Zaman akademiya @zamanakademiya Channel on Telegram

Zaman akademiya

@zamanakademiya


Biz bilan Arab tilini qisqa muddatda chuqurroq oʻrganing!

📞 +998900410042

👥 @arabtili_admin

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/zamanakademiya

Zaman akademiya (Uzbek)

Zaman Akademiya talabalarni Arab tili o'rganish yo'li bilan qiziq va maqbul kurslar orqali o'zlarini rivojlantirishga chaqiradi. Bu kanalda Arab tilini qisqa muddatda chuqurroq o'rganish imkoniyati mavjud. Talabalar uchun oddiy, ammo samarali darslar tuzilgan va Arab tili o'rganishga qiziqishlarini yarating. nnZaman Akademiya kanali @arabtili_admin bilan bog'lanish imkoniyatini taqdim etadi. Ular sizning savollaringizga va talabalar bilan aloqaga yordam berishadi. Agar siz Arab tili haqida savollar yoki ma'lumotlarga ega bo'lsangiz, shunchaki ular sizga yordam beradilar. nnKanal rasmiy sahifalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda ham faol. Buning orqali siz yangiliklar va foydali ma'lumotlardan ham olasiz. Siz uchun Arab tili o'rganishga oid eng yangi ma'lumotlar bu kanalda! nnAgar siz ham Arab tilini o'rganishga qiziqqan bo'lsangiz, bizning Zaman Akademiya kanaliga qo'shiling va dunyoning eng qiziqishli tili bilan tanishib chiqing. nnBog'lanish: +998900410042

Zaman akademiya

12 Nov, 17:00


Qani boshladik!

Zaman akademiya

08 Nov, 09:51


Mana bu yerda Abdulhay ustoz yaxshi kitob tavsiya qilibdilar:
https://t.me/Alfardiy/1267
https://t.me/Alfardiy/1269

O'zbek xalq ertaklarini arab tiliga o'girib, arab tilini o'rganayotgan o'quvchilarga qo'shimcha darslik tuzishni anchadan beri o'ylab yurardim. Lekin shu paytgacha internetdan arab tilidagisi bormi deb qidirib ko'rmagan ekanman. Abdulhay ustozimiz menga o'xshab o'ylab yurmasdan qidirib topib, ulashishga ham ulguribdilar.

Endi bu kitob haqida fikr bildirsam:
Menimcha, bu kitob o'quvchi uchun ikki jihatda qiyinlik qiladi.
Birinchisi, kitobning hajmi katta. Ikki jild kitob 900 betdan osharkan.
Ikkinchisi, kitobdagi matnning harakatsiz ekani va qiyin iboralarning ko'pligi.

Mabodo bizning jamoamizdan kimnidir vaqti bo'lib, nima qilishni bilmasdan😊, zerikkanida😊 shu kitobdagi ba'zi bir ertaklarni tanlab olib, harakat qo'yib, lug'atlarini yozib, kichkina foydali kitob shakliga keltirsa nima deysizlar?
😊😊😊

©️Amrulloh Jo'rayev

Zaman akademiya

03 Nov, 18:01


uyg'oqlar bo'lsa birozdan keyin mening oilam mavzusida yana bitta matn beriladi


eng dolzarb mazularni tanlashda bizga yordam berish uchun qaysi mavzular bo'yicha matn tuzishimiz haqida fikr qoldiring

Zaman akademiya

03 Nov, 17:48


CEFR chilar bormisizlar🙋🏻‍♂️

Biz bilan bog'lanish uchun:
📞Tel: +998900410042
🔗Admin: @arabtili_admin
Telegram | Instagram

Zaman akademiya

01 Nov, 01:59


Xullas yuqoridagi muammoga yechim sifatida va 2024-yil hisobidagi qolgan 60 kunni foydali o'tkazish maqsadida har kuni yoki kun ora CEFR mavzularida bittadan matn berib borsak. Ertasi kuni esa matndagi lug'atlar va undagi fikrlar haqida test yechsak nima deysizlar?

Zaman akademiya

01 Nov, 01:55


Qanday qilib CEFR imtihonining to‘rt ko‘nikmasiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish mumkin?

Qisqaroq tushuntirishga harakat qilaman.
Ko‘pincha o‘quvchilarga eshitib tushunish uchun vazifa berilsa, bu menga notanish mavzu ekan yoki juda qiyin ekan, deyishadi. Insho yozing, gapiring desa, fikr yo‘q, deyishadi. Bir necha yil ichida yuzlab o‘quvchilardan xuddi shu javobni eshitdim. Javoblar bir xil takrorlanadi. Lekin aslida muammo boshqa joyda. Shu payt men hiyla ishlatishni boshlayman. Mayli, fikr kelmasa ham, mana shu mavzuga aloqador lug‘atlarni yozinglar, deyman. Natija yo‘q. Yoki gapirish uchun fikr bo‘lmasa, men o‘zbek tilida shu mavzuda gapirib turaman, siz uni tarjima qilib berasiz, deyman, tarjima qila olishmaydi. Xulosa shuki, lug‘at boyligi yetarli emas.

Boshqacha qilib aytganda, men sizga yarim soat ichida inshoni CEFR standarti bo‘yicha qanday yozish kerakligini va bizdagi CEFR imtihonida hech bo‘lmasa qaysi darajada insho yozish kerakligini tushuntirib bera olaman. Insho va gapirish uchun xohlagan mavzuyingizda bir pasda fikr va g‘oyalarga sizni ko‘mib yuboraman. Eshitishingiz uchun siz xohlagan mavzuda qiziqarli videolarni YouTube’dan qisqa fursatda topib beraman. Demak, bir soat ichida siz muammo deb hisoblagan barcha narsaga yechim topib beraman. Lekin lug‘at boyligi yetarli bo‘lmasa, bularning bari befoyda.

Lug‘at boyligini oshirishning eng yaxshi yo‘li bu ko‘p mutolaa qilish. Agar maqsad CEFR imtihonida yaxshi natijaga erishish bo‘lsa, demak, aynan CEFR imtihonida kerak bo‘ladigan mavzularda ko‘proq matn o‘qib, bu mavzulardagi lug‘atlarni ko‘paytirish kerak.

Zaman akademiya

01 Nov, 01:45


topdim...🥳

Zaman akademiya

01 Nov, 01:28


Bugun men uchun qandaydir bir yoqimli kundek tuyulyapti.😊
Yangi oyning birinchi kuni. Juma kuni. 2024-yil tugashiga 60 kun qoldi. 2024-yil uchun nimadir manfaatli ish qilishga ulgurish mumkin bo'lgan oz fursat qoldi.
Sizlar bilan mana shu 60 kun ichida nimadir qilishimiz kerak.🧐🤔

©️Amrulloh Jo'rayev

Zaman akademiya

26 Oct, 10:32


Bu yerda bildirilgan fikrlarni inobatga olgan holda yaqinda sizlar uchun foydali videolar va qo'llanmalar taqdim qilinadi.

Zaman akademiya

26 Oct, 10:17


2-test natijalari

2-testga 170 dan oshiq o'quvchi qatnashgan. Natijalar zo'r.
Bu ro'yxatda testni birinchilardan bo'lib yechgan 10 kishi bor.

(birinchi qatorda tanish ism🤭🫢)