Hozirgi media-axborot zamonida insonning rivojlanishi uchun shuning bilan birga rivojlanishdan to'xtab qolishi uchun yetarlicha ijtimoiy tarmoqlar va kontentlar mavjud. O'zim ham hamma qatori deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanaman. Ammo shu tarmoqlar ichida shaxsiy rivojlanish uchun eng maqbuli bu YouTube. Nega aynan YouTube, oddiy, unda kontentlarni saralab ko'rish mumkin. Qolgani salkam molxonaga aylandi. Bo'sh yokida jamoat transportidan foydalanayotgan vaqtim YouTubeda Podcastlar ko'rib turaman turli mavzularda. Yaqin kunlarda Nima Gap Podcastida Rasul Kusharbayev qatnashibdi. Deyarli oxirigacha ko'rdim. Suhbat dolzarb, o'ylashga, harakat qilishga undaydigan.
Uyg'otadigan suhbat, sizlarga ham ilindim. Ozgina sabr qilib ko'ring, iltimos!
https://youtu.be/3DFCMQXrpBM?si=21-TUYOfH6_RXC4H
@Kadrdagi_Tarix