🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali @adtiuz_rasmiy Channel on Telegram

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

@adtiuz_rasmiy


🏛 Andijon davlat tibbiyot instituti
®️ 1955-yilda asos solingan.
📍 Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
📲 Telefon: (0-374) 223-94-60
⌨️ Murojaat uchun: @adti_murojaat_portali_bot

ADTI.UZ | Rasmiy kanali (Uzbek)

🏛 Andijon Davlat Tibbiyot Instituti, 1955-yilda asos solingan rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda institutning faoliyatini, yangiliklarini, vaqtinchaliklarini, va boshqa foydali ma'lumotlarni topishingiz mumkin

Andijon shahridagi Yu.Otabekov 1-uyda joylashgan institutning rasmiy Telegram kanalida, telefon raqami: (0-374) 223-94-60 va murojaat uchun @adti_murojaat_portali_bot xizmat qiladi. Ishonchli va tezkor ma'lumotlarga ega bo'lish uchun bizning kanalga obuna bo'ling! 📲🔬

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

18 Feb, 09:18


Institutda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil qilindi

Bugun, 18-fevral kuni Xonobod shahridagi 1-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchilari uchun Andijon davlat tibbiyot institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Unda Xonobod shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi M.Abdullayeva, Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi mudiri X.Hamdamov va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbir 11-sinf bitiruvchilarini ta’limni keyingi bosqichiga jalb qilish maqsadida tashkil qilindi. Mas’ullar tomonidan o‘quvchilarga talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qabul va o‘quv jarayoni, institutdagi o‘quv yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil tushuntirildi. Shuningdek, o‘quvchilar institutning normal anatomiya, operativ jarrohlik hamda topografik anatomiya kafedrasidagi anatomiya muzeyi, Simulyatsion markaz, AKT va Axborot-resurs markazlari bilan tanishdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

18 Feb, 08:52


PARAMEDITSINA YO‘NALISHI TALABALARI JANUBIY KOREYA MILLIY TRANSPORT UNIVERSITETIDA

Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Janubiy Koreyaning milliy transport universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Parameditsina yo‘nalishidagi ta’lim jarayonlari eng so‘nggi texnologiyalar, dual ta’lim asosida olib borilmoqda. Talabalar amaliy jarayonlar orqali bemorlarga tez tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha nazariy olgan bilimlarini mustahkamlashmoqda.

Mazkur Parameditsina yo‘nalishi qo‘shma ta’lim dasturi talabalari talaba almashinuvi doirasida Janubiy Koreyaning milliy transport universitetiga jo‘nab ketdilar. U yerda dars jarayonlari allaqachon boshlab yuborildi.

Darslarning ilk kuni Chungbuk universitetining klinika hududida tashkillashtirildi. Talabalar tez tibbiy yordam tizimi hamda shifokor va paramedik faoliyati haqida tanishdilar. Ularga mutaxassislar tomonidan shifokor va paramediklarlarning vazifalari, bemorga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishda paramediklarning roli va ahamiyati qanday ekanligi atroflicha tushuntirildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

18 Feb, 05:42


#chellenj
#Bobur #542yilligi #14fevral

Shoh va shoir, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi" doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti 1-bosqich talabasi Shohruzbek O'raimov tomonidan ruboiy chellenj.

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yamon bo‘lsa, jazo topqusidur.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

17 Feb, 15:19


SIMULYATSIYA SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Bugun, 17-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Yevropaning NASCE va Qozog'iston Respublikasining BERTAS.KZ kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar institutda simulyatsion taʼlimni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish masalasidagi imkoniyatlarni muhokama qilindi.

Xorijlik mutaxassislar qator loyihalar va rejalar haqida ma'lumot berib, tanishtirib o‘tdi.

Bugungi kunda Andijon davlat tibbiyot instituti Simulyatsion markazi eng so‘nggi texnologiyar, robot-simulatorlar bilan jihozlangan. Mazkur markazda talabalar nazariy darslarda olgan bilimlarini amalda qo‘llab, davolash, tez tibbiy yordam ko‘rsatish va jarrohlik amaliyotlarining ilk ko‘nikmalarini egallaydilar.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

17 Feb, 15:07


#videorolik

Bugun, "Rektor kubogi" uchun o‘tkazilayotgan mini-futbol musobaqasiga start berildi. Unda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etmoqda.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

17 Feb, 15:00


ILK MINI-FUTBOL MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

Ochilish marosimdan so‘ng ilk musobaqa start oldi. Unda Davolash hamda Pediatriya fakultetining professor-o‘qituvchilari jamoalari g‘oliblik uchun to‘p surdilar.

O‘yin qizg‘in va murosasiz o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, har ikki jamoa ham do‘stona harakat qildilar. Hisob 1:1.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

16 Feb, 09:10


#Haftalik_dayjest

Andijon davlat tibbiyot institutida oʻtgan hafta davomidagi xabarlar bilan haftalik dayjest.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

15 Feb, 11:22


KASABA UYUSHMA QO‘MITASINING HISOBOT-SAYLOV KONFERENSIYASI O‘TKAZILDI

Bugun, 15-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori M.Madazimov, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyati kengashi raisi A.Arziyev, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Andijon viloyati bo‘yicha mehnat-huquq inspektori Sh.Dehqonov va institut xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiya avvalida institut Kasaba uyushma qo‘mitasi raisining 5 yillik hisoboti tinglandi. Tadbirda so‘z olganlar kasaba uyushmasini rivojlantirish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlarga yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, konferensiya delegatsiyasining a’zolari institut Kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga o‘tkazilgan saylovda ishtirok etdi. Jami 40 nafar saylovchi ishtirok etgan saylov natijalariga ko‘ra, 38 ta ovozga ega bo‘lgan holda Abduraxmanov Akmalbek Hoshimovich institut Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Andijon davlat tibbiyot instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibiga fakultetlardan Go‘yoxon Yuldasheva, Umidjon Mamajonov, Akmal Tojiboyev, Muzaffar Nosirov, Nosirbek Kasimov, Qunduzbek Qodirov saylandi.

Shuningdek, qo'mitaning taftish komissiyasi raisi sifatida Abduvaliyev To‘lqinjon Abduxalimovich saylandi. Mazkur komissiya a’zlari etib, Sherzodjon Abduqodirov, Shohruh Sapioxunov, Komil Mamarasulov saylandi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

15 Feb, 11:13


“BINOKOR”DA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘TKAZILDI

Prezidentimiz raisligida “Mahallalarda aholi bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan qizil toifadagi mahallalar aholisiga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Andijon davlat tibbiyot institutiga Andijon shahridagi “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12 ta aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar biriktirilgan bo‘lib, mas'ullar tomonidan ularning yashash sharoitlari va muammolari doimiy tarzda o'rganib, hal etib kelinmoqda.

Bugun, 15-fevral kuni institut mas’ullari, mahalla o‘ramidagi ko‘p qavatli uylar atrofida aholi vakillari hamda mahalla yettiligi tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, uylar oldidagi daraxt ko‘chatlaridan qurigan barglar tozalanib, yer qismlari yumshatildi. Daraxtlardan tushgan qurigan barglar, ariqlarga to‘plangan chiqindilardan tozalandi. Ekin maydonlari chopilib yumshatildi. Gulzorlar yerlariga ishlov berildi. Daraxtlarga ishlov berildi. Obodonlashtirish ishlarida aholi vakillari, institut xodimlari hamda mahalla xodimlari faol ishtirok etdi.

Shuningdek, fuqarolar bilan o‘tkazilgan suhbatda bir nafar fuqaroning tikuv mashinasi so‘rab qilgan murojaati rejaga kiritildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

15 Feb, 11:13


#chellenj
#Bobur #542yilligi #14fevral

Shoh va shoir, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi" doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik va transplontologiya kafedrasi Oliy hamshiralik ishi yo'nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan ijodiy kompozitsiya.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

15 Feb, 08:00


🖐"Besh tashabbus olimpiadasi" 2025-yilgi mavsumining ochilish marosimi tantanali tarzda boshlandi

Viloyatimizda joylashgan "Universal" sport majmuasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning rasmiy ochilish marosimi o'tkazildi. Ushbu marosimda respublikamizning 14 ta hududi vakillari, jumladan, Andijon viloyatining sportchi-yoshlari ham Zoom platformasi orqali online tarzda qatnashdi.

Tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqan hamkor tashkilot rahbarlari barcha sportchilarga omad va yuksak zafarlar tilab, kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun samimiy tilaklarini bildirdi. Tadbir davomida estradamizning taniqli va sevimli san'atkorlari kuy va qo'shiqlarini taqdim etib, ishtirokchilarga yorqin kayfiyat va quvonch ulashdilar.

Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligida institutimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

13 Feb, 12:20


#fakultetlarda_bugun

Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun, 13-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya, Pediatriya va Farmatsiya fakultetlari talabalari ishtirokida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar institutning Profilaktika katta inspektori J.Xo‘jayev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Profilaktika inspektori G.Abduvoxidova tomonidan o‘tkazildi.

Tadbir davomida mas’ullar giyohvandlik va psixotrop moddalar ta'siridan kelib chiqadigan salbiy oqibatlar haqida so‘z yuritib, ularning yoshlar salomatligiga, psixologik holatiga hamda ijtimoiy hayotga qanday zararli ta'sir ko‘rsatishi haqida batafsil tushuntirish berdilar. Ushbu ma’lumotlar aks etgan tarqatma materiallar taqdim etildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

13 Feb, 12:04


#fakultet_xabari

Stomatologiya fakulteti dekani talabalar bilan muloqot o‘tkazdi


Bugun, 13-fevral kuni Stomatologiya fakulteti dekani F.O‘rinov ishtirokida dekan va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda fakultet dekani mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama bilimli va barkamol etib, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv davomida 3-semestr yakuniy imtihonlari, ularga tayyorgarlik, darslarning sifati, amaliy jarayonlarning o‘tkazilayotganligi borasida yoshlarning fikrlari bilan o‘rtoqlashildi. Ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Yig‘ilish so'ngida talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlari, odob-axloqi va tarbiya masalalari muhokama qilindi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

13 Feb, 11:55


PROREKTOR VA KLINIK ORDINATURA MAS’ULLARI ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Bugun, 13-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov va Klinik ordinatura ishlari bo‘yicha mas’ul J.Bo‘taboyev hamda Klinik ordinatura yo‘nalish mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Klinik ordinatura to‘g‘risidagi Nizom”ning 38-bandini xamda 2018-yil 18-dekabrda tasdiqlangan “Klinik ordinaturada ta’limni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar”ning 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida kerakli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, birinchi yarim yillik attestatsiyani adolatli, shaffof tarzda o‘tkazish, jarayonlarda klinik ordinatorlarni o‘z vaqtida ishtirok etishlarini ta’minlash, klinik va test imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

13 Feb, 10:34


“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi

Yig‘ilishda mutasaddilarga sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘iboti bilan har bir oilani qamrab olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu yo‘nalishda xalqchil va ta’sirchan ijtimoiy roliklar tayyorlab, har kuni markaziy telekanallarda namoyish etish lozimligi ta’kidlandi.

Umuman, bu masalalarni qonun darajasida mustahkamlab qo‘yish zarurligi, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunni qisqa muddatda tubdan qayta ko‘rib chiqib, bugungi zamon talablariga moslashtirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, aholimizning 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan. Oqibatda odamlarning 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida qon bosimi bilan bog‘liq muammo borligi alohida qayd etildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

13 Feb, 10:33


Talabalarning sport bilan qamrovini kamida 50 foizdan oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi

Bugun, Prezident raisligida 2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish hamda ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga ham tegishli topshiriqlar berildi.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari soni 203 taga yetdi, ularda kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalar 700 mingdan oshdi.

Xorijiy davlatlarda talabalar sporti katta sport uchun zaxira bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois mutasaddilarga har bir oliygohda kamida 3 ta olimpiya sport turi bo‘yicha sport klubini tashkil qilish topshirildi.

Sport vazirligi bunday sport klublari faoliyatiga ilmiy-metodik ko‘maklashadi, Chirchiqdagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasidan foydalanishga sharoit yaratib beradi.

Umuman, aholining ommaviy sport bilan qamrovini kamida 15 millionga yetkazish favqulodda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Bunga faqat Sport vazirligi emas, har bir rahbar, viloyat, shahar va tuman hokimlari mas’ul bo‘ladi.

Nogironligi bor shaxslarning sport bilan qamrovini 2 barobarga ko‘paytirish maqsad qilib olindi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

13 Feb, 10:21


#imtihon_jarayonlari

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Tibbiy radiologiya, onkologiya, klinik laborator diagnostika va ftiziatriya kafedrasining klinik laborator diagnostika ixtisoslashtirish kursida tahsil olgan tinglovchi shifokorlarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Ular sinovlarda egallangan yangi mutaxassislikka xos bo‘lgan shifokorning funksional vazifalarini mustaqil bajara oladigan, tibbiyot muassasalarida bemorlarga yuqori malakali yordam ko‘rsata oladigan mutaxassislar ekanligini namayon qildi. Bugungi kunda kursantlar 6 oy mobaynida olgan bilimlarini, ya’ni amaliy ko‘nikmalar va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tib, keyingi bosqichga qo‘yildi. Klinik laborator diagnostika tinglovchi shifokorlari yakuniy imtihonlari davom etmoqda.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

09 Feb, 05:44


#Diqqat_davom_ettiring
#chellenj
#Alisher_Navoiy

Xabaringiz bor, so‘z mulkining sultoni, mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti Matbuot kotibi Oydina Xusainova g'azal chellenjiga chorlagan edi. G'azal davomini Pediatriya fakulteti tyutori Farog'atxon Mamatova davom ettirdi.

Orazin yopqoch ko‘zumdin...

Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
O‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.

Qut bir bodom-u yerim go‘shayi mehrob edi,
G‘orati din etti nogah bir balolig‘ ko‘z-u qosh...

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhning bot-bot dami andoqki aylar mehr fosh.

Boʻsa-e qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam ogʻzi ichra aytur laʼl ham bor navʼ tosh...

Novaking ko‘nglumga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko‘nglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard o‘lki, bo‘ston xizridur— Sarvkim,
da’b ayladi ozadalig‘ birla maosh.

G'azal davomini ertaga Farmatsiya fakultetining xodimlaridan kutib qolamiz.


❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

09 Feb, 04:51


#chellenj
#Bobur #542yilligi #14fevral


Buyuk mutaffakkir, shoir, faylasuf so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Farmatsiya fakulteti Tibbiy profilaktika kafedrasi o'qituvchisi Sh.Axmadjonov tomonidan chellenj.

Farzand ato qullig'in chu odat qilg'ay,
Ul odat ila kasbi saodat qilg'ay.
Har kimki atog'a ko'p rioayat qilg'ay,
Og'lidin anga bu ish siroyat qilg'ay.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

09 Feb, 03:06


#chellenj

So‘z mulkining sultoni, mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari tomonidan tayyorlangan ijodiy kompozitsiya.

YO rab, ul yuzni dame ko’zumga pinhon aylama,
YO ko’zimni ondin o’zga yuzga hayron aylama.

Chehrasiga mezbon o’lsun ko’zum, ul chehrani
Ko’zlarim uyidin o’zga uyga mehmon aylama.

Ochmayin zulfi parishon ko’ngluma chektirma oh,
Yetmayin ohim yeli zulfin parishon aylama.

Jonima la’lidin o’zga la’ldin berma hayot,
La’lig’a jonimdin o’zga jonni qurbon aylama.

Boshima ko’yidin o’zga ko’yni qilma vatan,
Ko’yida boshimdin o’zga boshni g’alton aylama.

Ey ko’ngul, davr ahlidin ming yilchiliq yo’l go’sha tut,
YO alardin yetsa yuz ming g’ussa afg’on aylama.

Istasang, ey gul, Navoiydek xush ilhom bulbule,
G’unchadek ko’nglin malomat xoridin qon aylama.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

08 Feb, 14:14


#chellenj
#cover

Shoh va shoir, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan shoirning "Ortiq sen" gʻazali Andijon davlat tibbiyot instituti Ordinatura yo'nalishi talabasi Muhammadsodiq Abduhalimov tomonidan oʻzgacha ijroda tayyorlandi.

Koʻramiz va birga kuylaymiz!

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

08 Feb, 13:02


#profilaktik_tadbir

Andijon davlat tibbiyot institining Xotin-qizlar bo‘yicha profilaktika katta inspektori G.Abduvohidova, Stomatologiya fakulteti tyutorlari va talabalari o‘rtasida "Biz- giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Unda giyohvandlik, uning kelib chiqish sabablari, oldini olish chora-tadbirlari, yoshlar o‘rtasida mazkur salbiy illatni bartaraf etish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

08 Feb, 11:26


REKTOR ADTI KLINIKASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI

Bugun, 8-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institut klinikasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Institut klinikasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-sonli Qarori bilan rekonstruksiya qilinishi belgilangan. Qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun 349,621 milliard so‘m mablag‘ga loyiha-smeta qilingan bo‘lib, 2021-2024-yillarda byudjet mablag‘lari hisobidan 196,445 milliard so‘m to‘liq ajratilib, qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borildi.

2025-yildan rekonstruksiya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-395-son Qaroriga asosan Andijon davlat tibbiyot instituti mablag‘lari hisobidan olib borilishi ko‘zda tutilgan.

Hozirda binolarda liftlar keltirilib, ularni joylash ishlarini boshlash rejalashtirilgan, binolardagi tashqi derazalar tagiga mramor joylashtirish, suv bilan davolash binosini tashqi ko‘rinish qismlariga keramogranid kafellari qoplash, yer ostidan gidrand va issiq suv tortish ishlari, karidor va palatalarda shift o‘rnatish ishlari, davolovchi bloklardagi xonalarga eshik o‘rnatish ishlari, elektr kabellarini o‘rnatish ishlari, bloklarda yon tarafdan chiqish eshiklariga tashqi zinalarga mramor o‘rnatish, bloklarda oyna, alyumin-plastik kompozitli eshik va romlar o‘rnatish, bloklarda isitish tizimlari sozlash kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Institut rektori jarayonlar bilan yaqindan tanishib, ishlarni jadallashtirish borasida taklif va topshiriqlarni berdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

08 Feb, 10:56


♻️ Yilning eng na’munali rektori an'anaviy ko'rik-tanlovida Andijon davlat tibbiyot instituti rektorini qo'llab - quvvatlang!

Ovoz berish uchun👉 https://t.me/otmsorovnoma_bot?start=vote30

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

08 Feb, 10:55


📌FINAL: YILNING ENG NA’MUNALI REKTORI VA DIREKTORIGA OVOZ BERING

🎁 G'olib OTM rektori va direktoriga statuetka, Diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

🔊 Ovoz berish jarayonlari 8-fevral 23:59ga qadar davom etadi va ushbu nominatsiya bo'yicha eng ko'p ovoz to'plagan nomzod g'olib deb topiladi.

O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG.

🔊🔊 Ovoz berish

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

08 Feb, 09:02


INSTITUT REKTORI “BINOKOR” MFYDA

Ma’lumki, Prezidentimiz raisligida “Mahallalarda aholi bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan qizil toifadagi mahallalar aholisiga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Andijon davlat tibbiyot institutiga Andijon shahridagi “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12 ta aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar biriktirilgan bo‘lib, mas'ullar tomonidan ularning yashash sharoitlari va muammolari doimiy tarzda o'rganib kelinmoqda.

Bugun, 8-fevral kuni ham institut rektori M.Madazimov mahalla raisi va faollar bilan muloqot o‘tkazdi. Unda mahalla aholisining muammolari bosqichma bosqich hal etilayotgani, murojaatlar yuzasidan olib borilayotgan o‘rganish ishlari borasida suhbat o‘tkaizldi.

Shundan so‘ng, instituti rektori boshchiligida mas’ullar institutga biriktirilgan “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 50 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekdi.

Mahallaning obodligi uchun qo‘shilgan bu hissa kelajakda shu hududda yashovchi aholi va bolalarni mazali mevalardan bahramand bo‘lishlariga ham xizmat qiladi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

03 Feb, 16:06


ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 584 YILLIGIGA XORIJLIK TALABALARDAN TUHFA

So‘z mulkining sultoni, mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutining xorijlik talabalari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Talabalar turar joyida tashkil etilgan ushbu tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Axborot-resurs markazi xodimlari, Xorijiy fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida G.Xolmatova so'z olib, Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga to‘xtalib o‘tdi. Xorijlik talabalarni ham mana shunday adabiyotga oshno ekanliklarini alohida e'tirof etdi.

Shundan so'ng, talabalar tomonidan Alisher Navoiy ijodidan g‘azal va ruboiylar ijro etdi. Qator sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Ushbu betakror g‘azallar kuyga solinib, o'zgacha qo‘shiq tarzida ijro etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlarga ulangan raqslar esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Yakunda tadbirning faol qatnashchilari faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

03 Feb, 16:04


"ZAKOVAT"DA BILIMDONLAR BELLASHUVI O‘TKAZILDI

Bugun, 3-fevral kuni institut talablarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti tomonidan talablar turar joyida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.

Institut "Zakovat" intellektual klubi koordinatori Sh.Abduraxmonov tomonidan olib borilgan ushbu oʻyin ikki bosqichda boʻlib oʻtdi. Dastlab jamoalarga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishi muammolari hamda turizm sohalariga oid savollar berildi.

Navbatdagi bosqichda esa soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga taalluqli savollar oʻynaldi.

Shiddatli tarzda o‘tgan oʻyin yakunida Davolash fakultetining "Legends" hamda Stomatologiya fakultetining "Stom" jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Gʻolib jamoalarga badiiy kitoblar taqdim etildi.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

03 Feb, 12:42


#chellenj

So‘z mulkining sultoni, mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi institut jamoasi tomonidan g‘azal chellenji.

Bizing shaydo ko’ngul bechora bo’lmish,
Malomat dashtida ovora bo’lmish.

Anga baskim, yog’ar tosh ustida tosh,
Tanida yora uzra yora bo’lmish.

Urarda dam-badam xorog’a boshin,
So’ngaklar anda pora-pora bo’lmish.

Balo tog’i aro yotqanda bemor
Xazu sinjobi xoru xora bo’lmish.

Qaro qildi nechukkim ro’zg’orim,
Oning ham xonumoni qora bo’lmish.

Qadah xurshidi qonikim, g’amidin
Sirishkim kavkabi sayyora bo’lmish.

Navoiy, choradin ko’p dema so’zkim,
G’amingg’a chorasizlik chora bo’lmish.

Alisher NAVOIY

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

03 Feb, 12:37


#Profilaktik_tadbir

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish borasida profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi profilaktik tadbirlar institutning Biofizika, informatika, tibbiy texnologiyalar, Ichki kasalliklar, Onkologiya kafedralarida o‘tkazildi.

Tadbir davomida odob-axloq, kiyinish madaniyati, mehnat intizomi, yoshlarni korrupsiyaga murosasiz munosabatda tarbiyalash, uni oldini olishda birgalikda kurashish, diniy ekstremizm va unga qarshi kurashish mavzularida tushunchalar berildi.

Ta’lim sifatini yaxshilash, moddiy-texnika jihozlari bilan ta’minlanganligi, undan samarali foydalanish, yoshlarga har tomonlama shaxsiy namuna bo‘lish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

03 Feb, 12:36


#teatr

Andijon viloyat musiqali darama teatrida “Otamdan qolgan devor” nomli komediya janridagi spektakl namoyish etildi. Rollar Namangan viloyati Alisher Navoiy nomidagi davlat musiqali dramma teatri jamoasi tomonidan ijro qilindi. Namoyishda Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari ishtirok etib, tomosh qildilar.

Asarda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, gender tengligi, ularning kasbiy faoliyatlari hazil-mutoiba tarzida talqin etildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

26 Jan, 10:12


#TABRIK

Bugun, 26-yanvar Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy -maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Sarvar Salohiddinovning tavallud ayyomi.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi S.Salohiddinovni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam salomatlik hamda ezgu maqsad yo‘lidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

25 Jan, 14:27


#yakuniy_imtihon

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Endoxirurgiya, endourologiya, stomatologiya va oftalmologiya kafedrasida Endoxirurgiya, endourologiya qayta tayyorlash tinglovchilarining yakuniy imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yo‘nalishda “Endoxirurgiya” sohasi va “Endourologiya”da mutaxassis vazifalarini bajara oladigan, xirurgik kasalliklar bo'yicha bilimlarni o'zlashtirgan, mutaxassislar tayyorlash va jahon ilm-fani va amaliyotining so'nggi yutuqlarini egallagan, endoxirurgiya mutaxassis shifokori malakaviy talablariga muvofiq, egallangan yangi mutaxassislikka xos bo'lgan shifokorning funktsional vazifalarini mustaqil bajara oladigan, tibbiyot muassasalarida bemorlarga yuqori malakali endoxirurgik va endourologik yordam ko'rsata oladigan mutaxassislar tayyorlandi.

Bugungi kunda kursantlar 5 oy mobaynida olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Imtihonlar nazariy va amaliy tarzda olib borildi.

Navbatdagi jarayonlarni kelgusi xabarlarimizda kuzatib boring!

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

25 Jan, 11:12


REKTORNING "BINOKOR” MAHALLASINING AHOLISI ISHTIROKIDAGI SAYYOR QABULI DAVOM ETMOQDA

Xabaringiz bor, Prezidentimiz raisligida “Mahallalarda aholi bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan qizil toifadagi mahallalar aholisiga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Andijon davlat tibbiyot institutiga Andijon shahridagi “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12 ta aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar biriktirilgan bo‘lib, mas'ullar tomonidan ularning yashash sharoitlari va muammolari doimiy tarzda o'rganib kelinmoqda.

Jumladan, bugun 25-yanvar kuni ham Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov aholi vakillari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida bir nafar fuqaro Turkiya davlatining Istanbul shahrida tikuvchilik sexida ishlayotgani, bir nafar fuqaro kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani uchun sababli MFY xodimlariga fuqarolarni reestrdan chiqarish taklifi bildirildi. Shuningdek, ijarada yashayotgan fuqaro subsidiya olishi uchun hokim yordamchisiga yo‘naltirildi.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

25 Jan, 10:56


#Akademik_litsey_faoliyati_hafta_ichida

➡️Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyida kunlik dars jarayonlari O'zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasini jo'r bo'lib kuylash bilan boshlandi.

➡️Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tomonidan akademik litseyda o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish borasida profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Tadbir davomida o’quvchi yoshlarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish, dars jarayonlarida faollik, yoshlarning yetarli bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish va akademik litsey o‘qituvchilari hamda o’quvchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish borasida tavsiyalar berildi.

➡️O’zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va urf-odatlarini yanada qadrlash, yoshlarga milliy liboslarning jozibasi va iftixorini singdirish maqsadida, Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyida haftaning har juma kuni “An’anaviy milliy liboslar kuni” deb belgilangan. Ushbu kunda o‘qituvchi va o‘quvchilar milliy liboslarda dars mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

25 Jan, 10:07


#Fakultetlar_xabarlari
#Ajdodlar_merosi

🔴Farmatsiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida O‘rta asr-sharq madaniyati, adabiyoti, she’riyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoh, shoir hamda mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bagʻishlab g‘azalxonlik tadbiri o‘tkazildi.

🔴Institutning Talabalar turar joyida A.Navoiy hamda Z.M.Bobur tavalludi munosabati bilan chellenj o'tkazildi.

🔴Talabalar turar joyida Stomatologiya fakultetiga qarashli Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan "Amir Temur-yetuk harbiy sarkarda" mavzusida davra suhbati olib borildi.

Unda Stomatologiya fakulteti dekan o‘rinbosari X.Mahmudov uchrashuvni ochib berib, hozirda yurtimizda va xususan institutimizda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtdi. Kafedraning maʼnaviyat ishlari boʻyicha masʼuli G.Mahmudova talabalarga Amir Temurning xarbiy yurishlari va olib borgan odilona siyosati haqida ma’lumotlar berdi. Talabalar mavzu doirasida o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

20 Jan, 14:49


#obodonlashtirish

Andijon davlat tibbiyot institutining barcha oʻquv binolari hamda Talabalar turar joylarida obodonlashtirish ishlari olib borildi

Tozalik bor joyda, albatta baraka boʻladi. Shu bois Andijon davlat tibbiyot institutining barcha oʻquv binolari hamda Talabalar turar joylarida obodonlashtirish va koʻrkamlashtirish ishlari olib borildi. Unda Viloyat Obodonlashtirish boshqarmasi hamda institut xodimlari ishtirok etdi.

Binolarning atrofi va hovlisi, ariq va zovurlar chiqindilardan tozalandi, xazonlar yigʻildi. Shuningdek, daraxtlar atrofi chopilib, ularga ishlov berildi.

Bu kabi tozalik ishlari tabiatimiz ozodaligi va musaffoligida ahamiyati yuqori.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

20 Jan, 11:07


"KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURINING IJROSI AMALDA

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Andijon shahar, “Binokor” MFYda mahallani qizil toifadan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va ishsizlar bandligini taʼminlash borasidagi tizimli ishlar davom etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kun holatiga ko‘ra, MFYda jami 1108 ta xonadon va 27 nafar ishsiz aholi mavjud boʼlib, shundan 10 ta xonadon qizil toifaga mansub.

Bugun, 20-yanvar kuni institut rektori M.Madazimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan jami 3 ta oila bilan uchrashuvlar oʼtkazilib, unga ko‘ra, tibbiy profilaktika ishlari, diagnostika hamda davolanish uchun 4 nafar fuqarolardan 3 nafari Аndijon davlat tibbiyot institutining “Psixiatriya va narkologiya”, “Neyroxirurgiya” kafedralarining yetuk professor-oʼqituvchilariga yoʼnaltirildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

20 Jan, 08:39


#no_comment

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

18 Jan, 10:31


XASANBOY DO‘STMATOV BILAN UCHRASHUV

Andijon davlat tibbiyot instituti Bolalar jarrohligi kafedrasida Parij Olimpiadasining oltin medal sohibi Hasanboy Doʻstmatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kafedra xodimlari va Pediatriya fakultetining 4-5-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Xasanboy Do‘stmatov o‘z hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Xasanboy Do‘stmatov 1993-yil 24-iyunda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Eng yengil vazn toifasidagi oʻzbek professional bokschisi. 2016-yilgi va 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, 2023-yil jahon chempioni, 2018-yil Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori, 2015-, 2017-, 2022-yillar uch karra Osiyo chempioni. 2016-yil Val Barker kubogi gʻolibi. 2013—2014-yillarda boks boʻyicha Ukrainaning „Ukraina atamanlari“ yarim professional jamoasi aʼzosi boʻlgan. Professionallar oʻrtasida 1-ogʻir vazn toifasida amaldagi WBA International chempioni. Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiada bahslarida 51 kg vazn toifasida harakat qiladigan Hasanboy Doʻstmatov fransiyalik Bilol Bennamaga qarshi jang qildi va Parij Olimpiadasi chempioniga aylandi. Shu tariqa u ikki karra Olimpiya chempioni boʻlgan ilk oʻzbek bokschisiga aylandi.

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bokschi g‘alaba damlari, taassurotlari, Vatan, yurt oldidagi mas’ullik hissi, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar borasida o‘rtoqlashdi.

Talabalar ham o‘zlari qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

18 Jan, 06:46


#tanlov

“JADIDLAR JASORATI - MILLATIMIZ FAXRI” VA “JADIDLAR: MILLIY O‘ZLIK, ISTIQLOL VA DAVLATCHILIK G‘OYALARI” MAVZULARIDA INSHOLAR TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI

Ma’lumki, Andijon davlat tibbiyot institutida “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” va “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovining fakultet bosqichlari o‘tkazilgan edi.

Bugun, 18-yanvar kuni mazkur tanlovning institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ishtirok etgan 7 nafar talabalar jadidchilik, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Muhammadsharif So‘fizoda kabi allomalarimizning hayoti va faoliyatlari borasida ijodlari orqali o‘z fikrlarini bayon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Pediatriya fakultetining 430-guruh talabasi Hasanxon Muborakov g‘olib, deb topildi va keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

18 Jan, 05:43


#uchrashuv

Joriy yilning 17-yanvar kuni Аndijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi ishchi guruhi hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektori G.Abduvoxidova xususiy sherikchilik asosidagi talaba-qizlar turar joyida talabalar bilan uchrashdilar.

Suhbat davomida talabalar o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olish hamda kiyinish odobi, darslardan bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish, fan va hunar to‘garaklarida kasb sirlari o‘rganish borasida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalarning yashash sharoitlari ham o‘rganildi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari ta’kidlandi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

18 Jan, 04:55


#men_donorman

Bugun, 18-yanvar kuni Farmatsiya fakulteti jamoasi va talabalar "Men donorman" aksiyasida faol ishtirok etdi.

Dastlab mutaxassislar yoshlarga begʻaraz donorlik harakatini tashkil etish, qon donorlarini keng jalb qilish, ularni maʼnaviy-ruhiy hamda psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faol yoshlardan iborat boʻlgan volontyorlar guruhlarini tuzish, kimlar donorlik qila oladi, donor huquqlari, qon guruhlari, qon topshirish jarayonlari haqida ma’lumot berdilar.

Talabalar ham ushbu hayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

17 Jan, 18:47


#milliylik_tarannumi

Bugun, 17-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot instituti kafedralarida milliylik kuni tadbirlari o‘tkazildi.

Unda institutning professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, an’analarini, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladigan milliy qadriyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bu kabi milliylik namoyishlari esa yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritdi.

Talabalar turar joyida esa institut Profilaktika katta inspektori G.Abduvoxidova va Xotin-qizlar masalalari bo'yicha mas'ullar talaba-qizlar bilan suhbat o‘tkazdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

17 Jan, 11:12


#nazorat

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Baliqchi va Asaka tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumidagi o‘quv jarayonlari, xujjatlar yurgizish tartiblari bo‘yicha ishchi guruh tomonidan nazorat ishlari olib borildi.

Mazkur nazorat davomida texnikumlar bitiruvchilarining baholarini haqqoniyligini ta'minlash uchun guruh jurnallari va baholash materiallari, dars jarayonlarini vaqtida olib borish, ta’lim sifatiga e’tibor qaratish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, o‘quvchilarni adolatli baholash yuzasidan ma’lumot va takliflar berildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

12 Jan, 13:10


#videorolik

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Andijon shahar, “Binokor” MFYda mahallani qizil toifadan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va ishsizlar bandligini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan bugun, 12-yanvar kuni mazkur mahallada “Mahalla yettiligi" yigʻilishi oʻtkazildi.

Batafsil videolavhada

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

12 Jan, 13:02


Maʼlumki, Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Andijon shahar, “Binokor” MFYda mahallani qizil toifadan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va ishsizlar bandligini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan bugun, 12-yanvar kuni mazkur mahallada “Mahalla yettiligi" yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda institut rektori M.Madazimov va institut masʼullari hamda mazkur mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari ishtirok etdi. Bu galgi uchrashuvda viloyat hokimining topshirig‘iga ko‘ra, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish bilan bir qatorda, ularning daromadlarini oshirish kabi dolzarb masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududini tungi yoritish, 2 nafar fuqaroni tadbirkorlikka yoʻnaltirish uchun pech hamda tikuv mashinasi bilan taʼminlash maqsadida viloyat xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbarlariga yo‘naltirish, 3 nafar fuqarolarning salomatligi masalasida institutning tajribali professor-mutaxassislariga yo‘naltirish, 1 nafar kam taʼminlangan ehtiyojmand fuqaro xonadonini institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan taʼminlab berish masalalari, 1 nafar fuqaroni ishga joylash kabi masalalari yuzasidan manzilli ishlar olib borildi.

Shu bilan birgalikda, 3-maktab hududida ayni vaqtda foydalanilmayotgan, bo‘sh turgan binoni tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida tegishli takliflarni topshiriqqa ko‘ra shu kunni o‘zida mutasaddi idoraga taqdim etish vazifasi mahalla raisiga yuklatildi.

Bundan tashqari “Mahalla yettiligi” bilan kelgusida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar yuzasidan kelishib olindi.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

12 Jan, 09:48


#Haftalik_dayjest

Andijon davlat tibbiyot institutida oʻtgan hafta davomidagi xabarlar bilan haftalik dayjest.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

12 Jan, 09:18


#OAVda_biz

Andijon davlat tibbiyot institutining yangi 2000 oʻrinli oʻquv binosi zamonaviy va malakali kadrlarni yetishib chiqishiga xizmat qilmoqda.

Mazkur binoda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar Andijon telekanalining "Andijon axboroti" informatsion dasturida keng yoritildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

11 Jan, 16:28


Andijon davlat tibbiyot institutining 70 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida yigʻilish oʻtkazildi

Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, rektor maslahatchisi, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari hamda boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil Andijon shahrida tashkil etilgan. O‘sha davr uchun juda zarur va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha Farg‘ona vodiysida yagona oliy ta’lim muassasasi bo‘lganligi uchun institutni tez tiklash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida juda katta ishlar amalga oshrilgan. Mamlakatimiz tibbiyotchilari uchun oliy dargoh bo‘lgan Andijon davlat tibbiyot instituti qad rostlashida Yusuf Otabekovich Otabekov, Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov, Satqul Usmanovich Djumabayev kabi fidoiy yurtdoshlarimiz, mahoratli shifokorlarning alohida xizmatlari bor.

Yillar davomida institutda xalqaro yetuk shifokorlar, davlat mukofoti, oltin medal va koʻkrak nishonlari sohiblari, qator yutuqlarga erishgan yoshlar yetishib chiqmoqda.

Bu yil institutning 70 yilligi keng nishonlanmoqda. Bugun mazkur ayyom munosabati bilan konferensiya tashkil etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Unda tashkilotchi rahbarlarga eʼtiborga olinishi lozim boʻlgan ishlar, institut tarixi kitobini yaratish, turli tadbirlarni tashkil etish boʻyicha koʻrsatma va vazifalar berildi.

Shuningdek, yigʻilish davomida kafedralarni attestatsiyadan oʻtkazish, unga tayyorgarlik koʻrish borasida ham maʼlumotlar berib oʻtildi.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

11 Jan, 11:53


#videorolik

Andijon davlat tibbiyot institutida Davolash fakulteti 1-bosqich talaba-qizlari ishtirokida “Tibbiyotning yosh malikalari” shiori ostida milliylik targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir kayfiyatini videorolik orqali his etishingiz mumkin.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

11 Jan, 08:50


OCHIQ MA'RUZAGA MARHAMAT

Joriy yilning 13-yanvar kuni Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Z.Mirzaaxmedovaning “Fizik omillardan kelib chiquvchi kasb kasalliklari. Bibratsiya kasalligini: etiologiyasi, klinikasi, diagnostik metodlari va davolash” mavzusida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi. Unda kafedra xodimlari, Xalq tabobati yo‘nalishi 401A-401B-guruh talabalari ishtirok etadi.

Ochiq ma’ruza soat 11:50 da ADTI akademik liseyning ma’ruzalar zali (61-xona)da boshlanadi.

Barcha qiziquvchilarni o‘zbek tilida o‘tiladigan ochiq ma’ruzaga taklif qilamiz.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

07 Jan, 17:51


#bizning_qahramon

Eng quvonarlisi, mazkur holat vaqtida shifokorlarga Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakultetining 6-bosqich talabasi Otabek Sodiqov ham amaliy yordam berib, bolakayning hayotini saqlab qolishda jonbozlik koʻrsatgan.

Mana shunday bilimiga sodiq talabalarimiz soni koʻpayaversin!

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

07 Jan, 17:16


#kun_qahramoni

Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan mazkur holat barchani junbushga keltirmoqda. Yosh bolakay nafas ololmasdan, koma holatida ota-onasi tomonidan shifoxonaga olib borilgan va navbatchi shifokorlar tomonidan bolaga zudlik bilan birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatilgan. Hozirda bolajon sogʻ-salomat.

Holat joriy yilning 2-yanvar kuni Namangan viloyatida boʼlgan. Bolaning hayotini saqlab qolganlar haqiqiy qahramonlarimizdir...

Aziz talabalar, har qanday holat va vaziyatda ham insonlarga tibbiy yordam berish asosiy maqsadingizga aylansin!

Joningiz sog‘ boʼlsin, shifokorlar!!

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

07 Jan, 14:37


#premyera

"Uy" animatsion filmi. Tomosha qilib, fikr-mulohazalaringizni bildiring.

Boisi hali bu kabi dolzarb mavzularda yana animatsion filmlar yaratiladi.

Albatta, ko‘ring: https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

07 Jan, 11:55


#OAVda_biz

Andijon telekanalining "Sog 'lom hayot ko'rsatuvida Andijon davlat tibbiyot instituti Farmatsiya fakulteti Tibbiy profilaktik assistenti, gigiyenist-epidemiolog shifokori Sharofiddin Ahmadjonov to'g'ri ovqatlanish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

07 Jan, 11:37


#stop_korrupsiya

“BIZ KORRUPSIYAGA YO‘Q DEYMIZ!” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Biz korrupsiyaga yo‘q deymiz!” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida so‘z olganlar korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarining oqibatlari, ta’lim muassasasida pora olish, tovlamachilik, firibgarlik, bosqinchilik, hujjatlarni qalbakilashtirish kabi salbiy illatlarning oldini olish, mazkur holatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanishi, “halollik vaksinasi”ni yanada ommalashtirish, davlat xizmatchilarining kasbiy odob-axloq qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvi va uni bartaraf qilish masalalari borasida ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, birinchi semestr yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlarni shaffof tarzda o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli qarori bilan yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari) ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetidan to‘lab berilishi, ushbu jarayonlarda adolatlilikni ta’minlash bo‘yicha tushuntirib o‘tildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

03 Jan, 15:24


#videorolik

Institut rektori ADTI klinikasida olib borilayotgan qurilish, rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

03 Jan, 15:17


Institut rektori ADTI klinikasida olib borilayotgan qurilish, rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi

Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-sonli Qarori bilan rekonstruksiya qilinishi belgilangan.

Ushbu maqsadlar uchun 350 milliard so‘m mablag‘ga loyiha-smeta qilingan bo‘lib, 2021-2023-yillarda 119 milliard so‘mlik (36%) qurilish rekonstruksiya ishlari olib borilgan. 2024-yilga 74 milliard so‘m ajratilib, yil yakuni bo‘yicha to‘liq moliyalashtirildi.

Bugungi kunda qurilish va rekonstruksiya ishlariga jami 84 nafar ishchilar jalb etilgan. Hozirda qurilish ishlari ayni avjida.

Bugun, 3-yanvar kuni institut rektori M.Madazimov institut va uning klinikasi, quruvchi hamda OKS xodimlari bilan uchrashib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Muloqot davomida klinikada bajarilgan ishlar va kelgusi 2 oy ichida amalga oshirishi lozim bo‘lgan qurilish rekonstruksiya ishlari bo‘yicha yana bir bor kelishib olindi.

Shuningdek, klinikada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishgan holda institut rektori kerakli tavsiyalarni berdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

02 Jan, 09:25


#OAVda_biz

Аndijon viloyati hokimligi muassisligidagi «Аndijonnoma» gazetasining Yangi yildagi ilk soni chop etildi.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovning "Rejalar katta, masʼuliyat va vazifalar undan-da zalvorli" maqolasini oʻqishingiz mumkin.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

31 Dec, 01:42


🟦🟦🟦

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI M.M.MADAZIMOVNING YANGI YIL TABRIGI

Assalomu alaykum, aziz instiutimiz jamoasi, qadrli professor-o‘qituvchilar, ilmga chanqoq talaba-yoshlar! Kirib kelayotgan yangi yil bayrami barchangizga qutlug‘ bo‘lsin!

Yangi yil yangi orzular, yangi maqsadlar ayyomi. Bu kunni barchamiz intiq bo‘lib kutamiz. O‘tgan yil sarhisobini qilib, yangi yilga katta rejalarni maqsad qilamiz.

Shu qatorda aytib o‘tishimiz joizki, o‘tgan 2024-yil Andijon davlat tibbiyot institutiga ham muvaffaqiyatli keldi. Boisi, bu yil yangi o‘quv yilini yangi o‘quv binosi bilan qarshi oldik. Institut klinikasi ham to‘liq ravishda bizning tasarrufimizga o‘tdi, hozirda klinikada qurilish-bunyodkorlik ishlari ayni avjida.

Yangi va zamonaviy 2000 o‘rinli o‘quv binoyimiz 7 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatda 28 ta xona mavjud. Binoda umumiy 12 ta maʼruza zali mavjud. Binoning 2-qavatida jahon standartlariga mos katta imkoniyatlarga ega simulyatsiya markazi joylashgan. Zamon talablariga to‘la mos keladigan Simulyatsiya markazidan esa zamonaviy robot simulyatorlar o‘rin olgan.

Shuningdek, institutning Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi ham qurib bitkazildi. Ushbu bino 4 qavatdan iborat bo‘lib, 400 o‘ringa mo‘ljallangan. Binoda 30 ta o‘quv xonalari, 21 ta laboratoriya xonasi, 1 ta maʼruza zali, 28 ta kafedra mudiri va yordamchi xonalari mavjud. 1 qavatli vivariy binolari, tashqi yordamchi bino va inshootlarida qurilish ishlari yakunlanish arafasida.

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash borasida navbatma navbat yangi turar joylarni qurib bitkazmoqdamiz. Joriy yilda ham Davlat xususiy sherikchiligi asosida yangi 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish borasida ham yakunlanayotgan yil samarali bo‘ldi deb bemalol ayta olaman. Chunki biz AQSH, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Koreya davlatlarining nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy, o‘quv, klinik amaliyot masalalarida yangi hamkorlik memorandumlarini imzolandik.

Ayniqsa, yil yakuni xushxabarlarga boy bo‘ldi. Institutimiz davolash ishi (o‘zbek, rus va ingliz tilida), stomatologiya fakultetlari taʼlim dasturlari Qozog‘iston Respublikasining ECAQA markazi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar markaz tomonidan taqdim qilindi. Bu esa institutimiz uchun yuqori natija albatta! Niyat qilamanki, bu kabi yutuqlarimiz kelayotgan yilda yana-da bardavom bo‘ladi.

Aziz hamkasblar, Sizlarni Yangi yil bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik va fayz-u baraka tilayman. Yurtimiz farovon, dasturxonlarimiz to‘kin bo‘lsin! Go‘zal Vatanimizga ko‘z tegmasin! Kelayotgan 2025-yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da tabiatimiz yashillik, qalbimiz esa yaxshilikka to‘la bo‘lsin!

Batafsil: havolada

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

30 Dec, 06:12


#fakultet_yutuqlari

Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash ishi fakulteti kafedralarining 2024-yil sarhisobi, erishgan yutuqlari.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

30 Dec, 05:18


#PsixologMinbari

Ta’til – imkoniyatlar pallasi!


Hurmatli talaba-yoshlar!

Ta’tilni o‘zingiz uchun yana bir imkoniyat deb qabul qiling. Bu vaqtni nafaqat dam olish, balki shaxsiy rivojlanish va o‘z salomatligingizni mustahkamlash uchun ham samarali o‘tkazishingiz mumkin.

Quyidagi tavsiyalar bunga ko‘mak beradi:

🟢 Salomatlikka e’tibor bering. Shifokor ko‘rigidan o‘ting, bezovta qilayotgan muammolarni hal qiling. Sog‘ tanda – sog‘lom aql, degan naqlni unutmang.

🟢 Ilmiy va badiiy kitoblarni mutolaa qiling. Mutaxassisligingizga oid ilmiy kitoblar va maqolalar bilan tanishing. Ma’naviy ozuqa uchun esa badiiy adabiyotlardan foydalaning.

🟢 Atrofdagilarga mehr ulashing. Mahallangizdagi ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zing. Bu nafaqat ularni, balki sizni ham quvontiradi.

🟢 Qiziqishlaringizni rivojlantiring. Onlayn tanlov va kurslarda ishtirok eting. Bu sizning ijodkorlik salohiyatingizni oshiradi va yangi imkoniyatlarni kashf etishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz! Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash orqali siz dam olish va foydali ishlar qilishga erishishingiz mumkin. Muhimi, vaqtni behuda o‘tkazmaslik va hayotda muvozanatni saqlashdir.

Maroqli va samarali ta’til tilaymiz!

Oʻtkirbek Arziqulov,
Andijon davlat tibbiyot instituti psixologi.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

29 Dec, 11:04


#Haftalik_dayjest

Andijon davlat tibbiyot institutida oʻtgan hafta davomidagi xabarlar bilan haftalik dayjest.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

29 Dec, 08:08


🟦🟦🟦
#yangi_yil_shukuhi

🎉Andijon davlat tibbiyot instituti Xorijiy talabalardan bayram tabrigi

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

28 Dec, 15:08


#bayram_shukuhi

Yangi yil arafasi barchada koʻtarinki kayfiyat. Ayniqsa, shahrimizga oʻrnatilgan archa atrofi qorbobo-qorqiz, ertak qahramonlari bilan gavjum. Aholimizga yanada xursandchilik bagʻishlash maqsadida markaziy ko‘chalar bo‘ylab "Qorbobolar paradi" tashkil etildi.

Shahrimiz markazida jam bo‘lgan 1000 ga yaqin ko‘ngillilardan iborat qorbobolar harbiy orkestrning kuy-qo‘shiqlari ostida shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat, bolajonlarga o‘zgacha zavq ulashdi.

Mazkur tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasining yoshlari ham faol ishtirok etishdi.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

10 Dec, 06:21


#ELON

INSTITUTIMIZDA OʻTKAZILADIGAN "KARYERA KUNI" VA "BOʻSH ISH OʻRINLARI" MEHNAT YARMARKASIGA MARHAMAT!

📢Andijon davlat tibbiyot institutining barcha talabalari diqqatiga!

📝Institutning asosiy oʻquv binosida institut rahbariyati tomonidan "Karyera kuni" hamda Andijon shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazi va institutning Karyera markazi boʻlimi tomonidan "Boʻsh ish oʻrinlari" mehnat yarmarkasi oʻtkaziladi.

👨‍⚕️👩‍⚕️Barchangizni ushbu tadbirlarga taklif qilamiz va faol ishtirok etishingizni soʻrab qolamiz.

📆Mehnat yarmarkasi joriy yilning 12-dekabr kuni soat 9:00 da boshlanadi.

Unda davlat va xususiy tashkilotlar, tibbiyot yo‘nalishidagi davlat va xususiy ishlab chiqarish tashkilotlari, shahar va tumanlardagi tibbiyot birlashmalari o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etadi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

10 Dec, 05:25


BUGUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Andijon davlat tibbiyot institutining dars jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi.

Shuningdek, darslar avvalida professor-o‘qituvchilar talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining yaratilish tarixi, matni va musiqasi mualliflari, har bir O‘zbekiston fuqarosi Madhiyamizga hurmatda bo‘lishligi haqida ma’lumotlar berildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

10 Dec, 04:51


BUGUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Sana munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutining barcha o‘quv binolarida “Shukronalik” tadbirlari Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

10 Dec, 04:49


BUGUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Sana munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutining barcha o‘quv binolarida “Shukronalik” tadbirlari Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Yangi o‘quv binosida ham o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi, matni va musiqasi mualliflari, har bir O‘zbekiston fuqarosi Madhiyamizga hurmatda bo‘lishligi haqida ma’lumotlar berildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

10 Dec, 04:41


BUGUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzi hisoblanadi. 1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan kun. Ushbu kunda madhiyamizning matni va musiqasi ham tasdiqlanib, mustaqil davlatimiz tarixida muhim sana hisoblanadi.

Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan.

Sana munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutining barcha o‘quv binolarida “Shukronalik” tadbirlari Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

09 Dec, 09:00


#Haftalik_dayjest

Andijon davlat tibbiyot institutida oʻtgan hafta davomidagi xabarlar bilan haftalik dayjest

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

09 Dec, 05:05


🖐9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda.

Bosh Assambleya rezolyutsiyasida aytilishicha, bu kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib yetish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir. Darhaqiqat, korrupsiya — davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfdir.

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir inson o‘zida mas’uliyatni his etishi zarurdir.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

03 Dec, 12:47


#live
#sport

Ma’lumki dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun, Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni, Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni va nihoyat uzoq kutiladigan Yangi yil bayramlari keng nishonlanadi.

Mazkur oylik doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida qator musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Jumladan ayni paytda stol tennisi, arqon tortirsh, shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda. Musobaqalarda sportsevar talabalar faol ishtirok etmoqda.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

03 Dec, 12:02


#live

Dekabr – bayramlar oyi. Mazkur oyda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun, Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni, Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni va nihoyat uzoq kutilgan Yangi yil bayramlarini nishonlaymiz.

Shu munosabat bilan oylik doirasida Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida fakultetlar talabalari o‘rtasida Osh tanlovi o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda, kerakli mahsulotlar tayyor holatga keltirilib, qozonga joylandi. O‘choqda yoqilgan olov piyozga tilla rang berib, sabzilarni o‘zgacha ta’mga ega bo‘lishiga ko‘maklashmoqda.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

03 Dec, 11:32


“MA’RIFAT MAYDONI”, “YURTIM QADRIYATLARI” KO‘RIK-TANLOVLARIDA ISHTIROK ETING!

📢O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida bir qator tanlov va bellashuvlar e’lon qilinmoqda. Mazkur tanlov va bellashuvlarda faol ishtirok eting hamda pul mukofotlariga ega bo‘ling!

🥀.“Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi 5 bosqichda 3 ta shart asosida o‘tkaziladi. 1-shart – adib hayoti, 2-shart - tezkor savol-javob, 3-shart - adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kompozitsiya.

🎁Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lganlar quyidagicha mukofotlanadi.

1-o‘rin – 40 000 000 so‘m,
2-o‘rin – 25 000 000 so‘m,
3-o‘rin – 20 000 000 so‘m,
4-o‘rin – 10 000 000 so‘m,
5-o‘rin – 5 000 000 so‘m.

🥀. “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovida ishtirok etish uchun 10 nafar talaba-yoshlardan iborat jamoa shakllantirgan holda ishtirok etishlari mumkin. tanlov 4 bosqichda amalga oshiriladi. Tanlov shartlari: 1-shart – milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar. 2-shart – kompozitsion musiqiy chiqishlar. 3-shart – Jadidlar jasorati – millatimiz faxri.

🎁Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lganlar quyidagicha mukofotlanadi.

1-o‘rin – 50 000 000 so‘m,
2-o‘rin – 30 000 000 so‘m,
3-o‘rin – 20 000 000 so‘m.

📭Mazkur tanlovlarda qatnashish istagidagi talabalar institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

❗️Tanlovlar nizomi quyida havola qilinmoqda.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

03 Dec, 09:56


QO‘RG‘ONTEPA “MURUVVAT” NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN INTERNAT UYIDA TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan tadbirlarni o‘tkazish davom etmoqda.

Navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining Davolash (amaliyot) ishlari boʼyicha prorektor B.Mirzakarimov boshchiligidagi yetakchi mutaxassislardan iborat guruh 240 nafar bolajonlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʼrsatishdi. Ishchi guruh tarkibida kardiolog, terapevt, endokrinolog, travmatolog, xirurg, okulist va boshqa tor soha mutaxassislari boʼlib, ular koʼruv xulosalari boʼyicha bemorlarga kerakli maslahatlarni berishdi.

Bu tibbiy ko‘rikdan xursand bo‘lgan bolajonlar shifokorlarga chin dildan tashakkur bildirishdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

30 Nov, 08:44


#fakultet_xabarlari

➡️1-dekabr – OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutining barcha kafedralarida davra suhbatlarini o‘tkazish davom etmoqda.

➡️Pediatriya fakultetining Ijtimoiy gigiyena va sog'liqni saqlashni boshqarish kafedrasida sana munosabati bilan viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari A.Shokirov hamda J.Mamadaliyeva ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Davolash fakultetining 4-bosqich talabalari ishtirok etdi. Unda yoshlarga mutaxassislar tomonidan OIV hamda OITSning sabablari, virusning yuqish yo‘llari, rivojlanish bosqichlari, belgilari, diagnostikasi, davolanish chora-tadbirlari, havfli jihatlari, oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, tibbiy-ko‘riklardan vaqtida o‘tish borasida tavsiyalar berildi. Shuningdek, talabalar ishtirokida devoriy gazetalar tanlovi o‘tkazildi. Unda mavzuning yoritilishi bo‘yicha eng yaxshi ijod namunalari yuqori baholandi. Yakuniy xulosalarga ko‘ra, 1- o'rin assistent Z.Chifchning 466-guruh talabalari jamoasi , 2-o'rin katta o'qituvchi X.Sapioxunovaning 463-guruh talabalari jamoasi va 3-o'rin assistent D.Temirovaning 464-guruh talabalari jamoasi egalladi.

➡️Stomatologiya fakultetining 4-bosqich talabalari o‘rtasida ham sana munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani o‘rinbosari X.Mahmudov talabalarga kasallikning sabablari, virusning yuqish yo‘llari, rivojlanish bosqichlari, belgilari, diagnostikasi, davolanish chora-tadbirlari, havfli jihatlari, oldini olish bo‘yicha ma’lumotlarni berdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

30 Nov, 07:57


#psixologik_trening

Birgalikdagi faoliyatning muvaffaqiyatli ro’y berishi ko’p jihatdan kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok etayotganini, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasavvurlar shakllanayotganligiga bog’liq. Bu esa muloqotning perseptiv tomonini o’rganish zaruratini vujudga keltiradi. Kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo’lib, u muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi.

Bugun, 30-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Davolash fakultetining 3-bosqich talabalari ishtirokida o‘quv faoliyati davomida muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening o‘tkazildi.

Trening davomida talabalarning muloqotida shaxslararo o’zaro ta'sirning namoyon bo’lishi, o‘quv faoliyati davomida paydo bo’luvchi aloqa va o’zaro ta'sirlar, xushmuomalalik qoidalari, muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning "repertuar"iga mos holda namoyon bo’lishi haqida takliflar hamda maslahatlar berildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

30 Nov, 06:27


MEN DONORMAN – MEN HAYOT HADYA ETAMAN!

🔴Birgina tabassum ham savob bo‘lsa, kimgadir hayot bag‘ishlash esa ulkan savobdir. Bu ham bir yaxshilikning namunasidir albatta!

🔴1-dekabr – OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan viloyat Qon quyish stansiyasida #men_donor aksiyasi bo‘lib o‘tmoiqda. Unda viloyatimizning barcha tashkilotlari qatori Andijon davlat tibbiyot institutining ko‘ngilli xodimlari, professor-o‘qituvchilari, talabalari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faollari ham ishtirok etmoqda.

🔴Bayram ruhini kasb etgan mazkur tadbirda ishtirok etayotganlar bemorlarga mehr bilan birga hayot ulashayotganlaridan xursand.

🔴Sizni ham #men_donor aksiyasida ishtirok etishga chorlaymiz!

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

19 Nov, 10:15


DELEGATSIYA A’ZOLARI KOREYA MILLIY TRANSPORT UNIVERSITETINING DONGDAEMUN-GU SHAHRIDAGI O’QUV BINOLARIDAN BIRIDA BO‘LDI

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligida institut delegatsiyasi Janubiy Koreya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun delegatsiya a’zolari Koreya milliy transport universitetining Dongdaemun-gu shahridagi o’quv binolaridan birida bo‘lib, u yerda ta’lim muassasasi o‘quv rejasi, 2-bosqich Parameditsina yo’nalishi qo’shma ta’lim dasturi talabalari uchun talaba almashinuv loyihasi asosida Koreyada amaliy mashg‘ulotlar o‘tash muddatlari, shuningdek, 2024-2025-o‘quv yili uchun talabalarni qabul qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar davomida Parameditsina fakulteti rahbariyati mazkur loyihani ilgari surishda har tomonlama yordam berish istagini bildirdi. Qo’shma ta’lim dasturi doirasidagi o’quv jarayonlarda qo’llash uchun Andijon davlat tibbiyot institutida o‘zbek tiliga tarjima qilingan o‘quv adabiyotlarni yanada kengaytirish hamda ushbu fakultetga abituriyentlarni qabul qilish sonini oshirish takliflari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mas’ullar delegatsiya a’zolariga Dongdaemun-gu xalqaro aeroportida shahar o‘t o‘chirish bo‘limi va favqulodda xizmatlar, tez tibbiy yordam jamoasi – paramediklar hamda tez tibbiy yordam mashinasining texnik jihozlari bilan yaqindan tanishtirildi. Paramediklar jamoasi o‘z mahoratini amaliyotda namoyish etib, vazifalarini nazariy jihatdan tushuntirib berdilar.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

19 Nov, 09:29


KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH MAQSADIDA INSTITUTDA TARG‘IBOT GURUHI FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA

Bugun 9-dekabr – Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Davolash fakultetining 3-bosqich talabalari hamda Stomatologiya fakultetining Patalogik fiziologiya kafedralari talabalari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashamiz!”, “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzularida davra suhbatlari olib borildi. Unda yoshlarga ta’lim muassasasida pora olish, tovlamachilik, firibgarlik, bosqinchilik, xujjatlarni qalbakilashtirish kabi salbiy illatlarning oldini olish, mazkur holatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanishi, “halollik vaksinasi”ni yanada ommalashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati va olib borilayotgan islohotlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarining oqibatlari, davlat xizmatchilarining kasbiy odob-axloq qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvi va uni bartaraf qilish masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mavzu bo‘yicha videoroliklar namoyish etildi.

Targ‘bot tadbirlarini o‘tkazish davom etmoqda.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

13 Nov, 12:00


#kengash_yigilishi

Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetida noyabr oyi uchun kengash bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani Sh.To‘lanov, Umumiy jarrohlik va transplantologiya kafedrasi mudiri X.Musashayxov ishtirok etdi.

Kengash davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmoyishlarini o’rganish hamda ularning ijrosi muhokamasi, institutda o’quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va davolash ishlarning olib borilishi, kiyinish madaniyati haqida ma’lumotlar berildi.

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

13 Nov, 11:51


#sport

🔴🔴Andijon davlat chet tillar institutida Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Mazkur musobaqa doirasida sportning stritbol turi bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida olib borildi.

🔴Unda viloyatning 7 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etdi.

🔴Murosasiz o‘tgan baxslarda o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

🥇-o'rin - Andijon davlat universiteti jamoasiga,
🥈-o'rin - Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasiga,
🥉-o'rin - Andijon davlat pedagogika instituti jamoasiga nasib etdi.

🔴Qiz bolalar o‘rtasida esa:

🥇-o'rinni - Andijon davlat universiteti jamoasi,
🥈-o‘rinni - Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi,
🥉-o'rinni - Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi qo‘lga kiritdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

13 Nov, 11:27


🗓️В последние годы образовательная программа, созданная в сотрудничестве Агми и Дгму, привлекла внимание студентов, стремящихся к качественному обучению в области стоматологии.
Программа 3+2, объединяющая лучшие практики двух учебных заведений, предоставила уникальную возможность получить углубленные знания и навыки в стоматологии.

👤Студенты программы Агми+Дгму, которые уже на протяжении трех лет учатся в Агми, с нетерпением ожидают продолжения своего образования в
Дгму. Это время стало для них не просто этапом учебы, а настоящим путешествием, наполненным разнообразными впечатлениями и эмоциями.🌎

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

13 Nov, 11:25


#bayrogim_faxrim

Andijon davlat tibbiyot instituti Farmatsiya fakulteti, Xorijiy tillar hamda Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasida 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘I qabul qilingan kun munosabati bilan "Muqaddasdir Vatan bayrog'i", “Davlatimiz bayrog’i- o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

Unda talabalarga 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligi va ahamiyati, bayroq so‘zining kelib chiqishi va lug‘aviy ma’nosi, millatimiz tarixidagi bayroqlarning ko‘rinishi xususida so‘z yuritildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

13 Nov, 11:01


#tanlov

Talabalar o‘rtasida xorijiy tillarni yanada ommalashtirish maqsadida Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Best of the best” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Davolash hamda Pediatriya fakulteti talabalari til bilish darajalarini sinovdan o tkazdilar.

Tanlov uchta shart asosida olib borildi. Birinchi shartda ishtirokchilar tibbiyotga oid eng uzun atamadan turli so‘zlar tuzishdi. Ikkinchi shartda gapdagi tushirib qoldirilgan so‘zlar topildi. Uchinchi shartda esa tezkor savollarga javoblar berildi. Javoblarni kafedraning professor-o‘qituvchilari adolatli baholab bordilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Davolash fakultetining 117-guruh talabalaridan iborat “Bravo” jamoasi g‘alaba qozondi. G‘oliblar va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

08 Nov, 16:26


В настоящее время в Андижанском государственном медицинском институте проходит республиканская научно-практическая конференция на тему "Симуляционное обучение в медицине: проблемы, решения, перспективы" с участием зарубежных ученых

Перед началом конференции ректор института М. Мадазимов высказал мысли о актуальности и значимости темы конференции

Затем было зачитано поздравительное слово исполняющего обязанности министра здравоохранения Республики Узбекистан А. Худаярова, адресованное участникам конференции

Также были прочитаны приветственные слова зарубежных специалистов

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

08 Nov, 11:57


🟦🟦🟦🟦🟦

“TIBBIYOTDA SIMULYATSION TA’LIM: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, ISTIQBOLLAR” MAVZUSIDA XORIJIY OLIMLAR ISHTIROKIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 8-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotda simulyatsion ta’lim: muammolar, yechimlar, istiqbollar” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda Rossiya, Ispaniya, Dog‘iston, Turkiya, Boshqirdiston, Germaniya, Belarusiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlardan olimlar hamda respublikamiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan va viloyatlardan kelgan soha mutaxassislari onlayn va oflayn (gibrid) tarzda ishtirok etdi.

Anjuman avvalida institut rektori M.Madazimov anjuman mavzusining qanchalik dolzarbligi va ahamiyati haqida so'z yuritdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. A.Xudayarovning anjuman qatnashchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Xorijlik mutaxassislar tomonidan ham onlayn va oflayn tarzda tabrik so‘zlari yetkazildi. Anjumanning Plenar kengashidan so‘ng mutaxassislar 3 ta seksiyaga bo‘lingan holda o‘z ma’ruzalarini tinglovchilarga taqdim etdi.

Shuningdek, anjuman doirasida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiyaning “SINTOMED” simulyatsiya markazi rahbari Kim Yevgeniy Vladimirovichning “Mutaxassislarni tayyorlashda “BESTA” endojarrohlik simulyatsion o‘qitish va sertifikatlash dasturidan foydalanish” hamda ROSOMED kengashi a’zosi, tibbiyotda simulyatsiya bo‘yicha ekspert, anesteziolog-reanimatolog Verevkin Anatoliy Yevgeniyevichning “ARES robot-bemordan foydalanish misolidan tibbiyotda simulyatsion o‘qitish asoslari” mavzularida amaliy mashg‘ulotlari olib borildi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

08 Nov, 11:27


🟦🟦

📹Ayni paytda Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotda simulyatsion ta’lim: muammolar, yechimlar, istiqbollar” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirda anjuman doirasidagi mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiyaning “SINTOMED” simulyatsiya markazi rahbari Kim Yevgeniy Vladimirovichning “Mutaxassislarni tayyorlashda “BESTA” endojarrohlik simulyatsion o‘qitish va sertifikatlash dasturidan foydalanish” hamda ROSOMED kengashi a’zosi, tibbiyotda simulyatsiya bo‘yicha ekspert, anesteziolog-reanimatolog Verevkin Anatoliy Yevgeniyevichning “ARES robot-bemordan foydalanish misolidan tibbiyotda simulyatsion o‘qitish asoslari” mavzularida amaliy jarayonlar olib borilmoqda.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

01 Nov, 10:51


#talabalar_ligasi

⚽️Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti sport zalida “Talabalar ligasi” doirasida mini futbol sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Unda institutning fakultetlar va yo‘nalishlar bo‘yicha jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Shiddatkorlik bilan to‘p surgan yigitlarimiz darsdan so‘ng bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish barobarida salomatliklarini mustahkamladilar. Qolaversa, bunday o‘rtoqlik uchrashuvlari sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga ham xizmat qildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇-o'rin - Davolash falukteti
🥈-o'rin - Stomatalogiya fakulteti
🥉-o'rin - Farmatsiya fakulteti jamoalariga nasib etdi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

01 Nov, 09:32


#ochiq_eshiklar_kuni

Bugun, 1-noyabr kuni Aylim tibbiyot texnikumining o‘quvchilari Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘ldilar.

O‘quvchilarga institutning ilmiy salohiyati, talabalar hayoti, oʻquv jarayoni, laboratoriyalar va institut jamoasi hamda talabalarning erishayotgan yutuqlari, talabalar uchun yanada qulay sharoitlar kengroq imkoniyatlar yaratilayotganligi, bu yerda yoshlar uchun shart-sharoitlar koʻlami ortayotganligi haqida maʼlumotlar berildi.

Oʻquvchilarga institutning yangi 2000 o‘rinli o‘quv binosi, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan simulyatsiya markazi, u yerda oʻtkazilayotgan amaliy mashgʻulotlar, axborot resurs markazi, axborot texnologiyalari markazi, Anatomiya muzeyi va boshqa mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.


❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

01 Nov, 09:17


#amaliyot

Nazariy olingan bilimlar amaliyotda yanada mustahkamlanadi. Andijon davlat tibbiyot instituti Farmatsiya fakultetining Sanoat yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali dorixonasida bo‘ldilar.

1-Farmatsevtik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Axmatohunova hamda dorixona mutaxassislari talabalarga dori-darmonlarning tayyorlanishi, tahlil qilish jarayonlari va saqlash sharoitlari bilan yaqindan tanishtirdilar.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

01 Nov, 08:53


#kasaba_uyushmalari_kuni

📆11- noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati Andijon davlat tibbiyot institutida "Kasaba uyushmasi - Sizning ishonchli himoyachingiz" mavzusida uchrashuv o'tkazildi. Unda O'zbekiston Sog'liqni saqlash hodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Andijon viloyati bo'yicha mehnat xuquq inspektori Shohobiddin Dexqonov ishtirok etdi.

➡️Uchrashuv davomida talabalarga kasaba uyushmasining faoliyati, vazifalari, mehnatga layoqatli aholini ish bilan taʼminlash, ishsizlikning oldini olish, xodimlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish masalalari bilan shugʻullanishi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

🎉Mazkur soha mutaxassislarini “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham qizg‘in muborakbod etadi. Sizlarning betinim kasbiy faoliyatingizga ulkan zafarlar tilaydi!

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

26 Oct, 10:06


#Faoliyat
#xorijiy_til

Andijon davlat tibbiyot instituti mas'ullari tomonidan institutga biriktirilgan akademik litsey va texnikumlar o‘quvchilarining fanlarni hamda xorijiy tillarni o‘zlashtirishlari doimiy tarzda nazorat qilib, metodik yordam ko‘rsatilib borilmoqda.

Jumladan, institutning Professional ta'lim, akademik litsey, texnikum va maktablarga metodik yordam ko‘rsatish bo‘limi hamda Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorligida Andijon va Namangan viloyatlaridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari o‘quvchilariga jadval asosida xorijiy til (nemis tili) fanidan onlayn darslari o‘tkazilmoqda. Ushbu to‘garak mashg‘ulotiga texnikumlarning o‘quvchilari keng jalb qilindi.

❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇

🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter