Kopirayter blogi @copywriter_on Channel on Telegram

Kopirayter blogi

@copywriter_on


O'rgangan va o'rganayotgan sohalar to'g'risida qisqacha.
#SMM
#Kopirayting
#Digital_marketing

Xizmatlar bo'lsa — @matnolog

Kopirayter blogi (Uzbek)

Kopirayter blogi adabiyotning, sotsial media marketingning va digital marketingning o'rgangan va o'rganayotgan sohalar to'g'risida qisqacha ma'lumotlar bilan to'ldirilgan Telegram kanalidir. Bu kanalda siz #SMM, #Kopirayting va #Digital_marketing sohalarida yangiliklar va foydali tavsiyalar bilan tanishishingiz mumkin. Agar siz xizmatlar bo'lsa, bu kanaldan @matnologga murojaat qilishingiz mumkin. Kopirayter blogi siz uchun yanada muhimdir, chunki uni foydalanish orqali siz marketing sohasida o'z bilim va ko'nikmalaringizni oshirishingiz mumkin. Agar siz ham bu sohalarda rivojlanishni istasangiz, shu erga a'zo bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

Kopirayter blogi

20 Nov, 15:38


Kopirayterlar ham kanallarda reklama chiqarishi shart emas. Istalgancha kanalni belgilab, xizmatingizni reklama qildirsangiz boʻladi! 🔥

Kopirayter blogi

20 Nov, 15:36


⚡️ Endi Telegram Ads orqali endi shaxsiy va biznes profillarini reklama qilish mumkin!

Bu orqali Siz - qaysidir yo'nalishda xizmat ko'rsatsangiz, bemalol istalgan 1000 dan oshiq obunachisi bor ochiq kanalda ya'ni xizmatingizdan foydalanishi mumkin bo'lgan auditoriyaga reklamangizni ko'rsata olasiz.

Maxsulotlaringizni sota olasiz va hokazolar. Reklamangizni kanal, kanaldagi post yoki Botga yo'naltirish shart emas, to'g'ridan-to'g'ri shaxsiy profilingizga yo'naltira olasiz. Zo'raaa?😁

Masalan yuqoridagi rasmdagidek👆

Agar siz Telegram Ads’ni o‘zingiz(maxsulot yoki xizmat sotuvi) uchun sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, bemalol murojaat qiling - @tg_ads_menejer

🎯 @tgads_haqida barchasi!

Kopirayter blogi

06 Sep, 09:40


Progrev boʻyicha soʻragan edingiz, mana sizga BEPUL masterklass!

Kopirayter blogi

06 Aug, 10:42


Qabul yopildi!

Hammaga rahmat. Blogda hali kontentlar va yana ajoyib darslar bo'ladi. Kuzatib boring!

| @copywriter_on

Kopirayter blogi

05 Aug, 08:03


Prokopirayting kursi kim uchun?

Avvalo kurs muallifi sizni bu “kursga loyiq” deb topishi kerak.

Undan tashqari agar siz kopiraytingdan xabari bor, bir joyda toʻxtab qolgan, ish yoki yangilik qidirayotgan, qiymati yuqoriroq maosh xohlayotgan, sohani yanada mukammal oʻrganishni istayotgan kadr boʻlsangiz — aynan siz uchun.

Men sohaga Ezozxon Sarvarovna sabab kirib kelganman. Yoʻqdan bor qilib, shaxsiy daromadim boʻlganidan keyin Nurbek Yoʻldoshevda oʻqidim. Unga ham 2 yillar boʻlib qolgandi.

Kopirayter qalamini oʻtkirlab turishi kerak. Shu sababdan har ikkala ustozim koʻp e’tirof etadigan Jamoliddin Zaynulobiddinovning ham kursida oʻqidim.

Kursdan keyingi men:
Men kopirayterman va faqat mahsulotni emas, oʻzimni ham “sota olaman”. Ish qidirib topa olmaslik men uchun emas. Product tayyorlashni bilaman. Arzimagan summa uchun talashib tortishmayman. Osongina “yoʻq” deya olaman. Kopirayting yoʻnalishlari va Marketing haqida ham tushunchalar paydo boʻldi. Bonus darslardagi 3 ta mentorda ham nasib qilsa oʻqishni rejalashtirdim.

Darslar boshlangach 2 ta loyiha oldim va har bir darsda ular boʻyicha savollar berib, ishimni yaxshilab bordim. Kecha ham ustoz tavsiya qilgan bir agentlikka tz topshirdim. Qabul qilinsa yana bir ishim, qilinmasa tajribam boʻladi.

Ustoz, sizga katta rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.

Kopirayter blogi

03 Aug, 07:50


Kopirayter blogi pinned «3 kishi qoldi. Shu bilan Prokopirayting 3.0 ga qabulni yopamiz! Roʻyxatdan oʻtish uchun: @matnolog»

Kopirayter blogi

02 Aug, 17:27


Assalom aleykum
Jamoliddin yaxshimisiz?

Xo’o’o’sh men A nuqtam haqida aytadigan bo’lsam, deyarli loyiham yo’q edi hisob. Chunki ba’zi-ba’zida 1-2 ta postlar yozib turardim. Doimiy loyiham yo’q edi. To’g’ri tarjima ishlarim ko’p edi. Lekin doim kopirayting bo’yicha katta loyihalar olib davomiy ishlashni xohlardim. Lekin o’zimda ishonch yo’q edi, chunki kopirayting bo’yicha juda katta bilimga ega emas edim. Deyarli har kuni vakansiyalarga yozib chiqardim, afsuski sinov sifatida yozib beradigan matnlarim mijozlarga yoqmasdi va ular qaytib aloqaga chiqishmasdi. Bu narsa menga qattiq ta’sir qilgan, necha marotaba bu soha meniki emas degan xulosaga kelganman va tashlab ketmoqchi bo’lganman. Hech bo’lmasa tarjima ishlarim bor-ku derdim. Lekin unda ham har kuni ish topilmasdi.

B nuqtam haqida bemalol faxrlanib yoza olaman. 😎 Kurs hali tugamasdanoq bitta loyiha oldim, marketing agentlikda 3 ta kanal instagram va telegram uchun post yozib berish. Undan keyin yaqinda Muslim Travelda ish boshladim. Haj va Umra ziyoratlari kanali Yusro Tourga matn yozib beraman. Shu oy daromadim 4 mln + Kelasi oydan oshiramiz deyishgan. 😇

Kurs haqida fikrimni aytadigan bo’lsam, kursdagi darslar o’ta mukammal tuzib yozib chiqilgan. To’g’risi, manda hattoki savol qolmasdi. Lekin siz urushib berardiz, savol yo’q degani tushunmagansiz degani deb. 🙈 Shunga savollar topib berishga harakat qilardik. Sizdan juda-juda minnatdorman, Jamoliddin! Esimda, kurs ochilgan payt menga sharoit qilib bergandingiz to’lov bo’yicha. Men juda ikkilangandim, xijolat bo’lgandim. 🥹

Siz shunchaki kurs o’tmagansiz, yodizda bo’lsin, o’quvchilaringiz xonadoniga baxt olib kirgansiz, o’z daromadiga ega bo’lishda, o’zi sevgan kasbida ishlash baxtiga sazovor bo’lishida sababchi bo’lgansiz. Man kasbimni juda yaxshi ko’raman. Shu kasbim orqasidan orzu-havaslarimni amalga oshiryapman, unisi hali alohida mavzu sizga, albatta, yozaman. Undan tashqari bu kasbda ham ishlab, ham farzandlarimga bemalol qarab, ularga vaqt ajrata olyapman.

Hali yana ko’pala proyektlar olish niyatim bor. 😎

Kopirayter blogi

02 Aug, 17:15


👉 Bu Prokopirayting 2.0'da qatnashgan va eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan — Munira opaga tegishli!

Sababchi qilgani uchun Yaratganga shukr!

Kopirayter blogi

02 Aug, 12:45


3 kishi qoldi. Shu bilan Prokopirayting 3.0 ga qabulni yopamiz!

Roʻyxatdan oʻtish uchun: @matnolog

Kopirayter blogi

01 Aug, 13:54


Mana bu imkoniyatdan 5 kishi foydalandi!

- Kurs ko‘pchilikka manzur kelgan, lekin to‘lov bo‘yicha muammolari borligini, bo‘lib to‘lash muddatini uzaytirishni so‘rashdi

- Yana bir necha kishiga Telegram Ads qismi shart emas, kopirayting qismi zarur ekan.

Unda bunday qilamiz:

Agar kurs davomida bo‘lib to‘lamoqchi bo‘lsangiz, hech qanday chegirma amal qilmaydi. Narxi: 447$

Telegram Ads qismisiz esa - 297$

Shunday qilsak, kurs ko‘pchilikka manfaatli bo‘ladi degan umiddaman.

Batafsil ma’lumot yoki savollaringiz bo‘lsa, yozing: @matnolog

*Men ham vaziyatlarni tushunaman, tushunib kelganman. Lekin o'rtaga kimnidir "qo'yish" kerak emas. Shunchaki o'zingiz yozing va tushuntiring

| @copywriter_on

Kopirayter blogi

31 Jul, 11:32


Kopirayter blogi pinned «Prokopirayting 3.0 haqida qisqacha tushuntirib o‘taman Dasturimiz quyidagicha: ✔️ 35+ dars  ✔️ 5 nafar mentor (har bir mentor o‘z sohasining ustasi) tomonidan o‘tiladigan qo‘shimcha darslar   ✔️ Darslar 3+ oy davomida, haftada uch kun, ikki soatdan bo‘lib…»

Kopirayter blogi

30 Jul, 14:38


Prokopirayting 3.0 haqida qisqacha tushuntirib o‘taman

Dasturimiz quyidagicha:

✔️ 35+ dars 

✔️ 5 nafar mentor (har bir mentor o‘z sohasining ustasi) tomonidan o‘tiladigan qo‘shimcha darslar  

✔️ Darslar 3+ oy davomida, haftada uch kun, ikki soatdan bo‘lib o‘tadi.

✔️ Dars davomida real loyihalardan uyga vazifalar beriladi, tasdiqdan o‘tgan vazifalar uchun haq to‘lanadi.

✔️ O‘quvchilar uchun imkoniyat — dasturni to‘liq o‘zlashtirib, berilgan vazifalarni 100% vaqtida bajargan 3 ta o‘quvchi aniq ish bilan ta’minlanadi!

✔️ Eng asosiysi - aslida 250$-300$ ga o‘tilgan Telegram Ads kursi ham qo‘shib o‘rgatiladi!

📌 Intizom:

Darsga vaqtida kirishingiz va e’tiborni bir joyga qaratishingiz;

Ketma-ket 3 ta vazifani uzrli sababsiz qoldirsangiz, dasturdan chetlatilasiz! Va pulingiz qaytarilmaydi. 

Dastur ishtirokchilari bilan birgalikda hamjihat ishlashingiz;

Vazifalarni vaqtida topshirishingiz kerak bo‘ladi. Kechikkan vazifalar tekshirilmaydi, bu o‘zingizga ziyon.

Ushbu intizomga amal qilsangiz, Dastur sizni 0 dan natijaga chiqarishiga kafolat beraman.

Darsning qiymati:

Kursning umumiy asl narxi: 447$

(Yopiq guruhdagilarga ham yaxshigina chegirma berilgan)

Lekin, birinchi yozgan 5 kishi uchun ham chegirma bermoqchiman. Ya’ni — 397$

Bo'lib to'lash imkoniyati bor

📌 Qabul 5-avgustgacha davom etadi. Darslar 6-avgustdan boshlanadi.

Barcha ma’lumot yuqoridagi Pdf’da.

Barchasi ma’qul bo‘lsa, yozing:

👉 @matnolog

Kopirayter blogi

30 Jul, 12:10


P. Durov lug'atidan:

😊 — nim tabassum;

☺️ — tabassum;

😂 — kulgu;

🤣 — vaydot, ichagimni uzding-ku!;

)  — Qavs (matematik element)

Credit: Sogdiana

Kopirayter blogi

29 Jul, 11:12


ChatGPT - qachonlardir bizning o‘rnimizni egallaydimi?

Aslida ChatGPT qo‘shimcha imkoniyat. Chunki siz sun’iy idrokdan o‘zingiz kutmagan yoki siz uchun qiyin bo‘lgan vaziyatlarda foydalanishingiz mumkin.

Lekin istalgan sun’iy intellektlar bilan ishlashda yaxshi natija olish muhim. Buning uchun unga to‘g‘ri (topshiriq) promt berishni ham bilish kerak.

Aynan shu mavzuda kechagi yopiq guruhda qatnashayotganlar uchun "ChatGPT’ga to‘g‘ri promt berish" mavzusida yana bir BEPUL dars o‘tib bermoqchiman.

Bu darsda kopirayterlar qanday qilib sun’iy intellekt bilan ishlashi to‘g‘risida alohida tushuntirib beraman.

Yuqoridagi savolga keladigan bo‘lsak, ChatGPT o‘rnimizni egallaydimi yoki yo‘qmi buni vaqt ko‘rsatadi. Lekin baribir sun’iy intellektga to‘g‘ri promt beradiganlar kelajakda albatta kerak bo‘ladi!


Yopiq guruhga qo'shilmagan bo'lsanhiz va siz ham ushbu darsda ishtirok etishni istasangiz, @matnolog profiliga "Link" deb yozing!

*Eslatma: Darslar kechagi guruhda bo'lib o'tadi. Dars bugun 21:00 da boshlanadi.

Dars - Kopirayterlar uchun mo'ljallangan!


| @copywriter_on

Kopirayter blogi

29 Jul, 05:00


Kopirayter blogi pinned «Qotib qolish kerak emas! "Kopirayterman, ish topa olmayapman, nima qilishim kerak?" Men ko‘rgan va menga yozilgan eng ko‘p xabarlardan biri. Hozir ko‘pchilik o‘z idealidagidek loyiha olishni qidiradi, Vakansiyalarga yozadi, 80% holatda rad javobini olishadi.…»

Kopirayter blogi

28 Jul, 03:26


1-avgustdan boshlanadi

Prokopirayting 3.0 kursi 1-avgustdan boshlanadi.

Qabul shartlari va qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, @matnolog ga yozib, batafsil javob olishingiz mumkin. So‘rovnomani to‘ldirganlarga birma-bir bog‘lanib chiqyapman!

Lekin undan oldin hammaga manfaatli bo‘lishi uchun "Target kreativlari ssenariysi qanday bo‘ladi" mavzusida BEPUL dars o‘tib bermoqchiman.

Bu dars hozirda kopirayterlar uchun eng kerakli bilim va mahorat hisoblanadi. Chunki bu darsda 1 ta kreativdan bir nechta kreativ hosil qilish hamda organik traffik va pulli trafikni farqini ko‘rib chiqamiz.

Agar kopirayter bo‘lsangiz va bu mavzu sizga qiziq bo‘lsa, izohlarda + qoldiring. Chunki har bir + qoldirgan kopirayter uchun alohida yopiq guruh havolasini jo‘nataman.

Dars amaliyotga asoslangan bo‘ladi. Keyslarni ko‘rib chiqamiz, natijalarini tahlil qilamiz va amaliy vazifalarni bajaramiz.

*Ha, aytgancha, dars bugun bo‘ladi! shuning uchun hozirdan + qoldirishni boshlang! reaksiyalar ham
🔥

| @copywriter_on

Kopirayter blogi

25 Jul, 07:10


Ha aytgancha, Telegram Ads bo'limi qo'shilganidan xabardormisiz?

Telegram Ads nima ekanligini bilasizmi yoki yo'q?

Izohlardan yozib qoldiringchi javobingizni!

Kopirayter blogi

25 Jul, 02:29


Qotib qolish kerak emas!

"Kopirayterman, ish topa olmayapman, nima qilishim kerak?"

Men ko‘rgan va menga yozilgan eng ko‘p xabarlardan biri.

Hozir ko‘pchilik o‘z idealidagidek loyiha olishni qidiradi, Vakansiyalarga yozadi, 80% holatda rad javobini olishadi. Sababi ularda UST yo‘q.

Aslida ish kelishini kutish emas, ishga "borish" kerak. Sabablarini qilish kerak. Boshqalarda yo‘q bo‘lgan takliflarni, ko‘p qirraliligini ko‘rsatib berishi kerak!

Blogimni anchadan beri kuzatib kelgan obunachilar bilishadi, o‘zimdagi bor bilim va tajribalarimni yig‘ib, Prokopirayting kursini o‘tib kelaman. Yaqinda Prokopirayting 2.0 kursi tugadi. Natijalarni ham ko‘rsataman.

Bu safar boshqacha yondashuvda to‘ldirilgan va faqat kopiraytingdan xabari borlar uchun Prokopirayting 3.0 kursiga qabul ochiladi. 5 kishi oldindan ro‘yxatdan o‘tgan.

Yuqoridagi faylda kurs bo‘yicha batafsil ma’lumot berganman.

Agressiv reklama qilmoqchi emasman, avval yuqoridagi faylni ko‘ring va keyingi darajaga chiqib, Kopiraytingning boshqa yo‘nalishlarida ishlab, yangi bilimlarni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz ushbu so‘rovnomani to‘ldiring

https://forms.gle/p5n5p4PBojnLLjRc8

Agar kurs sizga to‘g‘ri kelsa, o‘zim sizga aloqaga chiqaman!

@copywriter_on

Kopirayter blogi

22 Jul, 18:00


Muammo raqobatda emas

Yana qaytarib aytaman mijozga qandaydir unikallik bermasangiz sohadan ko‘nglingiz qolib ketadi.

Siz ham kopiraytingda natijaga chiqishni stabil ishlashni istaysiz, kerakli kadr bo‘lishni maqsad qilgansiz. Muammo esa boshqalardan ko‘ra ko‘proq yoki boshqacharoq yechim bera olmaganingizda!

Nurbek aka kanalida yaxshi post qo‘yipti. Haqiqatan bizda raqobat yo‘q. Nega? Chunki hamma har xil yo‘nalishda TOP.

Xuddi shunday siz ham Kopiraytingda keyingi levelga chiqishingiz va moslashishingiz kerak.

Kursimda ham aynan shu narsaga e’tibor berganman. Intizom bilan, berilgan vazifalarni to‘g‘ri bajarib, amaliyotda faol bo‘lganlar hozir loyiha olishda qiynalmaydi, natijalari ham yaxshi. O‘zlaridan ham so‘rashingiz mumkin.

Yon-atrofingizdagi kasbdoshlaringiz yoki hozirda aktiv ishlayotgan kopirayterlarda so‘rang, mijoz bilan qanday gaplashyapti, qanday taklif beryapti, qayerdan loyihalar olyapti, qanchaga kelishyapti...

Hamma ma’lumotlarni yig‘ing, solishtiring va o‘zingizning pozitsiyangizni ozroq yaxshilang. Natija bo‘ladi, ishlab keta olasiz. Bozorda yaxshi va ko‘p qirrali kopirayterlar uchun talab ko‘p.

Ha aytgancha, keyingi kursda Telegram Ads’ni ham qo‘shib o‘rgataman va keyingi kurs "next level’ga" chiqmoqchi bo‘lgan, kopiraytingdan fundamental xabari bo‘lganlar uchun bo‘ladi!

*O‘zi qiziqmi sizlarga?