xoshimovuz @xoshimovuz Channel on Telegram

xoshimovuz

@xoshimovuz


Kanaldagi barcha fikrlar shaxsiy xarakterga ega.

Admin qahva olishi uchun donat qilsangiz bo’ladi: https://www.tirikchilik.uz/dilshod_hoshimov

Twitter: https://twitter.com/dilshodhoshimov

Instagram: https://www.instagram.com/dilshod_hoshimov?igsh=MTc1c

xoshimovuz (Uzbek)

Xoshimovuz kanali sizga hamma narsada o'z fikrlaringizni bayon etish imkoniyatini beradi. Bu kanalning asosiy maqsadi - shaxsiy xarakter va dunyoqarashni o'z o'zining so'zlarida e'tirof etishdir. Kanalda har kuni yangi fikrlar, so'zlar va g'alaba hikoyalari bilan tanishishingiz mumkin. Kanal admini @dilshodhoshimov haqida qiziqarli ma'lumotlar ham mavjud. Agar siz uni qo'llab quvvatlashni xohlaysiz, undan so'z bering va uning sotsial tarmoqlarini kuzating. Sizga ham ularning fikrlarini bayon etishga chaqiruvchi Xoshimovuz kanaliga a'zo bo'ling!

xoshimovuz

30 Jan, 10:28


2024-yil noyabrida, kuppa-kunduz kuni Toshkent markazida bir necha yigit bir qizni o‘g‘irlab, tog‘ga olib qochib ketgan. Ular o‘rtasidagi bungacha qanday munosabat bo‘lgan, ular sevishganmi-sevishmaganmi, ahamiyatsiz. Eng muhim fakt shu - bir guruh barzangi, qilayotgan ishi jinoyat ekanini bila turib, bir odamni, uning xohish-irodasiga zid ravishda, o‘g‘irlagan. Tushunmaydigan “tupoy”lar uchun alohida yozaman: TOSHKENTDA ODAM O‘G‘IRLANGAN!

Hali ham bu dunyoda yaxshi odamlar bor. O‘sha o‘g‘irlash hodisasi bir xususiy ta’lim muassasasining kamerasiga tushib qolgan, u yerdagilar darhol “102”ga xabar bergan. Kameraga qizni o‘g‘irlashda ishlatilgan mashinaning avtoraqami ham tushgani uchun ko‘p o‘tmay o‘g‘irlashga bosh bo‘lgan shaxsga Yakkasaroy tuman IIB boshlig‘i, GAI boshlig‘i, jinoyat-qidiruv bo‘limi boshlig‘i ketma-ket telefon qilgan. Lekin hech kim uni na to‘xtata, na ortga qaytara olgan.

O‘sha kuni qizning onasi kechki mahal oxiri jinoyat-qidiruv bo‘limining xodimiga telefon qilib, qizining o‘g‘irlanishi haqida so‘raganida haligi xodim: “Bu o‘g‘rilik emas, sevgi”, deb javob bergan (padariga ming lan’at bunaqa melisaning - o‘zining qizini ham shunday o‘g‘irlab ketishsa, “bu o‘g‘rilik emas, sevgi” deb o‘tirarmikin o‘sha yaramas?!).

Shundan keyin qiz va uning oilasi uni o‘g‘irlagan shaxslar ustidan, ularning boshqa tahdidlari, harakatlari (bir necha bor o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilgan, jismoniy kuch ishlatishlar ham bo‘lgan, qo‘lini kesishgan va hokazo) yuzasidan ichki ishlarga murojaat qilgan. “Sevgishunos” xodimlar bu arizalar bo‘yicha chora ko‘ravermagach, qiz va uning oilasini haligi o‘g‘ri-zo‘ravondan himoya qilmagach, 27-yanvar kuni qiz yana bir bor o‘g‘irlab ketilganidan keyin, noyabrdagi birinchi o‘g‘rilik videosi internetga chiqarilgan.

Endi chora ko‘risharmish, hamma aybdorlar qonunda belgilangan jazosini olarmish. Shu vaqtgacha chora ko‘rmaganlar-chi, ular ham jazosini oladimi?

Melisamiz bundan battar sharmandagarchiliklarni ham bezbetlarcha yengib o‘tgan, ming afsuski, bunisi ham yengib o‘tadi. Vaholanki, bunaqa voqeadan so‘ng nafaqat tuman yo shahar melisasi boshliqlari, balki butun tizim rahbariyati pogonlari yulib olingan holda ishdan haydalishi kerak edi - agar ularning o‘zida “qo‘l ostimdagi bunaqangi rasvo xodimlar bilan ishlash, ular sabab sharmanda bo‘lish jonimga tegdi”, deb ishdan bo‘shashga jur’at va farosat yetmasa. Bu qurib ketgur melisa tizimini tag-tubi bilan isloh qilish kerak.

Ey Xudo, podyezdlardagi velosiped va kolyaskalarni hech bir ogohlantirishsiz olib ketib (“o‘g‘irlab” deyaversa ham bo‘ladi), keyin uni ehson qilib yuboradigan, chet ellik turistdan pora so‘raydigan, bozorlarda odamlarning cho‘ntagidagi telefonlarini “o‘g‘irlab olib” o‘zicha aqllilik qilmoqchi bo‘ladigan, qizi o‘g‘irlanganlarni “bu o‘g‘irlik emas, sevgi” deb ovuntiradigan hamda yana boshqa har xil aqlbovar qilmas jinniliklarni o‘ylab topgan, topayotgan va hali yana topishi mumkin bo‘lgan kaltabin o‘zbek melisasiga ishimiz tushishidan o‘zing asra!

O‘sha gap - suv balosidan, o‘t balosidan va melisa balosidan o‘zing asra! Bularga qarshi boshqa bir chora, boshqa bir davo yo‘q.

xoshimovuz

30 Jan, 06:11


“Suits” serialini ko’pchilik ko’rgan bo’lsa kerak, ko’rmagan bo’lsa tavsiya, qiziq seriallardan rosa.

Xullas bosh qahramon rollaridan birini, Harvi Spektorni o’ynagan aktyor Gabriel Maxt doim uzr so’rab yuraman bizni serialni ko’rivolib Huquq maktablariga o’qishga kirganlardan degan ekan. Man shu serialni Yuridik univerda 3-kurs paytimda ko’rgandim, juda ensamni qotiradi shular katta hujjatlarni bir kunda yozib tashlashi, hech nimani batafsil ochib o’qimay bir-biriga hujjat uloqtirishi, eng muhimi judayam oson kasb va boy hayot ko’rsatilishi. Qo’yselarchi, odamlarni aldamanglar unaqa, derdim. Mana o’zlariyam tan olishyapti endi))

xoshimovuz

29 Jan, 19:09


Alisher Qodirovdan yana bir shedevr

Xullas bu safar bratimiz “Uzairways o’zbek tilida xavfsizlik qo’llanmasi qilmagan, faqat ruscha va inglizcha, axir bu milliy aviakompaniya” degan ma’noda chiqish qilgan ekan.

Keyin esa Uzairways rahbari: “Brat shoshmang unaqa, 3 ta tilda qilganmiz, shunchaki tanqid qilishdan avval o’zi bir ochib o’qibam turing qo’llanmani” degan mazmunda javob beripti.

Bu voqeada hamma narsa go’zal 🙂

@xoshimovuz

xoshimovuz

28 Jan, 10:19


Ko’chada nafas olsam, yo’talyapman chiqqanimdan beri ko’chaga. Havo sifati odam sog’ligiga zararli darajada.

xoshimovuz

25 Jan, 19:06


Bu o’yinda eng yomon xatoni Chelsini darvozaboni Sanchez qildi, Husanovni momentida to’p noqulay tushdi boshiga, pas sekin chiqdi, a Sanches bo’lsa mantiqiy xato qildi darvozani ochiq qoldirib mazgi.

xoshimovuz

25 Jan, 17:57


Barsani fanati sifatida esimga tushib ketdi, Ronald Arauho debyut o’yinida, adashmasam Realga qarshi edi, qizil olib chiqib ketgan edi tushganidan keyin yarim soatam o’ynamay. Xullas, bo’p turadi, Husanovda hayajon ham o’tib ketadi vaqt bilan.

xoshimovuz

25 Jan, 16:46


Alimoff bro Setantadan podpiska olish haqida yozgan ekan, qo’shilaman shu gapga, man o’zim o’tgan yilni Sentyabrlarida 1 yillik podpiska olib qo’ygandim. Qanaqadir promokod bilan ancha arzon tushgandi, a esladim UZ30 edi, hozir ishlaydimi, yo’qmi bilmadim.

Xullas olinglar, har xil telegram kanallarga majburan obuna bo’lib, boshni qotirib yurmaysizlar. Lekin Zo’rTV degani ChL translyatsiyasini sotib olgani uchun O’zbekiston hududida ko’rsata olishmaydigan bo’lishdi afsuski ChL va YL o’yinlarini. Zo’rTV ga bu uchun alohida “rahmat”, Setantada bir paytda 2 ta ChL o’yinini ko’ryotgandim ungacha parallel ekran bilan. Afsuski bu postga hech kim pul to’lamadi. Lekin ChL va YL o’yinlarini Kinopoisk ham ko’rsatyapti.

xoshimovuz

25 Jan, 16:22


Husanov asosiy tarkibda ekan 😎

xoshimovuz

25 Jan, 11:18


Kimdir internetda sal tanqid yozib qo’ysa, srazi kelishadi davlat imidjini tushiryapsan va hokazo deb ba’zi organlar.

Davlatni imidjini o’sha organlarni o’zidan ortiqroq tushirmaydi hech kim aslida. Xorijiy nashrlarga millionlab dollar berib piar maqolalar yozdirgan bilan davlat imidji ko’tarilib qolmaydi.

Masalan, mana shu odamni qamab qo’yishdan nima foyda edi, qaytamga “xalq qahramoni” bo’p ketdi, repressiyaga uchragan mazlumga aylandi, mana endi xalqaro nashrlar “Yangi” O’zbekiston deb kinoya bilan yozishniyam boshlab yubordi. Sharmanda.

xoshimovuz

25 Jan, 07:27


Twitter zo’r joyda baribir, mazza)

xoshimovuz

24 Jan, 16:50


Uxlatishipti, o'z va ko'chma ma'nosida ham to'g'ri gap.

xoshimovuz

24 Jan, 08:26


Bu odamni o’zi jiddiy qabul qilmanglar o’rtoqlar. Boshqa fikr yozsam haqorat bo’p qolishi mumkin.

Yo’q, man hayronman xalqni nima aloqasi bor SSSR davridan beri davlat o’z gazini Rossiyaga berib qo’ygani uchun?

xoshimovuz

24 Jan, 08:09


Tavba, futbolist bo’lsa nima qiptiye yigit, qizlargayam hayron qolasan ba’zida)

xoshimovuz

22 Jan, 16:54


O’tgan yilimi bir voqea o’qib qolgandim, qaysidir Osiyo davlatida bo’lgan adashmasam. Turistni taksist pulini o’g’rilab ketgan, ya’ni sumkasi taksida bo’lgan, 5 minuta hojatga kirib chiqaman deguncha survorgan oka. Keyin turist o’sha taksistni ustidan yozgan, sud uchun advokat yollagan. Oxirida yutib ham chiqqan sudda, lekin advokatni xizmat haqi o’g’rilangan summadan 5 baravar katta bo’lgan.

Qissadan qissa shuki, yuristlar va do’xtirlarga hech kimni ishi tushmasin o’zi))

xoshimovuz

22 Jan, 16:42


Hokimbuva har kuni ishga chopon, do’ppi va kalish kiyib borib o’zi namuna bo’lib beradi deb umid qilamiz.

xoshimovuz

22 Jan, 10:40


Yashash qiyin bo’p ketipti becharaga, boylargayam qiyin.

xoshimovuz

22 Jan, 04:41


Kecha juda katta xatoga yo’l qo’yganim haqida qisqacha. Shunaqa come back’niyam o’tkazivoramanmiye)

xoshimovuz

22 Jan, 04:05


Ўзбекистонда адвокатлик савобталаб фаолият.

Адвокатлик, юристлик “инсон-инсон” тоифасидаги касблар қаторига киради. Ҳа, шундай. Адвокатлик ва юристлик асосан инсонларнинг оғирини енгил қилишни мақсад қилган савобталаб фаолиятдир.

Бир нарса айтайми? Бугун адвокат ва юристлар кўрсатаётган хизматларнинг деярли 50 фоизи бепул.

Оддий мисол. Адвокат ёки юрист юмуш билан таксига чиқса, унинг адвокат ёки юристлигини билиб қолган таксист ёки бошқа йўловчи албатта ўзининг бирорта муаммосини айтади ва уни ечишда маслаҳат сўрайди. Бирорта адвокат ёки юрист шу вақтда пул олмайди ва ёрдам сўраган кишига бепул маслаҳат ва йўл-йўриқ кўрсатиб юборади.

Мен аниқ биламан ва бунга ишонаман, бутун Ўзбекистондаги адвокат ва юристларнинг кундалик ҳаёт тарзи шунақа. Юрган йўлида одамларни рози қилиб юради улар.

Бугунга келиб адвокатликка бўлган қизиқиш кескин ортмоқда, айниқса, ёш ҳуқуқшуносларимизда ва бу одамни жуда қувонтиради.

Адашмасам, ҳозир Ўзбекистондаги адвокатлар сони 6 мингдан ошиб қолди. Шу кетишда 2 йилда 10 мингни урамиз, насиб.


👉@yuristkadr

xoshimovuz

21 Jan, 18:46


Pep Guardiolani birinchi fikrlari, asosiy tarkibga qo'shing brat, har hafta menyuda osh keyin)

xoshimovuz

21 Jan, 17:11


Klassika, qoyil lekin. Bunaqasiga ham yolg'on axborot tarqatyotgan mygov aybdormi shunda, mygovdan olingan skrinshotdagi post 16-yanvar kuni yozilgan. Unda 1-yanvardan pullik qilib qo'y edi, nega 16-yanvaram, kecha ham tekin ishlab turgan narsa, aynan man qo'ygan video ommalashgach keyin pullik bo'p ketdi ekan-a?)

xoshimovuz

21 Jan, 16:51


Yaqinda instagramda kredit tarixi bo’yicha shu kungacha tekin bo’lgan, mygovuz telegram kanalini postlaridayam mutlaqo tekin deb yozilgan davlat xizmatini video qilgan edim, videoyim 500k dan ko’p ko’rildi. Eng qizig’i nima bilaslarmi, tekin xizmat bugun o’z-o’zidan, hech qanday e’lonsiz pullik bo’p qopti. Odamda sal vijdon bo’lishi kerak.

Skinshotdagi postdagi linkni bossam pullik turipti hozir. Shunchaki bu vijdonsizlarni deb odamlarni oldida man yolg’onchiman endi.

xoshimovuz

21 Jan, 07:55


Butun boshli “Uzbek power” degan qo’shiq aytib qo’yishgan shu odamlar tarmoqlarda manqurtga o’xshab “uzbek sela 🧠” deb yozib yurmasin deb.

Yo’q, bizni alohida iqtidorli odamlarimiz qayerdagi “ahmad sila” degan chechenlarni be’mani izohlarini shundoq olib, hamma joyga yozib turishadi. Eng ensamni qotiradigan izoh shu.

xoshimovuz

21 Jan, 07:42


Butun O’zbek futbol muxlislari kutgan transfer sagasi ichkaridan qanday bo’lgani haqida qiziq intervyu: https://www.gazeta.uz/oz/2025/01/21/gayrat-khasbullin/

xoshimovuz

21 Jan, 03:45


“Make America Great Again” - Made in China.

xoshimovuz

20 Jan, 19:30


Trump qaytdi, bizni juda qiziq 4 yil kutib turipti, umid qilamizki, yurtimiz uchun tinch o’tadi bu yillar.

xoshimovuz

20 Jan, 18:14


Aytancha Manchester City’ning saytida kichik intervyu ham chiqipti, ko’rivorish kerak: https://www.mancity.com/citytv/mens/abdukodir-khusanov-manchester-city-signing-interview-63872982?utm_source=instagram&utm_medium=organic_social&fbclid=PAZXh0bgNhZW0CMTEAAaZkBVRtA4zgbhXNLxe15gYSw1Kp8mMAhYL34h6OAuKL0GKZ1tfg55cdvAI_aem_f4vv58JK45jLy1cFuTyGnw

xoshimovuz

20 Jan, 18:12


Wow, posterni qaranglar go’zalligini, haligacha ko’zlarimga ishonolmayapman. Bu kabi transferlarni ko’rish odatiy bo’lib ketishini tilab qolaman barchamizga. O’zbeklar kichik millat emas, dunyo darajasidagi millatligini yana bir bora tarixga isbotlaydi, albatta.

xoshimovuz

20 Jan, 18:07


Qoyil, Abduqodir, biz sen bilan faxrlanamiz. Shaharliklar endi o’zbek tilida ham gapirishadi! 🇺🇿🫡

xoshimovuz

19 Jan, 05:58


Demokratik blok

AQSh’da TikTokni bloklab qo’yishdi bugundan boshlab. Bizda ancha bo’lgan bloklashganiga, ularga endi yetib boribdi, nima qilsak ko’chirishadi shular “xorijiy tajriba” deb, tavba)

xoshimovuz

18 Jan, 19:04


Prezident ham Husanovni transferini e’tibor bilan kuzatyapti ekan mana, katta voqea, to’g’risi ba’zida o’zimam ishonmayman, nahotki deb. Umid qilamizki, asosiy tarkibga kirishib ketadi.

xoshimovuz

18 Jan, 18:27


Teacher A’zam ingliz tilida kontent qilishni boshlapti nihoyat))

xoshimovuz

17 Jan, 06:27


O’zbekistonliklarni pasport ma’lumotlari 100-150 ming so’mdan sotilgan

Hammamiz sevadigan, havodan pul topishning eng zo’r yo’li hisoblangan “Uzimei” tizimi orqali smartfonlarni o’tkazishda endilikda bojxona dekloratsiyasi ham shart bo’lar ekan. Masalan, G’ani “Malika” boziriga borib 1189 dollarga Iphone 16 Pro Max oldi, endi bu uchun 30 foiz miqdorida bojxona bojini to’laydi, keyin esa Imei kodini ro’yxatdan o’tkazishi mumkin bo’ladi, havodan soqqa qilish to’lovi esa 75 ming so’m.

Videodagi odam hozirgi kunda telefon qanaqa qilib xaridorni qo’liga yetib borishini tushuntiryapti. “Noqonuniy” yo’l bilan kirgan smarfonlarni sotish uchun savdogarlar chegaradan o’tgan o’zbekistonliklarni pasport ma’lumotlarini 100-150 ming so’mdan olishgan, keyin IMEI uchun 75 ming so’m to’lov qilishgan ekan.

Shu joyda savol tug’uladi, fuqarolarimizni pasport ma’lumotlarini kim sotyapti, bojxonachilarmi, aeroport xodimlarimi, havo yo’llarimi, aynan kimlar pasport ma’lumotlari qora bozori biznesini yurityapti ekan. Nega Bojxona qo’mitasi, boshqa tegishli organlar aynan shu masala yuzasidan hech qiziqish bildirishmagan ekan, axir, IMEI degan balo chiqqandan beri hammasi shunaqa ishlab kelgan edi, nahotki ularga bu qiziqmas.

Ikkinchidan esa, Bojxonani fikricha ular o’z ishini eplab bajara olmagani uchun to’lovni “noqonuniy” yo’l bilan olib kirganlar emas, balki xaridorlar to’lashi kerak ekan. Unda bizga Bojxona tizimini nima kerak joyi bor hayronman, ular nimaga soliq to’lovchilar hisobidan oylik olishi kerak. Axir noqonuniy yo’l bilan tovar olib kirilishini cheklay olishmasa, o’sha tovarni bojini xaridorga to’latsa, nima ma’no bor Bojxona tizimi mavjudligidan hayronman.

O’zbek fuqarolarini pasportini sotish qora bozor bo’p ketganini sababi esa UzIMEI tizimi, qolgan jarayonlarni hammasi oddiy bir oqibatlardir.

Islohot degani inson hayotini yengillashtirish uchun qilishini kerak, inson hayotini maksimal darajada qiyinlashtirish uchun emas o’rtoq havodan pul qiluvchi vallomatlar.

@xoshimovuz

xoshimovuz

27 Dec, 09:31


Ramzan Kadirov degan kallakesar o’z telegram kanalida O’zbekistonda sodir etilgan Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdda chechenlarni aloqasi yo’q degan bayonot bilan chiqipti.

Bayonotida O’zbekiston rahbariyati shu masalaga oydinlik kiritishidan umid qilishini ham bildirgan ekan. Oxirida esa Allamjonov o’zidan qurbon yasavormasin, bo’lmasa “chechencha gaplashib qo’yamiz” deb ham tahdid qilib qo’yibdi. Qiziq zamonlarda yashayapmiz.

xoshimovuz

27 Dec, 08:32


Folga ishonma, folbinsiz yurma))

Bizni qorako'zlar to'dalashib Qunduz tabibga "silab qo'yishi" uchun boryotgani qandaydir hayratlanarli jarayon emas ekan o'ylab qarasam, boshida hayron bo'lgandim. Boryotganlarni hammasi ta'lim darajasi judayam sayoz odamlar, har holda biror aqlli odam borganini ko'rmadim. Agar borsa, demak, u odam haqida fikrim xato bo'lgan ekan deb qo'yarman)

Lekin bu tendensiya faqat bizda emas ekan, Rossiya aholisi 2024-yilda turli sharlatanlar - tarolog, astrolog, sehrgar, folbin va hokazolarga 2,4 trillon rubl sarflashibdi. Qiziq tomoni ovqat xarid qilishga 2 trillion rubl sarflashgan. Prognozlarga ko'ra bu bozor yanayam o'sib borishini kutishyapti ekan.

O'zbekistonda ham shu kabi "mutaxassislar" gullab borishini tahmin qilyapman, chunki biznikilar shulardan ko'chirishadi. O'zim rus sharlatanlarini o'rganib chiqdim, ijtimoiy tarmoqlarini alohida estetika bilan yuritishadi, boy hayotini ko'rsatishadi, hamma narsa bo'yicha "ekspertlik" maslahatlarini berishadi, obunachilari esa o'rtacha 300-400 ming kishidan boshlab millionlargacha.

Xullas "nmo'lyapti" deb hammani "da'volab tashlayotgan" brat hali boshlanishi, bizni yanayam qiziq personajlar kutyapti. Stay tuned.

@xoshimovuz

xoshimovuz

26 Dec, 19:18


Shakarsiz vahokazo kun, balo-battarsiz qanchadir kun deb vahima qilib video olishadi-yu, man masalan 27 kundan beri shakarli va gazli hech nima iste’mol qilmadim. Lomka tutmadi, diskomfort bo’lmadi. Nimasi buni “katta jasorat” qilib ko’rsatiladi bilmadim. Yana kamida 6 oylarcha shu tempda ketishim kerak, bu qandaydir ilojsiz bo’lib ko’rinmayapti ham.

xoshimovuz

26 Dec, 14:59


🎥 Ленинград Блокадаси: Ҳаёт ва Ҳалокат тарихлари

Кунлардан бир куни Твиттерда Лазизбек исмли ака менга "Ўғрилар шаҳри" деб номланган китобни тавсия қилиб қолди. Энг қизиғи бу китобнинг муаллифи барчамизга яхши таниш бўлган "Тахтлар ўйини" сериалининг продюссери Дэвид Бениофф эди.

Асардаги воқеалар қамалдаги Ленинград шаҳрида бўлиб ўтади. Ушбу китобдан таъсирланиб, тарихдаги шу эпизод ҳақида ҳам видео қилишга қарор қилдим. Бу бизнинг шу йилдаги энг сўнги ва энг узун видео хикоямиз. Бу қаҳрамонлик, сабр ва йўқотишлар тарихи.

Биз блокадада қолганлар ҳаётининг ҳақиқий ҳолатларини, уларнинг жасорати ва жуда оғир кунларини ҳикоя қиламиз.

Жамоамиз фаолиятини https://tirikchilik.uz/alimoff орқали қўллаб қувватлашингиз мумкин.

📌 Ютубда тўлиқ видеони томоша қилинг: https://www.youtube.com/watch?v=IZApB_DFpYU&ab_channel=Alimoff

Ҳаёт учун курашганлар хотирасига бағишланади.🫡

🧠@nurbekalimov

xoshimovuz

26 Dec, 09:11


Qiziq muhokama boshlab keldim tuittorda. Yana bir g’alati tomoni asosan yoshi katta odamlar hamma rus tilini biladi deb o’ylab har qanday turistga ruscha gapirishadi bizda negadir.

xoshimovuz

26 Dec, 09:00


Instagram lentada ba’zida genialniy videolar ham chiqib turadi masalan.

Izoh: Videoda aytilyaptiki eronlik askarlar komandiridan nega har shanba ishga chiqmaysiz deb so’rashgan. Komandir esa kulib qo’ygan. Shanba yahudiylar uchun dam olish kuni - Shabbat xullas.

xoshimovuz

25 Dec, 17:55


Yurtimizda xizmat ko’rsatgan lo’ttivozlar ustozidan yangi asar))

xoshimovuz

25 Dec, 15:17


Ba’zi blogerlar chiqib nega huquqlarimiz ishlamaydi, chunki talab qilmaymiz desa ensam qotadi. Bu shunchaki victim blaming, ya’ni jabrdiydani o’zini aybdor qilish xolos. Huquqlarimiz talab qilsak, qilmasak, qonunchilik doirasida ishlashi kerak, ishlamasa, bunga aybdor fuqarolar emas. Ishlatishni istamayotgan amaldorlar, davlat xizmatchilari aybdor. Chunki ularda ishlatmaslikdan moddiy manfaat bo’ladi. Moddiy manfaat bor joyda kimga shikoyat qilsang ham sen nohaq bo’lib qolaverasan. Kurashmaslik kerak degan g’oyani ilgari surish niyatim yo’q, lekin qonun ishlamasa, dodingni qoziga aytsang ham sen yutqazasan odatda.

xoshimovuz

25 Dec, 14:59


Taksichi “man o’zi biznesmenman, shunchaki qalb osoyishtaligi uchun taksi qilaman” degan prikol haqiqat bo’lib chiqishiyam mumkin ba’zida.

xoshimovuz

21 Dec, 08:39


Xabar va surat o’rtasida bog’liqlikni topish kerak, bu juda katta jumboqlardan. DTM testlari tahminan shunaqa tuziladi.

xoshimovuz

19 Dec, 07:56


Shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligi?

Bilasizlarmi O'zbekistonda sizni shaxsiy ma'lumotlaringiz bir pulga qimmat, ya'ni hamma istasa, be'malol topa oladi. Masalan, firma ochsangiz, banklar, buxgalterlar o'zini xizmatini taklif qilib tinmay bezovta qilishadi, farzandli bo'lsangiz, tadbir o'tkazish xizmatlari tinmay sizga telefon qilishadi va hokazo holatlarda, albatta, sizni topib o'z xizmatini tiqishtiraveradi.

Bundan ham og'irlari bor. Masalan, chetga chiqib keldingiz va yaqin orada telefon xarid qilasiz, uni esa IMEI kodini ro'yxatdan o'tkazish kerak. Tabiiyki o'z pasportingizga o'tkazmoqchi bo'lasiz, lekin syurpriz bor: sizni nomingizdan o'tkazib bo'lishgan. Chunki aeroportni o'zida sizni pasport ma'lumotlaringiz pullangan edi. Xullas, shaxsiy raqamingiz, pasport ma'lumotlaringiz, manzilingiz bilan qiziqqan odam yoki biznes uni be'malol topa oladi, kerak bo'lsa, foydalanib ham bo'ladi o'rningizga.

Mobil operatorlar sizni turli pullik obunalarga tiqib qo'yishi, tinmay har qanday universitet yoki infoqallobdan sms kelishi esa alohida mavzu.

@xoshimovuz

xoshimovuz

18 Dec, 19:05


Bu xabarda hammasi ideal. Hayotni o’zi juda kuchli satira hozir.

xoshimovuz

16 Dec, 12:38


Cobalt haydovchisi Yangiyo‘lda 5 nafar bolani urib yubordi, ulardan 2 nafari halok bo‘ldi. Sudya uning jazosini yengillashtirib, qamoqdan ozod qildi. Bir haftadan keyin aynan shu sudya o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir etgan boshqa haydovchiga ikki yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Odamni hayotini qadri yo'q ba'zi korchalonlarga. Umuman olganda bizda piyoda bo'lishni o'zi deyarli suidsid, kimdir urib ketib piyoda o'lsa, anov avtoterroristni xattoki qamashmaydi ham.

xoshimovuz

16 Dec, 12:20


Нархоз

Тиктокдан

xoshimovuz

16 Dec, 08:15


No comment’laram ko’payib ketdi oxiri baxayr bo’lsin)

xoshimovuz

15 Dec, 11:55


Yurtimizda Qish #

xoshimovuz

15 Dec, 11:29


Savodxonlik, o’zbek tili, kirill alifbosi chatni tark etishdi, lotin alifbosi esa chatga kirmadi ham #

@xoshimovuz

xoshimovuz

14 Dec, 08:25


Janubiy Koreya Parlamenti a'zolari amaldagi Prezidentni lavozimidan bo'shatishibdi, impichment e'lon qilishgan xullas.

Buni sababi esa Prezident taklif qilgan budjet loyihasidan boshlangan edi. Parlament deputatlariga Prezident taklif qilgan summa ko'p ko'ringan va uni rad qilishgan, keyin esa Prezident siyosiy partiyalarni taqiqlab, mamlakatda harbiy holat e'lon qilgan edi. Aynan shu ish sababli natijada ishdan ham ketyapti, katta ehtimol bilan jinoiy javobgarlikka ham tortiladi.

@xoshimovuz

xoshimovuz

14 Dec, 06:39


Adliya vazirligi kontent faqat qonuniy jihatdan baholanishi mumkinligi, "ma'naviy ekspertiza"ga ehtiyoj yo'qligini bildirgan holda bayonot beripti. Ozodbek Nazarbekovni senzura o'yini boshlanmasdan yakuniga yetdi shu bilan.

https://t.me/adliyangiliklari/16672

xoshimovuz

13 Dec, 10:15


Hukumat qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni tasdiqladi

ILMA tomonidan Stavkalar va o‘yinchilarning yagona davlat registri yuritilib, u o‘z ichiga o‘yinchilar, cheklovlar, moliyaviy tranzaksiyalar hamda yutuqlar bo‘yicha reyestrlarni oladi.

Qimor o‘yinlari va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisining ustav kapitali BHMning kamida 150 ming baravari (56,25 mlrd so‘m), lotereya tashkilotchisiniki esa BHMning 55 ming baravari (26,62 mlrd so‘m) miqdorida bo‘lishi kerak.

Lotereyalardan yig‘ilgan mablag‘lar g‘oliblarga yutuq sifatida qog‘oz lotereyalar uchun kamida 50%, elektron shalkda esa kamida 75% miqdorida to‘lanadi.

Xullas kelasi yildan hamma joyda nimadir betlarni reklamasini tinmay ko’raveramiz)

xoshimovuz

13 Dec, 10:06


13, жума

Энергетика вазири Жўрабек Мирзамаҳмудов машҳур Сағбон подстанцияга оид мана бу постдаги чиқиш бўйича устимдан Прокуратура ва ИИВга шикоят аризаси киритган.

Вазир Мирзамаҳмудовга кўра, пост мундарижасида ҳақорат ва обрўсизлантириш ҳолатлари мавжуд ва бу бўйича менга нисбатан тегишли тартибда чора кўрилиши лозим.

Қизиқ тарафи, қачондир ҳайкал қўйиладиган Сағбон подстанцияси билан боғлиқ сурункали муаммо ёритилган пост 2023 йил 5 июнда ёки 1 йилу 7 ой аввал ёзилган. Мирзамаҳмудов органларга шикоят аризасини 2024 йил 10 октябрда, яъни бир йилу 4 ой ўтиб тақдим этмоқда.

Унданам қизиғи, вазир Мирзамаҳмудов аризасини Lolazor меҳмони бўлгач, 6 кун ўтиб қолдирган.

Яна бир қизиқ факт, адашмасам, Lolazor’нинг биринчи сонидан кейин энергетикларнинг таклифи билан (вазир келади дейишганди) тинимсиз таъмирланаётган Сағбон подстанциясига ҳам боргандик ва кичик репортаж ҳам уюштиргандик.

Нима бўлгандаям, ўшандан кейин бизнинг Тошкент тумани Сағбондан узилган ва электр энергиясини бошқа, туманимиздаги подстанциялардан олмоқдамиз.

Шикоят аризаси фуқаро Мирзамаҳмудов тарафидан эмас, вазир Мирзамаҳмудов томонидан киритилган. Ариза ҳозирда пойтахт ИИБ Киберхавфсизлик бўлинмаси томонидан ўрганилмоқда.

xoshimovuz

12 Dec, 13:04


Donald Tramp 2024-yil uchun “Yil kishisi” bo’pti Time nashriga ko’ra. Bir yil ichida suiqasddan, sudlardan omon qolib AQSh prezidentligigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tganini hisobga olsak, qo’shilaman tanlovga.

xoshimovuz

12 Dec, 08:35


Bu esa masalani boshqa tomoni. O'zbekistonda o'zi qonuniy asosda kripto bilan shug'ullanish judayam qiyin. Tasavvur qilishinglar uchun dunyodagi eng yirik kripto birja - Binance O'zbekiston hududida noqonuniy.

xoshimovuz

12 Dec, 08:12


Buxoroda noqonuniy tarzda kriptovalyuta orqali 3 mln AQSh dollari ishlagan o‘smir ushlangan

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli o‘smir belgilangan tartibda litsenziya olmasdan jami 34 mlrd so‘mga teng bo‘lgan kripto-aktivlarini olish, o‘tkazish va ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.

Buxoro viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kriptovalyutalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Lekin man bir narsaga doim hayron qolaman, bir qancha kriptochilar Instagramda millionlab auditoriyaga ochiqcha qilyotgan ishlarini ko'rsatishadi. Ba'zilari O'zbekistonda litsenziyaga ega bo'lmagan birjalar va hokazo platformalarda savdo va kripto operatsiyalarni ko'rsatishadi, bilmadim endi bu soxta raqamlarmi yo'qmi joylab borishadi. Ulardan hech birini tekshirib ham ko'rishmaydi-da, bir chekkada o'tirgan noma'lum bollarni darrov ushlashadi. Bu o'zi qanaqa ishlaydi? Oxirgi paytlarda kripto orqali ulkan summalar va'da qilib kurs sotayotganlar toifasi ham ko'payib ketgan, ularni o'zi to'layotgan soliqlarini, faoliyatini qonuniylik darajasini ham bir tahlil qilib ko'rishsa yomon bo'lmasdi.

xoshimovuz

12 Dec, 03:57


Shimollik fashistlar migrantlarni farzandlari rus tilini bilmasa maktabga qabul qilmaslik haqida qonun chiqarishyapti.

Bu o’zidan katta og’a yasab olgan fashistlar O’zbekiston hududida o’zbek tilini manfaatini oshirish bo’yicha barcha harakatlarni tanqid qilishadi. O’zbekiston fuqaroligi bo’lgan ruslar o’zbek tilini o’rganishni boshlashsa yomon bo’lmasdi deb qo’yishsa, darrov, o’sha odamni “persona non grata”ga chiqarib, yetmaganiga Tashqi ishlar vazirligimizda izoh ham talab qilib qo’yishadi.

Kelajak bu fashistlarni miqdorini tug’ilish ko’rsatkichlarini o’zi kamaytirib beradi baribir. Markaziy Osiyolik migrantlargina bularni inson kapitali bilan ta’minlab berishini kech bo’lsayam tushunishadi, shunda keyin qaysi tusda tovlanishlarini ko’ramiz. Hozir ham o’zi asosiy ishchi kuchi migrantlarga bog’lanib qolgan bularni mehnat bozorini.

xoshimovuz

11 Dec, 16:50


Нимага бизда одамлар осмонда акс этган прожектор нурини фаришта деб ўйлайди?

Нега банкадаги сув линза вазифасини бажариб, бирор нарсани куйдирса дам солинган сувди қуввати деб ўйлайди?

Ҳаммаси илмсизликдан. Мактабни директори эса моно аҳвол☝️😐

xoshimovuz

11 Dec, 13:41


Birinchi rasmda Jek Dorsi, uning boyligi 6 milliard dollarga yaqin, Twitter asoschisi.

Ikkinchi rasmda o’zbek zapuskchisi, u kurs sotadi.

Xulosa shuki, Jek Dorsi ham zapuskchi bo’lib, kurs sotishi kerak.

xoshimovuz

11 Dec, 12:57


No comment

xoshimovuz

08 Dec, 05:03


Konstitutsiya kuni bilan aytgancha.

xoshimovuz

08 Dec, 04:18


Suriya Prezidenti diktator Bashar Asad davlat poytaxti Damashq shahrini tark etgan. Turli harbiy guruhlar tomonidan poytaxt egallangan.

Asad 2000-yilda otasini o’rniga hokimiyatga kelgan va davlatda o’z diktaturasini o’rnatgan edi. Shu bilan dunyodagi yana bir diktatorura quladi, o’rniga kimlar keladi bunisi hali noma’lum. Har holda Suriya erkin, ozod, inson huquqlari hurmat qilinadigan davlatga aynalishidan katta umid yo’q endiyam.

xoshimovuz

07 Dec, 12:32


Yo’l harakati xavfsizligiga mas’ul insonlarga savol: qonunlarga tupurib qo’ygan mana shu haydovchiga qanaqa jazo qo’llay olasizlar? Nari borsa 50% chegirmasi bilan arzimagan jarima va uzog’i uzr so’rattirish, shundaymi?

Haydovchilik huquqidan mahrum qilish, katta jarima ochkolari berish, qimmat sug’urta hisoblash degan tizimlar afsuski bizda yo’q. Qachon bo’lishi ham noma’lum. Agar bironta avtoterrorist AQSh yoki Yevropada shu ishni qilganda edi, burnini yerga ishqashardi, tug’ilganiga pushaymon bo’lardi.

Deputatlar hamda YHXga mas’ullarga oxirgi savolim: qonunbuzarligini ijtimoiy tarmoqlar orqali ko’z-ko’z qiladigan befarosat huquqbuzarlarga qarshi jiddiy va og’irlashtiruvchi jazo belgilashni qachon o’ylab ko’rasizlar? Qoida buzish boshqa, buni hammaga ko’rsatib, maqtanish umuman boshqa. Nega bunaqalarning boshini silashimiz kerak?

Nahotki millionlab insonlarga qonunga hurmatsizlik ruhini targ’ib qilayotganlarning tanobini tortib qo’yishga davlatning kuchi yetmaydimi? Tashabbus bildirishdan muncha qo’rqmasangiz, baraka topgurlar?


🔘 @xushnudbekuz

xoshimovuz

06 Dec, 10:39


Tarix shunaqa fanki, maktabda juda zerikarli. Maktab darsliklaridan chiqilsa esa judayam qiziq, ayniqsa konspirologiya, fitna nazariyalari qo’shilib ketganda))

@xoshimovuz

xoshimovuz

05 Dec, 09:15


Bo’ldi, internetni yig’ishtiramiz.

Manba

@xoshimovuz

xoshimovuz

05 Dec, 06:50


Janubiy Koreyada Prezident taklif qilgan budjet tasdiqlanmagan Parlament tomonidan. Keyin esa Prezident siyosiy partiyalarni taqiqlab mamlakatda harbiy holat e’lon qilgandi. O’sha kunni o’zida Parlament harbiy holatni ham bekor qildi.

Natijada esa Janubiy Koreyada Prezident impichment qilinishi (ishdan olinishi) kutilyapti Konstitutsiyaga amal qilmagani uchun. Bitta budjetni deb shuncha muammo.

Mana bizda shu yilgi budjetni yilni oxirida qo’shilgan 10 trillion so’m bilan qayta tasdiqlab berishyapti deputatlar 9 minut ichida. Hech qaysi birida savol paydo bo’lmagan qayerdan buncha ortiqcha summa kelib chiqdi degan. E qoyil, Susambilda hammasi yaxshi.

xoshimovuz

05 Dec, 06:11


Битта бўлсаям депутат керак

Параламент анъанасига содиқ қолиб, йил давомида аллақачон ортиғи билан ишлатиб бўлинган бюджет харажатларини 9 минутда тасдиқлаб берган.

Қонунчилик палатаси залида қўр тўкиб ўтирган биронта пўрим мавжудот 10 трлн.сўмга ошган бюджет харажатлари ҳақида биронта савол беришни лозим кўрмаган. шунинг учун ҳам бизга, ўзбекистонликлар иродаси ва манфаатларини ҳеч қурса эслатиб туриш учун Параламентда росмана сайланган битта бўлсаям мустақил депутат керак.

Нархи ошган олтиндан бебилиска тушумларни совураётган ФРРУ, зараркунанда ва паразит банкларга берилаётган триллионлар ёки сингапур-сомали дарсликлари учун ажратилаётган триллионлар ҳақида сўрашга уларнинг ақли етмас ёки қўрқишар.

Лекин келиб келиб, кам таъминланганлар ва болалар нафақасидан тежаб қолинган 2 трлн.сўм ҳақида икки оғиз сўров беришга битта инсофли топилмагани қизиқ. Ахир шу икки триллион ночорлардан олиниб, бошқа мақсадларга сарфланмоқдаку. Наҳотки, аёллар ва болалардан қисиб олинган 2 трлн.сўм қаёққа йўналтирилиши қизиқ бўлмаган бўлса? Сизлар ўзи кимсизлар?

Нима бўлгандаям, бир таскин бор: буларни мен сайламаганман, ким буларни тайинланганининиям билмайман, булар менинг хоҳиш иродаларимни, қадриятларимни ифода етмайди.

xoshimovuz

05 Dec, 03:38


2010-yillarda Bitcoin Faucet sayti captchani to’g’ri kiritgan odamga 5 BTC tarqatgan tekinga.

Bugun esa 1 BTC narxi 100 ming dollardan oshdi. Bu degani captcha yozib yarim million dollarlik bo’p qolardilar, endi buni o’ylab siqilishni boshlanglar be’malol)

@xoshimovuz

xoshimovuz

04 Dec, 05:08


🎙️NQE podkastining navbatdagi mehmon Humoyun Sobirov

🍾 Zapuskchilar, Instagramdagi hashamat va erkakalikni o'rgatadigan kurslar haqida

🎞https://youtu.be/58y7stK4cYo

🔥Hozirgina tandirdan uzilgan issiqqina podcastni issig’ida tomosha qilgan ma’qul!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

xoshimovuz

03 Dec, 20:14


Jahon geosiyosati rosa qizib ketdi. Suriyada nima bo’lyapti, nega o’zbeklar “jihod” deb baqirib yuribdi uyoqda, Gruziyada Prezident va Parlament nega kelisholmay qoldi, Koreyada Prezident yana impichment bo’ladimi hech birini to’liq kuzatishga vaqt yo’q, o’zi nega bular bizga qiziq bo’lishi kerak?

Kredit va qarzlarimiz yo’qmi, svet ertaga o’chadimi, Munisa Rizayeva nihoyat bolali bo’lgani qiziqroq. Aytgancha Barsa 5:1 ga Malyorkani yutibdi.

xoshimovuz

03 Dec, 09:05


Birlashgan Arab Amirliklari aeroportida o'zbek fuqarolari ushlab turishgan va ortga qaytarib yuborishgan

Buni aniq sababini fuqarolarga ma'lum qilishmagan. Manimcha, bu yaqinda 3 nafar o'zbek tomonidan Amirliklar hududida yahudiy ravvinni o'ldirilishi bilan bog'liq bo'lishi ehtimoli judayam yuqori.

Ijtimoiy tarmoqlarda o'sha 3 ta terrorchini (urush bo'lmayotgan boshqa davlat hududida odam o'ldirishni boshqacha atab bo'lmaydi) olqishlagan odamlarni ko'rgan edim. Mana esa real hayotdagi oqibatlariga duch kelyapmiz bu qilmishni.

Arab amirliklarini o'zi o'sha 3 ta "qahramonni" ushlagan va juda og'ir jazo olishsa ham kerak. Chunki Amirliklarga Isroil bilan hech qanday muammolar kerak emas, bo'lgandayam o'zbek terrorchilarini aybini deb. Mana shu uchun ham bu ishni qoralab, qotillarni ushlab, ertaga o'limga hukm qilivorsa ham hayron bo'lmayman. Bu ham yetmaganday bularni kasriga oddiy o'zimizni dam olishga ketgan fuqarolar shunaqa tekshiruvlarga duch kelishmoqda Amirliklar hududida.

@xoshimovuz

xoshimovuz

02 Dec, 17:55


Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Xorazmdagi pedofil amaldorlarga nisbatan bir qator sanksiyalar kiritilibdi.

Esingdizda bo’lsa, sobid adliya, favqulotta vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan uzoq muddat davomida voyaga yetmagan qizlarga nisbatan jinsiy zo’ravonlik qilib kelingani katta rezonansga sabab bo’lgandi. Biroq ishni ko’rish har doimgidek adolatsiz boshlanib oxiri hammani esidan ham chiqib ketdi. Lekin mana dunyoga mashhur bo’lishipti.

@xoshimovuz

xoshimovuz

28 Nov, 12:36


Qozog’iston Prezidentiyam mana inflo’ttivozlarni gapirib chiqqan ekan yaqinda.

xoshimovuz

27 Nov, 02:27


No comment

xoshimovuz

26 Nov, 13:17


Toshkentda xavfli virus tarqalishi haqida mish-mish chiqqanini mana shu xabardan bildim.

xoshimovuz

26 Nov, 04:23


Temu haqida mem, rostdan ham shunaqami, kimdir buyurtma qilib yeb qo’ydimi yozilar)

@xoshimovuz

xoshimovuz

25 Nov, 10:13


Oilaviy zo'ravonlik muammosi hamon aktual

Bundan avval 2023-yilning o'zida 9 mingdan ortiq holatda oilaviy zo'ravonlik yuzasidan ishlar ochilgani haqida yozgan edim. 2024-yil hali tugamasidan esa 16 mingga yaqin kishi shu bo'yicha javobgarlikka ham tortilibdi. Bu statistika shunchaki yuzaga chiqqan holatlarni aks ettiradi xolos. Chunki juda ko'plab ayollar Ichki ishlarga zo'ravonlik haqida umuman xabar berishmaydi. Buni sababi esa "mentalitet", xabar bergan ayolni o'zi yanayam ko'proq keyinchalik zo'ravonlikka uchrashi mumkinligi, himoya mexanizmlari yo'qligi va hokozo faktorlar.

Afsuski jamiyatimizda maishiy zo'ravonlik shu qadar odatiy holat bo'p qolganki, bu haqida gapirish odamga obro' ob kelmaydi.

@xoshimovuz

xoshimovuz

24 Nov, 15:28


Diqqat, judayam muhim xabar.

xoshimovuz

20 Nov, 16:02


Ruslarda «выдал базу» degan jumla bor. Akmal Saidov esa har doim shu ishni qiladi. Heytmas bu o’rtoqlar, bu - baza.

xoshimovuz

20 Nov, 15:01


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi ekan. Qarasam repper, artist, motivator, infobizneschi bratlar. Orada 2-3 ta korrupsiya haqida rostdan ham yozib turadigan odam bor ekan, shunisiga ham rahmat. Nega Bahodir Jalolov yoki birorta sportchi yo’q, shunga hayronman faqat.

@xoshimovuz

xoshimovuz

20 Nov, 11:06


Albatta, Prezident tomonidan e'tirof etilgan islohot ancha yaxshi xabar. Biroq mahalliy kengashlarning tuman, shahar, viloyat hayotida qaror qabul qilishda amaliyotdagi o'rni qanchalik yuqori, ya'ni hokimning noqonuniy yoki xalq manfaatlarini aks ettirmaydigan qarorlariga mahalliy kengashlarning ta'siri qanday bo'ladi, to'g'risi buni bilmadim.

Hokimlarni o'zini saylash tizimini yo'lga qo'yish ancha effektivroq yechim bo'lar balki. Masalan, mahalliy aholi oldida hisobdor bo'lgan, keyingi muddatga saylanishi bevosita mahalliy islohotlari samarasi bilan baholanadigan tizimni, ya'ni hokimlar saylovini ham joriy qilishni kun tartibiga olib chiqish vaqti kelgan, manimcha. Davlat rahbari olib borayotgan siyosatning keyingi yo'nalishi aynan shunga qarab boradi deb umid qilamiz. Balki shunda hokim o'rinbosarlari millionlab dollar pora olishi keyslari sal-pal kamayib qolar, yana bilmadim.

@xoshimovuz

xoshimovuz

20 Nov, 09:34


📽 ЯНГИ ВИДЕО!

Франция Инқилобининг энг баҳсли тимсоли – Гильотина ҳақида барчасини билишни истайсизми?

Бугунги кўрсатувимизда Францияда яратилган ўлим машинаси нимаси билан бошқа қуроллардан афзал эди?

Тарихда қанча одам унинг ёрдами билан қатл қилинган?

Нима учун французлар 20 аср охирларида ҳам бу қатл асбобини ишлатишарди?

Доктор Гильотен ҳам ўзи яратган ушбу ажал машинасининг домига тушганми?

Одамнинг танаси ва боши бир бирисиз яшай оладими? Ва шу каби бошқа кўплаб саволларга жавоб топасиз.

Гильотина нафақат ўлим қуроли, балки бутун бир даврнинг маданий рамзига айланган. Бизнинг янги видеомизда бу ҳақда батафсил маълумот оласиз.

🎥 Кўринг ва ўз фикрларингизни билдиринг: https://www.youtube.com/watch?v=Ft460_2K1DI&t=34s&ab_channel=Alimoff

👀 Видеони ўтказиб юборманг! Ҳамма тарихий сирлар шу ерда.

Лойиҳамизни сўм билан қўллаб қувватловчиларга бу ишни https://tirikchilik.uz/alimoff сайтида қилиш мумкинлигини эслатиб ўтамиз. Бунга имконингиз бўлмаса шунчаки лайк, подписка ва комментарий билан қўлласангиз ҳам хурсанд бўламиз🫡

🧠@nurbekalimov

xoshimovuz

20 Nov, 07:35


Masonlarning spoyler kartasi

“The Economist” har yili mana shunaqa usulda kelgusi yilda qanday kutilmalar bor, kimlar va qanday hodislar old planga ko’chadi, qanday jarayonlar sodir bo’lishi mumkinligi haqida o’zini kutilmalarini bosh sahifasiga qo’yib turadi.

Nima ma’no topdilar yozinglarchi, manga qaysi kriptoga soqqa tiksam, boyib ketishim qiziq, yaxshilab o’rganib chiqaychi bularni bosh sahifasini, invest strategiya tahminan shunaqa bo'lardimi o'zi treyderlarda?)

@xoshimovuz

xoshimovuz

20 Nov, 05:00


Google va monopoliya keysi

AQSh Adliya vazirligi tomonidan Google’ga Chrome brauzerini sotish majburiyati ilgari surilishi mumkin. Bunga esa Google jahon internet qidiruvi tizimida monopoliya o’rnatib olgani (90 foiz ulushga ega) sabab qilib keltirilgan.

Talablarga ko’ra Android tizimida ishlovchi qurilmalarga Google Search va Google Play ilovalarining integratsiyasiga chek qo’yilishi lozim ekan.

Judayam qiziq keys. Masalan, ba’zi davlatlar o’zi muayyan kompaniyalarni monopoliyasi uchun barcha sharoitlarni yaratadi, zararga kirsa soliq olmaydi, imtiyozlar beradi. Boshqa davlatlar esa Google degani monopoliya bo’p ketdi deb har xil talablar qo’yishadimiye, hayronsan kishi.

@xoshimovuz

xoshimovuz

20 Nov, 02:32


Dahshat (#)

xoshimovuz

19 Nov, 14:00


Terma jamoa yutdi, lekin nega xuddi sharmandalarcha yutqazgandek asabim buzildi hayronman, muammo nimada ekan-a qiziq.

xoshimovuz

17 Nov, 13:41


Ba’zi yoshi kattalarni kasallik bilan kurashish usuli:

-Tomog’ida danak qop ketgan, ilgirga oborish kerak;
-Osma ukol olsinda yotib, 1-2 ta tabletka bilan odam tuzalarmidi?

Rivojlangan davlatlarida yashaydigan yurtdoshlarimiz kasalga ukol deyarli qilinmaydi, bizda shamollasayam “kapelnitsa” yozishadi deb aytishadi odatda. Rostdan ham shunday, da’volanish = faqatgina “ukol olish” bo’p qolgan bizda.

@xoshimovuz

xoshimovuz

16 Nov, 05:47


Бу Мексика эмас, бу Гватемала эмас, бу Гаити ҳам эмас. Бу — ўзимизнинг Пискент. Бир гуруҳ қуролланган одамлар кўрганини отиб юрибди. Ҳозирча ҳайвонларни. Давлат, унинг хавфсизликка масъул барча органлари бунга бугун жим қараб турса, бу ваҳшийлар эртага одамларни ҳам шундай ота бошлайди. Манба.

xoshimovuz

14 Nov, 18:40


Futbol - maydonga 22 ta futbolchi tushadigan va Qatar yutguncha davom etadigan o’yin. Lekin tan olish kerak, 2:2 hisob bo’p turgan joyda come back’ni oxirigacha yetkazish o’rniga maydonga himoyachi tushuradigan bosh murabbiy bilan hech vaqoga erishib bo’lmaydi.

#srechkokatanesout

@xoshimovuz

xoshimovuz

14 Nov, 11:19


Shunda har 100 dollar uchun bir yildan erkinlikdagi umridan ayrilibdi inspektor. 3-4 mln dollar olganda balki qamalmasdi.

xoshimovuz

14 Nov, 08:41


Ichki ishlar mem qo’yishni boshlapti, qizig’i qoida buzuvchi avtoterroristlar zarariga. Biz buni oqlaymiz va qo’llab quvvatlaymiz)

@xoshimovuz

xoshimovuz

13 Nov, 13:06


Qo'llanma: Ta'lim kontraktining 12 foiz summasini qaytarib olish

Soliq Kodeksining 378-moddasiga ko'ra professional va oliy ta'lim tashkilotlarida o'qish uchun fuqaro o'zining, farzandining, 26 yoshga to'lmagan turmush o'rtog'ining kontrakt to'lovini amalga oshirgan qismidan daromad solig'i olinmaydi. Ya'ni to'langan kontrakt summasining 12 foizi degani bu.

Shuningdek, agar kontraktni to'lash uchun ta'lim krediti olingan bo'lsa ham, ta'lim kreditini yopish uchun sarflangan to'lovlardan ham daromad solig'i undirilmaydi.

Kimlar kontraktning 12 foiz miqdorini qaytara oladi:

Kontrakt uchun to'lov amalga oshirilganda rasmiy ish joyiga ega bo'lgan fuqarolar. Chunki bu aslida 12 foizlik keshbek emas, balki daromad solig'ining undirilmagan qismi edi. Daromad solig'ini esa soliq idorasi, tabiiyki rasmiy ish joyi bo'lgan fuqarolardan oladi. Shu sabab kontraktni iloji boricha rasmiy ish joyi mavjud fuqaro to'lagani yaxshi, shunda soliq ilovasida to'lovni amalga oshirgan fuqaroning ish joyi haqida ma'lumot chiqadi.

Qancha muddat da'vomida to'lovni 12 foizini qaytarsa bo'ladi:

Rasmiy ish joyi bo'lgan fuqaro to'lagan va talaba ta'lim olgan barcha yillarda, masalan o'tgan yili 1-kurs bo'lgan talabani konraktini 12 foizini qaytarib oldingiz, endi esa qolgan 3 yil ham, xuddi shunday qilib kontraktning 12 foizini qaytarib olish mumkin.

Qayerga murojaat qilish lozim:

1) Fuqaro o'zini rasmiy ish joyi haqida ma'lumotnoma, pasport nusxasi va farzandini tug'ilganlik haqida guvohnomasi (agar to'lovni ota-ona emas, fuqaroni o'zi qilgan bo'lsa, bu shart emas), nikoh haqida ma'lumotnoma (agar fuqaro turmush o'rtog'i uchun to'lagan bo'sa) universitet va talaba o'rtasidagi shartnoma, kontrakt uchun to'lov cheki va mablag' universitet hisob raqamiga tushgani haqida ma'lumotnomasini olgan holda soliq organiga murojaat qilishi mumkin. Murojaat huquqiy asosi esa Soliq Kodeksining 378-moddasi hisoblanadi.

2) Soliq ilovasi orqali onlayn murojaat qilish mumkin. Bunda eng muhim joyi to'lov kontraktini to'lagan va rasmiy ish joyi bo'lgan fuqaro akkauntidan murojaat qilinishi lozim. Shunda ilovada ariza to'ldirishda muammo bo'lmaydi. Masalan, kontraktni ota-onangiz to'ladi, demak siz o'zingizni soliq ilovangizdan emas, balki ota-onangizni soliq ilovasidan murojaat qiling.

3) Rasmiy ish joyi bo'lgan fuqaro talaba va universitet o'rtasida shartnomani ilova qilgan holda o'z ish joyi buxgalteriyasiga murojaat qilishi mumkin. Bunda buxgalgteriya xodimni kontrakt uchun to'lagan ish haqi uchun daromad solig'ini ish haqidan ushlab qolmaydi.

Rasmiy ish joyi bo'lmasachi:

Unda fuqaro yillik daromadi haqida rasmiy soliq dekloratsiyasi to'ldirishi kerak bo'ladi. Bunda fuqarodan daromad solig'i olinadi, biroq kontrakt uchun to'lagan qismi chegirib qolinadi.

@xoshimovuz

xoshimovuz

13 Nov, 06:38


Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar 8-sinf o‘quvchisini o‘g‘irlab ketib, bir necha kun ushlab turishgan va zo‘rlashgan. Bu vaqtda ular qizni kaltaklab, spirtli ichimliklar va noqonuniy moddalar qabul qilishga majburlagan. Nemolchi.uz gumonlanuvchilar hali ham ozodlikda yurganini qayd etdi.

Kimdir internetda tanqidiy nimadir yozib qo’ysa, darrov ushlashadi, lekin tepadagi holatlarda hammasi norm, “o’zbekchilik” bo’p ketgan.

@xoshimovuz

xoshimovuz

12 Nov, 16:54


“Gazeta.uz” jamoasi 1–2-noyabr kunlari ikki oy avvalgi texnogen ofat oqibatlaridan hali ham aziyat chekayotgan Boysunda bo‘lib, vaziyat va boysunliklarning fikrini o‘rgandi.

Joriy yilning 1-sentabrida Boysun tumani Kofrun shaharchasidagi “M25” gaz konining 604-qudug‘ida avariya sodir bo‘lgan edi. Shu kunga qadar kondan chiqayotgan gazni jilovlash, aholiga ta’sirini kamaytirish uchun qilingan urinishlar samara bermadi.

Maxsus reportajni quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin:

https://youtu.be/aZTD27naKtQ

Otabek Turdiyev, Ma'murjon Obrahmatov

@gazetauzmaxsus

https://youtu.be/aZTD27naKtQ

xoshimovuz

12 Nov, 10:12


Kitobni nomiga e’tibor qaratamiz)

@xoshimovuz

xoshimovuz

12 Nov, 09:48


Jahongir Ortiqxo’jayevni Way II loyihasini Youtube sahifasi. O’zbekistonda eng zo’r marketing - diniy marketing mana. Iqtisodiy tomoni unchalik qiziqmas, muhimi domlalar tavsiya qilyapti, qolgani bir gap bo’lar.

xoshimovuz

12 Nov, 04:51


Odamlarda kayfiyat tez-tez o’zgarib turishi haqida)

@xoshimovuz

xoshimovuz

23 Oct, 06:24


Saylov is coming 🥶

xoshimovuz

22 Oct, 13:23


Qaysi holatlarda naqd pulni savdo uchun qabul qilishmaydi? Shu haqida video olgandim.

Instagram havolasi: https://www.instagram.com/reel/DBbWy0iIEvh/?igsh=MWplM21mcGs0dGExYg==

@xoshimovuz

xoshimovuz

22 Oct, 10:02


Tungi Buxoro - Sharq ertaklari kabi juda ham go’zal va mo’jizali shahar. Turistlar yo’q, ko’chada odam judayam kam, chiroqlar, sukunat va mushuklar.

@xoshimovuz

xoshimovuz

21 Oct, 10:57


6 Кунлик Уруш: Исроил ва Араб Давлатлари Ўртасидаги Жангнинг Тарихи 🌍⚔️

Тарихдаги энг қисқа ва таъсирли урушлардан бири – 6 кунлик уруш ҳақида барча саволларингизга жавоб берадиган видеоролик тайёрладик!

🔍 Бу видеода сиз:

Урушга қандай сабаблар олиб келгани

Жанг майдонларидаги стратегик ютуқлар ва мағлубиятлар

Қўшни давлатлар ва халқаро муносабатларга урушнинг таъсири ҳақида маълумот оласиз.

👉 Тарихдан сабоқ олишни ва энг муҳим воқеаларни ўрганишни истасангиз, видеони тўлиқ томоша қилинг!

📺 Каналимизга обуна бўлишни унутманг ва тарихнинг янги саҳифаларини биргаликда ўрганамиз.

🔗 Томоша қилиш: https://www.youtube.com/watch?v=1zR4xHDl3b4&ab_channel=AlimoffLive

xoshimovuz

21 Oct, 06:34


No comment (#)

@xoshimovuz

xoshimovuz

16 Oct, 13:08


Ko’pchilik telefon olganda IMEI kod bilan bog’liq muammoga duch keladi, keyin esa ko’chada “tadbirkorlar” orqali 50 dollar atrofida xarajat qilishadi birov registratsiya qilib berishlari uchun. Shuni sog’lom shaklini qilish bo’yicha qo’llanma video qilgandim, ko’rivorishli joyi a tak.

Instagram: https://www.instagram.com/reel/DBL4GnjM0X5/?igsh=Z21sYXRkM2dmcDk0

@xoshimovuz

xoshimovuz

14 Oct, 12:18


Иқтисод бўйича Нобел

2024 йилнинг Иқтисодиёт фани бўйича Нобел мукофоти институтлар қандай шаклланиши ва уларнинг фаровонликка таъсирини ўрганганлиги учун жуда кўпчилик кутганидек Ажемўғли, Жонсон ва Робинсонга берилибди.

Нима учун ушбу олимлар мукофотга лойиқ кўрилди?

Ушбу олимларнинг асосий ғояси – иқтисодий ривожланиш, бойроқ бўлиш сиёсий институтларга боғлиқ. Улар ривожланишнинг бошқа факторлари – география, маданият, жамиятдаги нормаларнинг аҳамияти ва ролини иккиламчи ўринда кўрган ҳолда иқтисодий ривожланиш асосан мамлакатда шаклланган институтлар билан боғлиқлигини исботлашга уринган.

Улар фандаги яна бир муҳим "иқтисодий ўсишга ҳамоҳанг институтлар қаердан ёки қандай шаклланади" деган савол устида ҳам бош қотиради.

Ушбу савол устида улар иқтисодий ривожланиш фанида янги эмпирик ва назарий услублар яратишади. Мисол учун, улар колониял ўтмишни узоқ муддатли ўсишга, фаровонлликка қандай таъсир кўрсатишини баҳолашган.

Асосий илмий ишларида ушбу олимлар иддао қиладики, колониялар бўйича амалга оширилган стратегиялар шаклланган институтлар сифатига ва бу ўз навбатида иқтисодий кўрсаткичларга сурункали таъсир кўрсатиб келган ва келади.

Машҳур илмий ишларидан бирида (“settler mortality”) хулоса қилишадики, Европаликлар босиб олган ҳудудларининг қай бирида ўлим коэффициенти (маълум бир табиий шарт-шароитлар туфайли) юқори бўлса, шу ерда экстрактив (ёмонроқ) институтларни яратишган. Ва аксинча, ўлим даражаси паст ҳудудларда “Европача” институтларни раво кўришган.

Яна бир илмий ишларида (“reversal of fortune” ) кўрсатишадики,босиб олинган пайтда бой бўлган ҳудудлар бугунги кунда нисбатан камбағалроқ. Нима учун? Сабаби босқинчилар бошидан аввал ресурсларни тортиб олиш учун ёмонроқ институтларни яратишади.

Назарий жиҳатдан ҳам иқтисод фанида янгилик қилишган. Иқтисодиёт фани моделларга асосланади ва яхши олимларни формал моделларсиз тасаввур қилиш қийин. Улар фанда биринчилардан бўлиб нима учун иқтисодий ўсишни рағбатлантирувчи институтлар шаклланиши ёки шаклланмаслигини моделлаштирган.

Назарияларидаги асосий гипотеза шундайки, самарасиз институтлар элита ва халқ ўртасидаги “ваъдалашув муаммоси” (commitment problems) туфайли сақланиб қолади. Оддийроқ айтганда элита жамият ва фуқаролар учун манфаатли сиёсатни амалга оширишни ваъда беради, амалда бу содир бўлмайди. Ўзгаришларга жамият ишончи йўқолади. Бир-бирига нисбатан мазкур ишончсизлик жамиятда самарасиз институтларни йўқотиб, ўрнига яхшироқ институтларни яратишга ҳалақит қилади.

Нобел ҳудди Банержи, Дуфло кейси каби улар ҳамма нарсада ҳақлиги учун берилмаган. Бу мукофотни кўпроқ академияда биринчилардан бўлиб юқоридагидек муҳим саволлар қўйиш ва шу саволга жаво бериш учун қандай инструментлар яратилганлиги учун деб тушуниш тўғрироқ бўлади.

Улар илмий ишлари орқали макро саволларга “квази экспериментлар” орқали жавоб қидириш, институтларнинг иқтисодий ривожланишдаги аҳамиятини диққат марказга чиқариш ва институтлар ўзгаришини моделлаштиришга катта ҳисса қўшган.

Мазкур ишлар, гарчи уларнинг эмпирик хулосалари бўйича баҳслар давом этаётган бўлсада, Нобелга лойиқ деб кўрилган.

xoshimovuz

14 Oct, 07:41


Toshkent shahrida kvadroberlarga qarshi kurash boshlanipti. Shu sababdan biz ham o’z hissamizni qo’shish uchun bir kvadroberni jinoyat joyida ushlab oldik.

@xoshimovuz

xoshimovuz

11 Oct, 12:30


Qo'llanma: Ta'lim krediti uchun onlayn ariza berish

Prezident farmoni bilan 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kretidlari faqatgina oliy va professional ta’lim tashkilotlarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi.

Muhim eslatma: ta'lim krediti olish uchun onlayn ariza berishga talaba to'lov shartnomasini 20 foiz qismini o'zi to'lagan bo'lishi kerak ekan.

Arizani qaysi saytda berish kerak:

rasmiy sayt: https://talim-krediti.mf.uz/

Qanday ariza to'ldirish bo'yicha batafsil video qo'llanma:

1) https://youtu.be/QbUcCKiv69M?si=2T2qqGm9lRx4S7tn
2) https://talim-krediti.mf.uz/guide

Muhim ma'lumotlar:

*Talaba ariza to'ldirganda uning universiteti bilan bog'liq ma'lumotlar avtomatik shakllantiriladi, qo'lda to'ldirib yurish shart emas.

*Xotin-qizlar uchun ta’lim krediti foizsiz (0% stavkada) etib belgilangan. Yigitlar uchun 13,5-14 foiz atrofida.

*Arizani bank 5 kun ichida ko'rib chiqishi kerak, biroq har doimgidek bunda kechikishlar bo'ladi, albatta.

Ta'lim krediti uchun kafil shaxs nima qilishi kerak:

Kafil shaxs 24 soat ichida https://talim-krediti.mf.uz/ dan o'zi ham registratsiyadan o'tib "kafil roziligi" bo'limi orqali shartnomani tasdiqlab yuborishi lozim, agar kechiksa, ariza ko'rib chiqilmaydi.

Instagram sahifaga havola

@xoshimovuz

xoshimovuz

11 Oct, 07:03


A. Navoiy ko’chasidan “Paxtakor” stadioniga kirishda kichik yo’l bor, ikki tarafida mashinalar turadi parkovka qilib, maksimum 30-40, borsin 50 da yurish mumkin bu yo’lda. Lekin avariya sodir bo’lganda mashinalar ancha tezroq yurgandek ta’ssurot uyg’onyapti. A tak Spark belgilanmagan joyda burilgan adashmasam.

@xoshimovuz