Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim @fargonaviloyati_mtb Channel on Telegram

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

@fargonaviloyati_mtb


Farg‘ona viloyati Maktabgacha ta'lim tizimiga oid kanalga xush kelibsiz.

Tizimga oid eng so‘nggi yangiliklar, tasdiqlangan ma'lumotlar, rasmiy munosabatlarni bizning kanalda biz bilan kuzatib boring.

Hamkorlik taklifi uchun manzil: @Fayzullo_Sultonov

Farg'ona viloyati | Maktabgacha ta'lim (Uzbek)

Farg'ona viloyati Maktabgacha ta'lim tizimiga oid kanalga xush kelibsiz. Tizimga oid eng so'nggi yangiliklar, tasdiqlangan ma'lumotlar, rasmiy munosabatlarni bizning kanalda biz bilan kuzatib boring. Hamkorlik taklifi uchun manzil: @Fayzullo_Sultonov. Bu kanal Farg'ona viloyati hududida ta'lim sohasidagi eng oxirgi yangiliklar va ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Shu jumladan, shu hududdagi o'quv yurtlari, maktablar, va o'qituvchilar uchun foydali bo'lgan ma'lumotlar kanalda taqdim etiladi. Agar sizga Farg'ona viloyatidagi ta'lim tizimi va yangiliklari bilan aloqasi bo'lsa, kanalga obuna bo'ling va so'nggi ma'lumotlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling.

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

20 Jan, 09:30


Боғчаларнинг бирида болаларга заҳарли илон билан томоша кўрсатилди

⚡️Ижтимоий тармоқларда болаларга заҳарли илонлар билан томоша кўрсатилганлиги акс этган видео тарқалиб, жамоатчиликнинг кескин муҳокамаларига сабаб бўлди.

Ҳолат Болалар омбудсмани томонидан назоратга олинган бўлиб, тарқалган видеода мактабгача таълим муассасасида тарбияланувчиларга ҳозирда ноёб, “Қизил китоб“га киритилган Ўрта Осиё кобралари билан томоша уюштирилганлиги ва бунда боғча маъмурияти томонидан болаларнинг ҳаёти ва соғлиғи учун хавфсизлик чоралари таъминланмаганлиги акс этган.

Ҳозирда ҳолат юзасидан Ички ишлар органлари томонидан мазкур ҳолат қачон ва қаерда содир бўлганлигини аниқлаш чоралари кўрилмоқда, бунинг натижасида вазиятга ҳуқуқий баҳо бериш масаласи ҳал этилади.

Ҳолат бўйича қўшимча маълумот берилади.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

20 Jan, 05:01


⚡️Андижондаги боғчада байрам тадбирида қизлар оталарининг оёқларини ўпишди. Ташкилотчилар эса ишдан олинди.

Байрам тадбирида боғча тарбияланувчилари оталари билан бирга диний мазмундаги қўшиққа рақс тушишган.

Маълумотларга кўра, байрамдан сўнг боғча мудири, шунингдек, ташкилий ишлар учун масъул бўлган бошқа шахслар ишдан бўшатилган.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

17 Jan, 06:25


Бешариқ туманидаги боғчада тарбияланувчи вафот этди(ми?)

⚡️Ижтимоий тармоқларда Бешариқ тумани Қум МФЙда жойлашган 33-ДМТТда, уч ярим ёшли бола боғчада номаълум сабабларга кўра вафот этгани айтилган хабарлар тарқалмоқда.

Ушбу хабарлар қанчалик асосли? Бола ростдан ҳам боғчада вафот этганми? Жамоатчилик шу каби саволлар билан масъулларга юзланмоқда.

Улар хабарлар остида ёзилаётган изоҳларда Фарғона вилоят ИИБ Ахборот хизмати ва Фарғона вилояти мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси Ахборот хизматидан расмий хабар беришларини талаб қилмоқда.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

14 Jan, 11:54


📣📣🔠🔠🔠🔠🔠🔠📣📣

✍️ Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar 9-MTTning ''Kamalak'' guruhida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 3️⃣3️⃣ yilligi munosabati bilan ''MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI!'' shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Tadbirda tarbiyalanuvchilar Ona Vatan haqida kuy, qo‘shiq, raqs hamda sahna ko‘rinishlari orqali iste'dodlarini namoyish etdilar.

📚 Direktor: D.Mamatova
📖Ustoz tarbiyachi: M.Yusupova
🗂Shogird tarbiyachi: D.Olimova

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

14 Jan, 10:31


Ona yurt posbonlari — yurt o‘g‘lonlaridir: Toshloqdagi ta'lim tashkilotida bayram tadbiri tashkillandi

⚡️Тoshloq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 14- yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkillandi.

"Ona yurt posbonlari Vatanim oʻgʻlonlari" shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida MFY raisi U.Moʻsayev hamda "Yangi yoʻl" hududi deputati R.Rustamjonovlar tashrif buyurishdi.

Bolajonlar oʻzlarining mardonavor chiqishlari, kuy va qoʻshiqlari orqali barchaning kayfiyatini koʻtarishga erishdilar.Tadbir soʻngida tashkilot direktori D.Mardonova barcha bolajonlarni bayram bilan tabriklab ularga estalik sovgʻalar ulashdi.

Shuningdek, kun mavzusi tashkilotning ma'naviy va marifiy ishlar yetakchisi tomonidan xodimlar oʻrtasida ham keng yoritilildi

Tarbiyachi: M.Azimova
Musiqa rahbari: M.Yo’ldosheva

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

10 Jan, 06:48


Япон боғчаларида болаларни сайрга олиб чиқиш жараёни экан

⚡️Бу жараён биринчидан болалар хавфсизлигига хизмат қилса, иккинчиси болаларни кичиклигидан бирдамликка ўргатади.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

07 Jan, 05:20


Bogʻchalardagi metodist shtati direktor oʻrinbosariga oʻzgartirilibdi, shu toʻgʻrimi? Ularning oylik maoshi hamda vazifalari qanday belgilanadi?

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida:

2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etilmoqda.

Ushbu lavozim maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda tashkil etiladi.

👉 Maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari taʼlim sifatini taʼminlash, pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, taʼlim va tarbiya jarayonlariga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish vazifalarini bajarishi koʻzda tutilgan.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

27 Dec, 15:39


YANGI YIL BAYRAMI

🎄 Farg‘ona viloyati Toshloq tumani 25-DMTTda ''YANGI YILIM YAXSHI YILIM''  shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.

🎁 Tashkillangan tadbirda bolajonlar turli sarguzashtlarga boy sahna ko'rinishlari, musiqiy-kompozitsion chiqishlarda faol ishtirok etdi. Mavzu doirasida she'rlar aytildi, turxi xil sahna ko'rinishlari chiroyli chiqishlar bilan tadbir ishtirokchilarini mamnun etdilar. Tadbirga Qorbobo va Qorqiz, Qor malikasi hamda ertak qahramonlarining tashrifi bolajonlarga bir olam shodlik ulashdi.

🎊  𝑫𝒊𝒓𝒆𝒌𝒕𝒐𝒓: M. Nizomova
🪅 𝑼𝒔𝒍𝒖𝒃𝒄𝒉𝒊: M. Qo'chqorova

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

27 Dec, 15:12


YANGI YIL SHUKUHI

🎄 Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar 9-MTTda ''YANGI YILIM YAXSHI YILIM''  shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.

🎁 Tashkillangan tadbirda bolajonlar turli sarguzashtlarga boy sahna ko'rinishlari, musiqiy-kompozitsion chiqishlarda faol ishtirok etdi. Mavzu doirasida she'rlar aytildi. Tadbirga Qorbobo va Qorqiz, Qor malikasi hamda ertak qahramonlarining tashrifi bolajonlarga bir olam shodlik ulashdi.

🎊 𝑫𝒊𝒓𝒆𝒌𝒕𝒐𝒓: 𝑫.𝑴𝒂𝒎𝒂𝒕𝒐𝒗𝒂
🪅 𝑼𝒔𝒍𝒖𝒃𝒄𝒉𝒊: 𝑶.𝑴𝒂𝒎𝒂𝒋𝒐𝒏𝒐𝒗𝒂

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

26 Dec, 08:52


Toshloq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Yangi yil" bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

⚡️Tadbirda bolajonlar oʻzlarining yod olgan sher va qoʻshiqlari orqali barchaga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdilar. Tadbir soʻngida tashkilot direktori D.Mardonova soʻzga chiqib oʻzining samiymiy tilaklari bilan barchani ommaviy raqsga taklif etdi.

Barchaga birdek a'lo kayfiyat ulashgan bayram tadbiri kun yakuniga qadar barchaga bir olam kayfiyat ulashdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

25 Dec, 09:13


#Kun_fotosi

⚡️Rishton tumani hokimi Bahodirjon Holiqov maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib bolalarga bayram sovg'asini ulashdi. Tarbiyalanuvchi qizaloq bilan esdalik uchun rasmga tushdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

25 Dec, 09:07


Yangi yil bayrami nishonlandi

⚡️Rishton tumanidagi 56-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Yangi yil bayramiga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Bayram tadbiriga Rishton tuman hokimi va sektor rahbarlarining tashrifi bolajonlarga ham tashkilot jamoasiga ham bir olam quvonch ulashdi.

Shu kuni tashkillangan bayram tadbirida tarbiyalanuvchi o'g'il-qizlar tomonidan Yangi O'zbekistonni, tinchlik va do'stlikni, kirib kelayotgan yangi yilni tarannum etuvchi she'r va qo'shiqlar kuylandi.

Ta'lim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, davlat rahbari boshchiligida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar ham e'tibordan chetda qolmadi. Minnaddorchiliklar bildirildi. Ertak qahramonlarining chiqishlari, Qorbobo va Qorqizning bayramga tashrifi esa bolajonlar shodligiga shodlik ulashdi.

Tadbir yakunida Rishton tuman hokimi B.Holiqov boshchiligidagi sektor rahbarlari ta'lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilarga bayram sovg'alarini taqdim etdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

24 Dec, 08:41


#2025_йил_1_январдан

Қонунчиликка кўра, 2025 йил 1 январдан бошлаб амал қиладиган давлат мактабгача таълим ташкилотларида болалар таъминоти учун ота-оналар тўлови миқдорлари юқоридагича белгиланади.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

23 Dec, 04:58


🎄 Янги йил байрамида ўзбекистонликлар неча кун дам олишади?

Бу йилги Янги йил байрамида беш кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар кетма-кет 5 кун, олти кунликлар 4 кун дам олишади.

Қуйидаги кунлар дам олиш куни ҳисобланади:

▪️ 28 декабрь, шанба ҳафтасига 6 кун ишлайдиганлар учун иш куни, 5 кунликлар учун одатий дам олиш куни;
▪️ 29 декабрь, якшанба барча учун одатий дам олиш куни;
▪️ 30 декабрь, душанба 6 кунликлар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кунликлар учун 14 декабрь – шанба кунидан кўчирилган дам олиш куни.
▪️ 31 декабрь, сешанба — Президент фармони асосида барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни;
▪️ 1 январь, чоршанба Янги йил байрами, дам олиш куни;

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

18 Dec, 11:43


Ta'lim tashkilotlarida Yangi yil bayram tadbirlarini o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar e'lon qilindi

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 17-dekabrdagi 04-37-4269-son ko‘rsatma xati bilan ta’lim muassasalarida Yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu ko‘rsatmalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan quyidagilar tavsiya etildi

➡️ Yangi yil bayrami munosabati bilan ta’lim tashkilotlari hududi, binosi hamda sinf xonalarini tartibga keltirish, ta’lim tashkilotlari hovlisidagi tabiiy archani (mavjud bo‘lsa) o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar qo‘l mehnati bilan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish;

➡️ Yangi yil bayramini o‘tkazish uchun ta’lim tashkilotlari foyesi, faollar yoki sport zallarini o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar qo‘l mehnati bilan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish, bunda, turli xil elektr yoritgichlar bilan yasatilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;

➡️ bayram tadbirlarini ta’lim tashkilotlari hududida, qiziqarli tarzda tashkil etish va ta’lim muassasasi hududini bayramona bezatish;

➡️ bayram tadbirlarini ta’lim tashkilotlarining guruhlarida va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sinf xonalarida, dars mashg‘ulotlariga xalaqit bermagan holda o‘tkazish;

➡️ ta’lim tashkilotlarining yuqori sinflari o‘rtasida qo‘l mehnati bilan tayyorlanadigan bezaklar (qog‘ozdan yasalgan qor parchalari va boshqa Yangi yil bayramiga xos bo‘lgan bezaklar) tanlovi, “Eng chiroyli bezatilgan sinf” va “Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi” (sinf nomidan maktabga, o‘qituvchilarga, ota-onalarga) kabi ko‘rik-tanlovlar tashkil etish;

➡️ o‘quvchilar tomonidan Yangi yil bayrami bilan bog‘liq turli xil ertaklar va sahna ko‘rinishlarini namoyish etish tavsiya etiladi.

Quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim

➡️ o‘quvchilar hamda ota-onalar o‘rtasida Yangi yil bayramini oila davrasida o‘tkazish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

➡️ o‘quvchilar tomonidan turli xil pirotexnik vositalarni olib kelish hamda ulardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;

➡️ ta’lim tashkiloti rahbariyati tomonidan “Ertalabki saflanish”lar davomida, sinf rahbarlari tomonidan esa “Sinf soatlari” va “Ota-onalar majlisi”da turli xil pirotexnika vositalaridan foydalanishning og‘ir oqibatlari haqida o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borish lozim.

Quyidagilar taqiqlanadi

➡️ bayram bahonasida tabiiy archa daraxtlarining shox va novdalarini sindirish yoki ularni boshqa joyga ko‘chirish;

➡️ Yangi yil bayramini nishonlash bahonasida o‘quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan noqonuniy pul yig‘imlarini tashkil etish;

➡️ Yangi yil bayramini restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o‘tkazish, shuningdek, o‘quvchilar, ularning ota-onalari tomonidan bayram munosabati bilan ta’lim tashkiloti rahbariyati va pedagog xodimlarga turli xil sovg‘alar taqdim etish qat’iyan taqiqlanadi.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

06 Dec, 11:21


Konstitutsiya - bosh qomusimiz

⚡️Toshloq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan 3 - tayyorlov guruxida "Konstitutsiya bosh qomusimiz" shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda bolajonlarga tinchligimiz negizida ushbu Konstitutsiyamiz muhim ahamyatga ega ekanligi haqida tushchalar berilib bayram tadbiri kuy va qoʻshiqlar bilan davom ettirildi.

Direktor: D.Mardonova
Tarbiyachi: S.Alijonova

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

03 Dec, 08:58


Toshloqdagi ta'lim tashkilotida Konstitutsiya oyligi boshlandi

⚡️O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimizdagi ta'lim tashkilotlarida huquqiy savodxonlik tadbirlari tashkillanib kelinmoqda.

Ta'lim tashkilotlarida o'tkazilayotgan "Konstitutsiya oyligi" Toshloq tumanidagi 26-DMTTda ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Ushbu maskanda ta'lim-tarbiya olayotgan o'g'il-qizlar ishtirokida videoroliklar va rasmlar tanlovi o'tkzilmoqda.

"Maqsadimiz, tashkilotimizda tarbiya topayotgan tarbiyalanuvchilarga davlatimiz ramzlari haqida aniq tushunchalar berish va ularga hurmat hissini shakllantirish orqali yodlarida saqlab qolishdir", - deydi ta'lim tashkiloti rahbari Shaxnoza Hoshimova.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

03 Dec, 07:23


Nodavlat taʼlim muassasalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi

Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari barcha turdagi soliq (ijtimoiy soliqdan tashqari) va yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilish tarzidagi soliq imtiyozlari muddati 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.

Avval ushbu imtiyozdan foydalanish muddati 2025-yil 1-yanvargacha edi

👉PQ-403, 22.11.2024-yil

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bogʻcha va maktablar 113 mlrd soʻmdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandilar.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

02 Dec, 05:18


#tarbiyachiga_yordam

⚡️Ta'lim tashkilotidagi tarbiyachi ustozlar o'z guruhlarida ushbu mashqni o'tkazib ko'rishlari tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

01 Dec, 14:22


Конституция байрами арафасида дам олиш кунлари қандай бўлади?

Бу йил 8 декабрь — Ўзбекистон Конституцияси қабул қилинган кун ҳафтанинг якшанба кунига тўғри келади.

Меҳнат кодексига асосан, байрам кунлари якшанбага тўғри келса, душанба куни дам олиш кунига қўшиб берилади.

Шунга кўра, байрам арафасида дам олиш кунлари қуйидагича бўлади:

🔺7 декабрь, шанба – ҳафтасига 6 кун ишлайдиганлар учун иш куни, 5 кунликлар учун дам олиш куни;
🔺8 декабрь, якшанба – байрам куни, барчага дам олиш куни;
🔺9 декабрь, душанба барчага қўшимча дам олиш куни;

10 декабрь, сешанба барчага иш куни.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

27 Nov, 10:57


Pedagogik kengash do‘stona va samimiy kayfiyatda o‘tdi

⚡️Toshloq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining yillik rejasi asosida II- sonli pedagogik kengashi boʻlib oʻtdi.

Ta'lim tashkiloti rahbariyatining xabar berishicha, kengash ishida uchta — DMTTda Xitoy tajribasi, Maktabgacha yoshdagi bolalarda vertual qaramlik, DMTTning oʻrta guruhlarida frontal nazorat natijalari mavzularida maʼruzalar qilindi.

Mavzular ma'ruzachilar, N.Ermatova, S.Abdullayeva tomonidan keng yoritilib ushbu masalalar yuzasidan kengash raisi D.Mardonova oʻzining takliflarini bildirib, oldindagi maqsad va vazifalar yuzasidan fikrlar bildirib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

18 Nov, 08:44


"Hilpirayver bayrog'im" - Toshloqdagi ta'lim tashkilotida bayram shukuhidan videolavha

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

18 Nov, 08:43


"Hilpirayver bayrog'im" - Toshloqdagi ta'lim tashkilotida bayram shukuhi

⚡️Toshloq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bayrami munosabati bilan ko‘rgazmali dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tarbiyalanuvchilar ishtirokida "Hilpira bayrogʻim" deb nomlangan bayram tadbirida bolajonlar bayrogʻimizni madh etuvchi qoʻshiqlari va she'rlari bilan ishtirok etdilar. Tadbir soʻngida tashkilotning yosh kurashchilari ishtirokidagi ko'rgazmali chiqish va g'oliblarning Vatanimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarishi barchada katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, bugungi kun mavzusi MTT xodimlar oʻrtasidagi manaviyat oʻquv soatida ham keng yoritildi.

Direktor: D.Mardonova
Musiqa xodimi: M.Yuldasheva


Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

18 Nov, 07:43


Fotoxabar

⚡️Toshloq tumanidagi 26-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bayrami munosabati bilan ko‘rgazmali dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

11 Nov, 05:45


2025 йилда боғчаларнинг озиқ-овқат харажатларига бу йилга нисбатан 15 фоизга кўп маблағ ажратилмоқда

“2025 йил учун Ўзбекистон Республикасининг Давлат бюджети тўғрисида”ги қонун лойиҳасига кўра, бюджет маблағларини тақсимлашда барча соҳалар қатори ижтимоий йўналишларга кенг ўрин берилган.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

09 Nov, 05:53


Toshloqdagi maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar kitob mutolaasiga o'rgatilmoqda

⚡️Toshloq tumanidagi 26-davlar maktabgacha ta'lim tashkiloti tumandagi eng ilg'or ta'lim muassasalaridan biri bo'lib, bu yerdagi jamoa doim ezgu ishlarga qo'l uradi, yangi tashabbuslarni ilgari surib uni amaliyotda qo'llaydi.

Mazkur ta'lim tashkilotida tarbiyalanayotgan o'g'il-qizlar kitob o'qishga targ'ib qilinib, ushbu roliklar ota-onalar guruhlariga yuborilmoqda. Natijada ota-onalar o'z uylarida farzandlari uchun ibratli bo'lgan ertak kitoblarini o'qib berishga odatlanmoqda.

"Maqsadimiz bolalarni erta yoshidanoq kitob mutolaasiga qiziqtirish", - deydi muassasa rahbariyati.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

07 Nov, 15:16


"Suv, havo, yer transportlari" mavzusida ochiq ta'limiy faoliyat

⚡️Тоshloq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida navbatdagi ochiq ta'limiy faoliyat o‘tkazildi.

Tashkilotning yillik rejasi asosida kaucher tarbiyachi S.Alijonova tomonidan o‘tkazilgan "Suv, havo, yer transportlari" mavzusidagi nutq oʻstirish ochiq taʼlimiy faoliyatida tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlar faol ishtirok etdi.

Faoliyat chogʻida bolalarga suv, havo, yer, tarsporti vazifalari va ularning abzaliklari haqida tushunchalar berilib, bolalarni rivojlantiruvchi markazlardagi ijodiy ishlar munosib baholandi.

Direktor: D.Mardonova
Tarbiyachi: S.Alijonova

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

07 Nov, 09:10


"Mexrjon" hosil bayrami o'tkazildi

⚡️Toshloq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Mexrjon" hosil bayrami tashkillandi.

Ta'lim tashkilotning 1-guruh 2-tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilar ishtirokida o'tkazilgan tadbir tashkilotning kaucher tarbiyachisi D.Yusupova va Sh. Mo’ydinovalar faolligi tashkillandi.

"Hosil bayramini o'tkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad, bolalarga kuzda pishuvchi mevalar va ularni foydali xususiyatlari haqida ma'lumot berish, o'g'il-qizlargda bu haqidagi tushunchalarni rivojlantirishdir", - demoqda tashkilotchilar.

Tadbir ertaknamo tazda tashkillangani bolajonlarda juda katta taassurot qoldirdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

04 Nov, 10:30


Учкўприк туманида 12-давлат мактабгача таълим ташкилоти фойдаланишга топширилди

⚡️Қайд этилишича, туманнинг “Бегобод” маҳалла фуқаролар йиғинида жойлашган 12-давлат мактабгача таълим ташкилоти 1956 йилда 90 ўринга мўлжаллаб қурилган бинода фаолият олиб борган.

Давлат инвестиция дастури асосида мазкур мактабгача таълим муассасаси учун икки қаватли замонавий бино қурилди. Лойиҳа қиймати 5 миллиард сўм бўлган янги таълим маскани 150 нафар кичкинтойни ўз бағрига олди.

Янги боғчада кичкинтойларнинг сифатли бошланғич таълим олишлари, ҳар томонлама соғлом ўсиб-улғайишлари учун барча шароит яратилди. Машғулот хоналари, ўйин майдончалари, ошхона, мусиқа ва спорт заллари замонавий жиҳозланди.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

04 Nov, 08:08


#MTM_hamshiralari_uchun

Yosh bolalarda isitma chiqqanda yordam ko‘rsatish

«Bolani temperaturasi chiqibdi” deganda ko‘pincha isitma — tana harorati 37,2 °C dan yuqori bo‘lgan holat tushuniladi.

Bolani issig‘ini qanday tushirish kerak:

▪️ Ibuprofen svecha yoki sirop
▪️ Paratsetamol svecha yoki sirop
▪️ Sefekon svecha
▪️ Panadol svecha
▪️ Antibiotiklar sirop shaklidagi
▪️ Iliq ichimlik berish

Isitma chiqqanda nima qilish mumkin emas:

▪️Bolani o‘rab tashlamang
▪️Bola yoniga isitgichni qo‘ymang
▪️Bolani sirka va aroq bilan artmang
▪️Oyoqlarni «vanna” qilmang
▪️Issiq bug‘ bilan ingalyatsiya qilmang
▪️Gorchichnik qo‘ymang

Bolalarga aspirin va analgin bermaslik kerak: ular jiddiy nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

04 Nov, 05:27


Болалар ҳаққидан қўрқинглар!

⚡️Бувайда туманида ўтказилган рейд тадбирлари давомида тумандаги боғчалардан бирида бир ҳафталик озиқ-овқат маҳсулотларининг йўқлиги аниқланган.

Болалар ҳаққидан қўрқинглар, ҳурмати масъуллар. Унинг савол-жавоби дунёвий ва диний томондан ҳам қийин бўлади. Жуда қийин!

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

02 Nov, 09:02


Оҳангарондаги ҳолат юзасидан ДМТТ директорига нисбатан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг тегишли моддалари билан маъмурий ҳуқуқбузарликка оид иш қўзғатилиб, тўпланган ҳужжатлар кўриб чиқиш учун судга юборилган.

Бундан ташқари, прокуратура томонидан мутахассислар иштирокида ДМТТнинг фолияти текширилмоқда — Бош прокуратура ахборот хизмати.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

02 Nov, 08:08


Оҳангаронда болалар ҳаққини ўмараётган боғча мудираси ушланди

Ҳолат 31-сонли мактабгача таълим муассасасида содир бўлган. Опа гўшт, ёғ, балиқ, гуруч каби маҳсулотларни машинага ортиб олиб кетаётган бўлган.

Айни пайтда мазкур ҳолат ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан назоратга олинган.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

31 Oct, 07:44


⚡️Ўзбекистонда 2024 йил бошида 0−17 ёшдаги болалар сони.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

30 Oct, 06:13


#tarbiyachiga_yordam

Китобми ё телефон

-Дадажон айтинг менга,
Китоб зўрми, телефон?
Устозим саволига,
Жавобим бўлсин осон.

-Момоқизим, доночам
Саволларинг жуда соз,
Сенга ҳозир айтаман,
Ўйлаб олайин бироз.

Китоб офтобдир асл,
Билимларнинг конидир,
Варақлаган инсоннинг,
Миллионта имконидир.

Одам кашф этган энг зўр,
Кашфиёт ҳам Китобдир,
Илмнинг бори унда,
Аждодлардан хитобдир.

Жавобимни айтайми,
Устозга айт, ҳотиржам,
Телефонни кашф қилган,
Китоб ўқиган Одам...

-Раҳмат сизга, Дадажон,
Билиб олдим жавобни,
Телефонни ўчириб,
Ўқийдирман китобни...

Шеър муаллифи: Мансур Хўжаев

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

30 Oct, 05:17


Ижтимоий тармоқларда Данғара туманидаги айрим боғчалар санитария қоидаларига амал қилмай ишлаётганлиги акс этган расмлар тарқалмоқда.

⚡️Расм изоҳларига "Болажонлар учун бериладиган овқатлар ерда, тупроқда туриши тўғрими?", - дея савол қолдирилган.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

24 Oct, 09:48


#tarbiyachiga_yordam

Bolalarga yod oldirish uchun


Oppoqqina
Oshnangman,
To'lpoqqina
Oshnangman.
Egningdagi
Shu nimchang,
Oq ko'ylaging,
Ko'k shimchang,
Kissangdagi
Dastro'mol -
Bari menman,
Bilib ol.
Paypoqlaring ham
O'zim ...
Aytsam,
Tugamas so'zim.

Sher muallifi: Anvar Obidjon

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉
@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

22 Oct, 05:52


Болаларга нисбатан оилавий (маиший) зўравонлик содир этганлик учун жавобгарлик белгиланди

⚡️Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-978-сон, 21.10.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларга ўзгартиришлар ва қўшимча киритилди.

Қонунга кўра, Жиноят кодексига ва Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига болаларга нисбатан оилавий зўравонлик содир этганлик учун жавобгарликни назарда тутувчи ўзгартиришлар киритилмоқда.

Шунингдек, Жиноят-процессуал кодексига оилавий (маиший) зўравонлик билан боғлиқ ишлар юзасидан ярашув тўғрисидаги ариза фақат суд муҳокамаси босқичида берилиши мумкинлиги белгиланмоқда.

Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Oct, 07:18


Асосийси болаларни урмасдан, уларни кўнглини олса бўлди.

⚡️Тарбиячининг ушбу харакатини қўллаб-қувватлайсизми?

👍 ҳа
👎 йўқ

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Oct, 04:49


Бугун, 21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни 

⚡️1989 йил 21 октябр куни "Давлат тили тўғрисида"ги қонун қабул қилинди, унга кўра ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган.

2020 йил 10 апрелда қабул қилинган “Ўзбек тили байрами кунини белгилаш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни билан 21 октябрь санаси юртимизда “Ўзбек тили байрами куни” этиб белгиланди.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

20 Oct, 08:44


Farg‘ona tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotini obod maskanga aylanishida o‘z hissangizni qo‘shing

⚡️Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ota-onalar Farg‘ona tumanidagi 8-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti "Mening bogʻcham" loyihasi doirasida bolajonlar uchun qaytadan qurilishi, yangi maskanda barcha tarbiyalanuvchilarga qulay shart va sharoitlar yaratilishi mumkin.

📍Buning uchun esa albatta sizning ko‘magingiz zarur. Sizdan, bizning bog‘cha qurilishini qo‘llab-quvvatlab, quyidagi havola orqali oʻz ovozingizni berishingizni so‘raymiz.

Eslatib oʻtamiz, bundan siz hech qanday zarar koʻrmaysiz va farzandingiz qatori bo‘lgan bolalar uchun ehson qilgan boʻlasiz. Zero, "bolaning begonasi bo‘lmaydi".

Biz sizga ishonamiz albatta, bizni qo‘llab quvvatlaysiz!

Ovoz berish uchun quyidagi havolaga kiring 👇👇👇

https://openbudget.uz/boards/initiatives/kindergarden/49/cf801270-895f-427d-9aa3-52473fa6e150

Sizga cheksiz hurmat bilan Farg‘ona tumanidagi 8-DMTT jamoasi.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

17 Oct, 13:17


#Fotojamlanma

Farg'ona shahar 9-sonli davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida "O'lkamizda oltin kuz" mavzusida hosil bayrami oyligining ochilishi o'tkazildi.

Oliy ma'lumotli pedagoglardan tashkil topgan jamoa, o'z mahoratlari ila ushbu tadbirni faollik bilan tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatdi.

Shuningdek, DMTTda tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarning ota-onalari ham ushbu tanlovda faol ishtirok etib, ta'lim tashkiloti bilan faol hamkorlik qildilar.

Tadbirga tayyorgarlik doirasida tashkilot direktori M.O.To'tiyeva boshchiligidagi uslubchi va tarbiyachilar "Kuz kombozitsiyasi" asosida ota onalar farzandlari bilan estalik sur'atlariga tushishlari uchun fotozonalar tashkil etishdi.

"Tashkilotda "Oltin kuz oyligi" ko'tarinki kayfiyatda boshlandi va shu zayilda tadbirlar davom etadi", — demoqda tshkilotchilar.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

16 Oct, 05:58


Hududlarda “Gʻamxoʻrlik” guruhlari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda

⚡️Farg'onalik Guliraʼno endigina 5 yoshga toʻldi. Yurolmasligi, harakatlari chеklangani sababli onasining doimiy parvarishiga muhtoj.

👫 Bеshariq tumanidagi 6- sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida “Gʻamxoʻrlik” guruhi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Guliraʼno singari alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan 12 nafar bola ushbu guruhga jalb etildi.

🟢 Hozirda ushbu guruhlarda qo'shni tumanlardan ham bolalar qabul qilinmoqda. Bu maskanda ularning tayanch harakat aʼzolari tizimining funksionalligini oshirishga qaratilgan jismoniy mashgʻulotlar, fiziotеrapiya, massaj va past chastotali elеktr toki bilan davolash amaliyotlari olib boriladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇


👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

16 Oct, 04:50


Япония, Хитой, Кореяда жамиятда ўзини тутиш қоидалари боғча ёшиданоқ ўргатилади.

⚡️Видеода Япония боғчаларидаги ҳолат тасвирланган.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

15 Oct, 04:01


📈 “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni 15-oktabr soat 10:00 da boshlanadi

Joriy yilning 15-oktabridan 25-oktabrigacha “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida 2025-yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturi uchun yangi quriladigan hamda rekonstruksiya qilinadigan bogʻchalarga aniqlik kiritish boʻyicha ovoz berish jarayoni oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, ovoz berish jarayoni “Bir fuqaro — bir ovoz” tamoyili asosida amalga oiriladi.

Mazkur loyihaga befarq boʻlmagan holda, ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etib, oʻz hududingizda yangi bogʻcha barpo etilishi yoki ta’mirlanishiga hissa qoʻshing!

📝 Loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

11 Oct, 06:28


Мактабгача таълим ташкилотлари ходимлари 15 ноябрь куни малака тоифа синовларини топширади

⚡️Мактабгача, умумтаълим ва мактабдан ташқари таълим муассасалари педагоглари учун жорий йилнинг август-декабр ойларида ўтказиладиган малака тоифа синовлари вақти белгиланди.

Унга кўра, мактабгача таълим муассасалари тарбиячиси, мактабгача таълим ташкилоти психологи, Тарбиячи-методист, Ўқитувчи-дефектолог, Ўқитувчи-логопед, Мусиқа ходими (Мусиқа раҳбари), Психолог, Қорақалпоқ тили (Давлат тили), Қорақалпоқ тили ва адабиёти фанларидан — 15-ноябр куни (1 кун) малака тоифа синовларини топширади.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

10 Oct, 06:01


"Ўқитувчиларнинг пахта теримига жалб этилиши ноқонуний" — Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги

⚡️Пахта нархи билан боғлиқ муаммолар фонида, мактаб ўқитувчиларига терим учун одам топиш вазифаси юклатилаётгани ҳақида гап-сўзлар пайдо бўлди.

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ўқитувчиларни ва мактабгача таълим ташкилоти тарбиячиларини бундай ҳолатларда вазирликнинг ишонч телефонига мурожаат қилишга чақирди.

☎️ (71) 202-09-09

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

09 Oct, 08:34


Давлат ОТМга ўз бўш ер участкаларида боғчалар ташкил этишга рухсат берилди

⚡️Давлат олий таълим муассасаларига ўзларига доимий фойдаланиш ҳуқуқи асосида тегишли бўлган бўш ер участкаларида давлат мактабгача таълим ташкилотлари фаолиятини ташкил этишга рухсат берилди.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

09 Oct, 06:06


Ўзбекистондаги 12 та боғчада француз тилини ўқитиш йўлга қўйилади

⚡️Ўзбекистонда 12 та мактабгача таълим ташкилотида бепул француз тилини ўқитиш йўлга қўйилади. Бу борада вазир Ҳилола Умарова ва Kokoro lingua компанияси асосчиси Натали Ласслет ўртасида келишув имзоланди.

Маълумот учун, Kokoro lingua 4−8 ёшдаги болаларга чет тилларни ўргатишга мўлжалланган халқаро онлайн таълим платформаси бўлиб, болаларни табиий ва қизиқарли усуллар билан чет тилларига ўргатади. Дарслар, асосан, видео орқали ўтказилади ва бу жараён болалар ўйнаб-ўрганиш форматида ташкил этилади. Ундан 2018 йилдан бери дунё бўйлаб 250 мингдан ортиқ киши фойдаланган.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB