SURXONDARYO VSSB @surxondaryovssb Channel on Telegram

SURXONDARYO VSSB

@surxondaryovssb


Surxondaryo viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmatining rasmiy telegram kanali

murojaat uchun: @Xayinov
Tel raqam 88 225-09-09

qisqa raqam 1103

SURXONDARYO VSSB (Uzbek)

Surxondaryo Viloyat Sog'liqni Saqlash Boshqarmasi (VSSB) matbuot xizmati rasmiy Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal orqali Surxondaryo viloyatining sog'lik sohasida amaliyotlari, yangiliklari, maqolalari va boshqalarini bilishingiz mumkin

Kanalda qiziqarli va foydali ma'lumotlar, tadbirlar va dasturlar haqida xabarnomalar, tahlil va sharhlar, tajribali mutaxassislar bilan suhbatlar va ko'p qo'llanma ma'lumotlar paydo bo'ladi

Agar sizga uning to'g'ri foydasi kelmasa yoki savollaringiz bo'lsa, @Xayinov ga murojaat qiling yoki 88 225-09-09 raqamiga telefon qiling

Sog'liqni saqlash bo'yicha eng so'nggi va muhim yangiliklardan xabardor bo'lib qoling!
Qisqa raqam: 1103.

SURXONDARYO VSSB

23 Jan, 14:11


Жорий йилнинг 23 январ куни Қизириқ туман тиббиёт бирлашмаси бошлиғи Расул Абдижапарович хамда 2-сектор маъсул ходимлари иштирокида  туман тиббиёт бирлашмасига қарашли 40-сонли оилавий поликлиникасида бўлиб "Яшил макон" доирасида амалга оширилган ишлар, худудда ободонлаштириш ишлари, кузги-қишқи мавсумда  иситиш тизими аҳволи ўрганиб чиқилди. Хамда поликлиникада фуқароларни чуқурлаштирилган тиббий кўрикдан ўтказишди,  Тиббий курикда 122 нафар фукаро тиббий текширувдан ўтказилди. Текширув натижасида аниқланган 5 нафар беморларга тиббиёт бирлашмасида даволанишида амалий ёрдам кўрсатилиши тайинланди. Шу куннинг узида туман тиббиёт бирлашмаси бошлиғининг сайёр қабули ўтказилиб, 15 нафар фуқаролардан тушган мурожаатлардан 8 таси қабул жараёнида ижобий ҳал этилди, 7 таси ўрганиш учун мутаҳассисларга топшириқлар берилди.

@surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

23 Jan, 11:23


"Taskin" - O'zlikka nigoh!

Dastur mehmoni: Mustafo Sattorov- Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi, Viloyat shifokorlar Assotsiatsiyasi raisi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

23 Jan, 05:38


"Shifo istab" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida — Alsgemyer, ruhiy holatning buzulish kasalliklari haqida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

22 Jan, 16:03


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrifi davomida ikkita tibbiyot muassasasining yangilangan binosini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etib, viloyat bo‘yicha tibbiyot va ta’lim maskanlari ta’miriga start berdi. Shuningdek, maktab va texnikumlar faoliyati hamda sanoatlashgan bog‘ va uzumzor tashkil etish loyihasi bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2316

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

19 Jan, 03:39


Joriy yilning 18-yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasida yaratilgan sharoitlar va yangidan keltirilgan zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar yordamida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishilib, birlashma hududida DXSH asosida barpo etilayotgan diagnostika markazi qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2315

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

17 Jan, 05:10


Кам ухлаш – семириш ва бошқа кўплаб касалликларга олиб келади

Соғлом бўлиш учун одам кунига камида 6 соат ухлаши керак. Доимий уйқусизлик патологик ҳолатларнинг ривожланишига, уйқусизликка, иммунитетнинг пасайишига, депрессив ҳолатларга, тез қаришга, ўсма жараёнларининг ривожланишига ва семиришга олиб келади.

Имкон қадар уйқуни меъёрига келтириш керак. Тунги уйқу жуда муҳим, сабаби бу вақтда организмда керакли гормонлар ажралади, ҳужайралар тикланади, бактерия ва вируслар нобуд қилинади!

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

17 Jan, 04:57


"Shifo istab" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida — Qon donorligi haqida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

15 Jan, 12:11


Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘tgan yili to‘liq ta’mirlanib, zarur sharoitlar va tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan 44-sonli oilaviy poliklinikasi faoliyati bilan tanishdi. Mutasaddilar viloyatda aholi salomatligini asrash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash hamda profilaktikasini tashkil etish borasida vazifalar belgilab olindi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

15 Jan, 07:35


Surxondaryo viloyatida hozirgi kungacha 91 nafar bemorda imtiyozli operatsiyalar o’tkazildi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

14 Jan, 13:41


14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!

Yurt tinchligi, xalq osoyishtaligini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashdek sharafli burchga hamisha sadoqatli barcha mard va jasur o‘g‘lonlarimizni hamda butun xalqimizni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz! 
Elu-yurtimiz muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq, el-yurt himoyasi yo‘lida metin qalqon bo‘lgan fidoyilar — Vatanimizning haqiqiy posbonlari bilan haqli ravishda faxrlanadi. 
Sharafli xizmatingizda yangi yutuq va zafarlar yor bo‘lsin!

Hurmat bilan, Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi jamoasi

SURXONDARYO VSSB

14 Jan, 12:56


✍🏻Surxondaryo viloyatidagi boshqarma va tashkilotlarning telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

🕊Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati hokimligi kanaliga ulanish
🕊Viloyat prokuraturasi telegram kanaliga ulanish
🕊Adliya boshqarmasi telegram kanaliga ulanish
🕊Milliy gvardiyaning viloyat bo‘yicha boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Bojxona boshqarmas kanaliga ulanish
🕊Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Soliq boshqarmasi kanali ulanish
🕊Statistika boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Transport boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊“Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK kanaliga ulanish
🕊Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ viloyat filiali kanaliga ulanish
🕊“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali kanaliga ulanish
🕊“O‘zsuvta’minot” AJ viloyat bo‘limi kanaliga ulanish
🕊Tabiat resurslari boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Oila va xotin-qizlar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Yuksalish umummilliy harakati viloyat bo‘linmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Termiz davlat universiteti kanaliga ulanish
🕊Termiz agrotexnologiyalar va innovasion rivojlanish instituti kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Ichki ishlar boshqarmasi telegram kanaliga ulanish

🕊Viloyat Davlat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi kanaliga ulanish
🕊Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi kanaliga ulanish
🕊Termiz davlat Pedagogika instituti kanaliga ulanish
🕊Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali kanaliga ulanish
🕊Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti kanaliga ulanish
🕊Termiz muhandislik-texnologiya instituti kanaliga ulanish
🕊Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi kanaligaulanish
🕊"Termiz xalqaro aeroporti" MCHJ kanaliga ulanish
🕊Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi kanaliga ulanish
🕊Adolat sosial-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊Milliy tiklanish demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi kanaliga ulanish
🕊O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati kengashi kanaliga ulanish

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

14 Jan, 09:41


"Shifo istab" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida — Havo tomchi yoʻllari orqali yuqadigan yuqumli kasalligi haqida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

13 Jan, 10:19


Tibbiyot istiqbollari ko‘rsatuvi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termiz filiali misolida tayyorlangan.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

01 Jan, 02:44


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

SURXONDARYO VSSB

31 Dec, 13:03


Yangi yil bayrami bolalar quvonchi, shodligi bilan yanada fayzli

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Sariosiyo tumanida ham bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida bemorlarni yo‘qlash, ularni holidan xabar olib, ko‘tarinki kayfiyat ulashish esa azaliy qadriyatlarimizdan biridir.

Sariosiyo tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Sharg‘un hududiy bo‘limida davolanayotgan bemor bolalarga ham bayram kayfiyatini ulashish maqsadida Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev hamda sektor rahbarlari muassasada davolanayotgan bemor bolalar holidan xabar olishib, ularni yangi yil bilan samimiy muborakbod etdilar va yangi yil sovg‘alarini ulashdilar.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

31 Dec, 10:20


Yangi yil barcha orziqib kutadigan, hamma birdek nishonlaydigan bayram. Ayniqsa, u bolajonlarning eng sevimli bayrami hisoblanadi. Sog‘ligi tufayli bayram kunlari shifoxonalarda qolayotgan bolalar esa afsuski, bu kunni uyida kutolmaydi.

Lekin, ular ham mehr va e’tibordan chetda emas, ularning bayramni nishonlashlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi va viloyat onkologiya dispanserida davolanayotgan bolajonlar hamda bemorlar holidan xabar oldi. Ularga Yangi yil bayrami sovg‘alari ulashildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahrida "Yagona ijtimoiy reestr"ga kiritilgan oilalar xonadonida ham bo‘lib, farzandlariga sovg‘alar topshirdi. Shuningdek, mutasaddilarga oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joylarini ta’mirlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

31 Dec, 05:02


Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli dostlar!

Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yangi yil Siz azizlarga ulkan muvaffaqiyatlar, baxtu-saodat, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va xonadonlaringizga fayzu-baraka olib kelsin!
Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo'lida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar doimo yor bo`lsin!

Hurmat bilan, Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi jamoasi

SURXONDARYO VSSB

30 Dec, 13:42


Yangi yil shukuhi

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Boysun tumanida ham bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemor bolalarga ham bayram kayfiyatini ulashish maqsadida Boysun tumani sektor rahbarlari tuman markaziy shifoxonasida bo‘lib, bolajonlarga bayram sovg‘alarini topshirdi.

Shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar va issiqlik tizimlari ko'zdan kechirildi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

26 Dec, 12:58


Ҳеч ким эътиборлан четда қолмас

Бир гуруҳ тиббиёт ходимларнинг фарзандларига совға улашилди.

Бугун, Aнгор туман тиббиёт бирлашмасида фаолият кўрсатиб келаётган, ижтимоий химояга муҳтож ходимларнинг фарзандларига туман тиббиёт бирлашмаси томонидан янги йил совғалари кўтаринки кайфиятда топширилди.


https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

25 Dec, 10:53


Tibbiyot muassalarida faoliyatni raqamlashtirish ishlari ommalashtirildi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

25 Dec, 05:41


MAXSUS REPORTAJ.

Aholi salomatligi ustuvor maqsad.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

24 Dec, 11:15


Sogʼliqni saqlash tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish asosiy vazifamiz

Joriy yilning 23-dekabr kuni Surxondaryo viloyati sogʼliqni saqlash boshqarmasi majlislar zalida Boshqarma boshligʼining birinchi oʼrinbosari А.N.Sattorov, Viloyat moliya boshqarmasi А.Boymurodov, DTSJsi birinchi oʼrinbosari Sh.T.Inoyatov, oʼrinbosar U.M.Kandimov, moliyalashtirish boʼlimi O.Suvanov, umumiy boʼlimi M.U.Ergasheva, Viloyatdagi 2025-yili Davlat tibbiy sugʼurta jamgʼarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan bosh shifokorlari, shahar va tumanlar tibbiyot birlashma boshliqlari va bosh hisobchilari ishtirokida ZOOM platmorfasi orqali yigʼilish boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi PQ-311-sonli qarorda koʼzlanayotgan maqsad aholiga koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sogʼliqni saqlash tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish, byudjet mablagʼlaridan samarali foydalanish hamda davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini Surxondaryo viloyatida ham keng joriy qilish bilan bogʼliq islohotlar, tibbiyot muassasalarini moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini tadbiq etishga tayyorgarlik, kafolatlangan paket doirasida koʼrsatiladigan tibbiy yordam hajmi boʼyicha global va bajarilgan ishlar boʼyicha shartnomalar tuzish, ambulator sharoitda moliyalashtirish aholi jon boshiga, statsionar muassasalarida har bir davolangan bemorlar holati, yaʼni bemorlarni 066 va 066-1-h/sh miss-2 elektron dasturiga kiritish toʼgʼrisida tushuntirish ishlari olib borildi hamda ishtirokchilar tomonidan qiziqtirgan savollariga javob berildi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

24 Dec, 03:22


2024 йилнинг энг намунали соғлиқни сақлаш ҳудудий органига овоз беринг!


Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги 👉 ҳавола устига босинг.

🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

SURXONDARYO VSSB

22 Dec, 12:35


2024 йил 7 декабрь куни Кизирик туман тиббиёт бирлашмаси бошлиғи Аллазов Расул Абдижапарович бошчилигида туман тиббиёт бирлашмаси офтальмолог врачи ва РИКМИАТМ Сурхондарё вилоят филиали етакчи  мутахассислари томонидан Кизирик туман фукароларига кулайлик яратиш максадида туманда  9 нафар фукарога юкори технологик офтальмохирургик  операция  ,,Птеригиумэктомия'' жаррохлик амалиёти  утказилди.
Ушбу ,, Птеригиум '' ташхиси билан хозирги кунда  фукаролар вилоят ва Республика даражасида даволаниб келмокда эди. Птеригиумэктомия жаррохлик амалиётини режали тарзда  утказиш туман тиббиёт бирлашмасида доимий йулга куйилди.


@surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

06 Dec, 06:34


Viloyat statistika boshqarmasidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш organlari tomonidan viloyat boʻyicha 62 928 ta tugʻilish holatlari qayd etilgan.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

05 Dec, 16:34


Press-tur: "Yashil makon" umummilliy loyihasi ijrosi hamda Surxon davlat qo‘riqxonasi bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari bilan hamkorlikda vohamizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar, "Yashil" belbog‘larni tashkil etish tadbirlari hamda Surxon davlat qo‘riqxonasida biologik xilma-xillikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ekologik choralar haqida keng jamoatchilikka axborot tarqatish maqsadida jurnalist va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Media-tadbirda dastlab, ishtirokchilar M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Sherobod tumanidan o‘tuvchi qismida "Yashil" belbog‘ barpo etish ishlari bilan tanishishdi. Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Urunov vohamizda "Yashil makon" umummilliy loyihasining joriy kuzgi mavsumi uchun ko‘chat ekish ishlarining borishi, kelgusidagi rejalar, yaratilayotgan yashil maydonlar haqida axborot berdi.

Keyingi manzilda press-tur ishtirokchilari Surxon davlat qo‘riqxonasi tabiati, noyob hayvon va qush turlari, o‘simliklar dunyosini asrash borasidagi ekologik tadbirlarning borishi bilan ham tanishishdi.

Foto: Ekologiya boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

SURXONDARYO VSSB

05 Dec, 05:59


#Яшил_макон_2024 #Фотожараён

🌱 Музработ туманида "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида дарахт кўчатлари экиш тадбирлари давом этмоқда

Музработ тумани ҳокими в.б Абдумутал Арабов тумандаги барча ташкилот, муассаса, корхона раҳбарларига “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида кузги кўчат экиш ишларини жадалик билан олиб бориш борасидаги кўрсатмалари ижроси юзасидан туман Тиббиёт бирлашмаси, тумандаги барча ҚОП, ҚВП ларда ҳам мевали ва манзарали дарахт кўчатларини экиш ишлар қизғин олиб борилмоқда.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

05 Dec, 04:05


Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Mirzo Ulugʻbek mahallasida Tuman tibbiyot birlashmasining navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Bugun, 5-dekabr kuni Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari A.Jalilov rahbarligida Mirzo Ulugʻbek mahallasida joylashgan bolalar poliklinikasida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Qabulda, 10 nafarga yaqin fuqarolarning tibbiyot sohasiga hamda boshqa masalalarga yo‘llangan murojaatlar joyida xal etildi

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

04 Dec, 13:36


Қизириқ туман тиббиёт бирлашмасида "Яшил макон" уммуммиллий лойиҳаси бўйича ишлар жадаллик билан олиб борилмоқда.
Туманнинг "Зарбдор" махалласида хам ерга ишлов берилиб 200 туб арча кўчатлари экилди.

Юртимиз бўйлаб кенг кўламда ўтказилаётган “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида туман тиббиёт бирлашмасининг бошқа худудларида иқлимимизга мос мевали манзарали дарахт кўчатларини экишмоқда.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

03 Dec, 04:56


Viloyatimiz bo`ylab “Yuksalish” harakati hududiy bo’linmasi hamda viloyat qon quyish markazi hamkorligida qon topshirish aksiyasi haftaligi o’tkazilmoqda.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

03 Dec, 04:27


#кунҳикмати

1) Одамларни ўзингизга хаддан ортиқ яқин олманг. Шунда биласиз уларни сизга мухтожлиги борми ёки йўқ. Масофа сақланг ва ҳурматингизни билинг.

2) Қуруқ гапга асло ишонманг. Хозирги даврда қуруқ сўзни баҳоси арзон..

3) Сизни керак билган ва сиз билан фахрланувчи инсонларни қадрланг. Сизни керак билмаган инсонларнинг ортидан қувламанг..

4) Одамларни ўзини оқлаш учун топган сўзларига ишонманг. Агар хоҳиш бўлса ҳар қандай холатда имкон топиб бажаради..

5) Сиз одамларни ўз дунёқарашингиз  билан баҳоламанг. Сиз кимлар учундир нималаргадур тайёрдирсиз аммо, у инсон сиз учун ҳеч нарса қилишга тайёр бўлмаслиги мумкин ёки бунинг акси.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

02 Dec, 13:52


#davra_suhbati

Инсон манфаатлари устувор юрт

Демократик жараёнларни таҳлил қилиш маркази Сурхондарё вилояти ҳудудий бўлинмаси томонидан 2024 йил 29 ноябрь куни “Сурхондарё вилоятида аҳоли саломатлигини таъминлаш борасидаги ислоҳотлар натижаси” мавзусида давра суҳбати ташкил этилди.

Тошкент тиббиёт академияси Термиз филиали, вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси ҳамкорлигида ўтказилган тадбирда тиббиёт соҳаси бўйича мутахассислар, вилоят Кенгаши депутатлари, талабалар ҳамда ОАВ вакиллари иштирок этишди.

Давра суҳбатида “Ўзбекистон-2030” стратегиясида соғлиқни сақлаш соҳасини такомиллаштириш, аҳолининг тиббий хизматларга бўлган талабларини қондириш ҳамда саломатлигини яхшилаш бўйича амалга оширилаётган чора-тадбирлар бўйича фикр-мулоҳазалар билдирилди.

Шунингдек, соғлом турмуш тарзи, жисмоний маданият аҳамияти тарғиб қилиниб, ёшларнинг ижтимоий ва психологик соғлигига эътибор беришга қаратилган маърузалар қилинди.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

02 Dec, 07:00


Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Vazir va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

02 Dec, 06:50


Jarqo‘rg‘on tumanidagi viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

02 Dec, 03:54


#тавсия

Пиёда юриш - бу соғлиқ учун жуда фойдали машқ. Ушбу машқнинг бир неча фойдалари бор:
⚡️Юрак-қон томир тизимини яхшилайди;
⚡️Вазни назорат қилади;
⚡️Суяклар ва мушакларни мустаҳкамлайди;
⚡️Кайфият ва уйқуни яхшилайди.
⚡️Пиёда юришнинг фойдалари кўп. Ҳар куни камида 30 дақиқа пиёда юриш соғлиғингиз учун жуда фойдали.

📌Кўпроқ маълумот юқоридаги инфороликда.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

01 Dec, 08:41


Конституция байрами арафасида дам олиш кунлари қандай бўлади?

Бу йил 8 декабрь — Ўзбекистон Конституцияси қабул қилинган кун ҳафтанинг якшанба кунига тўғри келади.

Меҳнат кодексига асосан, байрам кунлари якшанбага тўғри келса, душанба куни дам олиш кунига қўшиб берилади.

Шунга кўра, байрам арафасида дам олиш кунлари қуйидагича бўлади:

🔺7 декабрь, шанба – ҳафтасига 6 кун ишлайдиганлар учун иш куни, 5 кунликлар учун дам олиш куни;
🔺8 декабрь, якшанба – байрам куни, барчага дам олиш куни;
🔺9 декабрь, душанба барчага қўшимча дам олиш куни;

10 декабрь, сешанба барчага иш куни.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

01 Dec, 07:01


Факт рақамларда

Касалликларни эрта аниқлаш мақсадида республика бўйлаб, скрининг текширувлари олиб борилган.

Натижада, 1 миллион 700 минг нафар аёл скрининг қилиниб, 49 мингида саратон олди касалликлари топилган.

Ярим йилликда 122 минг нафар аҳолида юрак қон-томир ва қандли диабет эрта босқичда аниқланган.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

01 Dec, 02:49


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромоновичнинг 2023 йил 23 ноябрь кунидаги "Республикада яшиллик даражасини янада ошириш, «Яшил макон» умуммиллий лойиҳасини изчил амалга ошириш орқали экологик барқарорликни таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида"ги  ПФ-199-сонли Фармонини ижросини таъминлаш мақсадида жорий йилнинг 30 ноябрь куни Қизириқ тумани тиббиёт бирлашмаси ходимлари томонидан туманнинг "Зарбдор" маҳалласида  "Яшил макон" доирасида ободонлаштириш ишлари олиб борилди ҳамда 250 дан ортиқ кўчатлар экиш учун ўралар қазилди.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

30 Nov, 16:14


Bandixon tumani Tibbiyot birlashmasida kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari oʻrganildi

Joriy yilning 29-noyabr kuni Bandixon tumani Tibbiyot birlashmasida Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼul xodimi S. Xudoynazarov va Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi A.Jalilov va Bandixon tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori A.Sobirov birgalikda birlashmaning kuz-qish mavsumiga tayyorgalik jarayonlari va hududdagi obodonlashtirish ishlarining bugungi holatini ko’zdan kechirdi.

Bundan tashqari energiya resurslaridan oqilona foydalanish va "Kuz-qish mavsumi"ni betalofat o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar va tavsiyalar berildi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

30 Nov, 08:56


🔴🟦🟦🟦🟦

Гриппни даволашда антибиотиклардан фойдаланиш қанчалик самара беради?

Ўткир респиратор вирусли инфекциялар билан касалланган беморларга қачон иситма туширувчи дорилар бериш керак?

Хасталикка қарши эмланиш қанчалик самарали?

Ушбу саволларга шифокорлар Нодира Мурталипова ҳамда Нигора Алиева жавоб беради.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

28 Nov, 09:21


Sariosiyo tuman Tibbiyot birlashmasining navbatdagi sayyor qabuli Shirin mahallasida bo‘lib oʻtdi

Bugun, 28-noyabr kuni tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi A.Saidnazarov rahbarligida Shirin mahallasi hududida joylashgan 64-sonli oilaviy poliklinikasida sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulga kelolmagan yotib qolgan bemorlarning uyiga borib tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib dori darmon bilan taʼminlandi.

Qabulda, 10 nafarga yaqin fuqarolarning tibbiyot sohasiga hamda boshqa masalalarga yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi, shuningdek qabul davomida yo‘llangan murojaatlarning ayrimlari shu yerda o‘z yechimini topgan bo‘lsada, qolgan murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

27 Nov, 11:38


https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

26 Nov, 14:48


Sog‘liqni saqlash vaziri Oltinsoyda

Bugun Oltinsoy tumaniga O‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov tashrif buyurdi. Sog‘liqni saqlash vaziri A. Xudayarov Oltinsoy tumani hokimi Bahrom Maxmatrayemov va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abdivohidov hamrohligida dastlab tumanning Jobu mahallasida yangi barpo etilgan Qishloq oilaviy poliklinikasida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng vazir A. Xudayarоv Oltinsoy tumani Tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Tibbiyot birlashmasida olib borilayotgan ta'mirlash ishlarini sifatli tarzda yakunlash va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta'minlash borasida mutasaddi idoralar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini ta'kidlandi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

26 Oct, 13:20


Биласизми?

❗️Куз мавсуми кўпгина респиратор касалликлар авж олиши учун қулайдир. Хасталиклар ҳақида аввалдан маълумотга эга бўлиб, уларнинг олдини олиш саломатликни асрашнинг муҳим қисмидир.

Ҳўш, фарингит қандай касаллик?

У нима сабабдан келиб чиқади?

Фарингитнинг белгилари қандай?

Уни даволаш қай йўл билан амалга оширилади?

Бу хасталик қайси ҳолларда сурункали тус олиши мумкин?

Ва ниҳоят, фарингитнинг олдини олиш чоралари борми?


📹Ушбу саволларга Республика ихтисослаштирилган оториноларингология ва бош-бўйин касалликлари илмий-амалий тиббиёт маркази шифокори, тиббиёт фанлари номзоди Тўйчибек Ўринов жавоб беради.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

26 Oct, 05:44


❗️Пиёда юриш — шамоллаш ва юрак касалликларини енгишга ёрдам беради...ми?!

📌 Пиёда юриш — энг осон ва қулай машғулот бўлиб, барча ёшдаги инсонлар учун тавсия этилади. У нафақат жисмоний саломатликка, балки руҳий ҳолатга ҳам ижобий таъсир этади.

Хўш, унинг яна қандай фойдали жиҳатлари бор? Пиёда юришнинг афзалликлари ҳақида нималарни билиш керак?

🩺 Гап шундаки, инсон ўзини ҳар томонлама соғлом ҳис қилиши ва ташқи кўринишининг кўркам бўлишида пиёда юришнинг аҳамияти катта. Сабаби яёв юрилганда гавданинг барча мускуллари ҳаракатга келади. Қолаверса, бу машғулот ички органлар фаолиятига ҳам ижобий таъсир этади.

🫀Натижада организмда моддалар алмашинуви яхшиланиб, юрак томирлари, шунингдек нафас ва асаб тизими мустаҳкамланади. Эрталаб ишга кетадиган пайт пиёда юриш ҳам жуда фойдали. Бу вақтда инсон кечаси ухлаб, дам олгани сабабидан тўхтамай 30-40 дақиқа бемалол яёв кеза олади.

🔶 Ишхонадан чарчаб чиққанингиздан кейин ҳам имкон бўлса, автобус ёки автомашинага чиқишга шошилманг. Йўлнинг бир қисмини пиёда босинг. Чунки фаол ҳаракат қилиш одамни тинчлантиради, кишининг чарчоғини олади.

❇️ Шунингдек:

🚶🏻‍♂️Бир кунда 4 маротаба 10 дақиқадан пиёда юришни одат қилсангиз, қон босимингиз меъёрда бўлади.

🖇 Тез-тез қадамлар билан кунига 120 одим ташласангиз, 15 дақиқада 100 ккал.дан халос бўласиз. Мана, сизга озишнинг арзон ва қулай усули!

🔬Асабий иш кунининг “юк”ларидан халос бўлмоқчимисиз? Унда ҳар куни 20 дақиқа пиёда юринг. Натижа сизни албатта хурсанд қилади.

🚬 Чекишни ташлашни истаганлар ҳам хумор тутганда 20 дақиқа пиёда юрсалар, бу хоҳиш айни шу дақиқаларда ўз-ўзидан йўқолади.

🥗 Пиёда юриш ўт пуфаги ҳамда ичакларнинг тўлқинли ҳаракатлари ошиши туфайли ўт қопида тош пайдо бўлиши ва қабзиятнинг олдини олади.

🚶🏻Ўтказилган тадқиқотларга кўра, доимий пиёда юрган инсонлар шамоллашни тезроқ енгиб ўтади. Чунки у иммунитетни мустаҳкамлайди. Шу боис айни кунларда пиёда сайр қилишга одатланинг!

✔️ Таҳлилларга қараганда, ҳар куни 1 соат давомида пиёда сайр қилган кишилар юрак хасталикларига камроқ дучор бўлади. У юрак-қон томирлар тизими – вегитатив асаб тизимининг ҳолатига таъсири орқали қон босимини камайтиради, юрак фаолиятини яхшилайди.

‼️ Бир сўз билан айтганда пиёда сайр қилишни одатга айлантириш вужудимиздаги кўплаб муаммоларга ечим бўлади.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

25 Oct, 14:51


Ўзбекистон экологик партиясидан  Олий Мажлис қонунчилик палатаси депутатлигига Термиз ш, Термиз ва Ангор туманлари бўйича 39-сайлов округидан кўрсатилган номзод Хамидова Манзура Сатторовнага овоз беринг.
Манзура Сатторовна 1994-2024 йилларда Сурхондарё вилоят туғруқхонасида акушер-гинеколог врач, оналик ва болалик репродуктив саломатлик марказида директор вазифаларида ишлаб келган. Шунингдек, тиббиёт академияси Термиз филиалида акушерлик гинекология фанидан талабаларга таълим бериб,  илмий тадқиқот ишларини олиб бормоқда. Табиатни асраш, экологик мухитни яхшилаш,  оналар ва болалар саломатлигини таъминлаш, ёшларга иш ўринлари яратиш мақсади дастурларини  асосини ташкил этади. Ватанпарвар, сиёсий етук, жонкуяр ва диёнатли  шифокор ХАМИДОВА МАНЗУРА САТТОРОВНАга ОВОЗ БЕРИНГ!!!

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

25 Oct, 14:35


“SAYYOR QABUL”

2024 yil 25 oktabr kuni Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.v.b U.K.Musayev tomonidan tumandagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi N.Mirzayev filialida “Jaloir”, “Uyas” va “Nurli diyor” mahallalari fuqoralari uchun reja bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 21 nafar fuqarolardan tibbiyotga oid murojaatlar qabul qilindi va 14 nafar fuqoralarning murojaatlari joyida o‘rganilib ijobiy xal qilindi.
Bundan tashqari Viloyat shifoxonalaridan kelgan tor soha mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rik tashkil etildi va 214 nafar fuqora tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikga ko‘krak saratonini erta aniqlash uchun qo‘chma momografiya, ko‘z kasalliklarini aniqlash uchun ko‘chma oftolmologiya va ko‘chma flyugrafiya rentgent apparatlari jal qilindi.
Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tuman va viloyat darajasida yotib davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

@surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

25 Oct, 12:14


"Shifo istab" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida — Qalqonsimon bez kasalliklari va oldini olishda profilaktik chora tadbirlar. Yod tanqislik belgilari haqida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

25 Oct, 05:05


TIBBIYOT ISTIQBOLLARI.

🚑Aholi salomatligini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan samarali ishlar.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

25 Oct, 04:57


📊Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida korxonalar soni nechta?

📈2024- yilning 1- oktabr holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 11 196 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

🔷Toshkent shahri – 2 215 ta;

🔷Fargʻona viloyati – 1 264 ta;

🔷Samarqand viloyati – 1 040 ta;

🔷Andijon viloyati – 1 023 ta;

🔷Toshkent viloyati – 856 ta;

🔷Buxoro viloyati – 809 ta;

🔷Qashqadaryo viloyati – 779 ta;

🔷Namangan viloyati – 741 ta;

🔷Xorazm viloyati – 618 ta;

🔷Qoraqalpogʻiston Resp. – 507 ta;

🔷Surxondaryo viloyati – 478 ta;

🔷Navoiy viloyati – 340 ta;

🔷Jizzax viloyati – 337 ta;

🔷Sirdaryo viloyati – 189 ta;

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

24 Oct, 13:58


Қумқўрғон туманида чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди

Қумқўрғон тумани прокуратураси ташаббуси билан вилоят Соғлиқни сақлаш муассасалари ва туман Тиббиёт бирлашмасининг жами 25 нафар малакали шифокорлари ҳамда диагностик тиббий мобил бригадалари жалб этилган ҳолда туман Маданият бўлими биносида 2-сектор ҳудудида яшовчи оталиққа олинган ёшлар, ногиронлиги бўлган, кам таъминланган ва якка-ёлғиз яшовчи фуқаролар чуқурлаштирилган тиббий кўрикдан ўтказилди.
Тиббий кўрикдан жами 184 нафар ёшлар ва фуқаролар ўтказилиб, уларнинг 18 нафарига туман, 5 нафарига вилоят шифохоналарида стационар даволанишга йўлланмалар берилган бўлса, 53 нафарига амбулатор шароитда даволанишга тиббий тавсиялар берилди.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

24 Oct, 07:44


Aholi salomatligini asrashda tibbiy ko‘riklar muhimdir

Bugun Termiz tumani Yangiyer mahallasida tashkil etilgan bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tadbiri aholining salomatligini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, tadbir doirasida bir qator tibbiy xizmatlar, xususan, kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika va davolash bo‘yicha keng qamrovli choralar amalga oshirildi.

Tibbiy ko‘rikda asosiy e'tibor yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, saraton va boshqa surunkali kasalliklarning oldini olish va ularni dastlabki bosqichda aniqlashga qaratildi.

Maxsus tahlillar va diagnostika usullari yordamida aholining sog‘ligi sinchkovlik bilan tekshirildi. Ko‘rik davomida turli tibbiyot sohalari bo‘yicha malakali shifokorlar (terapevtlar, kardiologlar, endokrinologlar, ginekologlar va boshqalar) aholiga individual maslahatlar berdi.

Bunday tibbiy ko'riklar aholining tibbiy xizmatlardan keng foydalanishiga yordam beradi va kasalliklarni vaqtida aniqlab, davolash imkoniyatini oshiradi.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

24 Oct, 06:57


Soʼnggi yillarda viloyatimizda ham yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarilayapti

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

21 Oct, 11:30


Сиз келманг ўзимиз борамиз

“Сиз келманг ўзимиз борамиз” тамойили асосида Шўрчи туманидаги “Шалдироқ” маҳалласида чуқурлаштирилган тиббий кўрик ташкил этилди.

Чуқурлаштирилган тиббий кўрикда аниқланган касалликлар бўйича маслаҳат ва даволаниш учун йўлланмалар берилди.

Тиббий кўрик - инсонлар саломатлигини сақлаш, касалликлар келиб чиқиши ва тарқалишининг олдини олиш мақсадида ўтказиладиган тадбир. Ўз вақтида ўтказиладиган тиббий кўрикнинг аҳамияти шундаки, инсонларнинг доимо соғлигига эътиборли бўлиши ва соғлом бўлиб юриши учун хизмат қилади.


https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

19 Oct, 16:35


АҲОЛИ СИҲАТ-САЛОМАТЛИГИ ЙЎЛИДА

Шўрчи туманининг "Элбаён" маҳалласида жойлашган 89-Оилавий поликлиникага қарашли "Ёруғлик" филиали 9800 нафар аҳолига хизмат қилади.
Бугун ўтказилган чуқурлаштирилган тиббий кўрикда вилоят даволаш профилактик муассасаси мутахассис врачлари ҳамда туман Тиббиёт бирлашмасининг мутахассис врачлари иштирокида замонавий тиббиёт жиҳозлари ёрдамида фуқароларнинг соғлиги бўйича қилган мурожаатлари соҳа жонкуярлари томонидан чуқурлаштирилган тиббий кўриклардан ўтказилди.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

19 Oct, 08:05


Aholi ko‘mir yoqilg‘isini qanday tartibda xarid qiladi?

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Saydulla Abduraimov aholi tomonidan ko‘mir xarid qilishning yangi tartiblari haqida tushuntirish berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

SURXONDARYO VSSB

19 Oct, 07:47


#Эслатма. “Тиббиёт ходимларининг одоб-ахлоқ кодекси”га кўра, мутахассис ўз фаолиятида унга бевосита мурожаат қилган ҳар бир фуқарога нисбатан жамиятда ўрнатилган одоб-ахлоқ нормаларига қатъий риоя қилиши (қўполлик қилмаслиги), уларнинг шаъни ва қадр-қимматини камситмаслиги керак.

☝🏻Тиббиёт ходими беморнинг жинси, ёши, ирқи, дини, миллати ва ижтимоий келиб чиқиши, моддий таъминланганлиги, сиёсий қарашлари, жамиятдаги обрў-эътиборидан қатъи назар уларга сифатли, самарали ва хавфсиз тиббий ёрдам кўрсатиши шарт.

Унинг фаолияти юқори даражадаги одоб-ахлоқ ва тиббий деонтология қоидаларига асосланган бўлиши шарт. Бу талаблар бемор вафот этган тақдирда ҳам ўзгармай қолиши лозим.

🩻 Шифокор ўз фаолияти давомида диагностика ва даволаш усулларининг афзалликлари, камчиликлари, оқибатларини ҳисобга олиши зарур.

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

19 Oct, 07:40


#ДОЛЗАРБ

⚠️Буни ҳар бир ота-она билиши керак

Бола тиқилиб қолганда қандай йўл тутиш керак

https://t.me/surxondaryovssb

SURXONDARYO VSSB

17 Oct, 19:15


Bugun UZINFOCOMda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdim.

Ushbu tizim ishga tushishi natijasida tibbiyot muassasalaridagi barcha asosiy jarayonlar bosqichma-bosqich avtomatlashtiriladi, bemorlarning sog‘lig‘i haqida turli manbalardan olinadigan ma’lumotlarni yagona elektron tibbiy kartaga birlashtirish imkonini beruvchi dasturiy yechimlar joriy etiladi. Shuningdek, ish hajmini optimallashtirish orqali sog‘liqni saqlash muassasalarining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat samaradorligi oshiriladi.

Ishonchim komilki, loyiha rejadagidek amalga oshirilsa, barcha: soha xodimlari uchun ham, aholi uchun ham manfaatli bo‘ladi.
-

Сегодня я посетила UZINFOCOM, где ознакомилась с ходом реализации проекта по цифровизации здравоохранения.

Благодаря ему постепенно будут автоматизированы все ключевые процессы в медицинских учреждениях, внедрены программные решения, которые позволят объединить данные о здоровье пациентов из различных источников в единую медицинскую карту. Также через оптимизацию рабочей нагрузки повысится эффективность деятельности всех звеньев органов здравоохранения.

Я уверена, что если реализация проекта будет осуществлена как задумано, то это принесёт пользу всем: и сотрудникам сферы, и населению.