YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal) @xatirchi_tumani_axborot_xizmati Channel on Telegram

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

@xatirchi_tumani_axborot_xizmati


Хатирчи туман ҳокимлиги Ахборот хизмати
Веб сайт:www.xatirchi.uz
You Tube:https://youtube.com/channel/UCa75SeMGeG-4vFEMdrjvfgw
Facebook:https://www.facebook.com/profile.php?id=100063671102665
Instagram:https://www.instagram.com/tv/CYhCA8XNCRg/?utm_medium=

YANGI XATIRCHI (Uzbek)

YANGI XATIRCHI Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanal Xatirchi tumani hokimligi rasmiy axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan va tumanimizdagi yangiliklardan, tadbirlardan, va hodisalardan to'liq ma'lumot olishingiz mumkin. Xatirchi tumani tadbirlari, ijtimoiy yangiliklar, hokimlik faoliyatlari va boshqa ko'ngil qozonuvchi ma'lumotlar siz uchun maxsus ravishda taqdim etiladi. Kanalga obuna bo'lib, ozingizga xorijilarsiz va ma'noli voqealardan so'nggi yangiliklarni tezda olishingiz mumkin. Xatirchi tumani haqida eksklyuziv ma'lumotlarga olishingiz uchun kanalga obuna bo'ling! Sizni ham YANGI XATIRCHI Telegram kanalimizda ko'rishimizni va ma'lumotlardan foydalanishingizni kutib qolamiz.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

19 Feb, 17:14


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-1-sonli Qarorni ijrosini ta'minlash yuzasidan viloyat prokurorining o'rinbosari R.N.Rahmatov tomonidan 18-fevral 2025-yilda Xatirchi tumanida amalga oshirilayotgan ishlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar bo'yicha tanqidiy muhokama qilinib, topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

19 Feb, 16:51


Президент Шавкат Мирзиёев энергия самарадорлигини ошириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по повышению энергоэффективности.

#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #samaradorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

19 Feb, 16:41


Хатирчи тумани ҳокимлигида Туман ҳокими ўринбосари, Оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи М.Раҳмонова, тарғибот гуруҳи раҳбари М.Пирматовалар иштирокида Хотин-қизлар ўртасида маънавий-маърифий тадбирларни мувофиқлаштириш бўйича тарғибот гуруҳлари фаолиятини ташкил этиш, ижтимоий маънавий муҳитни соғломлаштириш бўйича йиғилиш ўтказилди. Ўтказилган йиғилишда туманда, маҳаллаларда, оилаларда ижтимоий маънавий муҳитни соғломлаштириш, миллий, диний анъаналар ҳамда урф-одатларни сақлаш ва ривожлантириш орқали бағрикенглик ва ҳамжихатликни таъминлаш, тўй-ҳашамларни тартибга солиш масалалари юзасидан фикр мулоҳазалар билдирилди ва жорий йилда амалга оширилиши лозим бўлган вазифалар юзасидан чора-тадбирлар белгиланди.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

19 Feb, 15:36


Bugun Xatirchi tuman prokurori 2-sektor rahbari F.Norov sektor hududidagi "Mustaqillik" mahallasida uyma-uy yurib tomorqadan samarali foydalanib kelayotgan fuqarolarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi va mutasaddilarga kelgusida shunday namunali xonadonlarning sonini koʻpaytirish va bu borada targʻibot ishlarini olib borish boʻyicha topshiriqlar berildi.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

18 Feb, 14:50


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Кувайтдан Тошкентга қайтгач, Туркий давлатлар ташкилоти Оқсоқоллар кенгаши раиси, таниқли сиёсатчи, Туркия Республикасининг собиқ Бош вазири Бинали Йилдиримни қабул қилди.

По возвращении из Кувейта в Ташкент Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял председателя Совета старейшин Организации тюркских государств, известного политического деятеля и экс-Премьер-министра Турции Бинали Йылдырыма.

#Mirziyoyev #qabul #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

18 Feb, 14:40


▶️🟦🟦🟦 2️⃣3️⃣4️⃣

🫥 Тажриба алмашиш мақсадида борган ишчи гуруҳнинг навбатдаги манзили Самарқанд тумани, Деҳнав маҳалласида аҳоли даромадларини ошириш мақсадида "Бир маҳалла-бир маҳсулот" тамойили асосида амалга оширилаётган ишлар билан танишиш бўлди.

🫥Деҳнав маҳалласининг ихтисослашуви иссиқхоначилик фаолиятидан иборат бўлиб, ушбу маҳалланинг барча хонадонларида иссиқхоналар мавжуд.

📝📝📝📝📝📝📝📝

🫥 Tajriba almashish maqsadida borgan ishchi guruhning navbatdagi manzili Samarqand tumani, Dehnav mahallasida aholi daromadlarini oshirish maqsadida "Bir mahalla-bir mahsulot" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish bo‘ldi.

🫥 Dehnav mahallasining ixtisoslashuvi issiqxonachilik faoliyatidan iborat bo‘lib, ushbu mahallaning barcha xonadonlarida issiqxonalar mavjud.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

18 Feb, 14:30


MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

🟠 Tuman hokimining "Toshquloq" mahallasida bo'lib o'tgan sayyor qabulida fuqarolar tomonidan "Tamabaxrin" mahallasidagi 16-DMTT yonidagi tungi yoritish chiroqlarini almashtirib berilishini so'rab murojaat qilingan edi.

🟠 Ushbu murojaat tuman hokimi Umidjon Adizovning nazorati ostida, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ijobiy hal etilib, yangi chiroqlarga almashtirilib berildi.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

18 Feb, 14:19


▶️🟦🟦🟦 2️⃣3️⃣4️⃣
       #TURIZIM

🫥 Хатирчи туман ҳокими Умиджон Адизовнинг топшириғига асосан, тумандаги "Ангидон", "Кўксарой", "Бахшижар", "Оқтепа" маҳалла раислари туризимни ривожлантириш ҳамда тажриба алмашиш мақсадида Самарқанд шахрининг Конигил қишлоғида бўлди.

🫥 Бундан мақсад эса туманнинг "Ангидон", "Кўксарой", "Бахшижар", "Оқтепа" маҳаллаларини туризим қишлоғига айлантириш.

📝📝📝📝📝📝📝📝

🫥 Xatirchi tuman hokimi Umidjon Adizovning topshirig'iga asosan, tumandagi "Angidon", "Ko'ksaroy", "Baxshijar", "Oqtepa" mahalla raislari turizimni rivojlantirish hamda tajriba almashish maqsadida Samarqand shaxrining Konigil qishlog'ida bo'ldi.

🫥 Bundan maqsad esa tumanning "Angidon", "Ko'ksaroy", "Baxshijar", "Oqtepa" mahallalarini turizim qishlog'iga aylantirish.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

16 Feb, 05:10


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🔊 “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 1-mavsumi boshlandi

Bugun, 1-fevraldan “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 8–10-mart;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

16 Feb, 04:02


🌿 Toza havo va yashil muhit – tabiatingizga mehr bering! 🌎

🌳 Daraxt eking, kelajakka hissa qo‘shing!
Daraxtlar havoni tozalaydi, kislorod ishlab chiqaradi va atmosferadagi CO₂ miqdorini kamaytiradi. Har bir ekilgan nihol – sayyoramizga qo‘shilgan bir parcha hayot!

🌱 Uyingizni yashil maskanga aylantiring!
Xonadagi havoni toza saqlash va kislorod miqdorini oshirish uchun o‘simliklar eking. Aloe, tillarang dratsena yoki xlorofitum kabi o‘simliklar nafaqat ko‘zni quvontiradi, balki havoni ham tozalaydi!

🏠 Kimyoviy vositalardan voz keching!
Sun’iy kimyoviy moddalar atrof-muhit va sog‘lig‘imizga zarar yetkazadi. Shuning uchun tabiiy yuvish vositalari, ekologik toza mahsulotlardan foydalaning. Masalan, sirka va soda ko‘plab tozalash ishlarini a’lo darajada bajara oladi!

✔️Tabiat bizdan mehr kutadi! Uni asrash har birimizning burchimiz!

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

16 Feb, 02:58


Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан очиқ мулоқотида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

15 Feb, 17:43


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Кувайт Давлати Амири Шайх Мишъал ас-Сабоҳнинг таклифига биноан 17-18 февраль кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Эмира Государства Кувейт Шейха Мишааля ас-Сабаха 17-18 февраля посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Kuvayt #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

15 Feb, 17:22


#3_SEKTOR

🌟  Xatirchi tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari O.Ro‘zimurodov 2025 yil paxta ekish va kultivatsiya agrotexnikalarini amalga oshirishda qishloq xo‘jaligi uchun texnikalarni shayligini ta’minlash va texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo'yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tumanning Zarafshon va Abdiyev hududlarida  texnikalar holati o‘rganildi. Shuningdek qishloq xo‘jaligi texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish o‘z vaqtida soz holatga keltirish yuzasidan mas’ul xodimlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

📝📝📝📝📝📝📝

🌟 Хатирчи тумани ИИБ бошлиғи, 3-сектор раҳбари О.Рўзимуродов 2025 йил пахта экиш ва култивация агротехникаларини амалга оширишда қишлоқ хўжалиги учун техникаларни шайлигини таъминлаш ва техник кўрикдан ўтказиш бўйича олиб борилаётган ишлар юзасидан туманнинг Зарафшон ва Абдиев ҳудудларида  техникалар ҳолати ўрганилди. Шунингдек қишлоқ хўжалиги техникаларни техник кўрикдан ўтказиш ўз вақтида соз ҳолатга келтириш юзасидан масъул ходимларига тегишли топшириқ ва кўрсатмалар берилди.

🇺🇿Туман ҳокимлигининг расмий саҳифаларини кузатиб боришда давом этинг.

✍️ ХАТИРЧИ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ


🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

15 Feb, 15:31


“Менимча” телелойиҳасида бугун таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Ўзбекистон етакчисининг халқ манфаати йўлидаги сиёсий меҳнати тафсилотлари;
- “Соғлом инсон – соғлом миллат” ғояси умуммиллий ҳаракатга айланади;
- Президент Янги Ўзбекистон бунёдкорлари билан учрашди.


Кўрсатувни бугун, 15 февраль куни соат 20:10 да “O'zbekiston 24” телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 16 февраль куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

15 Feb, 14:53


▶️🟦🟦🟦 2️⃣3️⃣4️⃣
   
#TUMAN_HOKIMI_TOSHKENTDA
   
#TADBIRKORLAR_BILAN_UCHRASHUV

TOSHKENTDA FAOLIYAT YURITUVCHI XATIRCHILIK TADBIRKORLAR ISHTIROKIDA YANGI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI

⬜️ Barchamizga ma'lumki bugungi kunda Respublikamizning turli hududlarida Xatirchilik tadbirkorlar o'zlarining faoliyatini olib bormoqdalar.

Uchrashuvda Xatirchi tuman hokimi Umidjon Adizov Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilib, ular uchun tumanda ham munosib sharoit yaratib berishga tayyorligi va bu orqali tumanimiz iqtisodini yanada rivojlanishini ta'kidladilar.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

12 Feb, 04:37


☄️ Diqqat

Bugun (12 fevral 2025 yil) tumanning ayrim mahallalaridagi tarmoqlarda va transformator punktlarida ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Xatirchi tumanining - Angidon, Bunyodkor, Jaloyer, Mirzo Ulug'bek, Olmozor, Oq oltin, Fidokor, Koriz Arab, Paxtakor, Novja, Toshquloq, Xo'jaqulobod, Ikrom Karvon, Istiqlol, Ko'ksaroy, Tamabaxrin, Polvonota, Avoqli, Bog'chakalon, Zarafshon, Navro'z, Tinchlik, Yangiqurilish MFYlari soat 10:00 dan 13:00 gacha;

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ
Xatirchi tuman filiali matbuot xizmati


🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

11 Feb, 14:01


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Халқаро маслаҳат кенгаши экспертлари Альфред Гузенбауэр, Александр Квасьневский ва Штефан Фюлени қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял группу экспертов Международного консультативного совета в составе Альфреда Гузенбауэра, Александра Квасьневского и Штефана Фюле.

#Mirziyoyev #qabul #konsultantlar #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

11 Feb, 12:11


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Халқаро маслаҳат кенгаши экспертлари Альфред Гузенбауэр, Александр Квасьневский ва Штефан Фюлени қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял группу экспертов Международного консультативного совета в составе Альфреда Гузенбауэра, Александра Квасьневского и Штефана Фюле.

#Mirziyoyev #qabul #konsultantlar #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

11 Feb, 08:11


▶️#JARAYON
    
#YASHIL_MAKON

🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳

🌳XATIRCHIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDAGI KO'CHATLAR ZAXIRASI YARATILMOQDA

🫥Xatirchi tumani hokimi, 1-sektor rahbari Umidjon Adizov, tumani prokurori 2-sektor rahbari F.Norovlar bugun Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligidagi ko'chatlar zaxirasi bilan tanishdi.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳🌳

🌳ХАТИРЧИДА “ЯШИЛ МАКОН” УМУММИЛЛИЙ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ КЎЧАТЛАР ЗАХИРАСИ ЯРАТИЛМОҚДА

🫥 Хатирчи тумани ҳокими, 1-сектор раҳбари Умиджон Адизов, тумани прокурори 2-сектор раҳбари Ф.Норовлар бугун Хатирчи давлат ўрмон хўжалигидаги кўчатлар захираси билан танишди.

🇺🇿Туман ҳокимлигининг расмий саҳифаларини кузатиб боришда давом этинг.

✍️ ХАТИРЧИ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ


🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

11 Feb, 07:22


▶️🟦🟦🟦 2️⃣3️⃣4️⃣
🔔#APPARAT_YIGʼILISHI

💠Bugun, Xatirchi tuman hokimi Umidjon Adizov rahbarligida "Apparat yig'ilishi"da berilgan topshiriqlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, kambagʻal oilalarga biriktirilgan viloyat va tuman tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

🟫 Yig’ilishda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida qilinayotgan ishlar 1- bosqich holatini to'liq yakunlash va 2-bosqichni boshlash, hududni ishsizlikdan holi hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati, hamda xatlov jarayonida aniqlangan ishsizlarni platformaga kiritish masalalari muhokama qilindi.

💠 Shuningdek, yigʻilish davomida boshqaruv servis kompaniyalar ahvoli, kommunal toʻlovlardan qarzdorlik, ichimlik suvi qarzdorligini kamaytirish va muammoli kreditlarni soʻndirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, quyosh panellari o'rnatish bo'yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

Aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa xorijdan qaytgan migrantlarni ishga joylashtirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi, hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan vazifalar tahlil etildi.

Shuningdek, yigʻilish davomida tumandagi 70 ta mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, tadbirkorlarni jalb qilish orqali bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, tumanni ishsizlikdan holi hududga aylantirish,  banklarga belgilangan alohida yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar tashkil qilish, ogʻir turmush tarziga, moddiy va maʼnaviy koʻmakka muhtoj kambagʻal oilalarning yashash sharoitlarini tubdan oʻzgartirish va ularni kambagʻallikdan chiqarishga doir kunlik vazifalar ijrosi tahlil qilinib, bu bo'yicha mutasaddilarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

✏️Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan rahbarlar qattiq ogohlantirildi.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

11 Feb, 06:43


▪️🔴🔴

🔔#APPARAT_YIGʼILISHI

⚡️Apparat yig‘ilishidagi galdagi masala energetika tizimi, xususan muqobil energiya manbalari masalasi bo‘ldi. Mazkur sohada oqsoqlik mavjud bo‘lgan hududlar tanqid qilindi. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Navoiy viloyati filiali rahbari Bobur Islomovga yillik, oylik rejalarnining bajarilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlarni berish topshirig‘i berildi.

🔵Shuningdek, Yashil makon loyihasi doirasida bahorgi ko‘chat ekish ishlari boshlanganligi sababli bu sohaga e’tibor kuchliroq qaratish masalalari qo‘yildi. Hududlarda yashil belbog‘lar yaratish, barcha hududlarda rejadagi ko‘chatlar ekilishi ta’minlanishi qat’iy topshirildi. Ba’zi xususiy korxonalar tomonidan hududida bir dona ham daraxt ekilmaganligi qoralandi.

🔵Yig‘ilish so‘ngida qishloq xo‘jaligi masalalari, xususan paxta ekish, bu uchun yerlarni tayyorlash masalalari muhokama etildi. Texnikalarni tayyorlash vazifalari mas’ullarga yuklatildi.

🔵Apparat yig‘ilishi shu nuqtada o‘z ishini yakunladi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

🔔#АППАРАТ_ЙИҒИЛИШИ

⚡️Аппарат йиғилишидаги галдаги масала энергетика тизими, хусусан муқобил энергия манбалари масаласи бўлди. Мазкур соҳада оқсоқлик мавжуд бўлган ҳудудлар танқид қилинди. "Ҳудудий электр тармоқлари" АЖ Навоий вилояти филиали раҳбари Бобур Исломовга йиллик, ойлик режаларнининг бажарилиши юзасидан батафсил маълумотларни бериш топшириғи берилди.

🔵Шунингдек, Яшил макон лойиҳаси доирасида баҳорги кўчат экиш ишлари бошланганлиги сабабли бу соҳага эътибор кучлироқ қаратиш масалалари қўйилди. Ҳудудларда яшил белбоғлар яратиш, барча ҳудудларда режадаги кўчатлар экилиши таъминланиши қатъий топширилди. Баъзи хусусий корхоналар томонидан ҳудудида бир дона ҳам дарахт экилмаганлиги қораланди.

🔵Йиғилиш сўнгида қишлоқ хўжалиги масалалари, хусусан пахта экиш, бу учун ерларни тайёрлаш масалалари муҳокама этилди. Техникаларни тайёрлаш вазифалари масъулларга юклатилди.

🔵Аппарат йиғилиши шу нуқтада ўз ишини якунлади.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

06 Feb, 14:42


#Milliy_libos_milliy_gururimiz_timsoli

🏛 Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktab

📌Ixtisoslashtirilgan maktabda guruhlar kesimida milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylash hamda ularni kelajak avlodga singdirish, milliy boy madaniy merosni targʼib qilish maqsadida "Milliy libos barchaga yarashadi" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

⚡️ Maqsad: Urf-odatlarimizni oʼzida mujassam etgan milliy liboslarimizni kiyish, asrab-avaylash va milliy madaniyatimizni rivojlantirishdan iboratdir.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

06 Feb, 14:31


Президент Шавкат Мирзиёев кимё саноатида 2025 йилги режалар муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по обсуждению планов химической промышленности на 2025 год.

#Mirziyoyev #yigilish #sanoat #kimyo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

06 Feb, 14:23


#KITOBXONLIK

📚Xatirchi tuman Axborot-kutubxona markazi va "Uzbektelekom" AK  hamkorligida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan "Alisher Navoiy-milliy ma'naviyat va ezgulik timsoli" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

💠Mazkur tadbirda tuman AKM direktori v.v.b N. Haqnazarova  hamda "Uztelekom" AK direktori Izbosarov Nabijon Shamsiddinovich Alisher Navoiyning bebaho ijodi, uning milliy tafakkur va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr yuritdilar.

🔸 Davra suhbati davomida ishtirokchilar Navoiy asarlaridan parchalar o‘qib,  o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir ko'tarinki ruhda o‘tib, barcha qatnashchilarda buyuk mutafakkir merosiga nisbatan yana-da chuqur hurmat va e’tibor uyg‘otdi.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

06 Feb, 13:58


▶️#JARAYON

  
#QISHLOQ_XO'JALIGI_SOHASI

🫥 Ayni vaqtda Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov, viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi bo'yicha o'rinbosari S.Hikmatov hamda tuman qishloq xo'jaligi sohasiga aloqador tashkilotlar rahbarlari, fermer xo‘jaligi raislari ishtirokida bahorgi qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan uchrashuv o'tkazildi.

😮 Uchrashuvda 2025-yil hosili uchun g'alla maydonlarini oziqlantirish, agro texnik tadbirlarni o'z vaqtida sifatli bajarish, yer maydonlari atrofini obodonlashtirish va ariqlarni betonlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

😮 Shuningdеk, uchrashuvda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida har bir qarich yerdan samarali foydalanish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

06 Feb, 13:35


#Xatirchi tumani
#Mahallaning yosh navoiyxon qizlari tanlovi

Buyuk mutafakkir shoir, O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab tuman mahallalarida istiqomat qilayotgan 14-17 yosh hamda 18-25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar o‘rtasida Xatirchi tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamkorligida “Mahallaning yosh navoiyxon qizlari” an’anaviy kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilar 4 shart asosida sinovdan o‘tdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra tuman bosqichida faxirli 1-o‘rinni egallagan Begmurodova Farangiz Botir qizi,Quvondiqova Oyjamol Salohiddin qizi viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, tuman hokimligining diplomi va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

01 Feb, 16:14


“Менимча” телелойиҳасида бугун таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Ўзбекистон етакчисининг халқ манфаати йўлидаги машаққатли сиёсий меҳнати;
- Томорқа масаласи ҳам – Президент сиёсати, у озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш, аҳоли даромади ва экспортни кўпайтиришнинг муҳим омили;
- Президент Шавкат Мирзиёев Ислом цивилизацияси марказида олиб борилаётган ишлар билан танишди.


Кўрсатувни бугун, 1 февраль куни соат 20:10 да “O'zbekiston 24” телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 2 февраль куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

01 Feb, 15:01


▶️#JARAYON
     
#TIBBIY_KO'RIK

🗣️Tuman hokimi Umidjon Adizovning 30-yanvar kuni "Navro'z" va "Yangi qurilish" mahallalarida o'tkazilgan sayyor qabulida aholi tomonidan qilingan murojaat yuzasidan Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasining malakali mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tibbiy ko'rikda 11 nafar tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari qatnashdi. UTT, EKG va laborator tahlillar o'tkazildi.  Jumladan, "Navro'z" mahallasidan 254 nafar va "Yangi qurilish" mahallasidan 218 aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘riklar natijasida aholining 41 nafarida kasallik aniqlanib, 46 nafari statsionar va 5 nafariga tuman markaziy shifoxonasida davolanish uchun yo'llanma  berildi.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

01 Feb, 14:41


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🩶Bugun Respublika Yoshlar ishlari Agentligi Markaziy apparati mas’ul xodimlari hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi, Xatirchi tumani hokimi va bir qator mutasaddi vakillar tumanda “Yoshlar markazi”ni barpo etish va “Yoshlar bog'i” faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha loyiha smetalarini ko'zdan kechirishdi.

🩶Mazkur yangilik yoshlar uchun manfaatli loyihaga aylanadi. Boisi, dastur toʻliq yakuniga yetgach, bunda yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda IT va zamonaviy kasblarga o'qitish , shu qatorda yoshlarning maroqli dam olishlarini ta'minlash ko'zda tutilgan.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

01 Feb, 13:56


▶️#JARAYON
     
#TOMORQADAN_SAMARALI_FOYDALANISH

✔️ Bugun tuman hokimi Umidjon Adizov 1-sektor hududidagi "Bog'chakalon" mahallasida yashovchi xonadonlarda bo'ldi.

🔹Xatirchi tumani 1-sektor hududidagi “Bog'chakalon” mahallasida 625 xonadon bo‘lib, aholi xonadonlaridagi tomorqa yer maydoni 62.4 gektarni tashkil qiladi.

📌 Bugunning eng dolzarb masalalaridan biri — kambag'allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash, shu orqali oilalarning daromadini oshirishdan iborat. Bu yo'lda aholi tomorqa yеr maydonlaridan unumli foydalanishini yo'lga qo'yish — eng samarali usul sanaladi deydi tuman hokimi.

Ayrimlar hovlisidagi bir parcha yеrga uzum va mеvali daraxtlar o'stirib, turli xildagi poliz ekinlaridan ekib tomorqadan unumli foydalanayotgan bo'lsa, yana kimdir tovuq, quyon, asalari parvarishlab, undan yaxshigina daromad olishga harakat qilayapti.

✔️Afsuski, tomorqadan unumli foydalanmay, yеrning umrini bеhuda o'tkazayotganlar ham yo'q emas. Hozir fursatni boy bеrmay, kaftdеk yеrni ham bo'sh qoldirmasdan, erta bahorgi ekinlar ekish uchun yerni tayorlash pallasi. Shu boisdan Xatirchi tuman hokimligi tomonidan xonadonma-xonadon yurib, aholi tomorqalariga anjir, limon va xurmo ko'chatlaridan ekib tomorqa yеrlaridan samarali foydalanish yuzasidan tushuntirish-targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

📌 Tuman hokimi shu yerning o'zida mahalla yettiligiga “Bog'chakalon” mahallasidagi tomorqalardan samarali foydalanish, aholining bandligini ta’minlash, mahalla hududida tadbirkorlikni rivojlantirish, bo'sh ish o'rinlarini yaratish, "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida barcha ijtimoiy ahvoli ogʻir bo'lgan aholiga e'tibor qaratish kerakligi to'g'risida topshiriqlar berdi.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

01 Feb, 13:42


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🔊 “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 1-mavsumi boshlandi

Bugun, 1-fevraldan “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 8–10-mart;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

27 Jan, 17:14


#ANGIDON_EKOTURIZM

🏔 ANGIDON QISHLOG'I - XATIRCHI TUMANI HUDUDIDAGI AHOLI DAM OLISHI UCHUN AJOYIB MANZIL
🌿

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

27 Jan, 16:00


Президент Шавкат Мирзиёев “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилининг давлат дастури лойиҳаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по проекту Государственной программы «Года охраны окружающей среды и «зеленой экономики».

#Mirziyoyev #yigilish #davlatdasturi #yashiliqtisodiyot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

27 Jan, 14:02


#2025_yil_1_fevraldan

🔖Qonunchilikka muvofiq, 2040-yil 1-yanvargacha jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo'lgan IT-park rezidentlarining ta'sischilari (ishtirokchilari) – O'zbekiston norezidentlari bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i hamda foyda solig'ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

27 Jan, 13:13


🔹 Qanday kasblarga vaucher asosida bepul o‘qish mumkin?

1-fevraldan boshlab vaucher tizimi asosida fuqarolarga kasb-hunarga o‘qish xarajatlari qoplab beriladi. Vaucherni olish uchun murojaatlar hududlardagi bandlikka ko‘maklashish markazlari orqali qabul qilinadi.

O‘qish to‘lovlarini qoplashda yosh chegarasi mavjud emas. Fuqarolar o‘quv markazlaridagi 35 ta til va kasblarga bepul o‘qishlari mumkin.

Batafsil: https://yoshlarkelajagimiz.uz/qanday-kasblarga-vaucher-asosida-bepul-oqish-mumkin-royxat/

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

27 Jan, 13:09


#Jarayon

🔰 Xatirchi tumanidagi “Guliston” mahallasida gaz taʼminoti tizimi "Aqlli mahalla" loyihasi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, gaz quvurlari va tirgaklari tartibga keltirilmoqda.

✍️"Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

hududgaz.uz  / Telegram /  You tube / facebook /  Instagram

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

27 Jan, 13:09


“GULISTON” MAHALLASIDA ISH QIZG‘IN

Maʼlumki, Xatirchi tumanida "Aqlli mahalla" loyihasiga ko‘ra, “Guliston” mahallasi tanlangan edi. Ayni kunda bu yerda “Xatirchitumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan qizg‘in ish jarayonlari olib borilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida keltirish joiz, MFYda tabiiy gaz isteʼmolchilari soni 535 tani tashkil etadi. Hududdagi isteʼmolchilar gaz taʼminoti uch bosqichlidan ikki bosqichliga o‘tkazilgan.
Gazchilar mahalladagi tartibsiz gaz quvurlarini tartibga keltirish, gaz quvuri tirgaklarini sozlash va boshqa belgilangan vazifalarni uyushqoqlik bilan bajarishmoqda. Yer usti o‘rta bosimli turli diametrdagi gaz quvurlari va tirgaklarini estetik jihatdan tartibga solish ishlarida gazchilar jonbozlik ko‘rsatishmoqda.


✍️"Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

hududgaz.uz  / Telegram /  You tube / facebook /  Instagram

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

26 Jan, 16:38


#JARAYON
     
#MAHALLALARDA
     
#OBODONLASHTIRISH

✔️Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizovning topshirig'iga asosan 1-sektor hududidagi "Ko'ksaroy" mahallasida bugungi kunda aholi tomorqalari erta bahorgi ekinlar ekish uchun tayyorlanmoqda. Ariqlarni esa qazish, tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

26 Jan, 10:59


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ипотека дастури доирасида 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун режалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

26 Jan, 10:26


#2025_yil_1_fevraldan

⚡️ Qonunchilikka ko'ra, 2030-yil 1-yanvargacha eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSH dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini ko'rsatgan, O'zbekiston bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish to'g'risida bitim tuzilmagan davlatlarning yuridik shaxslari ushbu kalendar yil yakunigacha foyda solig'idan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

26 Jan, 08:47


Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятидаги "Амирсой" курорт мажмуасида Қирғизистон Президенти Садир Жапаров билан норасмий учрашув ўтказди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев провел неформальную встречу с Президентом Кыргызстана Садыром Жапаровым в курортном комплексе «Амирсой» в Ташкентской области.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Qirgiziston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

26 Jan, 04:29


#Navoiy viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlovlar e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Navoiy viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

▪️ Navoiy viloyati holimligi:
- Ichki audit xizmati bosh mutaxassisi;

▪️Xatirchi tumani hokimligi:
- “Koriz Arab” mahallasidagi hokim yordamchisi;
- "Changir" mahallasidagi hokim yordamchisi;
- "Langar" mahallasidagi hokim yordamchisi;
- "Uyshun" mahallasidagi hokim yordamchisi;
- "Galabek" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Qiziltepa tumani hokimligi:
- "G'amxo'r" mahallasidagi hokim yordamchisi;
- "Xo'jaqo'rg'on" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Uchquduq tumani hokimligi:
- Kokpatas mahallasidagi hokim yordamchisi;
- Abay mahallasidagi hokim yordamchisi;
- Uzunquduq ovulidagi hokim yordamchisi;

❗️Arizalar 25.01.2025-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

▪️ Agentlikning Navoiy viloyati filiali — 79-223-84-16

▪️ Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

▪️ Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

25 Jan, 14:33


“Менимча” телелойиҳасида бугун таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Ўзбекистон етакчисининг инсон қадрини тиклаш ва улуғлаш сиёсати;
- Президент ҳузурида инсон саломатлигига дахлдор муҳим масалалар муҳокамаси;
- Маҳаллалар осойишталиги – мамлакат тинчлигининг бош омилларидан бири;
- Уй-жой қурилиши ва ипотека бўйича Ўзбекистоннинг миллий тизими вужудга келмоқда.


Кўрсатувни бугун, 25 январь куни соат 20:10 да “O'zbekiston 24” телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 26 январь куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

25 Jan, 13:37


▶️#JARAYON

⚡️Xatirchi tuman hokimi Umidjon Adizov tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

➡️Uchrashuv davomida "Yangi O‘zbekiston" massividan "Kichik sanoat zonasi"gacha yo'l atrofida joylashgan xususiy tadbirkorlar o'zlarining hududlari atrofini obodonlashtirish va tartibga keltirish, tuman ko‘chalarini chiroyli va tartibli qilish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.

➡️Tuman hokimi U.Adizov tadbirkorlarga atrofidagi hududlarni estetik jihatdan go‘zallashtirish, ozodalikni saqlash hamda umumiy muhitni yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar berdi.

💠Bu tashabbus tumanning ko‘rkamligini oshirish va aholi uchun qulay muhit yaratish maqsadida amalga oshirilishi taʼkidlandi.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

25 Jan, 13:35


#2025_yil_1_fevraldan

✔️Qonunchilikka ko'ra, og'ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko'magisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo'lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo'lga qo'yiladi.

🌐“Onalar maskani”da:

▪️og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to'lmagan) 1 yilgacha bo'lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta'minlanadi;

▪️og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko'nikmalar shakllantiriladi;

▪️"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta'minlashga ko'maklashadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

25 Jan, 13:12


▶️#JARAYON
     
#Kichik_sanoat_zonasi

Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov "Kichik sanoat zonasi"dagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda Xatirchi tumanidagi "Kichik sanoat zonasi"da o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yayotgan tadbirkorlar qatnashdi.

Tadbirkorlarga ushbu faoliyatini yo'lga qo'yishda har qanday to'siqlar bo'lsa ularga davlat o'zi yordamchi bo'lishligi va davlat tomonidan belgilangan imtiyozlar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tildi.

Tuman hokimi U.Adizov tomonidan "Kichik sanoat zonasi"dagi tadbirkorlar sonini ko'paytirish, qo'shimcha ish o'rinlari yaratish, qo'shimcha investitsiyalar kiritish, chet ellik investorlarni jalb qilish, ishlab chiqarish korxonalarini ko'paytirish, asosiysi tuman aholisini ish bilan taminlash va tumanda ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga qaratilganligi to'g'risida fikrlar bildirdi.

💢 Shu bilan birga, sanoat tarmog‘ida mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va infratuzilma sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu uchrashuvlar va muloqotlar, tadbirkorlar uchun o‘z fikrlarini bildirish, muammolarni yechish uchun yangi imkoniyatlar yaratish, shuningdek, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Tuman hokimligining rasmiy sahifalarini kuzatib borishda davom eting.

✍️ XATIRCHI TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

09 Jan, 11:32


🧷“Ўзбекистон – 2030” стратегиясини “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилида амалга ошириш бўйича давлат дастури ва уни тасдиқлаш тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳалари ишлаб чиқилиб, кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.

🔴Давлат дастури лойиҳасида 5 та устувор йўналиш бўйича 2025-йил учун амалий чора-тадбирлар, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхати ва мақсадли кўрсаткичлар назарда тутилмоқда.

🔴Лойиҳада атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” масалалари, шунингдек ижтимоий-иқтисодий, давлат бошқаруви, суд-ҳуқуқ, хавфсизлик ва ташқи сиёсат йўналишларида 2025-йилга мўлжалланган кенг кўламли ислоҳотлар назарда тутилган.

🟠Лойиҳа 2025-йил 22-январга қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.

❗️“Тараққиёт стратегияси” маркази барча юртдошларимиздан 2025-йилги Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этиб, ўз таклифларини Марказнинг махсус uzbekistan2030.uz онлайн портали орқали билдиришларини сўрайди.


Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

09 Jan, 11:24


📊 KOMPYUTERLAR VA MAISHIY TOVARLARNI TA’MIRLASH XIZMATLARI HAJMI QANCHA?

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatida kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari hajmi 259,6 mlrd soʻmga yetdi. 2023- yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi boʻyicha oʻsish surʻati 106,2 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlar hajmi (mlrd soʻm).

Navoiy shahri – 64,9 mlrd

Zarafshon shahri – 22,1 mlrd

Gʻozgʻon shahri – 1,6 mlrd

Qiziltepa tumani – 20,3 mlrd

Karmana tumani – 20,8 mlrd

Navbahor tumani – 8,1 mlrd

Uchquduq tumani – 6,2 mlrd

Nurota tumani – 11,1 mlrd

Konimex tumani – 5,4 mlrd

Tomdi tumani – 1,5 mlrd

Xatirchi tumani – 18,4 mlrd.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

09 Jan, 10:04


Navoiy viloyati bo'yicha 1689 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqariladi

🔷 Navoiy shahridan 2 ta (ko'rish)
🔷 Zarafshon shahridan 26 ta (ko'rish)
🔷 G'ozg'on shahridan 90 ta (ko'rish)
🔷 Karmana tumanidan 522 ta (ko'rish)
🔷 Konimex tumanidan 57 ta (ko'rish)
🔷 Qiziltepa tumanidan 222 ta (ko'rish)
🔷 Navbahor tumanidan 162 ta (ko'rish)
🔷 Nurota tumanidan 127 ta (ko'rish)
🔷 Uchquduq tumanidan 55 ta (ko'rish)
🔷 Tomdi tumanidan 142 ta (ko'rish)
🔷 Xatirchi tumanidan 292 ta (ko'rish)

Batafsil ma'lumot olish uchun:
☎️ Tel: 99-207-36-02, 99-207-26-02
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Manzil: Navoiy shahri S.Ayniy 27
Mo'ljal: Davlat xizmatlari markazi

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

09 Jan, 09:15


"АЁЛЛАР ДАФТАРИ" БЎЙИЧА ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ

Хатирчи туман ҳокимлиги залида “Аёллар дафтари” тизимининг 5-босқичи доирасида 2024
йил давомида амалга оширилган ишлар таҳлили ҳамда 2025 йилда амалга ошириладиган вазифалар тўғрисида очиқ мулоқот ўтказилди.

Ушбу мулоқотда туман ҳокимининг биринчи ўринбосари Улуғбек Бахриддинов, ҳоким ўринбосари Манзура Раҳмонова, "Аёллар дафтари" бўйича бўйича Навоий вилоятига масъул Тўхтамурод Бозоров, Ўзбекистон Республикаси касаба уюшмалари федерациясининг Навоий вилоят кенгаши раиси Назира Тоғаева, тегишли туман ташкилотлари ва маҳаллалар еттилиги иштирок этишди.

Мулоқот давомида "Аёллар дафтари" бўйича туманда 2024 йилда бажарилган ишлар ва 2025 йилда  амалга ошириладиган вазифалар тўғрисида маълумотлар берилди.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

09 Jan, 08:49


ХАTIRCHI TUMANINING BA’ZI HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

“Chinobod” MFY Xatirchi-Galabek yo‘nalishida o‘rnatilgan EGHUni joyidan yechib olish va Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish va yer osti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish uchun joriy yil 9-yanvar kuni soat 13-00 dan 17-00 gacha “Chinobod”, “Binokor”, “Damariq”, “Navbahor”, “Do‘stlik”, “Fidokor”, Yangirabod", “Mustaqillik”, "Chechak ota", “Bog‘ishamol”, “Qoracha”, “Dehqonobod”, “Mirishkor”, “Galabek” MFYlaridagi 3476 ta aholi va 55 ta ulgurji isteʼmolchilarga vaqtinchalik tabiiy gaz taʼminoti to‘xtatilishini maʼlum qilamiz.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.

✍️ "Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

09 Jan, 04:38


🤩🤩🤩⚫️ 🤩🤩🤩⚫️ 🤩🤩🤩  ❗️

2-БОСҚИЧ

🎙 Дилфуза Гулямова, "Правда Востока" газетаси вилоят мухбири

🔥Йил давомида энг самарали фаолият олиб борган ҳудуд ҳокими?
— Хатирчи тумани ҳокими Умиджон Адизов.

🔥Йилнинг энг яхши тадбиркори? (эркаклар ўртасида)
— Улуғбек Файзиев, "Zarafshan Golden Group"  компанияси таъсисчиси.

🔥Йилнинг энг яхши тадбиркори? (аёллар ўртасида)
— Шахноза Каримова, "Барака нон Навоий"  МЧЖ раҳбари.

🔥Вилоят аҳолисига 2024 йил давомида энг яхши хизмат кўрсатган банк?
— Ипак йўли Банки.

🔥Йилнинг энг самарали фаолият юритган бошқармаси?
— Туризм бошқармаси.

🔥Йил Қурувчиси ким?
—  Жўрабек Холиқов - "Тинчлик" қурилиш ва хизмат кўрсатиш компанияси раҳбари.

🔥Сизнингча, йил янгилиги қайси?
—  Элбек Султонов Паралимпия ўйинлари чемпиони бўлганлиги.

Вилоятимизнинг энг ҳурматлилари эътирофларини ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз орқали кузатишда давом этинг.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

08 Jan, 16:13


#milliy_kontent

Aka-uka...

Ahil-inoq bo'lish uchun kimdir o'lishi kerakmi?

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

MENING XATIRCHIM

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

08 Jan, 15:41


Туман ҳокими биринчи ўринбосари У.Бахриддинов томонидан туманда аҳоли даромадларини ошириш ва уларнинг бандлигини таъминлаш бўйича озиқ-овқат маҳсулотлари етиштириш мақсадларида фуқароларга ижарага берилган ер майдонлари ва қишлоқ хўжалиги учун сув ресурсларидан самарали фойдаланиш ҳолати соҳа масъуллари билан танқидий кўриб чиқилди.

Бу борада масъулларга юкланган вазифалар ижросидаги мавжуд камчиликлар кўрсатилиб, уларни бартараф этиш бўйича топшириқ ва кўрсатмалар берилди.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

04 Jan, 14:08


YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI- MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXRI!

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

04 Jan, 11:26


Телеграм мессенжерида гўёки Янги йилга ёки бошқа фойдаланувчи томонидан совға сифатида юборилаётган 1 йиллик муддатга Telegram Premium обунасини фаоллаштириш сўралган сохта ҳаволали маълумотлар тарқатилмоқда. Ушбу зарарли ҳаволаларда фойдаланувчи қурилмасидаги барча аккаунтлар ва шахсий маълумотларни қўлга киритиш имконини берувчи вируслар бўлиши мумкин.

Фуқароларни бу каби сохта ҳаволаларга кирмасликка, виртуал фирибгарлардан огоҳ бўлишга чақирамиз.

‼️ Эслатиб ўтамиз, аҳоли ўртасида ёлғон ахборот тарқатганлик учун жавобгарлик мавжуд.

https://t.me/hudud_inform

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

04 Jan, 08:54


Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли қарорига асосан 2025 йил 1 январдан Навоий вилояти жумладан, Хатирчи тумани ҳар бир даволанган ҳолат буйича молиялаштирувчи суғурта тизимига ўтган.

Юқоридагиларни инобатга олиб туман марказий шифохонасига режали даволаниш вақти яшаш манзилдаги оилавий шифокордан йулланма асосида шахсни тасдиқловчи ҳужжат билан ташриф буюришларингиз сўралади.

Аксинча ҳолатда даволаниш пуллик хизмат асосида амалга оширилади. (Шошилинч ва кечиктириб бўлмас ҳолатлар бундан мустасно).

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

04 Jan, 05:32


«Диёр 24». Хатирчи туманидаги фермер хўжалигига чорвачиликни ривожлантириш учун наслдор чорва моллари олиб келинди.
@Navoiy_trk

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

04 Jan, 05:21


ХАTIRCHI TUMANINING BA’ZI HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Xatirchi tumani " Yangirabod", "Do‘stlik" MFY lari hududidagi D-57 mm li yer usti gaz quvurlarida taʼmirlash va ishga tushirish maqsadida 2025 yil 4- yanvar kuni soat 13-00 dan 17-00 gacha  tuman markazi yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasidan "Yangirabod", "Do‘stlik", "Farovon" MFY lari hududidagi 785 ta aholi va 2 ta ulgurji isteʼmolchilarga vaqtinchalik tabiiy gaz ta'minoti to'xtatilishini ma'lum qilamiz.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.

✍️ "Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

03 Jan, 18:31


Президент Шавкат Мирзиёевга “2025 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида”ги қонун ижросини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о мерах по обеспечению исполнения Закона «О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2025 год».

#Mirziyoyev #taqdimot #moliya #byudjet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

03 Jan, 18:31


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Туркистон жадидлик ҳаракатининг асосчиси, атоқли адиб ва жамоат арбоби, ношир ва педагог Маҳмудхўжа Беҳбудий таваллудининг 150 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 150-летия со дня рождения основателя джадидского движения в Туркестане, выдающегося писателя, общественного деятеля, издателя и педагога Махмудходжи Бехбуди"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

03 Jan, 14:58


OILA-JAMIYATNING ASOSIY BUG'INI UNI ASRAB AVAYLASH KERAK!

Xatirchi tumani Fuqarolik ishlari boyicha tuman sudi xodimlari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i M.Rahmonova, otinoyilar, mahalla xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda tumandagi "Xojaqorgon" mahallasi binosida 5 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar muhokama qilindi.

Ko'rilgan ishlardan 2 ta oila yarashtirildi, yana bir bora oila muqaddasligi tushuntirildi, 3 ta taraflarga o'ylab ko'rish hamda oilasini saqlab qolish uchun muddat tayinlandi. "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash kurslarida" o‘qiyotgan bo‘lajak yosh kelin-kuyovlarga "Oila-baxt qo‘rg‘oni" kabi mavzularda davra suhbatlari o‘tkazildi va kursni tamomlagan 2 juft yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

03 Jan, 11:37


NAVOIY VILOYATIDA QANCHA ARGON ISHLAB CHIQARILGAN?

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda yirik korxonalar tomonidan jami 1 167,2 ming m³ argon ishlab chiqarildi. Argon ishlab chiqarish sanoati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 m. ga ko‘paydi.

Rasmiy sahifalar

| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

03 Jan, 10:47


Президент Шавкат Мирзиёевга банклар иштирокида маҳаллаларда аҳоли бандлигини таъминлаш ва даромадини ошириш чора-тадбирлари бўйича ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о мерах по обеспечению занятости населения и повышению доходов в махаллях с участием банков.

#Mirziyoyev #taqdimot #banklar #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

26 Dec, 19:25


Узум етиштиришнинг Хатирчи тажрибаси ўрганилмоқда

Учқора майизи довруғи узоқ манзилларга ёйилган. Ҳар йили токзорлардан катта миқдорда ҳосил йиғиб олинади. Ҳосилнинг асосий қисмини эса майиз, яъни қора кишмиш ташкил этади.

Хатирчи туманида узум ва майиз етиштиришда билим ва кўникмаларни ошириш бўйича Қорақалпоғистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазири тегишли қишлоқ ва сув хўжалиги масалалари бўйича ҳоким ўринбосарлари, ўзаро тажриба алмашиш мақсадида тумандаги Учқора ва Мирдош МФЙлардаги аҳоли хонадонларида бўлиб узум ва майиз етиштириш бўйича тажриба алмашишди.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

26 Dec, 11:12


HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHIVI

“O‘zbekiston yoshlari forumi-2024” doirasida Xatirchi tumani hokimligida  hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”da erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi.

Tadbirda tuman hokimi U.Adizov so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar boʻlib ulgʻayishi yoʻlida yurtimizda yaratib berilayotgan barcha shart-sharoitlar to‘g'risida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, "Hokim va yoshlar uchrashuvi"da yoshlarning talab va takliflari atroflicha tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Tadbir yakunida Respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqa va tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlarga tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Xatirchi tumani hokimligi
axborot xizmati

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

26 Dec, 10:50


Xatirchi tuman prokurori 2-sektor rahbari F.Norov sektor hududidagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi.

   Xususan, sektor hududidagi "Mustaqillik" MFYda joylashgan 1 gektar yer maydoniga issiqxona barpo etgan "Bussines Gold 777" MChJ rahbari bilan uchrashib mavjud muammolar bilan tanishib, hamsuhbat bo'ldi.

    Mazkur issiqxonada hozirda 20 ming dona pomidor ko'chatlari ekilgan bo'lib hozirda hosilga kirish arafasida ekanligini hamda bugungi kunda 15 nafar ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlagan ushbu tadbirkor kelgusida faoliyatini yanada kengaytirishni rejalashtirganligini bildirdi.

  Shunigdek, sektor rahbari tadbirkor bilan suhbat chog'ida uning faoliyatini rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalarini berdi.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

26 Dec, 09:05


XITOYLIK INVESTORLAR XATIRCHI TUMANIDA

🇺🇿🇨🇳Xabaringiz bor Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan “Oʻzbekiston-Xitoy biznes forumi” doirasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yuzasidan ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishilgan edi.

Tuman hokimi Umidjon Adizov Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlarni qabul qilib, baliqchilik, ipakchilik o‘simliklar karantini bo‘yicha yangi loyihalarning amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xatirchi tumanida yaratilgan qulay investitsiya muhiti va sanoat salohiyati hamda investorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, investorlar tuman hokimi hamrohrigida "Kichik sanoat zonasi"dagi "Fayzkom" tikivchilik korxonasi faoliyati, issiqxonalar va baliq yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

08 Dec, 04:43


Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish, ish o‘rni va investitsiyani ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
#7dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

08 Dec, 04:26


🤩🤩🤩🤩🤩🤩

🇺🇿 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ КОНСТИТУЦИЯСИ - 32 ЁШДА

🪶Ҳурматли юртдошлар, азиз ҳамкасблар ва қадрли ватандошлар!

Бугун биз Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси қабул қилинган тарихий кунни нишонлаяпмиз. Ушбу кун — юртимизда ҳуқуқий давлат ва демократик жамият қуриш йўлида қўйилган муҳим қадамлардан биридир. Конституция, нафақат бизнинг асосий ҳуқуқий ҳужжатимиз, балки ҳар бир фуқаронинг ҳуқуқ ва эркинликларини кафолатлайдиган, адолат ва тенгликни таъминлайдиган ягона асосдир.

Бугунги кун одами давлатимизнинг ҳуқуқий пойдевори, бизни бирлаштирувчи куч бўлмиш Қомусимизнинг аҳамиятини чуқур англаяпти, десам муболаға бўлмайди. Вилоятимизда, айниқса, барча фуқаролар ва ташкилотларда ҳуқуқий маданиятни шакллантириш, Конституциянинг тамойилларини амалиётда ҳаётга тадбиқ этиш борасида катта эътибор қаратилмоқда. Бизнинг бурчимиз — ушбу қадриятларни ҳар куни амалда кўрсатиш, халқимизга тўлиқ ҳуқуқий ҳимоя ва адолатни таъминлашдир.

Асосий Қонунимизнинг 32 йиллиги муносабати билан, Сизларга мустаҳкам соғлиқ, фаровонлик, тинчлик ва юртимизнинг юксалишига ҳисса қўшишда муваффақиятлар тилайман! Мамлакатимизда тинчлик, барқарорлик ва тараққиёт бардавом бўлсин!

Байрамингиз муборак, азизлар!

🪶Ҳурмат билан Нормат Турсунов,
Навоий вилояти ҳокими, сенатор

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Dec, 16:07


"Диёр 24". Ёнғин хавфсизлиги ойлиги тарғиботи.
@Navoiy_trk

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Dec, 14:56


“Менимча” телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Ўзбекистон етакчиси Бўстонлиқ туманидаги туристик объектлар билан танишди;
- Президент ташаббуси: кичик гидро электр станцияларининг катта истиқболи;
- Янгиланган Конституциямиз Янги Ўзбекистоннинг инклюзивлиги учун ҳам мустаҳкам пойдевордир.


Кўрсатувни бугун, 7 декабрь куни соат 20:10 да “O'zbekiston 24” телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 8 декабрь куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Dec, 12:47


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида аҳолини талаб юқори бўлган касбларга ўқитиш ва даромадли иш билан таъминлаш чора-тадбирлари бўйича кенгайтирилган йиғилиш ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось расширенное совещание по мерам обучению населения востребованным профессиям и обеспечению высокооплачиваемой работой.

#Mirziyoyev #yigilish #kasbiytalim #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Dec, 12:13


KONSTITUTSIYA - ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI

Xatirchi
tumanida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya- erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, sektorlar, tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Baxriddinov ochib berib, tuman hokimining bayram tabrigini o'qib eshittirdi.

Bayram tadbiri davomida tuman madaniyat bo‘limining  xushovoz xonandalari, tumandagi iqtidorli yoshlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi
.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Dec, 11:35


TADBIRKORLARGA MADADKORLIK

Bugun Xatirchi tumanida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Baxriddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili hamda tuman tadbirkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.


Ushbu uchrashuvda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, har bir murojaat atroflicha muhokama qilinib, yechimi boʻyicha aniq choralar belgilandi hamda bildirilgan murojaatlarning aksariyatlariga huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

03 Dec, 15:58


ISHCHI GURUHI FAOLIYATIDAN

Xatirchi tumanidagi mahallalarda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlarini qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o'rganish va amaliy yordam ko'rsatish bo'yicha tuman ishchi guruhi tomonidan tumanning 1-sektor hududida joylashgan “Novja” mahallasida yashovchi aholining mavsumga tayyorgarlik holati o'rganildi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

Shuningdek, is gazidan zaharlanish va shu kabi favqulotda holatlarni oldini olish bo'yicha fuqarolarga tushunchalar berildi.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

03 Dec, 15:47


🍎🍎🍎🍎🌹🍎🍎

🇺🇿🇨🇳#ХИТОЙ_САФАРИ

Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов бошчилигидаги
делегация кундалиги - 4-кун

💙Делегация Фуцзянь провинцияси Фучжоу шаҳрига етиб келди

💙Навоий - Фучжоу инвестиция форуми бошланди

💙Навоий - Фучжоу инвестиция форуми доирасида вилоят делегацияси томонидан бир қанча ҳамкорлик келишувларига эришилди

💙 Фучжоудаги Putian Jindaogu Jewellery Co., Ltd. олтинни қайта ишлаш корпорациясига ташриф

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

03 Dec, 15:45


#XUSHXABAR!

🎖️Xatirchi tumani “𝗕𝗼𝗴'𝗰𝗵𝗮𝗸𝗮𝗹𝗼𝗻”mahallasi yoshlar yetakchisi Ulug'bek Ergashev “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun” “𝗔MIR TEMUR” 𝗸𝗼'𝗸𝗿𝗮𝗸 𝗻𝗶𝘀𝗵𝗼𝗻𝗶 bilan taqdirlandi.

⚡️Ulug’bek Ergashevni kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

03 Dec, 13:34


#ХИТОЙ_САФАРИ
#ТЎРТИНЧИ_КУН

🇺🇿🇨🇳Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов бошчилигидаги делегация Фучжоудаги Putian Jindaogu Jewellery Co., Ltd. олтинни қайта ишлаш корпорациясида бўлди.

Корпорациянинг Хитой бўйлаб жами 6 та ишлаб чиқариш заводи бўлиб, 800 турдаги заргарлик буюмларини тайёрлашга ихтисослашган. 100 га яқин савдо тармоқлари билан ҳамкорлик қилади. Хомашё асосан Шанхай савдо биржасидан сотиб олинади. Корпорация умумий ҳисобда йилига 50 тоннага яқин олтинни қайта ишлаш қувватига эга.

Вилоятимиз делегацияси томонидан мазкур компания билан ҳамкорликда Навоий вилоятидаги олтин конларини ўзлаштириш ва заргарлик буюмларини ишлаб чиқаришга мўлжалланган объектлар ташкиллаштирилишига келишилди.


👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


📝📝📝

#XITOY_SAFARI
#TOʻRTINCHI_KUN

🇺🇿🇨🇳Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Fuchjoudagi Putian Jindaogu Jewellery Co., Ltd. oltinni qayta ishlash korporatsiyasida bo‘ldi.

Korporatsiyaning Xitoy bo‘ylab jami 6 ta ishlab chiqarish zavodi bo‘lib, 800 turdagi zargarlik buyumlarini tayyorlashga ixtisoslashgan. 100 ga yaqin savdo tarmoqlari bilan hamkorlik qiladi. Xomashyo asosan Shanxay savdo birjasidan sotib olinadi. Korporatsiya umumiy hisobda yiliga 50 tonnaga yaqin oltinni qayta ishlash quvvatiga ega.

Viloyatimiz delegatsiyasi tomonidan mazkur kompaniya bilan hamkorlikda Navoiy viloyatidagi oltin konlarini o‘zlashtirish va zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan obyektlar tashkillashtirilishiga kelishildi.


👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

16 Nov, 13:30


XATIRCHIDA "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI QIZG'IN DAVOM ETMOQDA

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning rahbar va xodimlari ko'chat ekishda faol qatnashmoqda.

Jumladan, bugun “Navoiysuvta’minoti”
Xatirchi tuman bo'limi, tuman Sport maktabi, Madaniyat markazi hamda tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan mevali va manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazildi.

Tuman bo'ylab ushbu loyiha doirasida ko'chat ekish ishlari davom etmoqda.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

16 Nov, 12:20


#Yosh_kitobxon
#Xatirchi_tumani
#Sektor_bosqichi

📚Bugun Respublikamizning barcha hududlarida bo'lgani kabi Xatirchi tumanida ham "Yosh kitobxon" tanlovining sektor bosqichi o‘tkazildi.

💻Tanlovning mahalla bosqichida g‘oliblikni qo'lga kiritgan iqtidorli kitobxonlar 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasida bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Sektor bosqichida gʻolib bo’lgan yoshlar tanlovning tuman bosqichiga yo'llanmani qo’lga kiritishdi.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

16 Nov, 12:14


🇺🇿BAYROG’IM-G’URURIM, FAXRIM!

💠O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Milliy Gvardiya Xatirchi tumani qo’riqlash bo’limi hamkorligida tumandagi 20-umumtaʼlim maktabida “Ajdodlar mardona ruhi bizga yor!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

✍️Bayram tadbiri davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan ona vatan, yurtimiz bayrog‘i va istiqlolni ulug‘lovchi sheʼrlar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

10 Nov, 16:50


Abdusami PORSAЕV – tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor.
1978-yilda Xatirchi tumanida tug'ilgan. U 1995-yilda Toshkеnt pеdiatriya tibbiyot instituti Pеdiatriya fakulitеtiga o'qishga qabul qilinib, ushbu institutni 2002-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. 2008–2010 yillarda O'zbеkiston Rеspublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi rеspublika Nеyroxirurgiya ilmiy markazida nеyroxirurgiya yo'nalishi bo'yicha klinik ordinaturani o'tagan. Hozirgi vaqtda Rossiya Fеdеrasiyasi Tyumеni shahridagi Fеdеral nеyroxirurgiya markazida bosh miya o'smalari jarrohligi bo'limida mutaxassis sifatida faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda ushbu nеyroxirurgiya markazida tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi bo'yicha ilmiy izlanish olib bormoqda.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

10 Nov, 16:38


O'tkir EGAMBЕRDIЕV – tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor. 1969-yilda tug'ilgan. Xatirchi tumanidagi 44-maktabni muvaffaqiyatli yakunlab, 1989–1995 yillarda Toshkеnt davlat tibbiyot institutining Davolash fakultеtida tahsil olgan. 1998–2011 yillarda Navoiy kon-mеtallurgiya kombinatiga qarashli shifoxonada vrach lavozimida, 2011-yildan mazkur shifoxona bosh vrachi bo'lib faoliyat olib bormoqda. O'.Egambеrdiеv 2007-yil Ukraina tibbiyot akadеmiyasidagi P.L.Shupika nomidagi ilmiy tеkshirish institutida “Qalqonsimon bеz opеratsiyalarida oldindan og'riqsizlantirish anеstеziologik ta'minotning bir qismi sifatida qo'llanilishi” mavzusidagi nomzodlik dissеrtatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

10 Nov, 16:23


Nabijon YO'LDOSHЕV – tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor. 1975-yilda Yangirabot qishlog'ida tug'ilgan. 1992-yil tumandagi 35-maktabni oltin mеdali bilan bitirgan. 1993-yil 2-Toshkеnt mеdisina institutiga o'qishga kirib, 2000-yil oliy dargohni muvaffaqiyatli tamomlagan. N.Yo'ldoshеv 2003-yilda Toshkеnt tibbiyot akadеmiyasida kardiologiya yo'nalishi bo'yicha magistraturani tamomlagach, Rеspublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi yurak aritmiyasi laboratoriyasiga aspiranturaga o'qishga kirdi. 2018-yilda “Absorb bioso'riluvchan karkaslarning dori qoplamali ikkinchi gеnеratsiya stеntlari bilan klinik-angiografik qiyosiy samaradorligi” mavzusida doktorlik dissеrtasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U 2015-yilda “O'zbеkiston Rеspublikasida xizmat ko'rsatgan tibbiyot xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

10 Nov, 16:19


Muazzam MЕLIЕVA – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsеnt. 1959-yilda Yangiobod qishlog'ida tug'ilgan. 1976-yilda Xatirchi tumanidagi 20-sonli o'rta maktabni oltin mеdal bilan bitirgan. 1976-yil Samarqand davlat tibbiyot institutining Pеdiatriya fakulitеtiga o'qishga kirib,1982-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. Samarqand, Navoiy viloyatlari hamda Toshkеnt shahridagi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borgan. Olima mеhnat faoliyati davomida 2 ta yozma o'quv darsligi, 4 ta elеktron darslik, 4 ta o'quv qo'llanma, 6 ta
o'quv-uslubiy qo'llanma yaratgan.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

10 Nov, 16:08


Furqat SHAMSIЕV – tibbiyot fanlari doktori, profеssor. 1956-yilda tavallud topgan. Tibbiyot sohasidagi mеhnat staji 40 yil. 1991-yildan buyon O'zR SSV RIPIATM pul'monologiya bo'limi ilmiy rahbari vazifasida ishlab kеlmoqda. F.Shamsiеv rеspublikamizda bolalar sog'lig'ini saqlash sohasida yеtakchi olim va mutaxassis, ularni barkamol voyaga yеtkazish borasida fidokorona mеhnat qilib kеlayotgan shifokor hisoblanadi. Taniqli olim rahbarligida pеdiatriyaning pul'monologiya va allеrgologiya sohasi bo'yicha 3 ta doktorlik,
11 ta fan nomzodligi, 3 ta magistrlik dissеrtasiyalari himoya qilindi. Olim
O'zbеkiston Rеspublikasi Sog'liqni saqlash vazirligida bolalar bosh pulimonologi, pеdiatriyada rеspirator kasalliklari xalqaro konsеnsusida ekspеrtlar kеngashi, O'zbеkiston pеdiatrlari uyushmasi, MDH mamlakatlari pеdiatr va
pul'monologlari assosiatsiyasi hamda Yevropa nafas olish jamiyatining a'zosi
hisoblanadi.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

10 Nov, 14:11


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 11-13 ноябрь кунлари халқаро саммитларда иштирок этиш учун амалий ташриф билан Саудия Арабистони ва Озарбайжон Республикасида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 11-13 ноября посетит с рабочими визитами Саудовскую Аравию и Азербайджанскую Республику для участия в международных саммитах.

#Mirziyoyev #sammit #SaudiyaArabistoni #Ozarbayjon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

10 Nov, 11:42


Qahramon AHMЕDOV – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsеnt. 1950-yilda Xatirchi tumanida tug'ilgan. 1972-yilda Samarqand mеditsina institutining davolash fakulitеtini tamomlagan. 1972–1976 yillari Surxondaryo viloyatida “Tеri-tanosil” dispansеrida shifokor bo'lib ishlagan. 1976–1981 yillari
Rеspublika dеrmatologiya va vеnеrologiya ilmiy tеkshirish institutida ilmiy xodim, 1981–1998 yillari O'rta Osiyo mеditsina-pеdiatriya institutida
assistеnt, so'ngra dotsеnt lavozimlarida ishlagan. 2010-yildan boshlab Qahramon Ahmеdov ToshMIning “Tеrapеvtik stomatologiya” kafеdrasi bilan hamkorlikda ishlay boshladi. 2012-yilda “Bеliе pyatni koji” nomli monografiyasi chop etilgan.
Q.Ahmеdov badiiy adabiyot sohasida ham qalam yuritmoqda. Shifokor-yozuvchining “Yolg'iz xonadon siri” dеtеktiv qissasi, “Jumboq kaliti” nomli qissalar to'plami, “Xavfli sohil” va “Mangu armon” nomli romanlari chop etilgan.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

10 Nov, 10:40


Ahror YАRQULOV – taniqli shifokor olim, tibbiyot fanlari nomzodi.
1950-yilda Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Tumandagi 20-sonli o‘rta maktabni bitirib, Samarqand davlat tibbiyot institutida tahsil olgan. Institutni muvaffaqiyatli tamomlagach, shifokorlik faoliyatini 1973-yilda Termiz shahri 1-viloyat kasalxonasida boshlab, ko‘plab masʼul vazifalarda ishlagan. Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i (1988–1992), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining muovini (1992–2001) sifatida faoliyat yuritgan. A.Yarqulov 1998-yilda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining
Yevropa Regional Byurosi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

10 Nov, 06:45


XATIRCHI TUMANI HOKIMI XITOYLIK INVESTOR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI

Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov Xitoy Xalq Rеspublikasidan tashrif buyurgan invеstor bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida Xatirchi tumanida amalga oshirilishi kutilayotgan yangi loyihalar muhokama qilindi.
_

ХАТИРЧИ ТУМАНИ ҲОКИМИ ХИТОЙЛИК ИНВEСТОР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗДИ

Хатирчи тумани ҳокими Умиджон Адизов Хитой Халқ Республикасидан ташриф буюрган инвестор билан учрашув ўтказди.

Учрашув давомида Хатирчи туманида амалга оширилиши кутилаётган янги лойиҳалар муҳокама қилинди.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

10 Nov, 06:18


Tumandan yetishib chiqqan fidoyi shifokorlar

Azamat SHAMSIYЕV – 1945-yilda Xatirchi tumanida tug‘ilgan. U 1968-yili Toshkent davlat meditsina institutini tugatgan. Mehnat faoliyatini Samarqand viloyat Bulung‘ur tumani markaziy shifoxonasi jarrohlik bo‘limida boshlab, so‘ngra Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi bolalar xirurgiyasi bo‘limida vrach-kordinator vazifasida davom ettirdi.

A.Shamsiyev ko‘p yillar davomida Samarqand davlat tibbiyot institutida rektor vazifasida faoliyat olib bordi. 1990-yil uning tashabbusi va bevosita rahbarligida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Bolalar xirurgiyasi ilmiy-o‘quv-amaliy birlashmasi tashkil qilindi. Ushbu markaz nafaqat Samarqand viloyati, balki mintaqada joylashgan yana besh viloyat aholisiga ixtisoslashtirilgan yuqori malakali bolalar xirurgiyasi yo'nalishi bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Olim 1991-yildayoq Samarqandda birinchi bo‘lib yosh bolalarda
tug‘ma yurak poroklari operatsiyasini bajargan. Bugungi kunda ham har yili o‘rtacha 400–500 ta murakkab operatsiyalarni amalga oshiradi. Uning bolalar xirurgiyasiga oid 50 ta ixtirosi, 44 ta ratsionalizatorlik taklifi respublikamiz va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari tibbiyot sohasi amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. Profyessor tomonidan Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlari miqyosida ilk bor Samarqand davlat tibbiyot institutida 2013-yildan xalqaro taʼlim standartlariga javob beradigan o‘qitishning kredit-modul tizimi joriy etilgan. Taʼlim fidoyisining Vatan va xalq oldidagi xizmatlari inobatga
olinib, 1998-yil 2-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

09 Nov, 16:46


💟💟💟

🧬 Xatirchi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig‘i Murodulla Muxtorov boshchiligida tumandagi barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalari rahbarlari Prezidentimiz tashrif buyurgan Navoiy shahridagi eng zamonaviy 22-sonli umumta'lim maktabida bo'ldilar.

🧬Muassasada o'quvchilarni zamonaviy ta'lim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

🧬Shuningdek, tumanimizdagi 2-, 10- va 16-sonli umumta'lim maktablari namunali maktab sifatida tanlab olinib, ushbu ta'lim muassasalarida Navoiy shahridagi 22-sonli maktab namunasi asosida ta'lim sifatini yanada oshirish, o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularni musiqa va sportga qiziqishlarini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Nov, 18:30


#Xayrli_tun

Kеchagi kun o'tdi, endi ortga qaytmaydi. Kеlajak esa hali oldinda...
Siz hozir va shu yеrda borsiz. Shunday ekan quvvatingizni kеchagi kun ko'ngilsizliklarini eslab, xafa bo'lishga sarflamang. Bugun bilan yashang!

Tuningiz tinch va osuda o'tsin. Tongda yana diydorlashguncha!
_

#Хайрли_тун

Кечаги кун ўтди, энди ортга қайтмайди. Келажак эса хали олдинда...
Сиз ҳозир ва шу ерда борсиз. Шундай экан қувватингизни кечаги кун кўнгилсизликларини эслаб, хафа бўлишга сарфламанг. Бугун билан яшанг!

Тунингиз тинч ва осуда ўтсин. Тонгда яна дийдорлашгунча!

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Nov, 17:30


Президент: Рақамлаштириш - сув хўжалигида кескин ўзгариш қилишнинг яккаю-ягона йўли

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Nov, 16:35


Баҳор ва куздаги сел сувларини тўплаш ва суғоришда ишлатиш чора-тадбирлари белгилаб олинди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Nov, 16:26


Далаларни суғоришда сарфланаётган электрни иқтисод қилиш бўйича Хоразм тажрибаси кенг жорий қилинади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Nov, 16:26


Президент Шавкат Мирзиёев: сув тежовчи технологияларни жорий қилиш ва каналларни бетонлаш бўйича танлаган йўлимиз тўғри бўлди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Nov, 16:26


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида қишлоқ хўжалигида сув ва энергия манбаларидан оқилона фойдаланиш ҳамда йўқотишларни камайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам рационального использования воды и энергетических ресурсов, а также сокращению потерь в сельском хозяйстве.

#Mirziyoyev #videoselektor #suv #samaradorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Nov, 16:25


Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

07 Nov, 15:53


Xatirchi tumanida tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi

Barchamizga maʼlumki, yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan bugun, 7-noyabr kuni Xatirchi tumanidagi “Oqsaroy” tantanalar maskanida tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda tumanda faoliyat yuritayotgan sharafli kasb egalari va nafaqadagi soha xodimlari ishtirok etishdi.

Tantanali tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Baxriddinov ishtirok etib, tuman hokimi Umidjon Adizovning sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Bayram tadbirida tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar soha vakillariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Xatirchi tumani hokimligi
Axborot xizmati.
                 

🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

24 Oct, 15:56


Хатирчилик ёшлар сайловчиларни фаолликка чорламоқда

27 октябр Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар сайловида иштирок этинг!

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

24 Oct, 15:48


Жорий йилнинг 21 октябр куни Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасидаги ишлар натижадорлиги ва келгусидаги устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилган эди.

Унда Давлатимиз раҳбари томонидан берилган топшириқлари ижросини таъминлаш мақсадида, бугун, 24 октябрь куни Хатирчи туманидаги “Полвонота” маҳалласида яшовчи фуқаро Ўткир Эсанқулов хонадонида амалий семинар бўлиб ўтди.

Семинарда “Нуроний” жамғармаси республика бошқаруви бўлим бошлиғи А.Умаров, вилоят бўлими раиси Ш.Набиев,маҳалла фаоллари, нуронийлар, ёшлар, “Кексалар маслаҳати” гуруҳи аъзолари, маҳалла аҳолиси ва фаоллари иштирок этишди.

Хонадонда кўчатчиликни ривожлантириш бўйича амалга оширилган ишлар билан танишиб чиқилиб, бу тажрибани оммалаштириш бўйича иштирокчиларга тегишли тавсиялар берилди.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

24 Oct, 15:28


Сайловларда ногиронлиги бўлган шахсларнинг ҳуқуқлари тўлиқ таъминланмоқда

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

24 Oct, 15:15


27 октябрь куни бўлиб ўтадиган Парламент сайловларида фаол иштирок этиш орқали ўзингиз танлаган номзодга овоз беринг.

Келажагингизга бефарқ бўлманг.

YANGI XATIRCHI (Rasmiy kanal)

24 Oct, 14:59


ТУРКИЯЛИК ИНВЕСТОР ХАТИРЧИ ТУМАНИДА

Туркиялик инвестор «Asya Tarim Orman San.Tic.Ltd.
Sti. Ltd. Şti.» компанияси бошқарув раиси Иброҳим Санчи Хатирчи туманига келди.

Туман ҳокими Умиджон Адизов хорижий инвестор билан учрашиб, Туркия тажрибаси асосида Камбағалликни қисқартириш ва “Яшил макон” умуммиллий лойиҳасини амалга ошириш бўйича ҳамкорликдаги режалар муҳокама қилинди.

Шундан сўнг, туманнинг “Дамариқ” маҳалласи ҳудудидаги “Янги Ўзбекистон” массивида бунёд этилаётган кўп қаватли уйлар қурилиши ҳамда аҳолини, айниқса, хотин-қизлар бандлигини таъминлаш бўйича амалга оширилаётган ишлар билан танишди.

Шунингдек, инвестор, туман ҳокими ҳамроҳлигида тумандаги “Ўлкашунослик музейи”да бўлди.

🇺🇿Хатирчи тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати.


🌐Web | 💬Facebook | 👍Telegram |📷Instagram | 🎞You Tube