O'zDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali

@bzokirovnomidagimesi


O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutining rasmiy kanali.

Taklif va murojaatlar uchun:
@sevara0225
+99897 7375711

O'zDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali

23 Oct, 11:28


#saylov2024


Har bir ovoz muhim, saylov jarayonlarida ovoz bering.

https://t.me/BZokirovnomidagiMESI

O'zDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali

23 Oct, 08:04


#Saylov2024

“Saylov 2024” targ’iboti davom etmoqda
.

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor F.Muxamedova joriy yilning 27-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovini o’tkazilishi, yangilangan saylov qonunchiligiga ko’ra tashkil etilayotgan saylov jarayonlari haqida institut talabalari bilan davra suhbati o’tkazdi. Suhbat so’nggida talabalarga o’z fuqarolik burchini bajargan holda saylov jarayonlarida faol bo’lishlikka chorlandi.

https://t.me/BZokirovnomidagiMESI

O'zDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali

22 Oct, 17:46


Bugun Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti "Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi" tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Toshkent shahar Sergili tumanidagi 351- sonli umumta'lim maktabida o’quvchi-qizlar bilan davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbati davomida "Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi Toxtaoxunova Guliniso qatnashib, institut faoliyati va iqtidorli talabalari haqida ma'lumot berib o'tdi. Institutning faol talabalari Ubaydullayeva Rayxona, Sharobiddinova Rayyona va
Mamayunusova Zarnigorlar ta’lim dargohida ilm olish bilan birga bugungi kunda erishib kelayotgan yutuqlari to'g'risida o’quvchi-qizlar bilan o’rtoqlashdilar.

https://t.me/BZokirovnomidagiMESI

O'zDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali

22 Oct, 17:41


Bugun, 22 - oktabr Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining rektori, professor Avaz Mansurov Muqimiy nomidagi Oʼzbekiston davlat musiqali teatrining badiiy kengash aʼzolari ishtirokida bo’liv o’tgan yig’ilishda ishtirok etdi. Yigʼilishda kun tartibidagi masalalar, shuningdek 86 - mavsum faoliyatiga oid rejalar muhokama qilinib, teatr repertuarini yanada yaxshilashga oid takliflar tinglandi hamda mavsum uchun reja tuzildi.
                           

https://t.me/BZokirovnomidagiMESI