BOOK.UZ LIVE @bookuz_live Channel on Telegram

BOOK.UZ LIVE

@bookuz_live


📚 Keng tanlov, istagan kitobingizni topishingiz mumkin;
💰 Eng arzon narxlar;
🇺🇿 O'zbekiston bo'yicha yetkazib berish xizmati bor.
💵 To’lov - siz istagan usulda!

Ish vaqti: 9:00 - 17:30

BOOK.UZ LIVE (Uzbek)

BOOK.UZ LIVE kanalimiz sizga keng tanlov imkoniyatini taklif etadi! Bu kanalda istagan kitoblaringizni topishda yordam olishingiz mumkin. Uyga yetkazib berish xizmati bilan sizga eng arzon narxlarda o'zbekiston bo'yicha xizmat ko'rsatiladi. To'lovni esa siz istagan usulda amalga oshirishingiz mumkin. Ish vaqti 9:00 dan 17:30 gacha bo'lib, sizga qulay vaqt tanlovlari yaratilgan. Sizning kitoblari avvaldan topishga tayyormisiz? Endi BOOK.UZ LIVE kanaliga obuna bo'ling va istalgan kitobingizni topishga harakat qiling!

BOOK.UZ LIVE

14 Feb, 04:57


14-fevral.

1. Bugun— oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

2. Xalqaro kitob ulashish kuni.

Eslatma: Bugun “Yangi asr avlodi” va “Yoshlar matbuoti” nashriyoti kitoblari 14% chegirmada!

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

13 Feb, 15:16


🥳 Ertaga 14-fevral – Xalqaro kitob ulashish kuni.

Ushbu kun munosabati bilan “Yangi asr avlodi” hamda ”Yoshlar matbuoti” nashriyotlarining kitoblariga 14% chegirma e’lon qilamiz!

Chegirma faqat bir kun😊 14-fevral kuni amal qiladi🥳

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

Buyurtma uchun: @bookuz_live_admin

📞 +998972715525

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

12 Feb, 04:37


📔 «Atom odatlar»

Shaxsiyatingizni odatlaringiz orqali namoyon qilasiz.

Yetakchi ekspertlardan biri Jeyms Klir «Atom odatlar» kitobi orqali yaxshi odatlarni kasb qilish, yomonlaridan xalos bo'lish va katta natijalarga olib boruvchi mayda odatlarni qanday egallashni o'rgatadi.

Agar o'rgangan fe'l-atvoringizni o'zgartirish qiyin kechsa, muammo o'zingizda emas. Yomon odatlar ularni o'zgartirishni istamaganingizdan emas, balki noto'g'ri o'zgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yo'qolmaydi.

👤 Muallif: Jeyms Klir
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 49.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

11 Feb, 04:30


📗 «Yashamoq sokinlik istar»

Juda ko'p ishlayapsiz, lekin hech narsaga ulgurmayapsizmi? Tashvishlaringizga barham berishga tirishganingiz sari ular ortib boryaptimi?

Bir dam to'xtang. Nafasingizni rostlang va turk essenavisi O'zgur Bajaksizning xotirjamlik orqali hayot halovatini tuyish borasidagi mulohazalariga quloq tutib ko'ring. Iqtiboslarni hayotingizga tatbiq qiling, tavsiyalarga amal qilishga urining. Eng muhimi, o'zingizni chuqurroq tadqiq eting, hayotingiz haqida jiddiyroq fikr yuritishni boshlang.

👤 Muallifi: O'zgur Bajaksiz
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 39.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚚

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

10 Feb, 05:00


📘 «Gunohning rangi»

Oniy orzular, lahzalik ehtiros va qasos hissi yo’lida qurbon qiligan ishq…

Iffatli masumaning dil daftaridagi alamli bitiklar…

Havoi nafs botqog’iga botgan manfurning begunoh qurboni…

Ahmad Gunbay Yildizning takror-takror mutolaaga chorlovchi tarbiyaviy-axloqiy, ibratli romanlaridan biri.

👤 Muallif: Ahmad Gunbay Yildiz
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 44.000 so’m

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

07 Feb, 05:00


🔥Sotuvda

«Jannat»

Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Abdurazzoq Gurnaning mazkur asarida otasining qarzi uchun qullikka sotilgan afrikalik bolakay Yusufning hayoti va boshdan kechirganlari hikoya qilinadi.

Asar voqealari inglizlar mustamlaka Afrikada mahalliy aholini o'z yerlaridan haydab chiqarayotgan va nemislar butun qit'a bo'ylab temiryo'l qurishni rejalashtirayotgan paytda sodir bo'ladi.

12 yoshida otasining qarzi uchun o'zi "amaki" deb yurgan insonga qullikka berib yuborilgan Yusuf hikoyasi

👤 Muallifi: Abdurazzoq Gurna
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 55.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

06 Feb, 05:00


📙"Jinoyat va jazo“

"Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik – illat. Birinchisida inson tug‘ma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yo‘qchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi», asardagi personajlaridan biri bosh qahramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi.

Asar 1866 yilda yozilgan. Ammo inson kechinmalarining eski va yangisi bo‘lmaganidek, roman qadri ham eskirmagan.


👤 Muallif: Fyodor Dostoyevskiy
📘 Muqova: Qattiq
💰 Narxi: 40.000 so'm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚌

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

05 Feb, 04:19


PREMYERA | SOTUVDA

📔 «Amir Temur va To'xtamishxon»

Asar o'zida Markaziy Osiyo va Oltin O'rda o'rtasidagi munosabatlar tarixini, iqtisodiy va siyosiy kuchlar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni chuqur yoritadi.

Amir Temur va To'xtamishxonning mojaro va ittifoqlari faqat ikkita shaxsning emas? balki ikki buyuk davrning to'qnashuvi sifatida namoyon bo'ladi.

👤 Muallifi: Mahkam Abduraimov
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 20.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

04 Feb, 04:26


#Qayta_nashr

Bosh qahramon orqali odob-axloq, tarbiya, ta'lim va yer egalari oʻsha davr jamiyatidagi nikoh masalalari haqida hikoya qiluvchi, yuzaki va haqiqiy yaxshilik oʻrtasidagi farqni yorituvchi, kitobxonlar koʻnglidan joy olgan klassika Jeyn Ostin «Andisha va gʻurur» asari qayta nashr etildi!

👤 Muallif: Jeyn Ostin
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 22.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

03 Feb, 04:44


#Qayta_nashr

Adib oʻzi yashagan davrining o‘tkir siyosiy, huquqiy, ijtimoiy muammolarni, inson ruhiyatining eng murakkab qirralarini, oddiy odamlarning fojiaviy qismatlarini yuksak mahorat bilan betakror usulda tasvirlangan yozuvchi Frans Kafkaning ikki mashhur asarlari «Jarayon» va «Evrilish» qayta nashr etildi!

Muqova: Yumshoq

«Jarayon» 27.000 soʻm
«Evrilish» 25.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

01 Feb, 04:25


🔥 SOTUVDA

Nutqning aniqligi – tafakkurning tiniqligidir


📘 «Notiqlik mahorati»

Ushbu o'quv qo'llanma nutq madaniyati va notiqlik san'atiga qiziquvchilarga, xususan, talabalarga, turli yo'nalishdagi magistrlarga hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan bo'lib, unda nutq mahoratiga ega bo'lishning sir-asrorlari, mashhur mutafakkirlarning shu xususdagi mulohazalari, lisoniy imkoniyatlar hamda kommunikativ kompetentlik mezonlari o'z ifodasini topgan.

Nazariy ma'lumotlar bilan amaliy mashg'ulotlarning uyg'unligida yaratilgan ushbu kitob sizga foydali bo'ladi.

👤 Muallifi: Rahimboy Jumaniyozov
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 32.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

31 Jan, 04:47


🔥Premyera🔥

📕«Pozitiv psixologiya»

Shaxsiy va ijtimoiy farovonlikni yaxshilash va insonning psixologik o'z-o'zini rivojlantirish imkoniyatlarini o'rganishga qaratilgan fan sohasi sifatida pozitiv psixologiya bugungi dunyoda dolzarv qiymat kasb etmoqda. Asar mualliflar tomonidan ilmiy tadqiqotlar va psixologik tahlillar asosida qiziqarli uslubda turli o'yin mashg'ulotlari uzviyligida yoritilgan. Kitobda ijtimoiy kognitiv nevrologiyaning asosiy masalalari: intellekt, emotsional intellekt, empatiya, munosabatlarni boshqarish, sog'lom qaror qabul qilish ko'nikmalar atroflicha bayon qilinadi. Kitob nafaqat pozitiv psixologiya va shaxs rivojlanishini umumiy masalalariga qiziquvchi mutaxassislar uchun, balki ommabop psixologiyaga qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.


👤 Muallifi: Nevzat Tarxan,
Оrhan Gumushel, Aynur Sayim
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 44.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

30 Jan, 05:00


⚡️ Premyera | Qayta nashr

📕«Qumdagi xotin»

Noyob ijodi Yaponiya adabiyotida alohida o'rin tutadigan Kobo Abe insonning hali tadqiq etilmagan hayot qirralarini betakror usulda tasvirlaydi. Uning adabiyotshunoslar tomonidan antiqa va jumboqli asar sifatida talqin etiladigan «Qumdagi xotin» romanida shaxs va jamiyat o'rtasidagi ziddiyat hayot-mamot nuqtayi nazaridan chuqur tahlil etiladi. Muallif majoziy tasvirlar orqali haqiqiy insonning yashashdan maqsadi - jamiyatning o'zi kabi a'zolariga sidqidildan xizmat qilish, ezgulikka intilish bo'lishi kerakligini ta'kidlaydi.
Ushbu asar «Yangi asr kutubxonasi» rukni kitoblari qatoridan joy oldi.

👤 Muallifi: Kobo Abe
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 32.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

29 Jan, 04:19


🔥 PREMYERA | SOTUVDA

📚 AKS to'plamining navbatdagi ikki kitobi sotuvga chiqdi.

Anif
📕«Oqdan qizilga»

Ushbu asarda ayol hislari, erki va isyoni juda go'zal ifoda etilgan.

Xususan, muallif yomg'ir, daraxtlar, osmon kabi tabiat obrazlaridan inson hissiyotlarini, uning qalb to'lqinlarini tasvirlash uchun foydalanadi. She'rlarida inson hayotining mohiyati haqidagi fikrlar, o'lim va hayot, vaqtning o'tishi, shaxsning o'zligi va uning ma'naviy qiyinchiliklari xususida mulohazalar aks etadi.

Gulnoz Moʻminova
📕«Havo»

Sayyorada havo bo'lmasa, hayot yo'q, muqaddas kitoblarda dunyodagi birinchi odamning ayoli Havo (Yeva) deb atalishida ham xuddi shu belgini beradigandek tuyuladi. Havo Odamning yo'ldoshi, hamfikri, yostiqdoshi va u bilan hozirgi butun sivilizatsiya boshlanadi.

✍️ AKS - Jamiyatga ko'zgu.

Har bir kitob narxi: 21.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚 @bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

28 Jan, 04:16


Klassik adabiyot ixlosmandlari uchun “Yangi asr kutubxonasi” ruknida navbatdagi kitob sotuvda!

📘Emili uchun atirgullar”


Uilyam Folkner - XX asr Amerika adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. XX asr jahon adabiyoti klassiklaridan. Nobel mukofoti laureati (1949).


Ibrohim G'afurov XX asrning saksoninchi yillarida Folknerning «Emili uchun atirgullar», «To'zonli sentyabr», «Uosh», «Qora musiqa» singari hikoyalarini o'zbek tiliga tarjima qilgan edi.

👤 Muallifi: Uilyam Folkner
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 37.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

25 Jan, 06:00


Premyera | Sotuvda

📕 «Zamonamiz qahramoni»

Adibning ushbu qissasi o‘quvchini haqiqatda o‘ylatadi. Asar insoniy munosabatlar – do‘stlik, muhabbat, sadoqat va xiyonat, axloq qoidalari ustiga qurilgan. Bosh qahramon – Zamonamiz qahramoni, ya’ni Pechorin ijobiy obraz emas, ammo uning aniq bir xislatini odamiylikdan mutlaqo yiroq, deb baholashimiz ham o‘rinli emas. Zamonamiz qahramoni – yozuvchining o‘zi e’tirof etganidek, odamlarni qusurdan davolash uchun zarur bo‘ladigan «achchiq dori, o‘tkir haqiqat». Pechorin bizning oramizda, bir havodan nafas olayotgan tanishimiz yoki qo‘shnimiz. Uning illatini oshirib, muqarrar jazoga ro‘para qilish insoniylikka qanchalik xos? «Dardning qanday dard ekanligini ko‘rsatib berishning o‘zi kifoya, uni qanday davolashni Xudo biladi».


👤 Muallifi: Mixail Lermontov
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 35.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

22 Jan, 04:03


Xadicha Kubro Tongar
Bu bizga qiziq:

📘«Koinot»
25.000 soʻm
📗«Tabiat»
25.000 soʻm
50ta savolga qiziqarli javoblar!


🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚 @bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

21 Jan, 04:13


🔥PREMYERA | Sotuvda!

📘«Koreya hikoyalari»
Qoramagʻiz qiz

Mazkur hikoyalar to'plamidan koreys yozuvchilarining bir nechta asarlari o'rin olgan. Ularni o'qir ekansiz, koreys xalqining qadriyatlari, oilaviy munosabatlari, urf-odatlari va dunyoqarashi to'g'risida tasavvur hosil qilasiz. Shuningdek, koreys hikoyanavisligining o'ziga xos jihatlaridan boxabar bo'lasiz.

💰 Narxi: 35.000 soʻm

📙«Italiya hikoyalari»
Kuz boʻroni

Italiya adabiyoti o'zbek kitobxonlariga begona emas. Luiji Pirandello, Janni Rodari, Marsello Venturi, Umberto Eko, Dino Butsatti nomlari allaqachon adabiyot ixlosmandlarining sevimli yozuvchilari qatoriga kirib ulgurgan.

💰 Narxi: 35.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

20 Jan, 04:53


🔥 Premyera | Sotuvda 🔥

📕«ХРАНИТЕЛЬ»
Непредвиденная сила


Долгожители самый древний народ, который когда-то жил на Земле. По истечении обстоятельств, они оказываются глубоко под землёй и с помощью магии им удаётся создать там волшебный мир.

Одиннадцатилетнего Сурхана Малика подозревают в том, что он ребёнок из пророчества и из-гоняют жить в лес. В таинственном и загадочном лесу мальчик сталкивается с маридами хищными зверями, пострадавшими от тёмной энергии.

Сурхан узнает, что в его теле заключена энергия земли и ему необходимо научиться управлять ею. Вскоре мальчик развивает в себе способность к левитации.

Отцу Сурхана становится известно, что ребёнок, о котором говорится в пророчестве, не его сын, а другой мальчик. А через несколько лет, коварный мужчина использует его в своих целях и готовит нападение на деревню долгожителей.

👤 Muallifi: Сардор Кадырхан
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 25.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

18 Jan, 04:52


🔥 Premyera | Sotuvda!

Jahon adabiyoti bestselleri Jorj Samuel Kleysonning «Vavilonlik eng boy odam» kitobi dunyo bo'ylab 100 million nusxada sotilgan.

Kitob moliyaviy maqsadlarni belgilash, qarzlardan xalos bo'lish va sarmoyalar qilish orqali farovon hayot kechirish yo'llarini ko'rsatadi. Ushbu hikoyalar sodda tilda, ammo chuqur ma'no bilan yozilgan bo'lib, har bir avlod uchun dolzarbdir.

👤 Muallifi: Jorj Samuel Kleyson
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 25.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚚

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

17 Jan, 04:09


🔥 PREMYERA

Komil Sindarovning «Tergovchi» seriyasiga yangi asar qo’shildi — «Qabohat girdobi».

Asarda bir jinoiy ishni fosh etish jarayonida unga parallel ravishda boshqa-boshqa sirlar ham ochilib boradi.

Kitobxon mutolaa davomida atrofda yuz berayotgan voqealarga teran fikr, keng mushohada bilan nazar tashlashni, huquqiy savodxonlik jamiyat uchun qay darajada zarur ekanligini tushunib boradi.

Ushbu asarda ajdodlarimiz tomonidan (turli shaklda) qoldirilgan boyliklarni noqonuniy o’zlashtirib olish maqsadida yashirin ravishda qazishma ishlarini olib borgan aka-ukalarning qismati yoritilgan.

👤 Muallifi: Komil Sindarov
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 29.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚚

📞 +998972715525

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

16 Jan, 04:06


🔥 KATTA PREMYERA | SOTUVDA

📚 AKS to'plamining dastlabki uchta kitobi sotuvga chiqdi. Kitoblar va mualliflar haqida rasmlardan batafsil o'qishingiz mumkin.

Tongotar - 30.000 so'm
Kungaboqar - 28.000 so'm
Ajdar sayyorasi - 25.000 so'm

✍️ AKS - Jamiyatga ko'zgu.

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚚

📞 +998972715525

📚 @bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

15 Jan, 12:21


Kitob taqdimoti.

Bugun 15-yanvar Farg'ona davlat universitetida koʻplab detektiv asarlar muallifi yozuvchi Komil Sindorovning yangi, «Qabohat girdobi» nomli asari taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taqdimotda ustozlar va oʻquvchi-yoshlar qatnashib, muallif bilan yaqindan tanishishdi.


📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

10 Jan, 05:07


Tarixda bugun

1905-yil 10-yanvarda yozuvchi, shoir, tarjimon, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavallud topgan.

Ayni damda sotuvda mavjud kitoblari
📘Oybek, “Quyosh qoraymas”
📔Oybek, “Bolalik xotiralarim”
📔Oybek, “Oltin vodiydan shabadalar”
📘Oybek, “Navoiy”

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

03 Jan, 05:20


Ishq majoziy esa, oftobi bo’lmas, Kul bosgan olovning hech tobi bo’lmas, Chin oshiqning esa kecha-yu kunduz Oy-u yillar ko’zda dam-xobi bo’lmas.

📘Umar Hayyom “Ishqing tuproq qilgay” 16.000 soʻm

📘Shams Tabriziy “Ishqning 41 qoidasi” 36.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚚

📞 +998972715525

📚 @bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

30 Dec, 05:36


😊 Bolajonlar uchun tatil tuxfasi!

Qishki tatilda farzandingizni olimlar izidan borishga, ular bilan yaqindan tanishishga oʻz hissangizni qoʻshing!

«Albert Eynshteyn»
«Lenardo da Vinchi»
«Nikola Tesla»
«Ada Loveleys»
«Isaak Nyuton»

Nashriyot: Yoshlar matbuoti
Kitob narxi: 8 000 soʻm

Toʻplam: 40 000 soʻm
Chegirmada: 32 000 soʻm


🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚 @bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

27 Dec, 06:28


🌙Juma kun tavsiyasi!

«Ey iymon keltirganlar»

Videoda Husayn Buhoriyning oʻqigan she’rlaridan foydalanildi.

Kitob narxi: 38 000 - chegirmada 30.400 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚚

📞 +998972715525

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

26 Dec, 04:25


🔥Qayta nashr🔥

Oʻzbek detektiv adabiyoti ishqibozlarining koʻnglidan joy olgan Komil Sindarov “Tergovchi” ruknining ikki mashhur asari yumshoq muqovada qayta nashr etildi!

«Amirlikning oltin taxti izidan»
«Bir asrlik omonat»


👤Muallifi: Komil Sindarov
📘Muqovasi: Yumshoq
💰Narxi: Har bir kitob narxi: 29.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚚

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

24 Dec, 07:04


😊 Bolajonlar uchun qishning qaynoq premyera!

📙
«Yovvoyi tabiat chaqirig'i»

Ushbu asar adibning mashhur asarlaridan biri bo'lib, unda Bak ismli itning uydan o'g'irlab ketilishi va Alyaskaga chana iti sifatida sotib yuborilishi haqida hikoya qilinadi. Bak og'ir muhitda tobora ibtidoiy va yovvoyi boʻlib boradi, u yerda omon qolish va boshqa itlarga boshchilik qilish uchun kurashishga majbur bo'ladi.

Asosan maktab yoshidagi o'quvchilarga mo'ljallangan ushbu seriyali kitoblarimiz orqali jahon adabiyotining nodir asarlarini siz kitobxonlarga yetkazmoq niyatidamiz. Mutolaa zavqi barchangizga hamroh bo'lsin.

👤 Muallifi: Jek London
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 14.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

20 Dec, 06:02


CHE-GIR-MA!🥳

🎄Yilning yakuniy chegirmasiga marhamat! 2025-yilga kitob gʻamlab oling.

«Yangi asr avlodi» va «Yoshlar matbuoti» nashriyotlari kitoblariga -20% chegirma e’lon qilamiz!

chegirma 20–31-dekabr kunlari amal qiladi 🥰

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

@bookuz_live - sizga eng yaxshisini ilinamiz 😇

BOOK.UZ LIVE

19 Dec, 04:38


#Qayta_nashr 🥳

Tolstoy sakson yoshlar atrofida qariyb bir necha o‘n yillardan beri jurʼat qilolmayotgan ishga jazm qildi: islom dini va uning payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) hayotini o‘rgandi. Mazkur to‘plamda aynan o‘sha izlanishlar samarasi bo‘lgan “Hazrati Muhammad (s.a.v.) o‘gitlari” va “Iqrornoma”asari qayta nashr etildi

Narxi: 32.000

O‘zbek kitobxonlariga bir nechta asarlari bilan eʼtiborga tushgan va har bir kitobi sevib o‘qiladigan turk yozuvchisi Ahmad Lutfi Qozonchining “Soʻnggi toʻfon” va “Oʻgay ona” asari qayta nashr etildi.

Narxi: 22.000

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

17 Dec, 04:09


Bugun 17-dekabr

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbek adabiyotida oʻchmas iz qoldirgan yozuvchi Xudoyberdi Toʻxtaboyev tavallud topgan kun.

Siz adibning qaysi asarlarini mutolaa qilgansiz?

📚@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

16 Dec, 04:31


📔 "Anna Karenina" 1,2

Badiiy adabiyotda muhabbat mavzusida yozilgan asarlar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularning hech birida taqdirlar, qismatlar, fojialar, o‘ylar, qarashlar bir-birini takrorlamaydi. Navoiyning Laylisi-yu Majnuni, Shekspirning Otellosi-yu Dezdemonasi, Knut Gamsunning Edvardasi, Chingiz Aytmatovning Jamilasi. Lev Tolstoyning Anna Kareninasi ham haqli ravishda mana shunday asar qahramonlari safida turadiki, adib ijodiga oshno bo‘lgan har bir kitobxon buni yaxshi anglaydi.

Adabiyotdan panoh istagan, adabiyotni maʼnaviy kamoloti uchun zarur deb bilgan kitob ixlosmandlari eʼtiboriga qariyb qirq yillik tanaffusdan so‘ng havola etilayotgan daho ijodkorning beqiyos asari - "Anna Karenina" Sizga yana yangi dunyolarni ochishga shay.


👤 Muallif: Lev Tolstoy
📕 Muqova: Qattiq
💰 Narxi: Har bir kitob 43.000 soʻmdan

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

14 Dec, 06:45


#YANGILIK🔥

📕Frankenshteyn” dunyo tarixidagi ilk imiy-fantastik roman

«Frankenshteyn» ilmiy fantastik janrda yozilgan bo'lib, dunyoga mashhur hamda mohiyati nihoyatda teran klassik durdona asardir.
Yozilganiga ikki asrdan oshgan bo'lsa ham kitobxonlar tomonidan sevib o'qilmoqda. Asarda falsafiy, ilmiy, ma'rifiy, axloqiy tushunchalar va murakkab personajlar orqali inson tabiatining sir-sinoatlari yoritiladi. Asar ko'p jihatdan o'quvchini hayot qiyinchiliklari va tashvishlari bilan tanishtiradi, qaysidir ma'noda ruhan tayyorlaydi. Asosiy qahramon bilan birma-bir turli voqealarni boshdan kechirar ekan, uning do'stiga, hamrohiga aylanib qolganini o'zi ham bilmay qoladi; qahramonning shodligida u bilan birga kuladi, g'amli onlarida u bilan birga yig'laydi.
Kitobxon bunda mas'uliyat tushunchasini kengroq anglay boshlaydi.

👤Muallifi: Meri Shelli
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 49.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

12 Dec, 08:40


#tarixda_bugun

12- dekabr XX asr qirg‘iz adabiyotining eng iste’dodli va jahonga tanilgan yirik namoyondalaridan biri Chingiz Aytmatov tavallud topgan kun.

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

07 Dec, 04:30


🔥YANGILIK🔥

📘” Nafs tarbiyasidagi choralar”

Sulamiy hazratlari ba’zi asarlarida nafsga, aniqrogʻi insonning ma’naviy tarbiyasi va ruhiy kamoloti bilan bogʻliq fikrlarga toʻxtalgan boʻlsa, bu kitob ularning qisqacha mazmuni, ya’ni qaymogʻini taqdim etadi.
Shuningdek, bunday ma’lumotlarni muallifning boshqa kitoblari va taniqli olimlarning asarlaridan olingan iqtiboslar bilan kengaytirish maqsadga muvofiq deb bildik.

👤Muallifi: Abu Abdurahmon Sulamiy
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 35.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

06 Dec, 07:33


2024-yil yakuniga ham sanoqli kunlar qoldi😊
Hurmatli kitobxon bu yil sevib oʻqigan va qalbingizdan joy olgan kitoblar sizda qanday taassurot qoldirdi? Fikr va mulohazalaringizni boshqa kitobxon doʻstlaringiz bilan boʻlishing📝

BOOK.UZ LIVE

06 Dec, 04:19


📙 «Boburshoh va Napoleon»

Omad buyuk insonlar ortidan ergashadi

Zahiriddin Muhammad Bobur – Temuriy shahzoda, Boburiylar dinastiyasi va imperiyasining asoschisi hisoblanadi. Napoleon Bonapart esa g‘arb imperatori, fransuz sarkardasi, oxiri dahshat bilan yakunlangan taqdir egasi. Xo‘sh, bu ikki shaxs o‘rtasida nima o‘xshashlik bor? Avvalo, ular ikki zamonning farzandlari ikkisi o‘rtasida katta vaqt oqimi mavjud. Bundan tashqari, ulardan biri Sharq, boshqasi G‘arb hukmdori. Ularning taxtga kelishlari, toj va shaʼn janglariga kirishi, zafar va mag‘lubiyatlari boshqa-boshqa. Ammo baribir ularning o‘xshash jihatlari ko‘p. Bu borada muallifning ikki sarkarda hayotini o‘zaro qiyoslangan ushbu tarixiy essesida tanishasiz.

👤Muallif: Rustamjon Ummatov
📘Muqovasi: Qattiq
💰Narxi: 49.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

04 Dec, 04:30


“Yangi asr kutubxonasi” ruknida navbatdagi premyera

🔥 PREMYERA | SOTUVDA

🏅 Nobel mukofoti sovrindori, nemis adibi Hermann Hessening mashhur asari 📙Nyurnbergga sayohat” safarnomasi, qissa va hikoyalar to’plami ilk bor kitob shaklida nashr etilmoqda.

Fikr mulohaza qilmasdan o'qish - xushmanzara tabiat qo'ynida ko'zni bog'lab yurmoq demakdir.


👤 Muallifi: Hermann Hesse
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 38.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

03 Dec, 05:00


“Yangi asr kutubxonasi” ruknida navbatdagi premyera

📙 «Maktub»

Ushbu to'plamiga «Maktub» hamda «Portobello jodugari» asarlari kiritilgan.

«Maktub» dunyoning ko'plab hikmatli so'zlarini hamda umumbashariyat uchun bebaho xazina bo'lmish o'gitlarini o'zida jamlagan asar. Uni o'qish jarayonida kitobxon har qanday murakkabliklarga oson yo'l bilan yechim topish sirlarini o'rganib boradi.

«Portobello jodugari» asarini o'qir ekansiz garchi ota-onasidan yiroqda katta bo'lgan bo'lsa-da, bir farzand uchun haqiqiy ota-ona nima qilishi lozim bo'lsa, loʻli qiz - Shirinni boqib olgan oila ham unga keragidan ortiq mehr ko'rsatganining guvohi bo'lasiz. Ulg'aygach, Shirinning asli nasliga qanchalik ta'sir qildi? Mutolaa davomida oʻquvchi juda koʻp savollar qurshovida qoladi, javoblar ortidan yana javoblar kelib chiqadi.

👤 Muallifi: Paulo Koelo
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 42.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

02 Dec, 05:27


PREMYERA! 🔥

«Ego – dushmaning» (Ego Is the Enemy)

Kitob insoniyatning eng katta dushmani – o‘z egosini qanday yengish kerakligi haqida. Qanday qilib tog' misoli tuzilgan erishib bo'lmas maqsadlar va o‘zimizga ortiqcha bino qo'yib yuborish kabi «ehtiyojlarimizdan» qachon voz kechib, chinakam muvaffaqiyat va baxtga erishamiz?

Bu kitob kamolot sari intilayotgan har bir kishiga, ayniqsa, muvaffaqiyat yo‘lidagi g'ov – EGOning ta’sirini bartaraf etishga yordam beradi.

Agarda siz shon-shuhratga nisbatan chanqoqlik yoki atrofdagi tanqidlarga chidamsiz bo'lsangiz, bu kitob o'zingizga tashqaridan nazar solish va muvaffaqiyat sari to‘g‘ri qadam tashlashga ko‘maklashadi.

«Ego – dushmaning» asari USA Today, Publishers Weekly va boshqa bir qator bestsellerlar ro‘yxatiga kirgan, shuningdek dunyoning turli tillarga tarjima qilingan.


👤 Muallifi: Rayan Holidey
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 42.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

30 Nov, 05:00


📔 "To'xtating samalyotni tushib qolaman"

Qissa sovet tuzumining so‘nggi yillarida yozilgan bo‘lib, unda yuksak mahorat bilan bu tuzumning turli-tuman nuqsonlari ochib berilgan. Qissa jiddiy masalalarga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, hazil-mutoyibaga, yumorga, kinoya va pichinglarga juda boy. «Gap kelganda otangni ham ayama» deganlaridek, muallif qissaning biron o‘rnida soxta pafosga berilmaydi, quruq va puch tasvirdan, balandparvoz gaplardan qochadi. Bu esa qissaga o‘ziga xos rang va joziba bag‘ishlaydi va maroqli o‘qiladi.

👤 Muallif: Efraim Sevela
📘 Muqova: Qattiq
💰Narxi: 28.000 so'm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚌

📞+998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

27 Nov, 04:58


📙"Jinoyat va jazo“

"Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik – illat. Birinchisida inson tug‘ma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yo‘qchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi», asardagi personajlaridan biri bosh qahramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi.

Asar 1866 yilda yozilgan. Ammo inson kechinmalarining eski va yangisi bo‘lmaganidek, roman qadri ham eskirmagan.


👤 Muallif: Fyodor Dostoyevskiy
📘 Muqova: Qattiq
💰 Narxi: 40.000 so'm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚌

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

26 Nov, 05:20


📕 «Jaloliddin Rumiy»

O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.


📝 Radiy Fish qalamiga mansub bu tarixiy-biografik roman bashariyat shoiri deb dong taratgan Mavlono Rumiyning bolalik chog‘laridan to umrining oxirgi pallasigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

✔️ "Siz uni qayta o‘qiysiz, yana va yana. Bu kitobni uch bor o‘qidim, besh bor o‘qidim, o‘n bor o‘qidim, deganlarga guvohmiz... Buning sababi bor. Bu kitob, ustoz Gʻaybulla as-Salom iborasi bilan aytganda, tarjima asari bo‘lsa hamki, biz uchun milliy roman. Millatimizning hayotiy mezonlari, ma’naviy ildizlari haqida so‘zlaydi. Uni o‘qirkan, buyuk ajdodlarimizning nuroniy siymolari ila yuzlashamiz".

👤 Muallif: Radiy Fish
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 35.000 so’m

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

25 Nov, 04:30


📗 "Yashil kecha"

Turk adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo‘lgan Rashod Nuri Guntekin nomi o‘zbek kitobxonlariga juda yaxshi tanish. “Choliqushi”, "Otash kechasi", "To‘kilgan yaproqlar", "Xotin dushmani", “Iztirob”, "Muhabbat simfoniyasi" kabi asarlar orqali Guntekinni qayta va qayta mutolaa qilganmiz.

✍️ Yozuvchi va dramaturg Rashod Nuri Guntekinning 1928 yilda yozilgan romani. Roman o'zining dindor musulmon otasi tomonidan madrasaga yuborilgan Shahin bola haqida. "Yashil kecha"da yozuvchi birinchi marotaba Turkiyaning yangi odami, ijobiy qahramon - respublikachi obraziga murojaat qiladi, negaki muallif mamlakat kelajagi uning qo‘lida ekaniga va yangi avlodning taʼlim va tarbiyasiga bog‘liqligini tushuntiradi.

👤 Muallifi: Rashod Nuri Guntekin
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 28.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

23 Nov, 05:34


📓 "Qo'rqinchli Tehron"

Bu shunday muhitki, axloqsizlik to‘g‘risida xotinlarning bir so‘z aytishga haqlari yo‘q. Bu shunday erki, erlar xotinlari bilan istaganlaricha muomala qilishga haqlari bor. Bu shunday makonki erlar o‘z xotinlari bilan yashamoq uchun lozim bo‘lgan bir vosita kabi muomala qiladilar va istagan vaqtlarida uni rad qilmoqlari va
almashtirmoqlari mumkin. Bu shunday mamlakatki, erkak xotinning har qanday nuqsonini ayta oladi. Lekin, xotin erning hech bir aybini ochishga haq yo‘q.

📌 Eronlik mashhur yozuvchi Mushfiq Kozimiyning ushbu asari dunyo adabiyoti durdonalaridan biri hisoblanadi. Asar ikki kitobdan iborat bo'lib, undagi voqealar bir-biriga uzviy bog'liq hisoblanadi.

👤 Muallif: Mushfiq Kozimiy
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 35.000 so'm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚌

📞 +99897 271 55 25

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

22 Nov, 04:29


📙 «Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadilar»

Mazkur kitobda farzand tarbiyasi, kamolga yetishida ota-onalar va bolalar duch keladigan subyektiv, obyektiv, ijtimoiy muammolar, ularni bartaraf etish usullari, yechimga olib boruvchi omillarga doir tadqiqotlar keng yoritilgan. Bu sohada yaratilgan tizim va dasturlarga mufassal o’rin berilgan.

Asarda bolalarning fe’l – atvorlari tasniflangan; go’daklarni qamrab turgan oilaviy – ijtimoiy muhit, zamon va makondagi o’zgarishlar, sport va oziqlanish taom turlari, uyqu davomiyligining ahamiyati va shularga o’xshash ko’plab omillarning bolalar muvaffaqiyatiga ta’siri tizimga solib o’rganilgan.

👤 Muallif: Mo’min Sekman & Dr. Bahar Erish
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 1-kitob 45.000 so’m
2-kitob35.000 so’m

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚌

📞 +998972715525

booku_live

BOOK.UZ LIVE

21 Nov, 04:40


📙 Ibrohim G'afurov "Asarlar to'plami" 8 kitobdan iborat😇

"JOZIBA"
" MANGU LATOFAT"
" YURAK ALANGA"
" DIL ERKINLIGI"
" HAYO XALOSKOR"
" OLTIN QOZIQ"
" SHE'RIYAT- IZLANISH DEMAK"
" PARIVASHLAR MAJLISI"


👤 Muallif: Ibrohim G'afurov
📘 Muqova: Qattiq
💰 Narxi: 600.000 so'm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚌

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

19 Nov, 04:30


📕 «Turkiston Rossiya va Xitoy oralig‘ida»

Ona Vatanimiz — bir butun ulug‘ Turkistonimiz tarixi, jumladan, O‘zbekistonimiz haqidagi mazkur asar yurtimizda bitilgan emas.

Olmoniyada yashab, samarali ijod etgan, butun umrini el-yurt ozodligi yo‘lida fido qilgan vatandoshimiz Boymirza Hayitning eng yirik asarlaridan bo‘lmish «Turkiston Rossiya va Xitoy oralig‘ida» kitobini o‘qib, tarixiy haqiqatga sadoqat, ilmiy xolislik, Ona Yurtga buyuk muhabbatning shohidi bo‘lamiz.

Kitob o'quvchilar, talabalar, Vatani sevgan keksayu yosh qalblar uchun zarur qo'llanma hamdir.

👤Muallif: Boymirza Hayit
📘Muqovasi: Qattiq
💰Narxi: 69.000 so'm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

18 Nov, 04:30


📗 «Ona tili»

Ona tili fanidan murakkab mavzularni jadvalga shunday joyladikki, siz uni oson eslab qolasiz va yodlay olasiz. Ayniqsa, urgʻu, qo'shma gaplar, kishini ikkilantirib qoʻyadigan holatlarni alohida koʻrsatib oʻtdik. Qoʻllanmaning boshqalaridan farqi shuki, bu kitob eng soʻnggi darsliklarga asoslangan va keraksiz ma'lumotlar bilan o‘zingizni band qilmasligingizni ta'minlaydi.

📌 Kitob ma’ruza, zaruriy lugʻatlar, sodda tarzda yozilgan qo'shimcha ma'lumotlar bilan bilimingizni mustahkamlashda yordam beradi.

👤 Muallifi: Rustamjon Oʻrinov
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 25.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

16 Nov, 05:30


“Javdarzordagi xaloskor”

Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani 1945-1946 yillarda seriyali shaklda qisman nash qilingan, 1951 yili alohida kitob boʻlib chiqqan. Asar koʻplab tillarga oʻgirilgan.
Asarning bosh qahramoni Holden Kolfild oʻsmirlarning sarkashligi, isyoni timsoliga aylanishga ulgurgan. Roman, shuningdek, ma’sumlik, asillik, oʻzlik, yoʻqotish, daxldorlik, intim va tushkunlik kabi murakkab masalalarga ham tegib oʻtadi.

👤 Muallif: Jerom Selinjer
📕 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 49.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚌

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

15 Nov, 04:02


Abdulla Qodiriy asarlari toʻplami🔥

I Oʻtkan kunlar
II Mehrobdan chayon
III Diyori bakr
IV Obid ketmon
V Adibni xotirlab


📕 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: Toʻplam narxi 350.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚌

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

14 Nov, 04:34


Premyera 😍

«Aljabrning tug'ilishi»

Mazkur kitob tarixchi-yozuvchi Mirkarim Osimning eng mashhur ikki asaridan tarkib topgan. «Aljabrning tug'ilishi» va «Karvon yo'llarida» deb nomlangan har ikkala asar bugungi davr o'quvchisi o'qishi shart boʻlgan kitoblar sirasiga kiradi. Millatimizning buyuk dahosi bo'lmish al-Xorazmiy haqidagi afsona va rivoyatlarga asoslangan «Aljabrning tug'ilishi» qissasi o'quvchining ham tarixiy, ham ma'naviy bilimini boyitadi. Unda nafaqat buyuk olimning ilmiy faoliyati, balki davrga xos ijtimoiy va siyosiy voqealar, umuminsoniy fazilatlar, tuyg'ular o'rtasidagi qarama-qarshiliklar jonli va rangli tasvirlarda ifodalanadi. Feruz va Yoqutoy o'rtasidagi go'zal sevgi hamda ularning muhabbatiga raxna soluvchi qora kuchlar bilan o'quvchi asar mutolaasi davomida tanishadi.

👤 Muallif: Mirkarim Osim
📕 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 16.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚌

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

13 Nov, 04:04


🔥 Premyera | Sotuvda! 🔥

📗 «Mavlono»

Mavlono hayoti voqealari asosiga qurilgan bu roman ilk satrlaridanoq o‘quvchini shunchalar maftun etib qo‘yadiki... Beixtiyor savol tug‘iladi: nimasi bilan bunchalar qiziq bu zoti sharifning hayoti?
Bunda bir ishq bor, ishqdan yuqori. «Ilm ishqqa yo‘g‘rilgan on yo‘llar qisqaradi», deydi Mavlono.

Men tog‘manu har giyoh sendin,
Men suratu andagi siyoh sendin.
Mendin keladir dema bu so‘zlar aslo,
Qulf ochsa, kalitdin chiqar oh sendin.

Bul ishqni yolg‘iz aql bilan anglab bo‘lmaydi. «Kitob o‘qishdan oldin o‘zimizni o‘qishni o‘rganaylik», deganda Rumiy hazratlari shuni nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas.

👤 Muallif: Okay Tiryakio’g’li
📕 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 38.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚌

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

12 Nov, 04:33


🔥 Premyera | Sotuvda 🔥

«Daholar qanday ulg’ayadi?»

Farzand dunyoga kelgach, uni komil inson qilib tarbiyalash har bir ota-onaning vazifasidir. Aksariyat ota-onalar bolalarining tarbiyasini muhitga va jamiyatga havola qilib qo‘yishadi. Aslida farzand tarbiyasi nafaqat uning, balki jamiyatning kelajagini ham belgilab beradi.

Muallif ushbu kitobida tarbiyani farzand tug‘ilmasidan ona kornida homila paydo bo‘lganidayoq boshlash, bolani qo‘llab-quvvatlashlar, rag‘batlar qurshovida ulg‘aytirish uning kelajakda muvaffaqiyatli inson bo‘lib yetishishida asosiy omil ekanini tadkikot xulosalari orqali ko‘rsatib beradi. Shuningdek, bola tarbiyasida bosqichma-bosqich qo‘llanilishi kerak bo‘lgan mashg‘ulotlar haqida maʼlumotlar keltiradi.

👤 Muallif: Erdinch Gullu
📕 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 39.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚌

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

11 Nov, 04:05


BOOK.UZ'da 11.11 chegirmasi!

• 20% chegirma — «Yangi asr avlodi» va «Yoshlar matbuoti» nashriyoti kitoblariga.

• 11% chegirma — Boshqa nashriyotlar kitoblariga.

Muddat: 11–12-13-noyabr kunlari


🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚌

📞 +998972715525

📚 @bookuz_live sizga eng yaxshilarini ilinamiz🥰

BOOK.UZ LIVE

09 Nov, 05:30


🔥 Premyera | Sotuvda 🔥

«Tarjimayi hol»

Tarixda yozilgan avtobiografiyaning eng mashhur va ta'sirli namunalaridan biri.

Benjamin Franklin Amerika tarixidagi eng muhim shaxslardan biri ekanligiga shubha yo'q. Uning yuksak tadbirkorlik qobiliyati, ixtirochi sifatidagi zukkoligi, diplomatiya sohasidagi muvaffaqiyatlari va Amerikani shakllantirishdagi roli dunyo xalqlari tarixiga o'ziga xos ta'sir o'tkazganligi bilan ajralib turadi.

Franklin ushbu asarida oddiy bostonlikdan, o'z ta'biri bilan aytganda, tug'ilgan va tarbiyalangan qashshoqlik sharoiti-dan moliyaviy va ma'naviy farovonlikka borish yo'lida chiqargan saboqlarini goh hazil-mutoyiba, goh achchiq nadomatlar bilan hikoya qiladi.

👤 Muallif: Benjamin Franklin
📕 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 49.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚌

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

08 Nov, 12:41


🔥 Qayta nashr | SOTUVDA! 🔥

Dostoyevskiy «Aka-uka Karamazovlar» asarida insonning ichki kurashlari va hayotdagi ma'nolarni izlash jarayonini o'ziga xos tarzda tasvirlaydi. Uch aka-uka – Alyosha, Dmitriy va Ivan – har biri o'zining individual qarashlari, g'oyalar va hayotga qarashlari orqali insonning axloqiy dilemmasini yoritadi. Bu asar, o'quvchiga nafaqat falsafiy savollarni beradi, balki insoniyatning eng chuqur tuyg'ularini ham ochib beradi

👤 Muallif: Fyodor Dostoyevskiy
📘 Muqova: Qattiq
💰 Narxi: To'plam 130.000 so'm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

08 Nov, 05:34


Deyl Karnegi amerikalik pedagog, yozuvchi, psixolog va motivator. Shaxsiy rivojlanish, samarali muloqot qobiliyatlari, nutq va boshqa bo'yicha kurslar tashkil etgan. Muallifning quyidagi kitoblarini tavsiya qilamiz 👇

📙 "Do'st orttirish va odamlarga ta'sir o'tkazish" 17.000 so'm
📙 "O'z-o'ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so'zlash san'ati 17.000 so'm
📙 "Bezovtalikdan xalos bo'lish va yangi hayot boshlash sirlari" 17.000 so'm
📙 "Mansab pillapoyalaridan qanday ko'tarilish mumkin" 17.000 so'm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚌

📞 +998972715525

@bookuz_live — sizga eng yaxshisini ilinamiz 🥰

BOOK.UZ LIVE

07 Nov, 05:00


📙 «Urush va tinchlik» I
📙 «Urush va tinchlik» II


Xalq ongidagi uyg‘onishga bo‘lgan daʼvat, muhabbat va iztirob bugungi kun, bugungi zamon kishisiga ham birday taalluqli boʻlgan asar


Roman-epopeya janrining eng shoh asarlaridan bo‘lmish mazkur mashhur «Urush va tinchlik» romani ko‘lami jihatidan dunyo adabiyoti ixlosmandlari tomonidan yuksak eʼtiroflarga sazovor bo‘lgan.

...Turli tabaqalarni dushmanga qarshi kurash vositasida birlashtirgan, ayni paytda esa rus xalqining maishiy hayoti va ularning dunyoqarashini to‘la-to‘kis ifodalagan «Urush va tinchlik» asarining dunyoga kelishi o‘z davri uchun katta voqea bo‘lgandi.

Bu kitob faqat urush yoxud tinchlik haqida emas. Unda mavzular qamrovi - odamlar qismati, ularning taqdiri, o‘ylari, qarashlari va ayni paytda bo‘layotgan jarayonga munosabati haqida.

👤 Muallif: Lev Tolstoy
📕 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: Har bir kitob 48.000 so'mdan

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud🚌

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

06 Nov, 05:45


📘 «Graf Monte Kristo I»
📕 «Graf Monte Kristo II»

📌 Bu kitob - ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand "Graf Monte Kristo" yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsada, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq, o‘zgacha inson bo‘lib yetishadi.
Edmon Dantes - Monte Kristo razolat botqog‘iga botgan insonlarni zo‘r matonat, aql-idrok bilan fosh etadi. Xudoning irodasi bilan inson tirikligidayoq uni benasib qoldirmasligi roman nihoyasida aksini topadi. Faqat buning uchun...

👤 Muallif: Aleksandr Dyuma
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 35.000 so’mdan

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud


📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

02 Nov, 05:23


📘 «Ishonch telefoni» ☎️

✍️Yozuvchi Xayriddin Sultonning mazkur kitobidan o'rin olgan «Ishonch telefoni» qissasida hayotda chindan ham yuz bergan, muallif bevosita guvohi bo'lgan voqea-hodisalar, yon- atrofimizda yashayotgan, tarixi va taqdiri bir-biriga o'xshamaydigan turli insonlarning xarakterlari, ruhiy kechinmalari, dard-u armonlari oʻziga xos shartli shaklda ifoda topgan.

👤Muallif: Xayriddin Sulton
📘Muqovasi: Yumshoq
💰Narxi: 18.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

📚 @bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

26 Oct, 05:00


🔥Sotuvda!

📔 ”Toʻrtkoʻcha”

Jamiyat hayoti birgina shaxs taqdirida aks ettirilgan ushbu roman qariyb 20 yil davomida yozildi. Muallif mazkur asarida bundan avvalgi – «Muvozanat» da aytolmay qolgan dardlarini qog‘ozga to‘kdi. Demak, «Muvozanat»ning mantiqiy davomi bo‘lgan, o‘quvchini ulg‘aytiradigan asarni kutib oling!

👤Muallif: Ulugʻbek Hamdam
📘Muqovasi: Qattiq
💰Narxi: 60.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

25 Oct, 04:30


📕”Amerika orzusi yoki AQSH viza turlari”

Kitob AQSHga borishda asqatadigan turli vizalar haqida ma'lumotlardan iborat bo'lib, har birida maqsadingizga erishish yo’llari asoslangan, faktlar, hayotiy voqealar, tajribalar keltirilgan.
Kitobni diqqat bilan o'qing, o'rganing, tahlil qiling. Muallifning maqsadi - sizga har xil firibgarlikka uchramaslik hamda maqbul yo'l orqali harakat qilish borasida tavsiya berishdan iborat.

👤Muallif: Nafisa Nasimova
📘Muqovasi: Qattiq
💰Narxi: 75.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

24 Oct, 05:49


🔥 Qayta nashr

Zamonaviy o‘zbek adabiyotida muhim oʻrin egallagan Ulugʻbek Hamdamning birinchi bo‘lib 2003 - yilda nashr etilgan kitobxonlar koʻnglidan joy olib kelayotgan «Muvozanat» asari yangi dizaynda qayta nashr etildi.

Mana necha qayta nashr etilsa ham, baribir talabgirligini yo‘qotmay, sevib o‘qilyapti. O‘z muvozanatini izlayotgan qahramon haqidagi bu roman sizni qiziqtirishi aniq.

👤Muallif: Ulugʻbek Hamdam
📘Muqovasi: Qattiq
💰Narxi: 50.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

23 Oct, 04:30


🔥 PREMYERA | SOTUVDA

«So’nggi (sh)oh»

Xiyonat yo‘qolgan ishonchning eng og‘riqli shaklidir, uni qayta tiklash butkul imkonsiz

• «So‘nggi (sh)oh» Muhammad Kozim Mazinoniyning mashhur tarixiy-badiiy romanidir. Asar O‘rta Sharq tarixiy voqealari va qahramonlari, shuningdek, shohlik davridagi fitnalar, hokimiyat uchun kurash hamda siyosiy hayot haqida hikoya qiladi.

• Adib insonning shohlikka bo‘lgan intilishi, taxt uchun kurashi va shaxsiy fojialarini tasvirlash ortidan har qanday toju taxt o‘tkinchiligini ko‘rsatishga intiladi. Roman o‘zining murakkab tuzilmasi, qiziqarli obrazlari va kuchli falsafiy g‘oyalari bilan boshqa shu turdagi kitoblardan alohida ajralib turadi.

👤Muallif: Muhammad Kozim Mazinoniy
📘Muqovasi: Qattiq
💰Narxi: 36.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

22 Oct, 04:16


🔥 Premyera | Sotuvda 🔥

📙 «Boburshoh va Napoleon»

Omad buyuk insonlar ortidan ergashadi

Zahiriddin Muhammad Bobur – Temuriy shahzoda, Boburiylar dinastiyasi va imperiyasining asoschisi hisoblanadi. Napoleon Bonapart esa g‘arb imperatori, fransuz sarkardasi, oxiri dahshat bilan yakunlangan taqdir egasi. Xo‘sh, bu ikki shaxs o‘rtasida nima o‘xshashlik bor? Avvalo, ular ikki zamonning farzandlari ikkisi o‘rtasida katta vaqt oqimi mavjud. Bundan tashqari, ulardan biri Sharq, boshqasi G‘arb hukmdori. Ularning taxtga kelishlari, toj va shaʼn janglariga kirishi, zafar va mag‘lubiyatlari boshqa-boshqa. Ammo baribir ularning o‘xshash jihatlari ko‘p. Bu borada muallifning ikki sarkarda hayotini o‘zaro qiyoslangan ushbu tarixiy essesida tanishasiz.

👤Muallif: Rustamjon Ummatov
📘Muqovasi: Qattiq
💰Narxi: 49.000 soʻm

🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

21 Oct, 04:00


🥳 Bizda bayram chegirmasi!

Book.uz kitoblar do’koni 6 yoshga to’lganligi munosabati bilan 21-27-oktyabr kunlari “Yangi asr avlodi” va “Yoshlar matbuoti” nashriyotining barcha kitoblariga 20% chegirma eʼlon qiladi!


🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

@bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

18 Oct, 04:28


😍 Premyera | Sotuvda

Ingliz adabiyotining klassik asarlari ixchamlashtirilgan holatda, o'zbek va ingliz tillarida!

📚 Har bir kitob narxi: 14.000 so’m

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

@bookuz_live ilm sari birgalikda🥰

BOOK.UZ LIVE

16 Oct, 05:10


📙 «Marjon shodasi» hikoyalar toʻplami

Gi de Mopassan fransuz novellachiligini yuqori pog'onalarga ko'tarilishiga zamin yaratgan yozuvchilardan biridir. Mamlakatning ko'zga ko'ringan tanqidchilari uning ijodi borasida yakdil fikrda edilar. Emil Zolyaning e'tiroficha, u hissiyotlarni noziklik ila jo'sh urdirdi, muloyim mutoyiba va quvlik bilmas surur vositasida omma e'tibori va hurmatini qozondi. Jorj Lemetr Mopassanni klassik yozuvchi deb atadi.

Mopassan qisqa umri davomida sof muhabbatni kuyladi, ma'naviy yuksak oddiy kishilarni qadrlab, vatanparvar va jasoratli insonlarni tarannum etdi. E'tiboringizga havola etilayotgan ushbu to'plamdan turmush qa'riga uloqtirilgan notavonlar hayoti, oddiy kishilar qismati yuksak mahorat bilan tasvirlangan hikoyalar o'rin olgan.


👤 Muallif: Gi De Mopassan
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 28.000 soʻm

🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚌

📞 +998972715525

http://t.me/bookuz_live

BOOK.UZ LIVE

14 Oct, 04:52


Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek


📘“Navoiy” 23.000 soʻm
📙“Quyosh qoraymas” 19.000 soʻm
📘“Bolalik xotiralarim” 18.000 soʻm
📕“Oltin vodiydan shabadalar” 30.000 soʻm



🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud 🚚

📞 +998972715525

@bookuz_live