yerda taqdim etilgan kitoblar orasida o'zlariga foydali ma'lumotlar topish imkoniga ega bo'ldilar.

______

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti 🇺🇿

Факультет русской филологии 🇷🇺

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

12 Nov, 13:31


Yoshlarda eko faollikni rivojlantirish maqsadida Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori N.Xadjayeva o‘ziga biriktirilgan 2302 guruh talabalari bilan birgalikda 12.11.2024 sanasida "Tabiatni asrash bizning burchimiz" nomli tadbir tashkil etildi.

@thirdEnglishfaculty

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

12 Nov, 13:30


Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutorlari L.Raxmatullayeva va M.Allamova o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda "Tabiatni asrash o'z qo'limizda" mavzusida targʻibot ishlari olib borildi.

@thirdEnglishfaculty

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

11 Nov, 02:40


🍂Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida navbatdagi qiziqarli sayohatimizdan lavha.

🍁Ingliz tili 2-fakulteti Tyutori M. Safarova boshchiligida 1-bosqich talabalari bilan birgalikda "Shahidlar xotirasi" hamda "Qatag'on qurbonlari" muzeyiga sayohat uyishtirdi.

#madaniy_hordiq
@second_faculty_official

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

11 Nov, 02:30


Ingliz tili 3- fakulteti tyutorlari S.Muxitdinova va G.Safarovalar oʻziga biriktirilgan talabalar bilan "Biz Korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida profilaktik tadbir tashkil qildi.

@thirdEnglishfaculty

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

10 Nov, 19:00


Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 27 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Raxshona Ahmedova. Orzu va dengiz

Izoh
: Tastubeklik Amangeldi otani bilmaydigan odam yo‘q. Yoshi yetmishdan oshgan bu qariyani butun ovul taniydi. O‘zi qotmadan kelgan, chuvakkina chol, lekin tinim bilmaydi. Cho‘qqaygan soqoli, yakkam dukkam mo‘ylovi bor, butun yuzini tirish qoplagan bu chol sahiyligi bilan ham nom qozongan. Orolga kelgan borki, uning mehmoni. Shungamikan, otani butun Orol bo‘yi, hatto Toshkan taniydi...

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/raxshona-ahmedova-orzu-va-dengiz

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/FprIrociI-8

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

10 Nov, 16:02


#talabalarimiz_ijodidan

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

10 Nov, 15:42


#yaxshi_kayfiyat

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

10 Nov, 13:20


♻️Joriy yilning 9-noyabr sanasida Ingliz tili 2-fakulteti tyutori Isokova Anora o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan "Xotira maydoni" ga sayohat uyishtirishdi.

🔰Bundan koʻzlangan maqsad talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, Vatanparvarlik hissini oshirish hamda kayfiyatni ko'tarinki ruhda o'tkazish boʻldi.

#fakultet_yangiliklari
@second_faculty_official

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

10 Nov, 10:01


O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti pinned «Qadrli guruh a'zolari, dam olish kuningizni qanday o'tkazyapsiz ???

Quyidagilarga qo'shimchangiz bo'lsa kommentlarda qoldirishingiz mumkin !!!
»

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

10 Nov, 02:31


9-noyabr kuni O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti fakulteti tyutori Abdullayeva Gulmira o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan "Mustaqillik" va "Xotira maydoni" da "Musaffo osmon ostida tinchlikni qadriga yetaylik" shiori ostida tadbir tashkil qildi.

✳️ Tadbir davomida talabalar Vatan haqida she'rlar, monologlar hamda qo'shiqlar ijro etishdi, shuningdek, tinch-osuda yashashimizga sababchi bo'lgan "Ikkinchi jahon urush yillaridagi" jasorat ko'rsatgan qahramonlarimizni xotirlashdi.

✅️ Bu kabi tadbirlarni o'tkazishdan maqsad talabalarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ularda Vatanparvarlik hissini oshirishdan iborat.

#tyutorlar_faoliyati
@first_faculty_official

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

09 Nov, 17:01


🏰 Diqqat savol?

1. Bu davlatning yoshi Oʻzbekiston bilan teng.
2. Aholisi 4 mlnda koʻproq.
3. Mamlakatning 1/3 qismi oʻrmon bilan qoplangan.
4. Oq teri ustida qora dogʻlari borligi bilan mashhur boʻlgan dolmatin kuchuklari aynan shu davlatdan chiqqan.
5. Shuningdek bu davlatni galstuklar vatani ham deb atashadi.

Xaritada koʻrsatilgan bu davlat qaysi?

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

09 Nov, 14:54


Ingliz tili 3- fakulteti yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini Sh.Zokirov hamda tyutorlari L.Raxmatullayeva, D.Tuxtamurodova va N.Xadjayeva oʻziga biriktirilgan talabalar bilan " Biz Korrupsiyaga qarshimiz " mavzusida profilaktik tadbir tashkil qildi.

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

30 Oct, 18:03


#tyutorlar_faoliyati
#first_faculty_official

🗓Bugun 🇺🇿Ingliz tili 1-fakulteti tyutori N.Islomova ichki turizmni rivojlantirish va talabalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda "So'qoq eko markazi"ga sayohat uyushtirdi.

Bu sayohat nafaqat bilimlarini kengaytirishga, balki tabiat bilan yaqinroq tanishishga xizmat qildi.

🇺🇿Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi

🛫@uzswlu_mmb

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

30 Oct, 17:45


#talabalar_teatr_studiyalari


🆕🗓Bugun 🇺🇿Ingliz tili 1-fakulteti tyutorlari hamda Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida “Talabalar teatr studiyalari: Rektor kubogi” koʻrik-tanlovining fakultet bosqichi oʻtkazildi.

Tanlov natijalariga koʻra:

🥇1-oʻrin: ‘‘Feniks’’ jamoasi
🥈2-oʻrin: ‘‘Inju’’ jamoasi
🥉3-oʻrin: ‘‘Doʼstlar’’ jamoasi


🔔Eslatib oʻtamiz, tanlovning universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

1️⃣-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
2️⃣-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
3️⃣-o‘rin - 3,000,000 so‘m.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🇺🇿Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi

🛫@uzswlu_mmb

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

30 Oct, 17:31


#movie_night #ittifoq #fakultet_yangiliklari
Me’ros –UNUTILMAS FILM ga taklif qilamiz
📣📣

🎉Sevimli o'zbek filmini ko'rish imkoniyatini o’tkazib yubormang! 💥

💫Talablarga binoan O'zDJTU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti "Movie night 🎥" tashkillashtirilmoqda.
📣📣📣

🎬"Meros"

📅 Sana:31-oktyabr
Vaqt:18:00
📍 Manzil: O'zDJTU asosiy bino faollar zali

🌎 Do'stlar davrasidagi, mazali gazaklar🍿 va unutilmas lahzalarga boy kino kechasini xohlasangiz bizga qo'shiling!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📩Telegram | 🌐 Instagram

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

30 Oct, 17:28


📌Bugun 30-oktabr kuni Tarjimonlik fakulteti tyutori S.Tuxtasinova o'zining bir necha talabalari bilan tarixiy meros obidalari bilan tanishish va ularni chuqurroq o'rganish maqsadida "Hazrati Imom" majmuasi, "Baroqxon" madrasasi, Imom al-Buhoriy Islom Institutiga sayohat tashkil qildilar.
📝 Talabalar bu tashrif jarayonida ko'plab o'zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarga ega bo'ldilar hamda o'zlarining mutaxasisliklari bo'lgan fransuz, ingliz va turk tillarida u yerga tashrif buyurgan turistlar bilan ham muloqot qilib, o'zaro fikr almashdilar. Talabalar bundan juda mamnun bo'ldilar va madaniy hordiq oldilar.

🇺🇿 Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

28 Oct, 14:52


🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti

🎨 "Ijod quvonchi" loyihasi doirasidagi madaniy-ma'rifiy sayohat 🎨

28-oktabr kuni rus filologiyasi fakulteti ustozlari Sa’diyeva I. va Yo‘ldosheva M. va talabalari “Ijod quvonchi” loyihasi doirasida O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasiga qiziqarli sayohat qilishdi. Mazkur tadbir o‘zbek xalqining boy badiiy merosini asrab-avaylash, tasviriy san’at asarlarini to‘plash, yutuqlarini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

🖼 Galereyada talabalar xalqimizning badiiy va tarixiy qadriyatlari bilan yaqindan tanishib, sanʼat asarlaridan ilhom olish imkoniga ega boʻldilar. Ular O‘zbekiston metro bekatlarida ham bo‘lib, u yerda milliy xususiyatlarni aks ettiruvchi betakror me’morchilik bilan tanishdi, zamonaviy inshootlarda milliy qadriyatlar naqadar mujassam ekanini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi.

💫 Bunday sayohatlar o‘quvchilarda milliy merosimizni chuqurroq anglash va qadrlash, milliy g‘urur tuyg‘usini san’at orqali his etishlariga yordam beradi.

🇺🇿 Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi.

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

28 Oct, 14:38


🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🇺🇿
#tavsiyaqilaman

📚 Kitobni sevuvchi talabalarimiz uchun yangi loyihamiz " Tavsiya qilaman "
1-son
📌 Bu loyihada talabalarga qiziqarli va manoli asarlardan o'qishingiz uchun tavsiyalar berilib boriladi

🔴Barchangizni ushbu loyihamizda kutib qolamiz

Rasmiy sahifalarimiz


Telegram | Youtube | Instagram

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

25 Oct, 19:06


#Mitti_hikoya

ASHRAF BOBO

Deraza ortida lip etib sharpa o‘tdi.
– Uf! Yana Ashraf bobo, – dedi Jamila, – nima qildik?

Er-xotin jigar qovurib, endi yemoqchi bo‘lib turishgan edi...

Mehmonali yuzini burishtirib:
– Buyam shu vaqtda keladi… Yashir! – dedi, – ko‘zim uchib turuvdi, qorong‘idayam tinmaydi bu chol...

Jamila qovurdoqni yashirdi.

Eshik ochildi, ro‘molga tovoq tugib olgan chol hovliga kirdi

– Yaxshi o‘tiribsizlarmi, bolalarim? Kampir osh qiluvdi. Sizlargayam ilindik, issig‘ida yeb olinglar, – dedi Ashraf bobo.

🇺🇿Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi

📱@uzswlu_mmb

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

25 Oct, 18:28


🗓🖥🇺🇿Bugun Ingliz tili 1-fakulteti Ilmiy ishlar bo'yicha dekan muovini Vazira Ochilova hamda tyutorlar D.Burxonova va G.Abdullayevalar hamkorligida 1-bosqich talabalariga Ilmiy maqolalar yozish tartibi va oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun joriy etilgan "Nomdor stependiyalar" to'g'risida seminar tashkil etildi.

🇺🇿Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi

📱@uzswlu_mmb

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

25 Oct, 18:16


#Rus_filologiyasi_fakulteti
#Madaniy_meros_haftaligi

🗓🇷🇺Kuni kecha Rus filologiyasi fakulteti tyutorlari I.Sadiyeva va M.Yuldashevalar tomonidan o'zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda o'zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda "Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Miliy kutubxonasi"da tashkil etilgan "O'zbekiston Xalqaro madaniy meros haftaligi" doirasida bo'lib o'tayotgan "Milliy qadriyatlar ko'rgazmasi"ga borishdi.

🤪Ko'rgazmada milliy qadriyatlarimizni o'zida aks ettirgan turli asori atiqalar, o'z tarixiga ega qadimiy narsa buyumlar, milliy liboslar namoyishini ko'rib talabalar qalbida o'zgacha tuyg'uni his qilishdi.

🇺🇿Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi

✈️@uzswlu_mmb

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

25 Oct, 17:52


🗓Bugun Ingliz tili birinchi fakultetida fakultet tyutorlari tashabbusi bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi.

🌈T✏️anlovda fakultet talabalari o'z jamoalari bilan ishtirok etdi. Ular o'z rasmlarida jaholatga olib boruvchi har qanday illatlarni ilm bilan yengishga qaratilgan g'oyalarni aks ettirishdi.

🕯 Tanlov natijalariga ko’ra :

🥇-o’rinni 3- bosqich 2227-guruh talabalari
🥈-o’rinni 1 - bosqich 2319 guruh talabalari
🥉-o’rinni 2- bosqich 2310 guruh talabalari

G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar fakultet dekanning faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

🇺🇿Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi

📱@uzswlu_mmb