IPU_SIRTQI_BO'LIM @ipu_sirtqi_bulim Channel on Telegram

IPU_SIRTQI_BO'LIM

@ipu_sirtqi_bulim


IPU_SIRTQI_BO'LIM (Uzbek)

IPU_SIRTQI_BO'LIM kanali sizni har xil sirtqilardan habardor qilish uchun mo'ljallangan Telegram kanali. Bu kanal orqali siz sirtqilarning yangiliklari, yangi nashrlar, qiziqarli faktlar va boshqa ko'p dunyo sirtqi bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Agar sirtqilardan qiziqarli voqealar, mustamlaklar yoki ularning tabiiy hayoti haqida bilib olishni xohlaysiz, ushbu kanal sizga kerak bo'lgan muhitni taklif qiladi. IPU_SIRTQI_BO'LIM kanalidan foydalanib, siz sirtqilarning zaifligi va kuchliligini, ularning hayotiy shakllarini va tabiiy muhit bilan oid voqealarda o'rganib chiqishingiz mumkin. Sirtqilar haqida yangi ma'lumotlarni o'ylab topishni sevasizmi? Unda IPU_SIRTQI_BO'LIM kanaliga obuna bo'ling va sirtqilar dunyosining sirini oching!

IPU_SIRTQI_BO'LIM

06 Jun, 06:06


📌 Iqtisodiyot va pedagogika universiteti barcha talabalari uchun shartnoma to'lovini to'lashning oxirgi muddati 15-iyun deb belgilandi.

♻️ Hurmatli talabalar 15-iyundan kech qolmasdan shartnoma to'lovini amalga oshiring.

☑️ 02.06.2023-yildagi Davlat komissiyasining tegishli qarori asos sifatida olindi. Quyida shu qaror haqidagi ma'lumot kun.uz saytida e'lon qilindi.

☎️|+998 75 223 60 60
☎️|+998 75 230 60 60

🌐 Telegram | Instagram | Veb sahifa

IPU_SIRTQI_BO'LIM

03 Jun, 03:09


​​Хеч бир инсон сизни хаётингизга бекордан бекорга келмайди...

Кимларнингдир айтган эртагига "Рахмат" денг,
Сизни хушёрликка чорлаб уйғотиб кетди.

Кимларнингдир аччиқ хақиқатни сўзлаганига "Рахмат" денг,
Ақл кўзингизни очиб кетди.

Кимларнингдир қалбингизни яралаб, тирнаб кетганига "Рахмат" денг,
Сизга оғриқ бериб, сабрни ўргатиб кетди.

Кимларнингдир сизга душманлик қилганига "Рахмат" денг,
Кучлилар қаторига қўшиб кетди.

Сизга мехр, қувонч улашганларга "Рахмат" денг,
Хаётни гўзаллигини кўрсатиб кетди...

IPU_SIRTQI_BO'LIM

03 Jun, 03:07


​​​​Энг яхши қасос бу - катта муваффақият.
©Франк Синатра

Заиф одамлар бутун ҳаёти давомида бошқалардан кам бўлмасликка ҳаракат қилишади. Кучлилар эса ҳар қандай ҳолатда ҳам энг яхшиси бўлишга.
©Борис Aкунин

Ҳамма гап фикрларга боғлиқ. Фикр ҳамма нарсанинг бошидир. Ва фикрлар билан бошқариш мумкин. Шунинг учун ривожланишнинг асосий иши бу - фикрлар устида ишлашдир.
©Лев Толстой

IPU_SIRTQI_BO'LIM

26 May, 12:58


HURMATLI TALABALAR!!!
USHBU BOT
@qulayxizmatbot
SIZGA KONTRAKT TO‘LOVINGIZNI AMALGA OSHIRISHINGIZ UCHUN XIZMAT KO‘RSATADI.
AGAR SIZ KONTRAKT TO‘LOVINI AMALGA OSHIRMOQCHI BO‘LSANGIZ BOTGA MA’LUMOT JO‘NATING.
TO‘LOV MUDDATI,
TA’LIM KREDITI,
BO‘YICHA MA’LUMOT YOKI SIZ KONTRAKT TO‘LOVINI 100 FOIZ (%) AMALGA OSHIRGAN BO‘LSANGIZ USHBU BOT SIZNING SO‘ROVINGIZNI E’TIBORSIZ QOLDIRADI.
USHBU BOT FAQAT KONTRAKT TO‘LOVINI AMALGA OSHIRISH UCHUN XIZMAT QILADI.

IPU_SIRTQI_BO'LIM

26 May, 09:44


student.ipu-edu.uz

IPU_SIRTQI_BO'LIM

14 May, 15:06


#fan_olimpiadasi

IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Joriy yilning 12-may kuni yoshlarni bilimini sinash va ularni bilim olishga ko'proq intilishi uchun Qarshi shahridagi 10-umumiy o'rta ta'lim maktabida "41" "5" "29"-maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari o'rtasida
fizka-matematika
matematika-ingliz tili
ingliz tili-ona tili
fanlaridan fan olimpiadasi o'tkazildi.
Fan olimpiadasida yuqori o'rin egallagan o'quvchilar universitet tomonidan sovg'alar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Veb sahifa

IPU_SIRTQI_BO'LIM

06 May, 11:35


Kelgusi oʻquv yilida 14 ta yoʻnalishga sirtqi taʼlim uchun qabul boʻlmaydi, boshqa yoʻnalishlar uchun 5 yillik pedstaj talab qilinadi

Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan 2023/2024 oʻquv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining quyidagi 14 ta taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:

60110600 — Matematika va informatika
60110700 — Fizika va astronomiya
60110800 — Kimyo
60110900 — Biologiya
60111000 — Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
60111400 — Oʻzbek tili va adabiyoti
60111500 — Ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha)
60111600 — Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili
60111700 — Oʻzga tilli guruhlarda rus tili
60111800 — Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha)
60112000 — Chaqiriqqacha harbiy taʼlim
60112500 — Maktab menejmenti
60112600 — Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (tillar boʻyicha)
60112700 — Maxsus pedagogika (faoliyat turlari boʻyicha)

Yuqoridagi koʻrsatilmagan pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.

🔸Bunda, pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqish istagida boʻlgan shaxslarning taʼlim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi maʼlumotlar asosida belgilanadi.

IPU_SIRTQI_BO'LIM

05 May, 06:44


student.ipu-edu.uz

IPU_SIRTQI_BO'LIM

04 May, 07:18


Sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatiladimi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar ortidan "endi sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatildimi?" degan savollar ko‘paydi. Shu bo‘yicha tushuntirish bermoqchiman.

1️⃣ Birinchidan, ushbu qaror faqat 14 ta PEDAGOGIKA yo‘nalishlariga taalluqli. Ro‘yxati yuqoridagi suratda berilgan. Mana shu 14 ta yo‘nalishga joriy yildan boshlab qabul to‘xtatildi.

Boshqa yo‘nalishlarda sirtqi taʼlim bo‘yicha qabul to‘xtatilmagan.

2️⃣ Ikkinchidan,
PEDAGOGIKA sohasida yo‘nalishlar ko‘p, yuqoridagi 14 tadan boshqa yo‘nalishlarga sirtqiga hamma topshira oladimi?

❗️Yo‘q, topshira olmaydi. Pedagogika sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga ham istalgan odam qabul qilinmaydi. Faqatgina taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslargina SIRTQIga qabul qilinadi.

Yana qaytaraman, bu faqat PEDAGOGIKA sohasiga taalluqli. Boshqa sohalardagi yo’nalishlarga bu qarorning aloqasi yo’q.

Shuningdek, pedagogika sohasidagi istalgan yo‘nalish uchun kunduzgi va kechki taʼlim shaklida ham cheklovlar yo‘q, istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.

ℹ️ Yuqoridagi maʼlumotlarning asosi: Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori


👉 @xushnudbek 👈

IPU_SIRTQI_BO'LIM

03 May, 14:21


📣📣DIQQAT❗️

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida
joriy yilning 1-may sanasidan boshlab buxgalteriya kursi o'z faoliyatini boshlaydi.
O'quv kursi 1C platformasida olib boriladi.
O'quv kursi o'quvchilari 4 bosqichda o'qitiladi.

1-bosqich; 0 dan balansgacha ( nazariya)
2-bosqich; soliq xisobotlari
3-bosqich; 1C platformasi
4-bosqich; Amaliyot.

Bor yo'g'i 2 oyda noldan malakali buxgalter darajasiga erishish imkoniyati.

Аmaliyot ishlari real firmalar bilan olib boriladi.

Darvoqe kursimizni 70 balldan yuqori ball bilan tugatganlarni ish bilan taʼminlaymiz. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Shoshiling, o'q'uvchi talabalar soni cheklangan.



📍Manzil (Lokatsiya): Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, I.karimov ko'chasi, 13-uy, Ravoq mahalla, universitet bosh binosi, 209-xona.

📞 906771888
📞 912183500
📞 881480602

Telegram | Instagram | Veb sahifa

IPU_SIRTQI_BO'LIM

03 May, 14:21


☝️Hozir yallo qilgan, ertaga “qul”ga aylanadi

Qimmatli vaqtingizni uvol qilib, telefonga bogʻlanib qolmang, PUBG, TikTok kabi ”vaqt kushandalari“ga asir boʻlmang!

Telegram | Instagram | Veb sahifa