DeeDaftari🗒️ @deedaftari Channel on Telegram

DeeDaftari🗒️

@deedaftari


🔘Bolalik hikoyalari
🔘Kechinmalar
🔘Yashamlar

DeeDaftari🗒️ (Uzbek)

DeeDaftari kanali - bu sizning sherqiy harakatingizni ko'proq yaxshilaydigan, o'z hayotingizga rang qo'shuvchi voqealar, voqealar va qiziqarli hikoyalar bilan to'ldirilgan Telegram kanalidir. Ehtirosli va ilg'or obrazlar, sarguzashtlar va sevimli yashayishlar sizni bu kanalda kutmoqda. DeeDaftari kanali sizga har kuni yangi va ilg'or hikoyalarni taqdim etadi, bu erda ya'ni qiziqarli kuchli voqealar, g'oyaviy hikoyalar va ko'zga ko'rinadigan qarashlar sizi kutmoqda. Kanalga obuna bo'ling va o'z hayotingizga rang qo'shiq!

DeeDaftari🗒️

18 Nov, 14:03


Angladim, baxt kelmas uzoq-uzoqdan,
Angladim, baxor ham tuproq ostida.
Meni uyg’ot hayot, qattiq quchoqlab,
Balki gul ocharman men ham aslida.

Nafisa Omon she’ri,
Dee Hanim o’qidi

📒@DeeDaftari

DeeDaftari🗒️

18 Nov, 11:32


Xudoga eng yaqin odamlar - bu tavakkalchi odamlar…

Tavakkal qilishni ko’pchilik havfga tik borish deb tushunadi va qo’rqadi, reja bilan ish qiladi, tiyin-tiyin hisoblaydi, yetti o’lchaydi, to’qqiz qiyib qoladi va h.k…

Aslida TAVAKKUL nima, qanday qilinadi, u rostanam biz o’ylagandekmi?

(Davomi suratlarda…)

@DeeDaftari 📒 @DeeHanim

DeeDaftari🗒️

11 Nov, 10:25


Kursimizda Lobar degan bir qiz bo’lardi…. Hammadan a’lochi, hammadan odobli. Universitet talablariga ming qiz ichidan bir shugina javob berardi. Ustozlar bizni ramkaga sololmay ovvora, biz Lobarni ramkadan chiqarolmay))

Bir kun u bilan metroda birga ketib qoldik. Men doimgidek, dunyo haqidagi alahsirashlarimni qulog’iga quyish bilan band, u ajoyib tinglovchi sifatida menga “sen so’zsiz haqsan” ishoralarini berish bilan. U-bu kursdosh bizni ko’rsa “Lobar 3 para ilm olgani yetmaganday, Dilraboning ham gapxaltasini ko’tarib ketyapti” deb achingan bo’lardi.

(Davomi suratlarda👆🏻)

📒@DeeDaftari

DeeDaftari🗒️

31 Oct, 16:55


Tomorqada ish bo’lsa, dadam hammamizni tong yorishmasidan oldiga solib egat boshiga obkelardilar…

“O’g’irlangan pomidor ko’chatlar”

O’sha kuni pomidor ekishimiz kerak edi. Ro’mollarni o’rab tayyor tursak, onam: “ko’chatimizga o’g’ri tushibdi, etik izlari bor” deb qoldilar.

Pomidor, bilasiz, avval urug’dan o’stirilib, keyin egatga ko’chat sifatida qadaladi. Urug’ shu tomorqa bir burchida o’stirilayotgan, hammasi unsa, shu 15 sotix joyga yetishi kerak edi. Ancha qismini o’g’irlashibdi.

(Davomi suratlarda👆🏻)

@DeeDaftari 📒 @DeeHanim

DeeDaftari🗒️

29 Oct, 05:10


2-qism

Srok yaqin…
Karantin nazorati…
Taxminan shu hafta tug’ishim kk…
Darddan darak yo’q…

Baribir hal qilib qo’yishim kk edi. Eng zo’r ginekologiyaga tug’aman deb va’da bergandim o’zimga. Katta qizimda sovuqdan sovuq muhit, odamlar, joy bo’lgani uchun deb bilganman qiyin tuqqanimni…(aslida programmalarim)
(Davomi suratlarda👆🏻)

📒@DeeDaftari

DeeDaftari🗒️

29 Oct, 05:08


Kichik qizimning tug’ilgan kuni…

1-qism


O’sha paytlar esimga tushdi.
Tug’ishga yozdirilaman desam hech qaysi raddom qabul qilmagan. Sog’liq kartam homiladorlik payti to’ldirilmagani uchun akusherlar qo’rqqan olishga.

Karantin edi…
Men kasbim bilan ovvoraman. Homiladorligimni birov aytmasa, o’zim sezmay retrit o’tib yurgan paytlarim…
Homiladorlik kartasi esimga tushadimi, bir joyim qilt eltmadi. Faqat vitaminlar yozdirgani dok.ka borganim esimda…

📒@DeeDaftari

DeeDaftari🗒️

22 Oct, 17:00


Bir birjasi bor dugonam bo’lardi

(Biz “do’kon”ni “birja” derdik)
Qo’shnimiz. Mendan katta. Shu qiz maktabga chiqqanida men orqasidan “menam boraman” deb ancha joygacha ko’zimning sho’rvasini oqizib chopganim esimda…

O’zi menga yoqmasdi. Menga O’rin boboni nevarasi bilan o’ynash yoqlardi.
Lekin Mapi (birjachi)ni uyi kattaligi, naves to’la husayn uzumlari, obedida mazali ovqatlar bo’lishi; keyin istalgan payt do’konidan men pulga zo’rg’a sotib oladigan semichkani bir piyola qilib obkeb chaqib o’tirish zavqi bor edi. Ana shu zavqni eshigini taqillatsam “kee, deb bezreaksiya” xursand bo’ldimi-xafa bo’ldimi bilib bo’lmaydigan turqiga almasha olardim

📒@DeeDaftari

DeeDaftari🗒️

20 Oct, 10:23


Men dadamga o’xshayman…

Har ovqatdan keyin bizga tomorqalarimiz zo’r hosilga kirishi, qo’ralarimiz qo’yga to’lishi, biz esa ko’chani to’ldirib mol-qo’y haydab ketishimiz haqida hikoyalar aytib berardilar..

Qanaqadir ichimda charaqlagan va hech so’nmaydigan umid paydo bo’lardi. Garchi tomorqa ishlari, mol-qo’yni boqishdan charchagan bo’lsam ham dadamning kelajak haqida beshubha qiladigan bashoratlarini jon qulog’im bilan tinglardim...

📒@DeeDaftari

DeeDaftari🗒️

17 Oct, 09:37


II BO’LIM

Bir tarafdan: bir ko’zim qiyshiqligi va u keltirgan “g’ilay” degan tamg’aning og’rig’i bo’lsa

2-tarafdan otim…
3-tarafdan tomorqa ishlari
4-tarafdan uydagi janjallar
5-tarafdan qo’rqoqligim, orqamdan odam yurganday bo’lishi…

eee, ko’p ekan, mayli bular alohida hikoya.

Hozir ko’zimdagi mo’jizaviy o’zgarish haqida gaplashamiz…

📒@DeeDaftari

DeeDaftari🗒️

17 Oct, 09:36


I BO’LIM

Ko’zimdagi mo’jizaviy o’zgarish haqida


…Hamma bolaligini, sinfdoshlarini yaxshi ko’rib eslasa, sog’inib qaytgisi kelsa, mening orqaga qarashdan yuragim orqaga tortib ketardi…

Yaqin-yaqingachayam…

📒@DeeDaftari

6,207

subscribers

129

photos

1

videos