Sherzod_Raxmonovich_Urakov @sherzod_raxmonovich_urakov Channel on Telegram

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

@sherzod_raxmonovich_urakov


Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali direktori, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent
Shikoyat, takliflar uchun - @samdukf_murojaat_bot

Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Uzbek)

Sherzod Raxmonovich Urakov kanalida Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali direktori, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent bo'lgan Sherzod Raxmonovichning faoliyatiga oid matnlar va ma'lumotlar paydo bo'ladi. Ushbu kanal orqali Sherzod Raxmonovichning so'zlarini tinglab, uning so'nggi ilmiy yutuqlari, tadqiqotlari va o'zining sohasidagi yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Agar sizda kanalga oid savollar yoki takliflar bo'lsa, shu joyga menga murojaat qiling - @samdukf_murojaat_bot. Sherzod Raxmonovich Urakov kanaliga obuna bo'ling va o'z bilimingizni o'rnatib boring!

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

19 Feb, 02:56


#Texnologiya

🚲Yaponiyadagi velo parklar.

Shaharlarda joylarni ekanom qilish uchun zo‘r g‘oya ekan.

📌 @samdukf_mx

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

18 Feb, 15:49


UCH AVLOD VAKILLARI DILDAN SUHBAT QILISHDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Nuroniy" jamg‘armasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Taniqli ijodkorlar, yozuvchi va publitsistlar hamda jamoat arboblari Shavkat Mahmadmurodov hamda Ismat Ko‘chiyevlar mehmon bo‘lgan uchrashuvni "Nuroniy" jamg‘armasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi rahbari Tohir Hamidov olib bordi.

Uchrashuv qizg‘in ijodiy muloqot shaklida, qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Faxriylar ona Vatanni sevish va ardoqlash, sadoqat bilan el manfaati uchun xizmat qilishning saodati haqida, ilm, kasb-hunar egallashning afzalliklari to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berishdi.
© SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali AXBOROT XIZMATI.

📌 @samdukf_mx

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

17 Feb, 11:08


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида олимпия ва паралимпия ҳаракатини янада ривожлантириш, оммавий спортни янги босқичга олиб чиқиш ҳамда аҳоли жисмоний фаоллигини ошириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

17 Feb, 11:08


Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан очиқ мулоқотида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

17 Feb, 11:08


Президент Шавкат Мирзиёев Ал-Кувайт шаҳрида тантанали кутиб олинди

Президента Шавката Мирзиёева торжественно встретили в Эль-Кувейте

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

16 Feb, 02:38


#XUSHXABAR
#BESH_TASHABBUS_OLIMPIADASI

MUXLISA ENG YAXSHI KITOBXON EKANLIGINI YANA BIR BOR ISBOTLADI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Muxlisa Ochilova "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkazilayotgan "Yosh kitobxon" respublika ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyati bosqichi g‘olibi bo‘ldi!

Muxlisa ushbu tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi!

Talaba-qizimiz hamda uning ustozlarini tabriklaymiz!

❄️ @samdukf_mx

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

09 Feb, 16:55


📌 Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga!

Dilshoda O'lmasova,
SamDUKF talabasi.


👇👇👇👇👇👇👇👇👇
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI KATTAQO'RG'ON FILIALI
🌐
Web-sayt||Instagram||Telegram||Facebook||Youtube

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

09 Feb, 16:55


📌 Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga!

Gulnoza Yusupova,
SamDUKF talabasi.

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

09 Feb, 16:55


📌 Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga!

Sevinch Abduvohidova,
SamDUKF talabasi.


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI KATTAQO'RG'ON FILIALI
🌐
Web-sayt||Instagram||Telegram||Facebook||Youtube

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

09 Feb, 16:55


📌 Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga!

Sevinch Mo'minova,
SamDUKF talabasi.


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI KATTAQO'RG'ON FILIALI
🌐
Web-sayt||Instagram||Telegram||Facebook||Youtube

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

09 Feb, 16:55


📌 Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga!

#Ustozlar_chellenji

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi "Maʼnaviyat oyligi" doirasida!

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

09 Feb, 16:55


9-fevral – Buyuk shoir, soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Saidxon Shoxo‘jayev,
SamDU KF talabasi.


📌 @samdukf_mx

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

09 Feb, 16:55


📌 Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga!

Nozigul Mardonqulova,
SamDUKF talabasi.


📌 @samdukf_mx

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

09 Feb, 16:55


9-fevral – Buyuk shoir, soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Shoxsanam Olimova,
Zilola Umirova,
SamDU KF talabalari.

📌
@samdukf_mx

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

09 Feb, 16:55


📌 Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga!

"Aylagach"
"Deyin"

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Musiqa taʼlimi yo‘nalishi 1-kurs talabalari!

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

09 Feb, 16:55


📌 🎶 Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga!

"Kelmadi"

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Musiqa taʼlimi o‘qituvchisi Abbos Tojiyev ijrosida.

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

08 Feb, 10:54


📌 Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga!

INSONIYATGA IBRAT BO'LIB, MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT ULASHIB KELAYOTGAN SIYMO

Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan SamDU Kattaqo'rg'on filialida tantanali tadbir tashkil qilindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova, filial direktori Sh.Urakov tadbirda ulug‘ ajdodimiz qoldirgan boy maʼnaviy meros haqida to‘xtaldi. Asarlarini mutolaa qilish faqatgina talaba-yoshlar yoki ziyolilar uchun emas, har bir soha vakili uchun ibrat ekanligini taʼkidlashdi.

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Anvar Sobirov maʼruzasida Navoiy ijodining hayotbaxshligi, o‘lmas tarbiya, ilm-maʼrifat maktabi ekanligini ilmiy-amaliy jihatdan izohladi.

Talabalar Navoiy g‘azal va ruboiylaridan aytishdi. Ulug‘ siymo asarlari asosida filialning musiqa taʼlimi yo‘nalishi ustozlari va talabalari tomonidan kuylangan ashulalar, go‘zal ijro qalblarni maftun etdi.
O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan tashkil qilingan tadbir barchaga manzur bo'ldi.

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

07 Feb, 10:02


#Xushxabar

TALABAMIZ TURON YOZUVCHILAR UYUSHMASI AʼZOSI BO‘LDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi Qosimova Go‘zal Qosim qizi "Xalqaro Turon Yozuvchilar uyushmasi haqiqiy aʼzosi" etib tayinlandi.

Shuningdek, unga uyushmaning ko‘krak nishoni ham topshirildi. Aʼzolik diplomi hamda nishon va guvohnomalarni SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida bo‘lgan uyushmaning vetsi-prezidenti, shoir Amir Xudoyberdining o‘zi topshirdi.

Darhaqiqat, shoira qizimiz Amir Xudoyberdi rahbarligidagi Do‘rmon ijodkorlar klubi aʼzosi edi. Uning "Shoir qalbi" sheʼriy to‘plami nashr etilgan. Nufuzli nashrlarda uning qator sheʼrlari eʼlon qilingan.

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

07 Feb, 10:00


#Ayni_paytda

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boshlandi.

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

06 Feb, 06:13


Afzallik istasang, hech kimdan afzallik da’vo qilma, mum va malham bo‘l-u jarohat bo‘lma!
Birovdan senga yomonlik yetishini istamasang, yomon so‘zli, fikri buzuq, yomonlikni targ‘ib qiluvchi bo‘lma!
©️ Jaloliddin Rumiy


Filial direktorining rasmiy sahifalariga a'zo bo'ling:
🌐 Facebook sahifasi
🌐 Telegram sahifasi

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

05 Feb, 16:44


#Kafedra_oyligi
#Kitob_taqdimoti_uchrashuv

YANGI KITOB SHOIR AHLINI BIRLASHTIRDI


SamDU Kattaqo'rg'on filialida O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi "Ma'naviyat oyligi" doirasida taniqli shoir Hasan Almatov hamda shoira Xolida Ismoil hammualliflikda chop ettirgan "Farishta qalb" nomli she'rlar to'plamining taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Turon xalq shoiri Amir Xudoyberdi mehmon sifatida ishtirok etdi.

Tadbirni filial direktori Sh.Urakov ochib berdi va yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ular qalbida ona Vatanga muhabbatni yanada yuksaltirishda bu kabi uchrashuvlar muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Tadbir qizg'in kechdi. Filial ijodkor talabalari shoirlar hayoti va ijodi haqida ma'lumot berishdi, she'rlaridan aytishdi. Shuningdek, musiqa ta'limi o'qituvchi va talabalari tomonidan ular qalamiga mansub she'rlardan qo'shiqlar kuylandi.
Talabalar va ijodkorlarning qizg'in savol-javoblari bo'lib o'tdi.

📌 @samdukf_mx

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

04 Feb, 13:14


#IJODKORLAR_BILAN_UCHRASHUV
#KAFEDRA_OYLIGI

SamDU Kattaqo'rg'on filialida ertaga, 5-fevral kuni soat 14:00 da O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasining "Maʼnaviyat oyligi" doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil qilinadi.

Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

04 Feb, 03:01


Xayrli tong, azizlar!

O‘qish

Bugun odamlar "o‘qishga vaqt yo‘q" deydigan bo‘lishdi. Ular bilmaydilarki, vaqtni o‘qish beradi.

Taajjublanmang! Inson tajribalaridan bir narsani o‘rganadi. Bu haqdir. Ammo insonning umri qisqa. Bilish uchun hamma narsani tajriba qilib ko‘rishga vaqti yetmaydi.

O‘rganishning eng afzal yo‘li boshqalarning tajribasidan foydalanishdir. Bu esa o‘qish orqali bo‘ladi.

Ali TANTOVIY.

Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

01 Feb, 17:43


Xotin-qizlarning mavqeyini yanada oshirishga bag'ishlangan respublika konferensiyasi o'tkaziladi!

Joylarda Xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlarni o'rganish, ularning bilim olishi, oila va jamiyatdagi mavqeyini oshirishga doir ishlarni nazorat qilib, taklif va murojaatlarni qabul qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Zulayxo Maxkamova Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filialida bo'ldi.

Qo'mita raisini Kattaqo'rg'on shahar hokimi Gavhar Alimova hamda filial direktori Sherzod Urakov kutib oldi va muassasada talaba-yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar ta'lim-tarbiyasi, hunar o'rganishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.

Zulayxo Baxriddinovna shaharda hamda filialda xotin-qizlarga qaratilayotgan e'tibor, olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlarga e'tibor qaratib, joriy yilning may oyida xotin-qizlarning oila va jamiyatda mavqeyini yanada oshirishga bag'ishlangan respublika konferensiyasini SamDU Kattaqo'rg'on filialida o'tkazish taklifini bildirdi.

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

01 Feb, 17:43


SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sh.Urakov filial talabalar turar joylarida bo'lib, mas'ullar faoliyati, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishning holati bilan tanishdi.

Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

01 Feb, 09:31


DIREKTOR TALABALAR TURAR JOYI BILAN TANISHDI

SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sh.Urakov filial talabalar turar joylarida bo'lib, mas'ullar faoliyati, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishning holati bilan tanishdi.

TTJda yashovchi talabalar bilan suhbatlashib, takliflarini qabul qildi.
Jihozlardan oqilona foydalanish, qat'iy nazorat olib borish, qo'shimcha sharoitlar yaratish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berdi.

Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

31 Jan, 12:59


#XALQARO_TALIM

XITOY, HINDISTON, MALAYZIYA VA INDONEZIYAda "Talaba almashinuv dasturi" asosida taʼlim olmoqchi bo‘lgan talabalar diqqatiga!

Batafsil maʼlumot uchun ko‘rsatilgan auditoriyalarda masʼullarga murojaat qiling!

❄️ @samdukf_mx

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

31 Jan, 12:59


TALABALAR NUFUZLI XORIJIY OTMLARGA GRANT ASOSIDA YUBORILADI

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida talabalarga startap loyihalar va tanlovlarda ishtirok etish hamda filialning xorijdagi hamkor OTMlariga o'qishga yuborish bo'yicha amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Unda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Fazliddin Sirojiddinov, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Jamshid Sattorov, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Mirjalol Qudratov zarur targ'ibot va tushuntirish ishlarini olib bordi.

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI KATTAQO'RG'ON FILIALI
🌐
Web-sayt||Instagram||Telegram||Facebook||Youtube

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

18 Jan, 09:11


KUN XABARLARI | JADIDLAR JASORATI - MILLATIMIZ FAXRI


18.01.2025-YIL

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

18 Jan, 07:25


#Imtihon

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 2024/2025-o‘quv yili kuzgi semestri yakuniy nazorat imtihonlari bo'lib o'tmoqda.
Imtihonlar yozma, yozma-og'zaki, test shakllarida o'tkazilmoqda.
Jarayon O'quv-uslubiy bo'lim, Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi hamda rahbariyat tomonidan buyruq asosida biriktirilgan mutaxassislar tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
Darhaqiqat, jarayonlarni siz ham online kuzatib borishingiz mumkin:

👉 http://live.samdukf.uz

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI KATTAQO'RG'ON FILIALI
🌐
Web-sayt||Instagram||Telegram||Facebook||Youtube

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

16 Jan, 04:59


#DIREKTORGA_MUROJAAT

SamDU Kattaqo'rg'on filiali talabalari, ota-onalar, barcha ishchi-xodimlar, jamoatchilikning filial direktori Sherzod Raxmonovich Urakovga quyidagi bot orqali shikoyat, takliflar bilan murojaat qilishlari mumkin:

📌
@samdukf_murojaat_bot

Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

16 Jan, 04:56


#Eshitmadim_demang

JADIDLAR HAQIDAGI INSHOLAR TANLOVIDA ISHTIROK ETISH ISTAGIDAGI SAMDU KATTAQO‘RG‘ON FILIALI TALABALARI DIQQATIGA!!!

2025-yil 17-yanvar juma kuni soat 11:00 da filial axborot-resurs markaziga 12 varaqli daftar bilan kelishlari mumkin!


Tanlov o'tkazish tartibi, nizomi, mukofotlari!

©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
Rasmiy kanallarimiz:
t.me/samdukf_mx/15024

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

16 Jan, 02:59


Dunyodagi eng kitobxon millatlarni bilasizmi?

1. Hindiston: Hindistonliklar haftada o‘rtacha 10 soat 42 daqiqa kitob o‘qishadi.

2. Xitoy: Xitoyliklar haftada o‘rtacha 8 soatni kitob mutolaasiga sarflashadi.

3. Tailand: Taylandliklar haftada o‘rtacha 9 soat 24 daqiqa kitob o‘qishadi.

4. Filippin: Filippinliklar haftada o‘rtacha 7 soat 36 daqiqa kitob mutolaa qilishadi.

5. Misr: Misrliklar haftada o‘rtacha 7 soat 30 daqiqa kitob o‘qishadi.

Bu ma’lumotlar xalqaro tadqiqotlar natijasida aniqlangan bo‘lib, mazkur millatlar kitobxonlik borasida yuqori ko‘rsatkichlarga ega.

Sizningcha biz, o‘zbeklar haftada qancha vaqtimizni mutolaa uchun sarflaymiz?

Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

16 Jan, 01:20


Xayrli tong, azizlar!
Boshlanadigan kun barchangizga quvonchli, fayzli va barakali bo‘lsin!


Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

15 Jan, 05:57


#FARMON_va_IJRO

"KITOBSEVAR MILLAT"

"Kitobsevar millat" umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish, talaba-yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ularni kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati.


Asos:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni;
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-yanvardagi 01/15-87-sonli xati.


©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati

Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

15 Jan, 04:42


DIREKTOR VA TALABALAR OCHIQ MULOQOTI BO'LIB O'TDI

SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sherzod Urakov Aniq va tabiiy fanlar fakultetining 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Muloqotda filial rahbari talabalarga filialda ochiq va shaffof muhit yaratilgani, tizimda turli salbiy holatlarni oldini olish bo'yicha ota-onalar bilan ham izchil hamkorlik yo'lga qo'yilgani, biror g'ayriqonuniy xatti-harakat sezilgan taqdirda oldini olish uchun keng imkoniyat yaratilganini ta'kidladi.

©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
Rasmiy kanallarimiz:
t.me/samdukf_mx/15024

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

15 Jan, 04:37


#Talabaga_qulaylik

"ONA VA BOLA" xonasi haqida onalar nima deydi?

©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
Rasmiy kanallarimiz:
t.me/samdukf_mx/15024

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

14 Jan, 13:55


#Tabriknoma

Vatan himoyachilariga SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sherzod Raxmonovich Urakovning bayram tabrigi.

Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

14 Jan, 06:50


#VATAN_HIMOYACHILARIGA

Gulshoda Temurova,
SamDUKF talabasi.

Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

14 Jan, 06:48


DIREKTOR IMTIHONLAR OLDIDAN TALABALAR BILAN UCHRASHDI

SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sherzod Urakov Pedagogika va tillarni o'qitish fakultetining 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Direktor o'rinbosari Sirojiddin Elmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i Elbek Xudoyqulov, Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani Anvar Sobirov ishtirokida o'tgan muloqotda filial rahbari talabalarga filialda ochiq va shaffof muhit yaratilgani, tizimda turli salbiy holatlarni oldini olish bo'yicha ota-onalar bilan ham izchil hamkorlik yo'lga qo'yilgani, biror g'ayriqonuniy xatti-harakat sezilgan taqdirda oldini olish uchun keng imkoniyat yaratilganini ta'kidladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorati bo'limi boshlig'i Elbek Xudoyqulov so'zga chiqib, imtihon jarayonlari, talabalar bilimini xolis baholashda korrupsion holatlarga duch kelinsa murojaat qilish tartini tushuntirdi.

Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

14 Jan, 06:25


🎼 “Qalqondir o‘zbekning askari”.
🎬 Marat Hakimov ijrosida.

Barcha Vatan himoyachilarini bayram bilan tabriklaymiz!


Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

14 Jan, 04:03


#ILMIY_FAOLIYAT

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim, sport kafedrasi mudiri, PhD, dotsent To'lqin Eshquvvatovning Pedagogika yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan “Umumiy psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanmasini nashr etishga ruxsat berildi!
©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati

Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

14 Jan, 03:48


#VATAN_HIMOYACHILARIGA

Mumtoza To‘ychiyeva,
SamDUKF talabasi.


Filial direktorining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling:
💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

14 Jan, 01:20


#Iqtibos

📖 Ilmsiz millat, qavm asir va zaif qolur. Ilmsiz davlatni foydasi yo‘q, ilmsiz dunyodorni hayoti yo‘q.

✍️ Mahmudxo‘ja BEHBUDIY.

⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️

💢 t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

13 Jan, 12:11


14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan SamDU Kattaqo'rg'on filialida "YANGI O'ZBEKISTON ARMIYASI — MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXRI!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Uni filial direktori Sh.Urakov ochib berdi va barcha Vatan himoyachilarini qutlug' sana bilan tabrikladi. Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, ravnaqi uchun hissa qo'shayotgan har bir mard va oliyjanob o'zbek o'g'lonlari xizmatini e'tirof etdi!

⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️

💢 t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

05 Jan, 03:33


#Muhim_eslatma

Bir kunda bolaga kitob oʻqib berish uchun:

0-2 yosh oraligʻidagi bolalar uchun kuniga 10-15 daqiqa vaqt ajratish;

2-5 yosh oraligʻidagi bolalar uchun kuniga 20-30 daqiqa vaqt ajratish;

5-7 yosh oraligʻidagi bolalar uchun kuniga 30-60 daqiqa vaqt ajratish kerak boʻladi.

Bunda uning qiziqishi, farzandlarga alohida-alohida yondashuv va mos kitoblarni tanlashimiz muhim!

Aynan oʻzingiz bolalar bilan birga bir kunda qancha kitob oʻqiysiz?

💢 t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

05 Jan, 02:32


#Kun_hikmati

TAJRIBA

Muvaffaqiyatlarga erishgan bir kishidan:
— Ushbu muvaffaqiyatlarga qanday erishgansiz? — deb so‘rashdi. U:
— To‘g‘ri qarorlar qabul qilish sababli, — deb javob berdi. Ular:
— Qarorlaringiz to‘g‘ri ekanini qayerdan bilgansiz? — deyishdi. U:
— Tajriba bilan, — deb javob berdi.
— Bu tajribani qanday hosil qilgansiz? — deyishdi. U:
— Xato qarorlar sababli... — deb javob berdi.

Hech qachon xato qilishdan qo‘rqmang! Xatolar bizni komilikka yetaklaydi!

Dam olish kuningiz xayrli boʻlsin!

©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
❄️Rasmiy kanallarimiz:
t.me/samdukf_mx/15024

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

04 Jan, 01:31


Xayrli tong!
Boshlangan yangi kun barchaga omadli kelsin!

💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

03 Jan, 10:30


TALABALAR BUNI BILISHI SHART

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 452-sonli buyrug‘ining talabalarimiz bilishi shart bo'lgan muhim bandlari.


💢 t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

03 Jan, 05:58


#Rejalar
#Infografika

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filialining 2025-yilga mo'ljallangan rejalari qanday? Javob
#infografika

O'tgan 2024-yil sarhisobi.

©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
Rasmiy kanallarimiz: t.me/samdukf_mx/15024

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

03 Jan, 05:57


#DIQQAT_TEZKOR

O'QISHINI TIKLASH ISTAGIDA BO'LGAN TALABALAR DIQQATIGA!

SamDU Kattaqo'rg'on filialining o'qishini bahorgi semestrga tiklamoqchi bo'lgan talabalari 2025-yil 15-yanvardan 25-yanvarga qadar filialning A210-xonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Bunda kuzgi semestrni to'liq o'qib, bahorgi semestrda talabalar safidan chetlatilgan talabalar tiklash bo'yicha murojaat qilishi mumkin.

Zarur hujjatlar:
1. Filial direktori nomiga ariza (joyida yoziladi)
2. Reyting daftarchasidan ko'chirma (transcript dekanatdan olinadi)
3. Chetlatilganligi to'g'risidagi buyruqdan ko'chirma (A114-xonadan olinadi).

O'quv-uslubiy bo'lim.

©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
Rasmiy kanallarimiz: t.me/samdukf_mx/15024

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

31 Dec, 19:00


#YANGI_YIL_MUBORAK

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING KATTAQO‘RG‘ON FILIALI

2025-YIL MUBORAK BO‘LSIN!

❄️
@samdukf_mx

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

31 Dec, 18:55


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

31 Dec, 04:21


#Direktor_tabrigi

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar, qadrli Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali ahil jamoasi hamda talabalar!

Sizlarni Yangi 2025-yil kirib kelayotganligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Nihoyasiga yetayotgan 2024-yilda filialimiz jamoasining har bir a'zosi o‘z oldiga ezgu maqsad qo‘yganidek, ilmiy yuksalishdagi, intellektual salohiyatini oshirishdagi, raqamli texnologiyalarni keng joriy etishdagi muhim rejalarni birgalikda amalga oshirdik!
Aksariyat o‘rinlarda u ishchi-xodim bo‘ladimi, u professor-o‘qituvchi yoki boshqaruv o‘rinlaridagi xodimlarimiz bo‘ladimi, barcha-barchaning ahilligi, bir-biriga hurmat-izzati namoyon bo‘ldi!

❄️ BATAFSIL 👇

❄️ TABRIK, O‘ZBEK TILIDA
❄️ TABRIK, RUS TILIDA
❄️ TABRIK, INGLIZ TILIDA

💢 t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

31 Dec, 04:17


YANGI YIL TABRIKLARI

💢 t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

29 Dec, 09:18


#Ilmiy_faoliyat

SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Urakov Sherzod Raxmonovich 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini baholashning tashkiliy-pedagogik mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish bo'yicha dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali jamoasi, barcha professor-o‘qituvchilari hamda talabalar Urakov Sherzod Raxmonovichni ilmiy yuksalishdagi muhim natijasi bilan tabriklaydi!

©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
➡️  Rasmiy kanallarimiz:
t.me/samdukf_mx/14774

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

28 Dec, 11:56


#Iftixor

"Yilning eng faol ijodkor talabasi" respublika tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallagan, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Yusupova Gulnoza Ma'rufjon qizi "Samarqand yoshlari" gazetasining 2024-yil 28-dekabrdagi sonida.

#OAV_biz_haqimizda

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

28 Dec, 11:55


#Ilmiy_faoliyat
#Xushxabar

DISSERTATSIYA MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

SamDU Kattaqo'rg'on filiali O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Abdumannatova Nafisa Abdumajit qizi 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Hotamnoma” asarining lingvofolkloristik tadqiqi (“Hotamnomayi turkiy” asari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Abdumannatova Nafisa Abdumajit qizini hamda O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi jamoasini ilmiy yuksalishdagi muhim qadam bilan tabriklaymiz!

©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
➡️  Rasmiy kanallarimiz:
t.me/samdukf_mx/14774

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

25 Dec, 14:04


#Tabriknoma

Bugun SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Yusupova Gulnoza Ma'rufjon qizining "Yilning eng faol ijodkor talabasi" respublika tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallaganligi haqidagi quvonchli xabar barchamizga xursandchilik bag‘ishladi.

Bir necha kun oldin Gulnozaning Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lib, filialimiz iftixoriga aylangani esa qo‘shaloq bayram bo‘ldi, desam ayni haqiqatdir.

Talaba-qizimiz ushbu muvaffaqiyati bilan nafaqat o‘ziga bildirilgan ishonchni, balki maktabda, filialimizda ustozlar berayotgan bilimlarni oqladi!

Gulnoza. Sizga erishgan qo‘shaloq muvaffaqiyatlar muborak bo‘lsin! Voyaga yetkazib, chiroyli tarbiya bergan ota-onangizga rahmat!
Ta'lim-tarbiya bergan, ijod yo‘lida qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ustozlaringizga minnatdorlik bildiraman!
Ulkan ilmiy va ijodiy parvozlar tilayman!

Sh.R.Urakov,
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori.

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

25 Dec, 09:36


#XUSHXABAR

GULNOZA "YILNING ENG FAOL IJODKOR TALABASI" BO'LDI!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi an’anaviy o‘tkazib kelinadigan mazkur tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etilgan ishtirokchilarning hujjatlari ekspertlar guruhi tomonidan baholandi.

Yakuniy xulosaga ko‘ra, "YILNING ENG FAOL IJODKOR TALABASI" nominatsiyasi bo'yicha SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi 3-kurs talabasi YUSUPOVA GULNOZA MA'RUFJON QIZI respublikada 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Gulnoza yaqinda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi ham bo'ldi.
Talabamiz hamda uning ota-onasiga, ustozlariga, SamDU Kattaqo'rg'on filiali jamoasiga ushbu qo'shaloq muvaffaqiyat muborak bo'lsin!


©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
➡️  Rasmiy kanallarimiz: t.me/samdukf_mx/14774

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

24 Dec, 04:07


#XUSHXABAR

TALABALARIMIZ C1 SERTIFIKATINI OLDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi talabalari Jasmina G'ayvullayeva va Kamola Ismoilova hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari Isomiddin Tursunov va Feruza A'zamova chet tilini bilish darajasi bo'yicha C1 sertifikatini qo‘lga kiritishdi!

✍️  SamDU KF axborot xizmati
➡️  Rasmiy kanallarimiz:
t.me/samdukf_mx/14774

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

21 Dec, 08:49


#Ilmiy_faoliyat

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Ruziyeva Nasiba Kenjayevna filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi bo'yicha ilmiy seminardan muvaffaqiyatli o'tdi!

Ustozga dissertatsiya ishini ham yuz foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilishiga omad tilaymiz!

✍️  SamDU KF axborot xizmati
➡️  Rasmiy kanallarimiz:
t.me/samdukf_mx/14774

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

21 Dec, 06:29


📌 YURTIM QADRIYATLARI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida yoshlami yuksak axloq va kuchli bilim sohibi hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni milliy va umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimiz, an’ana, urf-odat, milliy san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Yurtim qadriyatlari" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
.

Tanlovda Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetining talabalaridan iborat jamoalari bellashdi.

SamDU Kattaqo'rg'on filiali axborot xizmati.
Rasmiy kanallarimiz:
t.me/samdukf_mx/14774

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

06 Dec, 11:22


🇺🇿 KONSTITUTSIYA — ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI!

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan "Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

©️ SamDU Kattaqo'rg'on filiali axborot xizmati
t.me/samdukf_mx/13924

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

06 Dec, 11:22


🇺🇿 KONSTITUTSIYA — ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI!

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan "Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!" shiori ostida Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasida bo‘lishdi.

Tyutorlar hamrohligida prokuratura binosi bilan tanishgan talabalar soha xodimlari faoliyati, real jarayonlarning guvohi bo‘lishdi.

Prokurorlar bilan muloqot talabalarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, Bosh Qomusimiz haqidagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

© SamDU KF axborot xizmati
t.me/samdukf_mx/13924

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

06 Dec, 06:09


#Profilaktika

Terrorizm va diniy ekstremizm haqida talabalar ogoh etildi

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Kattaqo'rg'on shahar IIB bilan hamkorlikda terrorizm va diniy ekstremizm holatlari haqida talabalarni ogoh etish hamda oldini olishga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda ichki ishlar organlari vakillari B.Mahmudov, B.Shirinboyev, R.Abdullayev, shuningdek, filial profilaktika inspektori X.Haydarov, fakultet dekani o'rinbosari B.Yo'ldoshev so'zga chiqib, mavzu yuzasidan ma'lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlardan o'rinli va oqilona foydalanish, turli yot g'oyalar, fikr va qarashlar ortidan ergashmaslik, qonuniy javobgarliklari haqida to'xtalib o'tishdi.

✍️  SamDU KF axborot xizmati
t.me/samdukf_mx/13924

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

05 Dec, 13:35


HAMKORLIK UCHUN MINNATDORLIK BILDIRILDI

SamDU Kattaqo'rg'on filialida O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muloqotda partiya dasturi, yurtimiz ravnaqi, inson manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati haqida so'z yuritildi.
Yakunida filial direktori Sh.Urakovga O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi dasturida belgilangan ezgu tashabbus va loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik uchun tashakkurnoma topshirildi.

✍️  SamDU KF axborot xizmati
t.me/samdukf_mx/13924

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

05 Dec, 12:41


#XALQARO_HAMKORLIK

TALABALARIMIZ XITOYNING NANKIN POLITEXNIKA INSTITUTIDA O'QIYDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sh.Urakov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Nankin politexnika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolaganligi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 5-dekabr kuni Nankin politexnika instituti professorlari Tu Jie hamda Xu Jiuchun filialimizga keldi. Filial direktori Sh.Urakov hamda direktor o'rinbosarlari ishtirokidagi muzokaralar olib borildi.

Memorandum asosida 2025-2026-o'quv yilidan 2+2 asosida talaba almashinuviga kelishildi. Filialning Kimyo, Biologiya hamda Informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishlari talabalari ta'limning ikki yilini Nankin politexnika institutida davom ettiradi. Muvaffaqiyatli bitirgan talabalar ikki OTM diplomiga ega bo'ladi.

Professor-o'qituvchilarimiz ham ushbu xorijiy OTMda malaka oshirishadi. Filial professor-o'qituvchilari hamda talabalar uchun xitoy tili kurslari tashkil qilinadi.

✍️  SamDU KF axborot xizmati

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

17 Nov, 15:31


#Tabriknoma

XALQARO TALABALAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

Aziz Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali talabalari, qadrli o‘g‘il-qizlarimiz!

Sizlarni 17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni bilan filialimizning professor-o‘qituvchilari hamda jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman!

Aziz talabalar!

Fursatdan foydalanib, diqqatingizni muhim jihatga tortmoqchiman.
Bugungi kunda SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 21 ta yo‘nalishda 2500 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda! Har biringizning oliy maqsadingiz shu oliy ta'lim muassasasida o‘qib, muayyan kasbni egallash, elda aziz kasblardan bo‘lmish muallim bo‘lmoq, eng muhimi, jamiyatda o‘z o‘rningizni topmoqdir.

Buning uchun sizga saboq berayotgan yuz nafardan ortiq pedagog-kadrlarni har birini ochiq tanlov asosida qabul qildik! Mustahkam bilim olishingiz uchun kompyuter xonalari, to‘la-to‘kis jihozlangan laboratoriyalar, muntazam muhim adabiyotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan boyitib borilayotgan kutubxonani erta-yu kech sizning ixtiyoringizga topshirdik.
Har bir kafedra qoshida o‘ntadan kam bo‘lmagan ilmiy, ijodiy bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘ydik.

Eng muhimi, faoliyat boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan filialimiz allaqachon qariyb to‘rt ming talaba o‘rinli o‘quv binosiga, yetti yuz o‘rinli TTJga ega bo‘lib, sizning xotirjam bilim va dam olishingiz uchun safarbar etilganini e'tirof etsak arziydi!

Demak, aytmoqchimanki, bugun sizning o‘qish, ilm izlashdan boshqa tashvishingiz qolmadi. O‘z ustingizda ishlab, yetuk mutaxassis bo‘lishingiz uchun deyarli barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

Qadrli o‘g‘il-qizlarimiz!

Shunday ekan, ota-onangiz yuksak orzu-umid bilan sizni oliy ta'lim sari yo‘lladi! Buni qadriga yeting, umidlarini sindirmang! Biz ustozlar sizga, har biringizga kamarbasta bo‘lishga tayyormiz!

Yana bir bor Xalqaro talabalar kuni barchangizga muborak bo‘lsin!

Sherzod Rahmonovich Urakov,
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori.


💢 t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

16 Nov, 11:30


#Jarayon

OTA-ONALAR KONGRESI BO'LIB O'TDI


SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakultetida navbatdagi "Ota-onalar kongresi" bo'lib o'tdi.
Unda filial direktori Sh.Urakov oliy ta'lim tizimi, filial faoliyati, talabalar bilan bog'liq ayrim muammolar, amaliyot jarayonlari haqida so'z yuritdi.

So'zga chiqqan direktorning birinchi o'rinbosari Sh.Mustafayev, fakultet dekani A.Sobirov talabalar uchun talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, ijara xonadonlaridagi holatlar, ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida takliflarini bildirishdi.

Ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan javob olishdi. O'tgan semestrlar davomida a'lo baholarga o'qigan, filial ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarida faol ishtirok etgan lider talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

✍️ SamDU KF axborot xizmati
➡️ Eng muhimlari:
t.me/samdukf_mx/12849

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

16 Nov, 03:25


#Xushxabar_C1

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Najmiddinova Sora rus tilini bilish darajasi bo‘yicha C1 sertifikatiga ega bo‘ldi.
Tabriklaymiz!

💢
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

16 Nov, 03:17


📌 Xalqaro hamkorlik

XORIJLIK MUTAXASSISLAR FILIAL O‘QITUVCHILARI UCHUN SEMINAR O‘TISHDI

Samarqand davlat universitetining Kattaqo’rg’on filialida “Xorijda Rossiya o'qituvchisi” nomli xalqaro gumanitar loyiha ishtirokchilari “O’zga tilli guruhlarda rus tili o'qituvchisi uchun uslubiy qo’llanmalar” mavzusida seminar o’tkazishdi.

Unda dars jarayonlarida qo’llaniladigan metodik o’yinlar va uslublar haqida tushunchalar berildi. Tadbirda filial professor-o’qituvchilari, talabalar va hamda hozirgi kunda maktablarda dars berayotgan o'qituvchilar mehmon sifatida Yekaterina Mixaylovna Neklyudova, Savina Yelena Borisovna va Elvira Xarmatullovna Ishmuxamedovalar ishtirok etishdi.
Seminar filialning O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishiga dars berayotgan professor-o‘qituvchilar uchun dars o'tish usullari bo'yicha tajriba almashinuvi hamda talabalarga master-klasslar ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etdi.

💢 t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

08 Nov, 13:17


#Tanlov

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan talaba-yoshlarni ona Vatanga sadoqat, ajdodlarimizga hurmat, jaholatga qarshi ma'rifat ruhida tarbiyalash, qalbida daxldorlik, insoniylik tuyg'ularini yuksaltirish maqsadida tanlovlar tashkil qilindi. Unga ko'ra:

"Jaholatga qarshi ma'rifat" rasmlar tanlovida:
🥇 Arzimurodova Dilsevar (Filologiya)
🥈 Ismoilova Sevinch (Boshlang'ich)
🥉 Avazova Muxlisa (Boshlang'ich)
🥉Shamsiddinova Noila (Boshlang'ich)

"Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?" insholar tanlovida:
🥇 Xudoyorova Shohsanam (O'zbek tili)
🥈 Mirzayeva Vasila (Boshlang'ich)
🥉 Mo'minova Sevinch (O'zbek tili)

"Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" sh'erlar tanlovida:
🥇 Abdurasulova Zulayxo (ijtimoiy ish)
🥈 Aralova Maftuna (Boshlang'ich)
🥉 Arzimuratov Rahimjon (Iqtisodiyot)

"Uchinchi Renessans — yoshlar nigohida!" loyihalar tanlovida:
🥇 Xudoyberdiyev Sobirjon (Matematika)
🥈 Qodirov Shomirza (Axborot texnologiyalari)
🥉Karimov Islom (Rus tili)

SamDU KF axborot xizmati
@samdukf_mx

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

08 Nov, 13:17


#AMALIYOT

SAYOHAT DAVOM ETADI...

SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sh.Urakov tashabbusi bilan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi 2-kurs talabalarining Samarqand davlat universiteti oranjeriyasi hamda SamDU Zoologiya muzeyiga sayohati tashkil qilindi.

Talabalar mutaxassisligi bo'yicha olgan nazariy bilimlarini oranjeriya hamda muzeyga sayohat va amaliyot jarayonlarida mustahkamladi.

💥 SamDU KF axborot xizmati
➡️ Eng muhimlari:
t.me/samdukf_mx/12849

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

08 Nov, 11:00


#AMALIYOT

BILIM AMALIYOT BILAN MUSTAHKAMLANMOQDA

SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sh.Urakov tashabbusi bilan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi 2-kurs talabalarining "Zarafshon" Milliy tabiat bog'iga sayohati tashkil qilindi.

Talabalar mutaxassisligi bo'yicha olgan nazariy bilimlarini milliy bog'ga sayohat va amaliyot jarayonlarida mustahkamladi.

💥 SamDU KF axborot xizmati
➡️ Eng muhimlari:
t.me/samdukf_mx/12849

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

07 Nov, 05:28


#Ilmiy_faoliyat

HUDUDIY TURIZM SOHASIDA INNOVATSION FAOLLIK MEXANIZMLARI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Xaitov Oxunjon Nomoz o‘g‘lining "Hududiy turizm sohasida innovatsion faollikni oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish" nomli monografiyasi nashr etildi.

Monografiya uch bobdan iborat bo‘lib, hududiy turizm sohasida innovatsion faollikni oshirishning nazariy-metodologik asoslari, sohaning rivojlanish holati, baholash usullari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi o‘z aksini topgan.

© SamDU KF axborot xizmati
➡️ Eng muhimlari: t.me/samdukf_mx/12849

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

29 Oct, 12:34


#Yakuniy_nazorat_savollari

2024-2025-o'quv yili kuzgi semestrda bakalavr ta'lim yo'nalishlarida Yakuniy nazoratlar rejalashtirilgan fanlardan nazorat savollari filial rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

Barcha talabalar saytga kirib yuklab olishlari mumkin:

👉 https://samdukf.uz/2024-2025-kuzgi-yakuniy-savollar/

✍️  SamDU KF axborot xizmati
💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

28 Oct, 06:02


#SamDUKF_RADIO

SamDU Kattaqo'rg'on filiali axborot xizmati hamda "Jurnalist maktabi" to'garagi tomonidan filial radiosi faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.


Darhaqiqat, ushbu yo'nalishga qiziquvchi talabalarimizni faoliyatimizga taklif qilamiz!
Murojaat uchun:
@samdukf_matbuot_kotib

✍️  SamDU KF axborot xizmati

💢 A'zo bo'ling:
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

28 Oct, 02:03


#Xayrli_tong

Rivoyat qilinishicha, bir kishi hakimlardan birining huzuriga kelib:
- Hazrat, mening bir o‘g‘lim va bir qizim bor. Ulardan har ikkisini o‘qitishga qurbim yetmaydi, faqatgina bittasini o‘qitishga imkonim bor, qaysi birini o‘qitay? - deb so‘rabdi.

Shunda hakim zot:
- Qizingni o‘qit, chunki u kelajakda farzand tarbiya qiladi. Agar o‘g‘lingni o‘qitsang, bir kishini o‘qitgan bo‘lasan, ammo qizingni o‘qitsang, butun bir jamiyatni o‘qitgan bo‘lasan, - deb javob bergan ekan.

🌥 Boshlagan yangi haftangiz va dushanba kuningiz xayrli boʻlsin!

💢 A'zo bo'ling:
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

27 Oct, 12:17


#Saylov2024
#Jarayon

SamDU Kattaqo'rg'on filiali professor-o'qituvchilari hamda talabalari Kattaqo'rg'on shahridagi 184-saylov uchastkasi orqali ushbu muhim siyosiy jarayonda o'z ovozi bilan faol ishtirok etmoqda.

✍️  SamDU KF axborot xizmati
➡️  Eng muhimlari:
t.me/samdukf_mx/12849

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

27 Oct, 11:22


#Saylov2024
#Jarayon

SamDU Kattaqo'rg'on filiali professor-o'qituvchilari hamda talabalari Kattaqo'rg'on shahridagi 206-saylov uchastkasi orqali ushbu muhim siyosiy jarayonda o'z ovozi bilan faol ishtirok etmoqda.

✍️  SamDU KF axborot xizmati
➡️  Eng muhimlari:
t.me/samdukf_mx/12849

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

27 Oct, 09:14


#Saylov2024
#Tanlov

"MEN SAYLOVDA OILAM BILAN ISHTIROK ETDIM!"

Bugun, 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlari doirasida "MEN SAYLOVDA OILAM BILAN ISHTIROK ETDIM!" nomli selfilar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Suratda SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi Shoira Sattorova oilasi bilan Kattaqo‘rg‘on shahridagi 196-saylov uchastkasida o‘z nomzodlariga ovoz berishdi.

Aziz ustozlar va talabalar! Sizning ham jo‘natgan eng yaxshi selfi suratlaringiz rasmiy kanallarimizda e'lon qilinishini istasangiz faol bo‘ling: @samdukf_matbuot_kotib

✍️  SamDU KF axborot xizmati
➡️  Eng muhimlari:
t.me/samdukf_mx/12849

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

27 Oct, 05:52


#Saylov2024
#Jarayon

SamDU Kattaqo'rg'on filiali talabalari Kattaqo'rg'on shahridagi saylov uchastkalari orqali ushbu muhim siyosiy jarayonda o'z ovozi bilan faol ishtirok etmoqda.
Saylovda ilk bor ovoz bergan talaba-yoshlarga Yoshlar ishlari agentligi
Kattaqo'rg'on shahar bo'limining sovg'alari topshrildi.

@Kattaqurgon_kechavabugun

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

26 Oct, 03:27


#Xalqaro_hamkorlik

BIR QATOR XORIJIY UNIVERSITETLAR BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filiali hamda xorijning Top-1000 ga kiruvchi nufuzli oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Jumladan:

Malayziya Universiteti bilan imzolangan memorandumga ko'ra, ma'lum bir davr uchun talaba hamda professor-o'qituvchilar, hujjat va materiallar almashish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ikki tomonlama ishlab chiqilgan texnologiyalarni o'zaro manfaatli yo'llar bilan tijoratlashtirish belgilandi.

Indoneziyaning Airlangga Universiteti bilan ilmiy hamda akademik hamkorlik olib borish, jamoat xizmatlaridan foydalanish va kelgusida o'zaro kelishuv asosida bir qator loyihalarni amalga oshirish bo'yicha memorandum imzolandi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq filial hamda Hindistonning Mumbay texnologiya instituti bilan ham memorandum imzolangani haqida xabar bergan edik.

✍️ SamDU KF axborot xizmati
➡️ Eng muhimlari:
t.me/samdukf_mx/12849

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

26 Oct, 03:24


#Xayrli_kun

Muvaffaqiyatga erishish uchun muammolarni aniqlash, undan keyin kuch va g‘ayratni ularni hal qilishga ishlatish kerak.

©️Toni (Entoni) Robbins

💢 A'zo bo'ling:
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

24 Oct, 08:54


#Saylov_2024

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 3 kun qoldi.

Aziz vatandoshlar!
Saylash huquqingizdan foydalaning!

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

24 Oct, 05:52


#Kafedra_oyligi

SIZ TO'G'RI YO'LDASIZ...
"Halollik, bolaga mehr bizni izzat-ikromga, mukofotlarga sazovor qildi"

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim, sport kafedrasi tomonidan "Kasbim mening — faxrim mening!" shiori ostida maktabgacha ta'lim yo'nalishida samarali mehnat qilib kelayotgan mutaxassislar hamda talabalar uchrashuvi tashkil qilindi.

Kattaqo'rg'on shahrida DMTT tarbiyachilari 2002-yilning eng yaxshi tarbiyachisi A.Yakubova (respublika 1-o'rin), 2023-yilning eng yaxshi tarbiyachisi M.Ikromova (respublika 3-o'rin), 2024-yilning eng yaxshi tarbiyachisi N.Ochilova (respublika 3-o'rin) ushbu uchrashuvga taklif qilindi.

O'z faoliyatidan saodat topgan, hayotining mazmunini bolalarga mehr berish, ularga cheksiz g'amxo'rlik ko'rsatishdan elda hurmat qozongan ushbu yetuk mutaxassislar bilan muloqot qizg'in o'tdi. Talabalarda o'zi tanlayotgan kasbga bo'lgan hurmat, ehtirom yanada ortdi.

✍️ SamDU KF axborot xizmati
💢 A'zo bo'ling:
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov