KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI @karmana_tumani_axborot_xizmati Channel on Telegram

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

@karmana_tumani_axborot_xizmati


Rasmiy kanal
@karmana_tumani_axborot_xizmati

Murojaatlar uchun:
@JamshidKaxramonovich
91-250-68-68

Facebook
https://www.facebook.com/profile.php?id=100073983032975

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI (Uzbek)

Salom, aziz do'stlar! Bugun sizlarga KARMANA.TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI kanalini tanitamiz. Bu kanal rasmiy axborotlar va yangiliklar bilan sizni o'z vaqtingizda qoldirish maqsadida tuzilgan

KARMANA.TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI kanalida Karmana tumanida yuz berayotgan jarayonlar, ilmiy va ijtimoiy tashkilotlar tomonidan o'tkaziladigan tadbirlar, yangi proyektlar, ijtimoiy masalalar va boshqa foydali ma'lumotlar bilan sizga eng so'nggi yangiliklar taqdim etiladi

Agar siz ham KARMANA.TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI kanaliga obuna bo'lish va eng so'nggi va muhim yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'lish istasangiz, shunchaki kanalga obuna bo'ling va doimiy ravishda yangiliklardan xabardor bo'ling

Murojaatlar uchun quyidagi ma'lumotlar ishlatiladi: nKanal: @karmana_tumani_axborot_xizmati nMurojaatlar: @JamshidKaxramonovich nTelefon: 91-250-68-68 nnBarcha so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish va Karmana tumanining eng so'nggi va eng maqbul axborotlariga ega bo'lish uchun, shunchaki KARMANA.TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI kanaliga obuna bo'ling!
O'zingizni va yaqinlaringizni yangiliklar bilan birga qolga kiritib borish uchun KARMANA.TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI kanaliga obuna bo'ling va doimiy ravishda yangiliklardan xabardor bo'ling

Hamkorlikda, biz yanada kuchli bo'lamiz va Karmana tumanini eng yaxshi ko'rinishda namoyish etishga harakat qilamiz. Siz ham biz bilan birga bo'ling va Karmana tumanining yangiliklariga ega bo'ling!
Qiziqishlar va takliflar uchun quyidagi havolaga murojaat qiling: nFacebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100073983032975

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

19 Feb, 12:03


""NURONIYLAR MASKANI" QURILISHI DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 14 yanvar kuni Navoiy viloyati Karmana tumani hududida "Nuroniylar maskani" qurilishiga start berilgan edi.

Bugun ushbu "Nuroniylar maskani" qurilishida birinchi g‘isht qo‘shish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qurilish jarayoni keng jamoatchilik a’zolari tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, qurilish tashkiloti mas’ullariga ishlarni qisqa muddatlarda va sifatli amalga oshirilishi lozimligi yana bir bor ta’kidlandi.

Tadbir ishtirokchilari duoga qo‘l ochib, qurilajak yangi bino xalqimizga uzoq yillar davomida xizmat qiladigan inshoot bo‘lishini tiladi.

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

19 Feb, 11:00


💚 Navoiy, IT Community Roadshowni kutib ol! 22-fevral, shanba kuni biz sizning shahringizga dunyo miqyosidagi IT-mutaxassislarni olib kelamiz — ular IT sohasidagi karyera va professional brend, ish qidirish va frilanserlik, shuningdek, shaxsiy samaradorlik haqida so‘zlab berishadi.

Roadshow dasturida:
🎤 mahorat darslari va ma’ruzalar
🔥 netvorking sessiyasi va faol ishtirokchilar uchun sovrinli viktorina

💚 Tadbirga bot orqali ro‘yxatdan o‘ting - https://t.me/itcomuzbot. Ishtirok etish mutlaqo bepul!

IT Community Roadshowni qo‘llab-quvvatlagani uchun UZUM, Uzinfocom, Huawei va School 21’ga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

📅 22 -fevral (shanba)
🕒 10:00–17:00
📍 Profi Universiteti (Navoiy ko'chasi, 81)

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook‌‌

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

19 Feb, 09:44


Jahongirmirzo Marg'ilonda ilm-fan, muhandislik hamda 3D bo'yicha global dunyo uchun kontent tayyorlaydi.

Ayni vaqta barcha ijtimoiy tarmoqlarda (YouTube, Instagram) 750 mingdan ortiq obunachilari bor.

Prezidentimiz Jahongirmirzoning loyihasini yuqori baholab, u bilan faxrlanishlarini aytib o'tdilar. Aynan shu kabi foydali kontentlarni boshlash uchun Yoshlar ishlari agentligi 100 million so'mgacha grantlar berishini e'lon qildilar.

Yana shunday foydali kontent yaratayotgan yoshlardan kimlarni bilasiz?

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook‌‌

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

19 Feb, 09:30


#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Karmana_tuman_boʻlinmasi


To'ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni o‘tkazishga ortiqcha sarf-xarajatlar qilinayotgani, buning oilalar iqtisodiy ahvoliga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani haqida mahallalardagi faol nuroniylar, mahalla otinoyilari, mahallar raislari ishtirokida davra suhbati qizg‘in tusda o‘tkazildi.

Tadbirda Karmana tuman Adliya boʻlimi, Karmana tuman bosh imomi, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Karmana tuman bo‘linmasi hamkorligida dastur boʻyicha ma’ruzalar va videoroliklar namoyish etildi.

🧊 Tadbir davomida Viloyat maʼrifat targʻibotchisi Jonibek Shuhratovich oʻzining nutqi bilan ishtirok etdi. Yig‘ilish qatnashchilari bu borada o‘z fikrlarini bildirib, hududlaridagi aholi o‘rtasida to‘ylar va ma’rakalarni dabdababozliksiz, ixcham o‘tkazilishi yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borishda yaqindan yordam ko‘rsatishlarini ta’kidladilar.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

12 Feb, 06:14


📍 Shu kunlarda Islom taraqqiyot banki (ITB) missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» qo‘shma loyihasining qurilish jarayonlari bilan joylarda tanishmoqda.

Xususan, Islom taraqqiyot banki vakillari, vazirlik masʼullari, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov hamrohligida  Karmana tumanidagi Varq mahallasida bunyod etilayotgan mahalla maishiy-xizmat ko‘rsatish markazi hamda Kalovot mahallasida yangidan qurilayotgan 90 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Vakillar tomonidan masʼullarga ushbu obyektlar qurilishini belgilangan muddatda sifatli tarzda yakuniga yetkazish bo‘licha bir qator taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ushbu obyektlar joriy yilning mart oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

12 Feb, 05:36


📍 Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda mahalla masʼullari "Ko‘hna qo‘rg‘on" mahallasida bo‘lib, soliqdan qarzdorligi bo‘lgan fuqarolarni qarzdorligini o‘z vaqtida undirish, bu bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

12 Feb, 05:03


📍 Avval xabar berganimizdek, Karmana tumani hokimligi majlislar zalida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" masʼul xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga kompaniya tomonidan mavjud xizmat turlari va ko'rsatilayotgan yordamlarini yetkazish maqsadida o’quv seminari tashkil etilgan edi.

Seminarda qurilish mahsulotlari ishlab chiqaradigan "NAVOIY HAMKOR QURILISH SERVIS" xususiy korxona rahbari F. Tojiyev kompaniyaning moliyaviy xizmatlaridan foydalanish istagi borligini bildirdi.

Ushbu murojaat masʼullar tomonidan tegishli tartibda o‘rganilib, kompaniya tomonidan tadbirkorga maxsus texnika hamda hom ashyo olishlari uchun 7 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan holda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

12 Feb, 04:18


Odamlar va hayvonlar o‘rtasida uchraydigan yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida, FVB, IIB, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi,  SEO va JSB,  Tibbiyot birlashmasi hamda boshqa aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikda targ‘ibot-tadbirlari o‘tkazildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

12 Feb, 03:11


🔝Sog‘lom turmush tarzini qanday boshlash kerak?

⚪️Sog‘lom turmush tarzi - bu sizning motivatsiyangiz, kayfiyatingiz va umumiy mehnat unumdorligingizga bog‘liq bo‘lgan narsadir.

💡Sog‘lom turmush tarzini olib borish uchun siz biron bir vazifani boshlashingiz kerak. Bunda sizga yordam beradigan asosiy narsalar ro‘yxati:

1. Har kuni yengil tarzda yurish. Yengil havoda yurish tanamizni harakatga keltiradi va o‘zimizni yaxshi his qilishga yordam beradi.

2. Uyg‘onganingizdan so‘ng darhol bir stakan suv iching. Bu oshqozon faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

3. Ish yoki o‘qishdan keyin to‘g‘ri dam olish. To‘g‘ri dam olish telefon yoki ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirishni anglatmaydi, sukut saqlash yoki toza havoda sayr qilish bundan ming karra yaxshiroqdir.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

06 Feb, 04:13


QO‘RQUVNI YENGING

💡Qulay tarzda o'tiring,ko'zingizni yuming va bundanda battar bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar haqida tasavvur qiling.Buni allaqachon sodir bo'lgandek tasavvur qiling.

🎥Shoshilmang,barcha holatlarni qanday paydo bo‘lgani bilan qiziqing.Keyin o'ylab ko'ring:bu sodir bo‘ldi va men yashayapman, demak,men uchun hamma narsa juda yaxshi.Shunday qilib,siz qo‘rquvingiz ustidan g'alaba qozondingiz.Tabriklaymiz!

💫Ijobiy fikrlar g'olib sifatida shakllantiradi va oldinga siljishga yordam beradi.Ammo salbiy fikrlar bizni rivojlanishimizga to‘sqinlik qiladi.

💣Negativ o‘ylar bilan hayot kechirish juda qiyin.O‘zingizni ehtiyot qiling. Kuningizni tabassum bilan boshlang.Hatto shunchaki majburiy tabassum ham miyaga yaxshi ishlashda ko‘maklashadi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

05 Feb, 16:49


Bugun karmana tumanidagi mahallalar hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

05 Feb, 16:26


Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Karmana tumani boʻlinmasi hamda tuman Mudofaa ishlari bo'limi va mahalla yoshlar yetakchisi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida "Koʻhna-qoʻrgʻon" MFYda joylashgan 1-maktab bitiruvchi yoshlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzularida  davra suhbatlari hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan yoshlar ishtirokida davra suhbati va yoshlarga tarbiyaviy ahamiyatga ega videoroliklar namoyish etildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

05 Feb, 14:21


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Малайзияга расмий ташрифи доирасидаги тадбирлар якунланди. Аэропортда олий мартабали меҳмонни Малайзия таълим вазири Замбри Абдулқодир ва бошқа расмий шахслар кузатиб қўйди. Давлатимиз раҳбари Тошкентга жўнаб кетди.

Мероприятия официального визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Малайзию завершились. В аэропорту высокого гостя проводили министр образования Малайзии Замбри Абдул Кадир и другие официальные лица. Глава государства вылетел в Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Feb, 08:23


"E-AUKSION" elektron savdo platformasida Navoiy viloyatidagi savdoga chiqarilgan mol-mulklarni doimiy kuzatib boring hamda shaffof savdolarda ishtirok eting!

Ayni paytda Navoiy viloyatidagi 4816 dan ortiq Davlat mulki ob'ektlari hamda aktivlari va yer uchastkalari elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga qo'yilgan.

🔷 50 ta Davlat aktivlari (ko'rish)
🔷 150 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (ko'rish)
🔷 151 ta ko'chmas mulklar (ko'rish)
🔷 173 ta avtotransport vositalari (ko'rish)
🔷 203 ta dexqon xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar (ko'rish)
🔷 2098 ta tadbirkorlik va shaharsozlik uchun yerlar (ko'rish)
🔷 32 ta Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi (ko'rish)
🔷 63 ta Maxsus texnikalar (ko'rish)
🔷 0 ta daryo o'zanlarini tozalash (kar'er) (ko'rish)
🔷 518 ta boshqa turdagi mulklar (ko'rish)
🔷 1279 ta ko'chma savdo do'konlari (ko'rish)
🔷 0 ta "O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari (ko'rish)
🔷 308 ta "O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari (ko'rish)

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Feb, 03:56


📍 Avval xabar berganimizdek, Karmana tumanidagi gulchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar tajriba almashish maqsadida Toshkent viloyati, Qibray tumaniga jo‘nab ketishgan edi.

Ayni paytda tadbirkorlar Qibray tumanida bo‘lib, gulchilik borasida amalga oshirilgan ishlarni batafsil o‘rganishmoqda.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Feb, 03:51


G‘alabaga olib boruvchi Kafolatlangan yo‘l faqat birgina harakat orqali yo‘qqa chiqadi, - Taslim Bo‘lish.

Taslim Bo'lish - bu hech qachon istalgan natijaga erisha olmaslikni kafolatlaydigan yagona harakat.

Taslim bo‘lmang!

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

02 Feb, 18:23


#Karmana_tuman_FVB

OGOHLIK DAVR TALABI

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

02 Feb, 08:16


🧊 Eng talabgir mahsulotlarning ozuqaviy qiymatlari 🧊

Qovurilgan tuxum 91 kkal (1 dona)

Qaynatilgan tuxum 72 kkal (1 dona)

Mayonez 120 kkal (1 oshqoshiq)

Smetana 30 kkal (1 oshqoshiq)

Gazli ichimliklar 190 kkal (330 ml)

Limonli suv 0 kkal

Quritilgan mevalar 235 kkal (100 g)

Shirinliklar 569 kkal (100 g)

Qovurilgan kartoshka 535 kkal (100 g)

Popkorn 387 kkal (100 g)

Shakar 20 kkal (1 chay qoshiq)

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

02 Feb, 07:16


📍Karmana tumanidan o‘tuvchi M-37 xalqaro avtomagistral yo‘li atrofida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, tegishli mas'ullar tomonidan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

26 Jan, 04:50


OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN TADBIR O‘TKAZILDI

Mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va ularning hayotda muvaffaqiyatli shaxslar bo‘lib yetishishiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Karmana tuman prokurori Z.Barnayev tomonidan  6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil oluvchi otaliqqa olingan o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlikka chorlash maqsadida "Xalq va armiya bir tan-u, bir jon" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir nihoyasida o‘quvchi yoshlar bunday uchrashuvlar ularga nafaqat bilim, balki ilhom va ruhiy ko‘mak berganini ta’kidlashdi.

Otaliqqa olingan yoshlar bilan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

26 Jan, 04:24


KUCHLI INSONLARNING 7 XUSUSIYATI

1. Ular boshqalar voz kechadigan yo‘llarni izlaydilar va topadilar. O‘zlarining shaxsiy fikrlari o‘zlari uchun juda ahamiyatli.

2. Ular muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishganda, o‘ylanib o‘tirishmaydi. Aksincha, muvaffaqiyatsizlikni darsdek qabul qilishadi.

3. Ular ham boshqalar kabi qo‘rqishadi, lekin qo‘rquvi ularni boshqarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qo‘rquv shunchaki qo‘rquvdir.

4. Ular aybni boshqa kishilar yoki sharoitga yuklashmaydi. Ular o‘z harakatlari va natijalari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar. Boridan foydalana olish- ularning oliy sifatidir.

5. Ular aqlbovar qilmas
iste'dodga ega bo‘lishi shart emas, lekin ular doimo o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish yo‘lini topadilar. Ular o‘zlaridan ko‘proq vazifalarni talab qilishadi.

6. Ular umrbod ta'lim oluvchilardir. Har bir hayotiy tajriba saboqdir.

7. Ular kamtar va ular xatolarni tan olishga va kechirim so‘rashga har doim tayyor. Ular o‘z qobiliyatlariga ishonadilar, ammo takabbur emaslar. Ular boshqalardan qanday o‘rganishni bilishadi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

25 Jan, 12:07


TUMAN RAHBARI PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI BILAN UCHRASHDI

📍 Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman prokurori Zokir Barnayev, tuman IIB o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5050-son qaroridagi vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuvda tuman rahbari profilaktika inspektorlarining mahalladagi muammo va takliflarini tinglagan holda hududda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berdi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

25 Jan, 11:09


📍 Karmana tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida sodir bo‘lish bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tadbirlari maxsus videorolikda.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

25 Jan, 11:05


Aholini ogohlikka chaqirish maqsadida boshqa hududlar qatorida Karmana tumanida ham tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi xodimlari tomonidan kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbiri o‘tkazilmoqda.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

25 Jan, 10:58


📍 Bugun Karmana tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Zayniyev, Markaziy bank boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Pardayev bilan birgalikda mahallalarda Sayxunobod, Uychi, Zarbdor, G‘ijduvon tajribalari asosida aholini tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganishdi.

Shuningdek, tuman hududidan o‘tuvchi Xalqaro M-37 avtomobil yo‘li bo‘yida tashkil etilayotgan "Mebelchilik" loyihasining qurilish ishlari bilan tanishildi. Mas'ullarga qurilish ishlarini mas'uliyat bilan belgilangan muddatda yakuniga yetkazish bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

22 Jan, 12:30


#Тезкор
❄️ Ўзбекистонда 23-24-январ кунлари ҳаво ҳарорати -13 даражагача совиши кутилмоқда🥶

"Ўзгидромет"нинг маълум қилишича, Қорақалпоғистон Республикаси, Хоразм, Бухоро ва Навоий вилоятларида кечалари -13 даражагача, мамлакатнинг бошқа ҳудудларида -7 даражагача совуқ бўлиши мумкин.

22-23-январ кунлари Республиканинг деярли барча ҳудудларида ёғингарчилик (ёмғир қорга айланиши) кутилмоқда.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

22 Jan, 11:16


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси мудофаа вазири Андрей Белоусовни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял министра обороны Российской Федерации Андрея Белоусова.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

22 Jan, 09:24


KARMANADA TADBIRKORLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI TINGLANDI

📍 Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, "O‘zsanoatqurilishbank" ATB boshqaruvi Ijro departament direktori Yorqin Sultonov, tegishli tashkilot rahbarlari, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda tadbirkorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlash masalalari muhokama etilib, tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglandi.

Shuningdek, bildirilgan taklif va muammolarni belgilangan tartibda ijobiy hal etish maqsadida tegishli mas'ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

22 Jan, 08:13


📍 Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, viloyat Yoshlar ishlari agentligi rahbari Umid Bahromov, Respublika Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimi hamda tegishli mutasaddi rahbarlar, yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ushbu ochiq muloqotda rahbarlar tomonidan tumandagi yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, tegishli tartibda ijobiy hal etilishi bo‘yicha nazoratga olindi.

Shuningdek, jahon sport arenalarida yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarayotgan sportchi yoshlarning yutuqlari tuman rahbari tomonidan alohida e'tirof etildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

20 Jan, 11:19


Hurmatli fuqarolar!

Xonadoningiz xavfsizligini va mol-mulkingiz daxlsizligini tajribali "Qo‘riqlash" xizmatiga ishonib topshiring.

Hoziroq 📞1131 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va batafsil ma’lumot oling.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

20 Jan, 10:23


📍 Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman hokimining o‘rinbosari Shoxrux Xayriddinov hamda tegishli mas'ullar Narpay hududidagi fermer xo‘jaligi yerlarida bo‘lib, ichki sug‘orish tarmog‘i betonlashtirish jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi.

Shuningdek, tuman rahbari tomonidan fermer xo‘jaligi raislariga betonlashtirish ishlarini o‘z vaqtida sifatli yakuniga yetkazish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

20 Jan, 08:16


📍 O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Karmana tuman ko‘chalardagi  reklama va bannerlar holatini o‘rganish maqsadida tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi, tuman hokimining Davlat tilida ish yuritish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda tuman SEO va JE xodimlari bilan hamkorlikda reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd tadbiri davomida yo‘l ustida joylashgan reklama bannerlari o‘rganildi va talabga javob bermaydiganlari belgilangan tartibda oldirildi. Shuningdek, fuqarolar, tadbirkorlarga tashqi reklama bannerlarini joylashtirish tartiblari tushuntirildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

20 Jan, 08:06


Karmana tumanida gaz ta'minoti tizimida "Aqlli mahalla" loyihasi doirasida ishlar boshlanmoqda. Bu haqida batafsil viloyat telekanalining "Diyor 24" axborot dasturida soʻz yuritildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

20 Jan, 05:13


KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI pinned «https://youtu.be/Q7OMMkruSPs?si=J5uXSQ6XVL1ItN0_»

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

20 Jan, 05:13


https://youtu.be/Q7OMMkruSPs?si=J5uXSQ6XVL1ItN0_

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

20 Jan, 04:11


📍 Karmana tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Valijon Adizov, viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, tuman sektor rahbarlari, tegishli mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirokida tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda tumanda aholi bandligini ta'minlash, kambag‘al oilalarga amaliy ko‘mak berish, migratsiyadan qaytgan va ayni paytda xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolar bilan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida rahbarlar tomonidan kambag‘allik darajasiga tushib qolgan fuqarolarning duch kelgan muammolarni bartaraf etish, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish, oila byudjetini oshirish, migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni belgilangan tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

11 Jan, 08:26


⚽️ Futbol olamining asosiy insayderi Fabritsio Romano hozirgina Abduqodir Husanovning "Manchester City" jamoasiga transferi tasdiqlangani haqida ma'lumot berdi. Jumladan, xabarda shunday deyiladi:

"Abduqodir Husanov Man Cityga o‘tmoqda, kelishildi! 40 million yevro asosiy to‘lov va qo‘shimcha bonuslar evaziga bitim amalga oshirildi.

"Lans" jamoasi taklifni ma’qulladi va yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat berdi.

Shartnoma 2029-yil iyungacha, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan.

Dekabrda e’lon qilingan eksklyuziv xabar tasdiqlandi".

Barakalla o‘zbek o‘g‘loni!

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

11 Jan, 07:08


📍 Karmana tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Zayniyev, viloyat prokuraturasi mas'ul xodimi F.Begimov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli mas'ul tashkilot rahbarlari hamda mahalla mas'ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda tumanda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar bo‘yicha mas'ullarning hisoboti tinglandi. Shuningdek, dastur ijrosi bo'yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha rahbarlar tomonidan bir qator tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

11 Jan, 06:52


🖥🖥🖥

🖥🖥🖥 Raqamlar so'zlaganda

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook‌‌

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

11 Jan, 04:54


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаённинг таклифига биноан 13-16 январь кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Объединенных Арабских Эмиратов Шейха Мухаммада бин Заида Аль Нахаяна 13-16 января посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

11 Jan, 04:27


Seni besh yildan keyin kim bo'lishing - bu seni bugungi qaysi kitobni o'qishing, qanday davralarda yurishing va qanday insonlar bilan muloqot qilishinga bog'liq"
Kelajakni Bashorat Qilib Bo'lmaydi, Lekin Uni Yaratish Mumkin..!.
Kelajakda hayotingiz qanday bo'ishi- bu narsalar bilan chambarchas bog'liq :

● Siz oqigan kitoblar.
● Sizning e'tiqodlaringiz
● Siz qo'ygan maqsadlar.
● Siz yashayotgan muhit
● Siz kuzatadigan profillar.
● Siz shakllantirgan odatlar.
● Siz iste'mol qiladigan ozuqa
● Siz iste'mol qiladigan ozuqa.
● Siz iste'mol qiladigan media axborot.


Siz bilan ko'p vaqt o'tkazadigan insonlar Hayotingiz qanday bo'lishini hoxlasangiz, huddi shu hayot tarziga ega insonlar bilan birga vaqt o'tkazing, o'zingiz yashayotgan muhitga e'tibor bering.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook‌‌

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

10 Jan, 19:45


KARMANADA NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

📌 Karmana tumanidagi "Degaroniy" mahallasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosaru Sherzod Zayniyev, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Ushbu qabulda fuqarolar tomonidan ish bilan ta'minlashda amaliy yordam berish, ijtimoiy ko‘makka muhtojligi sababli moddiy yordam berish, tibbiy sohada amaliy ko‘mak berish, ichki yo‘llarni ta'mirlash va boshqa bir qator masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat etildi.

Shuningdek, qabul davomida fuqarolar tomonidan jami 16 ta murojaat tinglanib, ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 8 tasi bo‘yicha joyiga chiqib, o‘rgangan holda ijobiy tomonga hal etish borasida mas'ullarga topshiriq berildi, 4 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook‌‌

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

10 Jan, 13:40


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев қисқа муддатли меҳнат таътилини якунлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев завершил свой краткосрочный трудовой отпуск.

Facebook|Instagram|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

10 Jan, 11:23


Bugun Karmana tumani hokimligining katta majlislar zalida mamlakatimizda ma’naviy-targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishda idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasiga bag‘ishlab tuman Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2025-yildagi 1- yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosari, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari E.Kenjayev, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari A.Muqimov, tuman kengashi a’zolari, tumandagi korxona,  tashkilot va muassasalar rahbarlari, ma'naviy-ma'rifiy soha vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni tuman hokimi o‘rinbosari E. Kenjayev olib bordi.
Yig‘ilishda tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarda 2024-yil davomida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kengash yig‘ilishida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari A.Muqimov so‘zga chiqib, tumanda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida so‘z yuritdi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook‌‌

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Jan, 17:59


❗️ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni

Ertaga — 4-yanvar (shanba) barcha xodimlar uchun (besh kunliklarga ham, olti kunliklarga ham) ISH KUNI hisoblanadi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Jan, 17:57


🔈 “Мен Ғолиб” мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди

✔️Бугун 3 январь куни Yugur.uz платформасида “Мен Ғолиб” ҳарбий-ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланади.

✔️“Мен Ғолиб” югуриш мусобақасининг ўзи 12 январь куни “Янги Ўзбекистон” боғида бўлиб ўтади, у ерда мамлакат қуролли кучларининг мингдан ортиқ вакиллари, куч тузилмалари ходимлари, профессионал спортчилар ва ҳаваскор югурувчилар тўпланишади.

✔️Тадбирнинг асосий ташкилотчиси Ўзбекистон енгил атлетика федерацияси ҳамда Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси, Мудофаа вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Божхона қўмитаси ва Тошкент шаҳар ҳокимлиги кўмагида ўтказилмоқда. Бош ҳамкор сифатида “Ўзбекнефтгаз” акциядорлик жамияти иштирок этмоқда.

✔️Ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақаси 3 км ва 10 км масофада ўтказилади.

✔️Иштирокчилар учун слотларни 8 январгача Yugur.uz платформасидаги ҳавола орқали сотиб олиш мумкин.

✔️Югуриш ишқибозлари якка тартибда, идоравий тузилмалар учун жамоавий мусобақалар ташкил этилади.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Jan, 17:22


🔖ENERGIYAMIZNI KO'PAYTIRAMIZ

MUAMMOLARGA YECHIM TOPISH:
Yechimi topilmagan, sizni qiynayotgan vazifalarning yechimini toping. Qaysi ish, masala, vaziyatni eslasangiz, ichingiz qiynalyabdi? O'shalarning ro'yhatini tuzingda, birma-bir hal qiling. Hal qilganingiz sari, yengillashib boraverasiz. Bu masalalar ichingizdagi energiyani yeyishni to'xtatadi.

ODAMLARGA FOYDANGIZ TEGSIN:
Odamlar sizga hayolan minnatdorchilik bildirsalar ham, energiyaga to'laverasiz. Qo'lingizdan kelgancha hayrli ishlar qiling! Hayrli ishlarga qancha ko'p energiya sarflasangiz ham, sizga 10 barobar bo'lib qaytadi!

MAKSIMUM XARAKAT:
Tana xarakatda bo'lsa, qon yaxshi aylanadi va tana energiyaga to'ladi. Maksimum xarakat deganda, atrofdagi barcha xarakat imkoniyatlaridan unumli foydalanib qolish degani, masalan:
Liftda emas, zinadan chiqish;
Taksida emas, piyoda yurish va hokazo. Yoki har kuni sport bilan shug'ullaning!

MEDITATSIYA:
30 daqiqa ko'zlarni yumib, qalbda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatish ya'ni jim-jitlikda o'tirish ham, eng samarali energiyaga to'ldiradigan meditatsiya hisoblanadi. Yoki boshqa o'zingiz hohlagan meditatsiyangizni bajaring.

MAQSAD QO'YIB, UNI AMALGA OSHIRISH:
Kuniga atigi 6 ta kichkina maqsad qo'yib, kun davomida amalga oshiring. Aslida maqsadlar, har doim o'ziga yarasha energiya bilan beriladi.

️AYNI DAMDA YURAGINGIZ JIZ ETGAN ISHNI QILING:
Juda ham hohlayotgan ishingizni qilishingiz, bajarishni hohlamayotgan ishingizni qilish uchun energiya beradi. O'zi aslida, bajarishni hohlamayotgan ishlarni umuman qilmaslik lozim. Bajarmaslik yo'lini toping. Hal qiling. Ko'nglingizga yoqgan ish bilan shug'ullaning.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Jan, 12:37


Президент Шавкат Мирзиёевга “2025 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида”ги қонун ижросини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о мерах по обеспечению исполнения Закона «О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2025 год».

#Mirziyoyev #taqdimot #moliya #byudjet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Jan, 11:47


Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda maishiy chiqindilarni energiyaga aylantiradigan zavodlarga ega bo‘lgan birinchi davlatga aylanadi

Tom Shi, “Shanghai SUS Environment Co. Ltd” kompaniyasi vitse-prezidenti.

Batafsil / Батафсил

—————

Взгляд из Китая: Узбекистан станет первой страной в Центральной Азии, где появятся заводы по переработке бытовых отходов в энергию

Том Ши, вице-президент компании «Shanghai SUS Environment Co. Ltd».

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Jan, 10:46


2024-yil raqamlarda: tahlil va natijalar

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Jan, 10:00


Президент Шавкат Мирзиёевга банклар иштирокида маҳаллаларда аҳоли бандлигини таъминлаш ва даромадини ошириш чора-тадбирлари бўйича ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о мерах по обеспечению занятости населения и повышению доходов в махаллях с участием банков.

#Mirziyoyev #taqdimot #banklar #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Jan, 07:16


Ёш болада иситма чиққанда, шифокор келгунча дорисиз ёрдам беришнинг бир неча усуллари бор

1️⃣ Суюқлик ичириш: Боланинг организми сувсизланмаслиги учун кўпроқ сув, шўрва ёки мева шарбатлари ичиринг.
2️⃣ Илиқ ванна: Болани илиқ сувда ювинг, лекин сув жуда совуқ ёки жуда иссиқ бўлмаслиги керак.
3️⃣ Кийимлар: Болани енгил ва қулай кийимларда сақланг, унинг тана ҳароратини назорат қилиб туринг.
4️⃣ Дам олиш: Болани кўпроқ дам олишига шароит яратинг, унинг уйқуси тўлиқ бўлишига аҳамият беринг.
5️⃣Терига совуқ компресс қўйиш Боланинг пешонасига ёки танасининг бошқа қисмларига совуқ компресс қўйиш мумкин.

Агар боланинг иситмаси 38°C (100.4°F) дан юқори бўлса ёки у ўзини жуда ёмон ҳис қилаётган бўлса, шифокорга мурожаат қилиш тавсия этилади.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Jan, 06:53


Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Eski shahar roddomida tarakanlar ko‘payib ketgani bo‘yicha murojaat kelmoqda. Tarakanlar dastidan yotib ham bo‘lmayapti" (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) sarlavhasi ostida e'lon qilingan ma’lumot yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT

Ushbu holat yuzasidan Karmana tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B.B.Rozikov hamda tuman SEO va JSX mutaxassislari hamkorligida tezkor o‘rganish ishlari olib borildi. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limda profilaktik maqsadda rejali tozalash ishlari amalga oshirilib, dezinseksiya ishlari olib borildi.

Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha o‘z vazifasini yetarli darajada bajarmagan mas'ullarga belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rilganligini ma'lum qilamiz.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Jan, 06:37


Shartnomaviy miqdordan ko‘p iste'mol qilingan elektr va gaz uchun to‘lov miqdori o‘zgardi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, yuridik iste'molchilar tomonidan hisob-kitob davrida elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilganda, belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bundan avval yuridik shaxslar uchun shartnomaviy miqdordan oshgan iste'mol uchun 2 va 3 baravarlik tariflar joriy qilingan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilning avgust oyida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda tadbirkorlik subyektlari uchun elektr va gaz iste'moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tariflar saqlanib qoladigan tartib joriy qilinishini aytgan edi.

❗️Eslatma: ushbu tartib maishiy iste'molchilar, ya'ni aholi xonadonlari uchun emas, tadbirkorlik subyektlari uchun joriy qilinmoqda.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

03 Jan, 03:24


🔥HAR KUNI YODGA OLING

⚪️ Bugun ajoyib kun bo‘ladi, men barcha qiyinchiliklarni o‘z zimmamga olishga va har qanday qiyinchiliklarni yengishga tayyorman.

⚪️ Men o‘z qobiliyatlarimga ishonaman va bular orqali maqsadlarimga erishishimni bilaman.

⚪️ Men o‘zimni kimligimni yaxshi bilaman va hammasini uddalayman.

⚪️ Bugungi qiladigan ishlarim o‘ngidan kelmagan taqdirda ham men bunga roziman. O‘xshamagan taqdirda ham, bu-menga yaxshigina dars bo‘ladi.

⚪️ Mening o‘z dunyoqarashim bor va men faqat eng yaxshisiga loyiqman. Insonlarning men haqimdagi yomon fikrlari, meni o‘ylantirishi mumkin emas.

⚪️ Men yangi kunni yorug' ko‘zlarim bilan ko‘rganimdan minnatdorman va kunni yuzimda tabassum bilan qarshi olishga tayyorman.

⚪️ Kun oxirigacha kamida bitta yaxshilik qilishga qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Insonlarga ulashilgan yaxshilik, albatta qaytadi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

02 Jan, 16:57


📌 ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni!

Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlari o’z nihoyasiga yetdi.

Ertaga — 3-yanvar (juma) hamda ertadan keyin — 4-yanvar (shanba) kunlari barcha xodimlar uchun (besh kunliklarga ham, olti kunliklarga ham) ISH KUNI hisoblanadi.

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

02 Jan, 12:33


🎥 O'zgarishlar va muvaffaqiyatlar yili: ishlarimiz natijalari

🎉 Aziz do'stlar, Yangi yil — bu yil yakunini sarhisob qilish va yangi rejalar tuzish vaqti. Bu yil biz uchun muhim muvaffaqiyatlar va yangi chaqiruvlar davri bo'ldi. Bizning mehnatimiz minglab insonlarning hayotini yaxshilashga hissa qo'shganidan faxrlanamiz.

Har kuni biz yordam va himoyaga muhtoj bo'lganlar uchun mehnat qilamiz. Bizning maqsadimiz — insonlar hayotini yanada yahshiroq, xavfsizroq va adolatliroq qilish. Bu yil shunga ishonch hosil qildikki, faqat birgalikda harakat qilibgina muammolarni yengib, katta marralarga erisha olamiz.

Har bir yutug'imiz — bu jamoaviy mehnatning natijasi. Bizga ishonch bildirib, qo'llab-quvvatlagan barcha hamkasblarimiz, hamkorlarimiz va sizga minnatdorchilik bildiramiz.

Oldinda hali ko'p ishlar turibdi, ammo biz birgalikda barcha qiyinchiliklarni yengamiz. 💪

🎄 Yangi yil sizga quvonch, iliqlik va kelajakka ishonch olib kelsin!

#YilNatijalari #IjtimoiyHimoya #YangiYil2025

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

29 Dec, 10:45


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📍2024-yil 1-dekabr holatiga Yoshlar uchun ajratilgan dehqon xo‘jaliklari hamda ularni Kadastr idoralaridan ro‘yxatdan o‘tkazilish holati to‘g‘risida ma'lumot.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

29 Dec, 09:44


🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ 🅰️🅰️🅰️


KARMANA TUMANIDAGI BIRINCHI SEKTORDA BAYRAM SHUKUHI

🎆 Bugun Karmana tumanidagi "Lola" tantanalar maskanida tuman hokimi Valijon Adizov, viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, tuman sektor rahbarlari, tegishli mas'ul tashkilot rahbarlari hamda birinchi sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila a'zolari ishtirokida "Yangi yil" bayram dasturi tashkil etildi.

Tadbir avvalida tuman hokimi so‘zga chiqib, tobora yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan barcha ishtirokchilarni muborakbod etdi. Shundan so‘ng, bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi.

🎅 Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

29 Dec, 08:41


#LIVE

Ayni paytda Karmana tumani hokimi Valijon Adizovning tashabbusi bilan birinchi sektor hududidagi yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ularning farzandlari uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

29 Dec, 07:33


YANGI YIL BAYRAMI ARAFASIDA XAYRLI ISHLAR DAVOM ETTIRILMOQDA

Karmana tumani IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari A.Abduraimovning tashabbusi bilan sektor hududidagi  ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning jami: 55 nafar farzandlarini homiylik asosida Navoiy shahar teatr binosiga olib borilib, madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan teatrlashtirilgan "Yangi yil sarguzashtlari" konsert dasturi va kuy-qo‘shiqlari bolajonlarni ko‘nglini birdek xushnud etdi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

28 Dec, 04:38


BAYRAM KUNLARI ELEKTR ENERGIYASINING BARQAROR YETKAZIB BERISH CHORALARI KO‘RILADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Asrorjon Asqarov yangi yil va bayram kunlari – 2024-yil 30-dekabrdan 2025-yil 3-yanvargacha iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga bag‘ishlangan elektr tarmoqlari shtabining yig‘ilishini o‘tkazdi.

Batafsil

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

28 Dec, 04:19


📍 Karmana tumani hokimi Valijon Adizov yangi yil bayrami arafasida bozorlar va gipermarketlardagi narx-navolari bilan tanishdi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

27 Dec, 17:28


📌 Bugun bayram arafasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Aminova, O‘zLiDeP Navoiy viloyat apparat rahbari M.Eshniyozov, Karmana tumani Kengashi deputati Yu.Murodov, Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahrabi, O‘zLiDeP Karmana tumani hamda Navoiy shahar apparat rahbarlari Karmana tumanidagi 13-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurishdi.
   
Uchrashuvda so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Aminova qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tdi.
    
🎅 Shundan so‘ng, ushbu davlat maktabgacha taьlim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga deputatlar tomonidan bayram sovg‘alari ulashildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

27 Dec, 16:58


Президент Шавкат Мирзиёев сунъий интеллект технологиялари ва телекоммуникация соҳасини ривожлантириш бўйича режалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией планов по развитию технологий искусственного интеллекта и телекоммуникационной сферы.

#Mirziyoyev #taqdimot #IT #suniyintellekt

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

27 Dec, 16:58


Президент Шавкат Мирзиёевнинг Хитой – Қирғизистон – Ўзбекистон темир йўли қурилиши бошланишига бағишланган маросим иштирокчиларига мурожаати

Послание Президента Шавката Мирзиёева участникам церемонии, посвященной запуску строительства железной дороги Китай – Кыргызстан – Узбекистан

Address by President Shavkat Mirziyoyev to the participants of the ceremony dedicated to the launch of the China-Kyrgyzstan-Uzbekistan railroad construction project

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

27 Dec, 15:00


🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ 🅰️🅰️🅰️


📍 Karmana tumanidagi 22 - "Ko‘zmunchoq" davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolajonlar ishtirokida, "Yangi yilim, yaxshi yilim" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

🎅 Ushbu tadbirda Xalq deputatlari Karman tuman Kengashi deputati Yusuf Murodov hamda tegishli rahbarlar ishtirok etib, "Yangi yil" bayrami munosabati bilan barcha bolajonlarni muborakbod etdilar. Shuningdek, ularga yangi yil sovg‘alari taqdim etildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

27 Dec, 14:34


📍 Bugun Karmana tuman sport maktabida tuman hokimining tashabbusi bilan mahalla mas'ullari o‘rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasi o‘tkazildi.

🏀 Ushbu musobaqada tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nargis Shomiyev, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Sobir Baxronov hamda tegishli mas'ul rahbarlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

🏃‍♂️ Musobaqada jamoalar "Kim chaqqon", "Qiziqarli estafeta", "Chaqqon akrobatika" mashqlari hamda sportning stol tennis turi bo‘yicha bellashdilar.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

06 Dec, 18:26


Президентнинг Тошкент вилоятига ташрифи: транспорт, энергетика ва туризмдаги улкан салоҳиятни рўёбга чиқаришдан мақсад – иқтисодиётни ва ҳаёт сифатини янада юксалтириш

Визит Президента в Ташкентскую область: реализовать огромный потенциал в транспорте, энергетике и туризме для дальнейшего роста экономики и качества жизни

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

06 Dec, 15:00


Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонига шарҳ

Комментарий к Указу Президента Республики Узбекистан «О помиловании группы лиц, отбывающих срок наказания, чистосердечно раскаявшихся в содеянном и твердо вставших на путь исправления»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

06 Dec, 14:38


📌 Bugun Karmana tuman "Nuroniy" jamg‘armasining raisi O‘tkir Rajabov tuman "Nuroniylar jamoatchilik Kengashi" a’zolari D.Xolov, E.Zohidovalar bilan tumandagi "Beshkent", "Arg‘un", "Ziyokor" va "Xo‘ja xisrav" mahallalarida bo‘ldilar.

Mas'ullar mahalla yettiligi, "Keksalar maslahati" guruhi a’zolari va  ijtimoiy faol nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda dastlab,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qarori mazmun mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 WWW I Telegram | 📹 Youtube | Facebook‌‌

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

06 Dec, 14:31


Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

06 Dec, 14:06


Президент Бўстонлиқ туманида ташкил этилаётган капсула уйлардан иборат туризм масканида бўлди.

Президент посетил создаваемый в Бостанлыкском районе туристический комплекс, состоящий из капсульных домов.

#Mirziyoyev #safar #Toshkentviloyati #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

06 Dec, 14:06


Бўстонлиқда ташкил этилаётган капсула уйлардан иборат замонавий дам олиш маскани кўздан кечирилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

21 Nov, 14:26


MUHIM MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

📍 Bugun Karmana tumanidagi "Madaniyat markazi"ning majlislar zalida tuman hokimi o‘rinbosari Elyor Kenjayev, tuman prokurori Zokir Barnayev, tuman IIB boshlig‘i Akmal Abduraimov, tegishli tashkilot rahbarlari, umumta'lim maktab direktorlari, yoshlar yetakchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda joriy yil davomida o‘quvchi talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va boshqa bir qator masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, rahbarlar tomonidan mas'ullarga bu boradagi muhim masalalarga mas'uliyat bilan yondashgan holda mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

21 Nov, 14:15


NAVOIY VILOYATI EKSPORTIDAGI TOP: 10 DAVLATLAR

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyati eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:

🟢 Fransiya – 627,2 mln

🟢 Rossiya Federatsiyasi – 69,3 mln


Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

21 Nov, 13:55


🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️


🌳 KARMANADA YASHIL MAKON UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA

🌱 Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Karmana tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Shoxrux Xayriddinov boshchiligida xodimlar ishtirokida zovur atroflariga mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi
.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

21 Nov, 13:15


Президент Шавкат Мирзиёев ёшларни спортга кенг жалб этишга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по широкому вовлечению молодежи в спорт.

#Mirziyoyev #taqdimot #sport #yoshlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 09:28


Парламент фаолиятида ютуқлар билан бирга эътибордан четда қолган масалалар ҳам бўлгани қайд этилди. Президент уларнинг айримларига тўхталиб ўтди.

Хусусан, тўғридан-тўғри ишлайдиган ва аниқ ижро механизмларига эга қонунлар улуши камлигича қолмоқда. Парламент назорати тўлақонли таъсирчан институтга айланди, деб ҳозирча айтиб бўлмайди, парламент ва депутатлик назорати ижтимоий соҳа билан чекланиб қолмоқда.

Депутатларнинг сайлов округидаги фаолияти асосан учрашувлар ташкил этиш, шикоят ва саволларга расмий жавоб беришдан иборат бўлиб қолмоқда. Мисол учун, ислоҳотларнинг муҳим қисми бўлган камбағалликни қисқартириш масаласида депутатларимиз ҳали ўз ўрнини топа олгани йўқ.

Сўнгги йилларда Бирлашган Миллатлар Ташкилоти ва минтақа доирасида бир қатор йирик ташаббуслар илгари сурилди. Ана шу ташаббусларнинг моҳияти ва аҳамиятини халқимизга етказишда депутатларда, афсуски, фаоллик етишмаяпти.

Давлатимиз раҳбари қуйи палатанинг янги таркиби қайд этилган масалалар бўйича янгича ишлашига умид билдирди.

Facebook|Instagram|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 09:28


Келгуси беш йилда Қонунчилик палатаси олдида ғоят улкан вазифалар тургани таъкидланди.

Қуйи палатадаги 12 та қўмита ўрнида 10 та янгиланган қўмита ташкил қилинди. Илк бор парламентимизда Тадбиркорлик, рақобат ва саноат қўмитаси тузилгани юртимизда ишбилармонлик муҳитини яхшилашга хизмат қилади.

Энди палатадаги қўмиталар аъзолари билим ва тажрибасини тинимсиз ошириб, масъулиятни чуқур ҳис этиб, янада кўпроқ меҳнат қилишлари лозимлиги, пухта билим, профессионал малака, юксак фазилат ва тафаккурга эга бўлган депутатгина қуруқ гап ва популизмдан йироқ бўлиши кўрсатиб ўтилди.

Ҳар бир қўмита қошида фуқаролик жамияти институтлари вакилларидан иборат жамоатчилик кенгашлари тузилса, яхши самара беришга ишонч билдирилди.

Facebook|Instagram|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 09:28


Қонун ижодкорлиги жараёни, аввало, жамиятимиздаги долзарб муаммолар ечимига, халқимизнинг оғирини енгил қилишга қаратилиши кераклиги таъкидланди.

Масалан, юртимизда аҳоли сони йилига қарийб 1 миллионга ошмоқда. Бу – янги уй-жойларни кўпайтиришни тақозо этмоқда. Лекин деҳқончилик учун зарур ерлар уй-жой қуришга бериб юбораверилса, эртага қаерга экин экамиз, озиқ-овқат хавфсизлиги нима бўлади, деган саволлар долзарб бўлиб бормоқда.

Шу боис, аҳоли ва кенг жамоатчиликнинг фикрини ўрганиб, эскирган уйлар ўрнида замонавий кўп қаватли уй-жойлар қуриш учун “Реновация тўғрисида”ги қонунни қабул қилиш кераклиги таъкидланди.

Сўнгги пайтларда уй-жой қуриб беришни ваъда қилган қурувчи ва унга ишониб сармоя киритган аҳоли ўртасида низолар учраётганига гувоҳ бўлмоқдамиз.

Бундай ҳолатларнинг олдини олиш мақсадида фуқароларимизнинг уй-жой қурилишига жалб этилган маблағларини кафолатли ҳимоя қилишга қаратилган қонунни қабул қилиш лозимлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 09:28


Янги даврда парламент чинакам халқ уйи, унинг қуйи палатаси эса ғоялар генераторига, соғлом рақобат, баҳс ва мунозаралар майдонига айланиши керак.

Ўтган сайловларда сиёсий партияларнинг дастури ҳам, ғоялари ҳам бир-биридан фарқ қилди, турли сиёсий мафкуралар кураши яққол кўзга ташланиб турди. Хусусан, сайловлар жараёнида кўплаб дебатлар ташкил этилганини халқимиз ва халқаро кузатувчилар алоҳида эътироф этди.

Президентимиз парламентда мухолифатни жонлантириш зарурлигини айтди.

Бунинг учун парламентдаги мухолифатга кафолатланган ҳуқуқлари сонини 3 тадан 6 тага ошириш, 1 нафар қўмита раиси ва 2 нафар қўмита раиси ўринбосари лавозимларини кафолатли эгаллаш, ҳар чоракда “Ҳукумат соати” ва парламент сўрови доирасида камида биттадан масала киритиш каби қўшимча ҳуқуқлар беришни таклиф қилди.

Сайловлардаги соғлом рақобат, мухолиф фикрлар кураши парламентга кўчиб ўтса, бу албатта халқ манфаатларига мос қонунлар ишлаб чиқилишига хизмат қилишига ишонч билдирилди.

Парламент назорати, аввало, сиёсий назоратдир, унинг оқибати ҳам сиёсий масъулият билан боғлиқдир. Президент Қонунчилик палатасига Ҳукумат аъзоси ҳисоботини эшитиб, унинг якунларига кўра, ушбу раҳбарни истеъфога чиқариш тўғрисида Президентга таклиф киритиш ҳуқуқи берилганини эслатиб ўтди.

Facebook|Instagram|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 09:28


Жойларда аҳоли фаровонлигини ошириш бўйича дастурларни ишлаб чиқишда парламентнинг фаол иштирок этиши муҳим.

Масалан, бу йил ҳудудларни ривожлантириш, ижтимоий ва инфратузилма объектларини қуриш, маҳаллаларни обод қилиш бўйича инвестиция дастурларига 30 триллион сўмдан зиёд маблағ йўналтирилди.

Бироқ, ана шу дастурни қабул қилишда қайси депутат қатнашди, унинг ижроси бўйича кимдан ҳисобот талаб қилди, деган саволлар очиқ қолмоқда.

Шу муносабат билан Президент инвестиция дастурларини тайёрлашда депутатлар ҳам албатта иштирок этадиган, уларнинг фикри инобатга олинадиган тизим яратиш ташаббусини илгари сурди.

Бундан ташқари, туман ва шаҳарларнинг молиявий имкониятларини ошириш мақсадида келгуси йилдан ер, мол-мулк ва айланма солиқларини тўлиқ, даромад солиғининг эса камида 50 фоизини туман ва шаҳарнинг ўзида қолдириш таклиф этилди.

Facebook|Instagram|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 09:28


Ўтган даврда парламент дипломатияси ва парламентлараро алоқалар ташқи сиёсатимизнинг таъсирчан ва прагматик воситасига айланди.

Ўтган беш йилда Ўзбекистон Парламентлараро иттифоқ, Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги, Европада хавфсизлик ва ҳамкорлик ташкилоти парламент ассамблеяларига аъзо бўлди, Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг хотин-қизлар форуми, Марказий Осиё давлатлари иккинчи парламентлараро форуми каби халқаро тадбирларга мезбонлик қилди.

Давлатимиз раҳбари халқаро парламентлараро алоқаларни янада ривожлантириш мақсадида қуйи палатада қонунчиликни Жаҳон савдо ташкилоти битимларига уйғунлаштириш ҳамда иқлим ўзгариши оқибатларини камайтириш ва “яшил” иқтисодиётга ўтишни тезлаштириш масалалари бўйича парламент комиссиялари ташкил этишни таклиф қилди.

Янги тузилаётган парламент комиссияси ташаббусни қўлга олиб, қонунларимизни Жаҳон савдо ташкилоти қоидаларига тўлиқ мослаштиришни келгуси йилда якунига етказишига ишонч билдирилди.

Facebook|Instagram|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 09:28


Бугунги мажлис мамлакатимиз ҳаётидаги муҳим сана – давлатимиз байроғи қабул қилинганлигининг 33 йиллиги билан бир кунда ўтаётганлигида рамзий маъно мужассамлиги таъкидланди.

Миллий давлатчилигимиз, мустақиллигимиз ва эркимиз рамзи бўлган байроғимиз ўтган даврда йирик халқаро илм-фан, маданият ва спорт тадбирларида ва шоҳсупаларида баланд хилпираб, барчамизнинг қалбимиздан чуқур жой олиб, миллий ғуруримиз тимсолига айланди.

Фурсатдан фойдаланиб, давлатимиз раҳбари депутатларни, улар орқали кўп миллатли бутун халқимизни бугунги катта байрам билан самимий қутлади.

Facebook|Instagram|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 09:28


Ўтган беш йил давомида қуйи палата самарали фаолият кўрсатгани эътироф этилди.

Авваламбор, парламентимизнинг тўртинчи чақириқ депутатлари мамлакатимизнинг келгуси тараққиёт йўналишини белгилаб берган Асосий қонунимизни янги таҳрирда тайёрлаш ва қабул қилишда жонбозлик кўрсатдилар ва бу Янги Ўзбекистон солномасида ёрқин тарихий воқеа сифатида муҳрланди.

Қуйи палата томонидан 130 дан ортиқ янги ва яхлит қонунлар қабул қилинди. Бу – олдинги даврга нисбатан 1,5 карра кўп.

Президентимиз ўтган чақириқда фаолият кўрсатган депутатларга самарали меҳнатлари учун чин дилдан миннатдорчилик билдирди.

Facebook|Instagram|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 08:17


🇺🇿 18 ноябрь – Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинган кун

Байроқ қадим-қадимдан ҳар бир халқда мустақиллик, озодлик, тинчлик ва барқарорлик тимсоли бўлиб келган.

🇺🇿 Байроғимиздаги ҳар бир ранг, ҳар бир белги ўзига хос маънога эга:

Мовий ранг – куч-қудратни, тинчлик ва барқарорликни ўзида акс эттиради;

◽️Оқ ранг – поклик, беғуборликни ифодалаб келган;

Яшил ранг – яшариш ва янгиланиш рамзи, шунинг баробарида она табиатимиз, асрий қадриятларимиз, иймон-эътиқодимиз тимсоли ҳисобланади.

Қизил чизиқлар томиримиздаги аждодлар қони – мангулик нишонасидир.

🌜 Навқирон ярим ой тасвири бизнинг тарихий анъаналаримиз билан боғлиқ. Айни пайтда у қўлга киритилган мустақиллигимиз рамзи ҳам.

Давлат байроғимиздаги 12 юлдуз тасвирини ўзбек халқи маданиятининг қадимийлиги, унинг комилликка, ўз тупроғида саодатга интилиши рамзи сифатида тушуниш лозим.

Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 08:15


🏗Navoiy viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha bajarilgan ishlar

📊2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 6 762,2 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi 77,4 % ni tashkil etdi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 11,9 % ga oshgan.

📈Hududlar kesimida bino va inshootlar qurilishi hajmi, mlrd soʻmda:

🔸Navoiy shahri – 519,6 mlrd

🔸Zarafshon shahri – 526,7 mlrd

🔸G‘ozg‘on shahri – 13 mlrd

🔸Qiziltepa tumani – 751,7 mlrd

🔸Karmana tumani – 316,9 mlrd

🔸Navbahor tumani – 426,8 mlrd

🔸Uchquduq tumani – 178,6 mlrd

🔸Nurota tumani – 391,1 mlrd

🔸Konimex tumani – 42,7 mlrd

🔸Tomdi tumani – 1 325,8 mlrd

🔸Xatirchi tumani – 359,3 mlrd

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 07:59


Президент партиялар сайлов кампанияси давомида илгари сурган ва халқимиз қўллаб-қувватлаган ҳар бир таклиф албатта кўриб чиқилиши ва амалга оширилишини таъкидлади.

Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партиясининг хусусий мулк дахлсизлигини кучайтириш, тадбиркорлик муҳитини яхшилаш ҳақидаги таклифлари қўллаб-қувватланди.

Президентимиз “Миллий тикланиш” демократик партиясининг мактабларда муаллимларни танлов асосида ишга қабул қилиш, фарзандларимизни миллий қадриятларимиз руҳида тарбиялаш, уларга она тили ва чет тилларни ўргатиш учун янада кенг шароитлар яратишга оид таклифларига қўшилди.

Ўзбекистон Халқ-демократик партиясининг ногиронлиги бўлган шахслар учун шароитларни янада яхшилаш, аҳолимизнинг пенсияга чиқишдаги кафолатли ҳуқуқларини янада мустаҳкамлаш бўйича ташаббусларини қўллаб-қувватлади.

Адолат” социал-демократик партиясининг истироҳат боғлари, сайилгоҳ, хиёбонларни хусусийлаштиришни тақиқлаш бўйича позицияси, дорилар устидан назоратни кучайтириш, нархлар сунъий ошишини олдини олиш, рецептсиз дорилар рўйхатини қисқартириш бўйича интилишларини маъқуллади.

Экологик партиянинг давлат органлари ва корхоналар ҳудудида яшил боғлар ташкил этиш, экологик маданиятни юксалтириш бўйича дастур қабул қилиш ҳақидаги таклифлари қўллаб-қувватланди.

Facebook|Instagram|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 07:44


Сайловлар тўлиқ очиқлик, ошкоралик ва шаффофлик муҳитида ўтгани, қўлланган замонавий технологиялар ҳам бу жараёнда муҳим роль ўйнагани таъкидланди.

Жумладан, сайловнинг барча босқичлари тўлиқ рақамлаштирилиб, “Э-сайлов” ахборот тизими жорий қилинди. Овоз бериш жараёнларини онлайн кузатиш имкони яратилди, илк бор электрон овоз бериш синовдан ўтказилди.

Сайловларни Европада хавфсизлик ва ҳамкорлик ташкилоти, Шанхай ҳамкорлик ташкилоти, Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги каби 13 та нуфузли халқаро ташкилот, 40 дан зиёд давлатдан 850 нафар хорижий ва 65 мингдан зиёд маҳаллий кузатувчилар, оммавий ахборот воситаларининг мингдан ортиқ вакиллари кузатиб борди.

Президентимиз уларга сайлов жараёнлари ҳақидаги холис фикрлари ва тавсиялари учун ўз номидан, бутун халқимиз номидан ташаккур изҳор этди. Ушбу тавсияларнинг ҳар бири чуқур ўрганилиб, амалиётга татбиқ этиш чоралари кўрилиши таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

18 Nov, 07:42


📍 Karmana tuman hokimi o‘rinbosari Elyor Kenjayev mahalla yettiligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida "Sardoba‘" mahallasidagi 5 ta daromadi past oilalar xonadonlariga borib, o‘zi va oila a’zolari bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida oilalar bilan samimiy suhbatlashgan holda joriy yil yakuniga qadar kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yana bir bor mahalla yettiligi bilan birgalikda joyida tahlil va muhokama qilinib, ularga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

16 Nov, 13:03


📍 Karmana tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimining birinchi o’rinbosari Sherzod Zayniyev, tegishli mas'ul tashkilot rahbarlari hamda mahalla mas'ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida kambag‘allik darajasiga tushib qolgan fuqarolarning duch kelgan muammolarni bartaraf etish, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish, oila byudjetini oshirish, migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni belgilangan tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

16 Nov, 12:29


Bugun Karmana tumani Narpay hududidagi M.Mirzayev nomli bogʻdorchilik ilmiy tadqiqot institutida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Shoxrux Xayriddinov, fermerlar Kengashi vakillari hamda tegishli tashkilot mas'ullari ishtirokida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda bog‘ va tokzorlar orasiga va aholi tomorqalariga to‘qsonbosti ekinlar ekish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan mas'ullarga bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

16 Nov, 10:05


DAROMADI PAST OILALARGA KO‘MAK BERILMOQDA

📍 Karmana tumani hokimi Valijon Adizov "Qahramon" mahallasidagi bir guruh oilalar xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarning muammo va takliflarini tingladi.

Shuningdek, tuman rahbari tomonidan ularning muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga bir qator topshiriqlar berildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

16 Nov, 09:45


📍 Ayni paytda Karmana tumani hokimi Valijon Adizov "Qahramon" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi hamda tegishli tashkilot rahbari tomonidan mahalla hududida aholi bandligini ta'minlash, kambag‘al oilalarga amaliy ko‘mak berish, migratsiyadan qaytgan va bugungi kunda xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolar bilan amalga oshirgan ishlari bo‘yicha o‘rganmoqda.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

14 Nov, 11:42


KARMANA TUMANIGA 1 MILLIARD DOLLAR INVESTITSIYA KIRITILISHI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-noyabrdagi 750-son qaroriga muvofiq Navoiy viloyati Karmana tumani hududida 100 gektar yer maydonida 2028-yil oxiriga qadar 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobidan kimyo sanoati yoʻnalishidagi yangi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilandi.

🏗 Ma'lumot o‘rnida shuni aytish joizki, ushbu loyihalar orqali 2 mingdan ziyod ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash rejalashtirilgan. Shuningdek, korxonalarning qurilishi belgilangan hududlar aholi yashash punktidan olisda bo‘lganligi sababli inson sog‘ligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

14 Nov, 09:40


Karmana tumani "Varq" mahallasida joylashgan 31-umumta'lim maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash , mahalla hududida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida Markaziy harbiy okrug, Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, Navoiy faxriylar kengashi raislari hamkorligida  maktab o‘quvchi yoshlari ishtirokida harbiy-vatanparvarlik festivali doirasida “Uch avlod uchrashuvi”, “Ofitserlik mardlik kasbi”, “Vatanni himoya qilish sharafli” burchdir shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarimizga Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarimizni Oliy harbiy bilim yurtlariga qiziqishi bo‘yicha faxriylarimiz, harbiy qism ofitserlari tomonidan suhbatlar bo‘lib.Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari doirasida harbiy qism harbiy orkestr jamoasi, faxriy qorovul chiqishlari hamda qurol-aslahalar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

14 Nov, 06:32


〰️❤️❤️❤️❤️❤️❤️〰️
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

🔗Кармана тумани ҳокимлигида вилоят ҳокими раислигида бўлиб ўтган йиғилишда алоҳида Кармана туманида аҳоли бандлигини таъминлаш, мигрантлар билаш ишлаш ҳамда камбағалликни қисқартириш юзасидан амалга оширилган ишлар муҳокама этилди.

Бу йўналишлардаги йўл қўйилган камчиликлар, туман миқёсидаги қониқарсиз кўрсаткичлар танқидий таҳлил этилиб, баъзи раҳбарларга интизомий жазо чоралари кўрилди.

Мутасаддиларга миграциядан қайтганларни тадбиркорликка жалб қилиш, бандлигини таъминлаш бўйича қатор топшириқлар белгилаб берилди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


📝📝📝

🔗Karmana tumani hokimligida viloyat hokimi raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda alohida Karmana tumanida aholi bandligini ta’minlash, migrantlar bilash ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Bu yo‘nalishlardagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tuman miqyosidagi qoniqarsiz ko‘rsatkichlar tanqidiy tahlil etilib, ba’zi rahbarlarga intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

Mutasaddilarga migratsiyadan qaytganlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha qator topshiriqlar belgilab berildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

14 Nov, 04:49


〰️❤️❤️❤️❤️❤️❤️〰️

🔗Аввал хабар берганимиздек, Кармана тумани ҳокимлиги катта мажлислар залида Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов раислигида аҳоли бандлигини таъминлаш, мигрантлар билаш ишлаш ҳамда камбағалликни қисқартириш юзасидан йиғилиш бўлиб ўтмоқда.

Йиғилишда шу йўналишларда туман, шаҳар ҳокимлари ва сектор раҳбарлари фаолияти таҳлил этилиб, Навбаҳор, Нурота туманлари ва Ғозғон шаҳрида қилинган ишлар танқидий таҳлил этиляпти.

Шунингдек, аҳолини ижтимоий, иқтисодий, ҳуқуқий, психологик қўллаб–қувватлашга, билим ва касб ўрганишга эҳтиёжи ва иштиёқи бўлган, ишсиз фуқароларнинг муаммоларини аниқлаш ҳамда амалий ёрдам кўрсатиш бўйича ишлар қониқарсиз эканлиги таъкидланди.

Бундан ташқари, миграциядан қайтганларни тадбиркорликка жалб қилиш, бандлигини таъминлаш ишларига барча раҳбарлар бирдек масъул эканлиги айтиб ўтилди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


📝📝📝

🔗Avval xabar berganimizdek, Karmana tumani hokimligi katta majlislar zalida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov raisligida aholi bandligini ta’minlash, migrantlar bilash ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda shu yo‘nalishlarda tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari faoliyati tahlil etilib, Navbahor, Nurota tumanlari va G‘ozg‘on shahrida qilingan ishlar tanqidiy tahlil etilyapti.

Shuningdek, aholini ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab–quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz fuqarolarning muammolarini aniqlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar qoniqarsiz ekanligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, migratsiyadan qaytganlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash ishlariga barcha rahbarlar birdek mas’ul ekanligi aytib o‘tildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

02 Nov, 04:21


Keksalarni uzoq umr ko‘rganligi uchungina emas, hayot sinovlariga uzoq bardosh bergani uchun ham hurmat qilmoq kerak.

Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko‘rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir.

Sartaroshni suvoqchi qilib qo‘ysangiz, devorga sovun ko‘pigi surtadi. Etikdo‘zni sartarosh qilsangiz, odamni boshiga mix qoqadi...

Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasa shuning o‘zi baxt!

Dunyoda mehrdan arzon narsa yo‘q. Bir og‘iz shirin so‘z, bir chimdim mehr kimni o‘ldiribdi! Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz..

Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

O‘tkir Hoshimov

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

01 Nov, 14:14


Президентнинг Навоийга ташрифи: вилоят иқтисодиётни ўстириш, инвестиция, экспорт ва пировардида одамларнинг даромадини кўпайтириш ва маънавиятини юкслатиришда намуна бўлиши учун барча имкониятлар ишга солинади

Поездка Президента в Навои: будут задействованы все возможности, чтобы область стала образцом развития экономики, увеличения инвестиций, экспорта и, в конечном итоге, повышения доходов и духовности населения

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

01 Nov, 13:10


O‘RGANING, ESLAB QOLING VA AMAL QILING!

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

01 Nov, 12:23


Karmana tumanidagi 22 - sonli "Ko‘zmunchoq" davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "OLTIN KUZ" deb nomlangan hosiljon bayrami ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Unda ta'lim tashkilotidagi Kamalak, Quyoshjon hamda Ayiqcha guruh bolajonlari kuy va qo‘shiqlar kuylab tadbirda faol ishtirok etishdi.

Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇
🌐 Veb sayt  I Telegram | 📹 Youtube | Facebook

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

01 Nov, 11:28


⚡️Davlatimiz rahbarining korteji Navoiy aeroporti tomon yo‘l oldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

01 Nov, 11:02


Навоий вилоятининг ҳозирги ривожланиши таҳлил қилиниб, келгуси вазифалар белгилаб олинди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

01 Nov, 10:53


⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga amalga oshirgan 2 kunlik tashrifi yakunlandi.

Davlatimiz rahbari raisligida Navbahor tumanida o‘tkazilgan yig‘ilish hozirgina o‘z nihoyasiga yetdi.

Prezident bugunning o‘zida Toshkentga uchib ketishi rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

01 Nov, 10:35


Навбаҳор туманида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Навоий вилояти иқтисодиётини ривожлантириш, аҳоли даромадларини кўпайтириш, ижтимоий инфратузилмани яхшилаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказилди.

Шу билан давлатимиз раҳбари Навоий вилоятига ташрифини якунлаб, Тошкентга жўнаб кетди.

В Навбахорском районе под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по вопросам развития экономики Навоийской области, увеличения доходов населения и улучшения социальной инфраструктуры.

На этом глава государства завершил поездку в Навоийскую область и отбыл в Ташкент.

#Mirziyoyev #safar #Navoiy #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X