KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿 @konimex_tumani_axborot_xizmati Channel on Telegram

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

@konimex_tumani_axborot_xizmati


Конимех туман ҳокимлиги – маҳаллий давлат бошқарув органи.
Веб сайт: www.konimex.uz
Бизнинг манзил: Конимех тумани,
Абай кўчаси 13-уй
Иш вақти: 09:00 - 18:00
Тушлик вақти: 13:00 - 14:00
Дам олиш кунлари; Шанба-Якшанба
Мурожаат учун: @Konimex_murojaat_bot

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿 (Uzbek)

Sizga Konimex tuman hokimligi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Konimex tuman hokimligi bir mahalli davlat boshqaruv organi sifatida faoliyat yuritadi. Ularning veb-sayti www.konimex.uz manzilida joylashgan. Tuman manzili: Konimex tuman, Abay ko'chasi 13-uy. Ish vaqti 09:00 dan 18:00 gacha, tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha bo'ladi. Konimex tuman hokimligida dam olish kuni Shanba-Yakshanba kuni hisoblanadi. Agar sizda murajat qilish uchun savol yoki takliflar bo'lsa, @Konimex_murojaat_bot orqali bog'lanishingiz mumkin. Konimex tuman hokimligi bilan yaqinda bo'lishingiz uchun kanalga a'zo bo'ling va so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

19 Feb, 17:07


"PSIXOLOGIK BARQARORLIK, STRESSGA QARSHI KURASHISH"

Konimex tumani maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi 19- umumta'lim maktabida  barcha maktab psixologlari ishtirokida "Tanglik xulq atvor psixologiyasi va uning oldini olish profilaktikasi" mavzusida tuman seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminardan ko'zlangan maqsad: pedagog  va o'quvchilar o'rtasida stress va salbiy holatlarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat.

Seminarga tuman maktablari  psixologlari va tuman MMTBning metodist psixologi N.Achilova ishtirok etdi. Tadbir  koʻtarinki ruhda oʻtkazilib oʻquvchilar va psixologlar bilan treninglar tashkil etildi. Maktab iqtidorli oʻquvchilari oʻzlarining kuy qoʻshiqlari va raqslarini ijro etdilar.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

19 Feb, 15:50


Президент Шавкат Мирзиёев энергия самарадорлигини ошириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по повышению энергоэффективности.

#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #samaradorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

19 Feb, 15:02


👍👌😎🫡

Ижтимоий тармоқларда тижорат банклари томонидан фуқароларга тегишли банк карталари ҳақида SMS-хабарлар юборилаётганлигига доир тарқатилаётган хабарлар юзасидан қуйидагилар билдирилади.

Мазкур SMS-хабарлар тижорат банклари томонидан Марказий банкнинг тегишли кўрсатмасига мувофиқ фуқароларни уларнинг номига расмийлаштирилган банк карталари тўғрисида хабардор қилиш мақсадида юборилмоқда. SMS-хабарларда келтирилган банк карталари рақамлари ахборот хавфсизлиги ҳамда киберхавфсизлик талабларидан келиб чиқиб, қисман беркитилган тарзда акс эттирилган.

Фуқаролар SMS-хабарларда қайд этилган банк карталари уларнинг номига расмийлаштирилганлиги билан боғлиқ бирор тушунмовчиликлар келиб чиққан тақдирда, хизмат кўрсатувчи тижорат банкига мурожаат қилиб, ҳолатга аниқлик киритишлари ҳамда фойдаланмаётган банк карталарини ёпишлари тавсия этилади.

Қайд этиш лозимки, анъанавий усулда банк картаси очишдан ташқари фуқаролар номига банк карталари (хусусан, виртуал банк карталари) фирибгарлар томонидан банк мобиль иловаларидаги фуқаро шахсий кабинети эгалланиши оқибатида ёки фуқаронинг ўзи банк мобиль иловасида рўйхатдан ўтиш орқали расмийлаштирилиши мумкин.

🌐Web 🔝 Telegram 🔝 Twitter 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Linkedin

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

12 Feb, 16:41


Bugun biz AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Suhbatda tez o‘zgarayotgan voqeliklarni inobatga olgan holda AQShning yangi ma’muriyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik. Shuningdek, ayollar uchun imkoniyatlar yaratish, ta’lim sohasini yaxshilash hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdik.



Сегодня мы провели встречу с послом США в Узбекистане Джонатаном Хеником.

В ходе беседы обсудили развитие взаимовыгодного партнёрства с новой администрацией США с учётом быстро меняющихся реалий. Также обменялись мнениями о создании возможностей для женщин, улучшении сферы образования и укреплении двусторонних торгово-экономических отношений.

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

12 Feb, 16:09


"Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasi transformatsiya qilish va vakolatli davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 54-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq  yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" nomi ostida ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.

Konimex tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi bilan hamkorlikda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat tuman bo'linmasida respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov natijalariga ko'ra:

1-o'rinni 23-maktab jamoasi,
2-o'rinni 19-maktab jamoasi,
3-o'rinni 7-maktab jamoasi egalladi.

23-maktab jamoasi 1-o'rinni egallab, tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

12 Feb, 11:56


Объявляем о наборе специалистов для международной компании в сфере обработки данных, автоматизации и BPO-услуг.

Открытые вакансии:
🔹 Транскрипторы (100 человек) - чтение и ввод данных на русском языке (навыки работы в word, excel);
🔹 Руководители групп (4 человека) - владение русским и английским языками;
🔹 Менеджер по операциям (1 человек) - владение русским и английским языками (отличные лидерские навыки).

📍 Условия:
✔️ Официальное трудоустройство
✔️ Комфортный офис с современной инфраструктурой
✔️ Перспективы карьерного роста
_________________________________

📩 Для участия в отборе заполните: Google-форму
📞 Данные для связи: 90 619-09-06
📱 Телеграм: https://t.me/AslonovA09

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

12 Feb, 11:28


"XONADONIMGA QUYOSH PANELI O‘RNATIB, FOYDA TOPDIM"

Konimex tumani “Navro'z” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Xamroqul aka Xamdamov o‘z yashash xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatib, bugungi kunda nafaqat xonadonining energiyaga bo'lgan talabini qondirmoqda, shu bilan bir qatorda daromad ham topmoqda.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

12 Feb, 10:14


"E-AUKSION" elektron savdo platformasida Navoiy viloyatidagi savdoga chiqarilgan mol-mulklarni doimiy kuzatib boring hamda shaffof savdolarda ishtirok eting!

Ayni paytda Navoiy viloyatidagi 4702 dan ortiq Davlat mulki ob'ektlari hamda aktivlari va yer uchastkalari elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga qo'yilgan.

🔷 48 ta Davlat aktivlari (ko'rish)
🔷 115 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (ko'rish)
🔷 153 ta ko'chmas mulklar (ko'rish)
🔷 194 ta avtotransport vositalari (ko'rish)
🔷 588 ta dexqon xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar (ko'rish)
🔷 1897 ta tadbirkorlik va shaharsozlik uchun yerlar (ko'rish)
🔷 1 ta Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi (ko'rish)
🔷 59 ta Maxsus texnikalar (ko'rish)
🔷 0 ta daryo o'zanlarini tozalash (kar'er) (ko'rish)
🔷 320 ta boshqa turdagi mulklar (ko'rish)
🔷 1279 ta ko'chma savdo do'konlari (ko'rish)
🔷 0 ta "O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari (ko'rish)
🔷 308 ta "O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

12 Feb, 09:16


📹#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🖥🖥🖥 | Navoiyga Mo'g'ulistondan ming bosh qo'y olib kelindi

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

📹#ОАВ_БИЗ_ҲАҚИМИЗДА

🖥🖥🖥 | Навоийга Мўғулистондан минг бош қўй олиб келинди

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

12 Feb, 07:25


"O'ZBEKISTON 2030"

Ekologik tamoyillarni oʻzining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori koʻrsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomi berilib, ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan banklarda isteʼmol kreditini olishda chegirma taqdim etiladi.

Oilaning barcha voyaga yetgan aʼzolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili ochiq tanlov orqali 14 ta elektromobil beriladi.

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

12 Feb, 05:01


Bugun O‘zbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunini nishonlayapmiz. Mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanaman.

Raqamlarning o‘zi aytib turibdi: O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar! Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi.

Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz!



Сегодня на Форуме женщин-учёных Узбекистана мы отмечаем Международный день женщин в науке. Я горжусь тем, что поддержка женщин в науке в нашей стране — приоритет.

Цифры говорят сами за себя: 48% учёных в Узбекистане — женщины! Их исследования, инновации и преданность своему делу вдохновляют и доказывают, что наука нуждается в них, а они — в науке.

Вместе с международным сообществом мы будем работать над созданием будущего, где наука служит миру и процветанию!

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Feb, 14:35


Ўтган даврда IT, молиявий хизматлар, туризм, авиация, таълим ва тиббиёт соҳаларида "катта сакраш" бўлди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Feb, 13:48


🩵🩵🩵🩵🩵

🩵Навоий вилоятида Алишер Навоий йили ва Ҳазратнинг 584 йиллиги муносабати билан вилоят ҳудудлари ҳокимларидан сиз кутмаган мушоира.

🩵 февраль соат 🩵:🩵🩵да каналимизда премьераси кутилаётган махсус видеороликни ўтказиб юборманг.

🩵Бунақаси ҳали бўлмаган.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Feb, 12:04


Ижтимоий тармоқларда Президент Администрациясида штат бирликлари камида 50 фоизга, бошқа давлат ташкилотларида ҳам қисқартириш бўлиши ҳақида расман тасдиқланмаган маълумотлар тарқатилмоқда.

Таъкидлаш жоизки, барча даражалардаги давлат ҳокимияти ва бошқаруви органларида, шу жумладан Президент Администрациясидан тортиб қуйи ташкилотларгача бўлган барча идораларда штат бирликларини мақбуллаштириб бориш ишлари бу - доимий жараён ҳисобланади.

Бундан кўзланган асосий мақсад – бир-бирини такрорловчи функцияларни қисқартириш, давлат бошқаруви тизими ва давлат хизматчиларининг фаолияти самарадорлигини ошириш, барча идораларда бюджет маблағларидан оқилона ва тежамкорлик билан фойдаланишни таъминлаш.

Бу жараённинг ҳажми ва кўлами қай даражада бўлиши, мазкур йўналишда тегишли ўрганиш ва таҳлиллар ўтказилганидан кейингина маълум бўлади.

Шу сабабли, оммавий ахборот воситалари, блогерлар ва ижтимоий тармоқ фойдаланувчиларидан бу мавзуга доир хабарларни тарқатишда фақат расмий манбаларга таянишни сўраймиз.

В социальных сетях распространяется официально не подтвержденная информация о том, что численность штатных единиц Администрации Президента будет сокращена как минимум на 50 процентов, а также будут сокращения и в других государственных организациях.

Следует отметить, что оптимизация штата является постоянно идущим процессом в органах государственной власти и управления всех уровней, от Администрации Президента до нижестоящих ведомств.

Главная цель – сокращение дублирующих функций, повышение эффективности системы государственного управления и деятельности госслужащих, а также обеспечение рационального и экономного использования бюджетных средств во всех ведомствах.

Объем и масштаб данного процесса станут ясны лишь после проведения соответствующих исследований и анализов.

В связи с этим, просим средства массовой информации, блогеров и пользователей социальных сетей при распространении информации по данной теме опираться только на официальные источники.

Facebook|Instagram|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Feb, 12:01


MILLIY LIBOS – MILLAT  KO‘ZGUSI

Konimex tumanida milliy liboslarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Milliy liboslar kuni" ni o‘tkazish an’anaga aylanmoqda.


Tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida "Milliy liboslar kuni" keng targ'ib qilindi, markaz xodimlari o'rtasida targ'ibotlar o'tkazilib, xodimlar milliy liboslarda fuqarolarga xizmat qilmoqda.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Feb, 11:54


Aziz kanalimiz obunachilari!

2025-yil Konimex tumani 100 yoshini nishonlaydi. Tumanimizning o‘tmishidan to bugungi kunigacha bo‘lgan tarixiga oid eng muhim voqealar, rasm va ma’lumotlar sizda bormi?

Tumanimiz 100 yilligi munosabati bilan yozilayotgan "Konimex tumani yangi taraqqiyot va yuksalish davrida" nomli kitobda tuman tarixi bilan bog'liq eng sara va to‘g‘ri ma‘umotlar aks etishini istagida bo‘lgan fuqarolarni
@Nematov_Azamat_3 telegram manziliga yozishlarini yoki +998937579904 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘rab qolamiz!

Barchangizdan faollikni kutamiz!!!


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Feb, 11:45


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Япония Бош вазирининг махсус маслаҳатчиси Акихиса Нагасима бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Японии во главе со специальным советником Премьер-министра страны Акихисой Нагасимой.

#Mirziyoyev #qabul #Yaponiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Feb, 11:24


MILLIY LIBOS - MILLAT KO‘ZGUSI

Konimex tumanidagi 12-son DMTT da "Milliy libos" targ‘iboti bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Feb, 10:54


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларда хизмат кўрсатиш соҳаларини ривожлантириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития сферы услуг в регионах.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #xizmatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

06 Feb, 03:50


Vatan madhi

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

06 Feb, 03:18


🕹Navoiy viloyati Konimex tumanida ob-havo

📆 bugun 6-fevral, payshanba

🌫 tumanli havo, +15°...-2°

🏠 hozir:️ -2° , 4.12 m/s

tong: +1°
🌞 kunduzi: +9°
🌚 kechasi:️ +9°


☁️ Bulutlilik: 2 %
💧 Namlik: 40 %
🌬 Shamol: 4.54 m/s
🌊 Shamol yo'nalishi: Janubi-sharqiy
🌫 Bosim: 1023 hPa

🌙 Oy: Yosh oy
🌕 Oy chiqishi: 11:50
🌑 Oy botishi: 02:22

Quyosh chiqishi: 07:43
🌥 Quyosh botishi: 18:03


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

05 Feb, 16:38


Пенсионер Ўзбекистондан чиқиб кетганда пенсия қандай тўланади?

“Давлат пенсияларини тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисидаги низом”га мувофиқ, бугунги кунда:

пенсионер Ўзбекистон Республикасидан ташқарига чиқиб 3 ойдан ортиқ вақт мобайнида Ўзбекистонга қайтиб келмаганида пенсияни тўлаш вақтинча тўхтатиб турилади.

🎚 Бунда вақтинча тўхтатилган пенсияни тўлаш пенсионер Ўзбекистонга қайтиб келгандан сўнг қайта тикланади.

Эслатиб ўтамиз, фуқаро Ўзбекистонга қайтиб келгандан сўнг олинмай қолган ойлардаги пенсиясини 24 ойлигини олиш ҳуқуқига эга.

Бунда пенсия пули пенсияни олиш мақсадида мурожаат этилганидан олдинги 24 ойдан ошмаган давр учун тўланади.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube |📱 X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

05 Feb, 16:02


Бир неча дақиқа олдин Ўзбекистон Президентининг Малайзияга сўнгги 20 йил ичидаги илк расмий ташрифи якунига етди. Дипломатик тажрибам ва матбуот котиби сифатидаги фаолиятимга асосланиб айтишим мумкинки, икки мамлакат раҳбарлари ўртасидаги самимий муносабат ва норасмий мулоқот жуда ёрқин таассурот қолдирди.

Ушбу гўзал ва меҳмондўст мамлакат раҳбарияти Президентимиз билан самимий учрашувлар ўтказиш учун қатъий протокол қоидаларидан чекиниб, юксак ҳурмат ва ишонч намойиш этганига гувоҳ бўлдик.

Хусусан, Президентимизни кутиб олишга Малайзия парламенти спикери чиққани, малайзиялик ҳамкасбларимизнинг айтишича, ушбу мамлакат протокол амалиётида илгари кузатилмаган воқеа бўлди. Бундан ташқари, Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳим Президентимиз Шавкат Мирзиёевга бутун кун давомида, барча расмий тадбир ва учрашувларда ҳамроҳлик қилди. Ҳаттоки мулоқотни давом эттириш учун Ўзбекистон Президентига ажратилган қароргоҳга шахсан ташриф буюрди. Кейин улар биргаликда, бир машинада "Petronas" бош қароргоҳига йўл олишди, у ерда компания раҳбарияти билан учрашув ўтказишди.

Ўзбекистон Президенти шарафига уюштирилган расмий қабул маросимида Малайзия санъаткорлари ўзининг бой тарихи ва маданияти билан бир қаторда халқимизнинг куй-қўшиқлари, рақсларидан иборат концерт дастурини намойиш этгани ҳам алоҳида эътибор ифодаси бўлди.

Бундай норасмий ва самимий муносабат икки етакчи ўртасидаги яқин дўстликдан, Ўзбекистон ва Малайзия халқларининг бир бирига бўлган юксак ҳурмати, икки томонлама муносабатларнинг порлоқ истиқболидан далолат беради.

Считанные минуты назад завершился первый за последние 20 лет официальный визит Президента Узбекистана в Малайзию. Исходя из моей дипломатической практики и деятельности в качестве пресс-секретаря могу сказать, что теплое отношение и неформальное общение между лидерами двух стран произвели яркое впечатление.

Мы стали свидетелями того, как руководство этой прекрасной и гостеприимной страны отходило от строгих правил протокола в пользу искренних встреч с нашим лидером, демонстрируя высокое уважение и доверие.

Так, спикер парламента Малайзии вышел встречать главу нашего государства, что, по словам малайзийских коллег, случилось впервые в протокольной практике этой страны. Более того, Премьер-министр Малайзии Анвар Ибрагим сопровождал Президента Шавката Мирзиёева на протяжении всего дня, на всех официальных мероприятиях и встречах. Он также лично посетил резиденцию, отведенную Президенту Узбекистана, для продолжения общения и затем они вместе, в одной машине направились в штаб-квартиру Petronas, где состоялась встреча с руководством этой компании.

Еще одним проявлением особого внимания стал тот факт, что на официальном приеме в честь Президента Узбекистана деятели искусства Малайзии помимо своей богатой истории и культуры представили концертную программу с песнями, музыкой и танцами нашего народа. 

Такое неформальное и теплое отношение демонстрирует тесную дружбу между лидерами двух стран, свидетельствует о высоком взаимном уважении между народами Узбекистана и Малайзии, многообещающем будущем двухсторонних отношений.

Facebook|Instagram|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

05 Feb, 16:01


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Малайзияга расмий ташрифи доирасидаги тадбирлар якунланди. Аэропортда олий мартабали меҳмонни Малайзия таълим вазири Замбри Абдулқодир ва бошқа расмий шахслар кузатиб қўйди. Давлатимиз раҳбари Тошкентга жўнаб кетди.

Мероприятия официального визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Малайзию завершились. В аэропорту высокого гостя проводили министр образования Малайзии Замбри Абдул Кадир и другие официальные лица. Глава государства вылетел в Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

25 Jan, 13:33


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Maxsus reportaj | Oziq-ovqat xavfsizligi va sog`lom ovqatlanish

Konimex tumani hokimligi
Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

25 Jan, 09:53


Элдор Арипов Малайзия билан ҳамкорликнинг истиқболли йўналишларига алоҳида урғу қаратди

Жорий йилнинг 21 январь куни Куала-Лумпур шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти (СМТИ) директори Элдор Арипов бошчилигидаги Ўзбекистон делегацияси "Мулоқотдан - ҳаракат сари: Ўзбекистон ва Малайзия стратегик ҳамкорлик йўлида" мавзусидаги давра суҳбатида иштирок этди.

Давра суҳбатида Малайзия Парламентининг "Дўстлик гуруҳи", Ташқи ишлар вазирлиги, Давлат бошқаруви миллий институти, Дипломатия ва халқаро муносабатлар институти, Осиё стратегияси ва етакчилик институти, Хадхари Ислом институти ва Жануби-Шарқий Осиёнинг терроризмга қарши кураш минтақавий маркази ходимлари иштирок этди.

Ўзбекистон томонидан СМТИ, Макроиқтисодий ва ҳудудий тадқиқотлар институти, "Тараққиёт стратегияси" маркази, Имом Мотуридий халқаро илмий-тадқиқот маркази, Иқтисодиёт ва молия, Олий таълим, фан ва инновациялар, Қишлоқ хўжалиги вазирликлари экспертлари иштирок этди.

СМТИ раҳбарининг сўзларига кўра, савдо-инвестициявий ҳамкорлик жадал ривожланмоқда. Сўнгги йилларда икки томонлама товар айирбошлаш ҳажми 2,5 баробарга ошди, Ўзбекистон ҳудудида Малайзия капитали иштирокидаги қўшма корхоналар сони 37 тага етди.

Давра суҳбати якунида СМТИ ва СХТИ ўртасида 2025 йилга мўлжалланган ҳамкорлик режаси имзоланди. Ушбу режа икки мамлакат таҳлилий марказлари ўртасида шериклик ва мунтазам ишчи алоқаларни йўлга қўйишни назарда тутади.

https://t.me/hudud_inform

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

25 Jan, 09:35


Konimex tumani "Navro‘z" mahallasida joylashgan kichik sanoat zonasiga eltuvchi yo‘lda maxsus texnikalar yordamida greyderlash, ta‘mirlash va shag'allashtirish ishlari olib borilmoqda.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

25 Jan, 09:31


KONIMEX TUMANIDA KENG KO'LAMDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev rahbarligida tumanda keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.


Xususan, tuman markazi va atroflarida tashkil etilgan obodonlashtirish ishlari doirasida tuman obodonlashtirish bo'limi, tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi xodimlari tomonidan yo‘l atroflari bo‘ylab manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda, piyodalar yo'laklari, avtomobil yo‘lida yo'l holatini saqlash, yo‘l chetini mustahkamlash ishlari davom etmoqda.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

25 Jan, 08:48


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "О.Назировга «Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист» фахрий унвонини бериш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О присвоении О.Назирову почетного звания «Заслуженный артист Республики Узбекистан»"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

25 Jan, 07:33


NAVOIYDA ALISHER NAVOIY YILI

Konimex tumani Ma'naviyat va ma'rifat markazida so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda 2025-yil Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda 19-sonli umumta’lim maktab jamoasi bilan hamkorlikda “Alisher Navoiy va uning ma’naviy merosi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

24 Jan, 07:16


"Zafarobod" mahallasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulayliklar yaratish bo'yicha loyihalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev hamda "Navoiyuran" davlat korxonasi mas'ullari bilan uchrashuvda "Zafarobod" mahallasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ko'p xonadonli uy-joylarni ta'mirlash va yangi turar joylar bunyod etish, mahalla qiyofasini tubdan o‘zgartirish: obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, ko'l atrofida keng ko'lamli bunyodkorlik loyihalarini amalga oshirish, aholining madaniy hordiq olishlari uchun imkoniyatlar yaratish bo'yicha bir qator loyihalar taqdim etildi va kelgusidagi muhim vazifalar belgilandi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

24 Jan, 07:11


Toshkent, Oʻzbekiston

23.01.2025


Ташкент, Узбекистан

23.01.2025

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

24 Jan, 05:14


Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktab hamda 12-umumiy o‘rta ta'lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari va o'qituvchilari o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Konimex tuman bosh mutaxassisi B.Tagayev hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.

Tadbirda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va yosh avlodni turli yot oqimlar ta’siri asrash, ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl ko‘rinishlari, shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

24 Jan, 04:38


Navoiy viloyati Konimex tuman hokimligi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining  YouTubedagi sahifasida "Siyosiy-ma’rifat o‘quv soati"da onlayn ishtirok etishmoqda.

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining
http://ilm.argos.uz platformasi hamda https://youtu.be/B6s7Ebzy3Q0 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

24 Jan, 04:32


Xalqaro ta’lim kuni arafasida men O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan e’tirof etmoqchiman. Biz ta’lim — farovonlik poydevori ekaniga qat’iy ishonamiz va har bir bola uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini taʼminlashga intilamiz.

Bugun xalqaro hamkorlarimiz — UNICEF, UNESCO, UNDP, IHRT, Jahon banki va boshqalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazdik. Muloqot davomida ta’lim masalasiga yangi yondashuvlarni — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlarni muhokama qildik.

Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida sifatli taʼlim olish imkoniyatidan barcha erkin foydalanishi uchun zarur sharoit yaratishga erishamiz.

_

В преддверии Международного дня образования я с гордостью отмечаю успехи реформ Узбекистана в данной сфере. Мы твёрдо убеждены, что образование — это фундамент процветания, и мы продолжим прилагать все усилия, чтобы каждый ребёнок имел возможность раскрыть свой потенциал.

Сегодня состоялась важная встреча с нашими международными партнёрами: UNICEF, UNESCO, UNDP, ОЭСР, Всемирным банком и другими. Вместе мы обсудили новые подходы к образованию, основанные на инновациях, современных методиках и глобальном опыте.

Вместе мы сможем создать условия, в которых качественное образование станет доступным для каждого.

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Jan, 10:09


KONIMEXDA "ROBO CODING" OLIMPIADASI

Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Robo coding" olimpiadasining Navoiy viloyat hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Jan, 09:33


KONIMEX SO'ZINING MA'NOSINI BILARMIDINGIZ!?

Instagram sahifamizga obuna bo'ling:
https://www.instagram.com/reel/DE9ebQrA4FP/?igsh=bXNpbmE3MzRrbGNq

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Jan, 04:24


Ajrashgan otalar shuni bilingki, bolada ayb yo'q!

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Jan, 03:57


Kiberfiribgarlikdan ehtiyot bo‘ling!

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Jan, 03:55


#Farzandnoma

Ota-onaning ilk vazifasi zuriyodlariga Vatanni sevish va uning qadriga yetishga o‘rgatishdan iborat.

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Jan, 03:28


🕹 Navoiy viloyati Konimex tumanida ob-havo

📆 bugun 18-yanvar, shanba

🌫 tumanli havo, +5°...-1°

🏠 hozir:️ -1° , 2.06 m/s

tong: -0°
🌞 kunduzi: +3°
🌚 kechasi:️ +2°

☁️ Bulutlilik: 96 %
💧 Namlik: 66 %
🌬 Shamol: 3.53 m/s
🌊 Shamol yo'nalishi: Shimol , shimoliy-g'arb
🌫 Bosim: 1024 hPa

🌙 Oy: 🌔 Qisqarayotgan oy
🌕 Oy chiqishi: 22:20
🌑 Oy botishi: 10:25

Quyosh chiqishi: 07:58
🌥 Quyosh botishi: 17:40

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

17 Jan, 13:43


"NAVRO'Z" MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI

Konimex tumani "Navro‘z" mahallasida  tuman hokimi Ruslan Ro'ziyev, sektor rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri N.Isroilov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda hokim o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.


Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan davolanishda yordam, ishga joylashtirish, ta'mirlash, subsidiya ajratish, uy-joy va boshqa masalalarda murojaatlar bo‘ldi.

Murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuncha va ko'rsatmalar hamda tegishli tashkilot mutasaddilariga topshiriqlar berilib, amaliy yordam ko'rsatilishi bildirildi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

13 Jan, 14:34


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы военнослужащих и сотрудников правоохранительных органов в связи с 33-летием Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

13 Jan, 14:15


🔡🔡🔡🔡🔡🔡🔡

КОНИМEХ ТУМАНИ ҲОКИМИ - МАЪНАВИЙ-МАЪРИФИЙ ИШЛАР АЪЛОЧИСИ


Мудофаа вазирлиги раҳбарияти давлатимиз мудофаа салоҳиятини мустаҳкамлашдаги қўшган ҳиссасини қадрлаган ҳолда Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари  ташкил этилганлигининг 33 йиллиги ҳамда 14 январь - "Ватан ҳимоячилари куни" муносабати билан Ўзбекистон Республикаси мудофаа вазирининг тегишли буйруғига асосан Конимех тумани ҳокими Рўзиев Руслан Насирович "Маънавий-маърифий ишлар аълочиси" кўкрак нишони билан мукофотланди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


📝📝📝

KONIMEX TUMANI HOKIMI - MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR A'LOCHISI

Mudofaa vazirligi rahbariyati davlatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlashdagi qo'shgan hissasini qadrlagan holda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari  tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tegishli buyrug'iga asosan Konimex tumani hokimi Ro'ziyev Ruslan Nasirovich "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar a'lochisi" ko'krak nishoni bilan mukofotlandi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

13 Jan, 13:22


📹 Тошкент шаҳридаги «Янги Ўзбекистон» боғида «Мен Ғолиб» оммавий югуриш мусобақаси бўлиб ўтди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

13 Jan, 13:10


#JARAYON

  Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev "Do'stlik" madaniyat markazida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Bugungi kunda mazkur madaniyat maskanini joriy ta'mirlab, zamonaviy qiyofa va qulay shart-sharoitlar bilan tuman aholisiga xizmat ko‘rsatish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jarayonda tuman rahbari ushbu manzilda ta'mirlash ishlariga mas'ullar bilan uchrashib, belgilangan ishlarni  tashkil etish, ta'mirlash ishlarini o'z vaqtida sifatli bajarilishi bo'yicha   ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

13 Jan, 13:03


"SARJAL" OVULIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI YAXSHILANMOQDA

Konimex tumanida aholiga qulaylik yaratish, tibbiyot muassasalari faoliyatini takomillashtirish yo‘lida  olis ovul hududlarida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, bugungi kunda Konimex tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli "Sarjal" oilaviy shifokorlik punkti binosi "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida kapital ta’mirlanmoqda.

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan ovul shifokorlik punktida bo'lib, tibbiyot muassasasida amalga oshirilayotgan mukammal ta'mirlash ishlarini ko'zdan kechirdi. Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun kirish-chiqish yo'laklarida qulayliklar yaratish, isitish tizimini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish vazifalari berildi.

Shuningdek, ta'mirlash ishlariga  mas'ul mutasaddilarga belgilangan ishlarni sifatli amalga oshirish va yakuniga yetkazish bo‘yicha kerakli topshiriq va tavsiyalar berildi.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

10 Jan, 17:37


❗️Abduqodir Husanov deyarli "Manchester Siti" futbolchisi!

Shaxsan Pep Gvardiolaning o‘zi uning transferiga ruxsat bergan.

Tomonlar muzokaralarning final qismida. Unga ko‘ra, "shaharliklar" Husanov uchun "Lans"ga bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 50 million yevro o‘tkazib beradi.

Eng muhimi, Abduqodirning katta klubga o‘tishi nafaqat fransuzlar, balki biz uchun ham moliyaviy "plyus"larni taqdim etadi. Belgilangan qoidalar bo‘yicha, futbolchimizni tarbiyalagan klub — "Bunyodkor" uning transferidan 2 foiz ulush oladi. Bu taxminan 1 million yevro degani!

Bir necha kun, balki soatlar ichida Husanov "Manchester Siti" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

10 Jan, 14:02


#JARAYON

Konimex tumani hokimi birinchi o‘rinbosari U.Saitov, Biznesni rivojlantirish banki Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshlig'i I.Saidov hamda mahalla bankerlari bilan birgalikda "Sho'rtepa" mahallasini qulupnay yetishtirishga ixtisoslashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, bo‘sh turgan tomorqadan unumli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash, aholini yuqori daromadli qilish maqsadida mazkur mahallani qulupnay yetishtirishga ixtisoslashtirish ishlari olib borilmoqda.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

10 Jan, 13:16


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев қисқа муддатли меҳнат таътилини якунлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев завершил свой краткосрочный трудовой отпуск.

Facebook|Instagram|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

10 Jan, 12:20


😛😌💛😛😌☺️💛😛😌☺️

🎙 Акшегул Тулегенова,
НКМК тасарруфидаги музей директори

❤️Йил давомида энг самарали фаолият олиб борган ҳудуд ҳокими?
— Конимех тумани ҳокими Руслан Рўзиев.

❤️Йилнинг энг яхши тадбиркори? (эркаклар ўртасида)
— Улуғбек Файзиев, "Zarafshan Golden Group"  компанияси таъсисчиси.

❤️Йилнинг энг яхши тадбиркори? (аёллар ўртасида)
— Шахноза Каримова, "Барака нон Навоий" МЧЖ раҳбари.

❤️Вилоят аҳолисига 2024 йил давомида энг яхши хизмат кўрсатган банк?
— Бизнесни ривожлантириш банки.

❤️Йилнинг энг самарали фаолият юритган бошқармаси?
— Ҳудудий электр тармоқлари.

❤️Йил Қурувчиси ким?
—  Абдукарим Саксонов - "Янги ҳаёт" бренди асосчиси.

❤️Сизнингча, йил янгилиги қайси?
—  Янги Навоий шаҳарчаси қурилиши бошлангани.

Вилоятимизнинг энг ҳурматлилари эътирофларини ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз орқали кузатишда давом этинг.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

10 Jan, 06:46


"E-AUKSION" elektron savdo platformasida Navoiy viloyatidagi savdoga chiqarilgan mol-mulklarni doimiy kuzatib boring hamda shaffof savdolarda ishtirok eting!

Ayni paytda Navoiy viloyatidagi 4886 dan ortiq Davlat mulki ob'ektlari hamda aktivlari va yer uchastkalari elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga qo'yilgan.

🔷 50 ta Davlat aktivlari (ko'rish)
🔷 30 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (ko'rish)
🔷 125 ta ko'chmas mulklar (ko'rish)
🔷 110 ta avtotransport vositalari (ko'rish)
🔷 470 ta dexqon xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar (ko'rish)
🔷 1883 ta tadbirkorlik va shaharsozlik uchun yerlar (ko'rish)
🔷 62 ta Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi (ko'rish)
🔷 44 ta Maxsus texnikalar (ko'rish)
🔷 0 ta daryo o'zanlarini tozalash (kar'er) (ko'rish)
🔷 196 ta boshqa turdagi mulklar (ko'rish)
🔷 1390 ta ko'chma savdo do'konlari (ko'rish)
🔷 0 ta "O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari (ko'rish)
🔷 480 ta "O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari (ko'rish)

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

10 Jan, 05:46


🗓 2025-yil "Ochiq byudjet" portalida jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan loyihalar taqvimi e'lon qilindi

Unga ko‘ra:

1⃣ Yanvar oyida 2024-2025-o‘quv yili uchun "Mening maktabim" loyihasi bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish 13-17 yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Loyihaning 2025-2026-o‘quv yili uchun mavsumi oktyabr oyiga mo‘ljallangan. Loyihalarni kiritish 1-10-oktyabrda, ovoz berish esa 21-30-oktyabr kunlari bo‘ladi. 

2⃣ "Tashabbusli byudjet"ning 1-mavsumi fevral-mart oylariga mo‘ljallangan. Loyihalarni kiritish 1-20-fevralda, ovoz berish esa 11-20-mart oralig‘ida bo‘ladi.

Loyihaning 2-mavsumi iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi. Loyihalarni kiritish 15-iyuldan 3-avgustgacha, ovoz berish 22-avgustdan 31-avgustgacha etib belgilangan.

3⃣ "Mening bog‘im" loyihasi aprel oyida o‘tkaziladi. 1-10-aprelda loyihalarni kiritish, 21-30-aprelda esa ovoz berish bo‘lib o‘tadi.

4⃣ "Mening bog‘cham" loyihasi iyun oyida o‘tkaziladi. Loyihalar uchun ovoz berish jarayoni 1-10-iyun kunlariga belgilangan.

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

10 Jan, 04:56


Navoiy viloyati Konimex tuman hokimligi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining  YouTubedagi sahifasida "Siyosiy-ma’rifat o‘quv soati"da onlayn ishtirok etishdi.

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining
http://ilm.argos.uz platformasi hamda https://youtu.be/dyVdIhkQS_4?si=98IO7INaY6cGbBEF sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Jan, 14:13


🤩🤩🤩⚫️ 🤩🤩🤩⚫️ 🤩🤩🤩 ❗️

❄️ Ҳурматли навоийликлар!

➡️Янги 2025 йилни омонликда, соғ-саломатликда кутиб олдингизми? Ўтган йилдагилар ўтган йилда қолиб кетди, деб ўйлаётган бўлсангиз, сал адашдингиз. Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати бугундан эътиборан "ЭНГ, ЭНГ, ЭНГ!" сўровномасининг иккинчи босқичига старт беради.

⬇️Биринчи босқичда "сувга ташлаган ғалвиримиз" иккинчи босқичда асл ғолибларни юзага чиқаради, деб умид қиламиз.

🔜Хўш, сўровноманинг иккинчи босқичи қандай кечади?

🤍 Иккинчи босқичда вилоятнинг энг фаол жамоатчилик вакиллари видео, аудио ва ёзма шаклларда ўз овозларини тақдим этишади. Энг кўп ва адолатли Эътироф этилган номзодлар босқич ғолиблари деб топилади. Овоз берувчилар эса холис ва сўровнома иштирокчиси бўлмаган ташкилот вакилларидан танлаб олинган. Бу босқичда вилоятнинг ЭНГ машҳурлари, ЭНГ ҳурматлилари, ЭНГ закийлари, ЭНГ фаоллари АСОСЛИ ОВОЗларини беришади.

Иккала босқич натижалари йиғиндиси ЯКУНИЙ ХУЛОСАни ташкил этади.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Jan, 13:51


Хитой жануби-ғарбидаги Шигацзе шаҳри Динжи уездида кучли зилзила оқибатида кўплаб одамлар ҳаётдан кўз юмгани ва жароҳат олгани муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпинга таъзия йўллади.

Давлатимиз раҳбари ҳалок бўлганларнинг оила аъзолари ва яқинларига ҳамдардлик билдирди, жабрланганлар тез орада шифо топишини тилади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Председателю Китайской Народной Республики Си Цзиньпину в связи с многочисленными человеческими жертвами и пострадавшими в результате сильного землетрясения в уезде Динжи города Шигацзе на юго-западе Китая.

Глава нашего государства передал слова сочувствия и поддержки родным и близким погибших, пожелал скорейшего выздоровления пострадавшим.

Facebook|Instagram|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Jan, 13:29


KONIMEXDA VILOYAT SEMINARI BO‘LIB O‘TDI

✔️Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rejasiga muvofiq, Konimex tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash, Davlat ta’lim standartlarini va ta’lim sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amaliyotga tadbiq etish hamda ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda rahbar va mas’ul xodimlar mas’uliyatini oshirishga qaratilgan viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

📍Seminarda boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan mavzuga doir taqdimotlar namoyish etildi hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini sifatli tashkil etishga, kadrlar salohiyatini oshirishga va o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibini sifatli joriy etishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

🌐Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Jan, 13:07


#Yil_sarhisobi_2024
#Vazirlik_haqida

⚡️ 2024-yil davomida vazirlikning Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida

🎙 Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i - Usmonov Bahrom Abdinazarovich

Ma'lumot o'rnida, konsert - tomosha yo‘nalishida, 2024-yilda 7 255 ta konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilib, 10 mln 37 ming 200 nafar aholi qamrab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Jan, 13:04


Konimex tumanidagi mahalla va ovullarda "Ayollar daftari" ning 6-bosqich xatlov jarayonlari boshlandi.

Xatlov jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli bilan birgalikda mahalla xodimlari 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar xonadonlarida xatlov o‘tkazmoqda.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

29 Dec, 11:02


#KONIMEX_FAXRI

Konimex tumani "Yuksalish" mahallasida istiqomat qiluvchi, 1-sonli maktabning 2-sinf o‘quvchisi Uralbayeva Aneliya Baqitjanovna Tashkent shahrida bo‘lib o‘tgan mental arifmetika bo'yicha xalqaro olimpiadada faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Erishilgan natija bilan ustozlari va ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

29 Dec, 08:55


🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠

🎅Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev tuman tibbiyot birlashmasida shifo istab davolanayotgan bemor bolajonlar holidan xabar olib, Yangi yil bayram kayfiyatini ulashdi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🦌🦌🎅🦌🦌🎅🦌🦌🎅

🎅Конимех тумани ҳокими Руслан Рўзиев туман тиббиёт бирлашмасида шифо истаб даволанаётган бемор болажонлар ҳолидан хабар олиб, Янги йил байрам кайфиятини улашди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

29 Dec, 08:00


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Кореянинг Муан шаҳрида рўй берган авиаҳалокат оқибатида кўплаб инсонлар ҳалок бўлгани муносабати билан Корея Республикаси Президенти вазифасини бажарувчи Чой Санг Мокга таъзия мактуби йўллади.

Давлатимиз раҳбари Корея халқига, марҳумларнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик изҳор этиб, жароҳат олганлар тез фурсатда соғайиб кетишини тилади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил письмо с соболезнованиями исполняющему обязанности Президента Республики Корея Чой Санг Моку в связи с многочисленными человеческими жертвами в результате авиакатастрофы в городе Муан.

Глава нашего государства выразил слова искреннего сочувствия и поддержки народу Кореи, родным и близким погибших, а также пожелал скорейшего выздоровления пострадавшим.

Facebook|Instagram|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

29 Dec, 06:23


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

"Diyor 24" Konimexliklar yangi yilni yaxshi kayfiyat bilan qarshi olmoqda.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

29 Dec, 05:34


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Axborot 24 | Chorvachilikni rivojlantirishda Mongoliya bilan hamkorlik


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

29 Dec, 04:05


Президент Шавкат Мирзиёев Янги Тошкент қурилиши билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

03 Dec, 11:57


Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президент автомобилсозлик соҳасидаги режалар билан танишди. Озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш масалалари кўриб чиқилди. Инвестиция соҳасидаги ишларнинг аҳволи танқидий таҳлил қилинди

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: Президент автомобиль қурылысы тараўындағы режелер менен танысты. Азық-аўқат қәўипсизлигин тәмийинлеў мәселелери көрип шығылды. Инвестиция тараўындағы жумыслардың жағдайы сын көзқарастан талланды.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент ознакомился с планами в автомобильной промышленности. Рассмотрены вопросы обеспечения продовольственной безопасности. Критически проанализировано положение дел в сфере инвестиций

Facebook|Instagram|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

03 Dec, 11:16


Fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi

Konimex tumani IIB, tuman prokuraturasi hamda tuman Milliy gvardiya bilan hamkorlikda tumandagi birinchi marotaba fuqarolik pasportini olayotgan yoshlarga fuqarolik pasportlari topshirildi.

Katta hayotga qadam qo'yayotgan yoshlarning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilandi.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

03 Dec, 10:19


#BIZ_BIRGAMIZ
#BIZNI_MEHR_BIRLASHTIRADI

Konimex tumanida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ijtimoiy yordam koʻrsatish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatda oʻz oʻrinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, bugun Konimex tumani hokimligi, mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Sharaf Ota” tantanalar uyida o'tkazilgan tadbirda tuman hokimining birinchi o'rinbosari U.Saitov, tuman hokimi o'rinbosarlari hamda  tashkilot rahbarlari soʻzga chiqib, nogironligi bo‘lgan fuqarolar dardiga shifo tilab, ularning doimo sogʻ-salomat boʻlib yurishlarida tilak bildirdilar.

Ushbu tadbirda tumandagi nogironligi bo‘lgan fuqarolar bayram dasturxoni atrofida yigʻildilar hamda tuman madaniyat bo‘limi xushovoz xonandalari tomonidan tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashildi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

29 Nov, 15:53


TUMAN ISTIROHAT BOG'I YANGI QIYOFAGA O‘ZGARMOQDA

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev tuman istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi.


Bugungi kunda istirohat bog'i yangicha qiyoga o'zgarib, aholi kelib dam olishlari, madaniy hordiq olishlari hamda tumanning eng ko'rkam tashrif manziliga aylanishida bir qator amaliy ishlar olib  borilmoqda.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

29 Nov, 15:47


#OAV_biz_haqimizda
#Altin_aymaq

Boymurod ovulining 60 yilligi keng nishonlandi.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

29 Nov, 15:26


#JARAYON

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev "Do'stlik" madaniyat uyi binosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash, montaj ishlari bilan tanishdi.

Quruvchilar bilan suhbatda tuman hokimi qurilish normalari, sifati va qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

23 Nov, 16:11


Президент ташрифи: яшил маконларни кўпайтириш, индустриал тараққиётни жадаллаштириш ва одамлар фаровонлигини ошириш йўлида

Визит Президента: по пути расширения зеленых пространств, ускорения индустриального развития и повышения благополучия людей

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

23 Nov, 14:52


Менимча” телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Яқин келажагимиз қиёфасини кўзгудагидек намоён этган ҳафта. Президент Шавкат Мирзиёев уч кун давомида парламент йиғилишларида муҳим дастурий нутқлар сўзлади;
- Ўзбекистон етакчисининг Ўзбекистон халқи манфаати йўлидаги машаққатли сиёсий меҳнати;
- Бир ҳафта давомида дунёдаги иккита нуфузли нашр Ўзбекистон ҳақида мақола чоп этди.


Кўрсатувни бугун, 23 ноябрь куни соат 20:10 да “O'zbekiston 24” телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 24 ноябрь куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

23 Nov, 13:33


KUN SURATI: VILOYATNING BARCHA TUMAN VA SHAHARLARI HOKIMLARI BIR SURATDA

Bugun Qiziltepa tumanida yangi barpo etilgan "Alisher Navoiy" bog‘ida ko‘chat ekish ishlarida ishtirok etgan viloyatning barcha tuman va shaharlari hokimlari yangi tajribalarni o‘rganish, tajriba almashish maqsadida tuman hokimligida ham bo‘lib, hokimlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
——————————————
КУН СУРАТИ: ВИЛОЯТНИНГ БАРЧА ТУМАН ВА ШАҲАРЛАРИ ҲОКИМЛАРИ БИР СУРАТДА


Бугун Қизилтепа туманида янги барпо этилган "Алишер Навоий" боғида кўчат экиш ишларида иштирок этган вилоятнинг барча туман ва шаҳарлари ҳокимлари янги тажрибаларни ўрганиш, тажриба алмашиш мақсадида туман ҳокимлигида ҳам бўлиб, ҳокимлик томонидан амалга оширилаётган ишлар билан танишишди.

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

23 Nov, 13:01


Президент Янгиҳаёт тумани Хушнуд маҳалласидаги бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

23 Nov, 12:46


Президент Шавкат Мирзиёев Янгиҳаёт туманидаги Хушнуд маҳалласида бўлиб, ҳудуддаги ўзгаришлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Хушнуд Янгихаётского района и ознакомился с произошедшими здесь изменениями.

#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

23 Nov, 12:36


Давлатимиз раҳбари "Янгиҳаёт" технопаркидаги корхоналар фаолияти билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Nov, 14:51


Президентимиз тиббий суғурта ва хусусий таълимнинг ҳуқуқий асосларини янада такомиллаштириш муҳимлигини қайд этди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Nov, 14:41


Қуйи палатанинг ҳар бир қўмитаси қошида фуқаролик жамияти институтлари вакилларидан иборат жамоатчилик кенгашларини тузиш таклиф этилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Nov, 14:41


Президент: Депутатларимиз ваколатлари доирасида ўз округларидаги туман ва шаҳар даражасида сўров ва талабни ҳеч тортинмасдан кучайтиришлари керак

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Nov, 14:41


Қонун ижодкорлиги жараёни, аввало, жамиятимиздаги долзарб муаммолар ечимига, халқимизнинг оғирини енгил қилишга қаратилиши керак

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Nov, 14:16


Давлатимиз раҳбари депутатларни камбағалликни қисқартириш масаласида ўз округларида энг фаол иштирокчи ва тарғиботчи бўлишга чақирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Nov, 14:00


Президент: Қонунчилик палатаси экология, озиқ-овқат хавфсизлиги, саноат, хизмат кўрсатиш, инвестиция, экспорт, миграция каби масалаларга ҳам алоҳида эътибор қаратиши лозим, деб ҳисоблайман

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Nov, 13:39


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Россия Федерациясининг маданият ва санъат соҳалари вакилларини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении представителей сферы культуры и искусства Российской Федерации"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Nov, 13:29


Президент Шавкат Мирзиёев янги таркибдаги Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг биринчи мажлисида иштирок этди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Nov, 13:29


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг сайловдан кейинги биринчи мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом после выборов заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса.

#Mirziyoyev #majlis #OliyMajlis #Qonunchilikpalatasi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

18 Nov, 13:28


#Jarayon
#Konimex_tumani

Jamoatchilik nazorati haftaligi davomida Konimex tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hisoboti eshitildi.

Bugun Konimex tumani "Birlik" mahalla fuqarolar yig'inida 2024 yilda tumanda kambag‘al oilalarni kambag'allikdan chiqarish va ishsiz fuqarolarni bandligini ta‘minlashga bog'liq amalga oshirilgan va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha mahalla aholisi ishtirokida hisobot tinglandi.

Dastlab tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i yil davomida amalga oshirilgan hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarga to'xtalib o'tdi. Shundan so'ng daromadi past oilalarni kambag'allikdan chiqarish boʻyicha tumanda bir qancha ishlar olib borilayotganini ta’kidlab, mahalla fuqarolari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib o'tdi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

14 Nov, 12:15


SUVNI ASRANG, TEJANG VA YUQORI DAROMADGA EGA BOʻLING

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosatining murojaati...


Hurmatli fermer va dehqonlar, suvni tejang va qadrlang!

Bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida suvni tejash, undan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish, isrof boʻlishiga barham berish orqali biz kelgusi avlodlarimiz oldidagi eng oliy burchimizni ham bajargan boʻlamiz.


BATAFSIL

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

14 Nov, 10:19


YASHIL MAKON LOYIHASI DOIRASIDA KO‘CHAT EKILDI

Bugun Konimex tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko‘chatlar ekildi.

Tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev boshchiligida tuman hokimi o‘rinbosari A.Otakulov, korxona, tashkilot rahbar va ishchi xodimlari ishtirokida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekildi.

Tumanimiz bo‘ylab yangi bog‘-rog‘lar barpo etish va tevarak-atrof musaffoligini ta'minlash, mutasaddilarga hududlar, mahalla va yo‘l atrofi bo'ylab manzarali va iqlim sharoitiga mos ko‘chatlar ekish bo'yicha tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Mazkur jarayonda "Navro‘z" mahallasi hududidagi ko'p qavatli uy oldida bog‘ tashkil etilib, tuman iqlimiga mos manzarali daraxt ko‘chatlar ekildi va sug‘orildi
.

Konimex tumani hokimligi
Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

14 Nov, 07:54


"Xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi" kuni munosabati bilan

Konimex tumanidagi "Ko‘kcha" mahallasida "Uran va noyob metallar geologiyasi va ilmiy ishlab chiqarish markazi" da ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni, nizoli oilalardagi xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish  va amaliy yordam berish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Napisova, IIB xodimlari, oqila ayollar, otinoyilar, ko‘chaboshilar va mahalla xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar, jinoyatchilik va shu kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida kerakli tavsiyalar berildi.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

14 Nov, 06:01


〰️❤️❤️❤️❤️❤️❤️〰️
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

🔗Кармана тумани ҳокимлигида вилоят ҳокими раислигида бўлиб ўтган йиғилишда алоҳида Кармана туманида аҳоли бандлигини таъминлаш, мигрантлар билаш ишлаш ҳамда камбағалликни қисқартириш юзасидан амалга оширилган ишлар муҳокама этилди.

Бу йўналишлардаги йўл қўйилган камчиликлар, туман миқёсидаги қониқарсиз кўрсаткичлар танқидий таҳлил этилиб, баъзи раҳбарларга интизомий жазо чоралари кўрилди.

Мутасаддиларга миграциядан қайтганларни тадбиркорликка жалб қилиш, бандлигини таъминлаш бўйича қатор топшириқлар белгилаб берилди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


📝📝📝

🔗Karmana tumani hokimligida viloyat hokimi raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda alohida Karmana tumanida aholi bandligini ta’minlash, migrantlar bilash ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Bu yo‘nalishlardagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tuman miqyosidagi qoniqarsiz ko‘rsatkichlar tanqidiy tahlil etilib, ba’zi rahbarlarga intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

Mutasaddilarga migratsiyadan qaytganlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha qator topshiriqlar belgilab berildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Nov, 18:05


Президент: Рақамлаштириш - сув хўжалигида кескин ўзгариш қилишнинг яккаю-ягона йўли

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Nov, 18:05


Баҳор ва куздаги сел сувларини тўплаш ва суғоришда ишлатиш чора-тадбирлари белгилаб олинди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Nov, 18:01


Zamonaviy maktabga tashrif

🔷 Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R. Hayitova tavsiyasiga muvofiq Konimex tumani  maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i G.Abdullayeva boshchiligida tumandagi barcha maktab diriktorlari hamda ma'sul xodimlari  Navoiy shahridagi 22-sonli umumta'lim maktabiga tajriba o‘rganish maqsadida tashrif buyurishdi.

🔷 Direktorlar mazkur maktabda o'quvchilarning zamonaviy ta'lim olishi va kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Maktabda faoliyat yuritayotgan hamkasblari bilan suhbatlashishdi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Nov, 16:21


Президент Шавкат Мирзиёев: сув тежовчи технологияларни жорий қилиш ва каналларни бетонлаш бўйича танлаган йўлимиз тўғри бўлди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Nov, 16:21


Далаларни суғоришда сарфланаётган электрни иқтисод қилиш бўйича Хоразм тажрибаси кенг жорий қилинади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

07 Nov, 16:08


#TASHRIF
#XALQARO_HAMKORLIK

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev,  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillaridan iborat delegatsiyaning Mo'g'ulistonga amaliy tashrifi doirasida navbatdagi tashrif manzillari - poytaxt Ulan-Batorda joylashgan Agro ekologiya universiteti, Mo'g'uliston hayot fanlari universitetida (MULS) bo'ldi.

Ushbu ilmiy-tadqiqot markazlarida chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar, laboratoriya va tadqiqot ishlari olib boriladi. Professor, fan arboblari ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda cho'l-yaylovlarni degridatsiyasini oldini olish, nasldor chorva mollari zotini ko‘paytirish, chorva uchun ozuqabop ekinlar yetishtirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash va boshqa sohaga doir tajribalar almashildi hamda ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish kelishib olindi.


Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

24 Oct, 14:57


#JARAYON

🖊 Uchrashuvda taklif va muommalar o'rganildi

⚡️ Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi xodimi tomonidan chorvachilik va uning tarmoqlarida aholi bandligini ta’minlashni ko‘paytirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida choravachilik va uning tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va aholi bilan uchrashuv o'tkazildi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

24 Oct, 14:31


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан бир гуруҳ ходимларни мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы сотрудников в связи с Днем сотрудников органов внутренних дел"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

24 Oct, 14:12


#MUROJAAT_VA_YECHIM

  Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev "Zafarobod" mahallasida ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, "Shodlik" ko'chasida piyodalar yo'laklari, hududda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida tortilayotgan suv quvurlari va boshqa bunyodkorlik loyihalari  bilan bilan yaqindan tanishdi.

🏘 Aytish joizki, "Zafarobod" mahallasi infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar kelgusida mazkur mahalla obodligi, aholiga barcha zarur qulayliklarni yaratish uchun xizmat qiladi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati

KONIMEX_UZ | Rasmiy kanal🇺🇿

24 Oct, 14:12


#MUROJAAT_VA_YECHIM

🏘 Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev aholi murojaatlari asosida "Zafarobod" mahallasida qurilayotgan sun'iy qoplamali futbol maydoni qurilish ishlari bilan tanishdi.

🏗 Bugungi kunda mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalaridan biri bo'lgan mazkur loyiha ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati