DTPI rasmiy kanali @dtpi_uz Channel on Telegram

DTPI rasmiy kanali

@dtpi_uz


🌍 http://www.dtpi.uz/
https://t.me/dtpi_uz
http://facebook.dtpi.uz
https://www.instagram.com/dtpi.uz
https://youtube.com/@dtpi.uz

Murojaat uchun: @DTPI_Rasmiy_bot; @DTPI_Matbuot_xizmati

©Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rasmiy kanali

DTPI rasmiy kanali (Uzbek)

DTPI rasmiy kanali, yoki Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rasmiy kanali, O'zbekiston bo'ylab yangiliklar, matbuot, tadbirkorlik va pedagogika sohasida so'ngi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun o'z foydalanuvchilariga xizmat qiladi. Kanal web sayti, Telegram, Facebook, Instagram va YouTube sahifalar orqali ham mavjud. Bu kanal o'zining rasmiy botlariga ham ega, shuningdek murojaat uchun imkoniyatlar mavjud. Agar siz Denov tadbirkorlik va pedagogika sohasidagi so'ngi yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, DTPI rasmiy kanaliga obuna bo'ling!

DTPI rasmiy kanali

17 Feb, 11:47


📹 Omonxona: Surxondaryoning betakror tabiat mo‘jizasi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

DTPI rasmiy kanali

17 Feb, 11:46


#Yoshlar_ittifoqi

"Mehrli qalblar" aksiyasi Denov tumanida...


🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi yetakchisi va bir guruh talabalar tashabbusi bilan yoshi ulug‘ insonlarning holidan xabar olish maqsadida Denov shahrida istiqomat qilayotgan, o'zgalar qaroviga muhtoj oilalar holidan xabar oldilar.

♻️ Tadbirning bosh maqsadi – keksalarga mehr ko‘rsatish, ularni jamiyatning ajralmas qismi sifatida qadrlash va ularning hayotini yengillashtirish edi. Ko‘ngillilar ularning dardlarini tinglab, zarur yordam ko‘rsatib, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazishdi.

Bunday tadbirlar jamiyatimizda mehr-oqibat va birdamlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Bizning sahifalarimiz:
@dtpi_yoshlari I @Dtpi_uz
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

17 Feb, 11:30


#kasting

🎼 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tashkil etilgan, hozirga kelib o'z faoliyatini davom ettirayotgan “Milliy musiqa cholg‘ulari” ansambliga, milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etish qobiliyati tajribasiga ega bo‘lgan talaba-yoshlarni tanlab olish maqsadida kasting bo'lib o'tishini e'lon qilamiz.

➡️ Arizalar @Shakarbek7777 manzili orqali qabul qilinadi.
Ro'yxatdan o'tish muddati joriy yilning 22-fevral sanasi soat 15:00 ga qadar amalga oshiriladi. Muddatdan kechikib murojaat qilingan arizalar qabul qilinmaydi.

Kasting joriy yilning 24-fevral sanasida institutning Sh.Rashidov binosi faollar zalida bo'lib o'tadi

🎗O'z iqtidoringizni namoyon qilish vaqti keldi

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

17 Feb, 11:22


DTPIda PRESETT va AELLCA loyihalariga bag‘ishlangan seminar-trening

🏢 PRESETT va AELLCA dasturlariga bag‘ishlangan seminar-treningni Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi quyi va yuqori kurslari mudirlari Valisher Tangriyev hamda Dilshod Tog‘aymurodov tomonidan o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim metodlari, interfaol o‘qitish yondashuvlari va refleksiya amaliyotlari bo‘yicha tajriba almashdilar – bu usullar o‘qituvchilar malakasini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
🔰 Seminar davomida CPD (Continuing Professional Development), PRESETT va AELLCA kabi ilg‘or ta’lim dasturlari haqida ma’lumotlar berildi.
🔹 Professor-o‘qituvchilar va talabalar innovatsion o‘qitish strategiyalarini samarali joriy etish hamda refleksiya amaliyotlarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.
🎓 Bunday tashabbuslar ingliz tilini o‘qitish metodikasini rivojlantirish va pedagoglarning kasbiy o‘sishiga hissa qo‘shishda muhim rol o‘ynaydi.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

17 Feb, 06:55


‼️Diqqat

Sizda qo'shiq kuylash, aktyorlik, sozandalik, qiziqchilik, raqs mahorati bormi? Unda ushbu qobilyatlaringizni namoyon qilish vaqti keldi!

🪩 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va iste'dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida "Talant shou" tanlovi bo'lib o'tishini e'lon qilamiz.

📄Tanlovda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishtirok etishingiz mumkin:

1. Qo'shiqchilik 🎼
2. Sozandalik 📣
3. Aktyorlik mahorati 🎭
4. Qiziqchilik san’ati
5. Xoreografiya (raqs)

➡️ Murojaat uchun @Shakarbek7777, @MuhammadNur707
Ro'yxatdan o'tish muddati joriy yilning 22-fevral sanasi 09:00ga qadar amalga oshiriladi. Muddatdan kechikib murojaat qilingan arizalar qabul qilinmaydi.

Batafsil nizom bilan tanishing
🕒O'tkazilish vaqti: joriy yil 24-fevral soat 11:30
📍Manzil: Sh.Rashidov binosi faollar zalida.

DTPI rasmiy kanali

17 Feb, 06:50


⚡️Diqqat! Xalqaro Konferensiyada Ishtirok etish Imkoni ⚡️

🇲🇦 Marokash, Rabot shahrida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya.
Mavzu: "Tarjima va xavfsizlik: milliy va xalqaro xavfsizlikni taʼminlashda tarjimaning roli".
Sanalar: 2025-yil 2-3-iyul.
Tashkilotchilar: AYSESKO va Saudiya Arabistonining Naif arab universiteti (Xavfsizlik fanlari bo‘yicha).

🔑 Konferensiyaning asosiy mavzulari:

- Xavfsizlik institutlari, tarjima bo‘yicha ekspertlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi strategik hamkorlik,
- Xavfsizlik sohasida tarjima uchun lingvistik va madaniy muammolar,
- Tarjima va raqamlashtirish yutuqlarining muammolari,
- Tarjima va kiberxavfsizlik.

📅 Tezis va rezyume yuborish muddati: 2025-yil 1-martgacha.

📧 Manzillar:

[email protected]
[email protected]

📢 Tanlov natijalari: 15-mart kuni e'lon qilinadi.

Muvaffaqiyatli ishtirokchilarga Marokashga sayohat va turar joy xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi!

Siz ham ishtirok etib, global xavfsizlik va tarjima sohasidagi yutuqlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ling!
📌Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/dtpixab

DTPI rasmiy kanali

17 Feb, 06:42


#Kino_day
#yoshlar_ittifoqi


🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti "Yoshlar ittifoqi" tashabbusi bilan 18-fevral kuni soat 18:00da
2-TTJda, milliy madaniyat va qadriyatlarni aks ettirgan “Vatan” kinofilmi namoyish etiladi.

🔰 "O‘zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan "Vatan" filmi Ikkinchi jahon urushi yillari Oʻzbekistondan ketib qolgan oʻzbekistonliklar hayotidan hikoya qiladi.

🔰 Sizlarni O‘zbek kinomatografiyasining muhim asarlaridan biri – "Vatan" filmini tomosha qilishga taklif qilamiz.

Rasmiy sahifalarimiz: @dtpi_yoshlari @dtpi_uz

DTPI rasmiy kanali

16 Feb, 17:26


Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan, aholi zich yashaydigan Denov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshirilmoqda. Xususan, yirik savdo majmualari, turar joy komplekslari, saylgohlar, 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi turizm ko‘chalari, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Denov tumanida davom ettirib, Sharof Rashidov ko‘chasining 1,5 km qismini 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasiga aylantirish va "Yoshlar" saylgohini barpo etish ishlari bilan tanishdi. Qizilsuv daryosi ustida qurilayotgan ko‘prik yakuniy bosqichda bo‘lib, saylgoh hududida zamonaviy attraksionlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, hokim qurilish va chorva mollari bozorini rekonstruksiya qilish, Qizilsuv daryosi atrofini obodonlashtirish va boshqa loyihalarning amalga oshirilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Bundan tashqari, "Qo‘zichoqli" yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidagi loyihalar bilan tanishilib, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi. Mazkur zonadagi 59 ta lotda sanoat ipotekasi asosida yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar to‘liq ishga tushirilgach, 400 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Mutasaddilarga bir hafta muddatda loyihalar joylashtirish ishlarini yakuniga yetkazish topshirildi.

Tashrif yakunida viloyat hokimiga "Sangardak turizm markazi"da master-rejaga asosan amalga oshirilayotgan 22 ta loyiha yuzasidan masʼullar axborot berdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X5

DTPI rasmiy kanali

13 Feb, 17:45


#OAV

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Tarix yo'nalishi 1-kurs 11T-24 guruhi talabasi Turg'unboyev Kamronbekning “Sulton Saodat” yoki Sayyidlar maqbarasi haqida nimalarni bilamiz? deb nomlangan maqolasi “Chag’oniyon” gazetasining 2025-yil 13-fevral kungi sonida nashr etildi.

DTPI Matbuot xizmati

DTPI rasmiy kanali

13 Feb, 17:22


#jarayon

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-fevraldagi majlisida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida 11-fevral – “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan haftalikni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida turli tadbirlar davom etmoqda.

📌 Xotin-qizlar maslahat kengashining tashabbusi bilan 12-13 fevral kunlari Filologiya hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetlarida haftalik doirasida institutning olima ayollari, davlat stipendiyasi sovrindorlari bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar xotin-qizlarning ilm-fan sohasidagi yuksak yutuqlarini ta’riflash va yoshlarni rag‘batlantirish, ularning ilmiy va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan.

DTPI Matbuot xizmati

DTPI rasmiy kanali

13 Feb, 13:37


#amaliyot

⚡️ Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti “Biznesni boshqarish” 4-kurs bitiruvchilari hamda “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi professor-oʻqituvchilari J.M.Nurboyev va N.E.Meliyevalar bilan birgalikda amaliy dars mashgʻulotida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tashkil etilgan “Karyera markazi” va “Denov MF Victory Investment group” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishish va oʻrganish maqsadida manzilda bo‘ldilar.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

DTPI rasmiy kanali

13 Feb, 11:56


🔔🔔 Dilbar Rasulova tomonidan O'qituvchilar va Professor-O'qituvchilar uchun 0 dan Ingliz Tili Kursi! 🌐

👨‍🏫 Kursni kimlar uchun?

O'qituvchilar
Professor-o'qituvchilar
Ta'lim sohasida ishlovchi mutaxassislar

🔖 Kursda nimalar o'rganiladi?

➡️Ingliz tilining asosiy va ilg'or grammatikasi
➡️O'qitish metodikasi va pedagogik yondashuvlar
➡️Ingliz tilida muloqot va so'zlashuv ko'nikmalarini rivojlantirish
➡️Sinfda samarali foydalanish uchun materiallar va resurslar

🌐 Nega aynan bu kurs?

Yuqori malakali va 30 yillik tajribaga ega o'qituvchi – Dilbar Rasulova!
Zamonaviy va interaktiv darslar
Ta'limda amaliy yondashuv va real hayotdagi misollar
O'qituvchilar uchun maxsus moslashtirilgan dastur

😀 Manzil: DTPI Karyera Markazi

😀 Qo'shimcha ma'lumot va ro'yxatdan o'tish:
☎️ +998975534307
🌐 Telegram | Telegram

DTPI rasmiy kanali

13 Feb, 11:49


#zakovat

🖊 Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabalari ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan o‘yin yakunida Tarix yo‘nalishi 1-kurs 11T-24 guruhi jamoasi g’oliblikni qo‘lga kiritib, final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

DTPI rasmiy kanali

29 Jan, 15:54


Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, Hazarbog‘ politexnikumida biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda "dual ta’lim" tizimini samarali yo‘lga qo‘yish ishlari bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida mas’ullar viloyatdagi 10 ta politexnikumda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali byudjetdan tashqari mablag‘ topish topshirig‘i ijrosi yuzasidan axborot berdi. Ishlarni jadallashtirish, qo‘shimcha manbalarni ishga solish yuzasidan vazifalar topshirildi.

Shundan so‘ng, "Lolazor" mahallasidagi 84-sonli maktabda sport zal qurilishi ko‘zdan kechirilib, viloyatdagi eng past ko‘rsatkichli 30 ta maktabda ta’lim sifatini yaxshilash, pedagogik ko‘mak ko‘rsatish borasida biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining axborotlari tinglandi.

Keyingi manzilda "Sanoatchilik" mahallasida onlayn formatda viloyatdagi 724 ta mahallaning yer maydoni mavjud bo‘lgan xonadonlarida 10 tupdan xurmo, limon, anjir kabi mevali daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha katta hashar tadbirlariga start berildi. Hashar doirasida barcha mahallada ko‘chat ekish ishlarini 10 kun muddatda yakunlash vazifasi belgilandi.

Viloyat rahbari tumanga tashrifi davomida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishiga start berdi hamda karyera markazi ochilishida ishtirok etdi. Markazda kasb-hunar hamda ingliz, nemis, yapon, koreys, xitoy, turk va rus tillarini o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, yashil mahallaga aylantirilayotgan "Quyoshli yurt" mahallasida xonadonlarda geokollektor va quyosh panellari o‘rnatish hamda daraxt ko‘chatlari ekish tadbirlari bilan ham tanishildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

DTPI rasmiy kanali

29 Jan, 15:52


#fotolavha

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tashkil etilgan Karyera markazi o‘z faoliyatini boshladi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati

DTPI rasmiy kanali

29 Jan, 15:17


#diqqat #aksiya

🩸 QON TOPSHIRIB, HAYOT TUHFA QIL❗️

📣 Hurmatli professor-o‘qituvchilar va aziz talaba-yoshlar❗️

📆 2025-yil 30-yanvar kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu xayrli tadbirda ishtirok etib, siz ham inson hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shishingiz mumkin

✏️Donor bo‘lish shartlari:
🔹 Yosh: 18 va undan yuqori
🔹 Vazn: 60 kg dan yuqori
🔹 Oldindan sariq kasalga chalinmagan
🔹 Tadbirga kelishdan oldin yaxshi dam olish va yengil ovqatlanish tavsiya etiladi

🩸 Qon topshirib, hayot tuhfa qil❗️
⚡️ Keling, ezgu ishga hissa qo‘shaylik va kelajakka mehr ulashaylik❗️


✍️ DTPI Matbuot xizmati

DTPI rasmiy kanali

29 Jan, 14:46


Бугун Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов бошчилигида Денов тадбиркорлик ва педагогика институтида ташкил этилган Карера маркази очилиш маросими бўлиб ўтди.

Марказ нафақат талабаларнинг ишга жойлашишига ёрдам беради, балки ўқишдан бўш вақтларида мустақил таълим олиш, ҳунар ўрганиш ҳамда ўз билим, қобилияти ва иқтидорларини кашф этиш шунингдек, кенг ёйиш имкониятини яратади.

Марказда корейс, япон, хитой, немис, турк, инглиз, италян ва рус тилларини ўргатувчи ўқув курслари ташкил қилинган бўлиб, ушбу ўқув курсларида институтнинг малакали ўқитувчилари ҳамда хорижий тил билиш сертификатига эга энг билимли бакалавр ва магистратура талабалари дарс беришади.

Шунингдек, пишириқ, тикувчилик, сартарошлик каби соҳаларда касб ўргатилади.


Денов тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати

🕊@dthaxborotxizmati 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

DTPI rasmiy kanali

24 Jan, 04:53


Ijtimoiy rolik

Biz giyohvandlikga qarshimiz

Giyohvandlik-hozirgi kunda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri hisoblanadi.
Giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan kimsada avvalo o‘ziga, so‘ng oilasiga, kasbiga, o‘qishiga nisbatan qiziqish so‘nadi.
Sizdan hayotda befarq bo‘lmasligingizni, doimo ogoh bo‘lishingizni so‘raymiz. Chunki giyohvandlik inson hayotini izdan chiqaruvchi ofat.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

24 Jan, 04:52


#kun_hikmati

Siz ko‘tarilgan balandligingizga qarab emas, balki chiqib kelgan chuqurligingizga qarab baholanasiz.

✍️ Frederik Duglas


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

DTPI rasmiy kanali

23 Jan, 12:46


Qo‘llanma topshirildi

Denov TPI Axborot resurs markaziga oliygohning “Umumiy fizika va qurilish-muhandislik” kafedrasi o‘qituvchilari Alijon Qurbonov, Nargiza Sanaeva va Umida Omonqulovalar tomonidan “Qurilish muhandislik yo‘nalishi uchun bino va inshootlar konstruksiyasi" nomli 10 dona uslubiy qo‘llanma kitobi topshirildi.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

23 Jan, 12:26


Davra suhbati

🏢 Denov TPI 1-son TTJ da profilaktika katta inspektorlari S.Suvonova va O.Toshtemirovlar tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, ba’zi talaba-qizlar o‘rtasida uchrayotgan salbiy xolatlar yuzasidan va ularni oldini olish maqsadida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

23 Jan, 12:12


#ochiq_eshiklar_kuni

⚡️ Bugun DTPIda Uzun, Sho'rchi va Denov tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar o'quvchilari uchun "Ochiq eshiklar" kuni tadbiri tashkil etildi.

🔰 Tadbir mobaynida bitiruvchilarni oliy ta'limga qamrovini oshirish maqsadida targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

❇️ Shundan so'ng o'quvchilar uchun institut bo'ylab tur tashkil etilib, Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti binosida joylashgan ma'ruza xonalari, axborot-resurs markazi, talabalar turar joyi, RIM markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

23 Jan, 10:16


Nijniy Novgorodlik hamkorlar bilan dolzarb mavzuda uchrashuv

🏢 Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti institutimiznig eng yaqin hamkorlaridan biriga aylanib bormoqda. 2024-yil 18-20 dekabr kunlari o‘tkazilgan I-xalqaro ilmiy-amaliy qo‘shma anjuman fikrimizning yaqqol dalilidir.
🔰 Bugun ikkala hamkor oliygohlar o‘rtasida tuzilgan Yo‘l xaritasi doirasida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda N.Dobrolyubov nomli lingvistika universiteti Rus tili instituti direktori K.G.Golubeva, Sharqshunoslik markazi direktori E.B.Boev, DTPI tomonidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor R.E.Shukurov, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.N.Musurmonqulova, kafedrada dotsent v/b J.G‘.Chorievlar ishtirok etdilar.
🔷 Yig‘ilish so‘ngida 2025-yil mart oyi boshlarida Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiyasining institutimizga tashrifi kutilayotganligi haqida ma’lumot berildi.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

23 Jan, 08:20


09:00  23.01.2025

DENOVDA QADIMIY KOʻZA TOPILDI

#Surxondaryo

muxbir: Sobit Qaynarov

https://t.me/zamon_lavhalar

DTPI rasmiy kanali

23 Jan, 07:15


Denov tumanidagi "Bahoriston" mahallasidan noyob tarixiy manba topildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:

TELEGRAM      Facebook
Instagram       YouTube
Web-site         Efirni ko'rish

DTPI rasmiy kanali

23 Jan, 03:48


Jadidlar jasorati mangu barhayot

📚 Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Talabalar teatr studiyasi ishtirokchilari tomonidan Jadidchi mutafakkirlarning bir qator vakillari obrazlari gavdalantirildi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

DTPI rasmiy kanali

22 Jan, 12:33


DTPI rasmiy kanali pinned «»

DTPI rasmiy kanali

10 Jan, 17:07


#jarayon

🏢 Pedagogika fakulteti Yoshlar markazi binosida 11-yanvar “Xalqaro qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar” kuni munosabati bilan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog’i direktori N.Sattorov va bog‘ xodimlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbirda fakultet dekani SH.Mahmudov, talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar ishtirok etdi. Talabalar ishtirokida tabiatga va uning ne’matlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kerakligi sahnaviy chiqishlar, videoroliklar, ko‘rgazmali vositalar orqali namoyish etildi.

Tadbir yakunida “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog’i jamoasi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ekskursiyalar tashkil etish, targ’ibot ishlarining rejasini ishlab chiqish masalalarini muhokama qildilar.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

10 Jan, 16:22


Magistrlik dissertatsiya himoya oldi uchrashuv!

🔰 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Magistratura bo'limi tomonidan 2-kurs (qishki) qabul bo'yicha magistratura mutaxassisliklari talabalari bilan magistrlik dissertatsiyasi himoyasi oldi uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda magistratura bo'limi boshlig'i D.Shukurov tomonidan bitiruvchi magistrlarga magistrlik dissertatsiyasini nizom talablari bo'yicha to'g'ri rasmiylashtirish, himoyagacha va himoya paytida magistrlar tomonidan qilinishi kerak bo'lgan vazifalar, topshiriqlar hamda tavsiyalar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida bitiruvchi magistrlarga qisqa vaqt ichida qilinishi zarur bo'lgan me'yoriy hujjatlaridagi kamchiliklarni to'g'irlash zarurligi aytildi hamda magistrlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berib o'tildi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

10 Jan, 14:19


#xalqaro_hamkorlik

⚡️Afgʻonistonning Barlos Universiteti va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

10 Jan, 14:01


#seminar_trening

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti quyi va yuqori kurslar kafedrasining mudiri Valisher Tangriyev va Dilshod Togʻaymurodov 2025-yil 9–11-yanvar sanasiga qadar Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan “Accelerating English Language Learning in Central Asia” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etdilar. Ushbu tadbir British Council hamda NILE (Norwich Institute for Language Education) hamkorligida, O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida tashkil etildi.

🔰 Seminarning asosiy maqsadi o‘qituvchilar malakasini oshirish (CPD) va reflektiv amaliyot (reflective practice) usullarini PRESETT dasturlarida qo‘llashni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ishtirokchilar muloqot qilish va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratdilar.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

10 Jan, 10:43


Diqqat, e'lon!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida 2025-yil 11-yanvar kuni erkaklar o‘rtasida sportning “Voleybol” va “Shaxmat” turi bo‘yicha "Institut Kasaba uyushmasi ko‘chma kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga institutimizning barcha erkak professor-o‘qituvchilari va xodimlarini taklif etamiz.
G‘olib jamoalar Kasaba uyushmasi tomonidan “Voleybol” sport turi bo'yicha:
1- o‘rin: kubog, diplom 1 500 000 so‘m;
2- o‘rin: diplom 1 000 000 so‘m;
3- o‘rin: diplom 500 000 so‘m.
“Shaxmat” sport turi bo'yicha:
1- o‘rin: kubog, diplom 500 000 so‘m;
2- o‘rin: diplom 300 000 so‘m;
3- o‘rin: diplom 200 000 so‘m miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
O'tkazilish vaqti: joriy yil 11-yanvar, soat 11:00 da.
📌Manzil: Gulira'no ko'chasi 1-“A” uyda joylashgan binoning sport inshooti.

DTPI rasmiy kanali

10 Jan, 10:35


#Xalqaro_aloqalar
2025-yil 10-yanvar kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Afg‘onistonning Barlos universiteti rektori Khayr Muxammad Xayr tashrif buyurdi. Mehmon tashrif davomida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Mehmon suhbat davomida Afg'onistonlik yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan mamnun ekanligini aytib o'tdi va Faxriy mehmonlar kitobiga o'z fikrlarini yozib qoldirdi. Suhbat davomida kelajakdagi hamkorlik masalalari gaplashib olindi. Shundan so'ng, markaz tinglovchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
@markaz2017 https://uzaf.uz

DTPI rasmiy kanali

07 Jan, 15:42


Ochiq muloqot

🏛 Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti professor-o'qituvchilari ishtirokida ochiq muloqot o’tkazildi.

⚡️ Uchrashuvda institut rahbariyati, fakultet professor-o’qituvchilari, tyutorlar ishtirok etishdi.

⚡️ Dastlab, fakultet professor-o‘qituvchilari ilmiy faoliyatni yaxshilash va salohiyatni oshirish bo’yicha fikr-mulohazalar almashinildi.

⚡️ Institut rektori O.A.Ruziyev tomonidan fakultet dekani M.J.Toshboboyevga, dekan o'rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar va tyutorlarga ta’lim sifatini takomillashtirish, fakultet professor-o'qituvchilarini mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida topshiriqlar berildi.

⚡️ Uchrashuv taklif va mulohazalarga boy bo'ldi. Muloqot davomida bugungi taklif ertangi sarmoya garovi ekanligi ta'kidlandi.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

07 Jan, 14:34


#tavsiya

Oliy ta’lim muassasalarining Telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha oliy ta’lim muassasalari Telegram messenjerida o‘z sahifalarini yuritishmoqda.

Unda Siz:
-OTM faoliyati, jumladan yangilik, e’lon va talabalarga oid muhim ma’lumotlarni birinchilardan bo‘lib bilasiz;
-Talabalar uchun muhim stipendiya va grantlardan xabardor bo‘lasiz;
-Tadbirlar va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaysiz.

Shuningdek, ushbu sahifalar orqali siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz, oliy ta’lim tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Quyida OTMlarining rasmiy kanallari bilan tanishing.

DTPI rasmiy kanali

07 Jan, 14:27


Barchaga va’da qilgan animatsion filmimiz premyeraga tayyor. Tomosha qilib, fikr-mulohazalaringizni bildirsangiz xursand bo‘lamiz.

Boisi hali bu kabi dolzarb mavzularda yana animatsion filmlar yaratiladi, takliflaringiz esa faoliyatimiz uchun zarurdir.

Albatta, ko‘ring: https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI

@otabek_khasanov

DTPI rasmiy kanali

07 Jan, 12:30


https://t.me/RuzievOybek2011

DTPI rasmiy kanali

07 Jan, 09:01


Doktorantlar ishtirokida seminar-trening

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida institutning oliy ta'limdan keyingi ta'limiga 2025 yilda qabul qilingan tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarga Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish borasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tdi.

Seminarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor R.Shukurov va Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i B.Jurayevlar va tadqiqotchilar tomonidan ma'ruzalar qilindi hamda doktorantlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

07 Jan, 07:19


#seminar_trening

⚡️ Bugun Filologiya hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetlarining professor-o‘qituvchilari o‘rtasida institut ma’naviyat bo‘limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ish yuritishni to‘g’ri tashkil qilish hamda talabalar bilan manzilli ishlash tizimini yo‘lga qo'yish maqsadida seminar trening tashkil etildi.

Trening jarayonida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.Jo‘rayev, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i Sh. Abdullayev, Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bòlimi uslubchisi R.Mamatmurodov, institut psixologi D.Xolmo‘minova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Hasanova, profilaktika inspektori O.Toshtemirovlar targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirdi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

07 Jan, 07:10


#seminar_trening

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari "Oliy ta’lim o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda professor-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar" mavzusidagi online seminar jarayonida ishtirok etishdi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

03 Jan, 17:33


✍🏻Yozuvchi Muhammad Alining telegramdagi rasmiy sahifasi:

https://t.me/muhammadaliijodi

📡Kanalda kamyob, siz uchratmaydigan faktlar, maʻlumot va sheʻrlar ham mavjud.

DTPI rasmiy kanali

03 Jan, 13:07


#qish_ziynati

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Matbuot xizmati.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

03 Jan, 10:55


Talaba qishki ta'tilda.
⚡️ Bugun Filologiya fakultetida qadimgi rus adiblarining asarlari yuzasidan "Asarlar tahlili" bo'lib o‘tdi. Talabalarning bilimlarini rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari U.Xamrayeva hamda F.Ismatullayevalar baholab borishdi.

Tanlov natijasiga ko‘ra;
🥇-o‘rinni Qobilov Jo‘rabek
🥈-o‘rinni Xolova Ma'mura va Negmatullayeva Mahfuza
🥉-o‘rinni Atanazarova Dinaralar qo‘lga kiritdi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

03 Jan, 10:39


#aniq_va_tabiiy_fanlar_fakulteti
#tyutor_faoliyati

⚡️ Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari qishki ta'tildagi talabalar bilan videoochat orqali onlayn muloqot qilishdi. Suhbat jarayonida yakuniy nazorat imtihonlariga tayyorgarlik ko'rish, mustaqil ishlarning topshirilish holatlari va mutolaa qilayotgan badiiy adabiyotlar xususida so’z yuritildi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

03 Jan, 10:17


📚Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlar diqqatiga, Jadid bobolarimiz faoliyatini o‘rganish, ularning ibratli hayoti va ijodi bilan tanishish, katta tajriba va mahorat maktabi sifatida ko‘rish, bizga meros bo‘lib qoldirgan asarlari va g‘oyalari ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligini chuqurroq o‘rganish maqsadida “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
🏆 G'olib bo'lgan ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan diplom va turli miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanishadi.
☎️ Mazkur tanlovga ishtirok etish istagida bo'lgan nomzodlar o'zlarining fakultet yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat etishlari so'raladi.
🕑 Tanlovning bo'lib o'tish vaqti: joriy yil 16-yanvar, soat 14:00
Manzil: Institutimizning Sh.Rashidov ko'chasida joylashgan yangi ARM binosining 2-qavati
Nizom bilan tanishing:

DTPI rasmiy kanali

03 Jan, 09:29


Turkiyada ta'lim haqida!

🇹🇷 Turkiyada 150 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari mavjud bo'lib,ularning 104 tasi davlat va 62 tasi xususiy hisoblanadi. Shuningdek,ushbu universitetlarning diplomi deyarli butun dunyoda tan olinadi.

Xususiy va davlat universitetlarida o'qish bosqichlari va muddati quyidagicha:
🔺Bakalavr- 4 yil
🔺Magistatura-2 yil
🔺Aspirantura- 2 yil

Turkiyada ta'lim bilan bog'liq boshqa savollaringizga 5-yanvar kuni javob beramiz!

DTPI rasmiy kanali

02 Jan, 11:51


🇺🇿 Ўзбекистон ҳақида.

🏜 Аьзо бўлинг 🧭 Компас

DTPI rasmiy kanali

02 Jan, 08:23


Нобель мукофотининг пайдо бўлишига оддий газета мухбирининг хатоси туртки бўлгани ҳақида биласизми?

Швециялик машҳур олим Альфред Нобель 55 ёшга тўлганида Канн шаҳрида истиқомат қилаётган акаси Людвиг вафот этади. Швециялик газета мухбирларидан бири янглишиб, Альфред Нобель вафот этибди деб газетада эълон бериб юборади. Ўзи хақидаги таъзияномани ўқиган Альфред Нобель бутун ҳаёти ва фаолиятининг моҳиятини тушуниб етган экан. Чунки Швеция газеталарида - “Ажал савдогари, ажал ихтирочиси ўлди” деб ёзилганди. Бу нарса олимга қаттиқ таъсир қилади - "Ҳа, мана жамият мен хақимда қандай фикрларкан" деб хулоса қилганди олим.

Аслида Нобелнинг динамитдан ташқари яна 355 та кашфиёти ҳам бор эди, аммо айнан динамит ихтиросидан у жуда катта фойда кўрганди. Унинг вафот этган акаси Людвиг эса снаряд ишлаб чиқарадиган ва уни сотадиган савдогар эди.

Нобель ўзи ҳақидаги жамиятнинг фикрини бутунлай ўзгартиришга қарор қилиб, ўз васиятномасини қайтадан ёздиради.

1895 йил Париждаги Швед-Норвег клубида тузилган бу васият хатида Альфред Нобель ўзига тегишли 31 млн Швеция маркасини келажакдаги фан ва адабиёт намоёндаларига қолдирилган васиятнома пунктларида қуйидагича ёзилган эди:

- Мен Альфред Бернхард Нобель ақл-ҳушим жойида, танам соғлом ҳолда васият қиламан: Менинг васиятимни бажарувчи вакилларим ўлимимдан сўнг менга тегишли барча бойликларимни қимматбаҳо қоғоз пулларига айлантириб, фонд тузишларига буюраман. Ушбу фонддан келадиган фоиз фойдасини илм-фанда, адабиётда, инсониятга фойда келтирувчи шахсларга ҳар йили мукофот тарзида берилишини шарт қилиб белгилайман. Ушбу мукофот фондидан келадиган фоиз фойдасини беш қисмга ажратиб, бешта мукофот таъсис қилинишини буюраман.

1. Физика йўналишидаги оламшумул кашфиётга;

2. Кимё фани йўналишидаги оламшумул кашфиётга;

3. Физиология ва Медицина йўналишидаги оламшумул кашфиётга;

4. Башарият идеалларини тараннум қилувчи бадиий асар муаллифига, яъни адабиёт йўналишига;

5. Халқларнинг тинчлиги йўлида, уларнинг бирлашиши йўлида курашадиган, қулликни бартараф этадиган, армиялар сонини қисқартирадиган, урушларнинг олдини оладиган, тинчлик сулҳларини тузадиган инсонларга

ушбу мукофотнинг берилишини буюраман.

- Менинг яна бир тилагим бу мукофотлар ирқчилик, миллатчилик принципларидан холи бўлиши керак, ғолиблар қайси миллат, қайси ирқ вакили бўлишидан қатъи назар мукофотни олишини истайман ва васият қиламан.

Альфред Нобель вафотидан кейин унинг васиятига кўра ҳар йили оламшумул натижаларга эришган инсонлар ўз мукофотларини, яъни Нобель мукофотини олиб келмоқдалар.

Нобелнинг жуда кўп қариндошлари суд орқали ўз аждодларининг васиятини қайта кўриб чиқишга ҳаракат қилганлар, аммо барчаси судда ютқазганлар. Чунки Нобель бутун бойлигини қариндошларига эмас, башариятга бағишлаганди. Дунёдаги энг эътирофли мукофот ана шундай пайдо бўлган эди.

@konspektor

DTPI rasmiy kanali

02 Jan, 05:59


“ТОҒАМ РОЗИ БЎЛСИН ДЕСАНГ...”

Устоз Эркин Воҳидов бир воқеани гапириб берган эдилар. У кишининг тоғалари Сахибоев деган киши, адашмасам, прокурор бўлиб хизмат қилган. Ҳазрати Шайх Алихонтўра Соғуний суҳбатларини бот-бот ташкил қилиб турган. Устоз тоғалари туфайли ҳазрати Соғунийнинг суҳбатларига эришиб, назарларини топишга муваффақ бўлганлар.

“Қуёш маскани” деган достонида тоғалари ҳақида мана бундай меҳрли эътироф сатрлари бор:

Жигар бўлиб боқди неча мушфиқ кўз,
Неча дўст-ёр топдим, неча биродар,
Эсим таниб, менга
«Тоға» деган сўз
«Ота» деган сўзга бўлди баробар.

Демак, тоғалари ота ўрнида у кишини парвариш қилган. Устоз ҳикоя қиладилар:

– Бир кун тоғам айтдилар: “Ўғлим Эркинжон! Мен сени ўстириб-улғайтирдим. Мана, университетда ўқитдим. Энди сен таниқли шоир бўла бошладинг. Агар икки дунёда тоғам мендан рози бўлсин десанг, муқаддас динимизга қарши бирор нарса ёзмагин!”

Устоз айтадилар:
– Шу гапдан кейин бирор мажбурият бўлиб қолганда ҳам, ёки, ҳеч қандай зарурат бўлмай, шунчаки, жамиятга ёқиш учун бўлса ҳам, ҳеч қачон муқаддас ислом динига қарши бирор нарса ёзмадим...

Бу сўз ёшу қари барча қалам аҳлига тегишли ибратдир. Ҳали вақту соати келадики, жаҳон адабиётининг баъзи машҳур намуналари ҳам иймон нуқтаи назаридан қайта баҳоланади.

ХХ асрнинг энг муҳташам алломаларидан бўлган ҳазрати Шайх Мавлавий-Ҳиндистоний эндигина “Ёшлик девони”ни нашр эттирган шоир ҳақида: “Эркин Воҳид деган шоир чиқибди, унинг шеърларида маъно бор” деган эканлар. Бундай азиз зотларнинг назари ва эътирофига эришиш ҳар кимга ҳам насиб бўлавермайди.

Мирзо КЕНЖАБЕК,
“Ёшларга дил сўзларим” китобидан

👇👇👇
🌐 www.facebook.com/evohidov
🌐https://t.me/erkinvohidovijodi
🌐 www.erkinvohidov.com

DTPI rasmiy kanali

01 Jan, 14:03


«Ibrat Farzandlari» bilan xorijiy tillarni mutlaqo bepul, oson va kreativ usulda oʻrganamiz

🇺🇿🇬🇧🇷🇺🇹🇷🇸🇦🇪🇸🇮🇹🇩🇪🇫🇷🇨🇳🇯🇵🇰🇷🇮🇳

https://www.youtube.com/@ingliztili_ibrat


#ingliztilidarslari #ibratfarzandlari #ibrat
Til o'rgatishda chegara bilmaydigan, innovatsion loyiha -
IBRAT Farzandlariga xush kelibsiz!

IBRAT Farzandlari loyihasi ijtimoiy kelib chiqishi, moliyaviy holatidan qati'y nazar yosh-u qariga sifatli va bepul darslar orqali chet tillarini o'rgatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

#ingliztilidarslari #english #ibratfarzandlari #ibrat

Ingliz tili - Ibrat farzandlari
https://t.me/ingliztili_ibrat

A1 daraja darslari | Beginner and elementary
A2 daraja darslari | Pre-intermediate

B1 daraja darslari | Intermediate
B2 daraja darslari | Upper-Intermediate

C1 daraja darslari | Advanced

https://t.me/sattorov_613

DTPI rasmiy kanali

01 Jan, 07:36


https://youtu.be/DvGruGZAEMM?si=kXDJfoGmVnAWYiXe

DTPI rasmiy kanali

31 Dec, 19:08


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DTPI rasmiy kanali

31 Dec, 19:08


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DTPI rasmiy kanali

31 Dec, 18:31


Sunnatullo RAHMON ijodi

                 Ya N G I  Y I L

Quvnoq kayfiyatli yosh bola -- ko'nglim,
Qorbobo, Qorqizing oshdilar dovon!
Dasturxonlarda noz-ne'mat limmo-lim,
Bayramga xos shukuh -- bu sovg‘a-salom.

Shirin diydordan xush yuzlar jilmayib,
Bezangan archadan uzilmas nigoh.
Ko'ngiltortar rangu tuslar siylanib,
Baxt va umrlarga o'qigin nikoh!

Oyga to'linlik ber, gullarga iffat,
Joni halaklarga qo'nim, Yangi yil!
Yerga unumlik ber, qorda, Haq, hikmat,
Bur-da yuraklarga yo'lim, Yangi yil!

Onam tilaklarin aylagil ro'yob,
O'tmish jo tarix zarvaroqlarida.
Olam-olam shodlik sendan iltifot,
Baxt yoshi hadya xalq qaroqlariga.

Qalblarda buloqday qaynayapti zavq,
Odimda boq, soat mili urar bong.
Qoq tun yarmisida nurdek urgan charx--
Mushaklar raqsida yorishdi osmon.

Laylakqoring oqqush, oning shirin tush,
Sen-da dilda yotgan junbush, Yangi yil!
Bari bolajonlar ham kattalar xush,
O'zing shukronali turmush, Yangi yil!

DTPI rasmiy kanali

27 Dec, 14:32


⚡️ Pedagogika fakulteti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi Normururotova Azizaning "Yangi O'zbekiston va Indoneziya o'rtasida oliy ta'lim sohasida yo'lga qo'yilgan samarali hamkorlik istiqbollari" nomli maqolasi "Tashrif" gazetasining 2024 yil 27-dekabr sanasidagi sonida chop etildi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

27 Dec, 13:10


#yangi_yil_shukuhi

⚡️ O‘tkazilgan bayram tadbiri davomida ishtirokchilar Denov tumani madaniyat uyi hamda Sherobod tumanidan tashrif buyurgan san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lishdi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

27 Dec, 12:59


#yangi_yil_shukuhi

🔰 Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur MFY hududida joylashgan "Yoshlar saylgohi" majmuasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasining “Yil e’tirofi 2024” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda 2024-yil davomida turli yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilar, barchaga o‘rnak bo‘lgan fakultetlar, kafedralar, bo‘limlar vakillari e’tirof etilib institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

27 Dec, 12:33


#yangi_yil_shukuhi

⚡️ Denov tumanidagi Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasi hududida joylashgan “Yoshlar sayilgohi” majmuasi, o‘zining chiroyli manzaralari va ayniqsa yangi yil arafasidagi bayramona muhit bilan ahamiyat kasb etmoqda. Bugun ushbu manzilda Denov tuman hokimi I.I.Abrorov, tuman prokurori F.O.Xoliqov, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Sh.A.Normuratov va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev hamda professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida yangi yil bayram tadbiri o‘tkazildi.

🎄Yuqori shukuhda o‘tkazilgan bayram tadbirida dastlab Denov tuman hokimi I.I.Abrorov so‘z olib institut jamoasining erishayotgan yutuqlarini e’tirof etib barchani yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, institut rektori O.A.Ruziyev so‘ngi vaqtlarda ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar nafaqat o’qituvchilar, balki talabalar uchun ham katta imkoniyat ekanligini alohida ta’kidladi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

03 Dec, 14:25


Har bir inson e‘tiborga loyiq!

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Har bir inson e’tiborga loyiq!” mavzusida hayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir institutda ta’lim olayotgan nogironligi bor talabalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va ular jamiyatimizning teng huquqli a’zolari ekanligini yana bir bor eslatish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirni institut rektori Ruziyev Oybek Abdumoʻminovich ochib, ushbu talabalar nafaqat ta’lim olishda, balki turli tanlov va musobaqalarda erishayotgan muvaffaqiyatlari bilan institut jamoasiga faxr va ilhom manbai bo‘layotganini ta’kidladi. Rektor talabalar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar va yordam choralari haqida so‘z yuritar ekan, har bir talabaga e’tibor qaratish institutning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini qayd etdi.

So‘ngra oliygohda imkoniyati cheklangan talabalar uchun o‘tkazilgan respublika va hududiy sport musobaqalarida ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallagan talabalarga tashakkurnoma berildi.

Shuningdek institut Kasaba uyushmasi tomonidan bayram munosabat bilan institutda imkoniyati cheklangan talabalar uchun tadbir bayram dasturxoni yozildi.

🔎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇;
@dtpi_uz |DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

03 Dec, 11:51


🌟E'lon 🌟

🔊 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasining adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari bo‘yicha kengashi 2025 yilda beriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga tavsiyanomalar 2025 yilning 25 yanvarigacha qabul qilinishini ma’lum qiladi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati.

DTPI rasmiy kanali

03 Dec, 11:34


8-DEKABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI KUNI

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

🔰 Bugun sana munosabati bilan Denov tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sudlarning vakillari ishtirokida “Konstitutsiya-farovon hayotimiz poydevori” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❇️ So‘z olganlar Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va uning yoshlar hayotidagi ahamiyati gapirishdi.

🖌 Talabalar tomonidan tushgan savollarga javob berishdi..

✍️ DTPI Matbuot xizmati.

DTPI rasmiy kanali

25 Nov, 14:21


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Oltinsoy tumanida bo‘ldi

🏢 Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyat hokimining taklifiga asosan oliy o‘quv muassasalari tomonidan Oltinsoy tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablariga metodik ko‘mak asosida amalga oshirilayotgan ishlarga guvoh bo‘ldi.

🔎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇🏻;
@dtpi_uz |DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

25 Nov, 08:43


#insholar_tanlovi_natijalari
⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni" munosabati bilan talaba-yoshlar o’rtasida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" mavzusida insholar tanlovi bo’lib o’tdi.

🏆Yakuniy natijalarga ko’ra tanlovining institut bosqichi g'oliblari bilan tanishing.

1-o'rin - Pedagogika fakulteti talabasi Ro'ziboyeva Nigora;

2-o'rin -Filologiya fakulteti talabasi Ravitova Madina;

3- o'rin - Filologiya fakulteti talabasi Meliqulova Muhsina g'olib deb topildi.


🏆G'oliblar faxriy yorliq hamda estalik sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

🎗 Ishtirok uchun barchaga minnatdorlik bildiramiz! Keyingi tanlovlarda ham faol bo'ling!

🔎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇🏻;
@dtpi_uz |DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

25 Nov, 08:31


#rasmlar_tanlovi
⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni" munosabati bilan talaba-yoshlar o’rtasida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" mavzusida hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining 33 yilligiga bag'ishlab o'tkaziladigan rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi.

🏆Yakuniy natijalarga ko’ra tanlovining institut bosqichi g'oliblari bilan tanishing.
🖼 "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" mavzusida o'tkaziladigan rasmlar tanlovi g'oliblari.
1-o'rin - Filologiya fakulteti talabasi G'afforova Dilnavoz;
2-o'rin -Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabasi Tojiyeva Gulruxsor;
3- o'rin - Pedagogika fakulteti talabasi Abduhalimova Mohira g'olib deb topildi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining 33 yilligiga bag'ishlab o'tkaziladigan rasmlar tanlovi g'oliblari
1-o'rin - Filologiya fakulteti talabasi G'afforova Dilnavoz;
2-o'rin -Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabasi Haqnazarov Baxtiyor;
3- o'rin - Filologiya fakulteti talabasi G'ulomova Farzona g'olib deb topildi.

🏆G'oliblar faxriy yorliq hamda estalik sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

🎗 Ishtirok uchun barchaga minnatdorlik bildiramiz! Keyingi tanlovlarda ham faol bo'ling!

🔎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇🏻;
@dtpi_uz |DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

25 Nov, 07:02


#Yoshlar_ittifoqi
#koordinatorlar_faoliyati

🏆 “Zakovat” oʻyini boʻyicha oliy taʼlim muassasalari jamoalari oʻrtasidagi “Talabalar ligasi” turnirining kuzgi mavsum so'nggi 10-turi boʻlib oʻtdi.

🗓 Rrespublikamiz boʻylab sinxron ravishda boʻlib oʻtgan Talabalar ligasining so'nggi 10-tur bahsi ham bo'lib o'tdi.
"Zakovat Liga" yakuniy natijalariga ko'ra institut jamoalari o'rtasidagi o'zaro natijalar tahlil
qilinib. Yakuniy natijalar aniqlandi.

Yakuniy natijalarga ko'ra;

Filologiya fakultetining
"Clever" jamoasi 🥇-o'rin;
Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetining
" Financeir" jamoasi 🥈-o'rin
Aniq va tabiiy fanlar fakultetining
"Materiya" jamoasi
🥉-o'rinni qo'lga kiritdi.


G'olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

📲 @Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
@dtpi_yoshlari @dtpi_uz

DTPI rasmiy kanali

20 Nov, 11:09


Sharoitlar tahlil qilinib, mas’ullarga vazifalar yuklatildi

🏢 Bugun 20-noyabr kuni, DTPI rektori O.A.Ruziyev institut ARM ga tashrif buyurib, yangi va noyob adabiyotlarning taqdimotini muntazam o’tkazib borish, keng kitobxonlar ommasini ARMga yanada ko’proq jalb etish, talabalar o’rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish hususida o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdi.

🖌 Elektron resurslarni yig’ish va foydalanuvchilarga tez va sifatli taqdim etish, bugungi Axborot resurs markazi xodimlarining asosiy funksional vazifasi ekanligi ta’kidlandi.

🔰 Bu bo’yicha xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ham tinglandi.

Bundan tashqari, Axborot-Resurs markazining 3-qavatida Ofis-registrator bo’limini tashkil etish bo’yicha taklif va mulohazalar o’rganib chiqildi. Bu yerdagi sharoitlar tahlil qilinib, mas’ullarga bir qator vazifalar yuklatildi.

🔎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇;
@dtpi_uz |DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

20 Nov, 10:07


“Chag‘oniyon” folklor etnografik ansambli tayyorgarlik jarayonlari

DTPI qoshida tashkil etilgan “Chag‘oniyon” folklor etnografik ansamblining turli chiqishlaridan doimo bahramand bo‘lib kelganmiz. Ayni kunlarda ansambl ishtirokchilari talabalar kuniga bag‘ishlangan tadbirga puxta tayyorganlik ko‘rishmoqda.

Ansambl ishtirokchilar safi Musiqa ta’lim yo‘nalishi 1-2-3-kurs talabalaridan iborat bo‘lib, muntazam ravishda turli ko‘rik tanlovlarda faol ishtirok yetib kelishmoqda.

🔎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇;
@dtpi_uz |DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

20 Nov, 09:38


Maxsus dars

🏢 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Hindistonning Dehli shahridan tashrif buyurgan mehmon Archana Dubey institutimizning “Xorijiy til va adabiyoti” yo‘nalishi 1-kurs 104-guruh talabalari uchun maxsus dars o’tdi.

🔰 Dars davomida mehmon talabalar bilan ingliz tilida interaktiv mashg’ulot olib bordi. Yangi pedagogik usullarni tatbiq etib, talabalarga til o‘rganishda samarali yondashuvlar bo‘yicha foydali ma’lumotlar ulashdi.

🔷 Uchrashuv talabalarning bilimlarini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Archana Dubeyga samimiy tashakkurimizni bildiramiz va kelgusi hamkorlik aloqalarining davomiy bo‘lishini tilaymiz!

🔎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇;
@dtpi_uz |DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

20 Nov, 09:19


#jarayon

🔰 "Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya" kafedrasi professor-oʻqituvchilari A.X.Raximov va D.X.Shukurovlar tomonidan nashr etilgan "Mahalliy xomashyolar asosida organomineral sorbentlar sintezi va tadqiqoti" nomli monografiya institutimizning Axborot resurs markazi fondiga topshirildi.

Ushbu monografiya kimyo va kimyoviy texnologiya mutaxassisligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, magistratura, bakalavriat talabalari hamda keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan bo'lib, ARMning "Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot bo'limiga" taqdim etildi.

🔎 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇🏻;
@dtpi_uz |DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

20 Nov, 06:24


Xalqaro forum boʻlib oʻtdi

🏢 Joriy yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida “InnoWeek.Uz-2024” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha uchinchi xalqaro forum” boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan investorlar, soha vakillari ishtirok etishdi.

🔷 Forumda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori R.E.Shukurov hamda Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi v.b. dotsenti t.f.f.d.(PhD) X.X.Kulbasheva va Yoshlar akademiyasi lideri M.A.Jurayevlar ishtirok etishdi.

🔎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇🏻;
@dtpi_uz |DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

16 Nov, 06:23


#Yoshlar_ittifoqi
#QVZ

XALQARO TALABALAR KUNI - BU SENING IMKONIYATING


🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi tomonidan "17-noyabr-Xalqaro talabalar" kuni munosabati bilan "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik - tanlovi rektor kubogi saralash bosqichlari bo'lib o'tdi. Talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqarli sahna ko‘rinishlari, yumorga boy chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etishdi.
Unda Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetining "Mega shou" hamda "Kulgu yulduzlari" jamoalari o‘zaro bahslashdi.

🏆 Umumiy natijalarga ko‘ra:
"Kulgu yulduzlari" jamoasi 18.7 ball,
"Mega shou" jamoasi 19.7 ball bilan g'oliblikni qo'lga kiritishdilar,

🔎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇🏻;
@dtpi_uz |DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

16 Nov, 06:03


Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz

🏢 Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, yoshlarning o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun yurtimizda shart-sharoitlar yaratilayotganligi, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi to‘g’risida to‘xtalib o’tildi.

Suhbatni fakultet tyutori Zohidjon Sultonov olib bordi.

🔎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇🏻;
@dtpi_uz |DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram.

DTPI rasmiy kanali

16 Nov, 05:23


# Fakultetdan_xabar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi 2024-yil kuzgi mavsumi

🌿 Filologiya fakultetida mazkur umummilliy loyihaning 2024-yil kuzgi mavsumi mobaynida 500 tupdan ortiq daraxt va ko‘plab gul ko‘chatlari ekildi.
💐 Kuz mavsumida ekilgan daraxtlar parvarishiga, ularning keyingi taqdiriga ham e’tibor qaratilishi yuzasidan belgilangan chora-tabirlar ijrosi bo‘yicha filologiya fakulteti dekanati hamda xorijiy til yuqori va quyi kurs kafedralari tomonidan hashar uyushtirildi.
🌱 Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas. "Yashil makon" - vijdonimiz, bo‘lajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi mas’uliyatimiz”.
❇️ Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va e’tibor bersak, kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

16 Nov, 04:57


#jarayon

🏛 Kuni kecha institutimizga Migratsiya agentligi Surxondaryo filiali rahbari - Erdonov Xoshim, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bo’lim boshlig’i - Toshtemirov Elyor tashrif buyurishdi.

🔰 Tashrifdan asosiy maqsad DTPI yoshlariga Xorijda ishlash uchun fuqarolarni yuborishni tartibli tashkiliy tizimning afzalligi, rivojlangan Yevropa va Osiyo davlatlariga borishning tartib-qoidalari va xorijga borishda tilning ahamiyati to’g’risida hamda oliygoh huzurida xorijiy til kurslarini ochish va til kurslari bo’yicha Migratsiya agentligi bilan hamkorlik o’rnatish masalalari to’g’risida bo’lib o’tdi.

❇️ Uchrashuv so’nggida talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob olishdi.

dtpi.uz

DTPI rasmiy kanali

09 Nov, 15:57


INSTITUT VA OTA-ONALAR HAMKORLIGI

🏢 Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida institut va ota-onalar hamkorligi doirasida talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔰 Tadbirda soha prorektorlari, fakultet dekani, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va ota-onalar ishtirok etishdi.Institut O'quv ishlari bo'yicha prorektori S.Allayarova, so'zga chiqib, institutda talabalarning ta'lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida to'xtalib o'tdi.
Tadbir so'ngida jamoat ishlarida faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring

DTPI rasmiy kanali

29 Oct, 04:50


#jarayon

🔰 Joriy yilning 28-oktabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Termiz Yoshlar texnoparki direktori o'rinbosari Fazliddinjon Tursunniyazov, Oltinsoy tumani Innovatsiyalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari Alisher Abdurahmonov, trekkerlardan Dilshod Qulsoatov va Aziz Madiyev tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida DTPI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Rustam Shukurov, Tijoratlashtirish bo‘limi boshlig’i Baxtiyor Aynazarovlar bilan birgalikda institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida seminar-trening mashg’ulotlarini olib bordilar.

Shundan so‘ng har bir professor-o‘qituvchilar o‘zlarining loyihalari taqdimotlarini namoyish etishdi.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

28 Oct, 09:36


📢 Hurmatli ilmiy tadqiqotchilar!📢

"Tadbirkorlik va pedagogika" ilmiy-uslubiy jurnaliga maqolalaringizni taqdim etish imkoniyatni boy bermang!

📚 Ilmiy maqolangizni xalqaro miqyosdagi keng auditoriyaga yetkazish va ilmiy karyerangizda yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun bu jurnal ayni muddao.
🌐 Sizning maqolangiz yuqori sifatli tahririyat nazorati ostida chop etiladi va #OAK, #inLibrary va #slib.uz kabi platformalarda indekslanadi.

Maqolalar qabul qilinadigan yo‘nalishlar📚:

📖 Pedagogika va ta’lim yangiliklari, innovatsiyalar;
💼 Biznes boshqaruvi va tadbirkorlik;
🌍 Ijtimoiy fanlar va mintaqaviy tadqiqotlar;
🖥 Ta’lim texnologiyalari va metodikasi;
🔬 Tabiiy fanlar bo‘yicha tadqiqotlar.

💌 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: @MrScott98
📱 +998 90 976 76 98

🎓O‘z ilmiy izlanishlaringizni jahon sahnasida namoyish eting! 🎓

DTPI rasmiy kanali

28 Oct, 07:35


#Rektor_kubogi
#Yoshlar_ittifoqi_faoliyati

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida
"Yoshlar ittifoqi" hamda "Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi" hamkorligida “Zakovat intellektual" musobaqasining
"#Rektor_kubogi" kuzgi mavsumi B guruhining o‘yini bo'lib o'tdi.

🏆
Yakuniy natijalarga ko'ra:
"Materiya"
"Omadlilar" jamoalari keyingi bosqichga yo‘llanmani qo'lga kiritdi.

🔍
Rasmiy sahifalarimiz:
@DTPI_YOSHLARI @DTPI_UZ

DTPI rasmiy kanali

28 Oct, 06:47


#zakovat
#tyutorlar_va_koordinator_faoliyati

“Zakovat ligasi” final o'yiniga marhamat

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika insituti "Tadbirkorlik va boshqaruv" fakulteti talabalari o'rtasida an'anaviy tarzda o'tkaziladigan “Zakovat ligasi”ning
final o'yini bo‘lib o‘tadi.

Final bahslari 29-oktabr soat 13:00 da "Tadbirkorlik va boshqaruv" fakultetining Faollar zalida bo’lib o’tadi.
Final bahslariga:
A-tur g'olibi 7TU-24 jamoasi;
B-tur g'olibi 4MM-24 jamoasi;
C-tur g'olibi 6BI-21 jamoasi;
D-tur g'olibi 1I-21 jamoalari ishtirok etishadi.

🏆G‘olib jamoalar faxriy yorliq va “Dekan ko'chma kubogi”ni qo‘lga kiritishadi.

👏👏👏 Jamoalarni qo'llab-quvvatlashga muxlislarni ham taklif etamiz.

DTPI rasmiy kanali

28 Oct, 04:40


Ochiq eshiklar kuni

🏛 Joriy yilning 26-oktyabr kuni institutimizga tashrif buyurgan 29 - umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari uchun o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da o‘quvchilarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirishga, ularga yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini yetkazishga, shuningdek, institutning ilmiy, o‘quv va yoshlar bilan ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishtirishga e’tibor qaratildi.

🔰 Bundan tashqari OTM binolari, axborot-resurs markazi, sport zallari kabi talaba-yoshlarning ta'lim olishi, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham ma'lumotlar berildi.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

27 Oct, 12:19


Saylov davom etmoqda

❇️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tuzilgan 623-saylov uchastkasida saylovchilarning ovoz berishi uchun barcha qulaylik yaratildi. Saylov uchastkasi binosi talab darajasida jihozlandi.

Uchastkada umumiy saylovchilar soni 1732 nafarni tashkil etadi. Soat 17 holatiga ko‘ra 1514 nafar saylovchilar ovoz berishda ishtirok etishdi. Ovoz berish davom etmoqda.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

27 Oct, 09:26


A.Navoiy ijodiy merosi targ'iboti

🏛 Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallaydi.

📚 Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tyutorlari tomonidan ma'rifat soati davomida fakultet ARMda kitobxonlik va A.Navoiy ijodiy merosi targ'iboti amalga oshirildi. 6BH-24 guruh talabalari tomonidan sahna ko'rinishlari ijro etilib, monolog va diologlar o'qildi.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

27 Oct, 09:19


Халқ билан бирга: Президент сайловда овоз берди ва фуқароларга юртимиз тақдири ва келажагига дахлдорлик учун миннатдорлик билдирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DTPI rasmiy kanali

27 Oct, 09:17


#jarayon

Filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan maktablar bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida Oltinsoy tumanidagi 27-sonli umumta’lim maktabi bilan ta’lim-tarbiya jarayonlarini yaxshilash maqsadida samarali hamkorlikni izchil davom ettirmoqda.

Jumladan, kafedra tashabbusi bilan maktab psixologi huzurida “Abituriyent shtabi” tashkil etildi. Maktab bitiruvchilari uchun respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan OTMlar, mavjud bakalavriat yo‘nalishlari, kirish imtihonlari haqida ma’lumotlar bazasi, namunaviy testlar, testlarni yechish bo‘yicha tavsiyalar, o‘quv dasturlari, darsliklar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktab o‘quvchi-yoshlari bilan ochiq muloqot olib borib, ularning fikr va takliflarini o‘rganish, ta’lim sifati, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram

DTPI rasmiy kanali

27 Oct, 08:32


Viloyatimiz bo`ylab uyushqoqlik va ko`tarinki ruhda davom etayotgan saylov va ovoz berish jarayonlari haqida joylardan muxbirlarimiz xabar beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:

TELEGRAM      Facebook
Instagram       YouTube
Web-site         Efirni ko'rish

DTPI rasmiy kanali

27 Oct, 08:32


Президент Шавкат Мирзиёев бугун тонгда оила аъзолари билан сайловда овоз берди ҳамда сайлов участкасига келган фуқаролар билан самимий мулоқот қилди

Сегодня утром Президент Шавкат Мирзиёев вместе с членами семьи проголосовал на выборах и искренне пообщался с гражданами, пришедшими на избирательный участок

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DTPI rasmiy kanali

22 Oct, 14:24


🏢 Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti dekani, Toshboboyev Maqsud Jalilovich «Dekan va talaba yoshlar uchrashuvi» tadbiri doirasida fakultetning uchinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi.

🖌 Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv avvalida M.Toshboboyev yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasi o‘laroq, barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida ham juda ulkan yangilanishlar, ta’lim oluvchilar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilganini, o‘z navbatida yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o‘qib, o‘rganib, kelajakda Yangi O‘zbekiston aniq fanlari rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishlari lozimligini ta’kidladi.

🖌 Fakultetda yoshlar bilan muloqot qilish doimiy an’ana ekanligini, ularning tashabbuslari va takliflarini amalga tadbiq etishga doimo tayyor ekanligini bayon qilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirildi.

@dtpi.uz

DTPI rasmiy kanali

22 Oct, 14:20


#jarayon

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedra o'qituvchisi Shomurotov Ulug'bek tomonidan 3-TTJda navbatchilik davomida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni "Jamoadagi psixologik sog'lom muhitni yaratish" ga bag'ishlab psixotrening o'tkazildi. Tadbirda 3-TTJ tarbiyachisi N.Shukurov ham qatnashdilar.

@dtpi.uz

DTPI rasmiy kanali

22 Oct, 13:09


#jarayon

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Nodira Nabiyeva hamda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari 2-sonli talabalar turar joyida turuvchi talaba-qizlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "O'zbek tili-millat sarchashmasi" mavzusida tadbir o'tkazishdi.

Tadbirda o'zbek tilini tarannum etuvchi she'rlar, ko'rinishlar, hikmatli so'zlar aytildi.

@dtpi.uz

DTPI rasmiy kanali

22 Oct, 11:17


#Yoshlar_ittifoqi
#koordinatorlar_saylovi

YOSHLARNING BO'SH VAQTI YETAKCHINING ISH VAQTI

🏢 Denov Tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati hududiy kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya tomonidan yo'nalish koordinatorlar hamda fakultet yetakchiligiga nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Mazkur suhbat jarayonida 60 nafar iqtidorli, iste’dodli talaba-yoshlarimiz ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa komissiya tomonidan 10 nafar iqtidorli talaba-yoshlar bir oy sinov muddati bilan Institut koordinatorligiga va fakultet yetakchiligiga saylandilar.

@dtpi.uz

DTPI rasmiy kanali

22 Oct, 10:53


#Yoshlar_ittifoqi_faoliayti
#koordinatorlarfaoliyati
#fakultet
O'zbek tili qalbim tarjimoni !



Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati "Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda "Filologiya" fakulteti tashabbuslari bilan talaba-yoshlar orasida "Zakovat intellektual" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs va munozaralarga boy bo'lgan "Zakovat intellektual" musobaqasini hakamlar jamoasi oqilona boshqarib bordilar.

Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin "The best" jamoasi;
2-o'rin "Diamonds" jamoasi;
3-o'rin "Genuia" jamoalariga nasib etdi.

Bayramona tadbirda institut yetakchisi Suxrobjon Xidirov ishtirok etib, barchani kun munosabati bilan samimiy qutladi va tashkilotchilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
@DTPI_YOSHLARI @DTPI_UZ