Yurist Haydarov Rasmiy @yurist_haydarov Channel on Telegram

Yurist Haydarov Rasmiy

@yurist_haydarov


Yuridik masalalarga tezkor va aniq javoblar t.me/yurist_haydarov1

Yurist Haydarov Rasmiy (Uzbek)

Assalomu alaykum, aziz do'stlar! Bugun sizni yangi Telegram kanalimizga taklif qilamiz - 'Yurist Haydarov Rasmiy'. Bu kanal orqali sizga yuridik masalalarga tezkor va aniq javoblar olish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin. Kanalimizdagi maqolalar va videolar orqali siz noto'g'ri amallar, qonunlar va huquqiy masalalarga oid eng yangi va foydali ma'lumotlarni olishingiz mumkin bo'ladi.

'Yurist Haydarov Rasmiy' kanali foydalanuvchilarga huquqiy masalalar haqida to'liqroq tushuncha berish, qonunlar va tartibotga rioya qilish bo'yicha maslahatlar berish maqsadida yaratilgan. Kanalimiz orqali sizga o'z so'rangizga kerakli javobni tezkor va aniq shaklda olishingiz mumkin bo'ladi.

Agar sizda yuridik masalalar yoki boshqa huquqiy savollar bo'lsa, 'Yurist Haydarov Rasmiy' kanali sizning yordamingizga tegishli bo'ladi. Bizning professional yuristlar jamoasi sizning muammolaringizga chuqur tushunish va yechim topish uchun harakat qilishadi. Kanalimizni doimiy kuzatib boring va huquqiy savollaringizning yechimini toping! Sizni 'Yurist Haydarov Rasmiy' kanalida ko'rishni kutib qolamiz!

Yurist Haydarov Rasmiy

06 Jan, 05:49


Nyu York markaziga kirish pulli bo‘ldi

5-yanvardan boshlab yengil avtomobil haydovchilari Nyu Yorkning eng tirband hududlaridan biri - Manhettenga tig‘iz vaqtda kirish uchun 9 dollar to‘lashi kerak.

Biznikilar bu xabarni o'qib qolmasinda, mobodo. Toshkentga kirish ham pulli bo'lib qolmasin deyman.

Yurist Haydarov Rasmiy

05 Jan, 17:47


34.000.000.000 (milliard) so'm aylantirgan mana bu bolani esladingizmi? Unga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishi tugatilibdi. Yana bir jamoatchilik g'alabasi.

U qanday qilib 34 milliard so'mni aylantirgan deb o'ylaysiz? Javobi oddiy: online valyutafurushlik qilgan. Kriptovalyuta olib, boshqalarga sotgan. Olib-sotishdan tushgan foyda esa o'ziniki.

Shunaqa gaplar, do'stim. Sen bo'lsa hali ham dollarni ko'chada maydalasammi yoki bankda deb o'ylanib yuribsan😁😁

Yurist Haydarov Rasmiy

04 Jan, 11:53


2025 yil 1 apreldan boshlab kommunal to‘lovlar quyidagicha oshadi:

Bir kVt/soat elektr energiyasi uchun - 600 so‘m;

Bir kub metr tabiiy gaz uchun- 1000 so‘m etib belgilandi.

Yurist Haydarov Rasmiy

04 Jan, 10:17


Metan narxi 5500 so‘mga ko‘tariladi. Svet, ichimlik suvi, propan narxi ham oshadi

O‘zbekistonda 2025 yilda elektr energiyasi narxlari 24 foiz, tabiiy gaz 36 foiz, suyultirilgan gaz 25 foiz, metan 39 foizga o‘sishi belgilangan. Bu haqda Markaziy bank sobiq raisi Mamarizo Nurmurodov 31 oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan jurnalistlar bilan muloqotda ma’lum qilgan.

Yangi yil muborak bo'lsin!

Yurist Haydarov Rasmiy

04 Jan, 07:42


YPX xodimiming ma'lum qilishicha, haydovchiga MJtKning 128 prim 3- moddasi 3-qismi bilan javobgarlikka tortilgan.

Jarima esa maksimal 3.375.000 so'mni tashkil etadi. Shu jarima miqdori haydovchini tartibga chaqirishiga ko'zim yetmaydi.

Yurist Haydarov Rasmiy

04 Jan, 07:29


Toshkentda samalyotni jarimasi, marhamat.

Birozdan so'ng uzr so'rab chiqadi va jarima rasmiylaahtirilgan videosi ham keladi.

Yurist Haydarov Rasmiy

03 Jan, 15:59


Do'stov sud zalidan ozod qilindi

Xalq dengizdir, xalq to'lqindir. Bu sizu bizning g'alabamiz. Adolatning g'alabasi. Adolatsizlikka hech kim chidab turolmaydi.

Yurist Haydarov Rasmiy

03 Jan, 11:47


Zapravkada gaz yo‘qligidan shikoyat qilib, masʼullarni tanqid qilgan fuqaro sudi sudda oʻzi yoʻqligi sabab vaqtincha qoldirildi

Fuqaro Gʻayrat Doʻstov va uning advokatlari tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyatlariga asosan unga oid maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish bugun, 3-yanvar kuni soat 15:00 da koʻrib chiqilishi kerak edi.

Yurist Haydarov Rasmiy

03 Jan, 09:03


Quyosh panelda ishlaydigan, tok umuman kerak bo'lmaydigan radarlar keltirilibdi.

Endi 24/7 shtrafga tushamizmi deyman. Pulni shunga tikkuncha yo'llarni tekislab ber deydigan odam yo'q...

Yurist Haydarov Rasmiy

02 Jan, 19:44


O'zbekistonda bir yilda benzin narxi 34 foizga o'sgan. Rasmiy inflatsiya esa 9,8 foiz emish.

Carvon (UNG Petro) zapravkalarida Ai-80 benzini narxi 8150 so‘mgacha ko‘tarildi.

1-yanvardan O‘zbekistonda avvalroq xususiylashtirilgan eng yirik yonilg‘i quyish shoxobchalaridan bo‘lmish Carvon (UNG Petro) tarmog‘ida Ai-80 markali benzin 6900 so‘mdan 8150 so‘mgacha qimmatlashdi.

Yurist Haydarov Rasmiy

02 Jan, 19:33


Fuqaro Prezident Adminstratsiyasini sudga berdi

Ertaga fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida bir fuqaroning Prezident Adminstratsiyasiga nisbatan ishga tiklash haqidagi da’vo arizasi ko‘rilarkan.

2025-yil boshlanib sud-huquq tizimimizda g'alati ishlar bo'lmoqda. Oxiri baxayr bo'lsinda.

Yurist Haydarov Rasmiy

01 Jan, 19:00


O‘zbekistonda 2024-yilda gaz 129 foiz, elektr 67 foiz, issiq suv 32 foiz qimmatlashdi — Statistika agentligi

Tushunyapsizmi, o'tgan yili gaz uchun 200.000 so'm to'lagan bo'lsangiz, bu yil esa 450.000 so'm atrofida pul to'layapsiz.

Mana bu energoislohot!

Yurist Haydarov Rasmiy

01 Jan, 18:52


ЯНГИ ЙНЛИНГИЗ БИЛАН😅😅

Yurist Haydarov Rasmiy

31 Dec, 20:53


Metan zapravka yopiqligini tanqid qilgan fuqaroga 15 sutka berilgan sud qarori.

Yangi yillaringiz bilan!!!

Yurist Haydarov Rasmiy

31 Dec, 20:52


❗️❗️❗️🚨🚨🚨📣📣📣

Tanqidiy fikr bildirish qachondan beri mayda bezorilik deb malakalanmoqda?

Ishni JIB Bektemir sudi sud’yasi Durdona Dadaxonova ko‘rib chiqqan.

Qayerdandir N.X. degan jabrlanuvchi ham topilibdi ish bo‘yicha.

MJTKning 183-moddasiga ko‘ra, mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik - bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Nega aynan qamoq berildi, vaholanki sanksiyada jarima ham borku!

Yurist Haydarov Rasmiy

31 Dec, 20:44


Yangi kirib kelgan 2025-yil barchaga muborak bo'lsin.

Yangi yil baxt-omad va oilaviy xotirjamlik olib kelsin.

Yurist Haydarov Rasmiy

28 Dec, 18:21


Sizlar uchun kredit olish oldi bilishingiz zarur bo'lgan eksklyuziv huquqingizni o'rgataman.

Bankda shartnomaga imzo qo‘yishdan oldin uni o‘zingiz bilan olib keting !

Ro‘yxat raqami 3030 bo‘lgan Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 6 prim 1 bandiga binoan, iste’molchi bank xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani (kredit, depozit, bank hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish, lizing, bank kartalari va boshqalar bo‘yicha) imzo qo‘ymasdan oldin tanishib chiqishi uchun o‘zi bilan olib ketishga haqli.

Bank iste’molchini ushbu huquqqa ega ekanligi to‘g‘risida xabardor qilishi lozim.

Bank xizmatlari masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali ko‘rsatilganda, bank iste’molchiga shartnoma tuzilishidan oldin mazkur tizim orqali shartnoma shartlari bilan tanishib chiqish va undan nusxa olish imkoniyatini yaratib berishi lozim.

Yurist Haydarov Rasmiy

27 Dec, 05:36


Eng asosiysi, ishonchli va halol😁😁

Yurist Haydarov Rasmiy

26 Dec, 10:38


Qizim dars paytida telefondan foydalangan ekan. O‘qituvchisi telefonini olib qo‘yibdi. Dars payti telefondan foydalanish mumkinmi?

Qonunchilikka asosan, o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda sumkasiga solib qo‘yishi shart.

Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

- telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

- telefon akkumulatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

Yurist Haydarov Rasmiy

25 Dec, 06:32


Bu videoga nima deb izoh berishni ham bilmadim.

Ma'muriy amaliyot bo'limi xodimlari malakasini oshirish kerakdir balkim.

Yurist Haydarov Rasmiy

24 Dec, 17:14


Prezident qaroriga asosan, haftasiga 6 kun ishlovchilar ketma-ket 5 kun (29 dekabr – 2 yanvar) dam oladigan bo‘ldi. Haftasiga 5 kun ishlovchilar esa qatorasiga 6 kun (28 dekabr – 2 yanvar) dam olishadi.

Yurist Haydarov Rasmiy

24 Dec, 11:37


"Multiradar" noqonuniy jarimasi uchun IIB xodimi ma'naviy zarar to'laydigan bo'ldi.

Qoyil, shunaqa adolatli qarorlar ko'payaversa, jarima yozadigan xodimlar ham jarima yozmay qo'yadi. Chunki bu 5 million so'mlik summa xodimni o'zidan subsidiar tartibda undirib olinadi.

Yashasin, odil sud!!!

Yurist Haydarov Rasmiy

24 Dec, 11:12


"Texnomart" aksiyada deb aytgan telefon va maishiy texnikalar, aslida narxi bozor narxidan yuqori bo'lib chiqdi. Natijada moliyaviy jarimaga tortildi.

“Texnomart” MCHJ telegram kanalida joylashtirilgan “Eng zo‘r taklif” mazmunidagi mobil telefonlar reklamalarida mahsulot narxi va to‘lov shartlari bo‘rttirib ko‘rsatilganligi aniqlangan. Masalan, VIVO Y03 telefoni uchun 213 167 so‘m oylik to‘lov, HONOR X7b telefoni uchun esa 274 167 so‘m etib ko‘rsatilgan.

🔝 Qo‘mita tomonidan boshqa savdo do‘konlaridagi ushbu markali mobil telefonlar narxlari solishtirilganda, “Texnomart” MCHJ savdo do‘konlaridagi muddatli to‘lov narxlari nisbatan yuqoriligi kuzatilgan. Bundan tashqari, reklamada “eng”, “eng yaxshi” kabi orttiruvchi nisbatlar ishlatilgan, lekin bu da’volarni tasdiqlaydigan aniq dalillar taqdim etilmagan.

Yurist Haydarov Rasmiy

24 Dec, 10:34


Hozirgi kunda "propiska"da juda ko'plab odamlar kirib qolganligi, noma'lum, siz tanimaydigan odamlar uyingizni "propsikasi"ga kirib qolishi ko'p takrorlanmoqda.

Yashash joyida noma’lum shaxslar ro‘yxatda turganini qanday aniqlash mumkin, deb juda ko'p savol berishadi.

Buning uchun, my.gov.uz saytiga kirib, "Shaxsiy kabinet"ga o‘tish va "Fuqarolik" bo‘limini tanlash, so‘ng “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish” tugmasini bosish kerak.

Yurist Haydarov Rasmiy

24 Dec, 09:27


Chiqindidan qarzdorlik 5 kunda to‘lanmasa, elektr to‘lovi uchun ta'qiq qo‘yiladi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Yurist Haydarov Rasmiy

21 Dec, 14:52


Juma bilan tabriklash javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin.

Batafsil videoda tanishishingiz mumkin.

Yurist Haydarov Rasmiy

20 Dec, 06:55


Toshkent shahrida ijara narxlari grafikada ko'rsatilgan.

Ma'lumot uchun eng qimmat tumanlar: Mirobod va Yakkasaroy.

Yurist Haydarov Rasmiy

20 Dec, 06:07


Poyezdda yo‘lovchilarga yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul beriladi

Hukumatning 851-son qaroriga ko‘ra:

🔹Temir yo‘l transporti sohasida iste’molchilarga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi. (https://t.me/huquqiyaxborot/17027)

Unga ko‘ra iste’molchilarga:
👉 aravacha;
👉 ona va bola xonasidan foydalanish;
👉 kutish zalida Wi-Fi;
👉 nogironlar uchun aravachalar;
👉 yo‘l davomida choy;
👉 ichimlik suvi;
👉 shakar bepul taqdim etilishi nazarda tutilmoqda.

Yurist Haydarov Rasmiy

18 Dec, 07:31


2024 йил 13 декабрь куни фуқаро
*** Тошкент шаҳар ИИББнинг ишонч телефони “102”га қўнғироқ қилиб, унда 2024 йил 13 декабрь куни эрталаб 08:10да дугонаси *** билан Чилонзор метро бекатида электропоезд кутаётган вақтида ва электропоезд вагонида —— уни танасининг белидан
пастки қисмига тегиниб шилқимлик қилганлигини маълум қилиб,
қонуний чора кўришни сўраган.

Суд мажлисида сўралган ҳуқуқбузар —-, юқорида кўрсатилган ҳолат бўйича айбига иқрор эмаслигини, ўша куни метрополитенда одам кўп бўлганлиги сабабли ***га тегиб кетган бўлиши мумкинлигини, аммо унга атайлаб тегинмаганини, уни
танимаслигини маълум қилди.

Суд мажлисида сўралган жабрланувчи ***, 2024 йил 13 декабрь куни соат 08:10да дугонаси *** билан Чилонзор метро бекатига тушганини, одам жуда кўп бўлганини, ўша вақтда унинг
орқасидан белидан пастки қисмига кимдир тегинганини сезганини,
аввал бошида кимлигини билмаганини, тегинишда давом этганидан кейин эътироз билдириб ортга қараганини, бу вазиятни ***
кўрганлиги сабабли ундан кимлигини сўраганда ——ни кўрсатганини, унга эътироз билдирмоқчи бўлганда вагондан тушиб
кетганини маълум қилиб, унга нисбатан қонуний чора кўришни сўради.

Yurist Haydarov Rasmiy

18 Dec, 06:58


Davlat OTMlarida kontrakt miqdorlari oshdi.

Yurist Haydarov Rasmiy

18 Dec, 06:07


Farzand tug‘ilganda otalarga ham 5 kunlik ta’til berish ko‘zda tutilmoqda

Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, farzand tug‘ilganda erkaklarga ham turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turish uchun 5 kunlik ta’til berish ko‘zda tutilmoqda. Bunda oylik maosh saqlab qolinadi.

Qonun loyihasini deputatlar muhokama qilmoqda.

Yurist Haydarov Rasmiy

17 Dec, 11:12


Andijon viloyati Jalaquduq tumani sudida fuqarolarning mashinalarini ijaraga olib, ularni yo‘qotish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh ustidan sud boshlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoiy guruh a’zolari 60 tacha mashinani firibgarlik yo‘li bilan ijaraga olib, so‘ng ehtiyot qismlarga bo‘lib, yo‘q qilib yuborgan.

Tergov vaqtida faqatgina 15 tacha mashina topilib, jarima maydoniga qo‘yilgan. Topilgan mashinalarning deyarli barchasi nosoz holda bo‘lgani, ko‘plab ehtiyot qismlari yechib olingani, o‘rniga yaroqsizlari o‘rnatib qo‘yilgani aytilmoqda.

Kun.uz bilan bog‘langan jabrlanuvchilardan biri Nexia-3 avtomobilini ijaraga berganini, ammo qaytarib ololmaganini ma’lum qildi.

Mashina sotib olayotganda juda ehtiyotkor bo'lamiz. Kuzov raqami boshqa, o'zi boshqa avtomobillarni o'tkazish holatlari juda ko'p.

Yurist Haydarov Rasmiy

17 Dec, 10:49


Makrazi😁😁

Yurist Haydarov Rasmiy

16 Dec, 10:16


Koreyaga ishga ketayotganlar ogoh bo'lamiz.

Agarda o‘z ish joyimni sababsiz tashlab ketib, nolegal faoliyat yuritadigan bo‘lsam, meni kafillikka olayotgan shaxs, ya’ni yaqin qarindoshimdan Koreyada nolegal yurgan har bir oyim uchun 2000 AQSH dollaridan (hozirgi vaqtda) jarima undirilishiga roziman, degan bandi bo'lsa va siz ish joyingizdan ketib qolsangiz, katta miqdorda jarima yoziladi.

Yurist Haydarov Rasmiy

16 Dec, 07:59


1XBET, MELBET, MOSTBET kabi bukmekerlarga 2025-yil 1-yanvardan qonuniy ishlashga ruxsat berilmoqda.

O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari va bukmekerlikni tashkil etish bo‘yicha talablar tasdiqlandi. Asosiy qoidalar
Hukumat O‘zbekistonda qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish uchun talab va shartlarni tasdiqladi. Tashkilotchilar uchun litsenziya muddati 5 yil etib belgilandi, ularning ustav kapitali kamida 56,25 mlrd so‘m bo‘lishi shart. Shuningdek, bir qator taqiq va cheklovlar ham belgilangan.

Yurist Haydarov Rasmiy

03 Dec, 13:09


O‘zbekiston kriptoaktivlar boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchi, dunyo bo‘yicha esa kuchli 50 talikdan joy olgan

2023-yilda O‘zbekistonda 512,3 ming fuqaro kriptoaktivlarga egalik qilgan, bu esa umumiy aholining 1,46 foizini tashkil etadi.

Bu juda katta raqamlar, Hukumat ham shunga qarab ishlashi kerak.

Yurist Haydarov Rasmiy

02 Dec, 18:40


❗️Уй “ремонт”и учун ипотека кредити ажратиш бошланди

Бугундан бошлаб уй-жойни таъмирлаш учун 120 млн сўмгача бўлган ипотека кредитларига аризаларни қабул қилиш бошланди.

Ипотека кредитлари камбағалликдан чиқариш мақсадида уй-жой шароитини яхшилашга мухтож бўлганларга ажратилади.

Фоиз ставкаси — 17,5 фоиз. Муддати — 20 йилгача. Кредит учун субсидия ҳам олса бўлади.

Ушбу ипотека кредитини олиш учун online-mahalla.uz платформасида ариза қолдириш керак.

Бунда ариза берувчи уйини таъмирлашга мухтожлигини кўрсатиб бериши зарур бўлади.

Бу ипотека кредити учун дастлабки тўлов ва фоиз харажатларининг бир қисмини қоплаш бўйича субсидиялар “subsidyplatform.mf.uz” платформаси орқали ажратилади.

Yurist Haydarov Rasmiy

02 Dec, 10:23


2025-yilgi Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkazilmaydi.

Osiyo Olimpiya kengashining bugungi qarori bilan, mazkur musobaqa mezbonligi O‘zbekistondan Bahraynga olib berildi. Ushbu qaror sabablari hozircha rasman ma’lum qilinmagan, demoqda rasmiy manbalar.

Katta ehtimol bilan, qurilish ishlari, menimcha, vaqtida amalga oshirilmagan. Olimpiya shaharchasiga borib qarsangiz ham 25-yil uchun tayyor bo'ladigan obyektning o'zi yo'q.

Yurist Haydarov Rasmiy

01 Dec, 18:11


"UZB" avtoraqamlar juda ko'p uchraydi va bu avtoraqamlar kimga tegishli deb o'ylashingiz mumkin.

Haqiqatan ham kimlar bu raqamni ololadi?

Yurist Haydarov Rasmiy

29 Nov, 07:26


Talaba dekanini "shontaj" qilmoqchi bo'libdi. Sud qarori bilan esa talabaga jazi tayinlandi.

Yurist Haydarov Rasmiy

26 Nov, 12:53


Obunachimizdan kelgan xabar: bu norma faqat erlar uchun ishlaydimi? Ayollarga ham ishlaydimi o'zi deyapti.

Ayollarni oylik ish haqini ham teng ikkiga bo'linadi va erlarini haqqi bor unda😁😁

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook

Yurist Haydarov Rasmiy

26 Nov, 10:19


Mana bunday radarlarning ishlashi noqonuniy hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 232-sonli qaroriga asosan, o‘rnatilgan metall ustunlarning o‘ng yoki chap tomonidan 4 metr balandlikda telekommunikatsiya javoni o‘rnatiladi. Radarni o'zi esa 6 metr balandlikda o'rnatilishi kerak.

Bu radarga tushayotganlar to'layotgan jarimalar qonuniymi shunda?

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook

Yurist Haydarov Rasmiy

25 Nov, 16:07


Ayollar huquqlarini himoya qilish bo'yicha yaqinda mukofot olaman shekilli.

Nega bunaqa deyotganimni sababini esa mana bu videodan bilib olishingiz mumkin:
https://www.instagram.com/reel/DCzJUdToYvS/?igsh=NXl1OWxwcTN1cDA=

Yurist Haydarov Rasmiy

21 Nov, 12:58


Суд ҳукмидан тўғридан-тўғри келтириляпти: фуқаро А.А (шартли исм) фуқаро ....нинг думбасини қўли билан қисиб олиб, унинг шаъни ва қадр-қимматини тахқирлаб шахвония шилқимлик қилган.

Лекин айбланувчи воқеа ундай бўлмаган деган, гувоҳлар ҳам кўрмаганмиз деган.

Огоҳ бўлинг, эркаклар, огоҳ бўлинг.

Yurist Haydarov Rasmiy

21 Nov, 12:50


А.А 2024 йил 17 октиябрь куни соат 14:20 ларда вояга етмаган жабирланувчи Г.Байбековани уст қийимларини ечиб бўлиб, шаҳвоний
хусусиятга эга бўлган ҳаракат қилиб, шаҳвоний шилқимлик қилган. Фарзандларимизга кўз-қулоқ бўламиз.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook

Yurist Haydarov Rasmiy

20 Nov, 19:15


Paskashlikning eng oliy cho'qqisi.

Sobiq er internetdan pornografik videolar yuklab olib, videodagi ayol meni xotinim deb "uchaskavoy"ni telegramiga tashlab beribdi.

Yurist Haydarov Rasmiy

20 Nov, 11:13


"Tanirovka" uchun berilgan jarima bekor qilindi.

Asosi: tanirovka tekshiruvchi moslamaning sertifikati bilan haydovchini tanishtirmagan, haydovchining tanirovka uchun ruxsatnomasi ham bo'lgan.

Yashasin odil sud!!!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook

Yurist Haydarov Rasmiy

19 Nov, 18:51


Qaynonasini kaltaklagan kelinga sud hukmi bilan jazo tayinlanibdi.

Eng ajablanarlisi, kelin bir emas, bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Yurist Haydarov Rasmiy

19 Nov, 05:09


Konstitutsiya bayrami arafasida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

Shunga ko‘ra, bayram arafasida dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:
7 dekabr, shanba – haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;
8 dekabr, yakshanba – bayram kuni, barchaga dam olish kuni;
9 dekabr, dushanba – barchaga qo‘shimcha dam olish kuni;

10 dekabr, seshanba – barchaga ish kuni.

Yurist Haydarov Rasmiy

19 Nov, 04:57


O‘zbekistonda endi ayrim davlat tashkilotlari xodimlari qarindoshlari bilan ishlashi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonda qarindoshlari bilan birga ishlashi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Unda 17 ta davlat tashkiloti xodimlari o‘rin olgan: (https://daryo.uz/k/VycClbg5)

1️⃣ O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xodimlari;

2️⃣ Qishloq joylardagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari;

3️⃣ Temir yo‘l transportining liniya tashkilotlari, yo‘l, qurilish-montaj va temir yo‘llarning ixtisoslashtirilgan trestlarining qurilish-montaj va ko‘priksozlik poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalari va boshqa harakatlanuvchi tuzilmalarning xodimlari, ushbu korxona va tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari;

4️⃣ Aloqadan foydalanish tashkilotlari xodimlari;

5️⃣ Sog‘liqni saqlash, davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tashkilotlarining shifokorlari;

6️⃣ Barcha ta’lim tashkilotlaridagi pedagog xodimlar, o‘qituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar;

7️⃣ “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzilmaydigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari;

8️⃣ Teatrlar, badiiy jamoalar va studiyalar ijodiy xodimlari;

9️⃣ Arxivlar xodimlari, ilmiy muassasalar xodimlari, muassasalarning bosh buxgalterlari, buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari, shuningdek, seysmik stansiyalar xodimlari;

🔟 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tarmoq tashkilotlarining xodimlari;

1️⃣1️⃣ Dala geologiya (ekspeditsiyalari, uchastkalari va boshqa) tashkilotlari xodimlari;

1️⃣2️⃣Qishloq joylarda ishlaydigan o‘rmon va suv xo‘jaligi mutaxassislari, maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari, tibbiyot xodimlari, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar xodimlari;

1️⃣3️⃣ Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanadigan yo‘l tashkilotlarining xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari;

1️⃣4️⃣ Qurilish-montaj va ko‘priksozlik qurish poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa ko‘chma maxsus qurilish tuzilmalarining xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari;

1️⃣5️⃣ Daryo floti kemalarining suzuvchi tarkibi xodimlari va daryo transportidan foydalanish tashkilotlari xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari;

1️⃣6️⃣ Magistral quvurlar o‘tkazish hamda neft va gaz konlarini tartibga keltiruvchi qurilish, qurilish-montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan boshqarma va uchastkalarning xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari;

1️⃣7️⃣ Havza va ko‘llardagi baliqchilik tashkilotlari xodimlari, ushbu tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook

Yurist Haydarov Rasmiy

18 Nov, 12:30


Qaysi avtomobilga tanirovka uchun qancha to'lanishini ko'rsatuvchi grafika.

Maksimal tarqatamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook

Yurist Haydarov Rasmiy

18 Nov, 12:29


Tanirovka narxi oshdimi?

Ha, tanirovka uchun to'lanadigan davlat boji endilikda 3.000.000 (uch million) so'mni tashkil etmoqda. Oldingi 2.400.000 so'mlik narx 10%ga oshgan.

Yurist Haydarov Rasmiy

18 Nov, 06:08


Eng ko'p so'raladigan savol: "Otpuska"ga chiqqanda mehnat ta'tili puli qachon to'lanishi kerak?

Mehnat kodeksining 233-moddasiga ko'ra, har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq ta’til boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Ya'ni, siz ta'tilga chiqayotgan bo'lsangiz, eng ko'pi bilan ta'tilga chiqishingizdan oldin to'lab berilishi shart!!!

Davlat idoralaridagi xodimlarga otpusnoy bir kun oldin tushishi "orzu"😁😁

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook

Yurist Haydarov Rasmiy

13 Nov, 10:09


Mana kecha qo'yilgan videoni isboti. Narxlar 1.000$ emas, balki undan ham qimmatroqqa ko'tarilishi tobora aniqlashib bormoqda.

Mashinalar importiga berilgan yengillik 1 yilgina amal qildi xolos.

Yurist Haydarov Rasmiy

12 Nov, 15:38


Avtomobillar narxi ko'tarildi. Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin.

Barchaga tarqating videoni.

Yurist Haydarov Rasmiy

12 Nov, 07:24


Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdorning o‘zi korrupsiya bilan qo‘lga tushdi

Ma’lum bo‘lishicha, “Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”ning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun kelgusida ishdan bo‘shatilmasligi evaziga undan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida bu ishga “Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”ning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ham aloqador ekanligi aniqlangan.

Yurist Haydarov Rasmiy

04 Nov, 17:50


❗️ИЖАРАДА ЯШАЙДИГАН ЁШ ОИЛАЛАРНИНГ ИЖАРА ТЎЛОВИ ТЎЛАБ БЕРИЛАДИ

📃 Вазирлар Маҳкамасининг 07.06.2022 йил кунги 312-сон қарори билан тасдиқланган низомга асосан,


"ёшлар дафтари"га киритилган ёшларга бир-қатор енгилликлар берилган.

❗️Жумладан:

  Мазкур низомга асосан «Ёшлар дафтари» жамғармалари хисобидан ижтимоий ҳимояга муҳтож ёш оилаларга ҳар ойда базавий хисоблаш миқдори (ҳозирги кунда 375 000 сўм)нинг 3 баравари (1 125 000 сўм)дан ошмаган миқдорда 12 ойгача турар жой ижараси учун субсидия ажратилиши белгиланган.

Yurist Haydarov Rasmiy

01 Nov, 17:05


"Nasaf" jamoasini chempionlik bilan tabriklayman. Barakalla, o'g'lonlar. Bu kunni qashqadaryoliklar qancha kutishgandi.

Shaxsan o'zim ham "Nasaf" jamoasiga muxlislil qilaman. Ular bunga loyiq edi. Barakalla!!!

Yurist Haydarov Rasmiy

01 Nov, 06:27


2025-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida totalizator va bukmekerlik kompaniyalari faoliyatiga ruxsat beriladi.
Amaldagi qonunchilikdagi ma'muriy va jinoiy javobgarlik hali ham mavjud va buni bekor qilish hamon ochiq masala hisoblanadi.

Asos: https://lex.uz/uz/docs/-6899273 (PF-68 son Farmon)

Yurist Haydarov Rasmiy

30 Oct, 07:09


Ushbu holatda Matiz haydovchisi Tez yordam mashinasiga yo'l bergani uchun ham javobgar deb topilgan. (polosa bosgani uchun jarima kelgan)

Lekin, bu holatni bemalol sud orqali bekor qilish mumkin. Bekor qilib, natijasini yana bir bor xabar beramiz.

Yurist Haydarov Rasmiy

30 Oct, 04:57


Ertalabdan shunaqa jarimalar kelib tursa "mazza" bo'lsa kerak.
Eng qiziq tomoni, to'xtash ta'qiqlangan belgisini o'zi yo'q, lekin jarima rasmiylashtirilgan.

Qiziqarli holat, sudlashib ko'ramizmi? (obunachimizdan kelgan video)

Yurist Haydarov Rasmiy

29 Oct, 07:15


Shaxvoniy shilqimlik qilgan yana bir yigit 5 sutkaga qamaldi.

Huquqbuzar (shartli) A.A, sud majlisida 2024 yil 3 oktyabr kuni Yunusobod tumani, 15-mavze, **-uyning kirish joyida fuqaro B.B.ning orqa dumba sohasidan bir marotaba ushlab qochib ketganligi, hozirda o‘zining aybiga to‘liq iqrorligi va pushaymonda ekanligini bildirib, yengillik berishni so‘rab ko‘rsatuv berdi.

Sud qaror bilan huquqbuzarga 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi berildi.

Yurist Haydarov Rasmiy

28 Oct, 11:09


"Polosa" bosganligi uchun jarima qo'llangan.

Endi savol, shu vaziyatda jarima qo'llanishi to'g'rimi?

Yurist Haydarov Rasmiy

28 Oct, 11:04


⚡️Алламжоновга суиқасд иши бўйича яна 3 киши қамоққа олинди

Бош прокуратура томонидан Қибрайдаги қотилликка суиқасд ҳолати билан боғлиқ жиноят иши юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ўтказилган тергов ва тезкор қидирув тадбирлари давомида ушбу жиноятни содир этишга алоқадор бўлган шахсларнинг яна уч нафари аниқланиб, гумонланувчи тариқасида ушланди.

Бош прокуратура

Yurist Haydarov Rasmiy

27 Oct, 18:09


Bugungi saylovlarga, men tanigan odamlarning ko'pchilgi bormagan.
Lekin, saylovda ishtirok etish foizi anchagina baland. Menimcha, faqatgina menda emas, sizda ham shunday bo'lsa kerak.
Ko'p yaqinlaringizdan so'rasangiz saylovga bormagan, lekin saylov ishtiroki foizi anchagina baland.

G'alatimasmi?

Yurist Haydarov Rasmiy

24 Oct, 07:38


O‘quvchi dars vaqtida o‘qituvchiga behurmatlik qilsa, qanday chora ko‘rish mumkin?

Bunday holatda ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo‘llaniladi.

Bunday holatda ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo‘llaniladi. Ya’ni, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi:

- bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yurist Haydarov Rasmiy

23 Oct, 06:15


Жиноят ишлари бўйича Сирдарё туман суди ўқитувчи ва ҳамширани калтаклаган қизларнинг онасини маъмурий жаримага тортди

Сайт I Telegram I Facebook I YouTube

Yurist Haydarov Rasmiy

21 Oct, 18:45


"Tanirovka" bo'yicha ishda yana bir g'alaba.

Sudya ham bevosita qarorida aytganidek, "tanirovka" bo'yicha jarima faqatgina ruxsatnomasi yo'qlarga berilishi qayd etilgan.

Ruxsatnomasi bo'la turib, ko'proq tanirovka urib yuborganlik uchun javobgarlik kodekslarimizda YO'Q.

Yurist Jaloliddin Haydarov
Link: t.me/yurist_haydarov1

#sud #tanirovka #yurist #galaba

Yurist Haydarov Rasmiy

18 Oct, 04:57


AI 80 benzin narxi yana oshadi

16 oktyabr kungi birja savdolarida eng arzon benzin bir tonnasi ulgurji narxi 10mln 31 ming so‘mni tashkil etgan.

Bu bir litr benzinning birjadagi ulgurji narxi taxminan 7530 so‘m atrofida bo‘lganini ko‘rsatadi.

Unga qo‘shimcha transportirovka harajatlari, soliqlar va ustiga qo‘yiladigan foydani qo‘shib hisoblasak, AYOQSHlarda ushbu turdagi benzin bir litr uchun 8500-9000 so‘m narx atrofida sotilishi mumkin.

Afsuski, dunyoda benzin arzonlashib borayotgan bir vaqtda bizda AI-80 benzini birjada bir yil ichida salkam 40 foizga qimmatlagan.

Yurist Haydarov Rasmiy

17 Oct, 19:03


It bolani tishlab olgan. Egasi esa 375 ming so'mlik jarimaga tortilgan.

MJtK 110-moddasi. Shaharlar va boshqa aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish choralarini ko‘rmaganlik, shunday huquqbuzarlik fuqarolarning sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa,
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigach jarima solishga sabab bo'ladi.

Menimcha, normani o'zgartirish vaqti keldi.

Yurist Haydarov Rasmiy

17 Oct, 18:41


537 million dollarlik "bitcoin" kriptovalyutasini 'musor'ga tashlab, endi uni qidirayotgan odam.

Britaniyalik erkak 8000 ta bitkoin saqlangan qattiq diskni qidirishga ruxsat bermagani uchun rasmiylarni sudga berdi

Hokimiyatga qarshi da'vo 39 yoshli Jeyms Xouells tomonidan qo'zg'atilgan. 2013-yilda u tasodifan 8000 taga yaqin bitkoinlar saqlangan diskni axlatga tashlab yuborgan.

Yurist Haydarov Rasmiy

17 Oct, 18:19


Yana bir universitetning litsenziyasi sud orqali bekor qilindi.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan litsenziya talab va shartlariga amal qilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilindi.

Yurist Jaloliddin Haydarov
Link: t.me/yurist_haydarov1

Yurist Haydarov Rasmiy

17 Oct, 11:53


Otasi so'kkani, urgani uchun, otasini sudga bergan qizni eshitmagan bo'lsangiz kerak.

Mana sizlarga real holat. 2024-yil 20-sentabrda ota ichib kelib qizini uradi, natijada qiz yengil tan jarohati olib, otani sudga beradi.
Ota qizidan kechirim so'raydi va ikkala taraf yarashadi. Ish Yakkasaroy jinoyat sudida ko'rilgan.
Qaror nusxasi bizda mavjud.

Yurist Jaloliddin Haydarov
Link: t.me/yurist_haydarov1

Yurist Haydarov Rasmiy

15 Oct, 17:52


Mana yana bir sud qarori, o'qing, o'rganing barbir haq ekanligimni tan olasiz.

Yurist Haydarov Rasmiy

15 Oct, 17:50


Mana bu sud qarorida yozib qo'yibdiki, MJtKning 126-moddasida (tanirovka bo'yicha modda) oynalarning yorug'lik o'tkazuvchanligi meyorga to'g'ri kelmagan transport vositalari haydovchilariga nisbatan jaovgarlik YO'Q.

Yurist Haydarov Rasmiy

15 Oct, 10:46


IIV raddiya berishga ham ulguribdi. Mana endi haqligimni isbotlash uchun bir nechta sud qarorlarini ham tashlayman kanalga.

Hamma ko'rsin, bilsin. Haqiqat egiladi, bukiladi lekin sinmaydi.

Yurist Haydarov Rasmiy

15 Oct, 06:29


ZO'R TV bilan hamkorlikda olingan videomiz ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Qisqacha tushintirsa, Kodeksda ruxsatnomasi bo'lmaganlarga jarima borligi belgilangan, demak ruxsatnomasi bo'lsa ham ko'proq qoraytirganlik uchun hech qandya javobgarlik yo'q.

Isbot tarzida bir nechta sud qarorlarini ham tashlashimiz mumkin kanalga.

Yurist Haydarov Rasmiy

14 Oct, 13:00


Ўзбекистонда “суюнчи пули” миқдори ошди

Жорий йил октябр ойидан Ўзбекистонда фарзанд туғилганда бериладиган бир марталик нафақа пули 738 150 сўмдан 811 965 сўмга оширилди.

Yurist Haydarov Rasmiy

14 Oct, 10:12


Mana bunaqa eski damlarni eslaylik degan jumlalarni jo'natishsa, ishonib qolavermang. Yaqinlashma, kuyasan deydiku, bossangiz akkauntingiz bloklanadi.

Yurist Haydarov Rasmiy

13 Oct, 17:37


❗️КЎП БОЛАЛИ ОИЛАЛАР КИМЛАР ?

⚡️САВОЛ;
Бизни 3 нафар фарзандимиз бор. Кўп болали оилаларга имтиёзлар бор дейишяпти. Биз хам уч нафар фарзандимиз билан кўп болали оила хисобланамизми ?

⚡️ЖАВОБ;
Йўқ, Сизларни оилангиз кўп болали оилалар тоифасига киритилмайди. Оила кодексининг 4 прим биринчи моддасида, кўп болали оилалар деб, тўрт нафар ва ундан ортиқ ўн саккиз ёшга тўлмаган боласи бўлган оилаларга айтилиши кўрсатилган.

Агар тўрт нафар ва ундан ортиқ болалардан бир нафари ёки ундан кўпроғи ўқувчи ёки талаба бўлса ва 22 ёшдан ошмаган бўлса ундай оилалар хам кўп болали оила хисобланади.

Yurist Haydarov Rasmiy

13 Oct, 17:33


Videoni "shaxmat"chi do'stlaringizga yuborib qo'ying. Yaqin kunlarda uzr so'rab chiqqan videosini ham qo'yishimiz mumkin.

Yurist Haydarov Rasmiy

10 Oct, 12:26


Талабалар ювган формаларини эрталабгача қуриши учун газни ёқиб ётишди. Дарсга бора олмаган марҳумларга "НБ" қўйилди...

Жавоҳир Эшонқулов

Yurist Haydarov Rasmiy

10 Oct, 05:20


Avtokredit asosida mashina olib beraman deb fuqarolarni 3.500$ dollariga tushirgan fuqaroga jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Yurist Haydarov Rasmiy

09 Oct, 12:57


Uyga usta sifatida kelgan fuqaro uy egasining qiziga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan.

Usta bo'lib kelgan fuqaro uy egasining yo'qligida voyaga yetmagan qiziga shahvoniy shilqimliklar qilgan, telegram akkauntiga esa turli uyatli so'zlar yozib, shilqimlik qilganligi ma'lum bo'lgan.
Mirishkor tuman jinoyat sudining qaroriga asosan, aybdor shaxsga MJtKning 41 prim 1-moddasi bilan 680.000 so'm jarima jazosi belgilangan.
(Sud qarori nusxasi bizda mavjud).