NAVOIY YOSHLARI @navoiyyoshlari_uz Channel on Telegram

NAVOIY YOSHLARI

@navoiyyoshlari_uz


Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi AXBOROT XIZMATI rasmiy telegram kanali

Yangiliklardan xabardor bo'ling!

NAVOIY YOSHLARI (Uzbek)

Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi AXBOROT XIZMATI rasmiy telegram kanali! Ertagina, Navoiy yoshlarining faoliyatini, so'nggi yangiliklarini va hodisalarini xabar qilish uchun eng yangi rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling. Bu kanal Navoiy viloyati yoshlarining ishlari boshqarmasi tomonidan o'z faoliyatini amalga oshirish, ularning yangiliklarini va muhim hodisalarini xabardor qilish maqsadida yaratilgan. Bu kanal orqali Navoiy viloyati yoshlari maqsadli va ishonchli axborotlar bilan tanishishlari mumkin. Siz ham Navoiy viloyati yoshlarining so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling va faol qatnashish imkoniyatlaridan foydalaning. Navoiy yoshlari - kelajakning kuchli kuchi!

NAVOIY YOSHLARI

21 Nov, 13:37


⚡️Yoshlar uchun zo'r imkoniyat!

Respublika bo'ylab "Registan" LC 1000 nafar iqtidorli yoshlarga IELTS grantlarini taqdim qilishmoqchi (jami 3,1 mlrd so'mlik grant).

Batafsil: https://t.me/Registan_LC/1811

Albatta, biz yoshlarga bunday grantlar taqdim etilayotganidan juda xursandmiz.

⚡️Yaqinda, Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi "Stanford" o'quv markazi ham 800 million so'mlik grant e'lon qilishgandi. Eng muhimi, o'rganuvchilarga "Spark" avtomobilini ham sovg'a qilishmoqchi.

Batafsil: https://t.me/stanfordschooluz/95827

Yana qaysi o'quv markazlari grantlar e'lon qilishini xohlar edingiz?

NAVOIY YOSHLARI

21 Nov, 11:52


🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🧷Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev raisligida yoshlar va voyaga yetmagan bolalar jinoyatchiligini oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

➡️Viloyat bo‘yicha yoshlarni huquq-tartibot va mudofaa organlari ofitser va xodimlariga biriktirish topshirig‘iga muvofiq joriy yilda 761 nafar xodimlarga 106 464 nafar yoshlar otaliqqa berilib, ular tomonidan yoshlarning birinchi navbatda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, keyingi vazifasi aynan yoshlar tomonidan jinoyat sodir etilishining oldini olish etib belgilangan. Yig‘ilishda bu borada hududlarda amalga oshirilgan ishlar, mahalla profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari va boshqa bevosita mas’ul bo‘lgan rahbarlarning yoshlar jinoyatchiligini oldini olish masalalaridagi faoliyati tahlil va tanqid qilindi.

➡️Navoiy viloyatida voyaga yetmaganlar orasidagi jinoyatchilik holatlari ko‘rsatkichi oshganligi, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyati profilaktik hisobga olingan yoshlar emas, balki hisobga kiritilmagan yoshlar tomonidan sodir etilganligi achinarli holat ekanligi e’tirof etildi.

➡️Ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari tomonidan muassasalardagi xulqi og‘ir, jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risida ma’lumotlar tegishli huquq-tartibot organlariga muntazam taqdim etib borilishi va yetarlicha nazoratga olinishi masalalari mas’ullarga vazifa sifatida belgilab berildi.

©️ Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi Axborot xizmati

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz

📱facebook 📱instagram

NAVOIY YOSHLARI

21 Nov, 09:39


🔤🔤🔤🔤🔤

❤️ 📍Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari S.Uvaytov, DXX mas'ul xodimi, shahar yoshlar ishlari bo‘limi, shahar IIB, JQB, FVB, professional ta'lim muassasalari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimlari  bilan birgalikda yoshlar va voyaga yetmagan bolalar jinoyatchiligini oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish va yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

❤️ Yig‘ilish davomida hududlardagi so‘nggi paytlarda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar tahlil qilindi.

❤️ Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida hududiy profilaktika inspektorlari va mahallalardagi yoshlar yetakchilariga jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida alohida tavsiyalar berildi.

©️ Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi Axborot xizmati

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz

📱facebook 📱instagram

NAVOIY YOSHLARI

21 Nov, 07:49


NAZORAT VA TARTIB!

🌐O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, Yoshlar Ittifoqi, Oʻzbekiston Bolalar tashkiloti Navoiy viloyati boʻlimi tomonidan tungi reyd tadbirlari o’tkazildi.

Tadbir shahar hududida hamda Uchquduq tumanida joylashgan kompyuter o’yingohlari, ko’ngilochar maskanlar va boshqa tungi xizmat ko’rsatuvchi obyektlarda olib borildi.

Bu kabi reyd tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad, tungi vaqtlarda yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan.

©️ Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi Axborot xizmati

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz

📱facebook 📱instagram