Fotografingiz @fotografingiz Channel on Telegram

Fotografingiz

@fotografingiz


fotohikoyalar muallifi 🫀

iltimos, rasmlarda mualliflik huquqini saqlang

aloqa: @fotografingiz_bot

Fotografingiz (Uzbek)

Salom, sevgan fotograf byuzandilaringizni ochiq qiling! "Fotografingiz" kanali sizga muallifi tomonidan yaratilgan original fotohikoyalarni taklif etadi. Kanal muallifi Peking Universiteti (PHBS)da Management yo'nalishiga ega bo'lgan va Xitoyning Shenzhen shahrida yashovchi. Bu kanal estetikani sevuvchilar uchun maxsus ravishda tuzilgan va sizning rasmlaringizda mualliflik huquqini saqlashni talab qiladi. Agar siz ham yangi fikrlar va iste'folar bilan tanishishni sevib, uni o'z rasmlaringizga aks ettirmoqchisiz, to'g'ri manzil "Fotografingiz" kanali! Aloqa uchun: @fotografingiz_bot

Fotografingiz

12 Feb, 16:03


O’zbekistondan esdalik bo’lishi uchun chet ellik do’stlaringizga nima sovg’a qilardingiz?

Olib ketishga hajmi qulay. Ideyalaringiz bormi? Iloji bo’lsa rasmini yoki qayerdan olishni aytsangiz ham zo’r bo’lardi

Fotografingiz

11 Feb, 08:05


Mentorlikda o’qiyotgan o’quvchim British Councilga ishga kirdilar

Sarvinoz NSP mentorlik dasturiga yozilgandilar, darslar tugamasdan British Councildan ish taklifi oldilar. Darslarda o’rganayotganlari nafaqat grantlar uchun, balki ishga kirish uchun ham yordam beryapti. Hali universitetni bitirmasdan turib, katta xalqaro kompaniyada ish boshlaydilar. Bu imkoniyat keyinchalik ikkinchi imkoniyat eshigini ochishiga ishonaman

@fotografingiz

Fotografingiz

10 Feb, 07:11


Badiiy yoki biografik kitoblar tavsiya qiling

Fotografingiz

07 Feb, 10:24


https://t.me/izohingiz 💌

Fotografingiz

03 Feb, 15:36


Tanlov nihoyasiga yetdi

Ishtirok uchun barchangizga rahmat! 50 ga yaqin kandidat qiziqish bildirdi. Saralash oson bo'lmadi, shuning uchun beshta emas, oltita kandidatga imkon berdim va ular NSP mentorlik dasturimga bepul qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Lekin qolganlarning hujjatlari yomon degani emas, faqat ustida ishlash kerak. Grant uchun yanada yaxshi tayyorgarlik ko‘rishni istasangiz, mentorlik dasturimga yozilishingiz mumkin. 16-fevraldan boshlanadigan darslar orqali hujjatlaringiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Qiziqsangiz, @mentoringiz'ga xabar qoldiring. Bugun 2-taklif o'z kuchini yo'qotadi. Orzular uchun harakat sizdan.

@fotografingiz

Fotografingiz

31 Jan, 07:35


Yana kimlar topshirdi? Yoki intervyuga chaqirildi

Fotografingiz

31 Jan, 07:34


Gulbahor opa Hozirgina British Councildan telefon qilishdi Interviewga o'tibman 🥹❤️
Keyinngi haftalarga ekan. Onlayn bo'lar ekan. Qanday maslahat bera olasiz interview uchun? 🥰❤️

Fotografingiz

30 Jan, 16:29


Nimaga mentorlikka yozilishim kerak deganlar uchun

1. Avvalo man sizga mentorlikda uzuuuuun leksiyalar o'tmayman, yoki saqlab olingan zapislar orqali o'rganmaysiz.

2. CV’ingizni boyitishga yordam beradigan imkoniyatlarni ulashib boradigan Alumni Clubga qo’shilasiz. O’zingiz tengi qizlar bilan networking.

3. Siz nafaqat NSP dasturi uchun hujjat tayyorlashni o’rganasiz, shu bilan birga ushbu hujjatlar yordami bilan ko’plab ijtimoiy loyihalarga, grant dasturlariga, stajirovkaga, hattoki ishga topshirishingiz mumkin.

4. O'xshaguncha kandidat bilan oxirigacha borgim keladi, buni 1-marta mentorlik ochganimda qatnashgan qizlar yaxshi bilishadi. @izohingiz’dan o'qib ko'rsangiz bo'ladi.

Lekin baribir ham hammasi o’zingizga bog’liq. Hech kim sizni muvaffaqiyatingizni kafolatlamaydi

@fotografingiz

Fotografingiz

30 Jan, 11:14


How it's like to work at British Council IELTS exams? 🥰

Want to join our team?
Learn more and apply for the vacancy of exams invigilator.

🎓 Best part: students from different parts of Uzbekistan, including Samarkand, Bukhara, Namangan, Qarshi, Urgench, Nukus and Tashkent are welcome to apply!

✈️ Sharing is caring. Let your student friends know!

🔵 | 🔵 British Council Uzbekistan

Fotografingiz

28 Jan, 05:37


Avgust oyigacha oxirgi mentorlik bu. Ungacha tashkillashtirmayman

Fotografingiz

27 Jan, 12:38


Potensiali yuqori bo’lgan 5 kishini bepulga qabul qilaman

Faqat 3-4-kurslar uchun!

Buning uchun CV’ingizni @mentoringiz’ga yuboring

Muddat: 3-fevral, keyin 21:00 da e’lon qilaman kimlar qabul qilinganini

Bu man tashkillashtirgan seminarda yoki mentorlikda o’qiganlar uchun emas. Chunki ular bilishadi qanaqa formatda tayyorlashni. Qolganlar uchun imkon beramiz

Fotografingiz

27 Jan, 08:32


Shuuuuncha davlatga sayohat qilib, Slovakiyada 1 semester grant asosida o’qib kelishimga imkon bergan NSP grant dasturiga salkam bir yildan buyon mentorlik dasturi tashkillashtiryapman

Boshida tavakkal bilan boshlangan ish, endi jiddiylashmoqda. Natijalar ham yetarlicha. Dasturga arizalar qabuli 30-aprel kuni tugaydi, lekin Slovakiyadagi universitetdan qabul xati olish uchun yanvar-fevral oylarida harakat qilish kerak. Shuning uchun juda erta harakat boshlaymiz odatda.

Dekabrda ochilgan guruhimiz bilan darslar oxirlab boryapti, vaqtimni hisobga olgan holatda yana bitta guruh ochaman, bu safar individual emas. Faqat guruh bilan darslar bo’ladi

📍 Yozilmoqchi bo’lsangiz, @mentoringiz’ga yozing, to’liq ma’lumot yuboraman

Dasturga so’ralgan barcha hujjatlarni birga qadamba-qadam tayyorlaymiz. Unutmang, man sizga yo’l ko’rsataman, qolgani harakatingizga bog’liq.

Grant haqida bu video orqali tanishsangiz bo’ladi. Hozir 3-kurslar ham topshira oladi.

@fotografingiz

Fotografingiz

26 Jan, 15:11


NSP grant dasturiga hujjat topshirish bo’yicha mentorlik darslarimiz davom etmoqda. Harakatda barokat

O’tgan mavsumda mentorlikda qatnashib, grant yutgan qizlarimiz Slovakiyaga shengen vizalarini qo’lga olishdi, o’qish muddatidan tashqari elchixona qo’shimcha yana bir oy muddat beribdi. Issiq yozda sayohat Yevropada zo’r ketsa kerak…

Fotografingiz

25 Jan, 16:20


al-musavvir

Fotografingiz

25 Dec, 16:31


bizni shaharda ham sun’iy qor yog’di

Fotografingiz

24 Dec, 13:26


Yaxshi niyatlar bilan boshlayapmiz 💌

Individual ishlash uchun joylar to’ldi, lekin guruh bilan mentorlikka yozilish uchun hali imkon bor. 1-darsimiz 29-dekabr kuni bo’lib o’tadi. Yozilmoqchi bo’lsangiz @mentorlik’ga yozing. Dars boshlangach qo’shila olmaysiz.

Yana bir yutuqli o’yin e’lon qilgandim, agar mentorlikka yozilish uchun sharoitingiz bo’lmasa, bepul qo’shilish uchun bir shart e’lon qilganman. Bu yerda to’liq ma’lumot

@fotografingiz

Fotografingiz

23 Dec, 15:56


Raqamlashib ketibmanmi 😂

Fotografingiz

23 Dec, 15:54


📍Komfort zonam 🍃

Universitetimda tizim boshqacha, 1 yilda 4 marta sessiya imtihoni bo’ladi. Bu degani har oy bizda yoki oraliq imtihon bo’ladi yoki final imtihon bo’ladi. Mazzaa. Bir semesterda 2 ta modul bor, har bir modulda 3-4ta fan o’qiymiz. Hozir 2-modul oraliq imtihonlari tugadi. Yangi yildan keyin bizni sessiya kutyapti. Xitoyda yangi yil yanvar oyi o’rtalarida bo’ladi. Ungacha bizga ham ta’til yo’q

Davom etamiz…

@fotografingiz

Fotografingiz

22 Dec, 15:51


NSP - Slovakiya milliy grant dasturi 🌎✈️

Dasturga hujjat topshiring, va hayotingizni unutilmas bir semesterini Yevropada o’qib keling

1-rasm qaysi davlatda olingan?)

@fotografingiz

Fotografingiz

22 Dec, 06:34


Jasorat ba’zan tanlaganlaring emas, voz kechganlaringdir
Chunki voz kechmoq ham ba’zan g’alabadir

Fotografingiz

21 Dec, 16:34


Hammada imkoniyat bor, agar mentorlik dasturiga qo'shilish uchun sharoitingiz bo'lmayaptimi? Sizga bir taklifim bor, bu faqatgina 1 kishi

Yutish sharti:
@mentorlik ga nsp deb yozasiz, keyin har biringizga alohida link yuboriladi, o'sha link bilan tanishlaringiz kanalga qo'shilishi kerak bo'ladi. Kim o'sha linkdan eng ko'p odam qo'shsa, bitta insonga NSP pulli mentorlik dasturimga BEPUL sovg'a qilinadi. Ya'ni sizga berilgan linkdan eng ko'p odam qo'shgan bir kishi g'olib bo'ladi.

Endi sizda bahona qolmadi va manda esa taklif)) Boshladik, g'olib 27-dekabr kuni soat 20:00da aniqlanadi

@fotografingiz

Fotografingiz

21 Dec, 16:09


G'oliblarni tabriklaymiz 💘

Fotografingiz

21 Dec, 15:16


Nimaga mentorlikka yozilishim kerak
4-qism


Tajribamda ko'p guvoh bo'lganman, kurs yoki qandaydir xizmat sotvolasiz, lekin kurs tugagach aloqa ham uziladi, keyinchalik qo'llab-quvvatlanmaydi ham. Aslida bu ham to'g'ri, chunki siz faqat o'sha muddat uchun haq to'lagansiz.

Lekin shaxsan manga bu yondashuv yoqmaydi, o'xshaguncha kandidat bilan oxirigacha borgim keladi, buni 1-marta mentorlik ochganimda qatnashgan qizlar yaxshi bilishadi. Bunday qilishimga bir faktor muhim rol o'ynaydi: agar o'rganuvchida ham kuchli qiziqish va ishtiyoqni ko'rsam. Bu yerda @izohlaringizdan o'qib ko'rsangiz bo'ladi.

Agar oxirigacha borishga tayyor bo'lsangiz, @mentorlik'da sizni kutaman

@fotografingiz

Fotografingiz

19 Nov, 13:56


recent life in shenzhen, china

katta qo’rquvni yengib avval slovakiyaga ketgandim, keyin xitoyga keldim. birpastda 90 kun o’tib ketibdi, kunlar juda tez o’tib ketyapti, sezmay qolyapman.

nimalar o’rgandim:
- atrofdagi insonlarga e’tiborli bo’lish, ya’ni kimlarning krugidaligim
- o’qish kerak, lekin har doim ish-hayot balansi muhimligi
- kunlik odatlarni qadamba-qadam shakllantirish
- guruchni chopstickda yeyish 🍜💆‍♀️
- momentlarni yanada qadrlash
- bor imkoniyatlardan o’zimga sharoit yaratish

xitoyni esa yevropa bilan solishtira olmayman, chunki yevropadagi o’qish mas’uliyati xitoydagichalik emas edi, asosan sayohat qilganman. xitoyda esa kunlar faqat kampus ichida o’tadi, ba’zida 2-3 haftalab kampusdan chiqolmayman. shuning uchun 2xil tajribani solishtirish to’g’ri emas deb bilaman.

@fotografingiz

Fotografingiz

18 Nov, 08:46


🇺🇿❤️

Fotografingiz

14 Nov, 14:12


study-life balance 🎨💆‍♀️🫀

Fotografingiz

13 Nov, 15:24


Universitetda 1-modulni tugatdik, ikki kungi sessiyalardan keyin bugun dam va ertadan 2-modul boshlanadi

Juda-juda tez hayot, moslashish qiyin, manga sekin hayot yoqishini bilib oldim. Tezliksiz, xotirjam…

Aslida o’zimizga nima yoqish-yoqmasligini bilmaymiz, sekin-sekin o’zimizni o’rganib borishimiz to’g’ri ekan. 2 yil oldin qaysi rang yoqishi-yu, nima ish bilan shug’ullansam mazza qilishimni ham bilmasdim)

@fotografingiz

Fotografingiz

11 Nov, 11:38


Venetsiya, Italiya 🇮🇹

Fotografingiz

30 Oct, 14:00


🫀🎨

Fotografingiz

29 Oct, 13:01


Buniyam bir o'qib qo'ying

Fotografingiz

29 Oct, 02:46


NSP grant dasturiga hujjat topshirayotganlar diqqatiga

Shuncha vaqt davomida harakat qildingiz, har bir hujjatingizni tayyorlab chiqdingiz, qabul xati olish ham oson bo'lmagani aniq. Endi sizdan faqatgina bir ish qoldi - SAYTGA HUJJATLARNI TO'G'RI YUKLASH 👩🏻‍💻

Saytga ro'yxatdan o'tgach, hamma so'ralgan qismlarini e'tiborli bo'lib to'ldiring, birgina harf, raqamda adashish shuncha mehnatingizni chippakka chiqazadi. Hujjatlardagi sanalar to'g'riligiga e'tibor bering, ism-familiyangizga xushyor bo'ling. Travel allowance kerakmi deb so'raydigan joyiga, albatta, ha deb belgilang. Hujjatlaringizni pdf qilib, CV - Inoyatova Gulbakhor shaklida saqlab, keyin yuklang. Birorta hujjatingiz qolib ketmasin yoki boshqa faylni adashib yuklamang. Yana bir bor eslataman, tartibli hujjat yuboring. Tekshiruvchilar sizni ko'rmagan, hujjatlaringiz tilga kiradi va siz haqingizda gapiradi. Faqat va faqat xushyorlik talab qiladi, shoshilmang!

Agar hujjatlaringiz bo'yicha ikkilanayotgan bo'lsangiz, hujjat tekshirib berish xizmati mavjud va albatta, ma'lum haq evaziga.

CV, motivatsion xat, 2ta tavsiyanoma xati, o’quv rejasini tahlil qilib, tekshirib beraman, to'g'irlashga bemalol ulgurasiz. @mentorlik profiliga yozing.

@fotografingiz

Fotografingiz

28 Oct, 05:46


discipline turns dream into reality

4.30 - 22.00
Morning breakfast
10.000 steps
2l fresh water
Podcast time

Now, it is time for Week 2

@fotografingiz

Fotografingiz

25 Oct, 07:30


NSP granti bo'yicha aktual savolga javob: universitet intervyu ham qiladimi?

Aslida intervyu qilib, keyin qabul xati berish universitetning ichki qoidalaridan biri. Slovakiyadagi universitetlar odatda intervyu qilishmaydi, faqatgina yuborgan hujjatlaringiz asosida qabul xati berishadi. Lekin bilishimcha, faqat man o'qib kelgan Pavol Jozef Safarik universiteti 2-bosqich sifatida intervyu tashkillashtirishni yo'lga qo'ygan.

Suhbat tashkillashtirishdan maqsad esa til darajangizni aniqlab olish, chunki so'ralgan har bir hujjatni ingliz tilini yaxshi bilmasdan turib ham, qo'shimcha yordamlar bilan tayyorlasangiz bo'ladi. Shu tushunmovchilikni oldini olish uchun esa bu universitet mos kandidatlar bilan intervyu qiladi.

2023-yil aprelda topshiryapganimizda bu tizim endi kirib kelgan, bizgacha o'qigan talabalar faqat hujjatlari asosida qabul xati olgan va birinchilardan bo'lib interyu qilinganmiz. Agar so'ralgan hujjatlaringiz talablariga mos kelsa, sizni intervyuga taklif qilishadi. Odatda 15 daqiqa davom etadi.

Intervyu davomida so'ralgan savollar:
- o'zingizni tanishtirish
- cv'dagi tajribalaringiz
- motivatsion xatingizda keltirgan fikrlaringi
- nimaga bu universitetni tanlaganingiz
- 5 oy davomidagi rejalaringiz
- O'zbekistonni u yerga hali bormagan insonga ta'riflab berish

Kimlar NSP grantiga topshiryapti?

@fotografingiz

Fotografingiz

23 Oct, 14:10


discipline turns dream into reality

Fotografingiz

22 Oct, 11:48


muhimi boshlab ko'ring, dushanbani kutish shart emas

Fotografingiz

20 Oct, 16:40


Boshlash uchun eng zo’r payt - hozir

Ertaga emas
Keyingi haftaga emas
Keyingi oygacha emas
Keyingi yil ham emas

@fotografingiz

Fotografingiz

20 Oct, 07:14


o’zimdan o’zimga 💐

@fotografingiz

Fotografingiz

15 Oct, 16:16


#milliyjamoa 🇺🇿❤️

Sharhlovchilardan qiziq jumlalar:
- Darvoza to’rtburchak, undan o’tib ketsa, gol bo’lmaydi
- Qanday qilib (kuchli hayajonda), 5 soniyadan so’ng shunday qilib (xotirjam)
- Yig’lamalaring dedi xitoylik hakam BAA futbolchisiga
- Xojimat ansamblga qo’shildi

Futbolni ko’rmagan bo’lsangiz, nima deyapganimga tushunmaysiz)). Endi yana 2ta qolgan oraliq imtihonlarga tayyorlanamiz

@fotografingiz

Fotografingiz

14 Oct, 14:05


O’qishimizda yiliga 4 marta sessiya bo’ladi 📚

O’qish sentabrdan boshlandi, bir oy o’tib, kechadan oraliq imtihonlar boshlandi, noyabrda esa bizni sessiya kutyapti

@fotografingiz

Fotografingiz

12 Oct, 07:29


🥦🍌🛒

📍Walmart, China

@fotografingiz

Fotografingiz

11 Oct, 08:17


📚💻 ✍️

@fotografingiz

Fotografingiz

11 Oct, 03:01


Talaba bo’lib ham, British Councilda ishlash mumkinligini aytgandim, sekin intervyuga taklif xati kelishni boshlabdi

Intervyudan oldin
- o’zingizni tanishtirishga tayyor bo’ling
- cv’dagi ma’lumotlaringiz bilan qaytadan tanishib chiqing
- e’lon qilingan vakansiya talablari bilan tanishib chiqing
- nima uchun jamoaga qo’shilmoqchisiz, maqsadingiz faqat pul bo’lmasin
- turli ish vaziyatlarida qanday o’zingizni tutishingiz so’ralishi mumkin, fikringizni ochiq va erkin bayon qiling.

Vakansiya yil oxirigacha ochiq, hozir ham topshirsangiz bo’ladi. To’liq ma’lumot yuqorida

@fotografingiz