⚜️5-sinf o‘quvchisi Dilshodov Mirshod o‘zining ajoyib iqtidori va matematikaga bo‘lgan qiziqishi bilan ota-onasiga unutilmas sovg‘a hozirladi. U bilim va mehnat orqali Dubayga bepul sayohatni qo‘lga kiritdi!
🔰Mirshodning ushbu yutug‘i, avvalo, uning mehnatkash ota-onasining, ayniqsa, mehribon onasining sabr-toqati va tarbiyasidan darak beradi. Chunki har bir farzandning yutug‘i orqasida ota-ona bergan kuchli tayanch va e’tibor bor.
♻️Bu kabi yosh iste’dodlar yurtimizning kelajagi, ularning intilishi esa bizning faxrimizdir! Mirshodning bu muvaffaqiyati boshqa tengdoshlariga ham ulkan motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.
✅Qani endi, matematika orqali erishilgan ushbu mukofotga hammamiz birgalikda guvoh bo‘lib, yosh avlodni ilm olishga undashda davom etaylik!