Iqtisodiyot_《total essence》 @economics_ite Channel on Telegram

Iqtisodiyot_《total essence》

@economics_ite


✔️ Specialists;
✔️ Teachers;
✔️ Students;
✔️ ...
Kanal maqsadi o‘zining ilmi, salohiyati, mashaqqati, tirishqoqligi va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun faoliyat olib boradi!

Bogʻlanish uchun: @Economics_ITE_bot

Iqtisodiyot_《total essence》 (Uzbek)

Iqtisodiyot_《total essence》 kanalimizga xush kelibsiz! Kanalimiz nomidan ham aytilayotganidek, biz iqtisodiyot sohasida faol bo'lganlar uchun maxsus bir platforma tashrif buyuramiz. Bu yerda iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislar, o'qituvchilar, talabalar va boshqa odamlar birgalikda ma'lumot almashishadi va so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishadi. Kanalimizning asosiy maqsadi o'zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun foydali va maqbul ma'lumotlar taqdim etishdir. Agar siz ham biz bilan birgalikda iqtisodiyot sohasida yanada rivojlanish uchun qiziqchi bo'lsangiz, bizga @Economics_ITE_bot orqali qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. Barcha iqtisodiyot albatta muhimdir, va biz sizga eng yangi va foydali ma'lumotlarni taqdim etish uchun kutilmoqdamiz! Sizni kanalimizga a'zo bo'lishga chaqiramiz!

Iqtisodiyot_《total essence》

11 Feb, 16:59


VR nima?

Shunchaki $15,000 lik ko’zoynakni taqasiz va bir joyda turgan holda ko’z bilan va ovoz bilan his qilinishi mumkun bo’lgan har qanday ishni bajara olasiz. Masalan, bir joyda turib dunyo bo’ylab sayohat, qarindoshlar yoki do’stlar bilan uchrashuv, biznes uchrashuvlar va hokazo.

Agar Mark (FB asoschisi) bir dona social media orqali insoniyat yashash tarzini o’zgartira oldimi, demak katta ehtimol bilan VR orqali insonlar ongini ham boshqara oladi. Chunki 20 yil oldin biz uchun hozirgi narsalar mo’jiza edi. Hozir esa... Yana 20 yildan so’ng...

Musulmon inson sifatida VR ochib beradigan imkoniyatlar foydamizdan ko’ra, zararimizga ishlab qolishi havotirga solmoqda. Chunki social mediadan to’g’ri foydalana olmayotgan paytimizda, VR..

☑️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 17:57


Bizlarda ham bor gʻoyali ijodkorlar

Bu oʻyinni shunaqa sharti bor, savolni dastlabki daqiqalaridagi javob juda muhim. Savol qanchalik muhim aytilsa, shunchalik chuqur his etishadi. Bugunam qandaydir bir soat ichida reaksiya, fikrlash, sifat, tezlik, sovuqqonlik kabi xarakterlar koʻrdik. Hammasiga shu oʻyin sababchi. Vaqt sarflab biz bilan ishtirok etgan barchaga rahmat!!!

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:52


Bozor

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:48


Reklama

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:44


Kapital

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:40


Foyda

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:36


Daromad

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:32


Inflyatsiya

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:29


Aksiya

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:24


Soliq

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:20


Pul

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:16


Kredit

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:12


Monopoliya

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:08


Dollar

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:04


Korrupsiya

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 16:00


Investitsiya

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 15:57


Iqtisodiyot_《total essence》 pinned «Shunday so’z o’yini bor. Ishtirokchiga bironta so’z aytiladi, ishtirokchi esa so’zni eshitib hayoliga kelgan birinchi so’zni aytadi (masalan, meva deyilsa, olma birinchi hayolgan kelganligi kabi). Menimcha, bu so’z o’yinini ko’pchilik bilsa kerak. Bugun shu…»

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Feb, 15:42


Shunday so’z o’yini bor. Ishtirokchiga bironta so’z aytiladi, ishtirokchi esa so’zni eshitib hayoliga kelgan birinchi so’zni aytadi (masalan, meva deyilsa, olma birinchi hayolgan kelganligi kabi). Menimcha, bu so’z o’yinini ko’pchilik bilsa kerak. Bugun shu oʻyinni oʻynab koʻramiz, menimcha koʻp ishtirokchilar bilan birgalikda qiziq boʻladi. 21:00da boshlaymiz..

Iqtisodiyot_《total essence》

09 Feb, 07:00


Maxsus nuqta

Oyiga bir mln dollar topadigan inson bilan, oyiga bir mlrd dollar topadigan inson orasida, unchalik katta farq yo‘q. Ikkalasini ham dunyodagi so‘nggi model narsalarni sotib olishga qurbi yetadi.

IQ si 210 bo‘lgan inson bilan IQ si 170 bo‘lgan insonning, aqliy salohiyatida san o‘ylaganchalik katta farq yo‘q. Aqliy salohiyat zo‘r bo‘lishi uchun IQ 140-160 atrofida bo‘lish yetarli.

Ish tajribasi o‘ttiz yil bo‘lgan ishchi bilan, ish tajribasi o‘n yil bo‘lgan ishchi orasida ham katta tafovut mavjud emas. Chunki ishdagi asosiy tajribalar 3-7 yilda olinadi.

☑️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

09 Feb, 01:34


Dunyo rohati ekin maydoniga ekin ekmagan dangasa dehqonning rohatiga o’xshaydi..

Ekmagan o’rmaydi!

Iqtisodiyot_《total essence》

08 Feb, 10:05


Agar qabul qilayotgan qonun, qaror, farmon yoki qandaydir buyruqlar jamiyat a’zolarining iqtisodiy faolligini rag’batlantirmasa (masalan, majburiy a’zolik), unda bunday qarorlar iqtisodiyotni rivojlanishdan orqaga tortayotgan sabablardan boshqa hech narsa emas..

Iqtisodiyot_《total essence》

07 Feb, 19:01


Oʻzimizni bozorda

- Olma nechi pul?
- 9 ming deyapman 12 ming deb

Iqtisodiyot_《total essence》

07 Feb, 07:45


Agar ikki yoʻldan birini tanlashga qiynalsangiz tanga tashlab koʻring.

Tanganing tushgan tomonidan koʻnglingiz toʻlmasa, demak tanlov qilib boʻlgansiz..

Iqtisodiyot_《total essence》

05 Feb, 08:44


Bir paytda

Qari insonlar faqatgina vaqtni ortga qaytarish haqida orzu qilayotgan bir paytda, yoshlar tezroq ulgʻayishni istaydi.

Boylar oʻz boyliklari ortidan quvib, yoʻqotilgan xotirjamlik haqida orzu qilayotgan bir paytda, kambagʻal tezroq boy boʻlishni istaydi.

Mashhurlar faqatgina yopiq shaxsiy hayotni xohlayotgan bir paytda, hech kimga nomaʼlum odam shon-shuhratni orzu qilayotgan boʻladi..

☑️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

04 Feb, 13:35


Bu - umringizni oxirigacha sizda puldan muammo bo'lmasligini his qilish.

Sizga pul kerak bo'lsa, istalgan payt topa olishingizni his qilib yashash.

Agar buni xohlasangiz, sizga eng muhim bitta ko'nikma kerak.

Bu - sotuv

Agar boshqa insonlarga fikringizni, ideyangizni, mahsulotingizni, xizmatingizni sota olsangiz, har doim sizda pul bo'ladi.

Agar sizni mahsulotingiz, insonlar hayotini o'zgatirsa - siz uni sotishga majbursiz..

Iqtisodiyot_《total essence》

04 Feb, 08:44


Bilasizlarmi, insonda bo'lishi mumkin bo'lgan eng yoqimli hissiyotlardan biri nima?

Iqtisodiyot_《total essence》

03 Feb, 02:38


Miyya uchun farqi yoʻq

Biz oʻylayotgan narsalar tasavvur orqali kelganmi, koʻrish orqalimi, eshitish, oʻqish orqali kelganmi farqi yoʻq.

O‘zi yaratgan xayoliy manzarada to‘g‘ri deb bilgan narsaga ishonadi.

Ishongan narsamiz toʻgʻriligiga (notoʻgʻri boʻlsa ham) miyyamiz asossiz boʻlsa ham qoʻshimchalar qoʻshib toʻliq kartina yasab olaveradi.

Bu hol talabalarda koʻp uchraydi, bilmasada javob beraveradi, u soʻzlayotgan narsasi asossiz boʻlsa ham toʻgʻriligiga qattiq ishonadi.

U emas balki uning miyyasi shunga ishonadi..

☑️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

02 Feb, 09:32


Monopoliyaning oldida har doim tanlov ham bitta boʻladi!

Iqtisodiyot_《total essence》

02 Feb, 01:22


10% ni qidirib

Internetdagi kontentning 90%i axlatligiga hech kim shubha qilmasa kerak.

Negadur kitobga kelganda hech kim shunday o’ylamaydi. Kitob ham kontent. Kitoblarning ham 90% i befoyda (yoki zarar)

Kitob chiqishidan avval uni faqat nashriyot tekshiradi. Aksariyot nashriyotlarga faqat sotuv kerak. Ichkaridagi ma’lumotlar o’ninchi darajada...

© Aziz Rahimov

☑️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

30 Jan, 07:38


Sessiya sening muammoing boʻlmaganda sabr haqida soʻzlash qanchalar oson..

Iqtisodiyot_《total essence》

29 Jan, 06:24


Sarkazm

Bu sovuqda ko’plar ko’p xulosa chiqaradi. Masalan, ingliz tilini o’rganishga hali ham kech emas. Yozda qishni g’amini ko’rmasang, davlatga ishonch yo’q. Qanchalik sadoqatli bo’lsang ham, bir kun bir tiyincha hurmat qilinmay qolishing mumkin, faqat bilim va tajribaga ishon.

To’g’ri, hamma ham g’azab, asabda sovuq tunlarda g’udranib uxlamadi. Eplagan qorni ham yoqdi. Bundan tashqari, alamzada bo’lganlar ham iliq bahor kuni biror mushakbozlik paytida hammasini unutadi..

☑️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

28 Jan, 23:53


Hukumat nohaq boʻlganda, sening haq boʻlishing juda xavfli...

Iqtisodiyot_《total essence》

28 Jan, 23:49


“The Economist”ga chiqib ketibmiz:

https://www.economist.com/asia/2025/01/23/the-fate-of-a-ranting-driver-raises-doubts-about-the-new-uzbekistan

Iqtisodiyot_《total essence》

28 Jan, 18:56


Musibatimiz deputatlar ma'qullab berayotgan qonunlarda emas. Shu tartiblarni jamiyat bo'lib gaplashish va to'g'ri yo'lni muhokamalarda topish imkoniyatiga ega emasligimizda.

@haqiqatdaIlyos

Iqtisodiyot_《total essence》

28 Jan, 11:18


Auditoriya qiziqishlari

Men shokoladni yoqtiraman, lekin baliq chuvalchangni yaxshi koʻradi. Men hech qachon baliq oviga shokolad bilan bormayman menga yoqsada, men chuvalchang olib boraman menga yoqmasada. Chunki baliq chuvalchangni yaxshi koʻradi..

☑️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

27 Jan, 10:12


Marketing – bu odamlarni bir yildan beri ishlatilmayotgan telefonini "yangilash" kerakligini tushuntirish san'ati..

Iqtisodiyot_《total essence》

26 Jan, 14:46


Dominant auditoriya

Auditoriyasi bor odamlar endi, haqiqatdan ham kuch, puli bor va hokazoga erishgan odamlardan yuqoriroq oʻrinda turadi.

Chunki oddiygina misol Ronaldoni Coca-Cola ichmanglar deb surib qoʻyishi, Colaga 4mlrd. dollarga tushishi mumkin. Ronaldoni kuchi Putinni kuchidan ham koʻp boʻlishi mumkin aslida, sababi uni auditoriyasi instagramni oʻzida Rossiyani aholisidan 4 yarim baravar koʻproq.

Rossiyada 144mln. aholi boʻlsa, Ronaldoni followeri 648mln. Instagram post qoʻygani uchun unga pul toʻlaydi.

Yaʼni bundan buyogʻiga seni qancha puling bor, seni qanaqa mashinang bor degan gap trendga chiqmaydi, soʻraladigan narsa seni auditoriyang qancha?..

☑️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

26 Jan, 01:17


Biz uchun emotsiyalar qiziq!

Kecha hamyurtimiz Khusanov debyut oʻyinini oʻtkazdi, baʼzilarni fikri boʻlishi mumkin Pepning xatosi uni boshlang'ich sifatida qoʻshishi bolani yirtib tashlash uchun berdi. Shu sababli uning moslashuvi kechikishi va psixikasi buzilishi mumkin degan qarashlar ham boʻldi. Guardiola hammasini yaxshi biladi, bunday holatlar xulosa chiqarib olish uchun yaxshi imkoniyat..

☑️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

25 Jan, 15:48


#qisqa

Siyosatchilar har doim o'zlaridan yaxshi narsa qoldirib ketishni istaydilar. ("Yaxshi narsa" ning ta'rifi hammada har xil bo'ladi.)

Buning uchun albatta mablag' kerak. Ularda esa ikki xil tanlov bo'ladi: soliqlar va xorijiy qarz.

Soliq stavkalarini ko'tarishni istamaydilar, chunki bunday siyosatchini xalq yoqtirmaydi.

Qarz olish esa ayni muddao, chunki uni kelajakda keladigan boshqa siyosatchi soliqlar orqali qayta to'lashga majbur bo'ladi.

Qarz bu kelajak avlod uchun manfiy me'ros!

Iqtisodiyot_《total essence》

18 Jan, 13:38


O‘rtacha ustoz — haqiqatni aytadi.
Yaxshi ustoz — haqiqatni aytadi va tushuntiradi
Dono ustoz — haqiqatni izlashni o‘rgatadi.

Sizning muvaffaqiyat tomon intilishdagi birinchi vazifangiz dono ustoz izlab topish!

Iqtisodiyot_《total essence》

16 Jan, 18:55


Bir kinoda boʻlardi, qoʻl soatida, soatdan boshqa hamma narsani koʻrsatardi.

🍇 Uzumda ham uzumdan boshqa hamma narsa bor..

Iqtisodiyot_《total essence》

16 Jan, 13:40


Pozitsiya

Pepsi — Oʻzini asosan yoshlarga taklif qiladi. Eʼtibor bersangiz Pepsini, Oʻzbekistonda Tik-toker va vaynerlar reklama qilishadi, yaʼni Pepsi asosan yoshlarni "nishonga" olgan.

Coca-Cola — Doimo bayramlarda, doʻstlar, yaqinlar yigʻilganda ichiladigan ichimlik. Yaʼni ular doimo katta-katta marosimlarda hamma Cola ichishini xohlashadi. Homiylik qilayotgan tadbirlari ham bayramlar, marosimlardir..

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

15 Jan, 16:34


Katta baliqlar kichik baliqlarni yeydigan vaqt tugadi.

Endi tez baliq, sekin baliqni yeydi.

Pul tezlikni yoqtiradi..

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

15 Jan, 08:28


Olimlarning aniqlashicha, insonlar kun davomida qiladigan 90-95% ishlarini uning odatlari asosida bajarar ekan.

Tasavvur qiling siz 100 yil yashaysiz. Demak 90-95 yil umringiz, sizning odatlaringiz asosida o'tadi.

Shu yerda savol tug'iladi.

- Sizni nima boshqaradi?

Iqtisodiyot_《total essence》

14 Jan, 18:30


Zo'r idealar menga kechasi endi uxlayman deganda keladi. Shu bilan uyqu yo'q.

Ertalabgacha rejasini tuzib chiqaman.

Sizlarda-chi?

Iqtisodiyot_《total essence》

13 Jan, 10:12


Narx bilan musobaqalashuvchi bozor doimo yutqazadi..

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

13 Jan, 01:13


Estetika

Har narsa kim uchundir oddiy, tiynga arzimaydi, ammo kim uchundir go'zallik.

Biz uchun loy bu jirkanch narsa, Kulol uchun bo'lsa san'at asari uchun imkoniyat..

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

12 Jan, 14:28


Jarayonga ishoning.

Har kuni 1% yaxshiroq: 1,01^365 = 31,18

1% har kuni eng yomon: 0,99^365 = 0,03

Iqtisodiyot_《total essence》

11 Jan, 16:06


#life

Qiz pul ishlashni boshlaganida, u endi o'zini mustaqil deb o'ylaydi. Vaholanki, bola pul topsa, u ko'proq mas'uliyatni his qiladi.

Iqtisodiyot_《total essence》

11 Jan, 09:20


Tekinmi yoki tezlik

Siz Yandex uchun pul to'laysiz hattoki o'sha joyga piyoda tekinga bora olsangiz ham.p

Siz ovqatni uyda tayyorlab yeyishingiz mumkin, lekin restoranda tez va qulay xizmat olish uchun pul to'lashga tayyorsiz.

Siz musiqalarni tekinga botlardan qidirib chiqishingiz mumkin, lekin tezlik va qulayliklari uchun Spotify ga pul to'lab eshitishga ham tayyorsiz.

Shu tariqa, ko'pincha qulaylik, tezlik va sifat uchun pul to'lashni afzal ko'ramiz, garchi ba'zi narsalarni bepul topish mumkin bo'lsa ham..

🔑@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

11 Jan, 04:43


Fan oshxonasini yulduzi Eynshteyn boʻlsa, futbol sohasini yulduzi Guardiola!

Tarixda ilk hamyurtimiz mana bunday darajadagi murabbiy qoʻl ostida harakatlanadi deb kim oʻylabdi deysiz. Hali hech qaysi Osiyolik futbolchi bunaqa rekord darajadagi summaga baholanmagandi.

Tabriklaymiz, Abduqodir Husanov Manchester City futbolchisi!!!

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Jan, 16:18


JK Rouling "Garri Potter" ni yozishni boshlashdan oldin u Garrining Xogvartsdagi yetti yillik hayotini tasavvur qilgan edi.

Sem Uolton birinchi Wal-Martni ochganda, u shunchalik katta o'ylardiki, soliqlarni minimallashtirish uchun kelajagini rejalashtirishi kerak edi.

Shunday qilib, ikkalasi ham muvaffaqiyatga erishdi va Sem Uolton dunyodagi eng yirik soliqsiz kompaniyani qurdi. JK Rouling hozirgacha Garri Potterning 600 million nusxasini sotgan...

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Jan, 02:02


100.000 so’mini yo’qotgan talaba bilan 10.000$ ini yo’qotgan tadbirkorning muammo og’irligi bir xil.

Ammo qabul qilishlar ikki xil.

Iqtisodiyot_《total essence》

09 Jan, 07:13


Pul bu - indicator.

Siz jamiyatga berayotgan foydangiz siz olayotgan pul bilan o'lchaniladi!

Iqtisodiyot_《total essence》

09 Jan, 04:57


Sotuvlar raqsi

Biz ko'rganmizki 90% holatlarda sport mashinalari oldida va avtosalonlarda sotuvchilar emas balki modellar mashinani sotadi.

Nega?

Bir tajribada 2 erkak sinovga qo'yildi.

Birinchi erkak mashinani modeldan sotib oldi.

U mashinani ikkinchi erkak ta'rifiga solishtirganda yanayam tezroq va hashamatliroq ekanini aytdi.

Lekin o'ziga bu narsa haqida aytishganida esa: yo'q men qizga e'tibor bermadim degan.

Bu "Principle of association" deyiladi va bu prinspga ongsiz ravishda amal qilamiz.

Sotuvchilar mahsulotni insonlar yoqtiruvchi narsalar yoki shaxslar bilan bog'lash orqali sotuvlarini oshiradilar..

Nega biror-bir sanatkor ovoz bergan prezident yoki deputatga o'sha sanatkor auditoriyasi ham ovoz beradi?

Nega Ronaldo Coca-Cola dan suvni ustunligini aytganda kompaniya 4$ mlrd yo'qotdi?

Bularning bari "Yoqtirish" teoriyasidir!

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

08 Jan, 15:46


Milodiy to'qqizinchi asrdan boshlab, musulmonlarda haqiqiy boylik deganda, kitob tushunilgan. Birovga eng qimmatbaho hadya(sovg'a) qilishni xohlagan odam kitob olib borgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

08 Jan, 13:22


Assalom aleykum barchangizga kanalimdagi biroz tanaffusdan keyin yana bu yerda aktiv bo'lishga harakat qilaman. Barchangizga chiroyli sabr uchun rahmat!

Iqtisodiyot_《total essence》

04 Jan, 05:01


Oʻzi koʻp, lekin kam

1. Resurslar koʻp, samaradorlik kam

2. Talab koʻp, taklif kam

3. Daromad koʻp, taqsimlash adolatsiz

4. Ish o‘rinlari koʻp, mehnat haqi past

5. Xizmatlar koʻp, sifatli xizmat kam

6. Hukumat siyosati koʻp, samarali boshqaruv kam

7. Neʼmat koʻp, shukrona kam

8. Imkoniyat koʻp, foydalanuvchilar kam

9. Orzular koʻp, maqsadlar kam

10. Kadrlar koʻp, mutaxassislar kam

Qolgani sizdan..

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

03 Jan, 13:25


Qiyin davr

Qiyin davrlar kuchli insonlarni yaratadi;

Kuchli insonlar yaxshi davrlarni yaratadi;

Yaxshi davrlar kuchsiz insonlarni yaratadi;

Kuchsiz insonlar qiyin davrlarni yaratadi..

Iqtisodiyot_《total essence》

02 Jan, 06:02


Mahsulot narxini oshirib, xodimlar oyligini oshirmaslik bu - Finance marketing..

Iqtisodiyot_《total essence》

31 Dec, 17:38


Barcha obunachilarimizni kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman. Yangi yilda barchaga tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt tilab qolaman. Tarixga aylanayotgan yilda yetisholmagan yaxshi niyatlaringizga, kelayotgan yilda yetishishishingizga tilakdoshman.

Kelayotgan Yangi yil muborak bo’lsin!!!

Iqtisodiyot_《total essence》

31 Dec, 16:27


Yangi yil kelganida, ba'zilar yangi qarorlar qabul qilishadi, ba'zilar esa eski qiyinchiliklarga yangi bahona topishadi..

Iqtisodiyot_《total essence》

31 Dec, 04:12


#365 Iqtisodchilar bilan ajoyib mavsum oʻtkazdik!

Iqtisodiyot_《total essence》

29 Dec, 05:55


Toshmatni 1 million so'mi bor,
Gʻishmatni esa 1 million dollar qarzi bor.


Qaysi biri birinchi bo'lib $100K topish ehtimoliga ega?

Ajralib turuvchi qobilyati, duxi, networkingi bor Gʻishmatdami yoki puli bor Toshmatda?

Iqtisodiyot_《total essence》

28 Dec, 09:18


Rafaellodan keyin sabzi bemaza ko'rinadi.

Seriallardan keyin haqiqiy hayot qiziq emas ko'rinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardan haqiyqiy hayot rangsiz ko'rinadi.

Aslida esa, sabzi mazzali va foydali. Hayot qiziq va ranglarga to'la..

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

28 Dec, 01:44


Besh dirham

Savdogarlardan biri doʻkonida oʻtirgan edi. Uning oldida mijozlari bor edi. Shunda bir kishi kelib: "Sizda besh dirham omonat qoldirgan edim. Shuni bering", dedi. Savdogar hamyonini ochib besh dirham olib haligi kishiga tutqazdi: "Mana besh dirhamingiz, marhamat". U kishi dirhamlarni olib joʻnab ketdi. Ancha vaqtdan keyin qaytib kelib uzr soʻradi: "Meni maʼzur tutasiz. Men besh dirhamni boshqa kishida omonat qoldirgan ekanman. Uni siz bilan almashtiribman. Siz nega menga indamasdan besh dirxam berdingiz?". Savdogar javob berdi: Men savdogarman. Savdogarning oʻz obroʻsi boʻladi. Agar men sizga "Menda hech narsa qoldirganingiz yoʻq", deganimda kishilar men haqimda ikki guruhga boʻlinib olishar edi. Birinchi guruh meni yolgʻonchi der edi. Ikkinchi guruh esa men haqimda gumondor boʻlib qolar edi. Shu besh dirham uchun obroʻmni toʻkkim kelmadi..

P.S Buni ba'zilarga aytib bersam ertakdek tuyulsa kerak.

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

27 Dec, 10:18


Matnning ma'nosi:
Cheksiz pulingiz bo'lsa nima ish bilan shug'ullangan bo'lar edingiz? Hali ham hozir qilayotgan ishingizni qilarmidingiz?

Siz qanday holatdasiz?

Iqtisodiyot_《total essence》

27 Dec, 08:10


Turkiyalik fotograf Ugur yer yuzining turli joylarida olingan surʼatlarni birlashtirib chiqibdi. Uning bu ishlari "Biz aqlbovar qilmas darajada farq qiluvchi dunyoda yashaymiz" degan shior ostida eʼlon qilingan.. (manba)

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

27 Dec, 01:36


Bu dunyoda xuddi hozirgina fazodan yerga tushib qolgan o’zga sayyoralikdek yashash kerak.

Insonlar nimaga qiziqadi? Ular nimalarni katta maroq bilan bajaradi? Nima yeyishni, nima ichishni istashadi? Hozir qanday ahvolda? ... Shularni doimiy oʻrganib borish.

Shunda odamzotni qon-qoniga singib ketgan barchani o’z qolipiga solish, o’sha qolipidan kelib chiqib boshqalarga munosabatda bo’lish singari bema’nilikdan xalos bo’lardik va jamiyatimizda bir-birining istaklariga quloq solish xislati paydo bo’lardi balkim..

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

26 Dec, 06:51


Har tong sizga 86400$ pul berishsa va bu pulni erta xuddi shu paytgacha har bir sentigacha ishlatib bo‘lish sharti berilsa, siz qanday harakat qilgan bo‘lardingiz?

- Pulni bosib yotarmidingiz?
- 8 soatdan ko‘p uxlarmidingiz?
- Televizor qarshisida soatlab o‘tirarmidingiz?

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

25 Dec, 13:26


Erkinlik parolasi

Amerikada quldorlik keng tarqalgan paytda Garriyet Tabmen ismli ayol 1849-yilda qullarni ozod qilish yashirin jamoasiga asos soldi. U 700 dan ortiq insonni qullikdan xalos qildi. Garriyet keyingi ozodlik harakatlarida ham yetakchi shaxslardan biri edi.

Undan “Qullarni qutqarish yo‘lidagi eng mashaqqatli ish nima?” deb so‘rashganda, chuqur o‘ylanib: “Qulni qul emasligiga ishontirish”, deb javob bergan ekan.. (manba)

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

25 Dec, 08:21


Xonaga bir chiroyli qiz kirib kelgan paytda hamma qizni tomosha qilayotganda qolganlarni tomosha qilgan odam psixolog, kuzatish natijasida kimga nima sotishni bilib olgan odam esa marketologdir..

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

25 Dec, 04:34


"Yangi" bozor bu yangi ehtiyojlar bozori emas. "Yangi" bozor - bu biz yangitdan qondirmoqchi bo‘lgan eski ehtiyojlar bozori.

Ehtiyojlarni qondirishning barcha eski usullari bizdan oldin allaqachon ixtiro qilingan. Usullarni yangilash orqaligina siz yangi bozorga kirib borasiz. "Ford Motors" ot-aravalar o‘rniga avtomashina taklif qilgani singari..

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

24 Dec, 15:30


Qulaylik boʻlishi uchun barcha kanallarni bitta linkda toʻpladik. Link orqali barcha kanallarga aʼzo boʻlishingiz mumkin. Birma-bir koʻrib, saralab ham aʼzo boʻlishingiz mumkin, buyogʻini oʻzingiz hal qilasiz.

Marhamat havolaga!

Iqtisodiyot_《total essence》

24 Dec, 15:00


Bugun sizlarga zamonaviy, dunyoviy, (yuqori ma'lumotli qatlam) asosan o'zbek tilida sifatli kontent yaratadigan turli xil soha egalarining foydali telegram kanallarini tavsiya qilamiz.

@stratfocusca - Xalqaro munosabatlar bo’yicha o’zbek tilidagi #1 kanal

@nota_bene1 - shunchaki yaxshi kanal

@blogdilshoda - Xalqaro va O'zbekistondagi grantlarni yutmoqchilar uchun maxsus kanal

@engengeng888 - eng zo'r ma'lumotlar - hammasi faqat obunachilar uchun

@Azizbekh17mem - Ijtimoiy, siyosiy muammolar kulgu orqali olib chiqiladi

@Economics_ITE - Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar

@sharqshunos_tarixchi -
Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi

@Uzbekchilik17 - Asosan kayfiyatni ko‘taruvchi kontent

@bilimdon_zakovatchi - Yangi faktlar, savollar, zakovat haqida va xullas ideal kanal

@legal_mind — sarkazm, yumor va xalq tushunadigan tilda huquqiy fikrlar

@economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida

@santuagaraoflibrary - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida

@jadidlar - Jadidlar xotirasini tiklash, yetuk namoyondalari ijodi va faoliyatini yetkazish yoʻlida ochilgan sahifa

@xoshimovuz - Hayotimizda boʻlayotgan voqea-hodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharhlar

@korinmas_qol - ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida

@therealniyozov - siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda

@ZakovArt - tasviriy sanʼat: rassomlar va kartinalar

@jahon_statistikalar – statistikalar, raqamlar va faktlar olami

Iqtisodiyot_《total essence》

23 Dec, 17:52


Sohang ajib - kapalak tutmoq,
Ertayu kech boʻlasan halak.
Undan koʻra bogʻingni gullat,
Uchib kelar hamma kapalak.

Iqtisodiyot_《total essence》

22 Dec, 14:06


Zerikarli g'oyalar

Juda zerikarli g'oyalar: inernet-magazin, taksilarni mobil ilovalardan buyurtma qilish, xonadonlarni qisqa muddat uchun ijaraga olish, talabalar katalogi, kovorking markazlari.

Kimda bu g'oya o'xshadi: Amazon, Uber, Airbnb, Netflix, Facebook, WeWork.

Kimda bu o'xshamadi: xuddi shu ishni qilgan minglab odamlarda.

Xulosa? Zerikarli g'oyalar yo'q. Zerikarli asoschilar bor..

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

22 Dec, 10:14


Boylik meʼrosmi yoki mehnat?

Chiroyli qiz o‘z chiroyi bilan maqtanadi. Aslida bunda uning zarracha xizmati yo‘q. Lekin tuzatish mumkin bo‘lgan xarakter yoki odatga kelganda - Xudo insof bermasa, qo‘limdan nima kelardi, deb qo‘yishadi.
O‘z qo‘limizdagi, ixtiyorimizdagi narsani “Xudoning ishi” deymiz, xudo bizdan so‘ramasdan bergan ustunliklarimiz bilan esa maqtanamiz.

Boy o‘z boyligi bilan maqtanadi - aslida u boylik dadasiga rizq qilib berilib, unga meros qolgan bo‘lsa-da...
Kambag‘al ahvolidan xafa bo‘ladi, o‘zini ayblaydi, aslida, u kabi mehnat qilgan boshqa kimdurning omadi kelgan yoki ko‘proq rizq olgan bo‘lsa-da...

Qachonki, har bir ishning o‘zimizga bog‘liq bo‘lgan yoki bog‘liq bo‘lmagan toifaga ajratishni yaxshilab o‘rganmagunimizcha baxtli bo‘lolmaymiz..

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

21 Dec, 16:55


Marketolog=mijoz/50%+tadbirko/50%

Menimcha, marketologlar ham mijoz uchun ham biznes egasi uchun fikrlashi kerak..

Iqtisodiyot_《total essence》

21 Dec, 01:07


Qoʻrqinchli doira

- Sen uchun eng qoʻrqinchli narsa nima?
- Ishlash.
- Undan ham qoʻrqinchlisichi?
- Ishlash uchun uyqudan uygʻonish.
- Undan ham qoʻrqinchli nima unda?
- Ertalab erta ishga borish uchun kechasi erta uxlash..

Iqtisodiyot_《total essence》

19 Dec, 14:58


Siz qanchalik ratsional fikrlaysiz?

Nega bizdan sekinroq haydayotgan odam ahmoq, yonimizdan tez o‘tib ketgani esa manyak?

Nega birov ishga kech qolsa - u masʼuliyatsiz, biz kech qolsak esa bunga jiddiy sabablar bor?

Nega ko‘chaga baklajka tashlagan inson mol, biz esa axlat chelaklari yo‘qligi uchun noilojlikdan axlat tashlaymiz?

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

19 Dec, 05:14


Sun’iy intellekt insoniyatni ishsiz qoldiradimi?

Yangi paydo bo’layotgan texnologiyalar, shu jumladan sun’iy intellekt rivojlangani sari, ko’pchilik insoniyatning ushbu shakllanayotgan dunyo paradigmasidagi o’rni haqida qayg’urishni boshlayapti. Katta til modellari (masalan, ChatGPT) hozirning o’zida o’rtacha ofis xodimi bajara oladigan vazifalarining aksarini tezroq va sifatliroq bajarishi hech kim uchun sir emas. Undan tashqari, AGI (Artificial General Intelligence) bir kun kelib paydo bo’lsa, insoniyatning sun’iy intellektdan afzalroq bo’lgan tomonlari umuman qolmaydi. Demak, har birimiz ishsiz qolishimiz muqarrar, to’g’rimi?

Yo’q.

Sababi oddiy - nisbiy ustunlik. Sun’iy intellekt (SI) har bir sohada ixtiyoriy insondan yaxshiroq bo’lsa ham, uning ustunlik darajasi bir xil bo’lmaydi.

Misol uchun, deylik, butun dunyodagi SI modellari bir kunda 300 million bemorga tashxis qo’ya oladi yoki 600 million programma uchun kod yoza oladi. Insoniyat esa bir kunda 100 million bemorga tashxis qo’ya oladi yoki 100 million programma uchun kod yoza oladi deb faraz qilaylik. Ko’rishingiz mumkinki, SI tibbiyotda ham, ITda ham unstunlikka ega.

Lekin SI har bir qo’shimcha tashxis uchun 2 programmadan voz kechishi kerak. Insoniyat esa har bir qo’shimcha tashxis uchun 1 dona programmadan voz kechadi. Bu muqobil xarajat (opportunity cost) deb ataladi. Demak, programmalar sonida ifodalanganda, tashxis qo’yish insoniyat uchun, SI bilan solishtirganda, arzonroqqa tushadi. Shunday ekan, SI programma yozishda, insoniyat esa tashxis qo’yishda ixtisoslashgani optimal.

Boshqacha qilib tushuntirish uchun: faraz qiling, siz milliard dollarlik kompaniyaning prezidentisiz. Shu bilan birga, siz butun dunyoda klaviaturada pechat qilish tezligi bo’yicha birinchi o’rinni egallaysiz. Savol: kompaniyangizga kelib tushadigan elektron xatlarga o’zingiz javob berib o’tirganingiz ma’qulmi yoki kotibni shu uchun ishga olganingizmi? Aminmanki, deyarli har bir inson “kotib olganim” deb javob beradi. Sababi: siz xatlarga har bir ixtiyoriy kotibdan tezroq javob yoza olishingizga qaramay, sizning vaqtingizning narxi ancha baland, va u boshqa muhimroq vazifalar uchun ajratilishi optimal. Xuddi shu mantiq SI va insoniyat orasidagi vazifalar taqsimotida ham ishlaydi.

Albatta, hamma yozganlarim ishlashi uchun SI cheksiz miqdordagi vazifalarni bajarish qobiliyatiga ega bo’lmasligi kerak. Ya’ni, SIning taklifi chegaralangan bo’lishi zarur (supply-side constraints). Bu esa shunday bo’lib qoladi ham, chunki SI doimo hisoblash quvvatlari va elektr energiyasiga chambarchas bog’liq bo’lib qoladi. Bu ikki resurs cheksiz miqdorda paydo bo’lmagunicha, SI faqat eng optimal vazifalarda ixtisoslashadi, insonlar esa boshqa ishlarni bajarishda davom etadilar.

Iqtisodiyot_《total essence》

17 Dec, 17:25


Fokus illyuziyasi

Siz o'ylayotgan narsa sizga muhim bo'lib qoladi, lekin aslida u siz o'ylayotgandek muhim emas.

U haqida siz o'ylayotganingiz uchun faqat, o'sha narsa sizga muhim.

Bu effekt “fokus illyuziyasi" deb aytiladi. U yaqinlashtiradigan oyna kabi ishlaydi.

Misol uchun, AQShda ko'pchilik Kaliforniyada hayot baxtliroq deb o'ylashadi, lekin bu rost emas..

Iqtisodiyot_《total essence》

17 Dec, 06:19


Kecha va bugun

1 dollarni so’mga nisbati tarixda:
• 1994 yil: 7 so’m;
• 1998 yil: 93,46 so’m;
• 2002 yil: 750,05 so’m;
• 2006 yil: 1 224,6 so’m;
• 2010 yil: 1 595 so’m;
• 2014 yil: 2 316,27 so’m;
• 2018 yil: 7 871,66 so’m;
• 2020 yil: 10 173 so’m;
• 2021 yil: 10 515 so’m;
• 2024 yil: 12 837, 43 soʻm

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

17 Dec, 01:10


Yaqiniga kelsang hamma narsa katta ko'rinadi.

Atrofimizda bo'layotgan voqealarning ahamiyati o'sha vaqtda va voqea ichida juda muhim ko'rinadi. Uzoqroq perspektivada tahlil qilsa, u aslida o'ylaganimizchalik ahamiyatli emasligini anglash mumkin.

Shu uchun baʼzi masalalarda orqaga tashlab, qaror berishni kechiktirgan ma'qul. Vaqt va masofa o'tgach, o'sha qaror anglaganimizdek ahamiyatli emas, balki umuman keraksiz ham bo'lib qolishi mumkin.

✔️@Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

16 Dec, 09:12


Xorijiy davlatda o’qiyotgan talabalar haqida

Iqtisodiyot_《total essence》

16 Dec, 00:58


Omma hech qachon haqiqatga talpinmagan. U illyuziyalarni talab qiladi, ularsiz yashay olmaydigan illyuziyalarni..

Iqtisodiyot_《total essence》

14 Dec, 11:31


Tanlov

Har bir qaror o'ziga xos va qiziqarli hikoyalar yaratadi. 10 yil oldin qilgan har bir tanlovimiz hozirgi kunimizni shakllantiradi va har doim yana yaxshiroq versiyasini yaratishga ilhom beradi.

10 yil orqaga qaytishni hozirgi karerangizga alisharmidingiz?

Iqtisodiyot_《total essence》

30 Nov, 11:41


Applening olmasi shirinmi?

Apple tarafdori:
Yaxshi dizayn, yuqori sifatli ekran, va eng muhimi, olmaning ichida doimo yangi innovatsiyalar bor. Bu olma har doim o‘zining eng zo‘r ta’miga ega bo‘lgan!

Biroq, Samsung tarafdori shunday deb javob qiladi:
— Ha, lekin Samsungning kamerasini ko‘rmagan ekansan! Bizning telefonlarimiz har qanday sharoitda eng yaxshi suratlarni olishadi. Ikkita olma sersuv bo‘lsa ham, birorta suratni takrorlash mumkin emas!

Apple tarafdori shunday deb o‘ylab qoldi:
— Kamera, ha... Lekin men olmaning ta'mini baholayman. Nima uchun kameralarga qaraganda, biror narsaning haqiqiy ta'mini his qilmayapsan? Olma bu butunlay boshqacha narsa!

Har birida o‘ziga xos boylik bor, Apple – olmaning ta’mi, Samsung – uning yoritilishi..

Iqtisodiyot_《total essence》

30 Nov, 09:42


Menimcha, iqtisod – bu orzu va ambitsiyalar o‘rtasidagi tafovut! Bir tomonlama boylik va muvaffaqiyat, boshqalar uchun esa o‘limga olib keladi. Yaxshi hayotga erishish uchun qandaydir zafarni qo‘lga kiritish kerak, lekin bu har doim ham boshqalar uchun zararli bo‘lishi mumkin..

© Jay Gatsby

Iqtisodiyot_《total essence》

29 Nov, 16:35


Bir kun iqtisod va siyosat uchrashibdi.

Siyosat: — Men har doim xalq uchun foydali qarorlar qabul qilaman!

Iqtisod: — Ha, lekin sen o'zingni yomon holatga solmaysan, barcha qarorlaringni kreditga olasan!

Iqtisodiyot_《total essence》

28 Nov, 07:41


Qisqa satrlarda

Marketing — va'da berish va uni bajarish;

Samarali boshquv — tizimni to‘g‘ri qurish va uni nazorat qilish, xodimlarni emas;

Rahbar — mas'uliyati yuzasidan ta'sir kuchi yuqori jamoa a'zosi;

Shogird — o‘rganishdan ko’ra muhimroq boshqa maqsadi bo’lmagan xodim.

Iqtisodiyot_《total essence》

28 Nov, 06:24


Hamma narsa qachondir birinchi marta roʻy beradi..

Iqtisodiyot_《total essence》

24 Nov, 11:44


Yangi dunyoda eski o’lchovlar o’tmaydi.

Iqtisodiyot_《total essence》

24 Nov, 01:09


Topdikmi yoki yo‘qotdik?

Tasavvur qiling, uyingizni faqat o‘tin yoqib isitishingiz mumkin. Sizda o‘tin bor, ammo, uni yoqish uchun gugurtingiz yo‘q.

Qo‘shni uyda gulxan yonib turganini bilib, olov tutashtirgani u xonadonga kirdingiz. Sovqotgansiz, shu sabab qo‘shni gulxani oldida isinib oldingiz.

Badaningiz endi sovqotmayapti, ehtimol shuning uchun chiqishda na gugurt na bir olov parchasini o‘zingiz bilan olib chiqmadingiz.

Uyga qaytib kirdingiz, olov haligacha o‘chiq. Xo‘sh, nima bo‘ldi?

Yuqoridagi o‘xshatish va fikrlash o‘rtasida bog‘liqliklar bor, sizningcha nima topdik, nima yo‘qotdik?

Iqtisodiyot_《total essence》

22 Nov, 10:33


- Nazariyasiz amaliyot - jonsiz yoki bemahsuldir!
- Qiyin ishlar vaqtida qilinmagan oson ishlarning yig'indisidir.

© Genri Ford

Iqtisodiyot_《total essence》

20 Nov, 16:06


Dunyodagi eng qisqa IQ-test matematika boʻyicha boʻlib, bor-yoʻgʻi uch savoldan iborat. U Massachusets texnologiya instituti professori Sheyn Frederik tomonidan oʻylab topildi.

Olim savollar bir qarashda osondek tuyulishini qayd etgan. Javoblar tushuntirilganida ularning mantigʻini anglash oson, biroq toʻgʻri javob berish uchun aqlga birinchi boʻlib keladigan yechimdan voz kechish lozim.

Iqtisodiyot_《total essence》

20 Nov, 10:27


#anekdot

Bir bola otasiga:
— Otajon, inflatsiya nima?
Ota:
— Bu degani, agar bugun bir dona shokoladni 1000 so'mga olgan bo'lsak, ertaga u 1200 so'm bo'lishi mumkin.
Bola bir oz o'ylab, keyin so'raydi:
— Demak, agar ertaga 1000 so'mga shokolad olishni rejalashtirsam, bugun 1200 so'mga shokolad olishim kerakmi?
Ota kulib javob beradi:
— Ha, bolam, sen tezda iqtisodchi bo'lishga tayyor turibsan!

Iqtisodiyot_《total essence》

10 Nov, 06:07


Tramp birinchi kunda amalga oshirishni va'da qilgan ishlar

Donald Tramp Oq uyga kirishi bilan quyidagi ishlarni amalga oshirishini bot-bot ta'kidlagan.

1. Ommaviy deportatsiya

Tramp AQShda yashayotgan noqonuniy muhojirlarni yoppasiga deportatsiya qilishini, Meksika bilan janubiy chegarani migrantlar uchun taqa-taq yopishini aytib keladi.

Buni amalga oshirish oson emas; chunki bunga juda katta mablag' kerak. Hisob-kitoblarga ko'ra, bitta noqonuniy immigrantni deportatsiya qilish AQSh hukumatiga o'rtacha 20 ming dollarga tushadi.

Bu degani, bir millionta odamni tutish va mamlakatdan chiqarib yuborish uchun 20 milliard dollar kerak. Noqonuniy muhojirlar soni kamida 11 million ekani taxmin qilinsa, uyog'ini endi o'zingiz tasavvur qilavering.

Tramp bu sohada amalda nima qila olishi mumkin? Meksika orqali noqonuniy o'tuvchilar yo'lini maksimal darajada to'sadi; qo'lga tushganlarni o'sha yerning o'zida deportatsiya qilishi mumkin. Chegara bo'ylab devor qurish davom etadi.

AQShga immigratsiyani cheklovchi yangi qonun taklif qilinishi ham mumkin.

2. Ukraina urushini to'xtatish

Bu, ehtimol, Trampning eng mashhur va'dasi. U Ukraina urushini 24 soat ichida to'xtatishga va'da bergan.

Bu ham imkonsiz ish. Bir kunda Kiyevga va Kremlga ma'qul keladigan kelishuvga erishish mumkinligini tasavvur qilib bo'lmaydi.

Tramp amalda nima qilishi mumkin? Rossiya bilan muzokaralarni boshlash bo'yicha Zelenskiy hukumatiga bosimni kuchaytiradi. Qurol-yarog' kelishi kamaysa, Ukraina Trampning ba'zi shartlariga rozi bo'lishi mumkin.

Rossiyaga esa Ukrainaning hech qachon NATOga a'zo bo'lmasligi va'da qilinishi mumkin. Ammo Rossiya shu paytgacha egallab turgan Ukraina hududlarining taqdiri nima kechadi? Kiyev ulardan voz kechishga rozi bo'ladimi? Ko'p ehtimol bilan, yo'q. Mojaro hozirgi front chiziqlarida muzlatilishi mumkin. Menimcha, bundan ortig'ini, ya'ni Rossiya egallangan hududlardan chekinishini kutmaslik kerak.

3. Bojlarni oshirish

Tramp xorijdan AQShga kirib keladigan barcha tovarlar uchun bojlarni oshirishni va'da qilgan. Ayniqsa, Xitoy mollariga. Buni prezident farmon orqali osonlikcha amalga oshirishi mumkin. Kongress tasdig'ini olish shart emas.

4. Neft qazib chiqarishni ko'paytirish

AQSh dunyoda eng katta neft zaxirasiga ega mamlakatlardan biri. Atrof-muhitni himoya qilish vaji bilan avvalgi ma'muriyatlar mamlakatda neft qazishni ko'paytirishga taqiq qo'ygan. Tramp bu taqiqlarni bekor qilmoqchi.

5. Transgenderlarning ayollar sportida qatnashishini taqiqlash

Tramp jinsni o'zgartirish uchun beriladigan federal yordam dasturlarni bekor qilmoqchi; keyinchalik jinsini o'zgartirganidan qat'i nazar, tug'ilgan vaqtida berilgan biologik jinsni tan olish masalasini qonunlashtirmoqchi. Shuningdek, transgender shaxslarning ayollar sporti bilan shug'ullanishini taqiqlash tarafdori.

Bular - Tramp saylovchilarga bergan ayrim va'dalar. Mahalliy siyosatga oid yana boshqa ko'plab qilmoqchi bo'lgan ishlari bor. Ular bu ro'yxatga kiritilmadi.

Kongressda Senat ham respublikachilar nazoratiga o'tdi. Vakillar palatasi bo'yicha hali ba'zi o'rinlar taqdiri aniq emas, lekin ko'p ehtimol bilan u ham respublikachilar qo'liga o'tishi kutilyapti.

Bu degani, Tramp o'z siyosatini amalga oshirishi ancha osonlashadi.

@bmamadiev

Iqtisodiyot_《total essence》

08 Nov, 04:53


Iqtisodiyot bo'yicha PhD dasturiga tayyorlanish uchun qo'llanma

PhD dasturiga topshirish uchun tayyorgarlikni boshlaganman. Hujjatlarni tayyorlashda, yoki umuman olganda, bu uzoq yo'lga o'zimni tayyorlashda e'tibor berilishi kerak bo'lgan talaygina masalalarga duch kelyapman. Ularga javob topish uchun hozirgacha bu yo'lni bosib o'tganlar yoki bosib o'tayotganlar bilan ko'p suhbatlashib ularning tajribasini oldim, ba'zi joylardan o'qidim. Bugun IMFdagi boshlig'imga PhDda o'qish bo'yicha rejalarimni aytib undan ham ba'zi masalalarda fikrini oldim. Keyin u bir necha yillar oldin ayoli (ikkalasi ham Stanford universitetida PhD yoqlagan) bilan birga yozgan PhD uchun qo'llanmachani o'qib chiqishimni tavsiya qildi. O'sha qo'llanmada men ko'pchilikdan uzuq-yuluq eshitgan ma'lumotlarim tizimli va aniq tushuntirilgan ekan. Faqat ba'zi kichik ma'lumotlar sal eskirgan bo'lsa-da, ko'plab katta asosiy masalalar bo'yicha tavsiyalari haliyam juda aktual. Mendan ham PhDga topshirish masalasida tez-tez tavsiyalar so'rab turishadi. O'zim hali bu yo'lni hali bosib o'tmaganim uchun ba'zi nozik savollarga aniq javob berishga qiynalardim. Shuning uchun qo'llanmani kanalimda ham ulashishga qaror qildim.

Quyida qo'llanmadan ba'zi eng muhim nuqtalarni aytib o'taman:

- Professor yoki akademik iqtisodchi bo’lishni xohlamasangiz, PhD sizga nima uchun kerakligi borasida yaxshilab o'ylab ko'ring.
- Qabul qilinishning asosiy omillari yuqori GPA, matematika va iqtisodiyot fanlaridagi yuqori natijalar, tadqiqot faoliyati bo'yicha tajriba va kuchli akademik tavsiyanoma xatlarini o'z ichiga oladi.
- Kuchli matematik bilim talab etiladi; calculus, linear algebra va real analysis kurslari bo'yicha mustahkam bilim va yuqori baholar qattiq tavsiya qilinadi.

To'liq holatda quyidagi link orqali o'qishingiz mumkin: https://www.sitaslavov.com/home/advice

@islom_urolov

Iqtisodiyot_《total essence》

08 Nov, 01:10


Guruch suvli yerda yetishtirilsa ham, tarkibida zarracha suv yoʻq.

Tarvuz quruq yerda yetishtirilsa ham, asosiy qismini suv tashkil etadi.

Alloh sabablarga muhtoj emas: istasa, sabablarni teskari qiladi...

Iqtisodiyot_《total essence》

07 Nov, 19:23


Dunyo boylarining sevimli golf maydonlariga bosilgan chimlarni sugʻorishga ishlatiladigan bir yillik toza suv Afrikaning suvsizlik hukmron hududlaridagi odamlarni ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlash uchun yetarli.

© National Geografik jurnalidan

Iqtisodiyot_《total essence》

07 Nov, 00:46


Har birimizning ehtiyojlarimiz va xohishlarimiz mavjud va ular bir-biridan farq qiladi.

Masalan:
Oddiy suv - ehtiyoj, Cola - xohish;
Metro - ehtiyoj, Yandex - xohish..

Iqtisodiyot_《total essence》

06 Nov, 14:45


Yaxshi savol boʻlibdi, KPI va bonus bir xilmi?

KPI shaxsiy yoki korporativ maqsadlarni tushunish va keltirilgan natijalarni o'lchovchi ma'lumotlardir. Bu ma'lumotlar insonlarning faoliyatini, amaliyotlarini va muvaffaqiyatini baholashda yordam beradi.

Bonus esa katta muvaffaqiyatga erishgan yoki belgilangan maqsadlarni amalga oshirgan ishchi yoki jamoa uchun moliyaviy motivatsiya sifatida beriladigan mukofotdir.

KPI boshqaruv organlari uchun qulayroq bo'lib, amaliyotni o'rganish va boshqarishda yordam beradi faqat..

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

06 Nov, 08:58


Yoʻq, bu post Donald Tramp ikkinchi muddatga saylanganiga umuman aloqador emas.

Shunchaki Realning katta magʻlubiyatlaridan keyin yana Zidan varianti haqida gaplar paydo boʻla boshladi.

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

06 Nov, 08:34


Трамп АҚШ президентлигидан кетишига 1536 кун қолди.

Iqtisodiyot_《total essence》

05 Nov, 00:30


Sizni tasarrufizga bugunni tongidan 10 dollar kapital hadya qilindi sharti bilan birgalikda. Sharti siz pulni olganingizdayoq 2 soat mobaynida kapitalni koʻpaytirishirishingiz kerak boʻladi.

Qanaqa shaklda koʻpaytirasiz?

Iqtisodiyot_《total essence》

04 Nov, 17:32


Nimaga qimmat?

Afsuski bizlarda hamma aqli yetgani faqat narxni tushurishni biladi. Eng qimmatchisi menman. "Nimaga?" savolga endi oʻzinglar javob beringlar deb qo'rqmaydi. Konsaltinglar ham, tijoriy ko'rsatuvlar ham narxni oshirishyapdi sababi yangi-yangi investitsiyalarni qilyapdi.

Bozorni 2000 so'm choyini paketchasida mundoq qaynagan suvda ham choy ichasiz, shu choyga bir narsa, bir narsa qoʻshib restoranda 28000 so'mga choy damlab kelishsa shuda deymiz, e farosating bormi restoran bo'lmay ketgin shuncha palan soʻmga ham ichadimi demimiz-ku. Chunki restoranga borganda choy olmiysiz, choy bahona ma'naviy ozuqa olasiz, doʻstlar bilan suxbatni olasiz, qadrdonlarni ko'rishni sotib olasiz, katta atmosfera sotib olasiz. Bir mavqedagi mahsulotni ikki xil joyda ko'rib unisi qimmat bunisi arzon demimiz-u, bu qimmatni oldiga qoʻshimcha qadriyat yaratish evaziga narxingizni qimmatroq qilishingiz mumkin..

Narxni tushurmaslikda atmosferaga, xodimlarga, jamoaga, muhitga, protsesslarga va boshqa-boshqa narsalarga qo'shimcha qiymat berish evaziga narximizni qimmat qilsak ham talab ijobiy boʻladi, nimadir servissiz barakangiz bo'ladiki o'sha bilan o'zizni xaridorlariz bor boʻladi.

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

03 Nov, 05:26


- Bu kichik bir xato, janob vazir.
- Kichkina xato?! Bir amaldorning 75 ming funt sterlingni o'zlashtirib yuborishi kichik xatomi?! Unda menga ayting-chi, katta xatolar qanaqa boʻladi?
— Shuncha mablagʻning oʻzlashtirib yuborilganidan xalqning xabar topishi, janob vazir...

Iqtisodiyot_《total essence》

02 Nov, 04:34


Shunday haqiqatlar borki, ularni inkor qilishning imkoni yoʻq..
Namozsiz rohat yoʻq, ota-onaga yaxshiliksiz baraka yoʻq, Qurʼon tilovatisiz qalb eshigi yoʻq, iqtisodsiz siyosat yoʻq.

Iqtisodiyot_《total essence》

01 Nov, 12:13


Kommentga reaksiya xabar qilgan kishini qoʻllari koʻpdan koʻp pullarni egasi boʻlarkan..

Iqtisodiyot_《total essence》

01 Nov, 11:43


Agar siz 2010-yil iyul oyida bitcoin sotib olganingizda, u bugunga kelib ~100mln% ga ko’paygan bo’lar edi.

2010-yilda 1 bitcionning narxi 1$ dan pastroq ko’rsatgichni qayd etgan. Hozirgi kunda esa, 2024-yil 31-oktabr holatiga ko’ra: 70 461.16$.

Bu davr davomida hech qanday qimmatli qog’oz (yoki hech narsa) Bitcoinchalik o’sishga erishmagan.

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

30 Oct, 14:12


"Iqtisodiyot fanini o'rganmoqchiman, qayerdan boshlay, qaysi kitoblarni yoki ilmiy maqolalarni o'qisam bo'ladi?" deb so'rab turishadi. Shunga oid bo'lgan bir qiziq kolonkaga ko'zim tushib qoldi, u yerda o'qilishi kerak (va nega) bo'lgan ba'zi tadqiqotlar keltirilgan ekan. Albatta, bularning orasida boshlang'ich tushunchalarni beradiganlari ko'p, lekin ba'zilari, masalan AJR 2001 ni tushunish uchun metodni bilish kerak. Metodni bilish uchun esa darslik, sinfxona kerak.

https://nicholasdecker.substack.com/p/so-you-want-to-learn-about-economics

@uzbekonomics

Iqtisodiyot_《total essence》

30 Oct, 09:45


Kambagʻallik va nochorlik - adolat va tenglik kurashini harakatga keltiruvchi kuch boʻlmasligi kerak. Kambagʻallik kuch bergan harakat "qorin toʻyishi" va galstuk taqish bilan toʻxtaydi.

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

29 Oct, 15:06


Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan davlatni boshqarsa bo‘ladi. Ammo amaldorlar yomon bo‘lsa, eng yaxshi qonunlar ham foyda bermaydi.

©️ Otto fon Bismark

Iqtisodiyot_《total essence》

29 Oct, 06:29


Siz o'lchovga ishonishni tanlaganingiz bilan, ko'zingiz chiziqlarni teng deb ko'ra olmaydi, garchi ularni tengligini bilsangiz ham. Hayotda hamma ko'rgan narsasiga 100% ishonib xato xulosa chiqarishi mumkinligi haqida kamdan-kam o'ylab ko'rishadi. Ko'zlar ham aldaydi..

Iqtisodiyot_《total essence》

29 Oct, 05:51


Koʻzlar ham aldaydi!

Iqtisodiyot_《total essence》

28 Oct, 16:41


Biz u haqida qanday o'ylashimizga bog'liq!

Bir eksperimentda odamlar ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga adrenalin ichimligi beriladi va uning narxi qimmatligi aytiladi (10$). Ikkinchi guruhga ham huddi shu ichimlik beriladi lekin ularga bu ichimlikning narxi arzon deb aytiladi (3$). Shundan so'ng, ikki guruhga ham bir xil boshqotirma beriladi. Natijada, "qimmat" ichimlik ichgan odamlar "arzon" ichimlik ichganlarga qaraganda ko'proq boshqotirma yechganligi kuzatiladi. Ya'ni "qimmat" mahsulotdan ko'proq narsa kutilgan va bu natijaga ta'sir qilgan. Bu fanda "Placebo effekti" deb ataladi. Boshqa misolga qarasak, biz trimolni trimolligini bilib ichsak bosh og'rig'imiz qoladi. Lekin trimolni idishiga hech qanday ta'siri yo'q dori solib berilsa ham baribir bosh o'grig'imiz qoladi. Chunki biz uni almashtirilganini bilmaganmiz va uni haqiqiy trimol deb ichganmiz. Hamma gap bizni ongimizda. Uni asossiz to'siqlar bilan cheklab qoʻyamiz..

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

26 Oct, 20:45


Lirika!

Menimcha hamma narsa hal!

Iqtisodiyot_《total essence》

26 Oct, 15:05


Menimcha, turmush qurish har doim iqtisodiy taklif bo'lib kelgan, hatto badiiy adabiyotda ham.

©️ Luiza Mey Olkott

Iqtisodiyot_《total essence》

26 Oct, 13:28


1280 soʻm=10$

Agar O'zbekiston har bir so'mlik nolini ikkitaga kamaytirib chiqsa (10000=100, 100000=1000), so'mning qadri dollarga nisbatan 100 marta oshadi. Ammo bunday reformaning iqtisodiyotga deyarli hech qanday ta'siri yo'q (muomiladagi pul massasi oldingiga nisbatan proporsianal kamayishini hisobga olmasa). Chunki O'zbekiston tovarlarining qiymati ham 100 marta arzonlashadi. Ya'ni pulning nominal qiymati o'zgaradi ammo real qiymati oldingi holatida qolaveradi.

Ha yana bir narsa, bunday reformalar inflastiya darajasi, real foiz stavkasi kabi ko'rsatgichlarga ham hech qanday ta'sir o'tkazmaydi.

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

26 Oct, 04:25


Imtiyozlar va korrupsiya o’rtasida kuchli korelatsiya mavjud. Korrupsiya darajasining yuqoriligini ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri-bu iqtisodiyotdagi imtiyozlarning soni va ulushining kattaligi.

Iqtisodiyot_《total essence》

25 Oct, 15:52


Qulaylik boʻlishi uchun barcha kanallarni bitta linkda toʻpladik. Link orqali barcha kanallarga aʼzo boʻlishingiz mumkin. Birma-bir koʻrib, saralab ham aʼzo boʻlishingiz mumkin, buyogʻini oʻzingiz hal qilasiz.

Marhamat havolaga!

Iqtisodiyot_《total essence》

25 Oct, 15:00


Bugun sizlarga zamonaviy, dunyoviy, (yuqori ma'lumotli qatlam) asosan o'zbek tilida sifatli kontent yaratadigan turli xil soha egalarining foydali telegram kanallarini tavsiya qilamiz.

@nota_bene1 - shunchaki yaxshi kanal.

@blogdilshoda - Xalqaro va O'zbekistondagi grantlarni yutmoqchilar uchun maxsus kanal.

@engengeng888 - eng zo'r ma'lumotlar - hammasi faqat obunachilar uchun.

@Azizbekh17mem - Ijtimoiy, siyosiy muammolar kulgu orqali olib chiqiladi.

@Economics_ITE - Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar.

@sharqshunos_tarixchi -
Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi

@Uzbekchilik17 - Asosan kayfiyatni ko‘taruvchi kontent.

@bilimdon_zakovatchi - Yangi faktlar, savollar, zakovat haqida va xullas ideal kanal.

@legal_mind — sarkazm, yumor va xalq tushunadigan tilda huquqiy fikrlar.

@economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida.

@santuagaraoflibrary - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida.

@xoshimovuz - Hayotimizda boʻlayotgan voqea-hodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharhlar.

@korinmas_qol - ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida.

@therealniyozov - siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda.

@ZakovArt - tasviriy sanʼat: rassomlar va kartinalar.

@jahon_statistikalar – statistikalar, raqamlar va faktlar olami.

Iqtisodiyot_《total essence》

24 Oct, 10:20


2000>2024

Reklamalar soni ortib borgani sari har bir reklamaning me'yoriy effektivligi pasayib boraveradi. Boshqacha aytganda, 2000- yillar boshida har bir reklamaning odamlarga ta'sir qilish darajasi hozirgi kundagidan yuqoriroq bo'lgan.

Iqtisodiyot_《total essence》

24 Oct, 03:30


Nazariyani o'rganish doim ko'p vaqt talab qiluvchi zerikarli mashg’ulot bo'lib tuyulishi mumkin. Ammo nazariyani ko'proq bilish dunyoning qanday ishlayotganligini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Iqtisodiyot_《total essence》

23 Oct, 14:50


Insonlarning eng katta noratsionalliklaridan biri hamma oʻzi eshitishni xohlagan gapni aytishlarini xohlaydi.

Iqtisodchilarning esa haqiqat qolib, hukumat vakillariga ular eshitishni xohlagan gaplarni yoki takliflarni aytishi esa, iqtisodiyotning rivojlanmasligini kafolatlaydi.

Iqtisodiyot_《total essence》

22 Oct, 13:51


Tasavvur qiling, judayam shokolad yegiz kelib, olish uchun doʻkonga bordingiz. Uydan cho'ntagizga 10 dollar solib chiqqan edingiz. Siz yoqtirgan shokolad esa, 6 dollar turadi. Do'kondan shokoladni olib sotuvchiga pul beraman deb cho'ntagizga qarasangiz, pul yo'q (yo'lda yo'qotib qo'ygansiz).

Savol: Yuqoridagi holatda shokolad olish uchun yana uyga borib pul olib kelishingiz kerakmi, yoki shokolad sotib olish qaroridan voz kechishingiz? Umuman olganda yo'qotib qo'ygan pulingiz shokolad sotib olish qarorizga ta'sir qilishi kerakmi yoki yo'q?

Iqtisodiyot_《total essence》

22 Oct, 10:23


Menimcha, eng katta noratsionliklardan biri bu: kuniga 10 soatlab kino(serial) ko'rib, to'xtatish kerakligini bilish-u, lekin o'zini to'xtatolmaslik bo'lsa kerak.

Hamma narsa o'zining limitiga yetadi. Lekin limitdan oshganligini bilsangda o'zingni to'xtatolmasliging juda katta muammo, aynan mana shu juda katta noratsionallik.

Iqtisodiyot_《total essence》

22 Oct, 00:53


O‘tmish mo‘jizalari yangiliklar tumani ichra ko‘zdan yo‘qolmoqda

Bir vaqtlar inson yolg‘iz qolishga fursat topilardi: avtobusda, ishga piyoda ketayotganda yoki kimnidir kutayotganda odam o‘zi bilan muloqot qilishi mumkin edi. Hozir esa yolg‘iz qoldi deguncha odamlar telefoniga yopishadi, quloqchin taqadi va allaqanday o‘yinlarga berilib ketadi.

©️ Den Braun

Iqtisodiyot_《total essence》

21 Oct, 15:06


Xuddi Uzum kirib bozorni egallab olayotgandek, Yandex ham bizdagi raqobatchilardan bozorni tortib olyabdi. Raqobat bo’lgani yaxshi. Lekin bu gigantlar bilan bo’ladigan agressiv raqobatga chidash juda qiyin kechadi. Chunki ularda juda kuchli jamoa, juda sifatli mahsulot, katta tajriba va juda ko’p pul bor. Hozirgi bizdagi mavjud mahalliy startaplar (yetkazib berish xizmatlari, taksi, onlayn magazinlar) qanday qilib bunday ehtimoliy krizisdan chiqib, bular bilan tengma-teng raqobat qilish siyosatini olib borishi mumkin?

Fikrlaringizni izohda qoldiring!

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

21 Oct, 12:11


Bloger hokimiyatga kelsa, ishni blogerlardan boshlaydi.

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

20 Oct, 01:02


«Hech qanday davlat pullari yo‘q, faqat soliq to‘lovchi xalqning pullari bor».

©️ Margaret Tetcher

Iqtisodiyot_《total essence》

19 Oct, 17:28


Daromadingiz oshishi bilan xarajatingiz ham oshadi

Bu ikki narsa bir biriga parallel deb bilaman, qo'lingizga tegayotgan oylik daromadingiz oshishi bilan zahirada siz borligini bilmaydigan (pulingiz kam vaqtida xayolingizga ham kelmaydigan) ehtiyojlaringiz paydo bo'lishni boshlaydi.

Oddiy mineral suv emas, rangli suv yoki qimmatroq tabiiy sharbatlar ichgingiz kelib qoladi.

Chunki ong avval ming xohlab sizni qiynagani bilan bu xohishni qondirish imkoni bo'lmasligini biladi, endi esa buni qondirish mumkin demak bu endi ehtiyoj (xohish emas).

Ustozlar aytganidek, muhimi topganingdan ko'ra kamroq ishlat, ortgan pulni yig' va uni bir sohaga investitsiya qil.

Iqtisodiyot_《total essence》

19 Oct, 14:22


Internet va qoʻl telefoni hammani katta siyosatchi, olim va faylasufga aylantirdi. Agar Aristotel goʻridan tursa, oʻziga ish topolmasdi.

© Nuriddin Yildiz

Iqtisodiyot_《total essence》

19 Oct, 00:57


Isteʼmolchi va maqsadli auditoriyani adashtirib yubormang!

Masalan: "Prezident maktabiga tayyorlov" o'quv kursining iste'molchilari 5-9 sinf o'quvchilar. Maqsadli auditoriya esa 10-15 yoshlik farzandga ega bo'lgan ota-onalar.

Iqtisodiyot_《total essence》

17 Oct, 14:30


Hozirgi zamondagi eng yaxshi kapital.

Bu insonlarning sizga bo'lgan ishonchlari (loyalnost), buni hozirgi vaqt tili bilan etganda - brend desa ham bo'ladi.

Sizning biror tarmog'ingizda bir maqsad yo'lida yig'ilgan loyal auditoriyaga egalik qilishingiz sizga juda katta foyda keltirishi mumkin. Agar ularning soni bir necha mingdan ortiq bo'lsa, siz mazkur auditoriyaga deyarli istalgan mahsulotingizni sota olasiz, istalgan yo'lga boshlay olasiz, istalgan mahsulotga nisbatan negativ uyg'ota olasiz chunki ular sizga ishonadi, sizga quloq soladi va sizga nisbatan sodiq qoladi. (Agar boshqa mahsulotning auditoriyasi siznikidan katta bo'lmasa).

Bu hozirgi vaqtdagi eng kuchli kapital bo'lib turibdi. Chunki bu kuchga pul yoki tanish bilish orqali erishish qiyin. Bu uchun, vaqt, o'ziga xoslik, o'zgachalik va yana boshqa omillar talab etiladi.

✔️ @Economics_ITE

Iqtisodiyot_《total essence》

17 Oct, 09:03


Izohga siz uchun eng yaxshi kapitalni yozasiz, birozdan keyin oʻzim ham bu haqida shaxsiy fikrimni bildiraman.

Iqtisodiyot_《total essence》

17 Oct, 08:54


Hozirgi zamondagi eng yaxshi kapital qaysi?

Iqtisodiyot_《total essence》

17 Oct, 00:49


Grin karta o'ynagan odam bu - optimist odam, chunki u yutishiga ishonadi.

Grin karta o'ynamagan odam - o'taketgan optimist odam, chunki u hamma narsa yaxshi bo'lib ketishiga ishonadi.

Iqtisodiyot_《total essence》

16 Oct, 06:16


Marketingning ixtiro qilinishi odamlarning baxt ketidan quvish yo‘lidagi zamonaviy oltin vasvasasini keltirib chiqardi.

© Mark Menson

Iqtisodiyot_《total essence》

16 Oct, 00:34


Pul - bu pul. Kvartira pulini, restoranga to‘lash uchun puling bo‘lishi, bu yoqimli holat. Baxt - pulda emas, degan aldamchi gaplar bor, lekin pulga o‘zingiz istagan hayotning ozodligini, erkinligini sotib olishingiz mumkin.

Iqtisodiyot_《total essence》

15 Oct, 13:52


Nobel mukofoti meni eng yoqtirgan iqtisodchilarimga berildi.

Iqtisodiyot_《total essence》

15 Oct, 10:37


Ko‘pchilik tadbirkorlarga aynan qanday reklama turi ko‘proq natija berishi qiziqtiradi. Sizlarga ham shu savol.

Internetdagi reklamami yoki televizordagi? Qaysi ijtimoiy tarmoqni tanlash kerak?

Iqtisodiyot_《total essence》

14 Oct, 15:59


Baho!

Kattalarga: "Men juda chiroyli uy ko’rdim, qizil g’ishtli, derazalari atirshoh bilan o’ralgan, tomlari havorang, juda ajoyib uy..", – deb emas, "Men 100 ming franklik uy ko’rdim", deyishning o’zi kifoya. Shunda ular hammasini tushunadi va "Naqadar ajoyib go’zallik, zo’r uy ekan", deyishadi.

© Antuan de-Sent Ekzyuperi

✔️ @Economics_ITE