Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati @tshtxuz Channel on Telegram

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

@tshtxuz


"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: [email protected]
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati (Uzbek)

Bu Telegram kanalda "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining matbuot xizmati haqida eng so'ngi yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Bu kanal orqali siz kompaniyaning xizmatlari, takliflar va yangiliklari bilan tezda tanishib borishingiz mumkin. nn"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegram sahifasida siz kompaniya haqida eng so'ngi yangiliklarni olishingiz mumkin. Agar sizning savollaringiz bo'lsa, "Toshshahartransxizmat" komandasiga murojaat qilish uchun telegram kanaliga obuna bo'ling. nnKanalda kompaniyaning e-mail manzili [email protected], call center raqami 1062, Instagram va Facebook sahifalari havolalari mavjud. Sizga tez va samarali xizmat ko'rsatish maqsadida "Toshshahartransxizmat" AJ bilan bog'lanishda muammo tugatilishi uchun Telegram kanaliga obuna bo'lish tavsiya etiladi.

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

14 Nov, 05:52


Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida xabar bering!

❗️Hurmatli fuqarolar! Agar siz shahar jamoat transporti (avtobuslar) sohasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, "Toshshahartransxizmat" AJning quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:

Ishonch telefoni: 1062

Telegram-bot: @complaencetshtxbot

Elektron pochta: [email protected]

Korrupsiyaga qarshi komplayens bo'limi boshlig'i: +99871 233-78-76

📌Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

12 Nov, 09:59


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📰"O'zbekiston bunyodkori" nashri | Qars ikki qo'ldan chiqadi

Haydovchilarning o'zini tutish madaniyati qanday?

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

12 Nov, 06:25


🟦🟦🟦🟦

"King Long" rusumli avtobus ishtirokida sodir bo’lgan yo'l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

🔹 Joriy yilning 11-noyabr kuni soat 06:00 larda, "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli, davlat raqami 01| 392 MKA bo'lgan, 121-sonli yo'nalishda harakatlanayotgan haydovchi G'.M boshqaruvidagi avtobus, Uchtepa tumani, THAY ko‘chasi, Beltepa mazvesi bo'ylab harakatlanib borayotgan vaqtda, dastlabki ma’lumotga ko’ra boshqaruvni yo'qotishi oqibatida, yo'l chetidagi ko'chatlar sotiladigan joyga kirib ketishi natijasida yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan.

Mazkur yo'l-transport hodisasi natijasida 1 nafar yo'lovchi yengil tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam ko'rsatilgan. "King Long" rusumli avtobus texnik shikastlangan.

Yo‘l-transport hodisasi avtobus haydovchisi G‘.M aybi bilan sodir etilgani sababli, hodisa natijasida davlat raqami 01 | 392 MKA bo‘lgan “King Long” rusumli avtobusga yetkazilgan moddiy zarar haydovchi tomonidan qoplanadi.

📝Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

11 Nov, 12:20


⭕️⭕️⭕️⭕️

🔺Joriy yilning 10-noyabr kuni Telegram ijtimoiy tarmog'ida 1- va 4-avtobus saroyi tasarrufida bo'lgan avtobuslarning qoidani buzib harakatlanganligi va haydovchilar bekatda o'zaro janjallashgani aks etgan videopost yuzasidan RASMIY MUNOSABAT!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

09 Nov, 05:59


MILLIY LIBOSLAR KUNI

🔸 "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tizimida, Respublikamizda an'anaga aylangan, milliy ruhiyatni o'zida aks etgan, o'zbek xalqining tarixi, urf-odatlari, qadriyatlari mujassam bo'lgan liboslarimiz, xodimlarning alohida hurmat va ehtiromi asnosida ish jarayoniga o'zbekona milliy kiyimlarda tashrifi, qadriyatlarimizga hurmat belgisi sifatida namayon bo'ldi.

🔷 Haydovchi ayolning milliy libosda yo'lovchilarga xizmat qilayotganligi, To'maris avlodi ekanligimizning faxri va iftixori belgisidir!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

06 Nov, 12:48


⭕️⭕️⭕️⭕️

💠 Joriy yilning 6-noyabr kuni, "Toshshahartransxizmat" AJning "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "SazLe-60" rusumli, saroy raqami 71-bo'lgan avtobusning nosozligi to'g'risida "Telegram" ijtimoiy tarmog'ida joylashtirilgan tanqidiy post yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

Avtobusning nosozligi to'liq bartaraf etilganidan so'ng, qayta yo'nalishda xizmat ko'rsatish uchun chiqariladi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

06 Nov, 07:16


⭕️⭕️⭕️⭕️

🌟 2024-yil 5-noyabr kuni, Telegram ijtimoiy tarmog'ida, avtobus salon qismining oynasiga ayollar va erkaklar joylashuvi ko‘rsatilgan poster "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi "7-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, 34-sonli yo'nalishga biriktirilgan saroy raqami 765-bo’lgan avtobus haydovchisi tomonidan joylanganligi ta’kidlanib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

🎥 Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida, Jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilib, avtobus salonida joylashtirilgan kuzatuv kamerasidagi tasvirlar tekshirib chiqildi. Ma’lum bo’lishicha, ikki nafar noma’lum fuqaro avtobusga chiqib, salonning ichki qismida ayollar va erkaklar joyi ajratilganligini targ’ib qiluvchi posterni yopishtirib, uni shaxsiy mobil telefoniga suratga olganligi va avtobusdan tushib ketganligi aniqlandi.

‼️Mazur ikki fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish va qilgan xatti-harakatlariga huquqiy baho berish hamda ularga qonuniy jazo choralarini qo’llash uchun “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yo’llanganligini ma’lum qilamiz.

Bundan tashqari, yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish maqsadida, barcha avtobus haydovchilari va chiptachilari oʻrtasida navbatdan tashqari yo'riqnomalar o'tkazilayotganligini, shuningdek, avtobus salonida turli xildagi axborot materiallari tarqatilishini oldini olish, jamoat transportida e'lon qilinishi belgilanmagan maxsus posterlardan foydalanmaslik hamda ish faoliyati davomida haydovchi va chiptachilardan yanada hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

02 Nov, 14:32


#yoshlar_siyosati
#rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

💠"Toshshahartransxizmat" AJning Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlar dasturiga binoan, tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlarning muammolarini yaqindan o'rganish hamda taklif va tashabbuslarini qo'llab quvvatlash maqsadida, "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazilishi belgilangan.

💬Joriy yilning 31-oktabr kuni, Boshqaruv raisi o’rinbosari K.Qodirov, Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Sh.Baymurzayeva, "18-Avtobus saroyi" filialida faoliyat olib boruvchi yosh xodimlar o'rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

💬Uchrashuvda yosh xodimlarning tashabbus va qiziqishlari hamda sohaga oid muammo va kamchiliklarni bartaraf etishdagi takliflari o'rganildi hamda hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, ulardan qanday foydalanish bo'yicha kerakli ko'rsatma va tavsiyalar berib o'tildi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

01 Nov, 06:01


⭕️⭕️⭕️⭕️

Joriy yilning 31-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqda "Mercedes-Benz" rusumli avtobusda tutun hosil bo'lgani aks etgan video joylashtirilganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

🚌 Ushbu holat "8-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Mercedes-Benz" rusumli, davlat raqami 01|162 HCA, saroy raqami 270-bo'lgan, 65-sonli yo'nalishda harakatlanuvchi avtobusda sodir bo'lgan. Mazkur avtobus 2012-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, dastlabki ma'lumotga ko'ra, avtobusning yoqilg'i tizimidagi nosozlik oqibatida avtobusning glushitel qismida tutash (tutun) hosil bo‘lgan. Hodisa oqibatida avtobusda yong‘in kelib chiqmagan va yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

🛠Shundan so'ng, ushbu avtobus zudlik bilan avtobus saroyiga qaytarilgan. Hozirda "Toshavtota'mirxizmat" UK va "8-avtobus saroyi" filialining texnik mutaxassislari tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilayotganligini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
📲 Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📇Web-site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

30 Oct, 11:32


#INFOGRAFIKA
#Avtobusda_harakatlanayotgan_yolovchilar_soni_ortib_bormoqda📈

Jamoat transporti (avtobus va elektrobuslarning) kunlik faoliyati raqamlarda:

2024-yil 18-oktabr kuni:

🚌 Yo'nalishga chiqarilgan avtobuslar soni - 1 556

👫 Tashilgan yo'lovchilar soni - 1 199 569

💳 Elektron to'lov turlari orqali - 61,7%

💵 Naqd pul orqali to'lov - 38,3%ni tashkil etmoqda.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

29 Oct, 11:56


Avtobus transport vositalarining harakati uchun moʻljallangan maxsus “A” tasmada jamoat transportlarining toʻsiqsiz, tezkor va erkin harakatini taʼminlash maqsadida, qoidabuzar avtotransport haydovchilarga nisbatan reyd tadbirlari olib borilmoqda
———
Автобус транспорт воситаларининг ҳаракати учун мўлжалланган махсус “А” тасмада жамоат транспортларининг тўсиқсиз, тезкор ва эркин ҳаракатини таъминлаш мақсадида, қоидабузар автотранспорт ҳайдовчиларга нисбатан рейд тадбирлари олиб борилмоқда


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

27 Oct, 04:05


⚜️🚌 Xabaringiz bor, oktyabr oyining so‘ngida yurtimizda “Avtomobilchilar kuni” nishonlanadi. Bu yil ham ushbu sana soha fidoyilari tomonidan alohida kun sifatida tarix sahifalariga muhrlandi. 

🎁👩🏻‍✈️Mazkur sana munosabati bilan, “8-Avtobus saroyi” filialida bayram tadbiri tashkil etildi. Bunda, jamoat transporti sohasida alohida sahifa ochgan, ayol bo‘lishiga qaramay salobatli avtobusni mahorat ila boshqarib, haydovchi kasbida ishlab kelayotgan Saodat Shermatovaga maxsus esdalik sovg‘asi topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, transport sohasida gender tenglikni taʼminlash maqsadida, ayollarga ham katta sig‘imli avtobuslarni boshqarishga ruxsat etilgan. Shu bois, tez orada avtobus haydovchilari orasida ayollar safi kengayadi deb umid qilamiz!

🎉KASB BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ AVTOMOBILCHILAR!🎉

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

25 Oct, 14:14


#Kasb_bayrami_muborak

⚡️ 25 - oktabr - "Ichki ishlar xodimlari kuni" kasb bayramingiz muborak bo'lsin!
———
⚡️ 25 октябрь - "Ички ишлар ходимлари куни" касб байрамингиз муборак бўлсин!


Telegram I YouTube I Instagram I Facebook

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

25 Oct, 13:40


⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

Telegramdagi “Tashkent Land” guruhida e’lon qilingan tanqidiy post yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

Joriy yilning 25-oktabr kuni 136-sonli avtobus haydovchisi avtobusni qo’pol ravishda boshqarib, piyodalarga yo'l bermaganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqqa joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarini ma'lum qiladi:
"2-avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan davlat raqami 01| 936 HKA, saroy raqami 404-bo’lgan 136-sonli avtobus haydovchisi A.N Olmazor tumani, Saqichmon ko'chasi bo'ylab harakatlayotgan vaqtda yo'l harakati qoidalari talablarini qo'pol ravishda buzib, tartibga solingan piyodalar o'tish joyidan harakatlanib o'tayotgan piyodalarga yo'l bermay yo'lning qatnov qismining o'ng tomonidan harakatlangan.

Hozirda yo’lovchi tashish qoidalarini buzganligi, o’ziga biriktirilgan avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqarib piyodalar hayotini xavf ostiga qo'yganligi uchun, haydovchi A.N bilan "2-avtobus saroyi" filiali o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manzilariga sog‘-omon yetkazib qo‘yish eng oliy maqsadimiz ekanligi, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lishlik, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirildi.

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

21 Oct, 13:33


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

21 Oct, 13:24


🇺🇿Til – davlat timsoli, mulki, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixidir.

Aziz yurtdoshlar!

🔹O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi barchangizga muborak bo‘lsin! “Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi Sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizga fayzu baraka, baxtu saodat tilaydi. O‘zbek tili — ona tilimizning nufuzi, obro‘-eʼtibori yanada ziyoda bo‘lib boraversin!

🇺🇿QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!🇺🇿

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

19 Oct, 13:25


“Ona tilim — faxrim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi ma’naviyat maskani, so‘lim Adiblar xiyobonida transport sohasi tashkilotlari xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida shoir Yahyo Tog‘a hamda shoir va jurnalist Abduvaid To‘rayev o‘z she’rlaridan namunalar o‘qidi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari ona tiliga mehr-muhabbat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga hurmat namoyon etib, adiblar haykali poyida ijodiy chiqishlari bilan davraga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

19 Oct, 09:27


Joriy yilning 19-oktabr kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.T. Abdullayev va "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruvi raisi v.v.b R.S. Shamuradov hamda poytaxtda jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etish orqali aholiga qulay jamoat transporti xizmatini koʻrsatish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhi, shuningdek, avtobus saroylariga biriktirilgan masʼullar ishtirokida yig'ilish oʻtkazildi.

🔹Yigʻilishda idoralararo ishchi guruhi va "Toshshahartransxizmat" AJ hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent shahrida jamoat transporti xizmat sifatini yaxshilash, 2024-2025-yilida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ushbu fasllarga xos favqulodda vaziyatlarni oldini olish, shuningdek, yo'lovchi tashishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy holatlarni, tirbandliklarga qarshi choralarni ko‘rish, yo'nalishda avtobuslar sonini ko'paytirish hamda avtobuslar harakati uchun mo'ljallangan "A" tasmali yo'laklardan avtobuslar to'siqsiz harakatlanishini ta'minlash maqsadida joriy etilgan yangi qaror ijrosini ta'minlash borasida ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

⚡️Yig'ilish so'ngida, yuqorida ta'kidlangan vazifalar zamirida yagona maqsad - xalqimiz va yo'lovchilarga sifatli, xavfsiz jamoat transportini ko'rsatish eng oliy maqsadimiz ekanligi ta'kidlab o'tildi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

18 Oct, 11:28


🔰Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir. Barchamizga yaxshi ayonki, til — har bir millat maʼnaviyati va madaniyatining o‘zagi, mustahkam poydevoridir.

🔰Shu sababli bugun, 18-oktabr kuni “Toshshahartransxizmat” AJ "18-avtobus saroyi"da “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Millat tilini ardoqlash, ma‘naviyatimizning yuksak cho‘qqisidir!” shiori ostida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbiri o‘tkazildi.

🔰Tadbirda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Milliy tadqiqot universitetining Folklorshunos olimi, professor Raximboy Jumaniyazov Matkarimovich so‘zga chiqdi. U ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e‘tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shilishida barcha yurtdoshlarimizni faollikka chorladi hamda yig‘ilishda faol bo‘lgan xodimlarga esdalik sovg‘alar topshirdi.

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

15 Oct, 13:45


​​Yo‘l harakati qoidalariga jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritildi

Hukumat qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan yo‘nalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yo‘lakda harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno;

Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan, tasmasi bor yo‘lda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yo‘ldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin.

Bunda transport vositasi ushbu yo‘lakda harakatlanib kelayotgan yo‘nalishli transport vositasi harakatiga to‘sqinlik qilmay, unga yo‘l bergandan so‘ng yondosh hududga kirish yoki chiqish harakatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

Внесены дополнения в Правила дорожного движения, направленные на повышение эффективности использования общественного транспорта

Согласно изменениям, внесенным постановлением Правительства:

по дороге с полосой, выделенной для общественных транспортных средств запрещается движение легковых автомобилей и другого транспорта, за исключением спецслужб;

разрешается пересечение полос на участках с прерывистой разметкой с целью въезда или выезда на расстоянии 50 метров от места въезда или выезда на прилегающую территорию.

При этом транспортному средству разрешается въезжать на прилегающую территорию или выезжать с нее после того, как оно уступит дорогу, не создавая помех движению общественного транспортного средства, движущегося по этой полосе.

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

15 Oct, 12:03


🔰 Kuni kecha, Telegram ijtimoiy  tarmog'ida "Toshshahartransxizmat" AJning "2-Avtobus saroyi" filiali bilan bog’liq tanqidiy video post yuzasidan RASMIY MUNOSABAT!

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni maʼlum qiladi:

Bugun, 15- oktabr kuni "Toshshahartransxizmat" AJ ma’muriy binosida murojaatchilar va jamiyatning mas'ul xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, murojaatlar tinglandi. Qonun doirasida yetarlicha javob murojaatlari e’lon qilindi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

13 Oct, 11:44


🔰 Joriy yilning Telegram ijtimoiy  tarmog'ida "Toshshahartransxizmat" AJning "2-Avtobus saroyi" filialida "KING LONG" avtobuslarining texnik nosozligi bo‘yicha telegram kanalda e'lon qilingan videopost yuzasidan RASMIY MUNOSABAT!

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni maʼlum qiladi:

🔹Xabaringiz bor, "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufidagi barcha avtobus saroylaridagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni ketmoqda. Aynan shu davrda har bir avtobuslarning texnik holatlari ko'zdan kechiriladi va yaroqsiz holgan kelgan avtobus shinalari navbat bilan yangisiga almashtiriladi. Hamda texnik soz bo'lgach yo'nalishga chiqariladi. Yuqoridagi holat esa aynan shunday reja asosida shinalari almashtirilish jarayonida olingan tasvirdir.

🔷 Takidlab o'tish joizki, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunga ko'ra OAV lari axborotni izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish, uni saqlash huquqiga ega hamda tarqatilayotgan axborotning xolisligi va ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi!
Shunga ko'ra, aziz yo'lovchilarimiz va ijtimoiy tarmoq  vakillaridan so'rab qolardikki avtobuslar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelganda turli assosiz ma'lumotlarga tayanmasliklarini va jamiyatga murojaat qilib vaziyatga oydinlik kiritsalar. Zero, har bir tekshirilmagan, asosiz xabar va axborotning xolis emasligi, jamoatchilikda noto'gri fikr uyg'otishiga olib keladi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

09 Oct, 14:13


#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "2-Avtobus Saroyi" filiali ishchi xodimlari bilan bog'liq bo'lgan muammoli vaziyat yuzasidan video post joylanganligining guvohi bo'ldik.
Mas'ul xodimlar tomonidan bu murojaat tez fursatlar ichida atroflicha o'rganib chiqilib, tegishli tartibda javob xatlari taqdim etilishi kafolatlanadi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

09 Oct, 14:02


E'lon! Xalqaro aeroport va Bobur ko'chasini bog'lovchi amalda foydalanilayotgan ko'prik yo'lida 2024-yil 10-oktabr kunidan boshlab ta'mirlash ishlari yakuniga qadar avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to'xtalishi munosabati bilan, ushbu ko'prik yo'li orqali harakatlanuvchi 11, 40, 45, 47, 61, 67, 76, 77, 94, 106-sonli avtobus yo'nalishlarining harakati ikki tomonlama yangi barpo etilgan ko'prik yo'li orqali tashkil etiladi.

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

09 Oct, 14:01


Eʼlon! Hozirgi kunda faoliyati to'xtab qolgan 134M sonli yo'nalishi ko'plab yo'lovchilarning talablarini inobatga olgan holda faoliyati qayta tiklanishini hamda yo'nalish nomi o'zgartirilib "Al-Xorazmiy mavzesi bekati - Agrar universiteti bekati" etib belgilanganlini ma'lum qilamiz.

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

08 Oct, 13:06


🚗Transport vositalari bilan bogʼliq huquqbuzarliklarning sodir etilishi natijasida, davlat, jamiyat va shaxs manfaatlariga moddiy zarar yetkazilishi, fuqarolar huquq va erkinliklarining poymol etilishi, mulkiy va boshqa zararlar kelib chiqishi mumkin.

📍Mazkur turdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning dolzarbligi shundaki, ular fuqarolarning oʼlimi, sogʼligi va mulkiga zarar yetishi bilan bir qatorda baʼzi transport vositalari haydovchilarning ijtimoiy masʼuliyatsizligi hamda tartibsizligining, xudbinligining jamiyat va uning aʼzolariga nisbatan loqaydligining koʼrinishi boʼlganligi bilan xavflidir.

📌Shunday ekan, haydovchilardan yo’llarda harakatlanayotganlarida yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishlarini va yo’llarda e’tiborli bo’lishlarini so’raymiz! Zero, yo‘l qoidasi-umr foydasidir.


✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

08 Oct, 03:11


Bugun, 7-oktabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda bugungi kunda amalga oshirilayotgan “Toshkent – past uglerodli transportga investitsiyalarni jadallashtirish” (TAILEV) loyihasi doirasida erishilgan natijalar, istiqboldagi loyihalar va tashabbuslar muhokama qilindi.

Shuningdek, BMT TD vakillari Toshkent shahridagi 8-avtobus saroyiga tashrif buyurib, elektrobus parki hamda ularni quvvatlash infratuzilmasi bilan tanishdi.

Сегодня, 7 октября, министр транспорта Ильхом Махкамов встретился с постоянным представителем ПРООН в Узбекистане госпожой Акико Фудзии.

На встрече были обсуждены результаты, достигнутые в рамках реализуемого на сегодняшний день проекта “Ташкент – ускорение инвестиций в низкоуглеродный транспорт” (TAILEV), а также перспективные проекты и инициативы.

Также представители ПРООН посетили 8-й автобусный парк в Ташкенте, где ознакомились с электробусами и инфраструктурой их питания.