Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi @arabic_burhan Channel on Telegram

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

@arabic_burhan


jurnalist, muharrir, arab tili xodimining blogi:
- eng sara manbalar
- qimmatli maslahatlar
- doʻstona tavsiyalar
- va boshqalar...

*Blogdan iqtibos olinganda kanalimiz havolasi koʻrsatilishi shart! ©️

Arabic_Burhan (Arabic)

Arabic_Burhan هو قناة تلغرام مميزة مخصصة لمحبي الثقافة العربية واللغة العربية. يتميز هذا القناة بتقديم محتوى ثقافي وتعليمي عالي الجودة باللغة العربية، يهدف إلى تعزيز فهم الثقافة العربية وتعميق معرفة اللغة العربية بين المهتمين. تقدم القناة مقالات ونصوص هادفة تتناول مختلف جوانب الحياة العربية اليومية والتاريخ والأدب والفنون. بالإضافة إلى ذلك، توفر القناة دروساً ونصائح لتعلم اللغة العربية بشكل ممتع وفعال. إذا كنت ترغب في اكتساب معرفة ثقافية جديدة عن العالم العربي أو تحسين مهاراتك في اللغة العربية، فإن Arabic_Burhan هو المكان المناسب لك. انضم إلينا اليوم لتستمتع بتجربة ثقافية عربية فريدة ومثرية.

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

12 Feb, 19:10


#دورة_تدريبية

Bahs boylashaman...

Bugun tilshunoslik sohasida ilmiy ish yozish mahoratiga bagʻishlangan seminar yakuniga yetdi. Doktor Yahyo Al-Fifiy trening soʻnggi kunida barcha ishtirokchilardan bitta ilmiy mavzuni tanlab, oʻrgatilganidek taqdimot qilib berishni soʻradi...

Hammasi muvaffaqiyatli oʻtdi. Faqat doktor bilan "3L" jurnalining Web of science bazasida bor/yoʻqligi borasida bahs boylashib qoldik. Doktor yoʻq deydi, men bor deyman... Internetni titkilab Malayziyaning shu nomli jurnalini topib koʻrsatdim, amin boʻldi...

Endi biroz dam olgach, yangi seminar treninglar sari yuzlanaman. Oldinda – "Notiqlik sanʼati, nutq ustida ishlash yoʻllari".

Arab tilim oʻzi bir ahvol, uni notiqlik darajasiga olib chiqishning oʻzi boʻlmaydi ...😂

Muvaffaq, inshaalloh!

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

11 Feb, 18:49


#مهلبية

كن واقعيا، ولا خياليا...
Xayolparast emas, realist boʻl...

Kecha va bugun biroz tushkunlik sezdim oʻzimda. Qalb Vatan va oila sogʻinchiga, oshqozon esa oʻzbekona ovqatlarga mushtoq boʻlib qolgani bunga sababdir...😢

Ilmiy ish yozish mahoratiga bagʻishlangan seminar davom etmoqda. Ertaga soʻnggi kuni. Oʻzimni ilmiy ish yozishga noloyiq sezdim. Koʻp oʻqib-oʻrganish kerakligini angladim. Qirol Abdulaziz universiteti doktoranturasiga topshirib, nega oxirgi bosqichda rad javobi olganimni tushungandayman...

"Xayolparast eding, yetar, endi realist boʻl", dedim oʻzimga. Hamma narsani boricha qabul qil, oʻzingdan kimdir yasab olishni qoʻy... Sen hech kimsan...

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

09 Feb, 19:04


#دورة_تدريبية

Tilshunoslik sohasida dissertasiya

Ilmiy ish yozish oson emas, albatta. Qancha mehnat, qancha bilim, qancha fidoyilik kerak. Har qadamda oʻqib oʻrganish, izlanish kerak...

Bugun Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasining "Tilshunoslik sohasida ilmiy ish yozish"ga bagʻishlangan toʻrt kunlik (9-12-fevral) seminar-treningida oʻqishni boshladim.

Doktor Yahyo Al-Fifiy darslarni olib bormoqda. Ishtirokchilar Saudiya universitetlari doktorantlari.

Bugun birinchi kun edi. Metroda yetib bordim. Darslar kechki paytga qoʻyilgani menga juda qulay boʻldi. Axir kunning birinchi qismida ikki oylik boshqa dasturim ham bor-ku.😉

Ilmiy ishga mavzu tanlash, maqsad va vazifalarni belgilab olish kabi muhim qismlar ustida suhbatlashdik.

Doktor Yahyoning bakalavr, magistratura, doktoranturada nechtadan ham diplomi bor ekan. "Oʻxshash ekanmiz", deb qoʻydim ichimda.😄 Nima yolgʻonmi, mendayam diplomlar kam emas...😂

Xullas, qalamni charxlash vaqti keldi...

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

09 Feb, 18:49


#قطار_الرياض

Haydovchisiz poyezdlar

Riyozning bugungi kundagi eng katta, eng qimmat loyihalaridan biri, shubhasiz, metrosi. Ishga tushganiga bir oydan oshibdi. Haydovchisiz poyezdlar harakatlanmoqda.

Liniyalar (masor) ranglar bilan ajratilgan: sariq, pushti, koʻk, qizil, yashil, olovrang. Vagonlar ham toifalangan: birinchi klass, ayollar uchun, oilalar uchun, yakka shaxslar uchun.

Bugun peshindan keyin metroda aylandim. Hatto saudiyaliklarning oʻzi ham hali toʻliq moslashishmabdi. Adashib qolishyapti. Liniyalar tutashgan bekatlarda metro xodimlari "Koʻk tepaga, qizil pastga, sariq toʻgʻriga", deb jar solib turishibdi.

Uch kunlik yoʻl kartasini 30 riyolga sotib oldim. Chorshanbagacha yetadi inshaalloh. Keyin metroga xayr-ma'zur qilaman-da. Menga uch kunga kerak, xolos. Nimaga, deysizmi? Bu haqda keyinroq...

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

08 Feb, 18:38


#حديقة_الحيوانات_بالرياض

Grippga qarshi tekin emlash

Shanba ham oʻtdi. Bugun Riyoz hayvonot bogʻida boʻldim. Yovvoyi hayvonlar, qushlar, odamlar... Esda qolarli hech nima boʻlmadi men uchun. Hayvonlar Toshkentdagidek bu yerda ham zerikkan, xomush.

Yodda qolgani mavsumiy grippga qarshi emlash oldim. Tekinga! Saudiya Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoat joylarida shunaqa aksiyalar uyushtirib turar ekan. Bulvard sityda ham tekinga qand miqdorini aniqlash maqsadida analiz topshirish aksiyasini koʻrgandim. Lekin qatnashmagandim.

Bugun esa infulvanzaga qarshi liqoh oldim. Odam ajratishmadi: saudiyalik yoki chet ellik deb. Faqat pasport raqami, ism kifoya ekan. Zoʻr!

Menga bu tajriba yoqdi. Bizni SSV ham oʻrgansa arziydigan holat. Mavsumiy grippga qarshi bepul privka topa olmaymiz odatda.

Menga hamshir Solih ukol qildi. Universitetni yaqinda bitirib, Malik Fahd tibbiyot majmuasida ish boshlagan ekan.

Hech kim ogʻrimasin dunyoda, ayniqsa, Oʻzbekistonda...

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

07 Feb, 16:30


#صحافة_سعودية

Bozor, mozor, masjid va matbuot...

Xalqimizda yaxshi gap bor: "Begona joyga borsang, avval bozorini, keyin mozorini koʻr" degan. Men bilagʻonlik qilib bu qatorga masjid va matbuotni ham qoʻshganman oʻzim uchun. Qayerga bormay, shu toʻrt joyga borishga intilaman.

Saudiyada ham shunday boʻldi. Bozor-mozor, masjid oʻz yoʻliga, bugun "Ash-sharqu-l-Avsat" gazetasi ofisida boʻldim.

Ha, bugun juma – dam olish kuni. Lekin jurnalist doʻstim Abdulhadi Habtoor bilan koʻrishgach, ofisiga taklif qildi.

Abdulhadi bilan Toshkentda prezidentlik saylovlarini yoritish uchun kelganida tanishganmiz. Tarjimon sifatida hamrohlik qilganman.

Shundan beri salom-aligimiz bardavom. Yaxshi inson, mahoratli jurnalist, mohir fotograf.

Jumadan soʻng koʻrishib tushlik qildik. Suhbat maishiy hayotdan tortib siyosatgacha yetib bordi, vallohi. Ikkita jurnalist uchrashganda siyosat jim turarmidi.

Ofis juda shinam, ajoyib. Ketging kelmaydi. Lekin kelmoq va ketmoq yonma-yon...

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

07 Feb, 16:11


#استضافة

"Qoʻlda yeydiganlar bormi?"

Kecha Riyoz shahrida mahalliy oila mehmoni boʻldik. Ustoz Ibrohim va ustoza Asmo xonadoni.

Mangal atrofida qahva va shirinliklardan totib suhbat qurdik. Havo aynib qolgani sabab oʻrtada yogʻoch oʻtin chirsillab yonib turibdi. Ajib manzara!

Ronalduning muxlisi kichik Xolid (oʻgʻillari, 11 yosh) bizga sovgʻa tayyorlab qoʻygan ekan: shimagʻ, iqol, tasbeh, xurmo. Bizga sovgʻa ulashib bir mazza qiladiyee, tushmagur.

Keyin kechki ovqat dasturxoniga oʻtirdik. Xontaxtaga Saudiya milliy taomlari: jarish, marquq, masobiyb, muhallabiya (mahlabiyya), karima, kabsa, salatlar tortilgan.

Ustoz Ibrohim "Qani, kim qoʻlda yeydi?" deb qoldi. "Yalla" dedim-u, qoshiqni chetga surib oʻzbekchasiga taomlanaverdim. Kimdir ayb qilsa, ogʻziga osh🤣...

Ha, saudiyaliklar ham bizga oʻxshab mehmonnning izzat-ikromini joyiga qoʻyishar ekan. Tasanno!

Osh boʻlsin, ofiyat boʻlsin!!!

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

06 Feb, 20:20


#تبادل

الخميس الونيس
Al-xomiys al-vaniys

Ayni damda payshanbaning soʻnggi daqiqalari oʻtib bormoqda Saudiyada. Siz esa, Vatandagi hamyurtim, allaqachon jumaning sakinatida hordiq chiqaryapsiz. 😉

Saudiyaliklar payshanba kunini yaxshi koʻrib, "al-xomiys al-vaniys" – "ulfat payshanba" deb atashar ekan. Ogʻir ish haftasining soʻnggi kuni boʻlgani, dam olish (juma va shanba) kunlariga eshik ochgani uchun...

Biz oʻzbeklar ham payshanbani saudiyaliklardan oz yaxshi koʻrmaymiz-a. 😉

Ha, har madaniyatda turfa ranglar jilolanadi...

Bugun bir saudiyalik oila uyida mehmon boʻldim. Bu haqda batafsilroq ertaga aytib beraman.

Juma muborak boʻlsin!

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

06 Feb, 14:06


#مهرجان_سباق_الهجن

Tuyalar musobaqasi

Arab davlatlari orasida tuyalar bilan bogʻliq turli festival va tadbirlar koʻp oʻtkaziladigan Saudiyadek birorta mamlakat boʻlmasa kerak. Tuya Saudiya madaniyatining bir qismiga aylangan, chindan ham.

Arab tuyasi, Oʻrta Osiyo tuyasi. Biri bir oʻrkachli, boshqasi ikki oʻrkachli. Oʻrkach arab tilida "sanom" "سنام" deyilishini ham bilasiz.

Kecha Janodiriyya mintaqasida boʻlib oʻtayotgan tuyalar festivalining soʻnggi kunida ishtirok etdim.

Tuyalar oʻzaro kimoʻzarga bellashishdi...😄

Tuya 🐫 mindim-eee😀...

Musobaqadan keyin kichik qishloq-pavilionda arab qahvasini tatib, lochin (shunqor)ni ushlab, yamanlik attor bilan suhbatlashib, saudiyalik masʼuldan Riyozda kvartira va hovli narxlari haqida soʻrab vaqt oʻtganini sezmabman.

Uylar qimmat ekan lekin...😭

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

05 Feb, 02:11


#تعبيرات_تحية
#السعودية
#عادات_و_سلوم

Kecha Riyoz shahrining "Magic city"si desak boʻladi, Bulvard sity majmuasida boʻldim. Yaxshi sayilgoh ekan. Esimda qolgani, qayerdan paydo boʻlishdi, sezmadim, uch nafar saudiyalik yoshlar yaqinroq kelib gap olgan boʻlishdi. Suhbat aylanib fus'ha va sheva oʻrtasidagi farqlarga keldi. Masalan, birgina mehmon kutib olish, olqishlash borasida Saudiyada keng tarqalgan iboralardan aytib berishdi:

”مرحباً ألف”//“مرحبا مليون”//"ارحبوا"
”حللتم هلا ووطئتم سهلا”
“بالسنة عيدين وهذا الثالث"
"يا هلا ويا غلا عداد ما بين الأرض والسما"
"مرحباً هيل، عداد السيل"
”أرحبوا عداد خطاكم”
“يا مرحبا فيكم عداد ما سرتم”
“الله يحيّيك ويبقيك”//”سلمت”
”شرّفت وأنورت”//“النور نورك”//“بوجودك”
“زارتنا البركة”
“بارك الله وجوه الخير”//“يا هلا بالطَّش والرَّش”
“يالله حَيّهم”//“اللهم حيَّ”//“يالله حيهم”
“حيّ الله أبو فلان”//“حيّ الله الجميع”
"البيت بيتك"//"اعتبرنا مثل أهلك"

Chindan ham, bu yerda Sizni har yuzlashganda turlicha olqishlab turishadi. Yoqimli!

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

03 Feb, 11:44


#yangi_manba
#arab_tili
#muhadasa

Sizga yangi kitob topib keldim. Bir koʻrasizmi?!😀

"Lugʻat-u-l-muslim" deb nomlangan ushbu kitob muallifi Shayx Muso Iroqiy boʻlib, kundalik hayotda duch kelinadigan turli vaziyatlar uchun suhbat-dialoglarni qamrab olgan.

Qiziqarli iboralarga duch kelasiz-ov...

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

03 Feb, 11:33


#مجمع_الملك_سلمان

Til oʻqitish metodikasida anchayin tortishuvli jihatlar koʻp. Grammatika qaysi darajada zarur? Vosita tilga ehtiyoj bormi? Tilni bilish koʻnikmasini kundalik muloqot darajasida belgilash kerakmi yoki akademik bilim miqyosidmi? Va hkz.

Bugun arab davlatlaridagi eng "yulduz" markaz va akademiyalar til egasi boʻlmaganlarga arab tilini madaniyat orqali singdirish yoʻlidan bormoqda. Xoh Sulton Qobusni oling, xoh Podshoh Salmonni – saqofa (madaniyat) tilni, til esa saqofani tashishiga fokusni qaratishmoqda. Bu borada raqobat ham qilishmoqda...

Imkon qadar Siz bilan bu boradagi xulosalarimni boʻlishib borishga harakat qilaman...😉

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

01 Feb, 09:36


#رحلة

Qalbda tugʻyon...

Uyingdan, oilangdan, Vataningdan uzoqlashish har doim ogʻriqli...😔

Yangi marralar, kutilmagan sarguzashtlar, yangi chehralar sari yuzlanish hamisha farahli...☺️

Xayr, Toshkent!❤️
Salom, Riyoz!
❤️

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

29 Jan, 18:56


#عن_عقب_التعبير
#bir_ibora_izidan

Aqllilik qilma!

Kundalik hayotimizda eng koʻp ishlatadigan iboralarimiz orasida "Aqllilik qilma!" iborasi shubhasiz yetakchilik qiladi. Chunki har doim kimdir bizga nisbatan aqllilik qilmoqchi, quloqqa lagʻmon ilib, "lox" qilib ketmoqchi boʻladi... afsuski 😄

Arab tilida bu iborani qanday ifodalash mumkin?
"بلا فلسفة"
("bila falsafa" yoki lahjada "bala falsafa") iborasi shu mazmunda qoʻllanadi.

Yoki "behuda gaplarni qoʻysang-chi" maʼnosida "دعنا من الهراء" iborasini ham ishlatish mumkin.

Xullas, endi hech kim sizga na oʻzbek tilida, na arab tilida "aqllilik" qilolmaydi. 😉

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

24 Jan, 05:10


#rankings_top_1000
#reyting_universitetlar

Mamlakatimizda diplomlari nostrifikatsiyasiz tan olinadigan Top-1000 universitetlarning yangilangan roʻyxati e'lon qilindi.

Reytingda ARWU, THE, QS xalqaro reyting tuzuvchi tashkilotlar varianti ketma-ket berilgan (shunda jami 3004 ta nom bor faylda).

Arab davlatlari universitetlari ham ushbu roʻyxatda salmoqli oʻrin egallaydi. Podshoh Abdulaziz universiteti arab mintaqasi yetakchisi. Qohira universiteti Top-500 ga koʻtarilib oldi. Al-Azhar universiteti ham nihoyat Top-1000ga qaytmoqda.

Afsuski, Madina Islom universiteti minglik roʻyxatga kiritilmagan. Biroq Ummul Quro oʻz oʻrnini saqlab qolgan.

Batafsil yuqoridagi faylda tanishish mumkin 👆👆👆

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

21 Jan, 15:03


Siz qanday kitobxonsiz?

Asalari kitobxon 🐝🐝
القارئ النحلة
Intizomli kitobxon. Mutolaa vaqtini belgilab oladi. Oʻqiganlari yuzasidan tartibli va tushunarli xulosalar qaydlaydi. Doim keyingi oʻqiydigan kitobi nomini biladi.

Pingvin kitobxon 🐧🐧
القارئ البطريق
Mavsumiy kitobxon. Asosan qish faslida mutolaani koʻpaytiradi. Oʻqish uchun unga alohida muhit zarur: issiq ichimlik bilan koʻrpa-adyolga oʻranib, karavotida soatlab oʻqishi mumkin.

Yalqov kitobxon 🦥🦥
القارئ الكسلان
Kitobni bir oʻtirishda oʻqib tugatishi amri mahol. Bitta kitobga oylab vaqt sarflaydi va yana bir necha oy keyingi kitobni tanlaydi.

Boyoʻgʻli kitobxon 🦉🦉
القارئ البومة
Dono kitobxon. Kuchli tahlil qobiliyatiga ega, kitobni diqqat bilan oʻqiydi. Tanqidiy fikrlarga ega. Kitob tanlashda talabchan.

Qurt kitobxon 🐛🐛
القارئ الدودة
Ochkoʻz kitobxon. Qoʻliga tushgan kitobniki, oʻqiyveradi. Kitob sotib olishdan toʻxtamaydi. Kitoblari bilan vaqt oʻtkazish uchun hamma narsadan voz kecha oladi.

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

20 Jan, 19:23


#mutoyiba #hayot_haqiqati

Har bir ayol qiziga oʻzi topganidan ham afzalroq kuyov topishini tilaydi. Shu bilan birga ishonadiki, oʻgʻli otasi topgan ayolga oʻxshash barkamol ayol topolmaydi. 😂😂😂

Ana shu toʻgʻri gap lekin)))

Yaxshi dam oling! ❤️

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

20 Jan, 15:55


#مقايسة

الفرق بين مصر والبحرين😱

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

20 Jan, 15:35


#فصحى

Muʼtasim nima deyapti? Shevada gapirmayman, fus'hani afzal koʻraman deydimi?!😀

Ana xolos, bu shirintoyni Siz ham bir eshitib koʻring-a...

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

15 Jan, 07:14


#diplomatiya
#xalqaro_aloqalar

Qachon issiq rangli kostyum kiyish kerak? Qachon sovuq rangli kostyum?

Chimirilgan qosh, bogʻlangan qoʻl, "olib qochilgan" nigoh... Bularning barchasida muayyan maʼno bor.

Hammasini diplomatik protokol va etiket oʻrgatadi... Hammasini Hasanayn Shayx eslatadi...

Qachondir elchi yoki diplomatik shaxs boʻlib ketsangiz, bu bilimlar asqotadi 😀

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

10 Jan, 19:13


#yangi_marralar_sari

Assalomu alaykum, aziz do'stlar, Arabic_Burhan telegram sahifamning kuzatuvchilari!

Mana 3 yildan ziyod vaqt o'tibdiki, arab tili ixlosmandlariga foydali deb bilgan ma'lumotlarimni shu yerda ulashib kelmoqdaman. Bugun 11.01.2025-yil sanasidan e'tiboran sahifa nomiga o'zgartirish kiritdim: "Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi".

Bizning manzil esa o'zgarishsiz qoladi: @arabic_burhan

Umid qilamanki, bu yangilanishlar o'zaro ishonchimizni yanada mustahkamlab, safimizning bundanda kengayishiga turtki beradi.

Xayrli bo'lsin!
=======================================
السلام عليكم، أصدقائي الأعزاء، متابعي صفحتي على التلغرام بالعربي_برهان!

لقد مضى أكثر من 3 سنوات وأنا أشارك هنا المعلومات التي أجدها مفيدة لمحبي اللغة العربية. اليوم قمت بتغيير اسم الصفحة من 11 يناير 2025: "صفحة سراج الدين ساتوالدييف".

عنواننا يبقى كما هو: @arabic_burhan

آمل أن تعزز هذه التغيرات ثقتنا المتبادلة وتشجع على المزيد من التوسع في صفوفنا.

حظا سعيدا!
Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

10 Jan, 19:02


Channel photo updated

Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi

10 Jan, 19:02


Channel name was changed to «Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi»

Arabic_Burhan

30 Dec, 16:18


#عن_الدول_العربية

ما هي الدول العربية الأكثر إنتاجا للتمور؟

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

30 Dec, 10:27


#reklama_urnida

Arab tilini o‘rganish: 2 oyda boshlang‘ich daraja!

Arab tilini o‘rganishni orzu qilasizmi, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Biz bilan bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Bizning kursimizda sizga nimalar taklif etiladi?

Noldan boshlovchilar uchun: sodda va tushunarli darslar.
2 oy ichida: asosiy fonetika qoidalarini mukammal o‘zlashtirish.
Arab harflarini to‘g‘ri talaffuz qilish: maxraj va sifatlari bo‘yicha batafsil mashg‘ulotlar.
Individual yondashuv: har bir tinglovchiga alohida e’tibor.
Tajribali o‘qituvchi: zamonaviy va samarali o‘qitish usullari.

Narxi: Oyiga atigi 250 000 so‘m!

Joylar cheklangan!

Darslar qachon?
📅 Haftada 3 marta, online formatda.

Darslar ayollar uchun mo'ljallangan.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @arabiconlineedu

Bugun ro‘yxatdan o‘ting va arab tilini to‘g‘ri talaffuz bilan o‘rganishni boshlang!

Arabic_Burhan

23 Dec, 16:30


#اليوم_العالمي_للغة_العربية

اللغة العربية في الماضي والحاضر و المستقبل...

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

22 Dec, 09:07


#tinglab_tushunish

موضوع: العالم العربي
Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

22 Dec, 09:07


#tinglab_tushunish
#audio_matni

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

22 Dec, 08:00


#markaz
#chet_tillarini_uqitish
#foydali

Oʻquv markazi ochmoqchisiz? Lekin ishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

Yuqoridagi suratlarda maktabdan tashqari taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish uchun talablar koʻrsatilgan.

Chet tillari, xususan arab tilini oʻqitish uchun markaz faoliyatiga litsenziya olish kamida YaTT shaklida amalga oshiriladi...

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

21 Dec, 14:20


#arab_tili_fasohati

Ogʻzimizdagi har tishning-da oʻz nomi bor...

Atrofimizda jarang sochgan har tovush-da ayricha atalgay...

Sutkadagi har soatning-da nomi boʻlak...

Arab tili...❤️


Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

11 Dec, 15:22


#عاجل | رسمياً .. الاتحاد الدولي لكرة القدم FIFA يعلن فوز ملف المملكة العربية السعودية باستضافة بطولة كأس العالم 2034
#tezkor
FIFA tashkiloti 2034-yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati mezbonini e'lon qildi: Saudiya Arabistoni!

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

13 Nov, 15:34


AKT vaziri Sherzod Shermatov xorijiy til biladigan insonlarni ishga chaqirmoqda

U o‘zining Telegram kanalida 🇩🇪nemis, 🇰🇷koreys, 🇯🇵yapon, 🇹🇷turk, 🇸🇦arab tillaridan birida ravon so’zlasha oladigan kadrlarga yuqori maoshli ishga taklif qilishi haqida ma’lum qildi. Bunda nomzodlar chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalarda ishlashi mumkin.

Tillar kesimida bo‘sh ish o‘rinlari soni quyidagicha;

🔹nemis tili — 800+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹koreys tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹yapon tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹turk tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹arab tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni.

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, unda quyidagi havola orqali ariza yuborishingiz mumkin:

📝 https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Ish joyi xalqaro kompaniyalarning O‘zbekistondagi ofislarida bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Arabic_Burhan

12 Nov, 15:12


#yangi_manba
#tahaddus

Til egasi boʻlmaganlarga arab tili oʻrgatishda zamonga mos, har tomonlama rang-barang qoʻllanmalar koʻp emas, hozircha.

Doktor Xolid Husayn Abu Amsha esa shunday sanoqli qoʻllanmalar tuzishda ustasi farang. Uning "Dalil"i allaqachon tillarda doston-u, qoʻllarda giryon.

Bugun esa doktor oʻzining Academia.edu platformasidagi sahifasiga yana bir ajoyib qoʻllanmasi – "Gapirish va yozish mahoratlarini rivojlantirish uchun suratli 100 qissa"ni joylashtirdi.

Mana oʻsha manba👆👆👆
Sizlarga ham ilindim. Oling, foydalaning!

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

12 Nov, 06:49


#Диққат_танлов

Адлия вазирлиги томонидан ўтказилаётган “Ҳуқуқ билимдонлари - Умуммиллий Конституция имтиҳони” танловида 20 млн сўмгача пул ютуғи эгасига айланинг!

Иштирок этиш учун ушбу ҳавола орқали дўстларингизни @huquqiyaxborot каналига қўшинг:

👇👇👇❗️ Танловда иштирок этиш учун қуйидаги махсус ҳаволангиз орқали дўстларингизни @huquqiyaxborot каналига қўшинг ва ғолиб бўлинг.❗️ Дўстларингизни қўшинг ва пул ютуғига эга бўлинг!

Arabic_Burhan

09 Nov, 07:46


#صورة_اليوم

قطعة من الحياة😢😢😢

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

26 Oct, 18:02


اليوم إن شاء الله المحاضرة الأولى من [[[دورة شرح كتاب قطر الندى وبل الصدى لابن هشام]]]

١- يُشرَح بالدورة: الكتاب كاملا شرحًا مُفَصَّلًا.

٢- الشارح: أحمد إسكندر مؤلف: سلسلة كيف تتقن اللغة العربية

٣- مدة الدورة: شهر الساعة التاسعة (9:00) #مساء بتوقيت مصر.

٥- الدورة عن طريق البث المباشر عبر تطبيق #التليجرام بالإنترنت.

٦- باب المناقشة سيكون مفتوحا أثناء البث المباشر للمناقشة والإجابة عن الأسئلة.

٧- ستبدأ الدورة يوم السبت القادم إن شاء الله 26/10/2024

الدورة #مجانية بالكامل للاشتراك قناة التليجرام 👇
https://t.me/ahmedeskander4

Arabic_Burhan

16 Oct, 03:03


Tavsiya etaman:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.muslimbooks.alqomus

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

10 Oct, 14:58


#جائزة_دولية

Til egasi boʻlmaganlarga arab tilini oʻrgatishga moʻljallangan "Al-Manhaju-l-'alamiy" silsilasi BAA ning "Muhammad bin Roshid" nomidagi xalqaro mukofotini qoʻlga kiritdi.

Bu haqda silsila muallifi Suvayfi Fathiy oʻz sahifasida maʼlum qildi.

Muborak boʻlsin!!!

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

05 Oct, 14:03


#tinglab_tushunish

Har qanday xorijiy tilni oʻrganishda eshitib tushunish mahoratini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Yaqin vaqtlardan beri oʻzim eshitgan, tili va uslubi maʼqul kelgan podkast-suhbatlarni yigʻib boryapman. Havola quyida:

https://t.me/+XAneIuM7kMg4MzIy

Foydasi tegsa, murodimiz hosil boʻlibdi...

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

05 Oct, 08:32


📔O'rta guruh ikkinchi bosqichi uchun qabul!

💭Kurs haqida:

🗂Kitob nomi: "At-tatbiyqun nahv"-Dr.Abdur Rojihiy hazratlari
(Kitobni ko'rish ushun bosing)

🗂Mutolaa uchun:
-Adabut tolibil ilm
-Ayyuhal valad
-Mafatiyh fiy tolabil ilm
-Tazkiratus sami' val mutakallim adabul alim val muta'allim
-Muxtasarut tibyan

🗓Dars kunlari: Haftada 5 kun,soat 17:00 da 2 soatgacha
(Muddat 2+oy)

👫Kimlar uchun:
-O'rta bosqichdagilar,arab tilida kamida nahv va sarfga oid 1 tadan kitob o'qiganlar uchun.
-"Qotrun nada" kitobini oʻqish rejasida yurganlar uchun.

💻Murojaat uchun: @sarfadmin

👉Keyingi bosqichda (manhaj) nimalar o'qiladi:
-Mantiq(Isog'ujiy yoki Taysirul mantiq)
-Balog'at(Durusul balog'at)
-Sarf(Izziy yoki Ilmus siyg'a)
-Nahv(Yuqori bosqich)

🌐Dars turi:Telegram yoki Zoom orqali

🤝 Eslatma:Darslar to'lov asosida olib boriladi!!

💬@xushnudbek_xolmuhammad

Arabic_Burhan

29 Sep, 15:47


#fiqra

Marokash terma jamoasi o'z kiyim almashtirish xonasida Braziliyaga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng shu esdalikni qoldiribdi...

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

20 Sep, 11:27


⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma.

❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi.

👉 Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Arabic_Burhan

14 Sep, 18:50


Shaxsingizni sir tutgan holda savol, fikr-mulohaza qoldirish imkoniyati bor ekan:

👉 t.me/anonimnyye_voprosy_bot?start=j2deu

Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

14 Sep, 09:40


Demak, tarjima: Misr prezidenti Husni Muborak 1 kunlik tashrif bilan Ruminiyaga keldi. Bu Germaniyaga bo'lgan va ertaga Rossiyaga bo'ladigan tashrifning ikkinchi bosqichidir. Prezident Husni Muborak va Prezident Yon Ileyesko bilan muzokaralar olib boradi. Ikki davlat o'rtasidagi muzokalarning markazida Yaqin Sharqadagi vaziyat bo'lishi kutilmoqda.

Eslatma: tarjima aslni ifoda qilmaydi, ya'ni farq bo'lishi mumkin

https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

13 Sep, 05:00


#topshiriq.

Yakovenko, 1-dars. Ushbu matnni harakatlari bilan yozib, tarjima qiling.


وصل الرئيس المصري حسني مبارك إلى رومانيا في زيارة تستغرق ٢٤ ساعة، هي المحطة الثانية من جولة قادته إلى ألمانيا وستقوده إلى روسيا غدا. وسيُجري الرئيس مبارك مباحثات مع الرئيس إيون إيلييسكو ويُتوقع أن يكون الوضع في الشرق الأوسط في صلب محادثات الرئيسين

@linguasd ga yuboring
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

09 Sep, 05:16


https://t.me/+pauwHi5J2oVjZDZi

Arabic_Burhan

01 Sep, 19:44


https://t.me/ahmedeskander4

Kitob muallifi shu balog'at kitobi bo'yicha darslar qilyapti bepul

Arabic_Burhan

01 Sep, 19:44


كيف_تتقن_البلاغة،_أبيض_وأسود_أحمد_إسكندر.pdf

Arabic_Burhan

31 Aug, 19:04


Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

30 Aug, 14:38


⚡️ Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi

📆 Ma'lumki, joriy yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga hujjatlarni qabul qilish 15-oktabrda yakunlanishi va talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda imtihon sanalariga o‘zgartirish kiritilmoqda.

📍 Shunga ko‘ra ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlari 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

🖥 Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda 9-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning, 10-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Arabic_Burhan

30 Aug, 05:56


🏢 Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formatining approbatsiyasi

Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish (ingliz, turk, fransuz, nemis, arab tillari) ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

🗺 Ushbu yangi formatdagi approbatsiya test sinovi 2024-yil 10-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Approbatsya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 8-sentabr kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service platformasi orqali ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-sentabr soat 08:00 gacha
💰 Narxi: 25 000 so‘m.
🗓 To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-sentabr soat 10:00 gacha

📱 @bba_ilmiy_markaz
📱 https://t.me/BaholashUz/6512
📞 (95) 507-70-72
📞 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈

Arabic_Burhan

27 Aug, 10:50


#xalqaro_imtihon #yoshlar

Yurtimizda yoshlar xalqaro til bilish imtihonlarida B2 va undan yuqori natija qayd etgan bo'lsa, sarflangan xarajat to'liq Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi.

Xalqaro imtihonlar qatorida arab tilidan ALPT/APT/ACTFL/E-TOAFL kabi nomlar bor. lekin AT-TANAL nomi yo'q.

Qiziq tomoni, ALPT/APT/ACTFL/E-TOAFL imtihonlari allaqachon Vazirlikning magistratura va doktorantura uchun tasdiqlangan Ro'yxatidan o'chirilgan.

At-Tanal Al-Arabi nomini mana shu kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihonlar qatoriga qo'shish kerak. Chunki ayni vaqtda yurtimizda e'tirof etilayotgan yagona xalqaro sertifikat (arab tili bo'yicha) – At-Tanal Al-arabi sertifikati.

Agar shu yo'lga qo'yilsa, ko'plab yoshlarga ham moddiy yordam, ham motivatsiya bo'lardi.

Ko'pchilik At-Tanalning yuqori summali (kamida 1 mln) xarajatini to'lab, B2, C1, C2 natija qayd etishmoqda.

Takliflarni bu yerga yuboring:👇👇👇
https://t.me/alisher_sadullaev/4660

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan

Arabic_Burhan

15 Aug, 09:08


⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

❗️Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov undiriladi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube