O'rmon xo'jaligi agentligi @urmon_gov_uz Channel on Telegram

O'rmon xo'jaligi agentligi

@urmon_gov_uz


Ekologiya vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligining rasmiy kanali.

Manzil: Toshkent v., Qibray t., Universitet ko'chasi, 2.

Sayt: urmon.gov.uz

Facebook: https://www.facebook.com/Urmon-News-24249

Pochta: [email protected]

Tel: +998(71) 207 88 77

O'rmon xo'jaligi agentligi (Uzbek)

O'rmon xo'jaligi agentligi Toshkent viloyatidagi ekologiya vazirligi huzuridagi rasmiy kanaldir. Bu kanal orqali, ekologik muammolari va ularning halol yechimlari bo'yicha ko'rsatmalar va eng so'nggi yangiliklarga ega bo'lishingiz mumkin. Agar siz ekologiya sohasida yangi bilimlar olishni istasangiz, O'rmon xo'jaligi agentligi kanaliga obuna bo'ling! Kanal manzili: Toshkent v., Qibray t., Universitet ko'chasi, 2. Sayt: urmon.gov.uz. Siz ham ulashish uchun Facebook sahifamizni https://www.facebook.com/Urmon-News-24249 manzilidan kuzating yoki bizga [email protected] manziliga elektron maktub yozing. Telefon: +998(71) 207 88 77.

O'rmon xo'jaligi agentligi

16 Feb, 10:45


🌳“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi

2025-yilning 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Farmoni qabul qilindi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/35465

🌳Определены приоритетные направления развития в «Год охраны окружающей среды и «зеленой экономики»

7 февраля 2025 года принят Указ Президента Республики Узбекистан «О Государственной программе по реализации Стратегии «Узбекистан – 2030» в «Год охраны окружающей среды и «зеленой экономики».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/35465

🌳Priority areas of development in the "Year of Environmental Protection and "Green" Economy" were identified

On February 7, 2025, the President of the Republic of Uzbekistan issued a Decree on the "State Program for the Implementation of the Strategy "Uzbekistan – 2030" in the Year of Environmental Protection and "Green" Economy".
https://gov.uz/en/eco/news/view/35465

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp

O'rmon xo'jaligi agentligi

15 Feb, 13:57


#davlatdasturi_amalda

Prezidentning  "Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Farmoniga muvofiq 2025-yilda soyali sayr ko'chalari tarmog'i yaratiladi.

Mavzu tafsilotlari "Zamon" informatsion dasturining navbatdagi sonida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!


💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

14 Feb, 03:54


Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tomonidan turkiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va ulug' davlat arbobi, benazir shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda vazirlik va agentlikning markaziy apparati xodimlari, zoom platformasi orqali onlayn shaklda hududiy bo'linmalar va tizim tashkilotlarining mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbirni Ekologiya vazirining maslahatchisi M. Elmurodov kirish soʻzi bilan ochib, ikki buyuk shaxs ijodining dolzarbligi va ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan so'ng tadbir mehmoni adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning turkiy tili va adabiyoti rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, ilm-fan, adabiyot, san'at va boshqa soha vakillariga moddiy-ma'naviy jihatdan qilgan homiyliklari haqida yig'ilganlarga ma'lumot berdi. Bu ikki benazir ijodkorlarning yozib qoldirgan bebaho adabiy merosi mazmun-mohiyati jihatidan zamon va makon tanlamasligi, bugun ayni jihatlar hisobga olinib ularning asarlari keng targ'ib va tadqiq qilinishi lozimligini qayd etdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

13 Feb, 03:37


Bektemir tumanida targ'ibot tadbiri tashkil etildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi agentligi tomonidan Toshkent shahri Bektemir tumanidagi "Musaffo" mahallasida joylashgan 346-umumta'lim maktabida targ'bot tadbiri o'tkazildi.

Bektemir tumani Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Agentlik mas'ul xodimlari, huquq tartibot organlari vakillari, mahalla faollari, o'qituvchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

13 Feb, 03:32


Germaniyada an'anaviy BIOFACH – 2025 xalqaro ko‘rgazmasi o'tkazilmoqda

Shu kunlarda Germaniyaning Nyurnberg shahrida BIOFACH – 2025 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu xalqaro tadbir o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni Yevropa davlatlariga eksport qilish imkoniyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, biznes hamkorlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun muhim muloqot maydoni bo'lib xizmat qiladi.

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

12 Feb, 13:27


O‘zaro hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Erkin Muhiddinov va Isroil davlatining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustig o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

11 Feb, 03:24


Orolbo‘yi hududlarida bahorgi ko‘chat ekish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash va cho‘llanishning oldini olish maqsadida tizimli ravishda o‘rmonlar barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda bahorgi ko‘chat ekish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida shumtol, qayrogoch, saksovul va yulg‘un kabi suvsizlikka chidamli va tuproqni mustahkamlash xususiyatiga ega daraxt va butalar ekilmoqda.

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

09 Feb, 15:12


Axborot 24 | «Yashil makon» umummilliy loyihasi
#uzbekiston24

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

08 Feb, 04:25


Axborot 24 | «Yashil makon» umummilliy loyihasi
#uzbekiston24

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

07 Feb, 10:28


#Alisher_Navoiy
Bu gulshan ichraki, yo‘qdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot.


9-fevral – so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Shu kunlarda mamlakatimizda ulug‘ shoir va davlat arbobining 584 yilligi keng nishonlanmoqda. Navoiy o‘zining betakror adabiy merosi bilan turkiy tili va adabiyoti ravnaqiga katta hissa qo‘shgan.
Sana munosabati bilan O‘rmon xo‘jaligi agentligi mas’ul xodimlari buyuk shoirning g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

07 Feb, 06:31


Axborot 24 | «Yashil makon» umummilliy loyihasi
#5feb #uzbekiston24

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

05 Feb, 13:33


Buxoroda mahalliy iqlimga mos ko‘chatlar yetishtirish ko‘lami oshiriladi

O‘rmon xo‘jaligi Agentligi direktori E.Muhiddinov Buxoro viloyatida bo‘lib, o‘rmon xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvoli, “Mening bog‘im” loyihasi doirasida bajarilgan ishlar va o‘rmon barpo etish ishlarining bajarilishi bilan tanishdi.

Batafsil:

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!


💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

05 Feb, 04:31


#Amaliy_seminar
12:00  04.02.2025

Oʻrmonchilarning istiqbolli rejalari belgilab olindi


↪️ Batafsil:

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

04 Feb, 18:35


🇺🇿Shveysariyada O‘zbekiston CITES COP20 rasmiy logotipini taqdim etdi

Oʻzbekiston hukumati Samarqand shahrida 2025-yil 24-noyabrdan 5-dekabrgacha boʻlib oʻtadigan Yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konvensiya (CITES) Tomonlar konferensiyasining (COP20) boʻlajak 20-yigʻilishi rasmiy logotipini taqdim etdi.

↪️ Batafsil:

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

04 Feb, 09:41


“Dunyo bo‘ylab” telekanalida “Agro-tur”ko‘rsatuvi!

6 fevral kuni soat 17:30 da efirga uzatiladigan ko‘rsatuvda, Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan amaliy seminar haqida ma’lumot beriladi. Seminarda 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Sohadagi yangiliklar bilan tanishishni o‘tkazib yubormang!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

03 Feb, 10:36


Oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilk bor fuqarolar uchun ochiq qabul oʻtkazildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori Erkin Muhiddinov tomonidan Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi faoliyati haqida qilingan murojaat yuzasidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi.

Yigʻilishda Ekologiya vazirligi masʼullari, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi rahbar va mutaxassislari, Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi xodimlari, murojaatchi fuqarolar hamda blogerlar ishtirok etdi.

↪️ Batafsil:

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

03 Feb, 05:00


#ekosana

📆 2-fevral — Butunjahon suvli-botqoqli yerlar kuni

1971-yilning shu kuni Eronning Ramsar shahrida suvda suzuvchi qushlarning yashash joyi sifatida xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suvli-botqoqli yerlar toʻgʻrisidagi konvensiya imzolandi.

↪️ Batafsil:

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

31 Jan, 15:10


Ixtisoslashgan zamonaviy koʻchatxonalar tashkil etiladi

Oʻrmon xoʻjaliklarini ixtisoslashtirish, zamonaviy koʻchat yetishtirish texnologiyalarini joriy etish va ekologik muammolarga barqaror yechim topish bugunning dolzarb masalalaridan biridir. Joriy yilning 27-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda shu yoʻnalishda bir qator vazifalar belgilandi. Xususan, 18 ta davlat oʻrmon xoʻjaliklarini ixtisoslashtirish boʻyicha topshiriq berildi.

↪️ Batafsil:

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt

O'rmon xo'jaligi agentligi

29 Jan, 06:04


Studiya 24 | Davlat dasturi loyihasi muhokama qilindi
#28jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

O'rmon xo'jaligi agentligi

28 Jan, 09:52


O‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirishda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

💬24–25-yanvar kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tomonidan 2025-yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan oʻrmon xoʻjaliklarini rivojlantirish, amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokamasiga bagʻishlangan amaliy seminar o'tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

O'rmon xo'jaligi agentligi

28 Jan, 03:00


Президент Шавкат Мирзиёев “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилининг давлат дастури лойиҳаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по проекту Государственной программы «Года охраны окружающей среды и «зеленой экономики».

#Mirziyoyev #yigilish #davlatdasturi #yashiliqtisodiyot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'rmon xo'jaligi agentligi

27 Jan, 10:58


O'rmon xo'jaligi agentligi pinned «»

O'rmon xo'jaligi agentligi

25 Jan, 06:21


💬Oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatiga bag'ishlangan seminar o'tkazilmoqda

24-25-yanvar kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tomonidan 2025-yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan oʻrmon xoʻjaliklarini rivojlantirish, amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokamasiga bagʻishlangan amaliy seminar o'tkazilmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/34103

💬Организован семинар по лесохозяйственной деятельности

24-25 января в Агентстве лесного хозяйства при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата организован практический семинар по вопросам развития лесного хозяйства, обсуждения результатов проделанной работы и планов на 2025 год – «Год охраны окружающей среды и «зеленой» экономики».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/
34103

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube |
📗 WhatsApp

O'rmon xo'jaligi agentligi

21 Jan, 06:42


🌳"Yashil loyihalar" atrof-muhit uchun qanday ahamiyatga ega?

2025-yilda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida “yashil loyihalar"ni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasida bu borada takliflar kiritilgan.

Unga ko‘ra, loyihalarda suv va xomashyolardan samarali foydalanish, havo va tuproq sifatini yaxshilash, barqaror qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, ekoturizm, yashil transport, yashil binolar, qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi. 
https://gov.uz/oz/eco/news/view/33437

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube |
📗 WhatsApp

O'rmon xo'jaligi agentligi

14 Jan, 09:42


“Yurtning kuchi — birlikda,
qadri esa — tinchlikdadir!”

Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin! 🇺🇿

Saida Mirziyoyeva

O'rmon xo'jaligi agentligi

14 Jan, 06:53


🇺🇿 Aziz vatandoshlar, hurmatli O‘rmon xo‘jaligi agentligi jamoasi!

Barchangizni – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlab, uni himoya qilish – har birimizning muqaddas burchimizdir.

Sizga mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, oila davralarida baxt va farovonlik tilaymiz! ☀️
Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Samimiy hurmat ila,
O‘rmon xo‘jaligi agentligi

O'rmon xo'jaligi agentligi

27 Dec, 07:59


27-Dekabr🎉
O’rmon xo’jaligi agentligi
Bosh mutaxassisi Khushnazarov Nurali Boykobilovichning tavallud topgan kuni

Hurmatli Nurali Boyqobilovich!

O‘rmon xo‘jaligi agentligi sizni muborak 60 yoshingiz bilan chin qalbdan tabriklaydi va samimiy ezgu niyatlarini izhor etadi.
Siz o‘tgan yillar davomida juda katta va sermazmun, yosh avlodlarga ibrat bo‘ladigan hayot yo‘lini bosib o‘tdingiz.
O‘rmon xo‘jaligi sohasida turli lavozimlarda faoliyat olib borib, mamlakatimiz va xalqimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz har qancha tahsinga loyiq.
Mehnat faoliyatingiz davomida Siz malakali va yetuk rahbar, mehribon ustoz kabi fazilatlaringizni namoyon qilib, mehnat jamoasi o‘rtasida hurmat qozongansiz.
Siz oilada mehribon ota, nabiralaringizning suyukli bobosi, mehnat jamoasida yoshlarga jonkuyar murabbiy bo‘lib xizmat qilmoqdasiz.

Hurmatli Nurali Boyqobilovich!

Sizni yana bir bor Respublikamiz ko‘p sonli o‘rmonchilari nomidan tabarruk 60 yoshingiz bilan muborakbod etamiz.
Sizga Vatanimiz ravnaqi, tabiatimiz musaffoligi yo‘lidagi savobli ishlaringizda kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilangizga tinchlik, qut-baraka va baxt-saodat tilaymiz.

O'rmon xo'jaligi agentligi

04 Dec, 05:55


Qishda Tog‘da O‘rmonchilikda Nima Ishlar Qilish Kerak?

Qish fasli tog‘ va o‘rmonchilik faoliyati uchun maxsus ehtiyotkorlik va tayyorgarlikni talab etadi. O‘rmonchilikda qishki ishlar turlicha bo‘lib, ularning har biri o‘rmonning barqarorligi va ekologik muvozanatini saqlashga qaratilgan. Quyidagi ishlar ayniqsa muhim hisoblanadi:

1️⃣ Qor va muzdan xavfsizlikni ta’minlash:
Qishda o‘rmonchilar qorning to‘planishini kuzatib, yo‘llar va mashina yo‘llarida muzlar yoki qor tiqilib qolmasligini ta’minlaydilar. Bu yerga o‘tishning xavfsizligini saqlash uchun kerak.

2️⃣ Yovvoyi hayvonlarni oziqlantirish:
Qishda yovvoyi hayvonlar oziq-ovqat qidirish uchun qiyinchiliklarga duch keladi. O‘rmonchilar o‘rmon hududlarida yovvoyi hayvonlarni oziqlantirish uchun maxsus joylar tayyorlashadi.

3️⃣ O‘rmonning salomatligini tekshirish:
Qishki oylar o‘rmonlar uchun murakkab davr bo‘lishi mumkin. O‘rmonchilar daraxtlarning sog‘lig‘ini tekshiradilar, shikastlangan yoki qurigan daraxtlarni olib tashlashadi.

4️⃣ Yong‘in xavfsizligi:
Qishda ham o‘rmonlarda yong‘in xavfi mavjud. O‘rmonchilar yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun yong‘inga qarshi kurash usullarini kuzatib boradilar.

5️⃣ O‘rmonni saqlash va qarorlar qabul qilish:
O‘rmonlarni saqlash va ularni yangilash uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarga tayyor bo‘lish, kerakli choralarni ko‘rish – bu o‘rmonchilik faoliyatining ajralmas qismidir.

6️⃣ Qishki o‘rmon manzaralari va ekologik o‘rganish:
Qishda o‘rmonni to‘g‘ri kuzatish va ekologik holatni o‘rganish ham juda muhim. O‘rmonchilar hududdagi tabiiy o‘zgarishlarni kuzatib, ekosistemada barqarorlikni saqlashga yordam beradi.

Qishda tog‘da o‘rmonchilik faolligi ayniqsa muhim, chunki bu tabiatning butun yili davomida muvozanatini ta’minlaydi. Har bir o‘rmonchi o‘z ishini nafaqat mutaxassis sifatida, balki tabiatni himoya qiluvchi faoliyat sifatida ko‘rib, o‘z mas’uliyatini chuqur his etadi. 🌲❄️

Siz ham tabiatni himoya qilishga qadam qo‘ying!

O'rmon xo'jaligi agentligi

02 Dec, 06:16


Munosabat

Ushbu murojaat yuzasidan hozirda O‘rmon xo‘jaligi agentligining mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

📹 Batafsil: YouTube havolasi

O'rmon xo'jaligi agentligi

18 Nov, 04:52


18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni bilan tasdiqlangan.

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalaydigan muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

Respublikamiz fuqarolari uchun Vatanimizning muqaddas ramzi — Davlat bayrog‘i aziz. Shu bois, bayrog‘imizga nazar solganimizda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz.

Bugun milliy bayrog‘imiz turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a’zolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrog‘imiz Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirmoqda. Xalqaro sport bellashuvlarida g‘alaba qozongan sportchilarimiz sharafiga yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizdan g‘ururlanamiz.

🎉Bayrog‘imiz tinch va osoyishta osmon uzra mangu hilpirab tursin!

O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Nizomiddin Bakirov

O'rmon xo'jaligi agentligi

07 Nov, 11:08


Respublikamiz daraxt resurslari kam mamlakatlar mintaqasida joylashgan bo‘lib, o‘rmon bilan qoplangan maydonlar darajasi o‘rtacha 8 foizni tashkil etadi. “Yashil makon” umumilliy loyihasida 3 ta asosiy strategik maqsad belgilangan.

Jumladan, har yili 200 mln tupdan manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini, shu jumladan, har bir hudud va sohalar kesimida bahor mavsumida 125 mln tup, kuz mavsumida 75 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilab olingan. Shu bilan birga respublikamizning yashillik darajasini 30 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, davlat o‘rmon fondining o‘rmon bilan qoplangan maydonlarini yaqin yillar ichida 15 foizga, ya’ni 6,1 mln gektarga yetkazish maqsad qilingan.

Shu va “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutaxassisi G‘anisher Xo‘jayev bilan suhbatlashdik.
• Bu yil “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi va daraxt ko‘chatlarini asrash, monitoringini olib borish, yashillik olamini saqlab qolish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
• O‘rmon xo‘jaligi agentligi yashil qoplamalar, o‘rmonzorlar barpo etish bilan birga “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida o‘rmon fondi yerlari va o‘rmonzorlardan tashqarida ham o‘rmonzorlar barpo etish va ko‘chat yetkazish bo‘yicha 2024 yil kuz oyida “Yashil makon” loyihasi uchun 17 mln tup ko‘chat yetkazib berish rejalashtirilgandi, lekin butun respublika bo‘yicha 30 mln tup ko‘chat zahirasini yaratib qo‘ydi.

“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida o‘tgan davr mobaynida 11 ta Prezident hujjati, 7 ta Hukumat hujjati va 5 ta yig‘ilish bayoni qabul qilingan.

Shu davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar natijasida jami 646 mln 443 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilib yashilmakon.eco platformasiga kiritildi.

Hududiy shtablar tomonidan ekilgan ko‘chatlar to‘g‘risida “Yashilmakon.eco” elektron platformasiga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini o‘rganish maqsadida, 616 nafar ekologiya xodimi jalb qilinib, 557 ta planshet, 16 ta uchuvchisiz uchish qurilmasi hamda 250 ta “vlagomer” yetkazib berilgan.

Ko‘chatlarni agrotexnik talablarga mos ravishda ekish, ularni kelgusida parvarishlash, ya’ni sug‘orish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish uchun sohaning ilmiy va malakali mutaxassislari jalb etilib, joylarda 914 ta amaliy seminar o‘tkazilgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2024 yil bahorgi ko‘chat ekish mavsumida Respublika bo‘yicha 130 mln tupdan ziyod daraxt ko‘chatlari ekilgan.

137 ta chiqindi poligonlari atrofiga 5 qator qilib 264 ming tup (105 foiz) ko‘chatlar ekilib, “yashil belbog‘”lar barpo etildi.

Mahalliy hokimliklar, vazirliklar va idoralar tomonidan aholi punktlari va tuman markazlaridan uzoq bo‘lmagan hududlarda 257 ta “yashil bog‘lar” barpo etilib, ularning umumiy soni 517 taga yetkazildi.

Aholining hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 80 ta “yashil jamoat parklari” tashkil qilindi.

Yakunlangan mavsumda ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish maqsadida hududlarda 253 ta suv chiqarish qudug‘i va 2906 km uzunlikda sug‘orish tizimlari tashkil etildi. Sug‘orish manbasi mavjud bo‘lmagan hududlarga 991 ta maxsus texnika biriktirilgan.

Yangi ekilgan ko‘chatlarni saqlab qolish maqsadida sug‘orish va parvarish qilish tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish uchun dalolatnomalar bilan mas’ullarga biriktirildi.

Ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan sog‘liqni saqlash muassasalariga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 ming tup, o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalariga 618 ming tup daraxt ko‘chatlari hamda maktablarga 2,1 mln tup qalamchalar beg‘araz yordam tariqasida yetkazib berilgan.

@urmon_gov_uz

O'rmon xo'jaligi agentligi

22 Oct, 12:03


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида "Яшил макон” умуммиллий лойиҳасини амалга ошириш юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|X

O'rmon xo'jaligi agentligi

21 Oct, 04:09


21-октябрь, Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган кун!

Абдулла Орипов

            ОНА ТИЛИМГА

Минг йилларким, булбул каломи
Ўзгармайди, яхлит ҳамиша.
Аммо шўрлик тўтининг ҳоли
Ўзгаларга тақлид ҳамиша.

Она тилим, сен борсан, шаксиз
Булбул куйин шеърга соламан.
Сен йўқолган кунинг, шубҳасиз,
Мен ҳам тўти бўлиб қоламан...

1965

O'rmon xo'jaligi agentligi

17 Oct, 04:04


O'rmon xo'jaligi agentligi pinned «»