Prokuratura organlari tomonidan jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, umuman, barcha yoʼnalishlarda salmoqli ishlar qilinmoqda va muhim natijalarga erishilmoqda.
Prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni boʼlib, faqat va faqat xalq manfaati yoʼlida ogʼishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Ona zaminimiz tinchligi, osoyishtaligi, Vatanimiz ravnaqi hamda xalqimiz farovonligi yoʼlidagi maʼsuliyatli va sharafli mehnatingizga ulkan zafarlar yor boʼlsin!
Hurmat bilan, Sirdaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi boshlig'i I.Tagayev