QIZILQUM ARXARI-Zaif, qisqarib borayotgan kenja tur.
Tarqalishi: hozirda Nurota, Oqtog‘ tizmalarida, Tomditog‘ tog‘larida, Turkiston tizmasida saqlanib qolgan.
Yashash joylari: Tog‘larning o‘rta va yuqori qismlari (d.s.b. 500–2000 m). Yil fasllari, kunning vaqti, ob-havo va ozuqa sharoitiga, antropogen ta’sir darajasiga ko‘ra tog‘ yonbag‘irlarining turli balandliklarida notekis uchraydi. Qishda tog‘ etaklari va vodiylarga tushadi.
Yashash tarzi: Poda bo‘lib yashaydi, mavsumiy ko‘chadi. Juftlashish davri – oktyabr– noyabr; aprel–may oylarida bolalaydi (1–2); bolalari bir–ikki yoshgacha onasidan ajralmaydi, 2–4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Asosan o‘tsimon o‘simliklar bilan oziqlanadi.
Qizilqum arxari Tabiat resurslari tasarrufidagi "Nurota" davlat qo‘riqxonasida muhofazaga olingan.
Bizga obuna bo’ling
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/Eco_partiya www.ecouz.uz