Talaba betob bo‘lsa, qoldirgan darsi uchun tibbiy punktdan 0,96 forma shaklida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim. Darsga kech qolgan talaba esa tushuntirish xati orqali tizim mutaxassisiga “nb”sini tuzattiradi.
Tizimdan yetarlicha ball to‘play olmagan talaba yakuniy nazorat imtihonlariga kiritilmaydi. Hemis tizimi 100 ballik sistemaga moslashtirilgan bo‘lib, har bir fandan talaba yiqqan ballarni semestr oxirida hisoblab beradi. Har bir bajarilgan mustaqil ish mavzusiga 20 balldan beriladi. Yakuniy nazorat imtihoniga kirishi uchun talaba 24 balldan 40 ballgacha to‘plashi zarur, qolgan 60 ballni yakuniy nazorat imtihonidan to‘playdi.
@ofis_registratori