O‘zbekiston iqlim bo‘yicha xalqaro majburiyatlari doirasida Shaffoflik to‘g‘risidagi birinchi ikki yillik hisobotni (BTR) rasman taqdim etdi. Hujjat BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi (UNFCC) veb-saytida e’lon qilindi.
Bu mamlakatning yangilangan Milliy belgilangan hissaga muvofiq Parij bitimi bo‘yicha majburiyatlarni bajarganlik haqidagi ilk hisobotidir.
O‘zbekiston 2030-yilga kelib issiqxona gazlari chiqindilarini 2010-yilga nisbatan 35 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda.