TKTI.UZ | Rasmiy kanal @tktiuz Channel on Telegram

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

@tktiuz


Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт

71-244-79-34
📩 [email protected]
https://tkti.uz
AntiKorrupsiya: +998954798086
t.me/TKTIantikorrupsiya_bot
t.me/TKTI_rektoriga_murojaatbot

Murojaat uchun: @TKTIMX

TKTI.UZ | Rasmiy kanal (Uzbek)

TKTI.UZ | Rasmiy kanalnnTKTI Toshkent kimyo-texnologiya institutining rasmiy kanalida sizni qutlaymiz! Bu kanal orqali TKTI haqida so'nggi yangiliklarga ega bo'lishingiz mumkin. TKTI Toshkent Shahrida joylashgan va kimyo-texnologiya sohasida o'z nomini o'z ichiga olgan institutdir. Institut bilan bog'liq hamma yangiliklar, tadbirlar va dasturlar bu kanalda o'z o'rinini topmoqda. Bizning kanal orqali TKTI-ni yaqinroq tanish, yangiliklardan xabardor bo'ling!
TKTI instituti hamkorchiliktan qo'ng'iroq qilish uchun kanalda AntiKorrupsiya bo'yicha ma'lumotlarga ham ega. Shuningdek, TKTI rektoriga murojaat qilish uchun ham imkoniyat mavjud. Agar siz TKTI bilan bog'liq savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, murojaat qilishdan qilmang - @TKTIMX kanal orqali savollaringizga javob topishingiz mumkin. Sizni TKTI rasmiy kanalida ko'rishni va biz bilan birgalikda yangi dunyo ochish imkoniyatiga ega bo'lishni kutib qolamiz!

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

16 Feb, 05:34


#taʼziya

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Tijoratlashtirish, sanoat tarmoqlari va bilimlar transferi bo'limi boshlig'i Ruslan Imanzadening ukalari Nurlan Imanzade Mirzabin o'g'lining bevaqt vafot etganligi munosabati bilan ularga va oila aʼzolariga chuqur ta’ziya izhor etamiz. U kishining barcha yaqinlariga go‘zal sabr qilish ila ajr topishlikda tilakdosh bo‘lib qolamiz.

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

15 Feb, 12:32


Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан очиқ мулоқотида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

15 Feb, 09:04


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi 158-PF ijrosi amalda

👩‍🎓 2025-yilning 14-fevral sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy injiniring fakulteti dekani Sh.B.Buxorov boshchiligida “Yuqori molekulyar birikmalar va plastmassalar texnologiyasi” kafedrasi mudiri R.I. Adilov, “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasi dotsenti E. Maulyanov, "Noorganik moddalar kimyoviytexnologiyasi" kafedrasi dotsenti B. To'raqulov, "Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi" kafedrasi katta o'qituvchisi U. Yahyayevlar "Texnikum faoliyatini yanada rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish bo'yicha YO'L XARITASI" ijrosi yuzasidan Angren texnologiyalar texnikumiga tashrif buyurdilar.

✔️Tashrif doirasida texnikumdagi ta’lim jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va muassasaning umumiy faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, infratuzilmani takomillashtirish va talabalar uchun qulayliklarni yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Muhokamalar natijasida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan qator amaliy takliflar bildirildi, ishlar rejalashtirildi.

🗣 Shuningdek kelishilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan dual ta'limga bitiruvchilarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda qabul qilish, texnkkum bitiruvchilarini 2-bosqichdan o'qishga qabul qilish, hamkorlikda o'quv uslubiy adabiyotlar chop etish, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun master-klass va seminarlar tashkil etish, bitiruvchilar uchun institutimizda ochiq eshiklar kunini tashkil etish kabi masalalar kelishib olindi.

Tashrif so'ngida kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan chop etilgan darslik va o'quv qo'llanmalar texnikum Axborot resurs markaziga topshirildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

15 Feb, 08:01


👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari INNO Texnoparkda

✔️ 2025-yilning 14-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Texnologik mashina va jihozlar" kafedra dotsenti Javohir Sultonov rahbarligida shu kafedrada taqsil oluvchi talabalar bilan birgalikda dual ta'lim asosida o'quv-ilmiy faoliyatni olib borishmoqda.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

15 Feb, 06:48


#Tabriklaymiz
#Happy_birthday_to_you

🔰Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori
, texnika fanlari doktori Abduvaxob Ikramovning tavallud topgan kunlari.

Sizni tavallud kuningiz bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizing ilm-fan taraqqiyotiga o‘shgan ulkan hissangiz, izlanuvchanlik va fidoyiligingiz shogirdlaringiz uchun chinakam ilhom manbaidir. Sizning mehnatsevarligingiz, ustozlik mehringiz va bilimlaringiz kelajak avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Ilm-fan yo‘lidagi zahmatli mehnatingiz samarasi doimo yuqori bo‘lishini tilaymiz. Yo‘lga qo‘ygan izingiz, yoritgan nuringiz shogirdlaringiz uchun yo‘lchi yulduz bo‘lib qolishiga ishonamiz.

Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz! Barcha orzu-maqsadlaringiz amalga oshsin, doimo e’zozda va ehtiromda bo‘ling!

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

14 Feb, 17:20


#Boburday
#Video

Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligiga bag'ishlanadi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

14 Feb, 15:35


Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар билан самимий мулоқот ўтказиб, уларни янги марралар сари руҳлантирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

14 Feb, 14:20


👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Bosh o'quv binosining Axborot resurs markazi Talabalar kutubxonasida Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisini xotirlab Axborot-resurs markazi xodimlari ko’rgazmali burchak tashkil etishdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

14 Feb, 13:31


#Xalqaro_konfrensiya #muhandisayollar #tktiuz #женщиныхимики #тхтиуз #womeninstem #tictuz #stemeducation #globalwomensbreakfast
#Video

👍 “Women in STEM” III- xalqaro ilmiy forumi doirasida “Kelajak STEM yulduzlari” tadbiri boʻlib oʻtdi

📹 HD Formatda ko'rish ➡️ https://youtu.be/iwx6YcVJaVg

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

14 Feb, 13:20


#Xalqaro_konfrensiya #muhandisayollar #tktiuz #женщиныхимики #тхтиуз #womeninstem #tictuz #stemeducation #globalwomensbreakfast

👍 “Women in STEM” III- xalqaro ilmiy forumi doirasida “Kelajak STEM yulduzlari” tadbiridan esdalik foto-lavhalar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

14 Feb, 13:17


#Xalqaro_konfrensiya #muhandisayollar #tktiuz #женщиныхимики #тхтиуз #womeninstem #tictuz #stemeducation #globalwomensbreakfast

✔️ Tadbir yanada qiziqroq boʻlishi uchun blitz savollar berildi.

Tadbir yakunida barcha faol va iqtidorli oʻquvchi qizlar hamda oʻqituvchilar sertifikat hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

10 Feb, 14:14


#OAV_Biz_haqimizda
#Munosabat
#Davlat_dasturi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich O'zbekiston24 telekanalining Studiya24 dasturida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga bag'ishlangan ko'rsatuvda jonli efirda so'z yuritdi.

📹 HD Formatda ko'rish ➡️ https://youtu.be/lOBXAEGwXIY

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

10 Feb, 13:11


#Video

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalariga harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmalarida o'qish va saralash tartibi tushuntirildi

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

10 Feb, 13:04


👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalariga harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmalarida o'qish va saralash tartibi tushuntirildi

✔️ 2025-yilning 10-fevral sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakultetiga O'zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi bo'lim boshlig'i, podpolkovnik Baxtiyor Sodiqov, O'zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'limi bosh mutaxassisi Muzaffar Akramov, O'zbekiston Milliy Unversiteti harbiy tayyorgarlik o'quv markazi front orti va moliyaviy ta'minot sikli boshlig'i, podpolkovnik Madaminov G'ayrat Madiyarovich, O'zbekiston Milliy Unversiteti harbiy tayyorgarlik o'quv markazi o'qituvchisi, zahiradagi podpolkovnik Hasanboy Valiyevlar tashrif buyurdilar.

Tashrif doirasida Akademik faoliyat bo'yicha prorektori T.T.Safarov, Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.A.Yusupova, YBIB dekan o'rinbosari J.T.Sidikov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

➡️ Unda yig'ilganlarga harbiy tayyorgarlik o'quv bo'linmalarida o'qitish uchun saralash tanlovini o'tkazish tartibi hamda o'qish jarayonlari to'g'risida atroflicha ma'lumotlar berildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

10 Feb, 12:26


#xizmat_safari #tashrif

⚜️ Navoiy viloyatida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan “Alisher Navoiy va Sharq renessansi” IV xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi.

👩‍🎓 Joriy yilning 8-9-fevral kunlari Navoiy viloyatida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi. Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi timizdan ilm-fan, madaniyat va san'at sohasi vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek ushbu tadbirlarda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich ham ishtirok etdi.

✔️ Tashrifning birinchi kunida "Alisher Navoiy va Sharq renessansi" an'anaviy xalqaro ilmiy-nazariy simpoziumining sho'ba yig'ilishlari bo'lib o'tdi. Nufuzli anjumanda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning taniqli olimlari, adabiyotshunoslar, tarixchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, Navoiy ijodiy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni yuzasidan qimmatli ma’ruzalar taqdim etdilar.

➡️ Tashrifning ikkinchi kunida, ya'ni 9-fevral sanasida Navoiy shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi. Shundan so'ng Navoiy shahridagi Farhod madaniyat saroyida Alisher Navoiy ijodiga bag'ishlangan "Nazm va navo" adabiy-musiqiy kechasi tashkil etildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

08 Feb, 09:42


⚜️ Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi Toshkent kimyo-texnologiya institutida keng nishonlanmoqda

👩‍🎓 2025-yilning 8-fevral sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan "Navoiy-millat g'ururi, adabiyot iftixori" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

✔️ Unda Neft va gaz texnologiyasi fakulteti dekani L.A.Yusupova, dekan o'rinbosarlari, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni institut fakultet dekani L.A.Yusupova kirish so'zi bilan ochib berdi va talabalarga A. Navoiy haqida maʼlumot berib, adib ijodidan parchalar oʻqib berdi.

Ijodiy kecha davomida ijodkor talabalarning she'r, kuy va qo'shiqlari tinglandi. Qiziqarli savol-javoblar bilan o'tkazilgan badiy dastur talabalarning ma'naviy dunyo qarashini boyitishga, A.Navoiy ijodiga hurmat ruhida ulg'ayishga hamda uning ijodini yanada mukammal o'rganishlariga ma'naviy kuch bag'ishladi.

➡️ Tadbir yakunida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan "Navoiy-millat g'ururi, adabiyot iftixori" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirda faol ishtirok etgan bir guruh talabalar fakultet dekanining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

08 Feb, 08:13


#Alisher_Navoiy #584_yilligi
#Video

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Batafsil 👉 https://t.me/tktiuz/39004

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

08 Feb, 08:00


#Alisher_Navoiy #584_yilligi

🔔 Tadbirning ikkinchi qismida tomoshabinlar o'rtasida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan qiziqarli viktorina savollari berilib, to'g'ri javob berganlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

🗄 Tadbir yakunida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan "Navoiyxonlik, nazm va navo" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirda faol ishtirok etgan bir guruh talabalar hamda tyutorlar institut rektorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

27 Jan, 17:59


👩‍🎓 Hurmatli kredit modul tizimida tahsil olayotgan  talabalar, o‘zlashtirilmagan fanlarni 2024/2025 — o‘quv yilining  "Yozgi semestr"ida qayta o'qish uchun arizalar qabul qilish Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025-yilning 25-mayiga qadar (shu kuni ham) davom etishini e'lon qilamiz!

✔️ Ushbu ''Yozgi semestr''daqatnashish uchun talabalar Kontrakt.edu.uz saytidan ro'yxatdan o'tib ''Kredit modul'' bo'limidan qayta o‘qishlari kerak bo'lgan fanlari uchun shartnoma olishlari hamda shartnomada ko'rsatilgan fanlarning kreditlari miqdoriga mos ravishda to‘lovni amalaga oshirishlari kerak bo'ladi.

Kimda kim "Yozgi semestr"ida o‘qish istagini bildirsa 2024/2025-o‘quv yilining 25-mayiga qadar Registrator ofisiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Yozgi semestrda fanlarni qayta o'qish uchun akademik guruhlar shakllanganda darslar tashkil etiladi.

Qayta o‘qish uchun alohida dars jadvali tuziladi, fan uchun ajratilgan auditoriya soati to‘liq o‘tiladi va nazorat ishlari orqali talabalar baholab boriladi.

Ariza yuborishga yoki to‘lovlarni amalga oshirishga muddatidan kech qolganlar yozgi semestrga qatnashish imkoniyatini yo'qotishi mumkin

Barcha talabalar! O‘zlashtirilmagan fanlarni qayta o‘qish masalasida Tyutorlaringizga, Dekanatingizga yoki Registrator ofisi(Xizmat ko'rsatish bo'limi)ga (71 244 79 34) murojaat qilishingiz mumkin.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

27 Jan, 17:04


👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.E.Begmatov Talalabalar turar joyida bo'lib, talabalar holidan xabar olishidi.

✔️ Shuningdek, talabalar bilan suhbatlashilib, talabalar turar joyi tartib qoidalari, har bir jihozlarni asrab-avaylashlari, tozalikka rioya qilishlari, mutaxassisliklari boʻyicha puxta bilim olishlari, fakultetda hamda TTJ da tashkil etilgan to'garaklarda faollikni oshirib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari kerakligi ta'kidlandi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

27 Jan, 14:30


💚 Makro supermarketlar tarmog'ining do'stona jamoasiga qo'shiling!

• Sotuvchi-kassir
• Yuk tashuvchi
• Qassob
• Farrosh

💚Havolani
kuzatib boring va suhbat uchun botda ro'yxatdan o'ting:
@makromarket_hr_bot
📞Yoki raqamga murojaat qiling (97) 107-08-17

💚 Присоединяйтесь к дружной команде сети супермаркетов Makro!

• Продавец-кассир;
• Грузчик
• Мясник
• Уборщица

💚 Переходите по ссылке и регистрируйтесь в боте
на собеседование:
@makromarket_hr_bot
📞Или обращайтесь по номеру (97) 107-08-17

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

26 Jan, 14:02


Eslatma!!! 

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025-yilning 27-yanvar sanasidan boshlab kunduzgi va kechki ta'lim shaklining 1 va 2-bosqichida hamda masofaviy ta'lim shaklining 1-bosqichida o'qiyotgan talabalarga reja grafik bo'yicha 2024/2025 o'quv yilining bahorgi semestri bo'yicha darslar boshlanishini hamda dastlabki birinchi haftada (2025-yilning 27-yanvardan 1-fevraligacha) talabalar uchun Kredit ta’lim tizimiga kirish haftasi tashkil etilishini eslatib o'tamiz. Kredit ta’lim tizimiga kirish haftasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

✔️ Har bir fan professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga o‘z fani bo‘yicha dasturini «sillabus» taqdim etib, ushbu fanning maqsadlari, uning o‘quv dasturida tutgan o‘rni, talabaning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun ahamiyati, talabalar ushbu fanni o‘rganish natijasida amaliyotda nimalar qila olishi, ushbu fan bo‘yicha semestr davomida o‘rganiladigan mavzular ro‘yxati, talabalar foydalanishi zarur va mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati, baholash mezonlari haqidagi to‘liq ma'lumotlar bilan tanishtiradilar.

💥 Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida raqobatni shakllantirish maqsadida o‘quv semestrining dastlabki haftasida  talabalar fanni o‘qitishga talabgor professor-o‘qituvchilarni tanlash (almashtirish) imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Bunda, guruh talabalarning katta qismi dars jadvalida ko‘rsatilgan fanni o‘qitishga talabgor professor-o‘qituvchini boshqa professor-o‘qituvchiga almashtirib berish bo‘yicha fakultet dekanatiga yoki akademik faoliyatni tashkil etish bo‘limiga murojaat qilganlarida, fanni o‘qitishga talabgor professor-o‘qituvchi boshqa professor-o‘qituvchiga almashtirib berish choralari ko‘riladi. 

O’quv mashg’ulotlar jadvali quyidagi havolaga joylashtirilgan:
https://tkti-2023.edupage.org/timetable/view.php

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

26 Jan, 08:10


👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi" fakulteti "Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi dotsenti, PhD Salijonova Shaxnozaxon va tayanch doktoranti Ergashova Zilola Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi ECAMPUZ ("ECAMPUZ - European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology-ERASMUS-EDU-2022-CBHE") loyihasi doirasida olib borilayotgan “Train-the-Trainer” dasturi g’olibalari Ispaniyaning Ekstremadura universitetida 3 oylik ilmiy stajirovka o'tamoqda.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 09:07


#bilgan_yaxshi

📌 Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o'qituvchilari va talabalari uchun foydali ma'lumotlar:


➡️ Toshkent kimyo-texnologiya institutida davomatni yuritish jarayonida talabalarning darsda ishtirok etmaganligini sababli qilish bo‘yicha ANIQ MEZONLAR 👉 https://tkti.uz/uz/posts/navbar/post/toshkent-kimyo-texnologiya-institutida-davomatni-y/

➡️ Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga noto‘g‘ri qo‘yilgan baholarni tuzatish va talabalar tomonidan apellyatsiya berish TARTIBI 👉 https://tkti.uz/uz/posts/navbar/post/toshkent-kimyo-texnologiya-institutida-yakuniy-naz/

➡️ Toshkent kimyo-texnologiya institutida yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari 👉 https://tkti.uz/uz/posts/navbar/post/toshkent-kimyo-texnologiya-institutida-yakuniy-naz/

➡️ Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va davomatni tartibga solish 👉 https://tkti.uz/uz/posts/navbar/post/oliy-talim-tashkilotlarida-talabalar-bilimini-baho/

➡️ Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS” axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha REGLAMENT 👉 https://tkti.uz/uz/posts/navbar/post/toshkent-kimyo-texnologiya-institutida-oliy-talim/

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 06:31


👍  "Ishonch" volontyorlar harakatining navbatdagi manzili Shayhontoxur tumanida yashovchi e'tiborga muhtoj, nogiron oilalar.

✔️ Talaba-yoshlarimizning tashabbuslari bilan #xayriya aksiyasi tashkil etilmoqda.

Ushbu xayrli ishga o'z hissasini qo'shishni istagan
Murojaat uchun: +998949417099 +998998048540
raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

🔥 Siz ham safimizga qo'shiling

📌 Bizga kerak:

- Birlamchi oziq-ovqat mahsulotlar
- Bolalar uchun yangi yil sovg'alari


Barchaga qulay bo'lishi uchun
🪪 Karta raqami:
9860240101355214
Abilqosimova Zahro

📍 Shayxontohur tumani
🖥 28-dekabr
11:00

"Inson qalbiga yo'l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi"
Saxovatpesha insonlarimizni kutib qolamiz...


🔝 Instagram  🔝 Telegram

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 05:46


#Press_klub
#Stop_korrupsiya

🟡 Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich bilan "Akademik halollik va korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

📹 HD Formatda ko'rish ➡️ https://youtu.be/D61F2puzhHo

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 05:26


#Tabriklaymiz

🟢 Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oliy matematika kafedrasi mudiri Nuriddinov Baxtiyor Zafarovichning tavallud topgan kunlari.

Vatan ravnaqi yo'lida mehnat qilayotgan, ustozimizga mustahkam sog'liq, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va omonlik tilaymiz. Hamisha farzandlar, shogirtlar kamolini ko'rib el yurtimiz ardog'ida bo'lib yurishingizni chin dildan istab qolamiz.

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

26 Dec, 12:04


#yangi_yil_oqshomi

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo'lib o'tgan "TKTI 2025 - yangi umidlar fasli" nomli Yangi yil oqshomi TO'LIQ YouTube platformasiga joylandi.

📹 HD Formatda ko'rish ➡️ https://www.youtube.com/watch?v=p6kk8kai2bg

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

25 Dec, 16:08


👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida o‘zgacha tadbir bo‘lib o‘tdi.

✔️ 2024-yil 20-dekаbr sanasida institutga AGROMIR MChJ korxonasining Marketing bo‘limi xodimlari tashrif buyurdi.

💫 Yurtimizda "Bliss" brendi bilan tanilgan sharbat mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik korxona vakillari bilan institutimizning Karyera markazi boshlig‘i A.Mirkomilov hamda Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi mudiri A.Boboyev uchrashuv bo'lib o'tdi.

➡️ Korxona vakillarining institutimizga tashrifidan maqsad korxonaning yangi ishlab chiqariladigan sharbatlarini degustatsiyadan o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, korxona bilan institut o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo’yicha kelishib olindi.

Tadbir Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti, Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Bunda institutimiz talabalari o‘zlarining olgan bilimlari bilan korxona vakillari o‘rtasida savol-javob shaklda suhbat bo’lib o’tdi. Talabalardan so‘ng kafedra professor-o‘qituvchilar hamda institutimizning ko‘ngilli vakillari ham ishtirok etdilar. Korxona vakillari degustatsiya jarayoni a’lo darajada tashkil etilganli uchun institutimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

09 Dec, 18:31


#Video
#Yangi_yil_shukuhi

👩‍🎓 Yangi yil shukuhi Talabalar turar joyida!

✔️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar kengashi tashabbusi bilan Talabalar turar joyida yangi yil kayfiyati davom etmoqda.

💫 Bu safar 3-qavat qizlari o‘z ijodkorligi va mehnati bilan qavatni yangi yil ruhida bezab, barchani hayratda qoldirdi!

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

09 Dec, 14:29


#Video
#Yangi_yil_shukuhi

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyining 1-qavat (yigitlar tomoni) da yangi yil shukuhi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

09 Dec, 13:50


#tkti_fan_olimpiadasi

👩‍🎓Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan institutda 11-dekabrdan 16-dekabrgacha "TKTI fan olimpiadasi" o'tkaziladi.

📍TKTI fan olimpidalari o'tish joyi va vaqti bir kun oldin https://t.me/TKTI_Official Kanalida e'lon qilib boriladi.
G'olib bo'lgan talabalar:
1-o'rin - 500ming so'm
2-o'rin - 400ming so'm
3-o'rin - 300ming so'm
miqdorda moddiy rag'batlantiriladi.

✔️Barcha talabalarni fan olimpiadasida faol qatnashishga chorlab qolamiz!

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

09 Dec, 12:07


👩‍🎓 Joriy yilning 9-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor B.B.Qodirov talabalar turar joyidagi umumiy holat, shu jumladan qish mavsumida issiqlik tizimi, elektr taʼminoti va boshqa sharoitlarni o‘rgandi.

✔️ Talabalar turar joyi masʼullari va qavat sardorlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida mavjud muammolar muhokama qilindi va baʼzilari tezkorlik bilan bartaraf etildi. Shuningdek, ayrim masalalar yechimi yuzasidan zarur choralar ko‘rish belgilandi.

➡️ Eslatib o'tamiz, iqtisodiy va tashkiliy yo'nalishdagi muammolarni hal etish hamda bu boradagi takliflarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2023-yil yanvar oyidan  ishga tushirilgan @TKTI_Qodirovga_murojaat_bot orqali talabalar va ishchi-xodimlar mazkur yo'nalishlarga oid murojaatlarni yo'llashi mumkin.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

09 Dec, 07:30


#iqtibos
#qishki_taʼtil

Savol: Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun qishki ta'til qachondan boshlanadi?

❗️Javob: Akademik taqvimga ko'ra Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun qishki ta'til 23-dekabr(dushanba)dan boshlanib 5-yanvar(yakshanba)ga qadar(shu kuni ham) davom etadi. O'quv jarayonlari 6-yanvar(dushanba)dan boshlanadi.

To'liq shaklini YouTube kanalimizda ko'rishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/watch?v=i6Q0sGedaUU

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

09 Dec, 06:23


#Stop_korrupsiya

🎗 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

"O'zbekistonni korrupsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik" mavzusida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Imomaliyeva Mohizoda bilan ochiq suhbat.

To'liq shaklini YouTube kanalimizda ko'rishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/watch?v=ir3VBjjKfOM&feature=youtu.be

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

09 Dec, 05:14


#Xizmat_safari

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori boshchiligidagi delegatsiya Yevropa ittifoqining Avstriya va Slovakiya Respublikalariga jo'nab ketdi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 20/1-867-sonli topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (PQ-128-son, 15.03.2024 y.) qarori ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng targ'ib qilish, "O'zbekistonning bebaho merosi" deb nomlangan tadbirlarni tashkil qilish hamda ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligidagi institut delegatsiyasi 2024-yilning 8-15—dekabr kunlari Evropa Ittifoqining Avstriya va Slovakiya Respublikalariga xorijiy xizmat safariga yuborilmoqda.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

08 Dec, 13:11


#talabalarimizdan
#qish_tarovati

Video muallifi Neft va gaz texnologiyalari fakulteti talabasi Jahongir Bahodirovich.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

08 Dec, 04:30


#Prorektorlar_kuni
#Brifing
#Sarhisob

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida Ma'naviy-ma'rifiy masalalarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing

🎤 Spiker Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

07 Dec, 15:59


🎙 MAXSUS PODKAST|2-son

🇺🇿 "REGISTRATOR OFISI VAZIFALARI NIMALARDAN IBORAT?" mavzusida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Registrator ofisi direktori Ulug'bek Kadirov bilan ochiq suhbat.

To'liq shaklini YouTube kanalimizda ko'rishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/watch?v=i6Q0sGedaUU

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

07 Dec, 15:47


#REKTOR_KUBOGI
#TALABALAR_LIGASI
#VIDEO

👩‍🎓 Avval xabar berganimizdek, Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Talabalar ligasi – 2024" sport musobaqalari doirasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan "Rektor kubogi" uchun musobaqalar bo'lib o'tmoqda.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

07 Dec, 14:59


#Konstitutsiyam_qomusim_faxrim

🇺🇿 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

"Konstitutsiya yoshlarga o‘z imkoniyatlarini to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarish, jamiyatda faol rol o‘ynash va o‘z kelajagini qurish uchun huquqiy asos yaratadi".

Balqiboyeva Ifora Dilmurod qizi OOVTF 24-38 guruh talabasi
Agzamova Zahro Javohir qizi SMMF 23-69 guruh talabasi


👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

07 Dec, 14:09


#REKTOR_KUBOGI
#TALABALAR_LIGASI
#VIDEO

👩‍🎓 Avval xabar berganimizdek, Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Talabalar ligasi – 2024" sport musobaqalari doirasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan "Rektor kubogi" uchun musobaqalar bo'lib o'tmoqda.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

07 Dec, 13:59


#REKTOR_KUBOGI
#TALABALAR_LIGASI

👩‍🎓 Avval xabar berganimizdek, Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Talabalar ligasi – 2024" sport musobaqalari doirasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan "Rektor kubogi" uchun musobaqalar bo'lib o'tmoqda.

✔️ 7-dekabr kuni, voleybol musobaqasi bahslari o‘tkazildi va bu yilgi chempionlar nomi aniqlandi! 

🏆 O‘rinlar taqsimoti quyidagicha: 
1-o‘rin: KIF jamoasi
2-o‘rin: NGTF jamoasi
3-o‘rin: SMMF jamoasi
🎉 G‘oliblarni tabriklaymiz! Ularning mehnati va yuksak sport mahorati barchaga ilhom bag‘ishladi. 

⚽️ Sport musobaqalari hali davom etmoqda! 
Kelgusi uchrashuvlarda siz ham o‘z jamoangizni qo‘llab-quvvatlab, musobaqa maydonlaridagi hayajon va sport ruhini his qiling.

🏟 Sport – bu do‘stlik, birdamlik va muvaffaqiyat sari birgalikdagi harakat timsoli!

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

07 Dec, 13:29


#Konstitutsiyam_qomusim_faxrim

🇺🇿 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

83-modda.
O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat.

➡️ Qo'chqorova Rayhona Asliddin qizi OOVTF 24-34 guruh talabasi

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

07 Dec, 13:09


#Olmazor_28_maktab
#Video

✔️ Bilim va texnologiya muhokamasi: kitob va telefonning ahamiyati bo‘yicha munozara

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

07 Dec, 13:04


#Olmazor_28_maktab

✔️ Bilim va texnologiya muhokamasi: kitob va telefonning ahamiyati bo‘yicha munozara

👩‍🎓 Tadbir davomida maktab kutubxonasida TKTI talabalari va 28-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Kitob va telefonning foydalari” mavzusida munozara tashkil etildi. Ushbu munozarada ikki taraflama fikrlar almashinuvi bo‘lib, kitobning inson ma’naviy va intellektual rivojlanishidagi ahamiyati keng muhokama qilindi. Munozara davomida ishtirokchilar kitobni inson tafakkurini kengaytiruvchi, bilim salohiyatini oshiruvchi va o‘zlashtirish qobiliyatini rivojlantiruvchi asosiy manba sifatida ta’riflashdi. Kitob orqali inson nafaqat o‘quv fanlaridagi bilimlarini boyitadi, balki tarbiyaviy va ma’naviy qadriyatlarni ham egallaydi. Ayniqsa, yoshlar uchun kitob o‘qish – mustahkam poydevor yaratish vositasi sifatida baholandi.

💫 Shu bilan birga, telefonning zamonaviy texnologiyalar orqali ta’lim olishda va bilim izlashda o‘ynayotgan ijobiy roli ham e’tirof etildi. Telefon yordamida elektron kitoblarga kirish imkoniyati, tezkor ma’lumot olish va dunyo bilan bog‘lanish qulayliklari alohida ta’kidlandi. Biroq, telefonning noto‘g‘ri ishlatilishi vaqtni behuda sarflashga va diqqatni bo‘lishga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar bildirildi.

➡️ Munozara yakunida ishtirokchilar kitob va telefonning har biri o‘z o‘rnida ahamiyatli ekanini tan olib, ularni to‘g‘ri maqsadda va muvozanat bilan ishlatish zarurligini qayd etishdi. Tadbir o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga, zamonaviy texnologiyalar va an’anaviy bilim manbalari o‘rtasidagi farqlarni anglashga undadi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

21 Nov, 04:47


👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2024-yil 11-noyabrda tasdiqlangan “Ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarining yashash sharoitlari, Kuz-Qish mavsumiga tayyorgarlik holatini hamda talabalar turar joyida talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, mavjud texnika jihozlaridan to’g’ri foydalanayotganligini, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish Reja-grafigi”ga asosan Talabalar turar joyi hamda Ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning shart-sharoitlari fakultetlar kesimida tahliliy o'rganib borilmoqda.

🔝 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish hamda uni betalofat o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni bekamu-ko‘st  bajarish, fakultetlarda aniqlanayotgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun mas’ullarga ko'rsatma va tavsiyalar berib borilmoqda.

🔝 Reja grafik asosida o'rganish davom etmoqda.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

15 Nov, 08:30


#OAV_Biz_haqimizda

📺📺 O'zbekiston 24 telekanalining Studiya24 dasturida "Iqlim o'zgarishi bo'yicha BMT konferensiyasi"ga bag'ishlangan soni efirga uzatildi.

Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich hamda Sanoat ekologiyasi kafedrasi mudiri Igitov Farrux Baxtiyarovichlar ishtirok etishdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

15 Nov, 07:09


#Olmazor_28_maktab
#Video

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o'qituvchilari Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga tashrif buyurishdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

15 Nov, 06:48


✔️ Bundan tashqari institut faol talabalari tomonidan maktab o'quvchilari uchun "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

✔️ Zakovat" intellektual o’yinini o’tkazishdan asosiy maqsad, o’quvchilarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, do’stona muhitni yaratish, aqliy salohiyatini oshirish va jamoa bilan ishlash ko’nikmasini shakllantirishdan iborat.

Qiziqarli tarzda o'tgan intellektual o'yinda quyidagi jamoalar:
1-o'rin- "Future" jamoasi
2-o'rin- " Intelekt" jamoasi
3-o'rin- "Zukkolar" jamoasi g'olib deb topildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

15 Nov, 06:33


#Olmazor_28_maktab

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o'qituvchilari Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga tashrif buyurishdi.

🇺🇿 Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgust kungi PQ-4805-sonli Qarori bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.

😄 Ushbu Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan joriy yilning 14-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakulteti "Kimyo" kafedrasi professor-o’qituvchilarining Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabiga navbatdagi tashrifi bo’lib o’tdi.

✔️ Tadbirda fakultet dekan o'rinbosari N.Zulyarova, "Kimyo" kafedrasi mudiri A. Nabiyev, professor-o’qituvchilar O.Mamajonov, T.Olimov, "Kimyo" to'garagi rahbari Z. Eshbo'riyeva, institut faol talabalari, 28-sonli maktabning o’qituvchilari hamda tabiiy fanlarga qiziquvchi faol o’quvchilar ishtirok etdi.

😀 Dastlab "Kimyo" kafedrasi mudiri A.Nabiyev so’zga chiqib, institut haqida, oliy ta’lim muassasasi tomonidan bugungi kunda olib borilayotgan ishlar to’g’risida axborot berdi. Tadbir davomida kafedra dotsenti O.Mamajonov, tadbir ishtirokchilariga institutning tuzilmasi, o’quv-ilmiy faoliyati va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi maxsus videorolik namoyish qilindi.
Tadbir davomida Kimyoviy injiniring fakultetida tashkil etilgan "Kimyo " to'garagi rahbari Z.Eshbo'riyeva tomonidan maktab o'quvchilari uchun "Qiziqarli laboratoriya" namoyish etildi.


👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

03 Nov, 10:50


O‘zbekiston-Yaponiya Markazi tomonidan 2024-yil 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro biznes markazida “Japan Education Fair 2024” ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

👍 Batafsil
👍 На русском
👍 In English

Ro'yxatdan o'tish https://form.ujc.uz/JapanEducationFair_2024/

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

02 Nov, 15:07


➡️ Yig'ilish davomida Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.Yusupovaning "Neft va gaz texnologiyalari fakultetida 2023-2024 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar va yangi o‘quv yilidagi dolzarb vazifalar: o‘quv, ilmiy, ma’naviy, xalqaro aloqalar faoliyati" to'g'risidagi ma'ruzasi tinglandi.

Bundan tashqari kun tartibidagi turli masalalar muhokama etildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

02 Nov, 15:01


👩‍🎓 2024-yilning 2-noyabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida, soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kengash a'zolari ishtirok etishdi.

📈 Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Dastavval "Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi Angren texnologiya texnikumida 2023-2024-o‘quv yili yakunlari va 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati haqida: muammo va yechimlar" to'g'risida Angren texnologiya texnikumi direktori N.Mirzayev ning hisoboti tinglandi. Shundan so'ng dotsent va professor ilmiy unvonini olish uchun davogar bo'lgan bir guruh professor-o'qituvchilarning hujjatlarini oliy attestatsiya komissiyasiga topshirish masalasi muhokama etilib ovozga qo'yildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

24 Oct, 12:17


#Olmazor_28_maktab

➡️ Tadbir so'ngida sport turlari bo'yicha musobaqalar ham tashkil etildi.

⚡️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi hamkorlik aloqalari davom etadi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

TKTI.UZ | Rasmiy kanal

24 Oct, 12:16


#Olmazor_28_maktab

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi hamkorlik aloqalari davom etmoqda.

🔼 Hamkorlikdan asosiy ko'zlangan maqsad tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda fizika, kimyo, biologiya, informatika fanlari bo'yicha malakali professor-o'qituvchilarning to'garaklarini tashkil etishdan iborat.

📌 Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda "Munozara Debati" tanlovi tashkil etildi.

🔥 Tanlovda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 28-maktab direktor o'rinbosari Z.Nurjonova, institut talabalari hamda maktab o'quvchi yoshlari ishtirok etishdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin