Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz! @urfonklubi Channel on Telegram

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

@urfonklubi


“Urfon” intellektual klubining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Klub faoliyatini qo‘llab-quvvatlash: https://www.tirikchilik.uz/urfon

Murojaat uchun: @urfon_ik_bot

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz! (Uzbek)

Urfon intellektual klubi telegramdagi rasmiy sahifasi U0001F4D2. Bu yerda ilmiy maqolalar, ta'limiy videolar va boshqa intellektual tajriba bo'yicha ko'rsatmalar joylashgan. Agar siz o'zgacha bilim va ko'nikmalarizni o'stirishni xohlaysiz, 'Urfon intellektual klubi' muhokamasi siz uchun juda qiziq bo'ladi. Bu yerda ko'p o'rganish, fikr almashish, va yangi fikrlar bilan tanishish imkoniyatlariga ega bo'lasiz.

'Urfon' klubi faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun quyidagi havolaga murojaat qiling: https://www.tirikchilik.uz/urfon

Savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, @urfon_ik_bot bilan bog'laning va klub a'zolari bilan aloqada bo'ling. Ilm ulashamiz! 🌟

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

23 Nov, 17:32


E'lon

Tez kunda Urfon intellektual klubida navbatdagi "Do‘stlik marafoni" bo‘lib o‘tadi.

Marafonda qatnashish shartlari:

Turnirda o‘z savollari bilan ishtirok etmoqchi bo‘lgan jamoalar 12tadan savol tayyorlashi kerak bo‘ladi.
Turnirda savollar sifatiga alohida e'tibor berishingizni so‘rab qolamiz, sababi turnirimiz o‘zaro bilim almashish va do‘stlik maqomida.

Turnirda o‘z savoli bilan qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar @Ozodbek_Rajabboyev telegram manziliga xabar bering.

Savol tuzmasdan turnirda qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar uchun joy sig‘imidan kelib chiqib alohida e'lon beriladi.

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

23 Nov, 13:50


⚡️⚡️💣

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

23 Nov, 08:19


1228. Ma'lumotlarga ko‘ra, U tufayli shimolda quyonlar qirilib ketish xavfi ostida qolgan, Alyaskada esa U sababli transport muammolari koʻpaymoqda.
Savol: Uni ayting?

Javob: Global isish.
Izoh: Quyonlarning oppoq juni koʻrinib qolmoqda, Alyaskada esa muzlar erimoqda.
@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

23 Nov, 07:01


1227. Ketma-ket 5 marta jahon chempioni boʻlgan gimnast Yuriy Keki intervyularidan birida oʻzining eng yoqtirgan kitobi USHBU kitob ekanligini aytadi, bu esa diqqatga sazovor.
Savol: XX asr yarmida chop etilgan USHBU kitob muallifini yozib bering?

Javob: Jon Ronald Ruel Tolkin

Izoh: Halqalar bilan mashq qiluvchi gimnast "Uzuklar hukmdori" laqabini ham olgan.

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

22 Nov, 16:06


1226. Rasmiylar tomonidan rad etilgan versiyalardan birida Uning oʻrtasida daryoning ramzi boʻlgan sariq chiziq ham boʻlgan.
Savol: Uni 2 soʻzda ayting?

Javob: Xitoy bayrogʻi
Izoh: Sariq chiziq - Xuanxe (Sariq daryo) ramzi sifatida chizilgan.

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

22 Nov, 14:10


TDTU ligasi 5-turining onlayn jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

TDTU ligasi

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

22 Nov, 09:01


1225. Paleontologlar Janubiy Afrikada ishlashga qiynaladilar, chunki bu joylarda ibtidoiy odamlar qoldiqlarini “konservalovchi” Alfalar yoʻq.
Savol: Alfa nima ekanligini ayting?

Javob: Vulqon
Izoh: Vulqon kullari ko‘p narsani saqlab qoladi.

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

22 Nov, 06:45


1224. Diyen sintezi orqali olimlar koʻplab shifobaxsh dorilar olishgan, shuning uchun bu sintezni Alfaga oʻxshatishadi.
Savol: nomida Alfa qatnashgan asarni yozib bering?

Javob: Garri Potter va falsafa toshi

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

22 Nov, 06:38


1223. Ushbu uslub yordamida ishlarni taqsimlash gʻoyasini AQShni 1953-1961-yillarda boshqargan inson ilgari surgan. U AQSH tarixidagi eng samarali rahbarlardan biri hisoblanadi. “Menda ikki turdagi muammolar bor: shoshilinch va muhim. Shoshilinchlari muhim emas, lekin muhimlari har doim ham shoshilinch emas”, degan U.
Savol: uni ism-familiyasini ayting?

Javob: Duayt Eyzenxauer
Izoh: Duayt Eyzenxauer — AQShning 34-prezidenti. Eyzenxauer uslubini amerikalik maslahatchi Stiven Kovi tomonidan “Yuqori samarali odamlarning yettita koʻnikmasi” kitobi orqali ommalashtirilgan.
Manba: 
https://trends.rbc.ru/trends/education/60a519599a7947430a73ff6b

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

22 Nov, 04:21


1222. Amerikalik bir shoirni sheʼrida, Alfa birinchi tepaliklarni qizgʻish, sariq ranglarga boʻyaydi. Biroz vaqt oʻtib qoʻrqinchli jilmayadi. Savol: alfani ayting?

Javob: Oshqovoq
Izoh: Birinchi dalada oʻsadi, keyin Xellouin bayramida ishlatiladi.

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

22 Nov, 01:59


⚡️Zakovat "TDTU ligasi" kuzgi mavsumi 5-tur o‘yini bugun, 22-noyabr, juma kuni soat 17:30da bo‘lib o‘tadi.

📨Savollar soni: 24

Manzil: Zakovat klubi xonasi

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

21 Nov, 16:50


1221. Yarim asr avval donorlarning ayrimlari sogʻlom koʻrinsada, bemorga yashirin kasalliklarni yuqtirish ehtimoli yuqori boʻlgan. Bu jarayonni Nils Geran Larsson oʻsha davrning oʻziga xos Alfasi edi deb aytadi.
Savol: alfani bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda ayting?

Javob: Rus ruletkasi

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

21 Nov, 09:18


1220. Olimlar gʻorlarga chizilgan rasm avtorlarini jinsi va tahminiy yoshini Ular orqali aniqlashni yoʻlga qoʻyishibdi.
Savol: ular o‘rnidagi ikki so‘zni ayting?

Javob: Barmoq izlari.
Izoh: Paleodermatoglifika

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

21 Nov, 08:44


1219. Bir kompaniya mutaxassislari eng qoʻrqinchli filmlar roʻyxatini tuzishdi. Bu roʻyxat tanqidchilar baholari asosida emas, balki tomoshabin IKSI asosida tuzildi.
Savol: IKSni ikki so‘zda yozib bering?

Javob: yurak urishi

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

21 Nov, 05:55


1218. Karl II 1665-yilda London epidemiyasi vaqtida Oksfordga koʻchib oʻtadi. Karlning buyrugʻi bilan o‘sha yilda Angliyada birinchi alfa paydo boʻladi.
Savol: Alfani italyan tilidan kirib kelgan soʻz bilan ayting?

Javob: Gazeta.
Izoh: Londondagi voqealarni bilish uchun "The Oksford gazette"ni ochadi.

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

21 Nov, 05:30


1217. Ayrim krematoriyalar egalarining boyligi Alfalarning olinishi bilan izohlanadi.
Savol: alfalarni bir xil harfdan boshlanuvchi ikkita soʻzda ayting?

Javob: tilla tishlar

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

21 Nov, 04:03


1216. 1924-yilda Potsdamda rasadxona quriladi va uning hududida bir insonga atab yodgorlik oʻrnatiladi. Fashistlar hokimiyat tepasiga kelgach esa bu yodgorlik eritib yuboriladi, lekin rasadxona xodimlari uning oʻrniga tosh oʻrnatib qoʻyishadi.
Savol: ushbu yodgorlik kimga o‘rnatilgan?

Javob: Albert Eynshteyn.
Izoh: Eynshteyn familiyasi “bitta tosh” deb tarjima qilinadi.

@urfonklubi

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

20 Nov, 16:31


Ana

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

20 Nov, 14:26


⚡️Talabalar o‘rtasida intellektual olimpiada..

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

20 Nov, 09:42


1215. Yengil blits:

1. Aktyor Dueyn Jonson “The Rock” laqabiga ega. Hazil suratlarning birida, Dueyn Jonson og‘ir ALFAni qiynalmasdan ko‘tarib turganini ko‘rish mumkin.
Savol: ALFAni ayting?

2. Ozarbayjon xalqida BETTAni ochiq qoldirmaslik kerak, aks holda dushmaningni og‘zi ochiladi degan irim mavjud. Zamonaviy BETTAning ilk ko‘rinishlari Leonardo da Vinchi tomonidan yaratilgan.
Savol: BETTA nima?

3. Hazil suratlarning birida mashhur o‘yinni eslagan odamlar GAMMA yordamida meteoritdan himoyalanishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin.
Savol: GAMMAni unlilari bir xil bo‘lgan so‘zda yozib bering?

Blits javoblari:
1. Tosh
2. Qaychi
3. Qog‘oz
1-izoh: Rock so‘zi ingliz tilidan tosh deya tarjima qilinadi. Rasmda esa baquvvat aktyor og‘ir tosh bilan tasvirlangan.
2-izoh: Qaychi og‘zini ochiq qoldirmaslik haqidagi irim bizning yurtimizda ham uchraydi. Ozarbayjonda esa bu irimga yuqoridagi kabi izoh berilgan.
3-izoh: Tosh, qaychi, qog‘oz o‘yinida qog‘oz toshdan ustun. Shu sababli osmondan tushayotgan toshdan himoyalanish uchun qog‘ozdan foydalanishgan.

@urfonklubi