QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL) @qiziltepa_mmtb Channel on Telegram

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

@qiziltepa_mmtb


Ushbu kanalda Qiziltepa tuman maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi yangiliklar, o'zgarishlar va innovatsiyalar yoritib boriladi.

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL) (Uzbek)

Qiziltepa tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanalini taklif qilamiz! Ushbu kanalda Qiziltepa tuman maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi yangiliklar, o'zgarishlar va innovatsiyalar yoritib boriladi. Agar siz o'zingiz va oilangiz uchun eng so'nggi va ahamiyatli ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz, ushbu kanal siz uchun ajoyib manzil bo'ladi. Maktab hayotida o'zgarishlarni kuzatish, yangi darsliklar va metodikalar haqida ma'lumot olish, yosh o'quvchilar uchun foydali tavsiyalardan kelib chiqish uchun qo'ng'iroq qilish va boshqa ko'plab foydali ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Qiziltepa tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi kanaliga obuna bo'lishni unutmang!

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

03 Dec, 13:20


#HECH_BIR_INSON_NAZARDAN_QOLMAYDI

"3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan
4-informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 5-11-sinf o‘quvchilari ishtirokida #Mehr_ulashaylik_qalblar_quvonsin🫶
"Hech kim mehr-e'tibordan chetda qolmasin" aksiyasi doirasida maktab sardorlari tomonidan "Xayriya marafoni" tashkil etildi.

Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

03 Dec, 13:06


#XUSHXABAR

🏆Tumandagi 13-umumiy o'rta ta'lim maktabining 6-"A" sinf o'quvchisi Sheraliyeva Saidabonu Uchquduqda bo'lib o'tgan 2011-2012-yilda tug'ilgan qizlar o'rtasida "Dzyudo" Respublika turnirida 52 vazn toifasida ishtirok etib faxrli 2-o'rinni egalladi va DIPLOM bilan taqdirlandi.

Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

03 Dec, 13:02


#JARAYON

🔰Tumandagi 8-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti katta "Quyoncha" guruhi tarbiyalanuvchilari tomonidan 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag'ishlangan "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" deb nomlangan tadbir tashkil etildi.

Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

01 Dec, 09:05


#PREMYERA

Qiziltepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tashkil topganligining 100 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videorolik.

Videoda 1924-yil aks ettirilgan sahnalar o‘sha yilda Berdi bobo tomonidan ilk maktab sinfi tashkil etilgan aynan o‘sha — tarixiy xonada suratga olingan.

Gʻoya muallifi — Alisher Umedov, tasvirchi va montajchi — Azamat Avulov.

Hokimlik Axborot xizmati videorolikni suratga olishda yaqindan yordam bergan Berdi boboning avlodlari — Teshayevlar oilasiga, 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyatiga va Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasi raisi Xurshid Ernazarovga o‘zining minnatdorligini bildiradi.
———————————————
#ПРЕМЬЕРА

Қизилтепа тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан 27-умумий ўрта таълим мактаби ташкил топганлигининг 100 йиллиги муносабати билан тайёрланган видеоролик.

Видеода 1924 йил акс эттирилган саҳналар ўша йилда Берди бобо томонидан илк мактаб синфи ташкил этилган айнан ўша, тарихий хонада суратга олинган.

Ғоя муаллифи — Алишер Умедов, тасвирчи ва монтажчи — Азамат Авулов.

Ҳокимлик Ахборот хизмати видеороликни суратга олишда яқиндан ёрдам берган Берди бобонинг авлодлари — Тешаевлар оиласига, 27-умумий ўрта таълим мактаби маъмуриятига ва Хўжақўрғон маҳалласи раиси Хуршид Эрназаровга ўзининг миннатдорлигини билдиради.

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

30 Nov, 04:16


#Fan_olimpiadasi_2024

Asosiy fan olimpiadasining bugungi jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib boring.

https://www.youtube.com/live/Nwj64D7PmZ0?si=u_df8X9jaQVZBKW8