Tavallud ayyomingiz munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz! Sizning mamlakatimizda yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi fidokorona mehnatingiz uchun sizga tashkilot va uning jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Sizning boshqaruvingiz ostida Yoshlar ittifoqi nafaqat yoshlarning manfaatlarini himoya qilishda, balki ularning iste’dodi va salohiyatini yuzaga chiqarishda tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Tug‘ilgan kuningizda sizga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, oilaviy farovonlik, hamda mamlakatimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlaringizda yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yana bir bor, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga va atrofingizdagi barcha yaqinlaringizga tinchlik va quvonchli kunlar tilaymiz. O‘zbekiston yoshlari nomidan sizga minnatdorlik izhor qilamiz va doimo qo‘llab-quvvatlaymiz!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Bizning sahifalarimiz: